Авторы

  • Miraliyeva Sevara Joʻrabek qizi
    Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti, Sirdaryo yuridik texnikumi oʻqituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.iqro.79933

Ключевые слова:

advokat intizomiy huquqbuzarlik intizomiy javobgarlik intizomiy ish yuritish intizomiy jazoga sabab boʻluvchi omillar advokatlik siri advokat qasamyodi.

Аннотация

Jamiyatda advokatlarning roli kuchaygani sari ulardan mas’uliyatlilik, javobgarlik hissining yuqori boʻlishi ham kun talabiga aylangan. Xususan, advokat oʻz kasbiga mas’uliyat bilan yondashmas, sovuqqon munosabatda boʻlar ekan, shuningdek, kasb etika qoidalarini buzar, advokatlik sirini saqlamas, advokat qasamyodiga nomuvofiq xatti-harakatlar qilar ekan, buning oxiri unga nisbatan intizomiy ish ochilishi va javobgarlikka tortilishi bilan yakunlanishi tayin. Shunday ekan, mazkur tadqiqotdan maqsad qanday asoslarga koʻra advokatlarga intizomiy ish ochilishini oʻrganish, bu kabi omillarni bartaraf etish va qayta sodir etilmasligi uchun zarur chora-tadbirlarini koʻrish hamda kelgusida advokatlar tomonidan sodir etiladigan intizomiy huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar berishdan iboratdir.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Miraliyeva Sevara Joʻrabek qizi

Toshkent davlat yuridik

universiteti magistranti,

Sirdaryo yuridik texnikumi oʻqituvchisi

Telefon: +998948899720

Pochta manzili: sevaramiraliyeva1020@gmail.com

ADVOKAT TOMONIDAN INTIZOMIY HUQUQBUZARLIK SODIR ETILISHIGA

SABAB BOʻLUVCHI OMILLAR

Annotatsiya:

Jamiyatda advokatlarning roli kuchaygani sari ulardan mas’uliyatlilik, javobgarlik

hissining yuqori boʻlishi ham kun talabiga aylangan. Xususan, advokat oʻz kasbiga mas’uliyat

bilan yondashmas, sovuqqon munosabatda boʻlar ekan, shuningdek, kasb etika qoidalarini buzar,

advokatlik sirini saqlamas, advokat qasamyodiga nomuvofiq xatti-harakatlar qilar ekan, buning

oxiri unga nisbatan intizomiy ish ochilishi va javobgarlikka tortilishi bilan yakunlanishi tayin.

Shunday ekan, mazkur tadqiqotdan maqsad qanday asoslarga koʻra advokatlarga intizomiy ish

ochilishini oʻrganish, bu kabi omillarni bartaraf etish va qayta sodir etilmasligi uchun zarur

chora-tadbirlarini koʻrish hamda kelgusida advokatlar tomonidan sodir etiladigan intizomiy

huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar

berishdan iboratdir.

Tayanch soʻzlar

: advokat, intizomiy huquqbuzarlik, intizomiy javobgarlik, intizomiy ish

yuritish, intizomiy jazoga sabab boʻluvchi omillar, advokatlik siri, advokat qasamyodi.

ФАКТОРЫ, ПРИВОДЯЩИЕ К СОВЕРШЕНИЮ АДВОКАТОМ

ДИСЦИПЛИНАРНОГО ПРОСТУПКА

Аннотация:

По мере того, как роль адвокатов в обществе росла, для них стало все более

важным иметь большее чувство ответственности и подотчетности. В частности, если

адвокат не относится к своей профессии ответственно, проявляет хладнокровие, нарушает

правила профессиональной этики, не хранит адвокатскую тайну, действует не в

соответствии с присягой адвоката, это неизбежно влечет за собой возбуждение в

отношении него дисциплинарного производства и привлечение к ответственности.

Поэтому целью настоящего исследования является изучение оснований, по которым

возбуждается дисциплинарное производство в отношении адвокатов, принятие

необходимых мер по устранению указанных факторов и недопущению их повторения, а

также внесение предложений по совершенствованию законодательства в целях

предупреждения в дальнейшем совершения адвокатами дисциплинарных проступков.

Ключевые слова

: адвокат, дисциплинарный проступок, дисциплинарная ответственность,

дисциплинарное производство, факторы, влекущие дисциплинарное взыскание,

адвокатская тайна, присяга адвоката.

