JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 17, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Jo’raqulova Yayra
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti
universiteti 2-kurs bitiruvchisi
LEKSIK-STILISTIK VOSITALARNING TARJIMADAGI XUSUSIYATLARI
Annotatsiya:
Ushbu maqolada leksik-stilistik vositalar haqida muhim ma’lumotlat keltirildi va
qolaversa ularning tarjimadagi xususiyatlari ham aytib o’tildi. Shuningdek, ular yuzaga
keltiradigan muammo va qiyinchiliklar tilga olinib, qanday tarjima qilish usullari bayon etildi.
Qo’shimchasiga, leksik-stilistik vositalar tarjimada uslub, kayfiyat va ekspressivlikni to’laqonli
yetkazish uchun juda muhimligi ham aytib o’tildi.
Kalit so’zlar:
Metafora, metanimiya, sinekdoxa, epitet, ironiya, sinonimiya, antonimiya,
frazeologizmlar, litota.
1.KIRISH
Tarjima nazariyasi o’z mohiyatiga ko’ra tillar o’rtasidagi ma’lum bir munosabatni o’rganadi va
shu sababli
qiyosiy tilshunoslik
ning bir bo’limi hisoblanadi. Tarjima nazariyasi nuqtayi
nazaridan esa
sinxronik
(ya’ni, bir vaqtning o’zidagi) va
diaxronik (
ya’ni, vaqt o’tishi
davomida yuzaga keladigan) solishtirish o’rtasidagi tafovut ahamiyatli emas. Tarjima
ekvivalentlari istalgan ikki til yoki lahja o’rtasida - ular o’zaro qarindosh bo’lsin yoki bo’lmasan
geografik, ijtimoiy, vaqtga oid yoki boshqa qandaydir aloqaga ega bo’sin - barpo etilishi va ular
o’rtasida tarjimalar amalga oshirilishi mumkin. Tillar o’rtasidagi munosabatlar, odatda, ikki
tomonlama deb qaraladi, garchi bu har doim mutanosib bo’lmasligi mumkin. Tarjima jarayoni
esa har doim bir yo’nalishda amalga oshiriladi: u doimo asliyat tilidan (SL) tarjima tiliga (TL)
qarab olib boriladi.Ushbu matn davomida biz quyidagi qisqartmalardan foydalanamiz:
SL – Asliyat til (Source language)
TL – Tarjima tili (Target language)
Tarjima – bu bir tildagi matn materialini (SL) boshqa til (TL) dagi ekvivalent matn materiali
bilan alamashtirish jarayonidir. Ushbu ta’rifdagi ikki leksik birlik izoh talab etadi. Bular -
“textual material” (ya’ni, matn materiali) va “equivalent” (ya’ni, ekvivalent) so’zlaridir. “Textual
material” atamasidan foydalanish – oddiy holatda asliyat tildagi butun matnning emas, balki
uning ma’lum darajadagi qismlarining tarjima qilinishini ta’kidlaydi. Ya’ni, har doim ham
asliyat tildagi matn tarjima tilidagi matnga teng hamda to’g’ri shaklda o’tkazilmaydi, balki bu
ayrim til darajalarida ekvivalent bo’lmagan material bilan oddiy alamashtirish bo’lishi ham
mumkin. Masalan, ingliz tilidagi “What time is it?” degan gapni fransuz tiliga “Quelle heure est-
il?” deb tarjima qilganimizda, ingliz tilidagi grammatika va leksika fransuz tilidagi ekvivalent
grammatik va leksik vositalar bilan almashtirilgan bo’ladi. Shuningdek, asliyat tildagi grafik
shakl (ya’ni, yozuv va orfografiya) ham tarjima tildagi grafik shakl bilan almashtiriladi. Biroq bu
holatda tarjima tilidagi grafologik forma, asliyat tildagi grafologik formaning haqiqiy tarjima
ekvivalenti deb bo’lmaydi. Ya’ni, grafik shakllar o’rtasidagi almashinish tarjimaning semantik
