Authors

  • Dilnavoz Ubaydullayeva
    Student of the Department of Philology and Language Teaching (Korean language) of the Uzbekistan State World Languages University

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jassh.69758

Keywords:

Hangul(한글) Han(한) Jeong(정) Koryo(고려) Sijo(시조)

Abstract

Ushbu maqola Koreys tilidagi so‘zlarning etimologiyasini va Koreys xalqi tilining tabiatga bo‘lgan munosabati bilan bog‘liqligini o‘rganishga bag‘ishlangan. Shuningdek, maqolada, koreys xalqining tabiatga bo‘lgan munosabati tilida qanday aks etganligi o‘rganiladi.


background image

J

ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd

Scientific Horizon
Volume 1, Issue 1, Series A 2025

49

KOREYS TILIDAGI SO’ZLARNING

ETIMOLOGIYASI VA ULARNING XALQ TABIATIGA

BOG’LIQLIGI

Ubaydullayeva Dilnavoz Shuhrat qizi

Student of the Department of Philology and

Language Teaching (Korean language)

of the Uzbekistan State World Languages University

Annotatsiya:

Ushbu maqola Koreys tilidagi so‘zlarning etimologiyasini va

Koreys xalqi tilining tabiatga bo‘lgan munosabati bilan bog‘liqligini o‘rganishga

bag‘ishlangan. Shuningdek, maqolada, koreys xalqining tabiatga bo‘lgan

munosabati tilida qanday aks etganligi o‘rganiladi.

Аннотация:

Данная статья посвящена изучению этимологии слов

корейского языка и связи языка корейского народа с его отношением к

природе. Также в статье рассматривается, как отношение корейского народа

к природе отражается в их языке.

Annotation:

This article explores the etymology of Korean words and the

relationship between the language of the Korean people and their relationship to

nature. The article also examines how Korean people's attitude to nature is

reflected in their language.

Kalit so’zlar:

Hangul

(

한글

)

,

Han(

),

Jeong

(

)

, Koryo(

고려

), Sijo(

시조

)

Ключевыеслова:

Хангыл

(

한글

)

, Хан

(

)

,Чон

(

),

Корё(

고려

),

Сиджо(

시조

)


background image

J

ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd

Scientific Horizon
Volume 1, Issue 1, Series A 2025

50

Keywords:

Hangul

(

한글

)

, Han

(

)

, Jeong

(

)

, Koryo(

고려

),

Sijo(

시조

)

Koreys tili

– koreyslar so’zlashuvda foydalanadigan tildir. Bu til Oltoy

tillariga baʼzan esa toʻngus-manjur tillariga kiradi, degan taxminlar bor. KXDR

(ShimoliyKoreya) hamda Janubiy Koreyaning rasmiy tili. Bu tilda 66.3 mln. Kishi

soʻzlashadi. Uning genetic jihatdan boshqa tillar bilan bogʻliqligi aniqlanmagan.

Koreys tilining shimoli-sharqiy, shimoli-gʻarbiy, markaziy, janubi-sharqiy, shimoliy

va janubiy shevalari bor. Koreys tilida 40 fonema mavjud.Ulardan 19tasi undosh va

21tasi unli. Feʼl zamonlari hozirgi, 2 ta oʻtgan va 2 ta kelasi zamon shakllaridan

iborat. Sonlar birlik va ko’plikka farqlanmaydi. Leksikasi va lug’atida xitoy tilidan,

moʻgʻul, sanskrit, va baʼzi Yevropa tillaridan oʻzlashgan soʻzlar bor.

Koreys tili 1993-yilgacha „standart til“, 1966-yilda „madaniy til“ degan nom

olgan. Bu tilning 2 turi ham KXDR hamda Koreya Respublikasida qoʻllanib

kelinadi. KXDRda koreys yozuvi, Koreya Respublikasida xitoy-koreys aralash

yozuvi qoʻllanadi. Koreyslarda o’z yozuvlari yaratilmaguniga qadar ular boshqa

ba’zi bir Markaziy Osiyo davlatlari singari xitoyliklarning “Hanja” hamda “Hanzi”

yozuvlaridan foydalanishgan. Ammo bu davrda Xitoy tilida yozib Koreys tilida

o’qish qiyin edi. Bundan tashqari Xitoy tilida iyerogliflar ko’pligi sababli ko’pchilik

oddiy aholi uni o’rgana olishmagan. Keyinchalik, 1443-yilda qirol Sejong

tomonidan alifbo “Hangul” (

한글

)

tuziladi.

