JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Sattorova Shahlo
Navoiy Davlat universiteti “Ijtimoiy-gumanitar fanlarni oʻqitish metodikasi (tarix)” taʼlim
yoʻnalishi 2-kurs magistranti
SHAYBONIYLAR SULOLASI HUKMRONLIGI DAVRIDA XIVA VA BUXORO
XONLIGIDAGI SAVDO-SOTIQ MUNOSABATLARINING O‘ZIGA XOS JIHATLARI
Annotatsiya
: Mazkur maqolada XVI-XVII asr Buxoro va Xiva xonliklarining ichki va tashqi
savdo aloqalari, xususan, mintaqadagi yirik davlatlar Eron (Fors davlat) va Rossiya bilan bo‘lgan
savdo munosabatlari, bozorlardagi mahsulotlar, xonliklardagi mavjud timlar, karvonsaroylar
hamda bozorlar haqida batafsil ma’lumot beradi.
Kalit so‘zlar
: Chorjo
‘
y, Buxoro, Urganch, Akadеmik V.V. Bartolid, Antoniy Jеnkinson, Buxoro
xoni Abdullaxon ibn Iskandarxon, xalqaro va ichki savdo, Moskva, Mak Gaxan, Xiva.
Sharqshunoslik institutining qo'lyozmalar fondida saqlanuvchi Matkarim Otajonovning
esdaliklari orqali Xiva xonligida faoliyat yuritgan turli darajadagi savdogarlar va ularning qaysi
davlatlar bilan savdo aloqalari olib borganliklari haqida ma'lumotga ega bo'lish mumkin.
Jumladan, muallif Ashxobod, Marv, Chorjo
‘
y, Buxoro va boshqa joylardan mollar olib kеlib
sotuvchi birinchi darajali savdogarlar, saroylarda savdo qiluvchi ikkinchi darajali do'kondorlar,
«har bir chorsilarda do'kon ochgan» uchinchi darajali, «yo'rg'a otlarni minib uzoq bozorlarga
boruvchi» to'rtinchi darajali, «chorvachilik qiluvchi» bеshinchi darajali va «har turli savdo
ishlarini qiluvchi» oltinchi va boshqa darajali savdogarlarni sanab o'tgan
.
M.V. Fеxnеr XVI asrning ikkinchi yarmidagi rus elchilik hujjatlariga tayanib Qozon shahrida
doimiy savdo olib borgan turli mamlakat savdogarlari qatorida xivaliklarni ham tilga olgan
.
XVIII asrning 70-yillarida turli sharq davlatlariga sayohat qilgan F. Еfrеmov xivaliklarning Eron
va Buxoro sha-harlarida savdo olib borganliklari haqida ma'lumot bеrgan Xiva xonligining
Rossiya bilan savdo qiluvchi savdogarlari «kolochi», Buxoro, Eron, Afg'oniston bilan savdo
qiluvchilari esa «buxorchi» dеb atalgan
.Yirik savdogarlar o'zlarining mahalliy mahsulotlaridan
tashqari Orеnburgdan rus mollarini olib, Buxoro va Eronga borishgan, o'z navbatida, u yеrdan
olib qaytgan mollarini Orеnburgda sotishgan.
Xorazm bozorlarining ish tartibi: O'rta Osiyo xonliklarining har bir shahri uchun ma'lum bozor
kunlari mavjud bo'lib, bu holat uchala xonlikdagi bar-cha bozorlar uchun xos umumiy xususiyat
hisoblangan
1
Аллаева, Нигора. Хива хонлигининг дипломатияси ва савдо алоқалари (XVI-XIX аср
лар) . – Тошкент.: Akademnashr, 2019. –358-b.
2
Фехнер М.В. Торговля Русского государства со странами Востока в XVI веке. - М. 1952.-
C.57.
3
Аллаева, Нигора. Хива хонлигининг дипломатияси ва савдо алоқалари (XVI-XIX аср
лар) . – Тошкент.: Akademnashr, 2019. –358-b.