ekvivalentligini anglatmaydi. [1. 20-21]
Boase-Beierning “Tarjima nazariyalari tadqiqi” asarida uning uslub(stil) haqidagi tahlillari
innovatsion nazariyalarni ularning intellektual va tarixiy kontekstida tushunarli, keng qamrovli
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 17, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
va tanqidiy tahlil asosida o’rganishdan iboratligi aytib o’tilgan. Garchi muallif, avvalo, badiiy
matnlar tarjimasi va kognitiv stilistikaga yondashuv orqali “uslub nima?” , “uning ta’siri
qanday?” , “qanday ishlaydi?” va “tarjima jarayonida u qanday o’zgaradi?” degan savollarga
javob topishga urinayotgan bo’lsa-da, u no-badiiy matnlardan ham misollar keltiradi va turli
stilistik figuralar ularda qanday ishlashini ham ko’rib chiqadi. Eng muhimi, Boase-Biere o’z
tadqiqi davomida badiiy matnlar va badiiy bo’lmagan matnlar o’rtasidagi farq hamda
jarayonidagi tafovutlarni aniqlashga alohida e’tibor qaratadi. Uning farqlash mezono – kognitiv
yondashuvga asoslanadi va Relevance (Ahamiyatlilik) nazariyasidan foydalanadi. Bu nazariyaga
ko’ra:
Badiiy bo’lmagan matnlarda o’quvchi “mini-miks” prinsipi asosida harakat qiladi: ya’ni
maksimal ma’noni ajratib olish uchun eng kam kuch sarflab, maksimal ma’noni ochishga intiladi.
Matnda qancha murakkab stilistik figuralar bo’lsa va ularni anglash uchun o’quvchi qancha aqliy
harakat sarf qilsa, u shunchalik estetik zavq va qoniqish hosil qiladi. Boshqacha aytganda, badiiy
matnlarning vazifasi – o'quvchini aniq bo’lmagan, hatto qarama-qarshi ma’nolarni izlashga
undashdir. Bu esa o’quvchida tekstdagi noaniqlikni aks ettiruvchi kognitiv holatni yuzaga
keltiradi. Natijada o’quvchi bir vaqtning o’zida bir nechta ma’noni eslab qolishga qodir bo’ladi.
[2.144-145]
LEKSIK-STILISTIK VOSITALAR
Leksik-stilistik vositalar – bu muallif nutqining obrazliligini, hissiyotini, emotsional ta’sirini
kuchaytiradigan, leksik qatlamga oid stilistik birliklardir. Ular orqali matnning ekspressivligi,
poetikasi, ironiya yoki baholanuvchanligi ifodalanadi. Leksik-sintaktik vositalar tarjimada uslub,
kayfiyat va ekspressivlikni to’laqonli yetkazish uchun juda muhim. Tarjimon bu vositalarni
tanlashda madaniy muvofiqlik, kontekst va stilistik yuklamani chuqur tahlil qilishi lozim.
Leksik-stilistik vositalar o’z ichiga bir qancha guruhlarni singdiradi, xususan, metafora,
metonimiya, sinekdoxa, ironiya, sinanomiya, antonomiya, litota, epitet. Hozir quyidagilarga
birma-bir tahlil va ta’rif beramiz.[3]
METONIMIYA, SINEKDOXA, METAFORA
Metanimiya
yunoncha “metanymia” - qayta nomlash demakdir. Narsa va hodisalar o’rtasida
makon va zamondagi o’zaro aloqadorlik asosida birining nomini ikkinchisiga ko’chirishi
metanimiya hisoblanadi. Metanimiyaning uch guruhi mavjud bo’lib, ularga:
1) Shaxs orqali narsa, o’rin-joy anglashiladi – Fuzuliyni oldim qo’limga.
2) Narsa, o’rin- joy orqali shaxs anglashiladi – Navbatim “jinsi” dan keyin.
3) Narsa, o’rin- joy orqali narsa, o’rin- joy anglashiladi – Samovarda osh yedik.