Asosiy sababi:

Oddiy xalq ham ilmli bo’lishi, o’qish va yozishni oson

o’rganishi uchun koreys alifbosi yaratilgan.


background image

J

ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd

Scientific Horizon
Volume 1, Issue 1, Series A 2025

51

Bu Koreys tili rivoji uchun juda katta qadam bo’ldi. 1446-

훈민정음

(Hunminjeongim) deya nom berilgan. 1997-yilda

YUNESCO jahon milliy merosi sifatida tan olindi. Yuqorida aytib

o’tilganidek, koreys alifbosi 19ta undosh va 21ta unlidan iborat.

Qirol Sejong tuzgan vaqtlarda esa unda 28ta harf mavjud bo’lgan.

Biroq keyinchalik undagi xato va kamchiliklar o’rganilib ba’zi harflar olib

tashlangan ba’zilari esa qo’shilgan. Koreys tilidagi barcha harflar uchta belgi asosida

yaratilgan. Bular: osmon(

하늘

)[●], odam(

사람

)[

], yer(

)[

]. Har yili 9-

oktabrda Koreyada Koreys alifbosi kuni keng miqyosda nishonlanadi.

Koreys tilining evolyutsiyasi haqida gapiradigan bo’lsak,

tarixiy davrlarda

asosiy ikki bosqichni: “Old Korean”(Qadimgi Koreys tili) hamda “Middle

Korean”(O’rta davr Koreys tili) ni o’z ichiga oladi.

Old Korean

, ya’ni qadimgi davr – Miloddan avvalgi 1-ming yillikdan to

milodiy 10-11-asrlargacha davom etgan. Bu davrda ko’pchilik Koreyadagi qabilalar

turli xil tillarda gaplashishgan bo’lsa-da, bu davr tilini deyarli hamma tushunishgan.

Bu davrdagi tilda undoshlar unlilarga qaraganda ancha ko’proq bo’lgan. Xitoy

yozuvi “Hanja” Koreyaga miloddan avvalgi 4-3-asrlarda kirib kelgan. Bu yozuv

dastlab Koreyada faqatgina yozma til sifatida xizmat qilgan, ammo u juda ham

murakkab va qiyin bo’lib, o’rganish uchun juda ham ko’p bilim talab qilingan.

Qadimgi koreyslar ideogrammalardan foydalanishgan. Bu davrdagi yozma

manbalar “SamgukSagi”(Uchqirolliktarixi) – unda Koreys tili haqida xitoy yozuvi

asosida yozilgan. “SamgukYusa”(Uch qirolliklarning yodgorliklari) – u ham

xitoycha yozuvda yozilgan. U koreys tarixiy voqealari va afsonalarini o’z ichiga

oladi. Xitoy tilining ta’siri baribir Koreys tilida qolib ketgan. Masalan, ko’pchilik

so’zlar ham haligacha ishlatiladi. Bu so’zlar Xitoy tilidan olingan bo’lib, lekin

Koreyaning o’ziga xos talaffuzi va grammatikasi bilan uyg’unlashgan. Bu so’zlar

ko’pincha ikki yoki uch bo’lakdan tashkil topgan. Misol uchun:


background image

J

ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd

Scientific Horizon
Volume 1, Issue 1, Series A 2025

52

Koreyscha

:

hak

(

) - "ilm",

Xitoycha

:

(xué)

Koreyscha

:

gwon

(

) - "boshqaruv",

Xitoycha

:

(quán)

Bu so‘zlar Xitoydan kelgan bo‘lsa-da, ular Koreyaning o‘z

tilida talaffuz qilinadi va grammatik jihatdan Koreys tiliga moslashtirilgan.

