JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Qodirova Nargiza Abdusattor qizi
Farg‘ona davlat universiteti magistranti
Ilmiy rahbar:
Xojaliyev Ismoiljon Tajibayevich
Farg‘ona davlat universiteti dotsenti
OT LEKSEMASIDA KOMPONENT TAHLILNING O‘RNI
Annatatsiya:
Mazkur maqolada turli tizimli tillar doirasida komponent tahlil qanday bo‘lishi va
bu orqali umumiy
tahlil haqida bilib olish yoki tushunish uchun tasavvur paydo
bo‘ladi.Komponent tahlil tushunchasi haqida o‘zbek tilshunosligidagi tadqiqotlar ot leksemalari
bo‘yicha oz bo‘lganligi mavzuni o‘rganish qamrovining kengaytiradi.Maqolada tahlil uchun
zarur bo‘limlar,qonun –qoidalar jamlangan.
Kalit so‘zlar
: tahlil,morfologik,assotsativ,grammatik,sifatli,komponent ,obyektiv tahlillar.
Abstract:
This article provides an idea of what component analysis is like within the
framework of different systematic languages, and through this, an idea is created to learn or
understand general analysis. The fact that there are few studies in Uzbek linguistics on the
concept of component analysis in the field of noun lexemes expands the scope of study of the
topic. The article summarizes the necessary sections, laws and rules for analysis.
Keywords
: analysis, morphological, associative, grammatical, qualitative, component, objective
analyses.
Аннотация:
Данная статья дает представление о том, что представляет собой
компонентный анализ в рамках разных системных языков, и благодаря этому дает
представление о том, что такое общий анализ. Тот факт, что в узбекском языкознании
мало исследований о понятии компонентного анализа по именной лексеме, расширяет
сферу изучения темы, необходимые для анализа.
Ключевые слова
: анализ, морфологический, ассоциативный, грамматический,
качественный, компонентный, объективный анализы.
Hozirgi kunda jahon tilshunosligida tilni tipologik nazardan o‘rganish ,bir tildan ikkinchi bir
tilga o‘zlashgan lisoniy birliklar mohiyatini ochib berish, ularni struktur-semantik tomonidan
tahlil etish, muhim o‘zlashma so‘zlarning talqinini yoritish, ularning lisoniy, ijtimoiy madaniy
xususiyatlari jihatidan izlanishlar olib borish eng muhim masalalardan biriga aylandi.
Jahon tilshunosligida muayyan til birligining boshqa bir tilga o‘zlashish masalasi til ilmining
leksikologiya,leksikografiya,
lingvokulturologiya,
etnoligvistika,
tarjima
nazariyasi,
chog‘ishtirma tilshunoslik singari sohalari bilan bog‘liq jihatda o‘rganilgan.Mazkur hodisaning
leksika va semantika sathida atroflicha yoritilishi u yoki bu tilning leksik imkoniyatlarini
aniqlash bilan bir qatorda , uning struktur-semantik tuzilishini, tushunchalarni ifodalash
usullarini, tilde variantlilik, polisemiya hodisalarining rivojlanishi hamda ularning tilda
qo‘llanish mexanizimini aniqlashga imkon beradi.
Tildagi mavjud har qanday funksional uslub tomonidan ifoda etilayotgan xabar kabi badiiy asar
matni ham nutq aktining birin-ketin keluvchi tanlangan majmuasi deb qarash mumkin.Bu esa o‘z
navbatida bir qator obyektiv va subyektiv ,shaxsga nisbatan aloqador bo‘lgan faktorlar bilan
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
izohlanadi.Tilga olib o‘tilgan faktorlarning ta`siri ko‘proq ikki xil nutqda namoyon bo‘ladi.Bu
ikki xil nutqning birinchisi,situatsiya bilan, norasmiyligi bilan xarakterlanadi.