Quyidagi shaxs nomlari metonimiya asosida yuzaga kelgan: Ramazon, Odina, To’ychi, Sunnat,
Yodgor, Saksonboy, Navro’z, Yo’lchi.[4.196]
In metonymy, a word that is associated with something is used to refer to that thing, as when
crown is used to mean “king” or “queen”, or when Mark Antony asks the people of Rome to lend
him their ears in William Shakespeare’s play Julius Caesar. It’s also metonymy when an author’s
name is used to refer to works written by that person, as in “We are studying Jane Austen”. [5]
Metonimiya inson tajribasi va tafakkuriga asoslangani sababli, u turli shakllarda til ifodalarida
keng tarqalgan. Metonimiyaning konseptual (tushunchaviy) tabiati ingliz tilining lug’atini
boyitadi. O’xshash fikrlash uslubiga ko’ra, ayrim metonimik ifodalar ingliz va xitoy tillarida bir
xil tarzda uchraydi. Masalan, ingliz tilidagi “we need more hands” (bizga ko’proq qo’l kerak)
degan ibora xitoy tilida ham bizga ko’proq ishchi qo’li kerak tarzida so’zma-so’z tarjima qilinadi.
Til o’rganuvchilar uchun metonimiyaning kognitiv (idrokka oid) tabiatini yaxshi o’zlashtirish
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 17, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
lug’at boyligini oshirish va tilni egallashda katta yordam beradi. Aksincha, agar o’rganuvchilar
metonimiyaning tushunchaviy tizim sifatidagi vazifasidan bexabar bo’lsalar, ular ayrim gaplarni
tushunishda qiynaladilar va kerakli xulosani chiqara olmaydilar. Boshqacha aytganda,
metonimiyaning mohiyatini to’liq anglash tilni tushunish va tarjima qilishni yengillashtiradi,
holbuki metonimiyani yuzaki yoki qisman tushunish o’rganuvchiga to’siq bo’ladi.
Metonimiyalar tarjimasi o’rganuvchining metonimiyani qay darajada anglaganini namoyon
etadi.[5]
Sinekdoxa
yunoncha “synekdoche’ - birgalikda anglash so’zidan olingan bo’lib, bo’lak orqali
butunni yoki butun orqali bo’lakni ifodalashni bildiradi. Ma’no ko’chishining bu turi ham
nutqimizning ta’sirchanligini oshirishda, ifodali, jozibali bo’lishida katta ahamiyatga ega. Uning
ikki turi mavjud:
1) Bo’lak (qism) orqali butunni ifodalash – Bitta tuyoq bilan olti qorinni boqib kelyapman.
2) Butun orqali bo’lak (qism) ni ifodalash – Olma archayotib qo’lini kesdi. [4.198].
Synecdoche refers to a litrerary device in which a part of something is substituted for the whole
(as hired hand for “worker”), or less commonly, a whole represents a part (as when society
denotes “high society”). Here are some examples of synecdoche: the word “hand” in “offer your
hand in marriage”; “mouths” in “hungry mouths to feed”; “wheels” referring to a car. [5].
Metafora
yunoncha “metaphora” - ko’chirish so’zidan olingan bo’lib, bir predmet nomining
boshqa predmet nomiga ular o’rtasidagi ma’lum o’xshashlik asosida ko’chishidir. Uning ham
uch turi mavjud:
1) Bir narsaning nomi boshqa narsaga o’xshashlik asosida ko’chiriladi - majnuntolning sochi,
ko’chaning boshi, qozonning qulog’i.
2) Bir narsaning belgisi boshqa narsaning belgisiga o’xshashlik asosida ko’chiriladi - yaqin
qarindosh, qalin do’st, yengil jarohat, iliq muomala.
3) Bir narsaga xos harakat boshqa narsa harakatiga o’xshashlik asosida ko’chiriladi - qarzga
botdi, raqobatda sindi, do’stni sotdi. [4.193].
Garchi tarjimaning asosiy muammosi matn uchun umumiy tarjima usulini tanlash bo’lsa-da, eng
muhim xususiy muammo – bu metaforani tarjima qilishdir. Bu yerda metafora deganda har
qanday badiiy ifoda nazarda tutiladi: so’zning ko’chma ma’nosi (masalan, ingliz tilidagi “to
originate” - “kelib chiqmoq” - bu so’zning asl jismoniy ma’nosidan ko’chgan); mavhum
tushunchalarga misol qilib, “og’ir yurak” - ya’ni, qayg’uga to’la yurak ni aytishimiz mumkin.
Shuningdek, ingliz tilidagi ko’pgina frazeologik fe’llar (put off - “kechiktirmoq”, “fikridan
qaytmoq”, “bezovta qilmoq” va h.k) o’zlarida potentsial metaforalikni saqlaydi. Metaforalar
“yakka” (ya’ni, bir so’zli) yoki “kengaytirilgan” bo’lishi mumkin – bu iboralar, idiomalar, gaplar,
maqollar, alegoriyalar yoki butun bir badiiy matn bo’lishi mumkin.[5].
