JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Akramov Eldor Parmonovich
Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi geografiya va
iqtisodiy bilim asoslari fani metodisti
O’QUVCHI-YOSHLARDA INSONPARVARLIK XUSUSIYATLARINI
RIVOJLANTIRISHDA GEOGRAFIYA FANINING AHAMIYATI
Annotatsiya:
Mazkur maqolada geografiya fanining maktab ta’limidagi insonparvarlik
salohiyati yoritilgan. Geografiya nafaqat tabiiy va ijtimoiy jarayonlarni o‘rgatuvchi fan sifatida,
balki o‘quvchilarda ekologik ong, bag‘rikenglik, tinchliksevarlik, global va mahalliy
muammolarga nisbatan mas'uliyat kabi fazilatlarni shakllantiruvchi tarbiyaviy vosita sifatida
tahlil etilgan. Maqolada geografiya fanining insonparvarlik tamoyillari bilan uyg‘unligi,
geosiyosiy savodxonlikni rivojlantirishdagi roli, shuningdek, global va mahalliy muammolarni
anglash orqali o‘quvchilarda fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish imkoniyatlari ochib berilgan.
Kalit so‘zlar:
geografiya fani, insonparvarlik tarbiyasi, ekologik ong, geosiyosiy savodxonlik,
global muammolar, mahalliy muammolar, tinchliksevarlik, tolerantlik, fuqarolik pozitsiyasi,
barqaror rivojlanish.
Bugungi globallashuv davrida yosh avlodni nafaqat ilmiy, balki axloqiy, madaniy va ijtimoiy
jihatdan yetuk insonlar qilib tarbiyalash dolzarb masalaga aylanmoqda. Bu borada umumta'lim
maktablarida o‘qitiladigan fanlar orasida geografiyaning tutgan o‘rni beqiyosdir. Geografiya
nafaqat tabiat va jamiyat o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rgatadi, balki insonparvarlik g‘oyalarini
shakllantirishda, o‘quvchilarda ekologik, madaniy va ijtimoiy mas'uliyatni uyg‘otishda muhim
vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Geografiya fani o‘z mohiyatiga ko‘ra inson, tabiat va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni
o‘rganadi. Bu fan o‘quvchilarda dunyoni yaxlit holda anglash, unda yashovchi xalqlar va
millatlar o‘rtasidagi madaniy, iqtisodiy, tabiiy tafovutlarni qadrlash va hurmat qilish
ko‘nikmalarini shakllantiradi. Aynan shu jihatlar geografiyani insonparvarlik g‘oyalari bilan
bevosita bog‘laydi. Prоfessоr А.S.Sоliev оʻzining “Geоgrаfiyа fаni tа’limining dоlzаrb
muаmmоlаri” mаvzusidаgi mаqоlаsidа geоgrаfiyа fаnining qаtоr muаmmоlаri xususidа fikr
yuritib, muаmmоlаrning yechimini, аvvаlо quyidаn, tа’lim jаrаyоnidаn bоshlаsh lоzimligini
qаyd etаdi. Оlimning fikrichа, nihоyаtdа mukаmmаl vа zаmоn tаlаblаrigа mоs hоldа yоzilgаn
dаrslik vа оʻquv qоʻllаnmаlаr, xаritа vа аtlаslаr tizimini yаrаtish, geоgrаfiyа fаnigа аjrаtilgаn
оʻquv sоаtlаrini kоʻpаytirish, geоgrаfiyа fаnini оʻqitishning qiziqаrli bоʻlishini tа’minlаsh vа оʻz
kаsbini sevuvchi fidоyi ustоzlаrni tаyyоrlаsh lоzim. Bevоsitа geоgrаfiyа fаnigа tоʻxtаlаr ekаn,
оʻquvchilаrning kоʻplаb behisоb rаqаmlаrni, nоmenklаtur kоʻrsаtkichlаrni shunchаki yоdlаb
оlishgа mаjbur qilinishi yоki bu fаnning
аsоsiy mаqsаdi fаqаt xаritаni bilish bilаn
chegаrаlаmаsligi lоzimligini tа’kidlаydi
Demаk, geоgrаfiya tа’lim jаrаyоnidа оʻquvchilаrni hаrаkаtgа keltiruvchi ichki turtkilаr
shаrtlаridаn biri bu аlbаttа оʻquvchi shаxsini hissiy-sezgi vа uning qаdriyаt sоhаlаrigа, ijоbiy