FACTORS LEADING TO A LAWYER (ADVOCATE) COMMITTING A

DISCIPLINARY OFFENSE

Annotation:

As the role of lawyers in society has increased, it has become necessary for them to

have a high sense of responsibility and accountability. In particular, if a lawyer does not

approach his profession responsibly, behaves coldly, violates the rules of professional ethics,


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

does not maintain legal secrecy, and acts inconsistently with the lawyer's oath, this will

inevitably result in disciplinary proceedings being opened against him and his liability being

imposed. Therefore, the purpose of this study is to study the grounds on which disciplinary

proceedings are opened against lawyers, to take the necessary measures to eliminate such factors

and prevent their recurrence, and to make proposals for improving the legislation to prevent

disciplinary offenses committed by lawyers in the future.

Keywords

: lawyer, advocate, disciplinary offense, disciplinary responsibility, disciplinary

proceedings, factors leading to disciplinary punishment, legal secrecy, lawyer’s oath.

Huquq vujudga kelishining asosiy sababi tartib oʻrnatish, ya’ni jamiyatda xaos (tartibsizlik)ni

oldini olish maqsadida inson huquq va majburiyatlarining huquq normasida qat’iy belgilab

qoʻyilishidir. Belgilaganda ham, bir shaxsning huquqlari boshqa shaxsning huquqlariga daxl

qilmasligi kerak.

Umuman olganda, qonunlar – huquq normalari xalq manfaatini koʻzlab chiqarilishi lozim.

Ya’ni ular insonlar huquq va manfaatlarini himoya qilishga xizmat qilishi kerak. Bunday himoya

vakillik orqali amalga oshirilishi mumkin. Albatta, bunda professional vakillik sifatida

advokatlikning oʻrni katta va muhim ahamiyatga ega. Advokatlik azaldan muhim kasb boʻlib

kelgan va hozirga qadar advokatlarga ehtiyoj ham ortib bormoqda. Shu sabab ham advokatlikka

talabgorlarga koʻplab imtiyozlar berilmoqda. Shuningdek, advokatlarning javobgarlik masalasini

ham unutmaslik lozim. Advokat sha’ni, qadr-qimmati, obroʻsini saqlab, unga munosib boʻlish

har qanday advokatdan talab etiladi. Bularga dogʻ tushiradigan xatti-harakat yoki harakatsizlikni

sodir etish intizomiy javobgarlikka tortishga sabab boʻlishi mumkin.

Avvalo, bunday huquqbuzarlikka yoʻl qoʻyilishiga qanday omillar ta’sir oʻtkazayotganini

tahlil qilib chiqish lozim. O‘zbekiston Respublikasining “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonuni 14-

moddasida qonunchilik talablari, Advokatning kasb etikasi qoidalari, advokatlik siri va advokat

qasamyodini buzish

1

advokatga nisbatan intizomiy ish yuritish ishlari ochilishiga sabab

boʻluvchi omillar sifatida koʻrsatilgan.

Qonunchilik talablari

deganda advokat amal qilishi kerak boʻlgan normalar tushuniladi,

ya’ni ularni buzish yoki chetlab oʻtish advokatni intizomiy javobgar qilish uchun asos sanaladi.

Ushbu qonunchilik talablari quyidagilardan iborat:

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi;

Mehnat kodeksi – bunda advokatga xodim sifatida intizomiy jazo chorasi qoʻllaniladi;

“Advokatura to‘g‘risida”gi qonun;

“Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida”gi

qonun va boshqa qonun hujjatlari.

Advokatning kasb-etikasi qoidalari

O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi tomonidan

chiqarilgan boʻlib, 7 bob va 65 qoidadan iborat. Unda umumiy qoidalar, advokatning kasbiy

nufuzi va shaxsiy qadr-qimmati, advokatlarning oʻzaro munosabatlari, advokatning ishonch

bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) bilan munosabatlari, advokatning huquqni muhofaza

qiluvchi organlar va oʻzga tashkilotlar bilan, advokatlar palatasi, malaka komissiyalari bilan

munosabatlari va yakunlovchi qoidalar belgilangan.