Tahlil so‘zi mavjud lug‘atlarda turlicha izohlanadi. Jumladan, falsafaga oid ensiklopedik
lug‘atlaridan «Tahlil (yunon tilidan – ajralish, parchalanish) predmetni (hodisa, jarayon),
predmetning (predmetlar) xususiyatlarini yoki predmetlar o‘rtasidagi munosabatlarni qismlarga
(belgilar, xususiyatlar, munosabatlar) tarkibiy qismlarga fikran yoki amaliy ravishda ajratish
tartibi», deb narsa-hodisalarni tarkibiy qismlarga ajratishga asosiy e’tibor qaratilsa
, tarjima
lug‘atlarida «1 tahlil [ilmiy tekshirish (tadqiqot) usuli; obektiv voqelikni ilmiy bilish, o‘rganish
vositasi]; 2 analiz, tahlil; tahlil qilish; matematik tahlil (oliy matematikaning bir bo‘limi)»
deb
ilmiy tadqiqot usuli, biror jarayonni tekshirish, moddalarning tarkibini aniqlash ma’nolariga
urg‘u beriladi.
Morfologik tahlil. To‘g‘ridan-to‘g‘ri komponentlar bo‘yicha tahlil qilish.
Assotsiativ tahlil. So‘zni tashkil etuvchi allofonlar va allomorflarni ma’lum bir tadqiqot
darajasi uchun o‘rnatilgan strukturaviy qatorlar bilan (ya’ni, tegishli fonema va morfemalar bilan)
o‘zaro bog‘lash.
Grammatik tahlil. So‘zlar orasidagi grammatik bog‘lanishlarni aniqlash (mos ravishda
leksiklashgan iboralar).
Tahlil ikkilik tahlil. Lingvistik tahlil asta-sekin ochiladigan juft qarama-qarshiliklar qatoriga
asoslanadi.
Kategoriya tahlili fe‘ldagi zamon quyidagi juft qarama-qarshiliklar tizimiga keltirilishi mumkin;
a) nutq lahzasini o‘z ichiga oluvchi ish-harakatning belgilanishi nutq momentini o‘z ichiga
olmagan ish-harakatga qarama-qarshi qo‘yiladi;
b) nutq momentini o'z ichiga olmagan harakatga bo'linadi;nutq momentidan oldin sodir bo'lgan
va nutq paytidan keyin sodir bo'ladigan harakat va hokazo.
Sifatli tahlil. Tilni tavsiflash usuli- analitiklik istik tizim, muxolifatga asoslangan “mavjudlik—
berilgan” hodisaning chastotasi xususiyatlariga havola qilinmagan holda uning yo‘qligi;
Chorshanba sifat tahlili.
Komponent tahlili. Cheklovchi komponentlarni aniqlash komponentlar bir xil darajadagi turli
til birliklarini bir-biridan ajrata oladigan differensial xususiyatlar sifatida til birligi; chorshanba
segmentatsiya. Tilning minimal mazmunli elementlarini (morflarini) aniqlash va ularning
axloqiy morfemalarini aniqlashga qaratilgan lingvistik tadqiqot usullaridan biri.
Ob'ektiv tahlil. Faol tahlil va umumiy prefiksni ajratish.
1
Философский энциклопедический словарь/Гл. Редакция: Л.Ф.Ильичева, П.Н.Федосеев,
С.М.Ковалев, В.Г.Панов – М.: Сов. Энциклопедия, 1983.b-23
2
Русча-ўзбекча луғат, икки томли, I том, –Тошкент: Ўзбек Совет Энциклопедияси Бош
редакцияси, 1983.b-31
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Tillarning miqdoriy tahlili.Til tadqiqotining statistik usuli. Yaxlit tahlil usuli. Integral usul
bilan bir xil. Grammatik munosabatlarni ifodalashning perifrastik (tasviriy) usuli bilan
tavsiflangan analitik tillarning morfologik tuzilishi; qarama-qarshi sintez (ikki qiymatda)dan
o‘tkazish va tahlil qilish uchun sintez
.
