JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Jalolov Lutfullo
Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti
YOSHLARNI HARBIY-VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHNING
IJTIMOIY-PEDAGOGIK ASOSLARI
Annotatsiya:
Mazkur maqolada yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning ijtimoiy-
pedagogik asoslari tahlil qilinadi. Yurt tinchligi, milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ularining
shakllanishida ta’lim-tarbiyaning roli ochib beriladi. Harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi vositalari,
shakllari va yo‘nalishlari ijtimoiy muhit, oila va ta’lim muassasalari bilan uzviy aloqadorligi
asosida yoritiladi. Tadqiqotda yosh avlod ongida vatanparvarlik qadriyatlarini shakllantirishda
ijtimoiy pedagogikaning samarali usullari tavsiflanadi.
Kalit so‘zlar:
vatanparvarlik, harbiy tarbiya, ijtimoiy pedagogika, yoshlar, ijtimoiy muhit, ta’lim
tizimi, tarbiyaviy metodlar.
Kirish
Bugungi globallashuv davrida yoshlarni milliy qadriyatlar asosida, ayniqsa, harbiy-
vatanparvarlik ruhida tarbiyalash dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Vatan tinchligi va
xavfsizligini ta’minlashda ongli, vatanparvar avlodni tarbiyalash har bir jamiyatning ustuvor
vazifasidir. Ushbu maqolada mazkur tarbiya yo‘nalishining ijtimoiy-pedagogik asoslari
o‘rganilib, amaliy jihatdan qanday yondashuvlar samara berishi aniqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida
tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori, 29.06.2023
yildagi 267-son da Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga doir ishlar
samaradorligini yangi bosqichga olib chiqish, mazkur yo‘nalishda davlat va nodavlat
tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faolligini yanada oshirish, yoshlar
ongiga vatanparvarlik, mardlik tuyg‘ularini singdirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror
qiladi:
1. Quyidagilar:
2023 — 2027-yillarda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini
oshirish konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq;
2023 — 2027-yillarda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini
oshirish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” (keyingi o‘rinlarda — “yo‘l
xaritasi) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Bu qarorning “Umumiy qoidalar” nomli bobida quyidagi ma’lumotlar keltirilgan:
Bugungi globallashuv va keskin raqobat davrida, dunyoning turli burchaklarida, jumladan,
mintaqamizda yuz berayotgan qurolli mojarolar va qarama-qarshiliklar, yangi tahdid va xatarlar
oldimizga kechiktirib bo‘lmaydigan dolzarb vazifalarni qo‘ymoqda.
1. Aynan shunday sharoitda mamlakatimiz yoshlarini vatanparvarlik, shu jumladan, harbiy-
vatanparvarlik, yuksak ma’naviy-axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularning ongiga tinchlik
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
va totuvlikni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash zarurligini chuqur singdirish, “Xalq va armiya
— bir tanu, bir jondir!” degan ezgu g‘oya asosida yoshlar tarbiyasiga mas’ul vazirlik va
idoralarning kuch va imkoniyatlarini bir g‘oya, bir maqsad asosida birlashtirish talab etilmoqda.
2. 2023 — 2027-yillarda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasi
(keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston
Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining farmon va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari asosida ishlab
chiqilgan hamda sohaga oid dasturlar va kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun asos
bo‘ladi.
3. Har qanday og‘ir va murakkab vaziyatda Vatanimizni ko‘z qorachig‘idek asrash, uning
shuhratini dunyoga tarannum etish bilan bog‘liq eng muhim tushunchalarni, hayotiy va
professional ko‘nikmalarni ilm-ma’rifat, shuningdek, milliy qadriyatlar asosida yoshlarning qalbi
va ongiga ilk bolalik davridan boshlab singdirib borish orqali vatanparvar, sadoqatli hamda
shijoatli yoshlarni kamol toptirish Konsepsiyaning asosiy mohiyatini tashkil etadi.
4. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash “Vatan — ulug‘, burch — muqaddas!”
konseptual g‘oya ostida tashkil etilib, unda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, har
tomonlama rivojlantirish, qat’iy fikr va e’tiqodga ega shaxsni shakllantirish asosiy vazifa etib
belgilanadi.
Adabiyotlar tahlili va metodologiyasi
Tadqiqotda pedagogika, ijtimoiy pedagogika va harbiy tarbiya sohalariga oid ilmiy manbalar
tahlil qilindi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari, harbiy-patriotik tarbiya
dasturlari, zamonaviy pedagogik konsepsiyalar o‘rganildi. Metodologik yondashuv sifatida
kuzatuv, so‘rovnoma, tajriba-sinov ishlari va statistik tahlil usullari qo‘llanildi. Shuningdek,
amaliyotchi pedagog va tarbiyachilar bilan suhbatlar tashkil etilib, ularning tajribalari o‘rganildi.
Natijalar
Tadqiqot natijalariga ko‘ra:
Harbiy-vatanparvarlik tarbiyasining samaradorligi ta’lim muassasalari, oila va ijtimoiy
muhit o‘rtasidagi uzviylikka bog‘liq ekani aniqlandi.
Maktablarda harbiy fanlar va sport tadbirlarini uzviylashtirish orqali vatanparvarlik ruhini
shakllantirish mumkinligi isbotlandi.
Harbiy xizmatga qiziqishni oshirish uchun yoshlar bilan motivatsion suhbatlar, uchrashuvlar,
vatan himoyachilari bilan uchrashuvlar samarali vosita ekani kuzatildi.
Muhokama
Harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi faqat maktab yoki kollej doirasida emas, balki keng ijtimoiy
muhitda amalga oshirilishi kerak. Ota-onalar, mahalla faollari, harbiy xizmatchilar bilan
hamkorlikni kuchaytirish – bu tarbiyaning uzviy va tizimli bo‘lishiga zamin yaratadi. Bugungi
kunda ijtimoiy tarmoq va ommaviy axborot vositalari orqali yoshlar ongiga ta’sir etish
imkoniyati mavjudligi inobatga olinib, mazmunli, vatanparvarlik g‘oyalari bilan boyitilgan
kontentlar ishlab chiqilishi lozim.
Xulosa
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash — bu nafaqat pedagogik, balki keng ko‘lamli
ijtimoiy jarayondir. Bu yo‘nalishda ijtimoiy pedagogikaning zamonaviy yondashuvlarini
amaliyotga tatbiq etish, ijtimoiy hamkorlikni kengaytirish va milliy qadriyatlarga tayangan holda
tarbiyaviy ishlarni olib borish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biridir. Tarbiya
jarayoniga barcha ishtirokchilarni jalb etish orqali barqaror va sog‘lom jamiyatni shakllantirish
mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori. "2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi
O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi". – Toshkent, 2022.
2. “Harbiy-vatanparvarlik tarbiyasini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom. – O‘zbekiston
Respublikasi Mudofaa vazirligi nashri, 2021.
3. Abduvaliyev A. va boshqalar.
Vatanparvarlik tarbiyasi asoslari
. – Toshkent: O‘qituvchi,
2018.
4. Karimov I.A.
Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch
. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008.
5. Xamidova Z.M.
Ijtimoiy pedagogikaning nazariy va amaliy asoslari
. – Toshkent: TDPU
nashriyoti, 2020.
6. G‘afurov Q.
Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat
. – Toshkent: TDPU, 2019.
7. Muxitdinova N.A.
Harbiy-patriotik tarbiyaning pedagogik asoslari
. – Toshkent: Fan, 2021.
8. Astanov O.
Yoshlar tarbiyasida ijtimoiy hamkorlik
. – Samarqand: SamDU nashriyoti, 2020.
