Авторы

  • Ruziboyev Javoxir Shokirjon o‘g‘li
    “Payvandlash ishlab chiqarish texnologiyasi va jihozlari” mutaxassisligi magistranti Andijon davlat texnika instituti, O‘zbekiston

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.iqro.72681

Ключевые слова:

Jin kolosniklari payvandlab qoplash elektrodlar yeyilish miqdori yeyilishga sinash.

Аннотация

Ushbu maqolada paxta tolasini chigitdan ajratuvchi arrali jin mashinalarining turli omillar ta’sirida ishchi yuzasi yeyilgan jin kolosniklari olinib, ularga tanlab olingan, maxsus yeyilishga chidamli elektrodlar yordamida hamda belgilangan payvandlash rejimi ostida payvand qoplama qoplandi. Tayyor qoplama qoplangan namunalarni yeyilishga sinash qurilmasiga o‘rnatilib 30 daqiqa davomida belgilangan yuklamalarda yeyilishga sinaldi. Natijalarni aniqliligini ta’minlash maqsadida har bir tajriba 3 marotabadan amalga oshirildi hamda yeyilish qiymatlari mikrometr yordamida o‘lchandi. Olingan natijalar asosida eng yuqori yeyishga chidamlilik hossasiga ega bo‘lgan namuna aniqlanib, uni mavjud kolosnikga nisbatan yuqori samaradorligi aniqlandi.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Andijon davlat texnika instituti

“Texnologik mashinalar va jihozlar”

kafedrasi, PhD, dotsent X.Xashimov

taqrizi ostida

Ruziboyev Javoxir Shokirjon o‘g‘li

“Payvandlash ishlab chiqarish

texnologiyasi va

jihozlari” mutaxassisligi magistranti

Andijon davlat texnika instituti,

O‘zbekiston

Gmail:

javohirruziboyev05215@mail.com

ORCID ID: 0009-0003-3333-9318

MAXSUS ELEKTRODLAR BILAN PAYVANDLAB QOPLANGAN KOLOSNIKLARNI

YEYILISHGA SINASH NATIJALARI

Annotatsiya.

Ushbu maqolada paxta tolasini chigitdan ajratuvchi arrali jin mashinalarining turli

omillar ta’sirida ishchi yuzasi yeyilgan jin kolosniklari olinib, ularga tanlab olingan, maxsus

yeyilishga chidamli elektrodlar yordamida hamda belgilangan payvandlash rejimi ostida payvand

qoplama qoplandi. Tayyor qoplama qoplangan namunalarni yeyilishga sinash qurilmasiga

o‘rnatilib 30 daqiqa davomida belgilangan yuklamalarda yeyilishga sinaldi. Natijalarni

aniqliligini ta’minlash maqsadida har bir tajriba 3 marotabadan amalga oshirildi hamda yeyilish

qiymatlari mikrometr yordamida o‘lchandi. Olingan natijalar asosida eng yuqori yeyishga

chidamlilik hossasiga ega bo‘lgan namuna aniqlanib, uni mavjud kolosnikga nisbatan yuqori

samaradorligi aniqlandi.

Kalit so‘zlar:

Jin kolosniklari, payvandlab qoplash, elektrodlar, yeyilish miqdori, yeyilishga

sinash.

Kirish.

Tolani chigitdan ajratib olish jinlash jarayoni bo‘lib, paxta xomashyosidan tayyor

mahsulot olishdagi texnologik jarayonlarning eng avvalidagi va uning sifati, unimdorligi undan

keyingi texnologik jarayonlarning samaradorligini belgilaydigan jarayon xisoblanadi[1]. Tolani

chigitdan ajratish ikki asosiy valikli jinlash va arrali jinlash qurilmalari yordamida amalga

oshiriladi[2]. Arrali jinlash usuli ish unumdorligi valikli jinlash usuliga nisbatan yuqori

bo‘lganligi uchun xozirgi zamonaviy korhonalar tomonidan afzal ko‘rilmoqda va qo‘llanilmoqda.