Raqamlar borasida koreyslar ham Xitoyliklarnikini keng qo’llashadi.

Xususan:

Rasmiy raqamlar

: Xitoycha sonlar, masalan, telefon raqamlari, yillar,

sanalar va boshqalarda ishlatiladi. Misol uchun, "1999-yil" deyilganda Xitoycha

sonlar ishlatiladi.

Sanalar va vaqt

: Xitoycha sonlar vaqtni ko‘rsatishda ham ishlatiladi,

masalan, soatni aytishda yoki sanani aytishda ishlatiladi.

Katta sonlar

: Xitoycha sonlar katta sonlarni ifodalashda ishlatiladi, chunki

ular ancha rasmiydir.

Xitoycha sonlar Koreys tiliga ta’siri asosan ikki jihatdan seziladi.

Birinchisi yozuvda

– Koreyada rasmiy yozuvda Hanja sonlari ishlatiladi, bu

esa Xitoy tilining ta’sirini ko‘rsatadi.

Ikkinchisi

t

alaffuzda

- Hanja sonlarining

talaffuzi Koreys tilida Xitoy tili talaffuziga moslashgan bo‘lsa-da, koreyscha

talaffuzda ba'zi o‘zgarishlar mavjud.

Middle Korean

(o’rta davr) –10-15-asrlar oralig'ida, ayniqsa Goryeo sulolasi

(918–1392) va Joseon sulolasi (1392–1897) davrida. Bu davrda Koreys tili ancha

soddalashgan. Bu davrda ikki xil talaffuz tizimi mavjud bo’lgan: o’qish tili hamda

og’zaki talaffuzdir. Hangul ham aynan shu davrda yaratilgan. O’rta asrlarda asta-


background image

J

ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd

Scientific Horizon
Volume 1, Issue 1, Series A 2025

53

sekin Hangul alifbosiga o’tilgan. So’zlashuvda ham turli darajalar

va hurmat ifodalari (7xil) qo’llanilgan. O‘rta Koreys tilida yozma til,

ko‘proq yuqori ijtimoiy sinf vakillari tomonidan ishlatilgan. Bu

davrda Koreyada ilmiy va madaniy rivojlanishlar yuz berdi. Buning

natijasida yozma adabiyotlar, diniy matnlar va tarixiy asarlar

ko‘paydi. Joseon sulolasi hukmronligi davrida, yozma adabiyot va san'atda katta

taraqqiyot bo‘ldi. Xususan, o‘rta davr Koreys tilida yozilgan asarlar Koreya

tarixining muhim qismiga aylandi.

Xo’sh shu o’rinda farqlari va o’xshashliklari borasida savol tug’iladi,

ularga esa bir nechta misollar keltirishimiz mumkin:

Yozuv tizimida Qadimgi davrda Hanja, O’rta davrda esa Hangul ishlatilgan

Fonologiyada ham xuddi shunday, Qadimgi davr xitoy tiliga yaqin bo’lgan

bo’lsa, o’rta davr Koreys talaffuziga yaqinlashgan.

O’rta asrlarda ilm-fan, adabiyot va madaniyat ancha rivojlangan. Bu davr

Koreys tili rivoji uchun poydevor bo’lgan.

Koreys tilidagi ayrim terminlar

Han

(

) –

atamasi koreys tilidagi keng tarqalgan va muhim so’zlardan

biridir. Han koreys madaniyatida asosan qayg’u, g’amginlik yoki biror umid

ortidan intilish his-tuyg’ularini ifodalovchi so’z sifatida foydalaniladi. Han koreys

xalqining uzoq tarixiy umri davomida yuzaga kelgan qayg’uli kunlar,

adolatsizliklar, ruhiy og’irliklarni bildiruvchi so’z sifatida paydo bo’lgan. Bu so’z

azob-uqubatlarga qarshi kurash uchun kuchni ham anglatadi. Biror bir shaklda

amalga oshmasa ham xafa bo’lish va kurashish hissiyotlarini anglatadi. Han ni turli

xil filmlarda, musiqalarda yoki adabiyotlarda ko’rishimiz mumkin. U yanada

mazmunliroq gapirishga yordam beradi. Bu so’zning yana bir necha ma’nosi bor:


background image

J

ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd

Scientific Horizon
Volume 1, Issue 1, Series A 2025

54

Han (

)

