JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Safarov Alisher Bekmurodovich
Osiyo xalqaro universiteti
“Umumtexnik fanlar” kafedrasi Dotsenti
QASHQADARYO VILOYATIDA QUYOSH ENERGIYASIDAN FOYDALANISH
IMKONIYATLARI TADQIQOTI
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Qashqadaryo viloyatida quyosh energiyasidan foydalanish
imkoniyatlari tadbiq qilish orqali ijtimoiy va iqtisodiy sohalarni rivojlantirish haqida so’z boradi.
Kalit so’zlar:
energetika, quyosh energiyasi, GW, FES, MW, QFES, fotoelekr stansiyasi,
kuchlanish,
Kirish
Jahonda ekologiya va energetika xavsizligi bilan bog’liq muammolarni barqarorlashtirishda
qayta tiklanadigan energiya manbalari xususan, quyosh energiyasidan foydalanishga katta
ahamiyat berilmoqda. 2022 yilda dunyoda 239 GW quvvatga ega quyosh energetik qurilmalari
o’rnatilgan, bu ko’rsatgichlar 2021 yilga qaraganda 45% ko’proqni tashkil qilgan. 2023 yilda bu
ko’rsatgich 310 GW ni tashkil qilib, 2022 yilga nisbatan 30 % ga oshgani baholangan [1]. 2023
yilning ikkinchi choragida dunyo bo‘ylab taxminan GW quyosh energetik qurilmalari, shundan
55% yoki 51 GW Xitoy davlati hududlarida oʻrnatilgan. Xitoyning global bozor ulushi taxminan
52% ni tashkil qiladi [2]. 1-rasmda dunyoda quyosh energiyasidan foydalanish ko’rsatgichlari
keltirilgan.
1-rasm. Dunyoda quyosh energiyasidan foydalanish ko’rsatgichlari
O‘zbekiston quyosh energetikasi salohiyatini uning energiya majmuasini diversifikatsiya qilish
va qazib olinadigan yoqilg‘ilarga qaramlikni kamaytirish vositasi sifatida rivojlanib bormoqda.
O’zbekistonda 2030 yilga qadar qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ishlab chiqarish
quvvatini 15 GW ga oshirish va ularning ulushini elektr energiyasini ishlab chiqarish umumiy
hajmining 30 foizidan ko‘prog‘iga yetkazish istiqbolli rejalar qabul qilingan. Quyosh
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
energiyasidan foydalanish bo’yicha amalga oshirilayotgan loyihalar: Samarqand viloyati
Kattaqo‘rg‘on tumani FES umumiy quvvati 220 MW loyiha qiymati 150 mln $, Jizzax viloyati
G‘allaorol tumani FES umumiy quvvati 220 MW loyiha qiymati 150 mln $, Surxondaryo
viloyati Sherobod tumani FES umumiy quvvati 457 MW loyiha qiymati 260 mln $, Buxoro
viloyati Qorovulbozor tumani FES umumiy quvvati 500 MW loyiha qiymati 400 mln $,
Qashqadaryo viloyati Nishon tumani FES umumiy quvvati 500 MW loyiha qiymati 400 mln
$ [3]. 2-rasmda O’zbekiston hududlarida quyosh energiyasidan foydalanish imkoniyatlarini
baholash ko’rsatgichlari keltirilgan. Qashqadaryo viloyatida gorizontal yuzaga tushayotgan
yig’indi quyosh radiatsiyasi kunlik 4,8-5 kWh/m
2
ni va yillik 1750-1800 kWh/m
2
ni tashkil
qilishi aniqlangan [4].
a)
b)
2-rasm. O’zbekiston hududlarida quyosh energiyasining potensialini baholash xaritasi
a- gorizontal yuzaga tushayotgan yig’indi quyosh radiatsiyasi
b- quyosh fotoelektrik qurilmalar energiya ishlab chiqarish ko’rsatgichlari
Qashqadaryo viloyati Nishon tumani “Guliston” mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli qariyib
ming gektarga yaqin bepoyon kenglikda qurilayotgan quvvati 500 MW bo‘lgan quyosh
fotoelektr stansiyasining qurilishi boshlanib 2024 yil oxirigacha to’liq ishga tushishi
rejalashtirilgan. Ushbu fotoelekr stansiyasi ishga tushishi natijasida tarmoqqa 42 million kW/h
elektr energiya yetkazib berilishi ko’zlangan. Stansiyada ishlab chiqarilgan elektr energiyani
yagona energetika tizimiga ulash uchun “O‘zbekiston MET” AJ mablag‘lari hisobidan 3 ta
uzunligi 36 kilometr bo‘lgan 220 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ini qurish ishlari ham
oxirlab qolgan.
G‘uzor tumanida 300 MW gacha quvvatga ega QFESni loyihalashtirish, moliyalashtirish, 25 yil
davomida foydalanish va texnik xizmat ko‘rsatish amalga oshirilishi kutilmoqda.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda Qashqadaryo viloyatida quyosh energiyasidan foydalanish
imkoniyatlarining yuqoriligi ushbu hududlarda ijtimoiy va iqtisodiy sohalarni rivojlantirishda
muhim ahamiyatga ega. Asosan markazlashgan energiya ta’minotidan uzoqda joylashgan
avtonom iste’molchilarni uzluksiz va ishonchli elektr energiyasi bilan ta’minlashda quyosh
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
fotoelektr qurilmalardan foydalanish eng samarali hisoblanadi. Viloyat hududini keskin
kontinental iqlim sharoitida quyosh fotoelektr qurilmalarini sovutish, sirtini changdan tozalsh va
hududda yashil landshaft yaratish bo’yicha ilmiy asoslangan tadqiqotlar olib borish dolzarb
sanalmoqda.
Adabiyotlar
1. Jahonda
quyosh
energiyasidan
foydalanish
ko’rsatgichlari
2023
y.
https://www.blackridgeresearch.com/blog/global-solar-photovoltaic-pv-power-market-industry-
2. https://cleantechnica.com/2023/08/11/solar-is-king-2023-50-global-growth-predicted/
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 16.02.2023 yildagi PQ-57-son.