Arrali jinlash -

mashinaning asosiy ishchi qisimlari arrali silindr va kolosniklarni tayanch

buruslariga o‘rnatish orqali xosil qilingan panjaradan iborat bo‘lgan bu ikki asosiy ishchi

qisimlarning bir-biri bilan bo‘ladigan texnologik muloqoti natijasida tolani chigitdan ajratilib

olinishidir. Panjaralar orasiga chigit sig‘maganligi sababli u panjara orasidan o‘tmaydi[3].

Kolosnik –

murakkab shaklga ega, Cч 15-35 markadagi cho‘yandan tayyorlangan va ishlash

jarayonida ularni o‘rnatish orqali malum katalikdagi tirqish hosil qilib chigitlarni tutib qolish

uchun qollaniladigan detal hisoblanadi[4].

Chigitdan tolani ajratish jarayonida bir qancha omillar tasirida tolani ishqalanishi, arra diskining

tirqish markazida joylashmasligi va arraning tebranishi kabi omillar ta’sirida kolosniklar ishchi

yuzasi yeyiladi [5]. Yeyilish natijasida kolosnikli panjara orasidagi tirqish kengayib undan tola

bilan birgalikda chigit postlog‘i ham o‘tib ketishi natijasida tolaning sifatini buzilishiga olib

keladi. Paxta tozalash korxonalarida olib borilgan kuzatishlar arrali jin mashinasi

kolosniklarining o‘rtacha hizmat muddati 3-4 oyni tashkil qilishini ko‘rsatdi [6]. Bunda


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

kolosniklarning ishchi yuzasi 1,0 mm dan ortiq yeyilishi bilan yaroqsizga chiqariladi. Bu miqdor

kolosnikning 2% gacha hajmini tashkil etadi.Bunday yeyilgan kolosniklarni yangisiga

almashtirish qolgan ko‘p qisimli metalning isrof bo‘lishi va iqtisodiy jihatdan zarar keltirishi

kabi omilllar sabab mantiqsiz hisoblanadi[7].

Kolosniklarning ish resursini oshirish ustida ko‘plab olimlar hamda izlanuvchilar ish olib

borishgan.

E.N.Avazovich arrali jin mashinalarida mavjud kolosniklarning konstruktsiyasini

takomillashtirish bo‘yicha ilmiy ishlar olib brogan va jin kolosniklarining ishlash muddatini

oshirishda kolosnikning ishchi qismi uchun 65Г markali legirlangan almashuvchan elementli

plastinkadan foydalanish tavsiya qilgan[8].

R.X.Mustafin tomonidan kolosniklarning ishlash muddati va ular ishchi qismidagi yeyilishlar

o‘rganilgan. Kolosniklarning ish muddatini oshirish uchun kolosnikning ishchi qismiga qattiq

qotishmali plastinkani o‘rnatish tavsiya qilingan[9].

Sh.Sh.Shonasirov kolosniklarini yeyilgan ishchi qismlarini tiklash uchun plazmali qoplash

usulini taklif etgan [10]. Ammo usulni amalga oshirish uchun kerakli materiallar va texnologik

jihozlar yetishmasligi sababli ishlab chiqarishga keng joriy etilmagan.

Materiallar va uslublar.

Bu muammoning asosiy yechimi yeyilgan kolosniklarni qattiqlik,

yeyilishga chidamlilik kabi mexanik xossalalri yuqori bo‘lgan materiallar [11] bilan payvandlab

qoplab ularning ish resursini oshirish hisoblanadi. Tajribalar o‘tkazish uchun ishchi qismi

yeyilgan kolosniklar olindi. Ularning yuzasiga T-590, Z408, Cв-08Г2С, УОНИ-13/45

elektrodlardan foydalanib qoplama qoplandi. Bunda eritib qoplash rejimi: payvandlash toki 90-

110 A, yoy kuchlanishi 24-28 V, tok qutbliligi teskari, elektrod diametri 3-4 mm. Qoplangan

yuzalarni kamida 90% kontaktda bo‘lishini ta’minlash uchun namunalar jilvirlash dastgohida

maxsus mexanik ishlov berib tekislandi [12].