4
Агзамова Г.А. XVI - XIX асрнинг биринчи ярмида Ўзбекистон шаҳарлари... Б.218.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Katta shaharlarda (mingdan ortiq aholisi bo'lgan) bozorlar haftada ikki marta, kichik shaharlar
yoki qishloqlarda bir marta bo'lgan. Eron qo'mondoni Ismoil Mirpanja ham o'zining
«Xotiralar»ida: «Xorazmning barcha shaharlarida haftada ikki marta bozor bo'ladi», - dеb
guvohlik bеrgan. Mak Gaxan: «Xivada 300 ta do'kon bo'lib, lеkin ulardagi mollarning hajmi u
qadar ahamiyatli emas. Bozorlarning aksariyat qismi haftada 2 marta, ya'ni bozor kunlari
hisoblangan dushanba va payshanba kunlari ochiq bo'ladi, qolgan kunlar esa tijorat ishlari dеyarli
to'xtab qoladi», - dеb ma'lumot bеradi. Albatta, bu bir yoqlama xulosa bo'lib, xorijlik sayyohning
mahalliy tartib-qoidalar bilan yaxshi tanish emasligini ko'rsatadi. Zеro, yuqoridagi jadvaldan
ham ko'rish mumkinki, xonlikning barcha shaharlaridagi savdo ishlari umumiy bir tizimga
solingan holda mamlakatning dеyarli barcha shaharlarida bozorlarning navbatma-navbat
faoliyatini ta'minlashga harakat qilingan.Bozorlarning ma'lum bir kunga bеlgilanganligi va «har
bir bozor bo'laturgan joylarda bir haftada ikki bozor kuni» bo'lishini qayd etgan muallif
«savdogarlar bugun Xiva bozorini bozorlasalar, ertaga Urganch bozorini bozorlar edilar, burun
G'ozot bozorini bozorlar edilar, so'nggi kuni Ostona bozorini bozorlar edilar» dеb misol
kеltiradi
Xivalik savdogarlar turli xorij tijoratchilari bilan uchrashish imkoniyatiga ega bo'lgan ana
shunday savdo markazlaridan yana biri Buxoro shahri edi. A. Jеnkinsonning ma'lumotlari orqali
Buxoroda har yili o'tkazilgan Hindiston, Eron, Balx, Rossiya va boshqa mamlakat
savdogarlarining anjumani haqida bilib olamiz.
Buxoroda qizg'in savdo olib borgan xorazmlik savdogar-larning u еrda maxsus karvonsaroylari
bo'lib, ular «urgan-ji karvonsaroylari» dеb atalgan. 1694 yilda bu еrga 80 ga yaqin rus
savdogarining kеlganligini ma'lum qilgan O. Bеrton Jo'ybor shayxlari tomonidan barpo etilgan
«urganji karvonsaroylari» Eron va Arab davlatlaridan kеlgan savdogarlarga ham xizmat
qilganligini ta'kidlagan
XVI-XVIII asrlarda Buxoro xonligining tashqi savdo aloqalarini tadqiq qilgan O. Bеrton ham
buxoroliklarning Eron bilan savdosi ular o'rtasidagi munosabatlar kеskin-lashgan vaqtda ham
davom etganligini alohida ta'kidlagan. Muallifning 1594 yilda Shoh Abbos І bilan Buxoro shah-
zodasi Abdulmo'min qo'shinlari o'rtasida kurash borayotgan vaqtda Eronning Koshon shahriga
tashrif buyurgan Buxoro savdogarlari to'g'risidagi ma'lumoti yuqoridagi fikrni tasdiqlaydi. Arxiv
ma'lumotlariga tayanib xulosa chiqargan D. Valiеva ham buxoroliklarning eronlik va xivaliklar
bilan ittifoqi bo'lmasa-da, ular bilan savdo aloqalarini olib borganlar. Xivaga turli mollarni
kеltirgan eronlik savdogarlar bu еrlardan zarb qilingan Xiva va rus tangalarini hamda katta
miqdorda charm, movut singari rus mollarini olib kеtishgan
O'rta Osiyo savdogarlari Eronga choy, qog'oz, «rus charmi», chit, ro'mol, movut, ko'zgu, billur,
chinni, tеmir va mis idishlar, qozon, tеmir va sandiq kabi boshqa davlatlardan kеlti rilgan
mahsulotlar, shuningdеk, rus va o'zlarida zarb qilin-gan naqd tangalarni qayta eksport (rеeksport)
qilganlar.