Lingvistik tahlil o‘zbek tilshunosligining nazariy bo‘limlarini sistemali o‘rganishning maqbul
usullaridan biridir. Tahlil jarayonida til faktlari haqidagi nazariy ma’lumotlar, grammatikaning
qonun-qoidalari konkret misollarda amaliyotga tatbiq qilinadi. Tahlil etuvchi har bir til faktining
nazariy asoslarini puxta egallashga intiladi, Til hodisalari lingvistik tahlil asosida amaliy
o‘rganiladi. Lingvistik tahlil — olingan nazariy bilimlar asosida til haqidagi har bir fanning
talabiga ko‘ra konkret bir til yoki nutq birligini (so‘z yoki gapni) parchalab o‘rganishdir.Bu
hodisa til o‘rganuvchilarning til hodisalarini tez va to‘g‘ri ajrata olish malakalarini egallashlarida
nazariy bilimlar bilan bir qatorda lingvistik tahlil ham muhim rol o‘ynaydi
Lingvistik nazariya, til sistemasi va tarixiy faktlarga asoslangan filologik tahlil.Adabiy
metod,janr,badiiy-estetik prinsiplar avtor shaxsi va uning nutqiy maneriyasi va boshqa matn til
ifoda vositalarining tarkibi hamda ko‘rinishini belgilovchi omillardir. Lingvistik tahlil - til, nutq
birliklarini uni tashkil etuvchi qismlari, mazmuni vazifasi va boshqa xususiyatlari nuqtai
nazaridan tadqiq etish, til (nutq) birliklarining aniq holatini belgilash. Masalan, hosildorlikni
soʻzida ikki asil til hodisasi mavjud boʻlib, u xuddi shu hodisalar nuqtai nazaridan tahlil etilishi
mumkin: 1) soʻz yasalishi hodisasi; 2) shakl yasalish hodisasi (morfologik hodisa). Bu soʻzda
ikkita yasama soʻz mavjud boʻlib, soʻz yasalishi tahlilida har bir yasama soʻzning tarkibi va bu
tarkibiy qismlarning mohiyati vazifasi, maʼnosi va shakli belgilanadi. Bunda hosildor yasama
soʻz ekani, u soʻz yasalish asosi hosil va soʻz yasovchi dor qoʻshimchasidan iborat tarkibiy
qiymatga egaligi, soʻz yasalish asosi (hosil) ot turkumiga oidligi, -dor qoʻshimchasining qaysi
turkumga oid soʻzdan qaysi turkumga mansub so‘z va qanday maʼnoli soʻz yasashi hamda uning
boshqa xususiyatlari qayd etiladi. Hosildorlik yasama soʻzining tahlili ham xuddi shu tarzda olib
boriladi, yaʼni u yasama soʻz ekani, unda hosildor soʻz yasalish asosi, -lik so‘z yasovchi
qo‘shimcha ekani, shuningdek, bu qoʻshimchaning maʼnosi va boshqa xususiyatlari qayd etiladi.
Morfologik tahlilda hosildorlik so‘zining ot ekanligi, -ni qoʻshimchasi shu soʻz (ot)ning tushum
kelishik shaklini yasalishi, uning maʼnosi va shaklini qayd etiladi
.
Nutqning fonetik qismlarini o‘rganishiga qarab fonetika ikki turli bo‘ladi: segmental fonetika
va supersegmental fonetika. Nutq tovushlari hosil bo‘lishi va uning xususiyatlarini o‘rganuvchi
fonetika segmental (segment-nutq bo‘lagi) fonetika deyiladi. Nutq tovushlaridan katta bo‘lgan
fonetik birliklar: bo‘g‘in, so‘z va frazalarni o‘rganuvchi fonetikaga esa supersegmental fonetika
deyiladi yoki prosodika deyiladi. Asosiy fonetik birliklar: fraza, takt, bo‘g‘in, nutq tovushlari.