tа’sir kоʻrsаtish vоsitаlаridаn biri аynаn оʻquvchi shаxsigа muhim bоʻlgаn bilimlаrni yetkаzish
vа idrоk etishdаn ibоrаt. Оʻquvchi shаxsigа muhim vа аhmiyаtli bоʻlgаn bilim bu аvvalаmbоr
1
Soliev A.Geografiya fani va ta'limining dolzarb muammolari / geografiya faniva ta'limining zamonaviy
muammolari: Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari.20 may. –Toshkent: TDPU, 2015.-B. 330-
333.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
оʻquvchigа qiziqаrli hаmdа fоydаli bоʻlib, uning mа’nоsini shаxsаn оʻzi his qilаdigаn bilim
hisоblаnаdi. Аyni mаnа shundаy bilim оʻquvchi tоmоnidаn qаbul qilinаdi hаmdа yоd оlish
imkоnini yаrаtаdi. Оʻquvchi shаxsigа аhаmiyаtli bilimlаr ungа mаmlаkаtning tоʻliq mаnzаrаsini
shаkllаntirish bilаn bir qаtоrdа, оʻquvchigа оʻz-оʻzini аnglаshgа hаm kоʻmаklаshаdi. Pirоvаrdidа
esа, оʻquvchi shаxsigа аhаmiyаtli bоʻlgаn bilimlаrni yetkаzish vа idrоk ettirish geоgrаfiyа fаnini
оʻrgаnishning insоnpаrvаrlаshtirish xаrаkterini belgilаb berаdi.
Geografik bilimlar orqali o‘quvchilar turli mamlakatlarda yashovchi insonlarning turmush tarzini,
ularning iqlimga, relyefga va tabiiy resurslarga moslashgan hayot faoliyatini o‘rganadilar. Bu esa
ularda boshqa xalqlarga nisbatan bag‘rikenglik, mehr-oqibat, millatlararo totuvlik va o‘zaro
hurmat tuyg‘ularini shakllantiradi. Masalan, Osiyo va Afrikadagi suv tanqisligi, shimoliy
mintaqalardagi sovuq iqlim sharoitlari yoki dengiz bo‘yidagi aholi punktlaridagi xavfli tabiiy
hodisalar haqida ma’lumot olish orqali o‘quvchi inson hayoti qanday murakkab sharoitlarda
kechishini tushunadi va unga nisbatan hamdardlik bilan qaray boshlaydi.
Shuningdek, geografiya fanining asosiy maqsadlaridan biri – yosh avlodda vatanparvarlik, o‘z
yurtining tabiiy boyliklariga nisbatan g‘urur hissi, uni asrash va rivojlantirish mas’uliyatini
shakllantirishdir. Shu bilan birga, bu fan orqali o‘quvchi o‘zining Vatani bilan faxrlanishi
barobarida boshqa xalqlarning madaniy merosini ham qadrlashni o‘rganadi. Bu esa zamonaviy
insonparvarlik tamoyillarining muhim elementi – madaniyatlararo muloqotga tayyorlik,
dunyoqarashning kengligi, ijtimoiy faollik kabi fazilatlarni kamol toptiradi.
Geografiya fani o‘quvchilarning nafaqat tabiiy jarayonlar, balki global siyosiy va iqtisodiy
tizimlar haqida ham tushunchaga ega bo‘lishini ta’minlaydi. Ayniqsa, bugungi notinch
geosiyosiy muhitda o‘quvchilarda geosiyosiy savodxonlikni shakllantirish nihoyatda muhim
vazifa hisoblanadi. Bu savodxonlik orqali ular dunyo xaritasida sodir bo‘layotgan siyosiy
o‘zgarishlar, xalqaro mojarolar, millatlararo ziddiyatlar, tabiiy resurslar uchun kurash va boshqa
global jarayonlarni chuqurroq tushunishga qodir bo‘ladilar.
Geografiya fanida o‘rgatiladigan siyosiy xaritalar, davlatlar chegarasi, mojaroli hududlar, muhim
siyosiy va iqtisodiy mintaqalar haqida bilimlar o‘quvchilarda analitik fikrlash, sabablilikni
aniqlash va xolis baho berish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Bu esa ularning mustaqil fikr
yurituvchi, murosaga moyil, tinchlik tarafdori bo‘lgan shaxs sifatida shakllanishiga xizmat qiladi.
