JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Abduvaliyeva Ra’no Dilshod qizi
Guliston davlat universiteti
magistratura 1-bosqich talabasi
INTERNET TERMINLARI LINGVOKULTURALOGIYASI
Annotatsiya:
XXI asr – axborot texnologiyalari asri. Shuning uchun ham internet hozirgi kunda
hayotimizning bir qismiga aylangan desak, mubolag’a bo’lmaydi. Usiz hayotimizni tasavvur qila
olmay qoldik. Uyda , o’qishda , ishda u bizning hamrohimiz bo’lib qolgan. Ammo internet
terminlari haqida yetarli ma’lumotga ega emasmiz. To’g’ri, ularning vazifasini bilamiz, lekin
ma’nosi, kelib chiqish tarixi haqida qiziqmaganmiz. Ushbu maqolamiz aynan shu haqida. Ya’ni
internet terminlarining lug’aviy ma’nolari va kelib chiqish tarixiga bag’ishlanadi. Shuni aytish
mumkinki, terminlarning nomlari ularning vazifasidan va ma'nosidan kelib chiqib qoʻyiladi.
Kalit so’zlar
: Internet, Telegram, Facebook, Instagram, TikTok, YouTube, Video, Twitter,
WhatsApp, chat, Google, Snapchat, Google Play Store.
Abstract:
21st century is the age of information technologies. That is why it is no exaggeration
to say that the Internet has become a part of our life today. We could not imagine our life without
the Internet. He has become our companion at home, at school, at work. But we don't know
enough about internet terms. It is true that we know their function, but we are not interested in
their meaning and history of origin. This is exactly what our article is about. It is devoted to the
meanings of terms on the Internet and the origin of these terms.
Key words:
Internet, Telegram, Facebook, Instagram,TikTok, YouTube, Video, Twitter,
WhatsApp, chat, Google, Snapchat,Google Play Store
Internet
( lotincha: inter-aro va net-tarmoq)- standart intenet protokoli(IP)orqali ma’lumot
almashuvchi kompyuter tarmoqlarining butunjahon va omma uchun ochiq to’plamidir. Katta
(global) va kichik (lokal) kompyuter tarmoqlarini oʻzaro bogʻlovchi butunjahon kompyuter
tizimi.Qaydnomalar tizimi bilan boshqariladigan barcha hosila tarmoqlar hamkorlikda
isteʼmolchilarga maʼlumotni saqlash, eʼlon qilish, joʻnatish, qabul qilish, izlash va maʼlum
boʻlgan barcha variantlar (matn, tovush, videotasvir, fotosurat, grafika, musiqa tarzida va
boshqalar koʻrinishlar)da axborot almashinishga imkon yaratadi.Internet tizimi XX asrning 60-
yillarida paydo boʻldi. Oʻsha paytlarda Amerika mudofaa departamenti tashabbusi bilan
kompyuterlar telefon tarmoqlariga ulana boshladi. Internet standartlar tizimi hisoblanadi. U oʻz
faoliyatida oʻzini oʻzi rostlab turish, oʻzini oʻzi boshqarish falsafasiga rioya qilib foliyat yuritadi.
Hozirgacha uni boshqarib turadigan yagona tashkilot yoʻq. Uning faoliyatiga doir qoidalar kirish
mezonlari sifatida ishlab chiqilgan. Texnik masalalar esa Internet Engineering Forse (IETL)
kompaniyasining faol ishtirokida hal qilinadi, barcha standartlar Internet Architecture Board
(IAB) kompaniyasi tomonidan qabul qilinadi. Internet tarmog'i orqali ishlaydigan va internet
tarmoqlarida duch keladigan atamalar (nomlar) , internet terminlari hisoblanadi.Quyida ular bilan
tanishamiz va bu terminlarning ma'nolarini izohlaymiz.