1-rasm. Eritib qoplangan jin kolosniklari

Eritib qoplangan kolosniklarni yeylishga sinashda “Arrali jin kolosniklarni yeyilishga sinash

qurilmasi” dan foydalanildi. Tanlab olingan payvandlash materiallari bilan eritib qoplangan har

bir namuna bir hil rejimda 30 daqiqadan yeyilishga sinovdan o‘tkazildi. Kolosnik ishchi yuzada

yeyilishi hosil bo‘lishi uchun arra diski 5, 10 va 15 N kuch bilan kolosnikka bosilib, disk

730ayl/min bilan aylantirildi.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

2-rasm. Arrali jin kolosniklarini yeyilishga sinash qurilmasining umumiy ko‘rinishi.

1- ko‘ndalang balka, 2- rigel, 3-ustun, 4-tayanch podshibnik, 5- gorizontal val, 6- diskli arra, 7-

vtulka, 8-shkiv, 9- elektr yuritma, 10-yetaklovchi shkiv, 11-tasma, 12-kolosnik panjarasini, 13-

bolt, 14-yo‘naltirgich, 15- 16-tortish prujinasi, 17-tortuvchi sim arqon, 18- bloklovchi, 19-

dinamometr, 20- pasangi tosh.

Natijalar va muhokamalar.

Belgilangan muddatda namuna qurilmadan yechib olinib ularning

chiziqli yeyilish miqdori mikrometr yordamida o‘lchab aniqlandi.

3-rasm. Elektron mikrometr.

Natijalar aniqligini ta’minlash maqsadida har bir tajriba 3 marotabadan takroran o‘tkazildi,

olingan natijalarning o‘rtacha qiymatlari 1- jadvalda keltirilgan.

1-jadval

Sinovdan o‘tkazilgan namunalarning o‘rtacha yeyilish miqdorlari

Payvandlab

qoplangan

material

Kolosnikni arra diskiga bosuvchi

kuch N

O‘rtacha yeyilish

miqdorlari

(mm)

5

10

15

1

T-590

0.01

0.02

0.025

0.018


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

2

Z408

0.016

0.032

0.04

0.022

3

Cв-08Г2С

0.02

0.04

0.05

0.036

4

УОНИ-13/45

0.026

0.053

0.06

0.046

5

Mavjud kolosnik

0.04

0.08

0.1

0.073

4-rasm. Namunalarning o‘rtacha yeyilish jadalligi

Jadvaldagi natijalar tahlil qilinganda, agar mavjud kolosnikni o‘rtacha yeyilish jadalligini 1,0 ga

teng deb olsak, unga nisbatan T-590 markadagi elektrod bilan payvandlab qoplangan namuna 4.0

marta, Z408 markadagi elektrod bilan payvandlab qoplangan namuna 3,3 marta, Cв-08Г2С

markadagi elektrod bilan payvandlab qoplangan namuna 2,0 marta va УОНИ-13/45 markadagi

elektrod bilan payvandlab qoplangan namuna 1,6 marta kamroq yeyilganligini ko‘rishimiz

mumkin. Natijalardan ko‘rish mumkinki T-590 markadagi elektrod bilan payvandlab

qoplanganda yeyilishga chidamlilik ko‘rsatgichi sezilarli darajada ortgan. Bunga sabab ushbu

markadagi elektrodning tarkibidagi legirlovchi elementlar qattiq qotishma karbidlar hosil qilgani

bilan izohlash mumkin [13]. Keyingi tajribalarda ushbu markadagi elektrodlar bilan qoplangan

jin kolosniklarni qattiqlik va kimyoviy tarkibini o‘rganish ishlari olib boriladi.

