Авторы

  • Ibragimova Malika Sodiq qizi
    Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.iqro.79863

Ключевые слова:

Gender neytral moda uniseks kiyim inklyuziv dizayn zamonaviy moda funksional kiyim universal liboslar modada gender tengligi kiyim dizayni tamoyillari barqaror moda rang palitrasi.

Аннотация

Ushbu maqolada genderligi bo‘yicha neytral bo‘lgan libos kolleksiyasini loyihalashtirish tamoyillari tahlil qilinadi. Modadagi gender neytrallik tendensiyalari, ularning ijtimoiy va madaniy ahamiyati, shuningdek, dizaynerlik yondashuvlari batafsil yoritiladi. Maqolada material tanlovi, siluet va kesim uslublari, rang palitrasi hamda funksionallik kabi muhim jihatlar tahlil qilinib, zamonaviy gender neytral modaning rivojlanish yo‘nalishlari o‘rganiladi. Tadqiqot natijalari modaga inkluziv yondashuvni kengaytirish hamda universal kiyim dizaynini yaratishda dizaynerlar uchun muhim ko‘rsatmalarni taqdim etadi.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Ibragimova Malika Sodiq qizi

Toshkent Kimyo Xalqaro

Universiteti magistranti

GENDERLIGI BOYICHA NEYTRAL BO’LGAN LIBOS KOLLEKSIYASINI

LOYIHALASHTIRISH TAMOYILLARI

Annotatsiya:

Ushbu maqolada genderligi bo‘yicha neytral bo‘lgan libos kolleksiyasini

loyihalashtirish tamoyillari tahlil qilinadi. Modadagi gender neytrallik tendensiyalari, ularning

ijtimoiy va madaniy ahamiyati, shuningdek, dizaynerlik yondashuvlari batafsil yoritiladi.

Maqolada material tanlovi, siluet va kesim uslublari, rang palitrasi hamda funksionallik kabi

muhim jihatlar tahlil qilinib, zamonaviy gender neytral modaning rivojlanish yo‘nalishlari

o‘rganiladi. Tadqiqot natijalari modaga inkluziv yondashuvni kengaytirish hamda universal

kiyim dizaynini yaratishda dizaynerlar uchun muhim ko‘rsatmalarni taqdim etadi.

Kalit so’zlar:

Gender neytral moda, uniseks kiyim, inklyuziv dizayn, zamonaviy moda,

funksional kiyim, universal liboslar, modada gender tengligi, kiyim dizayni tamoyillari, barqaror

moda, rang palitrasi.

Zamonaviy modada gender neytrallik tamoyillari tobora dolzarb mavzuga aylanib bormoqda.

An’anaviy kiyim kodlarini o‘zgartirish va har bir inson uchun qulay hamda o‘ziga xos kiyim

modellarini yaratish dizaynerlarning asosiy maqsadlaridan biriga aylangan. Ushbu maqolada

gender neytral libos kolleksiyasini loyihalashtirish tamoyillari va ularning ahamiyati tahlil

qilinadi. Gender neytral moda – bu jinsga bog‘liq bo‘lmagan, har kim kiyishi mumkin bo‘lgan

kiyimlarni ifodalovchi dizayn yondashuvidir. U jamiyatdagi gender stereotiplarini yengish,

inklyuzivlikni ta’minlash va kiyinish erkinligini oshirishga xizmat qiladi. Shuningdek, gender

neytral kiyimlar yosh, jins va boshqa ijtimoiy omillarga bog‘liq holda cheklovlarni

kamaytirishga yordam beradi.

Funktsional dizayn – Gender neytral kiyimlar funksionallikka asoslangan bo‘lib, barcha jins

vakillari uchun qulay va ergonomik bo‘lishi kerak.

Minimalistik yondashuv – Oddiy kesim va neytral ranglar gender neytral kiyim dizaynida asosiy

tamoyillardan biri hisoblanadi.

Material tanlovi – Yumshoq, elastik va qulay matolar, tabiiy va ekologik toza materiallar gender

neytral modaning muhim qismidir.

Siluet va kesim – Kiyimlar klassik erkak yoki ayol liboslaridan farqli ravishda, androginiya (ikki

jins uchun ham mos) printsipiga asoslangan bo‘lishi lozim.

Rang palitrasi – Neytral va universal ranglar (kulrang, qora, oq, to‘q ko‘k) gender neytral

kiyimlar dizaynida keng qo‘llaniladi.

Barqaror moda – Gender neytral moda atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan va uzoq muddat

foydalanish uchun mo‘ljallangan liboslarni yaratishni o‘z ichiga oladi.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Madaniy moslashuvchanlik – Gender neytral kiyimlar turli madaniy kontekstlarga mos kelishi va

global moda talablariga javob berishi lozim.