— 2004-yilda Harvard universiteti talabasi Mark Zuckerberg tomonidan va qoʻshni
xonadagi Eduardo Saverin, Dustin Moskovitz va Chris Hughes tomonidan asos solingan ijtimoiy
tarmoq. Saytning butun dunyoda ommalashib ketgani bois, Mark Zuckerberg 23 yoshida
dunyoning eng yosh milliarderi deya tan olindi.Facebookni yaratish fikri Mark Zukerbergga
Nyu-Hemshirdagi Philips Exeter Academy maktabida oʻqib yurgan kezlarida keladi. Oʻsha
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
vaqtlarda maktabda har yili oʻquvchilarning rasmi va manzili qayd etilgan qoʻllanma chop
etilardi. (Tom maʼnoda „yuz kitobi“, „yuz sahifasi“, „face book“). U aynan shundan kelib chiqib
dasturiga Facebook nomini beradi.
– Kevin Systrom va Mike Krieger tomonidan yaratilgan hamda rasm va videolarni
ulashish uchun moʻljallangan ijtimoiy tarmoq. Shuningdek, boshqa ijtimoiy tarmoq platformalari
orqali ularni yuklash imkonini beradi. Bundan tashqari, foydalanuvchilar rasmlar va videolar
uchun raqamli filtrlar qoʻllash imkoniga egadir. Instagramda videolar uchun maksimal
davomiylik 60 soniyadir. Instagram bepul mobil ilova sifatida 2010-yilning oktyabr oyida ishga
tushirilgan. Dastlab, bu ilovaning nomi „Burbn“ boʻlgan. Keyinchalik, Systrom va Krieger,
„instant camera“ („tezkor kamera“) va „telegram“ soʻzlarini birlashtirib, ilovaning nomini
„Instagram“ga oʻzgartirishdi.
Telegram
– 2013-yilda Rossiyaning eng yirik ijtimoiy tarmog’i bo’lgan VK yaratuvchilari
sifatida mashhur bo’lgan aka-uka Nikolay va Pavel Durovlar tomonidan boshlangan loyiha
hisoblanadi . Telegram Britaniyaning Virjiniya orollarida kompaniya sifatida va Birlashgan
Arab Amirliklarining Dubay shahrida MChJ sifatida roʻyxatdan oʻtgan. Pavel Durovning
aytishicha, xizmat 2014-yil va 2015-yil boshlarida Germaniyaning Berlin shahrida
joylashtirilgan, biroq jamoadagi har bir kishi uchun yashash ruxsatnomasini ololmagani uchun
turli joylarga koʻchib oʻtishga majbur bo’lgan. Matbuot xabarlariga koʻra, Telegram 2014-yildan
2017-yilgacha Rossiyaning Sankt-Peter burg shahrida o’z xodimlariga ega edi.Telegram
dunyodagi eng avtoritar xabar almashish ilovasi hisoblanadi.Hozirda u Rossiya va Germaniyada
eng mashhur ijtimoiy media ilovasi boʻlib , AQSh va Buyuk Britaniyada ikkinchi oʻrinda turadi.
TikTok
– butun dunyo bo‘ylab eng tez ommalashayotgan ijtimoiy tarmoq platformalaridan biri
bo‘lib, video kontentni onlayn ulashishga ixtisoslashgan. TikTok o‘zining foydalanuvchilariga
qisqa musiqiy videoroliklar, filterlar yaratish va boshqa imkoniyatalarni taqdim etadi. TikTok
Pekindagi ByteDance kompaniyasiga tegishli boʻlgan qisqa videofilmlarni yaratish va koʻrish
xizmatidir. 2018-yil yozida ishga tushirilgan xalqaro versiya Xitoyda qisqa videofilmlar uchun
yetakchi video platforma hisoblanadi.Xitoyda u „Douyin“ nomi bilan tanilgan (xitoy.
