JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
To‘lqinova Xolida To‘lqunovna
Nizomiy nomidagi TDPU Dotsent
O‘QUVCHILARNI KASB-HUNARGA YO‘NALTIRISHDA MEHNAT QILISH
ODOBINI O‘RGATISH
Annotatsiya:
Har bir inson u yoki bu kasbni yoki bir necha kasb-hunarni egallashi mumkin,
«Bir yigitga qirq hunar ham oz» degan maqolning mazmunida ham bir necha kasbni egallash
hayotiy ehtiyoj ekanligiga ishora etiladi. Har bir kasbning, hunarning o‘ziga xos mashaqqati va
lazzati bor. Uning mashaqqatini matonat tinimsiz izlanish, sabr-toqat bilan yenggan insongina,
uning lazzatidan bahra oladi. Kelajakda rohat va farog‘atda yashaydi.
Kalit sо‘zlar:
Kasb – hunar, milliy an‘analar, ijodkorlik, qobiliyat, fanlararo aloqalar, umum
mehnat ko‘nikma va malakalari, texnologiya.
Аннотатсия:
Каждый человек может освоить одну или несколько профессий, и пословица
«Одному молодому человеку сорока профессий мало» также говорит о том, что овладение
несколькими профессиями является жизненной необходимостью. Каждая профессия и
ремесло имеют свои сложности и удовольствия. Только тот, кто преодолевает трудности с
упорством, неустанным стремлением и терпением, может наслаждаться ее радостями. В
будущем он будет жить в комфорте и удобстве.
Ключевые слова
: Профессия - ремесло, национальные традиции, творчество,
способности, междисциплинарные связи, общетрудовые навыки и квалификация,
технология.
Annotation:
Each person can master one or more professions, and the proverb "Forty
professions are not enough for one young man" also says that mastering several professions is a
vital necessity. Each profession and craft has its difficulties and pleasures. Only he who
overcomes difficulties with perseverance, tireless striving and patience can enjoy its joys. In the
future, he will live in comfort and convenience.
Keywords:
Profession - craft, national traditions, creativity, abilities, interdisciplinary
connections, general work skills and qualifications, technology.
O‘zbekistonning boy madaniy merosi, milliy qadriyatlari, mehnat va kasb-hunar madaniyati
o'quvchilarni kasbga yo'naltirishda muhim rol o'ynaydi. Milliy an'analardan foydalanish orqali
o'quvchilarda kasb – hunarga bo‘lgan qiziqishlari shakillana boshlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini
xorijiy til va zamonaviy kasblarga o‘qitish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2024
yil 2 fevraldagi PQ-53-son qarori ijrosini ta’minlash hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasalari
o‘quvchilarini kasb-hunarga yo‘naltirish, maktabga tadbirkorlik sub’ektlarini manfaatli
hamkorlik asosida jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan bir qancha qarorlar
ishlab chiqilgan. Shu boisdan yoshlarning ma’naviy, axloqiy, jismoniy, ruhiy ehtiyojlarini
hisobga olgan holda ularni har tomonlama kasb-hunar tanlashga mustaqil tayyorlash dolzarb
muammodir.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Yoshlarni kasb-hunar tanlashga tayyorlashda har bir o‘g‘il-qiz shaxsidagi individual xususiyatlar
majmuasini nazarda tutib, ularning ruhiyatidagi tug‘ma imkoniyatlar, hayot davomida tarkib
topgan va mustahkamlanib, xarakteriga aylanib qolgan ma’lum bir kasb-hunarga nisbatan
bo‘lgan layoqat, moyillik, iqtidor, iste’dod, qobiliyat, qiziqish va aql-zakovat ustunliklariga
qarab kasb-hunar tanlashga yo‘naltirish bugungi kunimizning xarakterli belgilaridan biri
hisoblanadi.
O‘quvchi yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirishda ularning ma’naviy-axloqiy qiyofasidagi
insoniy fazilatlar bilan ta’limiy xarakterdagi xislatlar majmuasi o‘rtasidagi o‘zaro moslikning
qay darajada tanlayotgan kasb-hunarga tayyorlashda fan o‘qituvchilari, sinf rahbarlari, ota-onalar
va mahalla faollarining shaxsiy namunasi va hamkorlikda amalga oshiriladigan tadbirlar kasbga
tayyorlashning hozirgi kundagi dolzarb masalalaridan biridir.
Maktab o‘quvchilarini kasb-hunarga bo‘lgan intellektual va ma’naviy ehtiyojlarini
mukammalroq qondirish maqsadida ishlab chiqarish korxonalariga, kasb-hunar haqida ma’lumot
beruvchi o‘quv markazlariga, jahon andozalari talablariga javob beradigan zavod va fabrikalarga
ekskursiyalar uyushtirish, ilg‘or kasb-hunar vakillari bilan uchrashuv kechalari tashkil etish,
o‘quvchilardagi kasb-hunarga oid tasavvur va tushunchalarini kengaytirishga alohida imkoniyat
yo‘llarini ochadi.
Tajribali pedagoglar har bir kasb-hunarning ijtimoiy mohiyatini yoshlar tomonidan qanday
tushunib anglashlarini, ular kasb-hunar egasi sifatida kimlargadir kerakli odam sifatida, Vatan, el,
yurt uchun fidoyi mehnat qilish ularning muqaddas burchlari ekanligini qalbdan his etuvchi
hushyor murabbiy, barkamol pedagog sifatida faoliyat ko‘rsatishi zarur.
