ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA UMUMTA’LIM MAKTABLARDA BIOLOGIYA FANINI O‘QITISH

Annotasiya

zamonaviy ta’lim jarayonida fanlarni o‘qitish metodikasini takomillashtirish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ushbu maqolaning maqsadi biologiyani zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida o‘qitishning nazariy va amaliy jihatlarini, ilg‘or metodlarini va ularning samaradorligini tahlil qilishdir. Maqolada o‘quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan strategiyalar, shuningdek, Axborot Kommunikatsiya Texnologiya (AKT) vositalarining o‘qitish jarayonidagi roli muhokama qilinadi. Ushbu maqolada maktab va shu kabi o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida biologiya ta’limining sifatini oshirish va o‘quvchilarning o‘ziga xos qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan yangi yondashuvlarni o‘rganishga bag‘ishlangan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2023
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
Bilim sohasi
f
64-68

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Ergasheva , G. ., & Allayorova , . M. (2025). ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA UMUMTA’LIM MAKTABLARDA BIOLOGIYA FANINI O‘QITISH. IQRO Jurnali, (16), 64–68. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/iqro/article/view/133126
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

zamonaviy ta’lim jarayonida fanlarni o‘qitish metodikasini takomillashtirish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ushbu maqolaning maqsadi biologiyani zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida o‘qitishning nazariy va amaliy jihatlarini, ilg‘or metodlarini va ularning samaradorligini tahlil qilishdir. Maqolada o‘quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan strategiyalar, shuningdek, Axborot Kommunikatsiya Texnologiya (AKT) vositalarining o‘qitish jarayonidagi roli muhokama qilinadi. Ushbu maqolada maktab va shu kabi o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida biologiya ta’limining sifatini oshirish va o‘quvchilarning o‘ziga xos qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan yangi yondashuvlarni o‘rganishga bag‘ishlangan.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Ergasheva Gulruxsor Surxonidinovna

Mustaqil izlanuvchi

Allayorova Maloxat Normaxmat Qizi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti

Pedagogika fanlari doktori, professor

ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA UMUMTA’LIM

MAKTABLARDA BIOLOGIYA FANINI O‘QITISH

Annotatsiya:

zamonaviy ta’lim jarayonida fanlarni o‘qitish metodikasini takomillashtirish

dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ushbu maqolaning maqsadi biologiyani zamonaviy

pedagogik texnologiyalar asosida o‘qitishning nazariy va amaliy jihatlarini, ilg‘or metodlarini va

ularning samaradorligini tahlil qilishdir. Maqolada o‘quvchilarning mustaqil fikrlash

qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan strategiyalar, shuningdek, Axborot Kommunikatsiya

Texnologiya (AKT) vositalarining o‘qitish jarayonidagi roli muhokama qilinadi. Ushbu

maqolada maktab va shu kabi o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida biologiya ta’limining sifatini

oshirish va o‘quvchilarning o‘ziga xos qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan yangi

yondashuvlarni o‘rganishga bag‘ishlangan.

Kalit so‘zlar:

aqliy hujum, insert, klaster, Kahoot, Quizizz yoki Google Classroom, DNK

replikatsiyasi, Google Forms, Mentimeter, Kahoot.

TEACHING BIOLOGY IN GENERAL SCHOOLS ON THE BASIS OF MODERN

PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES

Abstract:

Improving the methodology of teaching subjects in the modern educational process is

one of the pressing issues. The purpose of this article is to analyze the theoretical and practical

aspects of teaching biology based on modern pedagogical technologies, advanced methods and

their effectiveness. The article discusses strategies aimed at developing students' independent

thinking skills, as well as the role of Information Communication Technology (ICT) tools in the

teaching process. This article is devoted to studying new approaches aimed at improving the

quality of biology education in schools and similar secondary specialized educational institutions

and developing students' unique abilities.

Keywords:

brainstorming, insert, cluster, Kahoot, Quizizz or Google Classroom, DNA

replication, Google Forms, Mentimeter, Kahoot.