抖 音
,
pinyin Duyen). TikTok va Douyin aslida bir xil dasturdir, ammo Xitoyning senzura cheklovlari
ostida alohida serverlarda ishlaydi. TikTokning Parij, Nyu-York, London, Los-Anjeles, Moskva,
Berlin, Seul, Mumbay, Dubay,Jakarta va Tokioda vakolatxonalari mavjud.TikTok mobil ilovasi
foydalanuvchilarga oʻzlari haqida qisqa videofilmlarni yaratishga imkon beradi, ular video fonda
musiqani oʻz ichiga oladi. Ularni sekinlashtirish, tezlashtirish yoki filtr yordamida tahrirlanish
mumkin. AQShda TikTok foydalanuvchilarining 52 foizi iPhone foydalanuvchilaridir. TikTok
foydalanuvchilarining 44 foizini ayollar, 56 foizini erkaklar tashkil etadi. TikTok yangi
foydalanuvchilarning 43 % hindistonlik ekanligini koʻrsatmoqda.
YouTube
– (“Shimoliy amerikada televideniya atamasi”) 2005-yil 15-fevralda PayPal ning
sobiq 3 ishchisi tomonidan yaratilgan mashhur video ulashuvchi vebsayt boʻlib, unda
foydalanuvchilar videolarni yuklashlari, koʻrishlari va bir birlari bilan baham koʻrishlari mumkin.
Bu loyiha a'zolari Steve Chen, Chad Hurley, Jawed Karim lar hisoblanishadi. YouTube saytini
yaratishdan oldin bu insonlar Paypal da ish yuritishgan.Online video ulashish va ijtimoiy media
platformasi. Bosh ofisi Kaliforniyaning San Bruno shahrida joylashgan. YouTubedan
foydalanish qulay va koʻrish osonligi tufayli juda ham mashhur va kirib koʻruvchilari soni
koʻpligi boʻyicha jahonda uchinchi oʻrinda turadigan saytdir.Ro'yhatdan o'tgan YouTube
foydalanuvchilarining 70%AQSh fuqarolaridir, 50% foydalanuvchilarining yoshi 20 yoshdan
kichik.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Video
– (lotincha: video — „qarayman“, „koʻryapman“) — qoʻshma soʻzlar tarkibiy qismi boʻlib,
oʻzi qoʻshilib kelgan soʻzlarga tasvir eltuvchi (videosignallar), elektr signallariga aloqadorlik
maʼnosi ifodasini beradi. Shuningdek, tasvir uzatish tizimi (videotelefon) da foydalaniladigan
sistema va qurilmalarga ham aloqadorlikni anglatadi.
–( inglizcha "sayramoq")Foydalanuvchilar qisqa xabarlarni joylashtirishlari mumkin
bo'lgan onlayn platforma. Birinchi xabarni Twitter asoschisi Jek Dorsi 2006 yil 21 martda
yozgan va “Just setting up my twitter” deb yozilgan edi.Xizmatni yaratish g‘oyasi Jek Dorsiga
Meksika restoranida kechki ovqat vaqtida zerikib qolgan paytda kelgan. U do‘stlari va
hamkasblari guruhi bilan SMS-xabarlar yordamida muloqot qilish imkoniyatini yaratishni o‘ylay
boshlagan.Twitter kompaniyasi taniqli tadbirkor Elon Musk tomonidan 44 milliard dollar
evaziga xarid qilindi.Twitter'ni sotib olgach, Ilon Mask unda koʻplab sezilarli o'zgarishlarni
amalga oshirdi, biroq ularning hammasi ham ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga yoqmadi va
ular Twitter muqobillarini qidira boshladilar. Natijada Mastodon kabi boshqa platformalar ancha
ommalashdi.
- ( inglizchadan Whatʼs up? — „Nima gaplar?“ va app — ilova) 2009-yil 24-fevral
kuni amerikalik Brayan Ekton va asli ukrainalik bo'lgan Yan Koum tomonidan ishga tushirilgan.
Bu oddiy, xavfsiz, ishonchli xabar almashinuv va chaqiruv imkoniyatlarini taqdim etuvchi
hamda dunyodagi barcha telefonlarda ishlovchi bepul ilovadir. Matn xabarlashuvdan tashqari
foydalanuvchilar bir-birlariga tasvir, video va audio xabarlar yuborishlari mumkin.WhatsApp
Facebookka 2014-yilda qo‘shilgan, biroq dunyoning istalgan nuqtasida tezkor va ishonchli xabar
almashinuv xizmatini yaratishga yo‘naltirilgan alohida ilova sifatida ishlashda davom etmoqda.