— bu

Koreyscha

son bo‘lib, u ko‘pincha

"bir"

yoki

"birinchi"

ma'nolarida ishlatiladi. Masalan,

Han-guk (

한국

)

"Koreya" degan ma'noni anglatadi, bu so‘z Koreya xalqi yoki

mamlakati

haqida gapirganda ishlatiladi.

Han (

)

— koreys tilida ba'zan

"katta", "yirik"

degan ma'noni ham

anglatadi. Bu so‘z, odatda, ba'zi iboralar yoki nomlarda, masalan,

Han-gang (

한강

)

— "Han daryosi" (Koreyada joylashgan eng katta daryo) kabi ishlatiladi.

Han (

)

koreys madaniyati va tilida juda kuchli ma'no kasb etadi. Bu so‘z

Koreya xalqining tarixiy og‘riqlarini, ruhiy holatini, adolatsizlikka qarshi kurashini

va amalga oshmagan orzularini ifodalovchi psixologik va madaniy tushuncha

sifatida juda muhimdir. Bu holat nafaqat xalqning tarixi bilan bog‘liq, balki uning

tilida ham chuqur iz qoldirgan.

Jeong(

) –

koreys madaniyatidagi yana bir atama bo’lib, u hamdardlik, sevgi,

muhabbat, tinchlik kabilarni bildiradi. Bu so’zning nozik ammo juda kuchli hissiy

ma’nolari ham bor. Jeong shaxslar o’rtasidagi mustahkam bog’lanishni anglatadi.

Bu uzoq vaqt davomida birga bo’lgan insonlar orasida shakllanadi. Bu

munosabatlardagi: samimiyat, hamdardlik, hamma yaxshi hislatlarni bildiradi.

Koreyscha

Jeong

faqatgina romantik yoki oilaviy munosabatlarni bildirish bilan

cheklanmaydi, balki

yana boshqa ijtimoiy aloqalarda

, misol uchun, qo‘shnilar

o‘rtasida, yoki hatto uzoq vaqt davomida bir-birini bilgan notanish odamlar o‘rtasida

ham bo'lishi mumkin. Koreys filmlaridagi samimiy his-tuyg’ularni yanada real

namoyish etish uchun Jeong juda ham qo’l keladi. Bunday filmlarda koreys

madaniyati yanada chiroyli ekanligiga amin bo’lishimiz mumkin.

Koryo (

고려

):

bu koreys tili rivojlanishining eng muhim bosqichlaridan biri

bo’lgan. Koreys tili Oltoy til oilasiga mansub deb qaraladi. Ba’zi manbalarda


background image

J

ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd

Scientific Horizon
Volume 1, Issue 1, Series A 2025

55

mongol, turkiy va tungus tillariga aloqador deyilsa-da, bu hali

aniqlanmagan. Koryo davrida Xitoy tilining ta’siri juda ham katta

bo’lgan. Aynan shu davrda ideogrammalardan foydalanilgan.

Xitoyning Konfutsiylik va Buddaviylik ta’limotlaridan kelib

chiqqan so’zlar va iboralar ham koreys tiliga kiritilgan. Koryo

davrida koreys tilining o‘ziga xos mahalliy shakllari ham rivojlanib borgan. Bular

asosan

qishloq hududlarida

, kichik guruhlarda yoki maxsus ijtimoiy sinflarda

qo‘llanilgan. Xalq tili va oddiy odamlarning so‘zlashuvi, yuqori ijtimoiy

tabaqalarning foydalanadigan rasmiy yozuvi va so‘zlari bilan farq qilardi. Koryo

davrining oxirida ham Hangul hali yaratilmagan edi. Yozuv tizimida Hanja keng

qo’llanilgan davr. Koryo davrida koreys tili, asosan, Xitoy ta'sirida bo‘lib, ko‘plab

xitoycha so‘zlar va yozuv tizimlari koreys tiliga kirgan. Shuningdek, xalq tili,

mahalliy tillar va grammatik o‘zgarishlar ham koreys tilining shakllanishiga katta

hissa qo‘shgan. Tilda evolyutsiya jarayonlarining davom etishi va o‘zgarishi Koryo

davridan keyingi Joseon davrida yanada kuchaygan, chunki Hangul yaratilishi bilan

koreys tilining mustaqil yozuv tizimi paydo bo‘lgan.