Xulosa

1. Ishchi yuzasi yeyilgan jin kolosniklarni maxsus elektrodlar bilan payvandlab qoplandi va

ularning ish resursini oshirish uchun eng maqbul fizik-mexanik xossalarga ega bo‘lgan

materiallarni aniqlandi.

2. Ishchi yuzasi yeyilgan kolsniklarni payvandlab qoplash texnologiyasi ishlab chiqildi.

3. Payvandlab qoplangan namunalarni yeyilishga sinash uchun texnologik jarayon ishlab

chiqildi va real sharoitlarni ta’minlay oladigan qurilmadan foydalangan holda natijalar olindi.

4. Ishchi qismi yeyilgan kolosniklarni T-590 markadagi elektrod bilan payvandlab qoplash

orqali yeyilishga chidamlilligi 4 marta ortganligi isbotlandi. Bu esa iqtisodiy jihatdan kolosniklar

uchun sarf - harajatlar kamayishiga hamda ularni yangilariga almashtirish jarayonida

mashinaning to‘xtash vaqti qisqarishiga olib keladi. Buning natijasida mashinaning ish

unumdorligi sezilarli ortadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

1.

XASHIMOV X., RUZIBOYEV J. QAYTA TIKLANGAN KOLOSNIKLARNING

YEYILISH

KO’RSATKICHLARINI

OMILLARGA

BOG’LIQLIGINI

ANIQLASH

//ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI. – 2023.

2.

Xashimov X. X. et al. EFFECT OF CHEMICAL COMPOSITION OF COVERED GIN

COLOSNICKS THROUGH WELD ON WEARING //World of Scientific news in Science. –

2024. – Т. 2. – №. 3. – С. 113-120.

3.

Ruziboyev J.S., Darvishev MY COBALT CARS ORQA BALKASI (BEAM) QISMINI

PAYVANDLAB YIG 'ISH TECHNOLOGIYASI //Pedagogika fanlarining shakllanishidagi

nazariy jihatlar. – 2024. – V. 3. – Yo‘q. 10. – B. 59-63.

4.

RUZIBOYEV J., XASHIMOV X. Chigitli paxtani jinlash jarayonining bugungi kundagi

ahamiyati //ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI. – 2023.

5.

RUZIBOYEV J. ISHCHI YUZASI YEYILGAN ARRALI JN KOLOSNIKLARINI ISH

RESURSINI OSHIRISH //ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI. – 2023.

6.

RUZIBOYEV J. CHIGITLI PAXTANI JINLASHDA BAJARILISHI LOZIM BO’LGAN

TA’LABLAR TAHLILI //ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI. – 2023.

7.

RUZIBOYEV J. JINLASH JARAYONIDA ARRA DISKI BILAN KOLOSNIK PANJARA

ORASIDA VUJUDGA KELADIGAN NOSOZLIKLAR TAHLILI VA ULARNI BARTARAF

ETISH USULLARI //ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI. – 2023.

8.

Ruziboyev J., Keldiboyev M. ONIX AVTOMOBILI BOSHQARUV QISMI OLD BALKASI

(BODY INNER) DETALNI ISHLAB CHIQARISHDAGI PAYVANDLASH USULLARI

//Theoretical aspects in the formation of pedagogical sciences. – 2024. – Т. 3. – №. 10. – С. 112-

115.

9.

Ruziboyev J. ANALYSIS OF CORED WIRE COMPONENTS FOR WELDING AND

MELTING COATING //Science and innovation in the education system. – 2024. – Т. 3. – №. 5.

– С. 131-134.

10.

RUZIBOYEV J. By Welding Increase in Working Resource of Gin Colosniks that Working

Surface is Woren. – 2024.

11.