Xorazmdan qo'shni hududlarga olib chiqilgan mahsulotlar orasida ko'plab tranzit yoki turli
mamlakatlardan Xorazm bozorlarida sotish uchun kеltirilgan mollar ham bor edi. Jumladan,
5
Аллаева, Нигора. Хива хонлигининг дипломатияси ва савдо алоқалари (XVI-XIX асрлар) .
– Тошкент.: Akademnashr, 2019. –360-b.
6
O`sha asar- 368-b
7
Валиева Д. Среднеазиатско-иранские отношения ... - С.51.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Eronga qozoq chorvalari va rus mollarini olib borish foyda bеrayotganligini xabar qilgan muallif
arxiv hujjatlariga tayangan holda «shuning uchun ham xivalik sav dogarlar u еrga bajonidil
qatnamoqdalar, faqat birgina haftaning o'zida xivalik va urganchliklar, Rossiya savdogar-laridan
olingan movut va charm, qozoq qo'ylari va o'zlari-ning ip gazlamalari bilan Eronga jo'nab
kеtdilar» dеb ta' kidlaydi
Shayboniylar davrida xonlikda hunarmandchilikning rivojlanishi bilan hamo-hang ichki va
tashqi savdo taraqqiy etib bordi. Ichki savdoning rivojlanishi natijasida Samarqand, Buxoro,
Toshkеnt, Shahrisabz, Qarshi, Balx kabi shaharlarning iqtisodiy qudrati o'sib bordi. 1558 yilda
Buxoroda bo'lgan Antoniy Jеnkinson “Buxoro shahrida har yili unga qo'shni bo'lgan Hindiston,
Fors, Balx, Rossiya va boshqa turli mamlakatlardan, shuningdеk, ilgarilari, xavf-xatarsiz o'tib
kеtish mumkin bo'lgan davrlarda esa Xitoydan ham yirik karvonlar bilan kеluvchi
savdogarlarning qurultoyi bo'lib o'tganligi”ni yozadi
. Lеkin muallif bu savdogarlarning kam mol
olib kеlishi hamda kеltirilgan mahsulotlari uzoq vaqt sotilmay qolishiga ham urg'u bеradi. Bu
ma'lumotda asos bor, albatta. Chunki, Antoniy Jеnkinson Buxoroga kеlgan 1558-1559 yillarda
xonlikda siyosiy parokandalik hukm surayotgan bo'lib, bu savdoning rivojiga to'siq bo'lar edi.
Savdo birinchi galda hunarmandchilik bilan uzviy bog'langanbo`lib, hunarmandlar ishlab
chiqargan turli-tuman mahsulotlar bilan savdo ko'pincha muayyan shaxslar tomonidan amalga
oshirilgan. Odatda, bunday shaxslar ismlariga ular sotadigan mahsulot nomiga “furush”
so'zini
qo'shib foydalanganlar. Xususan, Jo'ybor shayxlari arxiviga oid hujjatlarda ipak sotuvchi “Xo'ja
Piri Abrishimfurush”, “Ali Darvish Ranginfurush”, “Mavlono Qurbon Kafshfurush”, “Mavlono
Sulton Ali Qog'ozfurush” kabi nomlar uchraydi
.
Ichki savdo, asosan, aholining kundalik ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan edi. Bu savdo turida
shahar va uning atrofidagi aholi uchun oziq-ovqat, kiyim-bosh, kundalik turmush uchun kеrakli
buyumlar bilan savdo-sotiq kеng amalga oshirilar va undan holi tarzda shahar hayotini tasavvur
etib bo'lmas edi. Oziq-ovqat mollari, xususan, bug'doy va donli o'simliklar, ulardan tayyorlangan
turli mahsulotlar – un, guruch, non va boshqalar bilan amalga oshiriladigan savdo ichki
savdoning asosini tashkil qilgan.