Gender neytral kiyimlar insoniyat tarixida turli shakllarda mavjud bo‘lib, ularning qabul qilinishi

madaniy, iqtisodiy va ijtimoiy omillarga bog‘liq bo‘lgan. Ushbu liboslar odatda jinsiy

identifikatsiyani cheklamagan yoki har ikki jins vakillari tomonidan birdek kiyilgan. Masalan,

Misr va Mesopotamiyada tunika va matodan o‘ralgan liboslar erkaklar va ayollar uchun deyarli

bir xil bo‘lgan. Misrliklar kiltga o‘xshash etaklar kiyishgan, bu ham erkaklar, ham ayollar

tomonidan barobar ishlatilgan. Rim togasi va yunon xitoni uniseks kiyim sanalgan, faqat bezak

va uslub jihatidan farqlangan. Uzoq Sharq madaniyatiga nazar soladigan bо‘lsak kimono

(Yaponiya) va xanfu (Xitoy) gender bo‘yicha katta tafovutga ega bo‘lmagan. Ularning bichimi

erkak va ayolga bir xil mansublikda bо‘lgan. Hindistonda esa dhoti va sari ba’zi holatlarda

uniseks hisoblangan.

O‘rta asrlar Yevropada uzun ko‘ylak va tunikalar keng tarqalgan bo‘lib, erkak va ayollar uchun

deyarli bir xil bo‘lgan. Bolalar 5-7 yoshgacha bir xil uzun kuynaklarda yurishgan. Uyg‘onish

davrida gender bo‘yicha kiyimlarda sezilarli farqlar yuzaga kela boshladi. Shimlar erkaklar

kiyimining asosiy qismiga aylandi, ayollar esa keng yubkalar kiyishi urf bо‘ldi. Aynan shu

davrdan boshlab g‘arb liboslariga jinsiy farqning shakllanishini kо‘rish mumkin. Diniy kiyimlar,

harbiy formalar va ba’zi kasbiy kiyimlar hali ham gender neytral bo‘lib qoldi.

XIX asrga kelib gender qoidalar liboslarda kuchaydi. Bu davrda gender bo‘yicha kiyimlar qat’iy

farqlana boshladi. Ayollar uchun ko‘ylaklar, erkaklar uchun shimlar odatiy norma bo‘lib qoldi.

Shunga qaramay, asr oxiriga kelib Emiliya Blumer ayollar uchun shim va tunika

kombinatsiyasini ommalashtirdi. Ayrim kasb egalari (ayniqsa, ayollar harbiy xizmat yoki

zavodlarda ishlay boshlagach) erkaklarnikiga o‘xshash kiyim kiyishgan.

XX asrni yana genderligi neytral modaning dolzarbligi oshishi bilan belgilash mumkin. 1920-

1930-yillarda ayollar erkaklarnikiga o‘xshash kostyumlar kiyishni boshladi (Coco Chanel

erkaklarga xos elementlarni ayollar kiyimiga kiritdi). Uniseks uslubda sport kiyimlari

ommalasha boshladi. 1940-1950-yillarga kelib Ikkinchi Jahon urushi davrida ayollar erkaklar

bilan bir xil kiyim kiyishga majbur bo‘ldi (zavod va harbiy kiyimlar). Shim kiygan ayollar

jamiyatda ko‘proq uchray boshladi.

1960-1970-yillarda uniseks modaning yuksalishi davri sifatida beholash mumkin. Hippi harakati

gender neytral kiyimlarni ommalashtirdi. Yves Saint Laurent "Le Smoking" ayollar uchun shimli

kostyum yaratdi. David Bowie va Prince kabi san’atkorlar androgin modasini ommalashtirdi.

1980-1990-yillar sport uslubi va ko‘cha modasi oversize kiyimlarning ommalashishiga sabab

bо‘ldi. Bu esa gender neytral modaning keng tarqalishiga yordam berdi. Streetwear va hip-hop

modasi erkak va ayollar o‘rtasidagi kiyim farqlarini kamaytirdi. Jean-Paul Gaultier va Maison

Margiela androginiya va gender neytral modani targ‘ib qildi.

So‘nggi yillarda gender neytral moda jahon modasining ajralmas qismiga aylandi. Ko‘plab

mashhur brendlar va dizaynerlar jinsiy farqlarga asoslanmagan kiyimlar ishlab chiqishga e’tibor

qaratishmoqda. Quyida zamonaviy gender neytral moda tendentsiyalari va kolleksiyalar haqida

ma’lumot beriladi. Gucci o‘zining "MX" liniyasida jinsiy chegaralarni yo‘q qilishga harakat

qilgan. Kolleksiyada oversize kostyumlar, plashlar, keng ko‘ylaklar va uniseks aksessuarlar

mavjud. Ranglar va dizaynlar androgin ko‘rinishga ega bo‘lib, jinsiy identifikatsiyani aks

ettirmaydi.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Masmodaning yana bir yuqori vakili Louis Vuitton 2020-yildan beri erkak va ayollarga mos

keladigan liboslarni taqdim etmoqda. Virgil Abloh tomonidan yaratilgan gender neytral

streetwear uslubidagi kiyimlar jahon bo‘ylab katta muvaffaqiyat qozondi. Uzun palto, baggy

shimlar va sport kiyimlari asosiy elementlar hisoblanadi.