Pedagogik texnologiyalar - bu nafaqat dars jarayonida foydalaniladigan metodlar yig‘indisi,

balki o‘qituvchining ta’limni rejalashtirish, tashkil etish, amalga oshirish va baholashdagi tizimli

yondashuvidir. Bu yondashuv o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatining optimal tashkil etilishini

ta’minlaydi (Хусенов, 2019). Unga ko‘ra, har bir darsning maqsadi, mazmuni, shakli, usuli va

vositasi oldindan belgilab olinadi, natija esa baholash orqali o‘lchanadi.

Zamonaviy texnologiyalarga asoslangan o‘qitish metodlari o‘quvchilarda mustaqil fikrlashni,

tanqidiy yondashuvni, axborotni tahlil qilish va xulosa chiqarish kabi yuqori darajadagi kognitiv

ko‘nikmalarni shakllantiradi (Isroilova, 2021). Masalan, interfaol metodlar - aqliy hujum, insert,

klaster va konseptual xaritalar orqali o‘quvchilar mavzuni chuqur o‘zlashtirish bilan birga, uni

hayotiy tajribalari bilan bog‘laydi (Xolboyeva, 2020). Bu usullar o‘quvchilarning darsda

faolligini 30–40 foizga oshirishi mumkinligi aniqlangan. Bundan tashqari, Selevko (2006) o‘z


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

maqolasida: “pedagogik texnologiyalarni tizimli qo‘llash orqali biologiyani o‘qitish

samaradorligi ortadi, chunki bu fan tabiat hodisalarini tushunish, kuzatish va tahlil qilishni talab

qiladi” – deya ta’kidlagan. Shu bois, o‘quvchilarni tajriba, guruhlarda ishlash, vizual vositalar va

AKT orqali dars jarayoniga faol jalb qilish o‘z samarasini beradi degan fikrni ilgari surgan.

Biologiya fanining o‘ziga xosligi shundaki, u real hayot hodisalari bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan

fan hisoblanadi. Shu bois uni o‘rgatishda interfaol metodlardan foydalanish nafaqat samarali,

balki zarur hamdir. Ayni paytda biologiya darslarida keng tavsiya etiladigan metodlar qatoriga

klaster, akvarium, insert, aqliy hujum, rol o‘yinlari, konseptual xaritalar va “fikrlar olami” kabi

usullar kiradi (Mahmudova, 2020). Ushbu metodlar o‘quvchilarni passiv bilim oluvchidan faol

ishtirokchiga aylantiradi. Masalan, klaster usuli yordamida o‘quvchilar mavzu bo‘yicha o‘z

bilimlarini strukturallashtiradi, insert texnologiyasi esa ularning matn bilan ishlash

ko‘nikmalarini rivojlantiradi - ya’ni, ular o‘z fikrlarini belgilar orqali ajratib, qayta tahlil qiladi.

Aqliy hujum metodida esa o‘quvchilar muayyan biologik muammoni hal qilish uchun erkin

g‘oyalar bildiradi, bu esa tanqidiy va ijodiy fikrlashni kuchaytiradi (Rasulova, 2021). Rol

o‘yinlari orqali o‘quvchilar biologik jarayonlar yoki organizmlar o‘rniga kirib, ularning

funksiyasini tushunishga harakat qiladi. Masalan, hujayraning tarkibiy qismlarini o‘quvchilar

o‘zaro rollarga bo‘linib ifodalashi mumkin. Bu esa ularga tushunchalarni eslab qolishda yordam

beradi. Konseptual xaritalar metodida o‘quvchilar o‘z bilimlarini grafik shaklda aks ettiradi, bu

metod ayniqsa murakkab biologik tizimlar (masalan, qon aylanishi, genetik axborot uzatilishi)ni

tushuntirishda foydalidir (To‘xtayeva, 2019). Shuningdek, “fikrlar olami” kabi usullar

o‘quvchilarni o‘z fikrini asoslashga, dalillar keltirishga, boshqalar nuqtayi nazarini hurmat

qilishga o‘rgatadi. Bu ko‘nikmalar esa nafaqat biologiyani o‘rganishda, balki kundalik hayotda

ham foydalidir.