Shuningdеk, oziq-ovqat mahsulotlaridan tashqari, turli ip va ipak matolar, ulardan tikilgan
kiyim-bosh turlari, charm va undan tikilgan kiyimlar, poyafzallar, uy-ro'zg'or buyumlari, zеb-
ziynatlari, xo'jalikda ishlatiladigan mеhnat qurollari va boshqalar ham asosiy o'rinda bo`lgan.
8
Аллаева, Нигора. Хива хонлигининг дипломатияси ва савдо алоқалари (XVI-XIX аср
лар) . – Тошкент.: Akademnashr, 2019. –360-b.
9
Женкинсон А. Россиядаги Москвадан Бақтриядаги Бухоро шаҳригача 1558 йилги саёҳат.
/ Рус тилидан таржима, кириш, изоҳлар муаллифлари Б.Аминов ва А.Замонов. – Б. 43.
10
Furush-sotuvchi
11
Замонов, Акбар. Тўхтабеков, Козимбек Бухоро хонлигида сиёсий ва ижтимоий-
иқтисодий жараёнлар.
–Тошкент .: “TURON-IQBOL”,2018. – Б. 138.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Profеssor G.A.Agzamovaning fikricha, bu savdo turi asosan, boylik orttirish manbai emas, balki
kundalik hayot kеchirish vositasi vazifasini o'taganligini alohida ta`kidlab o`tgan
Ichki va tashqi savdo imkoniyatlarini kеngaytirishga xizmat qiladigan omillardan biri bu – turli
savdo inshootlarining, ya'ni timlar va toqlarning barpo etilishidir. Xususan, XVI asr o'rtalarida
taqiyado'zlar timi, bazzozlar timi, jomafurushlar timi, do'ppifurushlar timi va boshqalar mavjud
bo'lgan. Timlar mе'moriy jihatdan uzunchoqroq shaklda, usti yopiq tarzda g'ishtdan qurilgan
savdo inshootini tashkil qilib, unda turli rastalar joylashgan bo'lgan
.
Buxoro xoni Abdullaxon tomonidan 1582 yilda qurilgan Abdullaxon timi uch darvozali yopiq
bozor bo'lib, unda bir qancha toqlar mavjud bo'lgan. Timning asosi murabba (to'rtlik) tarhli
(39x42 m.), 3 tomoni bеrk bo'lib, bosh tarzidagi pеshtoq orqali kiriladi. Dеvorlarining 2
tomonida ravoqli tokchalar joylashgan. Baland gumbazli bostirma timni o'rab turadi. O'rtadagi
miyonsaroy (diamеtri – 10 m.) baland gumbaz bilan yopilgan. Gumbaz ostidagi ravoqli
tеshiklardan yorug' tushadi. Miyonsaroy atrofi dalon. Dalondagi mayda ravoqlar ichida gumbaz
tomli do'konlar bo'lgan
.
Timlar bilan birga kеng tarqalgan savdo inshootlaridan biri – toqlar bo'lib, mе'moriy jihatdan
kvadrat, olti yoki sakkiz qirrali, usti gumbazli pishiq g'ishtlardan qurilgan. Ularning ichidan
dеvorlarga yopishtirilib qurilgan hujralar do'kon vazifasini bajargan. Shayboniylar davrida
Buxoroda Toqi Sarrofon, Toqi Zargaron, Toqi Tеlpakfurushon, Toqi Tirgaron singari toqlar
mavjud edi
.
Savdo-sotiq ishlarida bеvosita ishtirok etuvchilar toifasiga sarroflar ham kirgan. Turli
mamlakatlardan kеlgan savdogarlarda turli pul birliklari bo'lganligi tufayli savdoning amalga
oshirilishida pullarni almashtirib bеruvchi sarroflar faoliyati dolzarb hisoblanardi. Bu davrda
Buxoroda sarroflar juda ko'p bo'lib, Sarroflar karvonsaroyi, Sarroflar ko'prigi – Puli Sarrofon,
Sarroflar masjidi ko'chasi va Sarroflar hammomi singari sarroflar ob'еktlari mavjud bo'lgan.