1

O‘zbekiston Respublikasining 27.12.1996 yilda 349-I-son bilan qabul qilingan “Advokatura

to‘g‘risida”gi Qonuni 14-moddasi.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Huquq normalari yozilganligi, nashr qilinganligi, ya’ni rasmiy tarzda davlat tomonidan

oʻrnatilganligi, axloq normalari esa asosan jamiyatning ijtimoiy ongida mujassam boʻlganligiga

qaramasdan, axloq ham, huquq ham deyarli barcha munosabatlarni oʻz ichiga oladigan yoyiq

xulq-atvor qoidalari tizimini tashkil etadi

2

. Axloq normalari oʻzi huquq normalaridan keyin

turuvchi yurish-turish qoidalari hisoblanadi. Ularga rioya qilmaslik ham xuddi huquq normalari

kabi oqibat keltirib chiqaradi hamda yuridik kuchi jihatidan huquq normalaridan keyingi oʻrinda

turuvchi normalar jamlanmasi hisoblanadi. Shunga asoslanib, advokatning kasb-etikasi qoidalari

ishlab chiqilgan.

Etika boʻyicha izohli lugʻatda kasb etikasi tushunchasiga quyidagicha ta’rif keltirilgan:

kasb etikasi – bu odamlarning kasbiy faoliyatidan kelib chiqadigan oʻzaro munosabatlarining

axloqiy xarakterini ta’minlaydigan qonuniyatlardir.

Belarussiya

davlatida Advokatning kasb etikasi qoidalari Adliya vazirligi qarori bilan

tasdiqlanadi. Bunda farqli jihati advokatlik siri toʻgʻrisidagi qoidalar

3

kasb etika qoidalarida

alohida bob sifatida kiritilgan. Oʻzbekistondagi amaldagi Advokatning kasb etikasi qoidalarida

esa advokatlik siri advokatning kasbiy nufuzi va shaxsiy qasr-qimmati bobida aks etgan.

Buyuk Britaniya

“Advokatlar, Yevropa hamda boshqa xorij advokatlarining axloq kodeksi”ga

koʻra, agar shaxsiy manfaatlar toʻqnashuvi yoki bunday mojaroning jiddiy xavfi mavjud boʻlsa

4

,

advokat bunday holatlarda ishdan bosh tortishi kerak. Shaxsiy manfaatlar toʻqnashuvi Buyuk

Britaniya Axloq kodeksida alohida bob sifatida kiritilgan. Amaldagi Oʻzbekiston Respublikasi

Advokatning kasb etikasi qoidalariga ham shaxsiy manfaatlar toʻqnashuvini alohida bob sifatida

kiritish taklif etiladi.

Advokatlik siri

advokat va ishonch bildiruvchi shaxs (himoyasi ostidagi shaxs) oʻrtasida ishga

doir har qanday ma’lumot hisoblanadi, xoh u bitim (shartnoma), xoh ishonch bildiruvchi

shaxsning shaxsiga doir ma’lumotlar, xoh ishonch bildiruvchi shaxsning advokatga bergan

koʻrsatuvlari boʻlsin – barchasi advokatlik siri sanaladi. Bulardan tashqari

Germaniyada

raqamli ma’lumotlarni himoya qilish boʻyicha ham ham qat’iy standartlar belgilangan, shu

jumladan, ma’lumotlarni shifrlash va unga kirishni cheklash talablari electron formatda joriy

qilingan. Bu nafaqat advokatlik tuzilmalarining ichki standartlari, balki shaxsiy ma’lumotlarni

qayta ishlashni tartibga soluvchi qonunlar bilan ham ta’minlanadi. Masalan, raqamli ma’lumotlar

almashinuvida maxfiylik kafolatlarini yanada kuchaytiradigan Yevropa Ittifoqining

ma’lumotlarni himoya qilish boʻyicha umumiy reglamenti (GDPR).

5

Advokatlarning kasbiy

etika kodeksi (BRAO) 43-bandiga binoan advokat yuridik yordam koʻrsatish jarayonida olingan

barcha ma’lumotlarning maxfiyligini saqlashi shart. Ushbu majburiyatni bajarmaslik intizomiy

2

Salomov B. Oʻzbekistonda advokatlik faoliyati. – Toshkent.: Adolat, 1-2 tom, 2000.