Chat
– (ingl. chat - "suhbat", " gap sotmoq", "vaysamoq") — internetda bevosita gaplashish
sayti yoki portali. Hozirgi kunda bu matn, ovoz va kamera yordamida ham amalga oshiriladi.
– Stenford universitetida Larri Peyj va Sergey Brin tomonidan ishlab chiqilgan BackRub
prekursori 1996-yildan boshlab jonli ishlay boshlagan. Qidiruv tizimi 1997-yil 15-sentyabrida
Google nomi bilan internetga kirdi. Google nomi Soʻz oʻyiniga asoslangan, baʼzi manbalar
googol soʻzining amerikacha talaffuzi bilan imlo xatosi haqida ham gapiradi. Amerikalik
matematik Edvard Kasnerning jiyani Milton Sirotta 1920-yillarda (birdan keyin 100 ta nol)
raqamiga nom berish uchun iborani yaratgan. Ya'ni bu so"zning ma'nosi 100 nolli raqamni
anglatadi.Boshqa tomondan, Google asoschilari oʻzlarining qidiruv tizimi Internetda topa
oladigan maʼlumotlarning toʻgʻri tavsifini izlashdi.Bugungi kunda Google kompaniyasida 72
mingdan ortiq kishi ishlaydi.Asosiysi — foydalanuvchiga diqqat qaratish, qolgani moslashadi»
—bu Google kompaniyasining bosh falsafasidir.
Snapchat
– Snap Inc. tomonidan ishlab chiqilgan Amerika multimedia lahzali xabar almashish
ilovasi hamda xizmati, dastlab Snapchat Inc. Snapchat-ning asosiy xususiyatlaridan biri shundaki,
rasm va xabarlar odatda qabul qiluvchilar uchun ochiq boʻlgunga qadar qisqa vaqt davomida
mavjud boʻladi. Ilova avvaliga odamdan shaxsga surat almashishga eʼtibor qaratgandan, hozirgi
vaqtda, foydalanuvchilarning 24 soatlik xronologik kontentdan iborat."Hikoyalari" va
„Discover“ bilan birga oʻzgarib, brendlarga reklama qoʻllab-quvvatlanadigan qisqa shakldagi
kontentni koʻrsatishga imkon berdi.Snapchat Stenford universitetining sobiq talabalariGillette,
Felix, Evan Shpigel, Bobbi Merfi va Reggi Braun tomonidan yaratilgan.
Google Play Store
(shunchaki — Play Store yoki — Play Market nomi foydalaniladi; sobiq
nomi — Android Market) — ilovalar doʻkoni, shuningdek Google shirkatidan oʻyinlar, kitoblar,
musiqa va filmlar doʻkoni, uchinchi tomon kompaniyalariga, Android operatsion tizimli
qurilmalar egalariga turli ilovalarni oʻrnatish va sotib olish taklif qilish imkonini beradi. 2008-yil
22-oktabr ishlab chiqilgan.Google Play doʻkonida 2016-yilda 82 milliarddan ortiq ilovalar
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
yuklab olingan va 2017-yilda 3,5 milliondan ortiq ilovalar chop etilgan boʻlsa, ilovalar
tozalanganidan keyin bu koʻrsatkich yana 3 milliondan oshdi.
Foydalanilgan adabiyotlar
:
1. „Number of Android applications on the Google Play store“ (en). appbrain.com. 2017-yil 10-
fevral.
2."Facebook яна бир янги функцияни ишга туширди“. Bugun.uz. 2021-yil 13-avgustda asl
nusxadan arxivlangan.
3.https://uz.Wikipedia.org
4.https://darakchi.uz
5.https://youtube.com
6.https://daryo.uz
7.Informatika va axborot texnologiyasi 11-sinf. " Extremum–press" nashriyoti : Toshkent 2018-
y
