Авторы

  • Hamzayev Muhammadali
    Toshkent davlat transport unversiteti, iqtisodiyot fakulteti, mirobod tumani toshkent

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.iqro.83238

Ключевые слова:

raqamlashtirish avtomatlashtirish ta'lim sohasi axborot texnologiyalari o‘qituvchilar yuklamasi pandemiya bilimni baholash mustaqil ish ko‘chirishning oldini olish talabalar bilimini tekshirish avtomatik baholash tizimi dasturiy ilova ta'limda innovatsiya

Аннотация

Bugungi kunda biz raqamlashtirish ustuvor bo‘lgan dunyoda yashayapmiz. Endilikda mobil telefon, kompyuter, noutbuk yoki planshetga ega bo‘lmagan odamni tasavvur qilish qiyin – ularning yo‘qligi tasavvurga sig‘maydi. Endi bizda ko‘plab jarayonlarni avtomatlashtirish orqali muhim ishlar uchun vaqtni bo‘shatib olish imkoniyati mavjud.

Ta'lim sohasi – bu o‘qituvchilarning ish yuklamasini kamaytirish uchun axborot texnologiyalarini joriy etish zarur bo‘lgan keng soha hisoblanadi.

Pandemiya davri o‘quv jarayoniga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi: odatiy “varaq olib mustaqil ish yozish” usuli o‘quvchilarning bilimini baholashda bir qator kamchiliklarga ega – bu usul o‘qituvchilar uchun qulay emas, baholash vaqtida ko‘p vaqt talab etiladi va eng yomoni – ko‘chirishning oldini olmaydi. Aynan shu sababdan universitet va texnikum talabalari uchun o‘quvchilar bilimini avtomatik tarzda tekshiruvchi ilovani ishlab chiqish va uni har tomonlama takomillashtirish zarur


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Hamzayev Muhammadali

Toshkent davlat transport unversiteti, iqtisodiyot fakulteti, mirobod tumani toshkent / tashkent,

uzbekistan email

mhamzayev404@gmail.com

TALABALAR BILIMINI BAHOLASHDA TESTLARDAN FOYDALANISH

ANNOTATSIYA:

Bugungi kunda biz raqamlashtirish ustuvor bo‘lgan dunyoda yashayapmiz.

Endilikda mobil telefon, kompyuter, noutbuk yoki planshetga ega bo‘lmagan odamni tasavvur

qilish qiyin – ularning yo‘qligi tasavvurga sig‘maydi. Endi bizda ko‘plab jarayonlarni

avtomatlashtirish orqali muhim ishlar uchun vaqtni bo‘shatib olish imkoniyati mavjud.

Ta'lim sohasi – bu o‘qituvchilarning ish yuklamasini kamaytirish uchun axborot

texnologiyalarini joriy etish zarur bo‘lgan keng soha hisoblanadi.

Pandemiya davri o‘quv jarayoniga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi: odatiy “varaq olib mustaqil ish yozish”

usuli o‘quvchilarning bilimini baholashda bir qator kamchiliklarga ega – bu usul o‘qituvchilar

uchun qulay emas, baholash vaqtida ko‘p vaqt talab etiladi va eng yomoni – ko‘chirishning

oldini olmaydi. Aynan shu sababdan universitet va texnikum talabalari uchun o‘quvchilar

bilimini avtomatik tarzda tekshiruvchi ilovani ishlab chiqish va uni har tomonlama

takomillashtirish zarur.

Kalit so’zlar

: raqamlashtirish, avtomatlashtirish, ta'lim sohasi, axborot texnologiyalari,

o‘qituvchilar yuklamasi, pandemiya, bilimni baholash, mustaqil ish, ko‘chirishning oldini olish,

talabalar bilimini tekshirish, avtomatik baholash tizimi, dasturiy ilova, ta'limda innovatsiya

ABSTRACT:

Today we live in a world where digitalization is a priority. It is now difficult to

imagine a person without a mobile phone, computer, laptop or tablet - their absence is

unthinkable. Now we have the opportunity to free up time for important work by automating

many processes.

The education sector is a broad area where the introduction of information technologies is

necessary to reduce the workload of teachers.

The pandemic period has had its impact on the educational process: the usual “take a sheet of

paper and write an independent work” method of assessing students' knowledge has a number of

disadvantages - this method is not convenient for teachers, takes a lot of time during the

assessment, and worst of all - does not prevent copying. It is for this reason that it is necessary to

develop an application for university and technical school students that automatically checks

students' knowledge and improve it in all respects

Key words:

digitization, automation, education, information technology, teacher workload,

pandemic, knowledge assessment, independent work, prevention of transfer, student knowledge

testing, automatic assessment system, software application, innovation in education.