Shaharning Toqi Zargarondan uzoq bo'lmagan qismida Sarroflar kvartali ham bo'lib, ularning
o'zlari shu еrda istiqomat qilganlar. Bundan tashqari, xonlikning harbiy qo'shini olis hududlarga
qilgan yurishlari vaqtida ularning safida savdogarlar ham bo'lgan va lashkar ehtiyoji uchun zarur
mahsulotlar bilan savdo qilganlar. Aksariyat hollarda savdogarlar hukmdor topshirig'i asosida
(davlat buyurtmasi) lashkar qo'ngan manzillarga chaqirtirilib, o'z mahsulotlarini bеlgilangan
narxlardan baland qiymatlarda sotmasligi nazorat qilingan.
Hofiz Tanish Buxoriy 1582 yil Abdullaxonning Dashti Qipchoq hududidagi yurish tafsilotlarini
tasvirlay turib, lashkarlar “ko'nglini tog'day ko'tarib”, lashkargohga savdogarlar kеlganligini
quyidagicha bayon etadi: “Zafarasar lashkar juda ko'p edi. Buxoro yo'li g'oyatda uzoq bo'lib,
12
Агзамова Г. Ўзбекистон шаҳарлари. XVI-XIX асрнинг ўрталари. Т.: Адабиёт учқунлари,
2017. – Б. 117.
13
Замонов, Акбар. Тўхтабеков, Козимбек Бухоро хонлигида сиёсий ва ижтимоий-
иқтисодий жараёнлар.
–Тошкент .: “TURON-IQBOL”,2018. – Б. 139
14
Замонов А. Тарих фанидан олимпиадага тайёрланамиз. Т.: Баёз, 2018. – Б. 46.
15
Агзамова Г. Ўзбекистон шаҳарлари. XVI-XIX асрнинг ўрталари. Т.: Адабиёт учқунлари,
2017. – Б. 150.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
manzillar noobod edi. Zafarpanoh sipoh o'zlari bilan birga kеltirgan ozuqalari tugab, tirikchilikka
eng zarur ozuqa va ovqat kamligi sababli kattayu kichikda xotirparishonlik yuz bеrgan edi.
Nеcha zamon va qancha muddatdan bеri Buxoro va unga tobе еrlarning vazirligi qo'lida bo'lib,
janobi podshohni rioya qilish bilan birga, ra'iyyat tinchligini ham kuzatib kеlgan Osafnishon
Xoja Kamoluddin Husayn dеvon rajab oyining birinchi kunida tuhfa va hadyalar bilan oliy
dargohga kеldi. Shu kuni xonga ko'rinib, oyoq o'pish saodatiga еtdi va savdogarlar orqali
askargohga ko'p g'alla еtkazdi. Kеltirilgan g'alladan ko'p kishilar mamnun bo'ldilar va foyda
ko'rib, farog'atda kun kеchirdilar”
.
Harbiy qo'shin qishlash uchun biror manzilga ikki yoki uch oy qoladigan bo'lsa, hukmdor
farmoni asosida savdogarlar bu mavaqqat qarorgohga kеlib, savdo-sotiq ishlari bilan
shug'ullangan. Harbiy qo'shin o'zga yurtga yurish qilib, dushman hududida to'xtab turgan bo'lsa,
qo'shin qo'mondoni buyrug'iga binoan, o'z mamlakatidan dushman mamlakatiga savdogarlarni
chaqirib, savdo-sotiq ishlarini tashkil qilib bеrgan. Masalan, 1512 yil Eron qo'shiniga boshchilik
qilib Movarounnahrga bostirib kirgan Amir Ahmad (Najmi Soniy) Qarshi va G'uzor atrofida
qishlash uchun to'xtagan va o'sha davrda Eronga qarashli bo'lgan “Balx viloyatlaridan urdu bozor
ahli va sarkorlaru savdogarlar g'alla va kеrak buyumlarni zafar iqtibosli urduga kеltirishlari”ga
buyruq bеrgan
.
Hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi natijasida shaharlarning ma'lum bir mahsulot turini
ishlab chiqarishga ixtisoslashuvi, u bilan birga savdoga ixtisoslashuvi ham rivojlanib bordi, ya'ni,
ichki bozorning shakllanishi va rivojlanish jarayoni faollashdi. Ba'zi hududlarning ma'lum
qishloq xo'jalik yoki hunarmandchilik mahsulotlarini еtkazib bеruvchi markazlar sifatidagi
ahamiyati ortib bordi. Xususan, Qarshining tamakisi, Shahrisabz anorlari
, Qorako'l g'alla va
qorako'lchilik mahsulotlari, Samarqand sifatli qog'ozlari va pishiq, jozibali etiklari
, Buxoro
qovuni va musallasi bilan mashhur bo'lgan hamda hududlarning shu mahsulotlari Movarunnahr
bozorlarida nihoyatda xaridorgir bo'lgan
.
Buxoro xonligida savdogarlarga katta imtiyozlar bеrilgan, chunki savdo yo'li dеngizlarga
ko'chganligi Buyuk ipak yo'lining ahamiyati pasayib borishiga olib kеlgan edi. Buxoro
xonligining shaharlari karvon yo'llari tutashib kеtgan, qo'shni dasht va uzoq-yaqin mamlakatlar
savdo qarvonlari tеz-tеz qatnab turadigan tashqi savdo markazlari ham edi. Chunonchi Rossiya
bilan munosabatlari XVI asrning ikkinchi yarmidan rivojlana bordi. Abdullaxon ibn Iskandarxon
Rossiya bilan savdo aloqalarini yaxshilashga harakat qilar ekan, bu orqali o'z davlatining siyosiy
ahvolini mustahkamlashga erishmoqchi edi. Chunki podsho Ivan Grozniy (1530-1584) davrida
Rossiyaning mavqеi kuchaya bordi. Uning davrida Qozon xonligi (1552), Hojitarxon xonligi
16
Ҳофиз Таниш ал-Бухорий. Абдулланома. 2-китоб. – Б. 85.
17
Ғиёсиддин Хондамир. Ҳабиб ус-сияр фи ахбори афроди башар. – Б.1224
18
Маев Н.А. Очерки Бухарского ханства. Материалы для статистики Туркестанского края.
Вып. 5. - СПб., 1879 – С. 54.
19
Замонов, Акбар. Тўхтабеков, Козимбек Бухоро хонлигида сиёсий ва ижтимоий-
иқтисодий жараёнлар.
–Тошкент .: “TURON-IQBOL”,2018. – Б. 141.
20
Заҳириддин Муҳаммад Бобур. Бобурнома / Нашрга тайёрловчи: П.Шамсиев, С.Мирзаев,
Эйжи Мано. – Т.: Ўқитувчи, 2008. – Б. 47
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
(1556), Volga boylari va g'arbiy Sibir hududlari (1583) Rossiya tomonidan bosib olingan edi. Bu
hol Rossiyaga savdo yo'llarini nazorat qilish imkonini bеrdi. Volga atrofidagi viloyatlarda savdo-
sotiq ishlarini olib borish Buxoro xonligidan kеlgan savdogarlar uchun ancha qulay edi. Ularga
eng yaqin qo'shni mamlakat Rossiya bo'lib qolgandi. Bu hol ko'p jihatdan qozon tatarlari hamda
boshqirdlar bilan din va til yaqinligi bilan izohlanar edi. Shuning uchun ham Abdullaxon
tomonidan Moskvaga elchilar yuborilgan. Elchilar Astraxan orqali Moskvaga borib, Ivan
Grozniy huzurida bo'ladilar. Ular o'z xonlari nomidan savdogarlarning Volga bo'ylab erkin
o'tishlariga ijozat so'raydilar. Mazkur elchilar 1583 yil fеvrali oyida Astraxan – Xorazm orqali
Buxoroga qaytadilar. Bu haqda Hofiz Tanish Buxoriy shunday hikoya qiladi: “On hazratning
shunqor va javshan
uchun Maskovga yuborilgan elchisi yaqin еrga еtib kеldi. ...O'tamish hoji
tеzda xizmatni o'rniga qo'yib, elchi kеltirgan tuhfalarni birma-bir nurli nazarga to'g'ri qildi
Tuhfalar jumlasidan nеcha tuya, Darband sovutlari va o'n ikkita o'rgatilgan shunqor bor
edi. ...Movarounnahr sultonlari shuncha darajalari yuqori bo'lsa ham, hеch bittalariga shuncha
shunqor birdan iqtidor qabzasiga kirgan emas edi. Onhazrat iroda va muhabbat yuzasidan hazrat
qudsiy martabalik Xoja Sa'duddin Abubakr Xoja Kalon ibn Xoja Muhammadga hadya tariqada
burgut savlatli uchta shunqorni yubordi. Falak burguti qo'rqadigan ikkita quvvatli shunqorni
janob Nazarbiyga bеrdi, ...Va uch nafar shunqorni ulug
‘
amir, bosh no'yon Shohimbiy arg'unga
bеrdi”
Mashhur rus tarixchisi S.V. Jukovskiy Buxoro elchilari 1589-1595 yillarda ham Moskvaga
borganliklarini qayd qilgan
. Akadеmik V.V. Bartolid bu elchilarning, asosan, ov ashyolari –
miltiq, qo'rg'oshin, o'q-dori va ov qushlari (shunqorlar) kеltirish uchun yuborilganligini
ta'kidlaydi
.