Grammatika ham nutqni tarkibiy qismlarga ajratadi: gap, so‘z birikmasi (fraza), so‘z va
morfemalarga. Garchi har ikki qatlam nutqning son nuqtai nazaridan bir xil bo‘lsa ham sifat
jihatidan bir biriga mos kelmaydi
3
Ахманова О.С. Словарь лингвистических терминов, Изд. 2-ое, стереотип, –М., «Сов.
Энциклопедия», 1969 b-352
4
T.Qudratov .Лингвистик таҳлил,Уқитувчи -Тошкент 1981.b-241
5
Xojiyev.A Тилшунослик терминлари изоҳли луғати , б-59
6
Karimov.S, Tilshunoslik nazariyasi,Samarqand-2012.b-12
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
“Koʻrshapalak” soʻzini komponent tahlil qilib koʻraylik:
1.Asosiy qism: “ko‘r-sha-pa-lak”
“Koʻrshapalak” mustaqil soʻz boʻlib,tojikcha ot murakkab tuzilishli “ko‘rshabparak
” shakliga
ega. “Ko‘rmaydigan” ma’nosini anglatadigan
ko‘r
sifatiga, “tun” ma`nosini anglatadigan
shab
oti, “uch” ma’nosini anglatadigan
paridan
fe’lining par hozirgi zamon asosidan tarkib topgan
2.Qoʻshimcha qism: ko‘rshabpar birligiga –ak qo‘shimchasini qo‘shib hosil qilingan.O‘zbek
so‘zlashuv tilida
b
tovushi
p
tovushiga almashtirilgan va ikkita pp tovushidan biri
tushirilgan.Oxirgi
r
tovushi
l
tovushiga almashtirilgan.
Komponent tahlili tilshunoslikda: tilning muhim birliklarining mazmun rejasini o‘rganish
usuli, uning maqsadi ma’noni minimal semantik komponentlarga ajratish sifatida qaraladi. Har
qanday til birligining ma’nosi semantik komponentlardan (semalardan) iborat degan gipotezaga
asoslanib, tilning lug‘at tarkibini cheklangan (nisbatan kichik) semantik xususiyatlar yordamida
tavsiflash mumkin. 1950-yillarda komponentli tahlil usuli birinchi marta leksemalarning tor
doirasini - turli tillardagi qarindoshlik atamalarini tavsiflashda leksik birliklarni o‘rganish uchun
ishlatilgan.Tahlilda har doim qismlarga bo‘lish va semani chuqurroq o‘rganish talab
etiladi.Komponent tahlil esa aynan anashu imkoniyatni beradi.Yuqoridagi misol orqali
komponent tahlil bilan so‘zning asil ma’nosi, kelib chiqishini o‘rganish mumkin.Bu esa sohaviy
lug‘atlar uchun asos bo‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1.Философский энциклопедический словарь/Гл. Редакция: Л.Ф.Ильичева, П.Н.Федосеев,
С.М.Ковалев, В.Г.Панов – М.: Сов. Энциклопедия, 1983.b-23
2.Русча-ўзбекча луғат, икки томли, I том, –Тошкент: Ўзбек Совет Энциклопедияси Бош
редакцияси, 1983.b-31
3.Ахманова О.С. Словарь лингвистических терминов, Изд. 2-ое, стереотип, –М., «Сов.
Энциклопедия», 1969 b-352
4.T.Qudratov .Лингвистик таҳлил,Уқитувчи -Тошкент 1981.b-241
Xojiyev.A
Тилшунослик терминлари изоҳли луғати , б-59
5.Karimov.S, Tilshunoslik nazariyasi,Samarqand-2012.b-12
6.Фарҳанги забони тоҷикӣ (X-XX вв.). Ҷ.I. -Москва: Советская энциклопедия,1969. – 199
с.
7.O‘zbek tilining etimologik lug‘ati (I-jild), Toshkent -2000.b-421
7
Фарҳанги забони тоҷикӣ (X-XX вв.). Ҷ.I. -Москва: Советская энциклопедия,1969. – 199 с.
8
O‘zbek tilining etimologik lug‘ati (I-jild), Toshkent -2000.b-421