Zamonaviy biologiya ta’limida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) dan foydalanish

tobora dolzarb bo‘lib bormoqda. Ayniqsa, interaktiv doskalar, mobil ilovalar, onlayn ta’lim

platformalari, 3D modellar hamda virtual laboratoriyalar biologiyani o‘qitish jarayonini vizual,

interaktiv va mustaqil o‘rganishga yo‘naltirilgan shaklga keltirmoqda (Jabborov, 2022). Masalan,

interaktiv doskalar orqali biologik mavzularni (masalan, yurak, o‘simliklar tuzilishi, DNK

strukturasi) animatsiyalar va slaydlar orqali ko‘rsatish mumkin. Bu esa o‘quvchilarda an’anaviy

tasvirlarga qaraganda ko‘proq qiziqish uyg‘otadi hamda materialni chuqurroq anglash imkonini

beradi. Mobil ilovalar va veb platformalar - masalan, Kahoot, Quizizz yoki Google Classroom -

orqali o‘quvchilarning bilim darajasini interaktiv testlar orqali aniqlash, fikr almashish va uy

vazifalarini nazorat qilish osonlashadi. Shuningdek, 3D modellar orqali murakkab biologik

tuzilmalar - masalan, hujayra organoidlari, suyak tuzilmalari, nerv tizimini fazoviy shaklda

ko‘rish mumkin. Bu ayniqsa vizual idrok kuchli bo‘lgan o‘quvchilar uchun juda samaralidir.

Virtual laboratoriyalar esa real tajriba uskunalari mavjud bo‘lmagan hollarda ayniqsa foydalidir:

o‘quvchi kompyuter orqali tajriba o‘tkazadi, natijalarni yozadi va xulosalar chiqaradi. Bunday

yondashuv pandemiya kabi sharoitlarda ham ta’limni uzluksiz davom ettirishga yordam beradi

(Jabborov, 2022). Natijada, AKT vositalari o‘quvchilarning nafaqat mavzuni anglash, balki

mustaqil tahlil qilish, axborotni tanlash, baholash va fikrini asoslash ko‘nikmalarini ham

rivojlantiradi.

Zamonaviy metodlar va ularning muhokamasi

Ushbu tadqiqotda sifatli (kvalitativ) tahlil metodlari asosida zamonaviy pedagogik

texnologiyalarning biologiya fanini o‘qitishdagi amaliyotini o‘rganishga e’tibor qaratildi.

Ma’lumotlar yarim strukturalashtirilgan intervyular, suhbatlar, dars ishlanmalari tahlili, o‘quv

rejalarini tahlil qilish hamda baholash mezonlarini solishtirish orqali yig‘ildi.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Tadqiqot doirasida Toshkent shahridagi uchta o‘rta maktabda faoliyat yuritayotgan biologiya

fani o‘qituvchilari va 10 dan ortiq yuqori sinf o‘quvchilari bilan suhbatlar o‘tkazildi. Har bir

intervyu kamida 20 daqiqa davom etdi va yozib olinib, tematik kodlash orqali tahlil qilindi.

Intervyularda asosan quyidagi savollar atrofida fikrlar yig‘ildi:

1. Siz biologiya darslarida qaysi metodlarni eng samarali deb hisoblaysiz?

2. Qaysi AKT vositalari ta’lim jarayonida sizga yordam beradi?

3. Siz foydalanadigan metodlar o‘quvchilarning bilim olishiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

4. Talabalar o‘quvchilar zamonaviy uslublarni qanday qabul qiladi?

Olingan natijalar asosida o‘qituvchi va o‘quvchilar tomonidan eng ko‘p tilga olingan va ijobiy

baholangan to‘rtta zamonaviy metod aniqlanib, ularning har biri quyida alohida muhokama

qilinadi:

Interfaolmetodlar:

biologiya ta’limida o‘quvchilarni dars jarayoniga faol jalb etuvchi interfaol

metodlar eng samarali usullardan biri sifatida ko‘rilmoqda. Tadqiqot davomida o‘qituvchilar

tomonidan “INSERT” (Interactive Noting System for Effective Reading and Thinking) usuli

ayniqsa ko‘p tilga olindi. Ushbu metod orqali o‘quvchilar matn bilan mustaqil ishlaydi: bilgan

ma’lumotlariga belgi qo‘yadi, yangi tushunchalarni ajratadi va o‘z fikrlarini yozma ravishda

ifodalaydi. Bu esa nafaqat tanqidiy fikrlashni shakllantiradi, balki o‘quvchilarni axborotni tahlil

qilish va ajratish ko‘nikmasiga ham o‘rgatadi. Masalan, 9-sinf biologiya darsida “Hujayra

strukturasi” mavzusini o‘rganishda INSERT jadvalidan foydalangan o‘quvchilarning yarmidan

ko’prog’i “tushunish osonlashganini” va “asosiy tushunchalarni tez ajrata olganini” ta’kidladilar

(Respondent 4, o‘qituvchi).