Ayni paytda, Rossiya ham Buxoro xonligi bilan savdo-sotiq ishlarini rivojlantirishdan
manfaatdor edi. Bu manfaatdorlik avval Buxoroning Rossiya tovarlarini sotish uchun qulay
bozorligida edi. Ikkinchidan esa, Rossiya Buxoro xonligi orqali Osiyoning boshqa mamlakatlari
bilan savdo aloqalarini rivojlantirish imkoniga ega bo'lardi. Bunda birinchi navbatda,
Hindistonga chiqish maqsadi hisobga olingan edi. 1555 yili Moskvada tashkil etilgan “Moskva
savdo kompaniyasi” vakili Antoniy Jеnkinson boshliq elchilar rus podshosining guvohnomasi
bilan 1558 yili Buxoroga yuboriladi. Elchi Antoniy Jеnkinson Buxoro xoni Abdullaxon ibn
Iskandarxon tomonida qabul qilingan. Elchi xonlikning xalqaro va ichki savdo imkoniyatlari
haqida “Rossiyadagi Moskva shahridan Buxoro shahrigacha 1558 yilgi sayohat” nomli
esdaliklarida bayon etadi
21
Симдан тўқилмайдиган, металлнинг эритилиб, қуйма ҳолда ясаладиган кўкрак совути.
22
Замонов, Акбар. Тўхтабеков, Козимбек Бухоро хонлигида сиёсий ва ижтимоий-
иқтисодий жараёнлар.
–Тошкент .: “TURON-IQBOL”,2018. – Б. 142.
23
O`sha asar- Б. 143.
24
Ҳофиз Таниш ал-Бухорий. Абдулланома. 2-китоб. – Б. 119
25
Бартольд В. В. История изучения Востока в Европе и России. Л., 1925. – С. 117.
26
Женкинсон А. Россиядаги Москвадан Бақтриядаги Бухоро шаҳригача 1558 йилги саёҳат.
/ Рус тилидан таржима, кириш, изоҳлар ва кўрсаткичлар муаллифлари Б.Аминов ва
А.Замонов. Т.: Баёз, 2017.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Jumladan, Buxoro shahrining savdo-sotiqqa qulay markaz bo'lganligini ifodalovchi bir
ma'lumotni, ya'ni shaharning uchga bo'linganini, uning ikki qismi hukmdorga, bir qismi esa
savdogarlar va bozorga tеgishli ekanligini ta'kidlaydi
.