Pedagog o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishda ilm-fan uchun chanqoq bo‘lgan,
yangiliklarga intilib yashaydigan, milliy g‘ururi yuksak, favqulodda holatlarda o‘zini namoyon
eta biladigan qobiliyatli yoshlarni aniqlashda psixologik, pedagogik tadqiqotlarning ilmiy
tavsiyalarini nazarda tutib, tadbirkorlik asosida yondashadigan ijodkor, izlanuvchan, zukko,
ziyrak, aql-zakovat egasi bo‘lishi lozim.
Qadimdan ota-bobolarimiz bola tarbiyasida mehnatga o‘rgatishga, kasb-hunarga
qiziqtirishga alohida e’tibor berganlar. Farzandlarining layoqati, qobiliyatiga qarab
tarbiyalaganlar. Shu o‘rinda har bir ota-ona oilada o‘z farzandlarining qaysi kasb egasi
bo‘lishlariga jiddiy e’tibor berishlari zarur. Chunki bolalar biror kasbga qiziqsin, uni egallashga
harakat qilishsin. Inson kasb-kori uning husni deyishadi. Mehnatsevarlik xalqimizning asosiy
xislatlaridan hisoblanadi. Mehnat tufayli farzandlarimiz mustaqil hayotga erkin inson bo‘lib
qadam qo‘yadilar. Har bir narsani o‘zlari hal qilishga o‘rganadilar.
Farzandlarimizda mehnatga bo‘lgan munosabati dastavval oiladan boshlanadi. Tabiiyki
bunda ota-ona o‘z farzandiga namuna bo‘lmog‘i lozim. Oila a’zolarining mavqei, obro‘-e’tibori,
ularga nisbatan munosabat mehnat natijalari asosida bo‘ladi. Inson mehnati u egallagan kasb-
hunar vositasida amalga oshiriladi.
Har bir inson u yoki bu kasbni yoki bir necha kasb-hunarni egallashi mumkin, «Bir yigitga
qirq hunar ham oz» degan maqolning mazmunida ham bir necha kasbni egallash hayotiy ehtiyoj
ekanligiga ishora etiladi. Har bir kasbning, hunarning o‘ziga xos mashaqqati va lazzati bor.
Uning mashaqqatini matonat tinimsiz izlanish, sabr-toqat bilan yenggan insongina, uning
lazzatidan bahra oladi. Kelajakda rohat va farog‘atda yashaydi.
Mehnat tarbiyasi shaxsni har tomonlama rivojlantirishning ajralmas qismidir. Shuningdek,
o‘quvchining har tomonlama shakllanish vositasi, uning shaxs sifatida ulg‘ayishi omili hamdir.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Muntazam qilingan mehnat jarayonidagina o‘quvchi o‘z aqlini, irodasini, hissiyotini, xarakterini
rivojlantirishi, shaxs sifatida shakllanishi mumkin.
Mehnatga psixologik, axloqiy va amaliy tayyorlash jarayonida o‘quvchida mehnatsevarlik,
intizomlilik, shijoatkorlik kabi axloqiy, irodaviy xususiyatlar tarbiyalanib boradi.
Mehnat qilish jarayonida, sinfdan va maktabdan tashqari mehnat, o‘z-o‘ziga xizmat qilish
mehnati ijtimoiy foydali mehnat turida faol ishtirok etadilar va chiniqadilar.
O‘quvchilarga ta’sir ko‘rsatish, kasbga yo‘naltirish ishlarini muvaffaqiyatli o‘tkazish
uchun maktab psixologi tuman tashxis markazi bilan hamkorlikda ish olib borsa, ayni muddao
bo‘lar edi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Mirziyoev Sh.M. “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir
rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak”. T.: “O‘zbekiston”. 2017 yil.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 11.02.2025 yildagi 78-son.
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.02.2025 y., 09/25/78/0130-son.
3. Muslimov N.A. Bulajak mehnat ta’limi о‘qituvchisini kasbiy shakllantirish.-T.: fan, 2004
yil.
4. Тулкинова.Х. (2022). Innovatsion yondashuv asosida o ‘quvchilarning kasbiy qiziqishlarini
rivojlantirishning pedagogik-psixologik asoslari.
Современные тенденции инновatsiонного
развития науки и образования в глобальном мире
,
1
(4).
5. Tulqinova X.T. Technology in education electronics-didactic occupation means without
applying the effectiveness of the organization // International Multidisciplinary scientific
сonference on ingenious global thoughts hosted from KualaLumpur, Malaysia. May 31st 2021:
https://conferencepublication.com
6. Xolida, T. T., & Maftuna, N. (2022, May). ENSURING THE CONTINUITY OF
EXTRACURRICULAR ACTIVITIES IN TECHNOLOGY. In
Conference Zone
(pp. 81-85).
7. Xolida.T. T., & Maftuna, A. (2022, May). THE ROLE OF CLUBS IN CAREER
GUIDANCE. In
Conference Zone
(pp. 33-35).
8. Tolqunovna.T.X. (2023). Development of students' professional interests based on an
innovative approach.
Journal of Pedagogical Inventions and Practices
,
19
, 157-159.