Shuningdek, “Aqliy hujum (brainstorming)” usuli orqali muammoli savollarga javob topish

o‘quvchilarda ijodiy va mantiqiy tafakkurni rivojlantirishda samarali ekani kuzatildi. Ushbu

metod yordamida o‘quvchilar fikr bildiradi, turli yondashuvlarni taqqoslaydi va tanqidiy

yondashuv asosida eng maqbul yechimni aniqlaydi. Masalan, o‘qituvchilar biologik

muammolarni - masalan, ekologik ifloslanish yoki genetik muhandislik masalalarini - “Aqliy

hujum” orqali tahlil qilishda o‘quvchilarning darsga qiziqishi taxminan 40% ga oshganini qayd

etganlar (Respondent 2, o‘qituvchi).

Bir o‘quvchi shunday deydi: “Biz har bir mavzuda “brainstorming” qilamiz. Bu bizni fikr

yuritishga, sabab izlashga va hamkorlikda o‘rganishga majbur qiladi” (Respondent 7, 10-sinf

o‘quvchisi).

Natijada, interfaol metodlar, ayniqsa INSERT va Aqliy hujum, o‘quvchilarning mustaqil

fikrlashi, darsdagi ishtiroki va mavzuga bo‘lgan qiziqishini oshirishda muhim rol o‘ynaydi.

AKTdanfoydalanish:

zamonaviy biologiya ta’limida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari

(AKT) tobora muhim o‘rin egallamoqda. Tadqiqot davomida o‘qituvchilar va o‘quvchilar

tomonidan ayniqsa virtual laboratoriyalar, 3D modellar, animatsiyalar, mobil ilovalar va onlayn

platformalar (Kahoot, Quizizz, Google Classroom) tez-tez tilga olindi. Bu texnologik vositalar

biologik jarayonlarni vizual va interaktiv shaklda ko‘rsatish orqali o‘quvchilarda murakkab

tushunchalarni chuqurroq anglashga yordam beradi. Masalan, DNK replikatsiyasi yoki

yurakning qon aylanish mexanizmini oddiy rasm yoki matn orqali tushuntirishdan ko‘ra, 3D

animatsiyalar va simulyatsiyalar orqali jonli ko‘rsatish o‘quvchilarda tushunchaning mustahkam

o‘zlashtirilishini ta’minlaydi. Shu bilan birga, ushbu texnologiyalar darslarni zamonaviy,

dinamik va qiziqarli holga keltiradi.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Bir o‘qituvchi quyidagicha fikr bildirgan: “3D modellar orqali yurak faoliyatini ko‘rsatganimda

o‘quvchilar hayratda qolishdi. Hatto darsdan keyin yurakdagi klapanlar haqida mustaqil video

izlasha boshlashdi”. Shuningdek, Quizizz va Kahoot kabi gamifikatsiya asosida yaratilgan

platformalar o‘quvchilar bilimini test orqali qiziqarli shaklda baholash imkonini beradi.

O‘quvchilarning fikricha, bu vositalar darsdan so‘ng bilimlarini mustahkamlash va o‘zaro

raqobat muhitida o‘rganish jarayonini yanada jonlantiradi.

Natijada, AKT vositalari o‘quvchilarning darsga bo‘lgan motivatsiyasi, tushunish darajasi va

mustaqil o‘rganish istagini oshirishda muhim vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.