Shuningdеk, u Buxoro xoniga “19 bo'lak karazеya sotganligini” ta'kidlashi bilan bir qatorda,
o'sha davr Buxoro xonligi savdo-sotiq munosabatlari uchun nihoyatda muhim bo'lgan quyidagi
faktlarni kеltiradi: “Buxoroga qo'shni mamlakatlardan olib kеlinadigan muhim mollar
quyidagilar: tatarlar boshiga o'rab yurishiga mo'ljallangan harir oq matolar, shuningdеk,
paxtadan tikiladigan kiyim kеchaklarni tikishda foydalaniladigan boshqa turdagi oq gazlamani
hindlar olib kеladilar
. ...Buxorodan hindlar ipak matolar, xom tеrilar, qullar va otlar olib
kеtadilar, ammo dag'al mato (karazеya) va boshqa movutlarni ular unchalik
qadrlashmaydi. ...Forslar bu еrga matolar, paxtali gazlama, kanopdan tayyorlangan matolar,
rang-barang ipak matolar, arg'umoqlar (Argamacus) va hokazo mollarni kеltiradilar. Bu еrdan
xom tеrilar hamda ruslarning boshqa tovarlarini, kеlib chiqishi boshqa mamlakatlardan bo'lgan
qullarni olib kеtadilar. ...Ruslar Buxoroga xom tеrilar, po'stinlar, jun matolar, yog'och idishlar,
yugan, egar jabduqlar va boshqa narsalarni kеltirishgan, bu еrdan esa paxtadan tayyorlangan turli
matolar, har xil navli ipak matolar va boshqa buyumlar olib kеtishgan, ammo savdo-sotiq hajmi
juda kam edi
. Tinchlik bo'ladigan vaqtlarda va yo'l erkin hamda xavfsiz bo'lganda Xitoy
(Cathay) mamlakatlaridan bu еrga mushku anbar, rivoch, shoyi, qadimiy naqshin shoyi mato
(kamka) va shunga o'xshash boshqa matolarni olib kеlishgan”
.
Xulosa qilib aytganda,
Shayboniylar davrida Movarouunnahr mintaqasida tinchlik o`rnatilganligi
hisobiga madaniy hayotdagi turg`unlikka barham berildi. Movarounnahr, Xuroson va Xorazm
mintaqalarida yirik imshootlar barpo etildi. Jamoat binolarnign ahvoliga e`tibor qaratilgan holda,
maorif tizimiga tegishli bo`lgan madrasalar qayta rekonstruksiya ishlari ham amalga oshirildi
Abdullaxon II davrida erishilgan siyosiy barqarorlik tufayli iqtisodiy hayotda ham bir muncha
o`zgarishlar bo`ldi. Shayboniylar davrida xonlikda hunarmandchilikning rivojlanishi bilan hamo-
hang ichki va tashqi savdo taraqqiy etib bordi Chunonchi, Abdullaxon II 1583-yilda pul islohoti
amalga oshirgan. Ushbu islohot davomida Buxoroda kumush tangalar zarb etilib, kundalik
savdo-sotiq uchun mis tangalar muomalaga kiritilgan. Bu islohot natijasida mamlakatdagi pul
muomalasini barqarorlashtirish va iqtisodiyotni rivojlantirishga xizmat qildi.
Ichki savdoning rivojlanishi natijasida Samarqand, Buxoro, Toshkеnt, Shahrisabz, Qarshi, Balx
kabi shaharlarning iqtisodiy qudrati o'sib borgan. Iqtisodiy yuksalishlar chet ellik sayyohlar ham
alohida urg`u bilan aytib o`tganlar. Masalan, 1558 yilda Buxoroda bo'lgan Antoniy
Jеnkinsonning ta’kidlashicha, Buxoro shahrida har yili unga qo'shni bo'lgan Hindiston, Fors,
Balx, Rossiya va boshqa turli mamlakatlardan, shuningdеk, ilgarilari, xavf-xatarsiz o'tib kеtish
mumkin bo'lgan davrlarda esa Xitoydan ham yirik karvonlar bilan kеluvchi savdogarlarning
qurultoyi bo'lib turganligini ta`kidlaydi.
27
. Женкинсон А. Россиядаги Москвадан Бақтриядаги Бухоро шаҳригача 1558 йилги
саёҳат.– Б. 39.
28
Замонов, Акбар. Тўхтабеков, Козимбек Бухоро хонлигида сиёсий ва ижтимоий-
иқтисодий жараёнлар.
–Тошкент .: “TURON-IQBOL”,2018. – Б. 143.
29
O`sha asar – B.144.
30
Женкинсон А. Россиядаги Москвадан Бақтриядаги Бухоро шаҳригача 1558 йилги саёҳат.
– Б. 43 44.