3

Правила профессиональной этики адвоката. Утверждено Постановление Министерства

юстиции Республики Беларусь 27.06.2001 № 15 (в редакции постановления Министерства

юстиции Республики Беларусь 17.03.2008 № 17)

https://bit.ly/434YMea

4

SRA Code of Conduct for Solicitors, RELs and RFLs—for in-house lawyers. Copyright ©

2025 LexisNexis Published by a LexisNexis Risk & Compliance expert.

https://bit.ly/3CP7cf0

5

К.Хакимова. От теории к практике: адвокатская тайна и доступность юридической

помощи в двух правовых системах. – «Общества и инновации», 2025.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

javobgarlikka, hatto jinoiy javobgarlikka olib kelishi mumkin

6

. Shu jumladan, ushbu qoida

advokatlik tuzilmasining boshqa a’zolariga: advokat stajyori, yordamchilariga ham taalluqli

hisoblanadi va orqali ma’lumotlarning tashqariga chiqish xavfi kamayadi.

Xulosa oʻrnida aytish joizki, advokatlik sirini saqlash – bu advokat va ishonch bildiruvchi

oʻrtasidagi ishonch munosabatlarining asosidir. advokat va ishonch bildiruvchi oʻrtasidagi sir

advokat oʻz kasbiy majburiyat va vazifalarini bajarish davomida olgan barcha ma’lumotlarni

qamrab oladi va ishonch bildiruvchining huquqlarini himoya qilish kafolati boʻlib xizmat qiladi.

Advokat qasamyodi.

Germaniya Federal Advokatlar Qonuni (BRAO) advokat advokatlar

kengashi oldida quyidagicha qasamyod qabul qiladi:

“Konstitutsiyaviy tuzumni qo‘llab-quvvatlashga va advokatlik burchini sodiqlik bilan bajarishga

Qodir va O‘zi biluvchi Alloh nomiga qasamyod qilaman, bu ishda Xudoyim menga yordam ber”.

Agar qonun diniy jamoa a’zolariga qasamyod oʻrniga boshqa tasdiqlash formulasidan

foydalanishga ruxsat bersa, bunday diniy jamoaning har qanday a’zosi ushbu tasdiqlash

formulasini oʻqishi mumkin.

Imon yoki vijdon tufayli qasamyod qilishni istamagan har qanday kishi quyidagi qasamyod

qilishi kerak:

– Konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilishga, advokatlik burchini vijdonan bajarishga va’da

beraman

7

.

Oʻzbekiston Respublikasida har bir advokat vazifasiga kirishishidan oldin quyidagi talablarni oʻz

ichiga oladigan Qasamyod qabul qiladi:

-

kasbiy burchni halol va vijdonan bajarish;

-

inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish;

-

advokatlik sirini saqlash;

-

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya qilish

8

.

Xulosa qiladigan boʻlsak, agar advokat tomonidan yuqorida sanab oʻtilgan qonunchilik talablari,

advokatning kasb-etikasi qoidalari, advokatlik siri hamda advokat qasamyodiga rioya qilinsa,

advokat ustidan intizomiy ish ochilmaydi. Agar bulardan birortasi buziladigan boʻlsa, unda

advokatni intizomiy javobgarlikka tortish masalasi koʻriladi va bu malaka komissiyalari

tomonidan intizomiy jazo tayinlashga asos boʻladi. Shaxsiy manfaatlar toʻqnashuvi Buyuk

Britaniya Axloq kodeksida alohida bob sifatida kiritilgan. Amaldagi Oʻzbekiston Respublikasi

Advokatning kasb etikasi qoidalariga ham shaxsiy manfaatlar toʻqnashuvini alohida bob sifatida

kiritish taklif etiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

6

The Federal Lawyers’ Act (Bunderrechtsanwaltsordnung - BRAO), Chapter 3, Part 1, §43.

7

https://www.buzer.de/12a_BRAO.htm

8

Oʻzbekiston Respublikasining “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy

himoyasi to‘g‘risida”gi 25.12.1998 yildagi 721-I-sonli Qonuni 3-moddasi.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

1.Xalqaro hujjatlar:

1.1. SRA Code of Conduct for Solicitors, RELs and RFLs—for in-house lawyers. Copyright ©

2025 LexisNexis Published by a LexisNexis Risk & Compliance expert.

1.2. Правила профессиональной этики адвоката. Утверждено Постановление

Министерства юстиции Республики Беларусь 27.06.2001 № 15 (в редакции постановления

Министерства юстиции Республики Беларусь 17.03.2008 № 17).

1.3. The Federal Lawyers’ Act (Bunderrechtsanwaltsordnung - BRAO).

2. Normativ-huquqiy hujjatlar:

2.1. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 30.04.2023 y.

2.2. O‘zbekiston Respublikasining 27.12.1996 yilda 349-I-son bilan qabul qilingan “Advokatura

to‘g‘risida”gi Qonuni.