Balenciaga o‘z kolleksiyalarida an’anaviy gender chegaralarini yo‘q qiladi. Minimalistik, bo‘sh

va oversize kesimdagi kiyimlar har ikki jins uchun mos keladi. Ko‘pchilik dizaynlar bir xil

shaklda ishlab chiqarilib, erkak yoki ayol uchun alohida ajratilmaydi.

Xulosa sifatida genderligi bo‘yicha neytral bo‘lgan libos kolleksiyasini loyihalash zamonaviy

moda sanoatida muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Ushbu yondashuv kiyim-kechak

dizaynida gender stereotiplarini buzish, qulaylik va universal uslubni ta’minlashga qaratilgan.

Maqolada gender neytral liboslar ishlab chiqishda asosiy tamoyillar, jumladan, funksionallik,

ergonomika, ekologik barqarorlik hamda inkluzivlik muhim ahamiyat kasb etishi

ta’kidlangan.Shuningdek, rang, siluet, material tanlovi va kiyim kesimining genderga bog‘liq

bo‘lmagan estetikaga moslashtirilishi bu yo‘nalishda muhim jarayonlardan biri ekani ko‘rsatib

o‘tilgan. Gender neytral moda iste’molchilarning turli xil ehtiyojlariga moslashib, zamonaviy

jamiyatdagi inklyuzivlik va xilma-xillik tamoyillariga javob berishi lozim.

Ushbu maqolada gender neytral liboslar dizayni moda industriyasida demokratik va tenglikni

qo‘llab-quvvatlovchi harakat sifatida tavsiflangan.

Фойдаланилган манбалар:

1. КУЛТАШЕВА Н. (2023). О 'ЗБЕКИСТОН ДАВЛАТ САН'АТ МУЗЕИ РАНГТАСВИР

КОЛЛЕКСИЯСИНИНГ ЭЛЕКТРОННЫЙ КАТАЛОГ ПЛАТФОРМАСИНИ ЯРАТИШ:

ISTIQBOLLARI VA NATIJALARI. Научный журнал математических знаний и

прикладных исследований , 1 (01), 33-36.

2. Култашева

Н.Д.,

Садикова

С.А.

(2023).

БАУКСАУЗ–ГЕРМАНИЯ

МАДАНИЯТИНИНГ ФЕНОМЕНИ СИФАТИДА. Восточный ренессанс: Инновационные,

образовательные, естественные и социальные науки , 3 (1), 433-438.

3.

https://dzen.ru/a/ZMk6DrpmCTVTelOZ

4.

Как развивается гендерно-нейтральная мода – один из главных трендов ближайших

лет

https://new-

retail.ru/marketing/kak_razvivaetsya_genderno_neytralnaya_moda_odin_iz_glavnykh_trendov_

blizhayshikh_let/

5. Атаханова:

ЎЗБЕК

АНЪАНАВИЙ...

-

Академия

Google

https://scholar.google.ru/scholar?oi=bibs&hl=ru&q=related:NMgl86R1ctoJ:scholar.google.com/

#d=gs_cit&t=1743595226632&u=%2Fscholar%3Fq%3Dinfo%3ANMgl86R1ctoJ%3Ascholar.g

oogle.com%2F%26output%3Dcite%26scirp%3D1%26hl%3Dru

Библиографические ссылки

КУЛТАШЕВА Н. (2023). О 'ЗБЕКИСТОН ДАВЛАТ САН'АТ МУЗЕИ РАНГТАСВИР КОЛЛЕКСИЯСИНИНГ ЭЛЕКТРОННЫЙ КАТАЛОГ ПЛАТФОРМАСИНИ ЯРАТИШ: ISTIQBOLLARI VA NATIJALARI. Научный журнал математических знаний и прикладных исследований , 1 (01), 33-36.

Култашева Н.Д., Садикова С.А. (2023). БАУКСАУЗ–ГЕРМАНИЯ МАДАНИЯТИНИНГ ФЕНОМЕНИ СИФАТИДА. Восточный ренессанс: Инновационные, образовательные, естественные и социальные науки , 3 (1), 433-438.

Как развивается гендерно-нейтральная мода – один из главных трендов ближайших лет https://new-retail.ru/marketing/kak_razvivaetsya_genderno_neytralnaya_moda_odin_iz_glavnykh_trendov_blizhayshikh_let/