JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Malohat Saidmurodova
Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani
17-maktab ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi
BOBUR G‘AZALLARIDA QOFIYA,RADIF VA MAZMUN MUNOSABATI
Annotatsiya.
Ushbu maqolada shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur g‘azallarida
qo‘llanilgan radif,qofiya va mazmun munosabati hamda vazn xususiyatlari haqida ma’lumot
beriladi.
Kalit so‘zlar
: Bobur,radif,qofiya,vazn,mazmun,murdaf.
Абстрактный
. В статье представлена информация о соотношении радифа, рифмы и
содержания, а также о метрических характеристиках, используемых в газелях царя и
поэта Захириддина Мухаммада Бабура.
Ключевые слова
: Бабур, радиф, рифма, вес, содержание, мурдаф.
Annotation.
This article provides information about the relationship between radif, rhyme, and
content, as well as the features of meter, used in the ghazals of the king and poet Zahiriddin
Muhammad Babur.
Keywords
: Babur, radif, rhyme, meter, content,murdaf.
Buyuk shoh va olim Zahiriddin Muhammad Bobur boburiylar sulolasining asoschisi, buyuk
podshoh bo‘lish bilan birga shoir, yirik adabiyotshunos va tarixchi olim ham bo‘lgan.
Bobur devonidagi she’rlarning asosiy qismini g‘azal va ruboiy tashkil qiladi. Bobur
yashab ijod qilgan davrda g‘azal va ruboiy nafaqat o‘zbek balki, Sharq adabiyotida yetakchi
janrga aylangan edi. G‘azalning tasvir imkoniyatlari nihoyatda boy bo‘lib, unda har qanday his-
tuyg‘u,mushohada fikrni ifodalash qulay edi.
Mumtoz she’rlarimiz qofiya asosiga qurilar ekan, juda ko‘p hollarda qofiyaning radif bilan
qo‘llanilishi kuzatilgan. Radif “izma-iz” keladigan ma’nosini ifodalab, adabiyotshunoslikda
qofiyadan so‘ng kelib, aynan takrorlanuvchi so‘z birikmasini anglatadi. Radiflar she’rda
ifodalanayotgan asosiy g‘oyani ta’kidlash, o‘quvchi e’tiborini badiiy asarda ifodalanilishi lozim
bo‘lgan asosiy g‘oyaga jalb etib, ijodkor g‘oya va maqsadlarini kitobxonga yanada ravshanroq
yetkazib berishga xizmat qiladi.
Ridflarning joylashish o‘rniga e’tibor qaratsak, ular ikki yoki undan ortiq holda kelishi mumkin.
Shuningdek, mumtoz adabiyotimizda shunday baytlar borki, ular faqat qofiya va radifdangina
iborat bo‘lganlari ham uchraydi.
Adabiyotshunoslikda radif qo‘llangan g‘azallar muraddaf g‘azal nomi bilan yuritiladi.
Radif bayt misralari oxiridagi takrorlanuvchi so‘z bo‘lib, ohangdoshlikni ta’minlab beruvchi
asosiy unsurdir.Biz ushbu maqolamizda Bobur g‘azallarida qofiya,radif, vazn va mazmun
munosabatlarini ko‘rib chiqamiz.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Zahiriddin Muhammad Bobur ijodida radifli va radifsiz g‘azallar miqdori deyarli teng.
Iste’dodli ijodkor har ikkala usulda ham birdek betakror na’munalar yarata olish mumkinligini
g‘azallari misolida ko‘rsatib bera olgan. Umumiy son jihatidan radifli g‘azallar 60ta, radifsiz
g‘azallar esa 59tani tashkil qiladi.
Muraddaf qofiyali g‘azallarda ta’kid va murojaat ma’nosi kuchliroq bo‘lib, bu g‘azalning
badiiy qimmatini oshirgan.Odatda radiflar bir so‘zdan iborat bo‘ladi. Ammo 2 -3 so‘zdan iborat
radiflar ham ko‘p uchraydi.
Ko‘ngulga bo‘ldi ajoyib balo qaro soching,
Shikasta ko‘ngluma ermish balo qaro soching.
baytida radif bir so‘zdan iborat bo‘lsa,
Ko‘zumda muttasil ul egma qosh kerak bo‘lsa,
Qoshimda ko‘z yorug‘u ul quyosh kerak bo‘lsa.
baytida radif ikki so‘zdan iborat.