2.3. Oʻzbekiston Respublikasining “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning

ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida”gi 25.12.1998 yildagi 721-I-sonli Qonuni.

2.4. Оʻzbekistоn Respublikаsi Prezidentining 2022-yil 28-yаnvаrdаgi 60-sоn “2022-2026-

yillаrgа mоʻljаllаngаn yаngi Оʻzbekistоnning tаrаqqiyоt strаtegiyаsi tоʻgʻrisidа”gi fаrmоni.

2.5. Аdvоkаt оdоb аxlоq qоidаlаri.

3. Monografiya, ilmiy adabiyotlar:

3.1. К.Хакимова. От теории к практике: адвокатская тайна и доступность юридической

помощи в двух правовых системах. – «Общества и инновации», 2025.

3.2. Salomov B. Oʻzbekistonda advokatlik faoliyati. – Toshkent.: Adolat, 1-2 tom, 2000.

3.3. Zheninа M. А. Аdvоkаtning intizоmiy jаvоbgаrligining nаzаriy vа аmаliy muаmmоlаri:

referаt. dis. ...kаnd. qоnuniy Sci.- M., 2009.

3.4.

Qоdirаliyev,

S.

Аdvоkаtning

intizоmiy

jаvоbgаrligi

mаsаlаlаri.

2022.

https://inlibrаry.uz/index.php/imprоvement-lаw-institute/аrticle/view/16667

3.5. Dilshоdbek Nurumоv Адвокатская дисциплинарная ответственность в Республике

Узбекистан 4 № 7/S (2023): Спецвыпуск междисциплинарного электронного научного

журнала «Общество и инновации».

4. Elektron manbalar:

4.1.

https://lex.uz

4.2.

https://constitution.uz

4.3

https://uscode.house.gov


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

4.4.

https://www.lexisnexis.com/en-us/gateway.page

4.5.

https://www.lаwlibrаry.ru

4.6.

https://www.nоrmа.uz

Библиографические ссылки

Xalqaro hujjatlar:

1. SRA Code of Conduct for Solicitors, RELs and RFLs—for in-house lawyers. Copyright © 2025 LexisNexis Published by a LexisNexis Risk & Compliance expert.

2. Правила профессиональной этики адвоката. Утверждено Постановление Министерства юстиции Республики Беларусь 27.06.2001 № 15 (в редакции постановления Министерства юстиции Республики Беларусь 17.03.2008 № 17).

3. The Federal Lawyers’ Act (Bunderrechtsanwaltsordnung - BRAO).

Normativ-huquqiy hujjatlar:

1. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 30.04.2023 y.

2. O‘zbekiston Respublikasining 27.12.1996 yilda 349-I-son bilan qabul qilingan “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonuni.

3. Oʻzbekiston Respublikasining “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida”gi 25.12.1998 yildagi 721-I-sonli Qonuni.

4. Оʻzbekistоn Respublikаsi Prezidentining 2022-yil 28-yаnvаrdаgi 60-sоn “2022-2026-yillаrgа mоʻljаllаngаn yаngi Оʻzbekistоnning tаrаqqiyоt strаtegiyаsi tоʻgʻrisidа”gi fаrmоni.

5. Аdvоkаt оdоb аxlоq qоidаlаri.

Monografiya, ilmiy adabiyotlar:

1. К.Хакимова. От теории к практике: адвокатская тайна и доступность юридической помощи в двух правовых системах. – «Общества и инновации», 2025.

2. Salomov B. Oʻzbekistonda advokatlik faoliyati. – Toshkent.: Adolat, 1-2 tom, 2000.

3. Zheninа M. А. Аdvоkаtning intizоmiy jаvоbgаrligining nаzаriy vа аmаliy muаmmоlаri: referаt. dis. ...kаnd. qоnuniy Sci.- M., 2009.

4. Qоdirаliyev, S. Аdvоkаtning intizоmiy jаvоbgаrligi mаsаlаlаri. 2022. https://inlibrаry.uz/index.php/imprоvement-lаw-institute/аrticle/view/16667

5. Dilshоdbek Nurumоv Адвокатская дисциплинарная ответственность в Республике Узбекистан 4 № 7/S (2023): Спецвыпуск междисциплинарного электронного научного журнала «Общество и инновации».

Elektron manbalar:

5. https://www.lаwlibrаry.ru

6. https://www.nоrmа.uz