Shuningdek, tarixiy-geografik jarayonlar, mustamlakachilik, migratsiya, iqlim o‘zgarishi sababli
yuzaga kelgan ijtimoiy ziddiyatlar kabi mavzular orqali o‘quvchilar global muammolar ildizini
anglaydi. Bu esa ularni har qanday mojaro va adolatsizlikka qarshi ijtimoiy faollik,
tinchlikparvarlik, inson huquqlariga hurmat ruhida tarbiyalaydi. Aynan geografiya fanida xalqaro
hamkorlik, barqaror rivojlanish, Birlashgan Millatlar Tashkiloti kabi global tashkilotlarning roli
haqida beriladigan bilimlar orqali o‘quvchilar insoniyatning umumiy manfaatlari yo‘lida
birlashishga undaladi.
Geosiyosiy savodxonlik yoshlar ongida millatchilik, ksenofobiya, ekstremizm kabi salbiy
qarashlarning ildiz otishiga qarshi kuchli immunitet hosil qiladi. Ularni dunyoqarashi keng,
madaniyatlararo hamkorlikka ochiq va mojarolarni tinch yo‘l bilan hal qilish tarafdori bo‘lgan
yetuk fuqarolar etib tarbiyalaydi.
Xulosa qilib aytganda geografiya fani zamonaviy ta’lim tizimida nafaqat tabiiy va ijtimoiy
jarayonlar haqida bilim beruvchi fan sifatida, balki yosh avlodni insonparvarlik ruhida
tarbiyalovchi kuchli pedagogik vosita sifatida ham alohida ahamiyat kasb etadi. U orqali
o‘quvchilarda insoniyat va tabiat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni anglash, boshqa xalqlar va
madaniyatlarga hurmat bilan qarash, atrof-muhitga nisbatan mas'uliyat, global va mahalliy
muammolarga befarq bo‘lmaslik kabi yuksak fazilatlar shakllanadi. Geografik bilimlar
o‘quvchilarda tolerantlik, tinchliksevarlik, ekologik ong va fuqarolik mas'uliyati kabi
insonparvarlik tamoyillarini mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa, globallashuv va
ekologik inqirozlar sharoitida ushbu fan yoshlarni ijtimoiy faol, ongli va barqaror jamiyat
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
qurilishida ishtirok etishga tayyor shaxslar etib voyaga yetkazishda muhim vosita hisoblanadi.
Shu boisdan maktab geografiyasi faqat bilim berishga emas, balki tarbiyaviy maqsadlarni amalga
oshirishga xizmat qiluvchi integrativ fan sifatida qaralishi, uni o‘qitishda insonparvarlik
salohiyatini to‘liq namoyon etuvchi uslub va yondashuvlardan keng foydalanilishi lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Mo‘minov O.A. Geografiya ta’limi metodikasi. –T.: O‘qituvchi, 1986. -B. 103.
2. Norbo‘tayev X.B. Maktab o‘quvchilarida ekologik tafakkurni fanlararo shakllantirish
metodikasi (biologiya va fizika fanlari misolida). Pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini
olish uchun dissertatsiyasi. -Toshkent: TerDU, 2011.-152 b.
3. Norboyev A.G‘. Uzluksiz geografiya ta’limning sifat va samaradorligini oshirish
texnologiyasi: monografiya. -Toshkent; T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika
fanlari ilmiy tadqiqot instituti, 2016. -86-87 b.
4. Norbo’tayev X.B. Maktab o’quvchilarida ekologik tafakkurni fanlararo shakllantirish
metodikasi(biologiya va fizika fanlari misolida).Dis.ped.fan.nom.-Toshkent:TerDU,2011.-152b.
5. Qurbonniyozov R. Geografiya o‘qitish metodikasi. -Xorazm, 2021.
6. Qurbonov X.R. va boshq. Nurota tumani: kecha va bugun
[Matn]. Ilmiy-ommabop . –
Toshkent: “SAHHOF” nashriyoti, 2020. -187 b.
7. Rustamova M.A., Matsaidova S.X. Geografiya ta’limida o‘quvchilarning dunyoqarashini
shakllantirish muammolari. Science and Education Scientific Journal / Impact Factor 3.848
March 2023 / Volume 4 Issue 3.
8. Родзевич Н.Н. Новые взгляды на проблемы окружающей среды // Георафия в школе.
1997. №3. -С.15
9. Soliev A.Geografiya fani va ta'limining dolzarb muammolari / geografiya faniva ta'limining
zamonaviy muammolari: Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari.20 may. –Toshkent:
TDPU, 2015.-B. 330-333.