Hozirgi zamonda yurtimizda turli sohalarda jahonning ilg‘or davlatlari qatoriga qo‘shilish, ular

bilan raqobatlasha oladigan darajaga chiqish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ayniqsa, yoshlarga qaratilayotgan e’tiborni ularni bilimli, barkamol avlod qilib tarbiyalash,

dunyodagi yoshlar bilan raqabotlasha oladigan darajaga olib chiqish borasida amalga

oshirilayotgan ishlarni alohida aytib o‘tish maqsadga muvofiqdir.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi PF5847-son Farmoni bilan

tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish

konsepsiyasi”da oliy ta’lim jarayonlariga raqamli texnologiyalar va zamonaviy o‘qitish usullarni

joriy etish, yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, korrupsiyaga qarshi kurashish,

muhandisliktexnik ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar ulushini oshirish, o‘quv

rejalarida amaliy ko‘nikmalarni oshirishga qaratilgan mutaxassislik fanlari bo‘yicha amaliy

mashg‘ulotlar ulushini oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berilgan[1].

Pedagogik testlardan foydalanish metodikasi qariyb bir asrdan ortiq vaqt davomida rivojlanib va

takomillashib keldi. Endi u quruq raqamlardangina iborat bo‘lmay, insonning u yoki bu sohadagi

bilimlari va tajribasi, mahorati va ko‘nikmalari haqida ma’lumot beruvchi tezkor va qulay usulga

aylandi.

Test algoritmi quyidagi bosqishlardan iborat:

Talaba testni boshlashdan oldin ism familya va guruhi nomini kiritadi va testni

boshlaydi. Unga malum bir vaqt beriladi. Talaba har bir savolga javob beradi va javoblar

tekshiriladi. Har bir savolda dastur sikli aylanadi va agar talaba tog`ri javob bersa savollar

qiyinlashadi, aks holda aksincha.Test nihoyasiga yetgach umumiy ball namoyon bo`ladi hamda

notog`ri javob berilgan savollar mavzulari saqlanib boradi. So`ngra unga qaysi mavzularni

koproq o`qish kerakligi namoyon bo`ladi(1-rasm)

1-rasm.Test tizimi algortmi

Bu rasmda biz test dasturimizning algoritmini ko`rishimiz mumkin. Dastur talaba barcha oziga

berilgan testlarni yechishigacha yoki berilgan vat tugagauncha davom etadi. Test songida talaba

ozi to`plagan balni hamda yecha olmagan mavzularni ko`rishi mumkin.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

2-rasm . Talabaning UML diagrammasi.

Testlarning umumiy maqsadi – butun ta’lim jarayonini takomillashtirish bo‘lsa, har bir test o‘z

navbatida xususiy maqsadni ko‘zlab tuzilishi va o‘tkazilishi kerak. Dunyoda shu paytgacha

qo‘llab kelinayotgan testlarning aksariyati bilim, ko‘nikma, malakalarni baholash hamda nazorat

qilish uchun yaratiladi. Talabalar bilimini sinashning an’anaviy usulidan pedagogik testga o‘tish,

asosan test nazoratini mavjud o‘quv jarayoniga kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Uning

mohiyati o‘qitish maqsadlarini yo‘lga qo‘yish, o‘quv jarayonini tashkil qilish va uning

samaradorligini oshirishga qaratilgan.

Talim sohasida o‘qitilayotgan har bir mavzu bo‘yicha talabalarning o‘zlashtirish darajasi asosiy

xato va kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlab, ularning oldini olish chora-tadbirlarini ko‘rish

muhimdir. Kundalik nazorat joriy tekshirish bo‘lib, u kundalik o‘qitilayotgan bilimlarni o‘z

vaqtida o‘zlashtirishni nazorat qilib boradi. Kundalik nazorat talabani mustaqil dars tayyorlash,

o‘qitilayotgan mavzularni muntazam, puxta o‘zlashtirib borishga, ta’lim jarayoniga ijodiy

yondashishga undab talabadagi iqtidor ko‘rsatkichlarini yuzaga chiqarishga va takomillashishiga

sabab bo‘ladi.

Bundan ko‘zda tutilgan maqsad talabaning asosiy qanuniyatlar, tushunchalar va mavzularni

qanday o‘zlashtirayotganini o‘z vaqtida baholashdir. Talabalar bilimini kunda nazorat qilib

borish va ulardan xato va kamchiliklarni aniqlashning eng muqobil usullaridan biri testlardan

foydalanishdir. Ta’limiy testlardan o‘quv jarayonida foydalanish talabaning fikrlash qobiliyatini

kengaytiradi.

Talabalar bilimini baholashda test tizimi orqali reyting baholashga o‘tish talabalar bilimining

sifat ko‘rsatkicharini haqqoniy, aniq va adolatli ballar bilan baholash talabalarning

o‘zlashtirishini doimiy nazorat qilish bilan ularning o‘z ustida butun o‘quv yili davomida

muztazam va faol ravishda ishlashni jonlantirish, ularning o‘qishga qiziqishini va mustaqil

ishlash samaradorligini oshirishga, o‘qituvchilarda esa o‘z pedagogik burchiga nisbatan bo‘lgan

mas’uliyatini oshirishga qaratilgan.

Reyting nazoratining mohiyati shundan iboratki, fanlar bo‘yicha talabalarning o‘zlashtirishini 3

xil yo‘l bilan nazorat qilinadi:

- Joriy(kundalik) nazorat;

- Oraliq nazorat;


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

- Yakuniy nazorat.