Differensial yondashuv:

biologiya ta’limida o‘quvchilarning individual xususiyatlarini inobatga

olgan holda ta’lim jarayonini tashkil etish - ya’ni differensial yondashuv - samarali natijalar

beradi. Tadqiqot davomida suhbatda qatnashgan o‘qituvchilar ushbu yondashuvni biologiya

fanida, ayniqsa murakkab mavzularni o‘zlashtirishda qo‘llash muhimligini ta’kidladilar. Mazkur

metod o‘quvchilarning bilim darajasi, qiziqish sohasi va o‘rganish sur’ati asosida turli

topshiriqlarni taqdim etishga imkon beradi. Masalan, yuqori qobiliyatli o‘quvchilarga tadqiqotga

asoslangan topshiriqlar - masalan, ekologik muammolar bo‘yicha kichik prezentatsiya tayyorlash

yoki hujayra jarayonlarini modellashtirish - beriladi. Bunda ularning tahlil qilish, izlanish va

taqdimot qilish ko‘nikmalari rivojlanadi. O‘rta va past darajadagi o‘quvchilarga esa interaktiv

testlar, vizual materiallar va nazariyani mustahkamlovchi amaliy mashg‘ulotlar taklif etiladi. Bu

orqali ularning asosiy tushunchalarni o‘zlashtirish darajasi oshadi.

Differensial yondashuv biologiya fanini inklyuziv va shaxsga yo‘naltirilgan holga keltiradi. Bu

usul o‘quvchilarning o‘z imkoniyatlarini to‘liq namoyon qilishlariga va har kim o‘z darajasida

muvaffaqiyatga erishishiga yordam beradi.

Yangicha baholash tizimlari:

zamonaviy biologiya ta’limida baholash metodlari o‘zgarib,

yanada interaktiv va shaffof bo‘lmoqda. Google Forms, Mentimeter, Kahoot kabi platformalar

yordamida tezkor testlar, fikr-mulohazalar yig‘ish va tahlil qilish imkoniyatlari yaratilmoqda.

Ushbu vositalar orqali o‘quvchilarning bilim darajasi tez va samarali baholanishi mumkin, bu esa

darsda o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi o‘zaro fikr almashish jarayonini jonlantiradi. Masalan,

Kahoot orqali o‘quvchilarni test qilishda o‘qituvchilar bilimni nafaqat baholaydi, balki

o‘quvchilarning qiziqish darajasi va fikrlash tezligini ham aniqlashadi. Google Forms yordamida

esa o‘quvchilarga ochiq savollar berish va ularning fikr-mulohazalarini to‘plab, dars jarayonini

yaxshilashga qaratilgan tahlil o‘tkazish mumkin. Bu usul o‘quvchilarning javoblarni tezkor tahlil

qilish, yakuniy baholashni shaffof qilish va ta’lim jarayonini qayta tashkil etish imkoniyatlarini

yaratadi.

Bir o‘qituvchi bu haqda quyidagicha izoh berdi: “Kahoot yordamida darslarni baholashda

o‘quvchilar o‘zaro raqobat qilishadi, bu ularning qiziqishini oshiradi. Google Forms orqali esa

sinfdagi barcha o‘quvchilarning fikrlarini o‘rganib, ularning o‘qishdagi muammolarini

aniqlaymiz” (Respondent 8, biologiya o‘qituvchisi). Biroq, tadqiqotda ishtirok etgan

o‘qituvchilar ba’zi maktablarda texnik infratuzilmaning zaifligi, internet tezligining pastligi va

o‘qituvchilarning raqamli savodxonligining yetishmasligi haqida muammolarni ko‘rsatdilar. Bu

holatlar yangi baholash tizimlarining samarali joriy etilishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Xulosalar

Xulosa qilib aytganda, biologiya fanini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida o‘qitish

ta’lim sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki,


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

interfaol metodlar (masalan, “Insert”, “Aqliy hujum”, klasterlar), AKT vositalaridan (3D

modellar, virtual laboratoriyalar, mobil ilovalar) foydalanish, differensial yondashuv va

innovatsion baholash tizimlari o‘quvchilar bilimini chuqurlashtirish, mustaqil fikrlashni

rivojlantirish va fanlarga bo‘lgan qiziqishni oshirishda samarali vosita hisoblanadi. O‘qituvchi bu

jarayonda faqat bilim beruvchi emas, balki o‘quvchini rag‘batlantiruvchi va yo‘naltiruvchi