EPITET VA IRONIYALAR
Epitet
, sifatlash – stilistika va poetika termini; antik davrdan ma’lum badiiytasviriy
vositalaradan. Narsa va hodisalarga, tushuncha va h.kga xos xususiyatlarni obrazli tavsiflash.
Aksariyat hollarda sifat, shuningdek, ravish, ot, son, fe’l vositasida ifodalanadi ( masalan, zar
do’ppi, qutlug’ kun, hovliqib gapirdi kabi). Sifatlash gapni, iborani shunchaki bezash vositasi
emas, balki u mazmun bilan aloqador bo’lib, nutqning mantiqiy, psixologik, lingvistik, adabiy va
boshqa jihatlarida namoyon bo’ladi. Predmetni uning boshqa turlaridan ajratib ko’rsatuvchi
(“murg’ak she’r” kabi) oddiy mantiqiy ta’rifdan farq qilib, sifatlash predmetning yo biron bir
xususiyatini ajratib ko’rsatadi (“chetan arava”) yoki istiorali epitet sifatida unga boshqa bir
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 17, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
predmetga xos xususiyatni ko’chiradi (“kumush qish”, “zumrad bahor”, “uchqur ot” kabi). Xalq
og’zaki poetik ijodida sodda va doimiy sifatlashlar ko’p qo’llaniladi (“pahlavon yigit”, “cho’ri
qiz”, “uchar gilam” kabi). Sharq va, jumladan, o’zbek mumtoz adabiyotida ham ayrim
sifatlashlar (“bodomqovoq”, “sarvqomat”, “pistadahan” kabi) ko’p takrorlanib, doimo uchrashi
oqibatida qo’shma fifatlarga – murakkab sifatlashlarga aylanib ketgan (“bodomqovoq qiz”,
“sarvqomat juvon” kabi). Epitet – so'zga ta’rif yoki ifoda beruvchi she’riy vosita. Badiiy
matnlarda, ba’zan she’riy va lirik asarlarda ham qo’llaniladi. Epitetning maqsadi muallif
e’tiborini jalb qilmoqchi bo’lgan alohida narsani, uning o’ziga xos ekspressivligini ta’kidlashdir.
Epitetlar tasvirlarga yorqinlik berishga yordam beradi.[7]. There are some specific problems of
translating the epithets. One of them is enantiosemy, or using a word in its paradoxical meaning
when the word is capable of carrying two opposite significations. Usually the enantisemic
epithets reveal a negative attitude of the speaker. “He is a fine fellow as ever i saw. He simpers
and smirks and makes love to us all. I am prodigiously proud of him I defy even Sir William
Lucas himself to produce a more valuable son-in-law. (J. Austen) The words simpers and smirks
show an ironic attitude of the speaker to the character. The epithets “valuable” and “prodigiously
proud” are understood in the opposite sense. This irony must not escape from a target
readers.[8.144-145].
“Haqiqiy istehzo
(ironiya)
deb nimani atash mumkin?” degan savol ustida ko’plab fikrlar
yuritilgan va bu borada lug’atlardan tez-tez yordam so’raladi. Quyida “ironiya” so’zining qanday
qo’llanilishi haqida faktlar keltirilgan. Ironiyaning ikki rasmiy, lekin kundalik matnlarda
unchalik tez-tez uchramaydigan shakli mavjud. Ulardan biri – Sokrat ironiyasi bo’lib, bu bahsda
raqibning bilimsizligini o’zingizni johil ko’rsatib, sinchkov savollar orqali fosh etish usulidir.
Ikkinchisi esa – dramatik yoki fojiali ironiyadir, ya’ni sahnadagi vaziyat bilan undagi
qahramonlarning so’zlari orasida qarama-qarshilik bo’ladi va bu holatni faqat tomoshabin anglay
oladi. Sokrat ironiyasi – bahs-munozarada ishlatiladigan usul bo’lsa, dramatik ironiya esa go’yo
Romeo va Juliyettaning rejasi barbod bo’lishini tomoshabin fahmlab turgan holat kabidir.