Shohi Sulton Uvays ban Mahmud.
Mohi Sulton Uvays ban Mahmud.
deb boshlanuvchi g‘azalida radif 4ta so‘zdan iborat.
Radif g‘azallarga o‘zgacha ohang va musiqiylik beradi. Asarning o‘qishliligini ta’minlaydi.
Radiflar she’rda ifodalanayotgan yetakchi fikrni ta’kidlash, o‘quvchi e’tiborini asosiy g‘oyaga
jalb etib shoir g‘oyaviy niyatini o‘quvchiga yaxshiroq yetkazib beruvchi vositalardan
hisoblanadi.
Masalan, Boburning
Kim ko‘ribdur,ey ko‘ngul,ahli jahondan yaxshilig‘,
Kimki andin yaxshi yo‘q,ko‘z tutma andin yaxshilig‘
Gar zamonni nayf qilsam ayb qilma, ey rafiq,
Ko‘rmadim hargiz, netoyin, bu zamondin yaxshilig‘!
deb boshlanuvchi g‘azalida “yaxshilig‘” radifi takrorlanib,yaxshilikni ulug‘lash ta’kidlanib
boradi.
1
Заҳириддин Муҳаммад Бобур. Куллиёт. 1-жилд/Девон. Тошкент: “Zilol buloq”, 2021. – Б.123.
2
Заҳириддин Муҳаммад Бобур. Куллиёт. 1-жилд/Девон. Тошкент: “Zilol buloq”, 2021. – Б.77.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Ul ahd ila paymon qani, ey yor, ne bo‘ldi?
Ul lutf ila ehson qani, ey yor, ne bo‘ldi?
Kettim meni hayron eshigingdin demading hech,
Ul telbayi hayron qani, ey yor, ne bo‘ldi?
Yuz ko‘rsatibon el ichida lutf etar erding,
Ul lutfi namoyon qani, ey yor, ne bo‘ldi?
Ushbu g‘azalda ham radif bir necha so‘zdan tashkil topgan va ritorik so‘roq gapda murojaat
ma’nosini ifodalagan. Oshiqning mashuqasidan o‘pkalanishi, va’dasiga vafo qilmagan yordan
yozg‘irishi, shikoyatlari radif orqali ochib berilgan.
Agarchi sensizin sabr aylamak, ey yor, mushkildur,
Sening birla chiqishmoqliq dog‘i bisyor, mushkildur
Ushbu g‘azalda ham radif orqali asosiy ma’noni ilg‘ash qiyinchilik tug‘dirmaydi. Chunki
oshiqning mashuqasiga erishish yo‘lidagi qiyinchiliklari, azob uqubat chekishi, “mushkul”
ekanligi ta’kidlangan.
Turkiy adabiyotda g‘azalning shunday turi ham borki, unda qofiya ishtirok etmaydi. Bunday
g‘azallarda butun she’r “yuki” radifga tushadi. Ohangdorlik radif orqali ifodalanadi. Bu kabi
g‘azallar adabiyotshunoslikda harora g‘azallar nomi bilan yuritiladi. Jahon Otin Uvaysiy ijodida
harora g‘azal namunalari uchraydi.
Xulosa qilib aytganda, Bobur g‘azallarida qo‘llanilgan qofiyalar o‘zaro mutanosib va olimning
yuksak did, so‘z tanlash qobiliyati hamda iste’dodini ko‘rsatib bergan.Shoir ijodidagi g‘azallar
qofiya asosiga qurilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Zahiriddin Muhammad Bobur.Kulliyot.1-jild. –T.: Zilol buloq,2021.
2.Bobur Zahiriddin Muhammad. Boburnoma. –T.: O‘qituvchi, 2017.
3. Hojiahmedov A. She‘riy san‘atlar va mumtoz qofiya. – T.: Sharq, 1998.
4. Hojiahmedov A. Mumtoz badiiyat malohati. – T.: Sharq, 1999.
5. Sirojiddinov Sh., Yusupova D. Navoiyshunoslik. – T.: Tamaddun, 2018.
6. Yusupova D. Aruz vazni qoidalari va mumtoz poetika asoslari. – T: Ta‘lim-mediya, 2019.
3
Заҳириддин Муҳаммад Бобур. Куллиёт. 1-жилд/Девон. Тошкент: “Zilol buloq”, 2021. – Б.159