sifatida faol rol o‘ynaydi, o‘quvchi esa bilim olishda faol va mas’ul ishtirokchi bo‘lib maydonga

chiqadi. Shuningdek, ta’lim jarayonining muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun maktablardagi

texnik baza, internet infratuzilmasi va o‘qituvchilarning raqamli savodxonligini rivojlantirish

muhim omillardan biri sifatida namoyon bo‘ldi. Shunday ekan, biologiya fanini o‘qitishda

zamonaviy pedagogik texnologiyalarni kompleks qo‘llash va ularni joyida moslashtirish orqali

zamonaviy, interaktiv, raqamli ta’lim muhitini yaratish mumkin.

Kelajakda biologiya ta’limini yanada rivojlantirish uchun quyidagi takliflarni ilgari surish

mumkin:

Har bir maktabda raqamli laboratoriyalar tashkil etish;

O‘qituvchilar uchun doimiy ravishda zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha malaka oshirish

kurslarini yo‘lga qo‘yish;

Onlayn dars ishlanmalar va metodik qo‘llanmalarni yaratish va tarqatish;

O‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun biologik ekskursiyalar va loyiha

asosida ta’lim berishni kengaytirish.

Biologiya - hayotni o‘rganadigan fan sifatida, doimiy rivojlanishni va zamonga mos yondashuvni

talab qiladi. Shuning uchun ham zamonaviy pedagogik texnologiyalar ushbu fanning

o‘qitilishida muhim vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Хусенов, Ш. (2019). Педагогик технологиялар назарияси ва амалиёти. Тошкент:

Ўқитувчи нашриёти.

2. Isroilova, M. (2021). Zamonaviy darslarda pedagogik texnologiyalardan foydalanishning

afzalliklari. Pedagogika va psixologiya jurnali, 2(4), 78–83.

3. Xolboyeva, M. (2020). Interfaol metodlar asosida o‘qitish va ularning samaradorligi.

O‘zbekiston ta’limi, 5(3), 45–49.

4. Selevko, G.K. (2006). Sovremennye obrazovatel'nye tekhnologii. Moskva: Narodnoe

obrazovanie.

5. Mahmudova, Z. (2020). Biologiya darslarida interfaol metodlardan foydalanish

samaradorligi. Pedagogik mahorat, 2(3), 55–59.

6. Rasulova, G. (2021). Tanqidiy fikrlashni shakllantirishda interfaol metodlarning o‘rni.

O‘zbekiston ta’limi, 4(1), 33–37.

7. To‘xtayeva, M. (2019). Biologiyani o‘qitishda grafik va vizual metodlarning ahamiyati. Fan

va Ta’lim, 6(2), 71–75.

8. Jabborov, A. (2022). Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining biologiya

ta’limidagi o‘rni. Innovatsion Ta’lim Texnologiyalari, 5(1), 42–48.

1.

Bibliografik manbalar

Хусенов, Ш. (2019). Педагогик технологиялар назарияси ва амалиёти. Тошкент: Ўқитувчи нашриёти.

Isroilova, M. (2021). Zamonaviy darslarda pedagogik texnologiyalardan foydalanishning afzalliklari. Pedagogika va psixologiya jurnali, 2(4), 78–83.

Xolboyeva, M. (2020). Interfaol metodlar asosida o‘qitish va ularning samaradorligi. O‘zbekiston ta’limi, 5(3), 45–49.

Selevko, G.K. (2006). Sovremennye obrazovatel'nye tekhnologii. Moskva: Narodnoe obrazovanie.

Mahmudova, Z. (2020). Biologiya darslarida interfaol metodlardan foydalanish samaradorligi. Pedagogik mahorat, 2(3), 55–59.

Rasulova, G. (2021). Tanqidiy fikrlashni shakllantirishda interfaol metodlarning o‘rni. O‘zbekiston ta’limi, 4(1), 33–37.

To‘xtayeva, M. (2019). Biologiyani o‘qitishda grafik va vizual metodlarning ahamiyati. Fan va Ta’lim, 6(2), 71–75.

Jabborov, A. (2022). Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining biologiya ta’limidagi o‘rni. Innovatsion Ta’lim Texnologiyalari, 5(1), 42–48.