Uchinchi va ko’p bahslarga sabab bo’layotgan shakl bu vaziyat ironiyasi (situation irony) deb
ataladi. Bu holatda kutilgan yoki rejalashtirilgan natijaning aksini ro’y berishi e’tiborni tortadi.
Masalan, bir kishi chuqur joyga tushub ketmaslik uchun uni aylanib o’tadi-yu, yana boshqa bir
chuqurlikka tushib, jarohat oladi. Tanqidchilar aytishicha, bunda “isn’t it ironic that you called
just as i was planning call you?” kabi misollar aslida ironiya emas, tasodif deb atash joiz. Tarixiy
manbalar shuni ko’rsatadiki, “irony” va “ironic” so’zlari kamida 100 yildan beri aniq
chegaralarsiz, ba’zida aynan tasodifni ifodalash uchun ham ishlatib kelingan. Masalan, 1939-
yilda yozuvchi F.Skott Fitsherald quyidagicha yozadi: “Bu ishni qilishga unchalik ishonmasdim,
baribir oxirgi suratga tushu ishim menga besh ming besh yuz dollardan ortig’ini tibbiy
xarajatlarimga sarflashga to’g’ri keldi – bu qanday kesatiq?” Bu haqiqiy situation ironiyasimi?
Bu masala juda bahsli. Bugungi kunda “ironiya” atamasi ba’zan shunchaki qiziq yoki tasodifiy
holatlar uchun ham ishlatilmoqda. Ayrimlar buni noto’g’ri ishlatish deb bilsalar-da, bu aslida
so’zning yangi qo’llanilish shaklidir.[5].
SINONIMIYA VA ANTONIMIYA
Sinonimlar –
bu ma’nodosh so’zlar hisoblanib, bir umumiy leksik ma’no anglatuvchi ikki va
undan ortiq so’zlarga aytiladi. Ma’nodosh so’zlar nutqning ta’sirli bo’lishiga, bir ma’noning turli
xil qirralarini ifodalashga yordam beradi. Ular bir xil so’z turkumiga oid bo’ladi: yuz, bet, aft,
bashara, turq, chehra, oraz , jamol, ruxsor (ot); hayoli, andishali, oriyatli, iboli (sifat); yarim,
ikkidan bir (son); hamma, bari, barcha (olmosh); gapirdi, so’zladi (fe’l); ko’p, mo’l, bisyor
(ravish); va, hamda (bog’lovchi); kabi, singari, yanglig’ (ko’makchi); xuddi, naq (yuklama);
ehtimol, balki (modal so’zlar) va hokazo. Tildagi o’zlashma (boshqa tildan kirgan) so’zlar
o’zbekcha so’zlar bilangina emas, balki o’zaro ham sinonim bo’lishi mumkin: respublika (lot.) -
jumhuriyat (arab.). Tub so’zlar yasama so’zlar bilan sinonim bo’lishi mumkin: his (tub) - sez
gi
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 17, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
(yasama), savol (tub) - so’roq (yasama). Sinonimlik qatordagi so’zlar eskirishi mumkin: odat ,
rasm, urf,
fan
(rasm, odat); iltimos, o’tinch,
tavallo
; oqsoq, cho’loq,
lang.
So’z maqomidagi
sinonimlar
lug’aviy (leksik) sinonimlar
, qo’shimcha mqomdagi sinonimlar esa
affiks
sinonimlar
sanaladi.[6.86-87]. Synonymy is a controversial issue which was discussed from
different points of view by Arab and Europian scholars. In English, for example, as cited in
Hassan (2014:169) synonymy is defined as “the similarity in meaning” by (Palmer, 1981: 88;
Crystal,1993:340; Ghazala,2002:89). Other linguists as pointed by Abu-Melhim & Al-Omar
(2014) like Palmer (1976); Cruse (1986); Farghal (1998) state that synonymous words are those
which share the same meaning in which synonymy represents the connection between these
words as one clarifies the meaning of the other. It seems that synonymous words tend to be those
that share the main attributes of them to convey the meaning and ignore those indicate tiny
difference.[9.31-32]
Antonimlar
– bu zid ma’noli so’zlar hisoblanib, grekcha anti - <<zid>>, <<qarama-qarshi>>,
onoma yoki onuma <<nom>> degani bo’lib, qarama-qarshi tushunchalarni ifodalaydigan
so’zlardir. Antonomik juftlikdagi so’zlar faqat bir xil so’z turkumlariga oid bo’ladi: yer-osmon
(ot), uzun-qisqa (sifat), ko’p-oz (ravish), keldi-ketdi (fe’l). So’z maqomdagi antonimlar lug’aviy
(leksik)
antonimlar, qo’shimcha maqomdagi antonimlar esa affiks antonimlar sanaladi.