Shokirjon o‘g‘li R. J. ANALYSIS OF THE TECHNOLOGICAL REQUIREMENTS FOR

SAW GINNING PROCESS AND ITS WORKING PARTS AND THE DEFECTS THAT

ARISE //INTELLECTUAL EDUCATION TECHNOLOGICAL SOLUTIONS AND

INNOVATIVE DIGITAL TOOLS. – 2024. – Т. 3. – №. 28. – С. 252-255.

12.

RUZIBOYEV

J.,

XASHIMOV

X.

FLYUS

OSTIDA

ELEKTR

YOYLI

PAYVANDLASHDA MASSALAR ALMASHINUVI JARAYONIDA GAZ FAZASINING

ROLLARI //ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI. – 2023 yil.

Библиографические ссылки

XASHIMOV X., RUZIBOYEV J. QAYTA TIKLANGAN KOLOSNIKLARNING YEYILISH KO’RSATKICHLARINI OMILLARGA BOG’LIQLIGINI ANIQLASH //ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI. – 2023.

Xashimov X. X. et al. EFFECT OF CHEMICAL COMPOSITION OF COVERED GIN COLOSNICKS THROUGH WELD ON WEARING //World of Scientific news in Science. – 2024. – Т. 2. – №. 3. – С. 113-120.

Ruziboyev J.S., Darvishev MY COBALT CARS ORQA BALKASI (BEAM) QISMINI PAYVANDLAB YIG 'ISH TECHNOLOGIYASI //Pedagogika fanlarining shakllanishidagi nazariy jihatlar. – 2024. – V. 3. – Yo‘q. 10. – B. 59-63.

RUZIBOYEV J., XASHIMOV X. Chigitli paxtani jinlash jarayonining bugungi kundagi ahamiyati //ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI. – 2023.

RUZIBOYEV J. ISHCHI YUZASI YEYILGAN ARRALI JN KOLOSNIKLARINI ISH RESURSINI OSHIRISH //ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI. – 2023.

RUZIBOYEV J. CHIGITLI PAXTANI JINLASHDA BAJARILISHI LOZIM BO’LGAN TA’LABLAR TAHLILI //ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI. – 2023.

RUZIBOYEV J. JINLASH JARAYONIDA ARRA DISKI BILAN KOLOSNIK PANJARA ORASIDA VUJUDGA KELADIGAN NOSOZLIKLAR TAHLILI VA ULARNI BARTARAF ETISH USULLARI //ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI. – 2023.

Ruziboyev J., Keldiboyev M. ONIX AVTOMOBILI BOSHQARUV QISMI OLD BALKASI (BODY INNER) DETALNI ISHLAB CHIQARISHDAGI PAYVANDLASH USULLARI //Theoretical aspects in the formation of pedagogical sciences. – 2024. – Т. 3. – №. 10. – С. 112-115.

Ruziboyev J. ANALYSIS OF CORED WIRE COMPONENTS FOR WELDING AND MELTING COATING //Science and innovation in the education system. – 2024. – Т. 3. – №. 5. – С. 131-134.

RUZIBOYEV J. By Welding Increase in Working Resource of Gin Colosniks that Working Surface is Woren. – 2024.

Shokirjon o‘g‘li R. J. ANALYSIS OF THE TECHNOLOGICAL REQUIREMENTS FOR SAW GINNING PROCESS AND ITS WORKING PARTS AND THE DEFECTS THAT ARISE //INTELLECTUAL EDUCATION TECHNOLOGICAL SOLUTIONS AND INNOVATIVE DIGITAL TOOLS. – 2024. – Т. 3. – №. 28. – С. 252-255.

RUZIBOYEV J., XASHIMOV X. FLYUS OSTIDA ELEKTR YOYLI PAYVANDLASHDA MASSALAR ALMASHINUVI JARAYONIDA GAZ FAZASINING ROLLARI //ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI. – 2023 yil.