Joriy(kundalik) nazoratning asosiy maqsadi kundalik o‘qitilayotgan darslarning talabalar

tominidan qay darajada o‘zlashtirayotganligini muntazam ravishda nazorat qilishdan iboratdir. U

reyting tizimining eng muhim bosqichi hisoblanadi. Bunday nazorat talabaning mustaqil dars

tayyorlash, o‘qitilgan mavzularni puxta o‘zlashtirib borishga, ta’lim jarayoniga ijodiy

yondashishga undab, o‘quvchidagi iqtidor ko‘rsatkichlarini yuzaga chiqarishga va

takomillashtirishga sababchi bo‘ladi.

Joriy nazoratning asosiy maqsadi – talabalarning asosiy qonuniyatlar, tushunchalar va mavzuni

qanday o‘zlashtirayotganini o‘z vaqtida baholashdan iborat. Oraliq nazorat o‘tilayotgan fan

bo‘yicha o‘tilgan bir necha mavzularni o‘z ichiga olgan bo‘lib, yoki qism bo‘yicha talabalarning

bilimini aniqlash va baholash demakdir.

Yakuniy nazorat o‘quv rejasi bo‘yicha bir semester uchun ajratilgan mavzular o‘tib bo‘lgandan

so‘ng, talabalarni bu mavzular bo‘yicha o‘zlashtirish darajasini baholash uchun o‘tkazilgan

nazorat turidir. Bu nazorat turlarini pedagogik test orqali tashkil qilish talabalarning bilim,

ko‘nikma, malakalarini aniq baholashga, vaqtdan unumli foydalanishga va baholash jarayonining

obyektiv amalga oshirilishiga, subyektivizimga yo‘l qo‘yilmasligiga imkon yaratadi. Test

topshiriqlari o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi hamkorlik sharoitida o‘quv natijalarini nazorat qilish

tizimini takomillashtirish orqali ta’lim sifatini oshirishning istiqbolli yo‘nalishlarini ochib beradi.

An’anaviy va pedagogik test nazorat usullarining asosli, maqsadli kombinatsiyasi o‘quv

jarayonlarini boshqarish samaradorligini oshiradi.

Ta’lim jarayonida test topshiriqlaridan mutaxassislik yo‘nalishlaridan qat’iy nazar barcha

fanlarda foydalanish mumkin. Ayniqsa, matematika mutaxassisligi yo‘nalishida algebra va

sonlar nazariyasi, sonli sistemalar, matematik analiz, geometriya kabi fanlardan test topshiriqlari

orqali baholash talabalar uchun olgan bilimlarini to‘liq ko‘rsatish imkoniyatini yaratadi. Shu

bilan bir qatorda bu o‘qituvchidan ham juda katta mehnat, bilim talab qiladi. Chunki, bu

fanlardan test topshiriqlari tuzish jarayonida test topshiriqlarining har bir turidan foydalanish,

talabalarning fan yuzasidan olgan nazariy bilimlarini aniqlaydigan, olgan bilimlarini misol va

masalalarda qo‘llay olish ko‘nikmasi shakllanganligini ko‘rsatadigan test topshiriqlarini tuzish

pedagogdan yuksak mahorat va mehnat talab qiladi.

Ta’lim jarayonida bunday test topshiriqlarini tuzish va baholash jarayonida qo‘llash ham

pedagogning ham talabaning o‘z ustida muntazam ravishda ishlashiga, kamroq vaqt ichida

ko‘plab talabalar bilimini nazorat qilishga, talabalarning fanni qanday darajada

o‘zlashtirganligini aniqlashga va ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Xulosa

Test tizimining avtomatlashtirilishi ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi. Ishlab chiqilgan

algoritmning yuqori aniqlik, tezkorlik va obyektivlik kabi xususiyatlari talabalar bilimini

samarali baholashga imkon beradi hamda talabalarning o`zlashtirish past bo`lgan mavzularni

aniqlab beradi. Ushbu tizimdan foydalanish ta’lim jarayonini yanada takomillashtirishga yordam

beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi

Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF5847-

son Farmoni.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

2. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv

jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risida”gi 824-son qarori.

3. Usmonov B.Sh., Xabibullaev R.A. Oliy o‘quv yurtlarida o‘quv jarayonini kredit-modul

tizimida tashkil qilish. O‘quv qo‘llanma.–Toshkent, TKTI 2020.

4. Shodmonova Sh.S. Pedagogik testologiya. Uslubiy qo‘llanma, Toshkent 2020.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF5847-son Farmoni.

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risida”gi 824-son qarori.

Usmonov B.Sh., Xabibullaev R.A. Oliy o‘quv yurtlarida o‘quv jarayonini kredit-modul tizimida tashkil qilish. O‘quv qo‘llanma.–Toshkent, TKTI 2020.

Shodmonova Sh.S. Pedagogik testologiya. Uslubiy qo‘llanma, Toshkent 2020.