Antonomik juftlik hosil bo’lishi uchun ikkita mustaqil tushuncha ma’no jihatdan o’zaro qarama-
qarshi bo’lishi kerak. Fe’llardagi bo’lishli-bo’lishsizlik xususiyati antonimlikni vujudga
keltirmaydi. Ko’p ma’noli so’zlar har bir ma’nosi bilan ayrim-ayrim so’zlarga antonim bo’lishi
mumkin: qattiq yer-yumshoq yer; qattiq (xasis) odam-saxiy odam. Antonomik juftliklar ko’chma
ma’no ifodalab, yangi so’zlar hosil qilishi mumkin: tun-u kun – "hamma vaqt” ma’nosida,
achchiq-chuchuk - “salat” ma’nosida, yosh-u qari – "hamma” ma’nosida, uzoq-yaqin - “hamma
yoqdan” ma’nosida. [6.88]. Words that are opposite in meaning are called antonyms. Two words
can be called antonyms when they share all the semantic features but one. “Tall” and “short”, for
instance, are semantically similar and belong to the same semantic category, which is “height”.
Nevertheless, the property that they do not share is present in one and absent in the other.
Antonyms are recognized of “their dependence upon dichotomization” (Lyons,1997, p.271) in
which binary opposition can be revealed in the form of contradictory pairs.[10.1].
FRAZEOLOGIZMLAR VA LITOTALAR
Frazeologiya
tilshunoslikning bir bo’limi bo’lib, u tilning lug’at tarkibidagi frazemalar haqida
ma’lumot beradi. Frazema ko’chama ma’nola turg’un konstruksiyadir. Masalan, zo’raymoq
(leksema) - avj olmoq (frazema), qiynalmoq (leksema) - azab chekmoq (frazema) kabi. Demak,
frazema ham leksema kabi lug’aviy birlik sanaladi, ammo o’zining ifoda va mazmun
planlaridagi qator belgilari bilan leksemadan farqlanadi. Frazemaning ifoda plani deganda uning
tovush tomoni, leksik tarkibi, birikmaga yoki gapga teng konstruksiyasi nazarda tutiladi.
Masalan, ko’nglini olmoq (birikmaga teng), ko’zlari qinidan chiqib ketdi (gapga teng), boshi
qotdi (gapga teng), ensasi qotdi (gapga teng) kabi. Frazemalar orasida qo’shma gapga teng
qurulishli turg’un konstruksiyalar ham uchraydi: “qor yog’ib, izlar bosilda” kabi.[4.216-217].
Idioms are linguistic expressions or lexical items representing objects, concepts or phonomena of
material life particular to a given culture. They are necessary to any language in order to keep the
local and cultural color of that language. In a defenition given by Larson idiom is “a string of
words whose meaning is different from the meaning conveyed by the individual words” (Larson,
1984, p.20). In another place he states that idiom “carries certain emotive connotations not
expressed in the other lexical items” (Larson, 1984, p.142).[11.1].
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 17, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Litota,kichraytirish
– istiora turlaridan biri. O’zbek mumtoz adabiyotida: tafrit, tasg’ir
(mo’tadillikdan pastki holat). Kichraytirish 2 narsa, hodisa yoki tushuncha o’rtasidagi umumiy
va juz’iy xususiyatlarga asoslanadi, ularning hajm, vaqt, o’lchov jihatlari qiyosan kichraytiriladi.
Mubolag’aning aksi. Tasvir obyektini o’ta kichik, zaof qilib ifodalash orqali uning mohiyati
ta’kidlanadi. Shuningdek, tasvirga haddan tashqari ko’tarinkilik, satirik va yumaristik ruh berish
uchun ham qo’llaniladi. Kichraytirish leksik jihatdan o’xshatish, sifatlash, istioraga
asoslanadi.[3].Even if you have heard the word litotes, chances are you have encountered this
figure of speech. If you have ever approved of a job well done by exclaiming “not bad” or told
someone that you are “not unhappy” when you are ecstatic, you have even used it yourself. In
fact, you might say that it would be “no mean feat” to avoid this common feature of our language!
And litotes is not only common; It is also simple – etymologically speaking, that is. Litotes
evolved from a Greek word meaning “simple”, and perhaps ultimately from another Greek word
meaning “linen cloth”.[5].
Avvalo, badiiy tarjimada leksik-sintaktik bo’yoqdorlik qiyinchiliklari mavzusi tarjima nazariyasi
va amaliyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki badiiy asarlarni tarjima qilishda nafaqat
mazmun, balki asarning stilistik uslubi, emotsional va ekspressiv bo’yoqdorligi ham dolzarb
hisoblanadi. Keling, avvalo stilistik bo’yoqdorlik so’zini tushunib olsak. Stilistik bo’yoqdorlik
deganda, asarning so’z boyligi , uslubiy xususiyatlari va badiiy vositalar orqali yaratilgan hissiy
ta’sir ko’zda tutiladi. Aytib o’tish kerakki, leksik-stilistik bo’yoqdorlikning bir qancha
muammolari bor. Buning asosiy sabablari quyidagilar:
1)
Lingvistik tafovutlar:
Har bir o’ziga xos leksik va stilistik boylikka ega. Masalan, bir
tildagi poetik yoki emotsional ifoda vositalari boshqa tilda aks ettirilmasligi mumkin.
2)
Konteksni yetkazish qiyinligi:
So’z yoki iboralar ma’lum bir madaniy, tarixiy yoki
ijtimoiy kontekstda ma’no kasb etadi, Tarjima jarayonida ushbu kontestni boshqa madaniyat
vakiliga to’g’ri yetkazish oson emas. Va kontekst yetkazish qiyinligi tarjima yoki muloqot
jarayonida til va madaniyatlar o’rtasidagi farqlar sababli paydo bo’ladi. Quyida bunday
qiyinchiliklarga ba’zi misollar keltirilgan: Madaniy kontektga bog’liq iboralardan – inglizcha
“it’s raining cats and dogs”, agar biz bu iborani to’g’ridan to’g’ri tarjima qiladigan bo’lsak, itlar
va mushuklar yog’yapti bo’ladi, biroq bunday tarjima xato bo’ladi. Shu sababli shu va shunga
o;xshash iboralar tarjimasida juda ehtiyot bo’lish va word for word tarjima adekvat bo’lmasa,
ekvivalent tarjimadan foydalanish zarur.[12].
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, maqola davomida leksik-stilistik vositalarga nimalar kirishi va ularning
ma’nolari to’g’risida birmuncha ma’lumotlar keltirildi. Shuningdek, tarjima chog’ida ularning
qaysi xususiyatlariga e’tibor qaratish va qanday tarjima qilish zarurligi to’g’risida ham bir
qancha ishonchli manbalar asosida yechim va qarashlar bayon etildi. Eng asosiysi, leksik-stilistik
vositalar tarjimasida juda ehtiyotkorlik bilan yondashish kerakligi hamda turli xil millatlar
so’zlashuv uslubidagi ibora-yu, ma’no ko’chishlarga e’tiborli bo’lish to’g’risida ham aytib o’tildi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. J. C. Catford “A linguistic theory of translation”.
2. Boase-Beier,Jean (2006). Stylistic approaches to translation.
3.
.
4. “Hozirgi o’zbek adabiy tili” akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining I, II, III bosqich
talabalri uchun darslik.
5.
Https://www.merriam-webster.com
.
6. Madram Hamrayev “Abuturiyent-2014” loyihasi turkumidan
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 17, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
7.
.
8. Translating Epithets in Fiction: A Stylistic Study oF Semantic and Pragmatic Equivalence.
9. The Translation of Synonyms in Arabic and English. Tasneem Fayez Aqel.
10. Translation of Antonyms. MR: BOULKHESSAIM Adel.
11. Translating of Idioms: A Hard Task for the Translator. Amineh Adelnia.
12. Qo’qon DPI. Ilmiy xabarlar 2025-yil 1-son.