Madaniyatning tilga ta’siri

Sijo(

시조

) –

bu Koreyaning eng qadimiy va mashhur she’riy janrlaridan biri

bo’lib, Koryo davrida shakllangan. Sijo she’rlar asosan 3qatordan va 14-16

bo’g’indan iborat qilib yozilgan. Har bir qatorning aniq bir tuzilishi bo’lgan.

Bular:

Birinchi qator -

She’rning boshlanishi bo’lib, mavzu yuzasidan tanishtirish, voqea

yoki asosiy fikr keltiriladi.

Ikkinchi qator -

Birinchi qatorning g’oyasi izohlanadi.

Bu qatorda ko’p hollarda tahlil keltiriladi.

Uchinchi qator -

She’rning yakuniy qismi

bo’lib, unda xulosa yoziladi yoki axloqiy saboq keltiriladi.

Sijo she’ri asosan, sevgi, tabiat, hayotning mazmuni va go’zallik kabi

mavzularni yoritib bergan. Bunday she’rlarda asosan turli hikmatlarga bog’liq


background image

J

ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd

Scientific Horizon
Volume 1, Issue 1, Series A 2025

56

bo’lgan ramzlar beriladi. Bunday she’rlar qadimda juda ham muhim

o’ringa ega bo’lgan, bugungi kunga kelib ham o’z ahamiyatini

yo’qotmagan.

Afsona va eposlar –

Koreya madaniyati, til haqidagi turli

tushunchalarni avloddan-avlodga yetkazish uchun eng qulay vosita bo’lgan. Koreya

afsonalari va eposlari ko’pincha tarixiy voqealarni, insoniyatning ma’naviy

qadriyatlarini aks ettirgan. Koreya eposlari nafaqat xalq og’zaki ijodi sifatida

shakllangan, balki rasmiy yozuvda ham ko’plab so’zlar yuritilgan.

“Samguk

Yusa”(

삼국유사

)

Koreys eposlaridan biri bo’lib, unda 3ta qadimiy davlatning tarixi

va afsonalari keltirilgan. Bu asar orqali ko’plab ibora va so’zlar Koreys tiliga kirib

kelgan. Koreya afsonalaridan ayrim ramzlar ham kirib kelgan.

Masalan:

“Cheong”(

,

청정

) –

tozalik va muqaddaslikni ifodalaydi.

“Baek”(

)

– so’zi oq rangni, poklikni anglatadi.

"Sin"(

)–

“xudo” yoki “kuch” kabi ma’nolarni anglatadi.

Koreya afsonalari va eposlari koreys tiliga katta ta'sir ko‘rsatgan, chunki ular

tilning leksikasini, grammatikasini va semantikasini boyitgan. Bu afsonalar va

eposlar, faqat hikoyalar sifatida emas, balki madaniy va ma'naviy qadriyatlarni

ifodalovchi vosita sifatida ham tilni shakllantirishda muhim rol o‘ynagan. Ularning

ta'siri, ayniqsa, so‘zlarning ramziyligi, diniy va tabiiy tushunchalarga asoslangan

ifodalarda va og‘zaki adabiyotda namoyon bo‘lgan.

Shunday qilib, Koreys tili bugungi kundagi ko’rinishiga kelishi uchun juda ham

uzoq davrlarni boshidan kechirgan va bu til bugungi kunda ham rivojlanib

bormoqda. Boshqa chet mamlakatlarida ham keng miqyosda o’rganilayotgan tillar

ro’yxatida turadi.


background image

J

ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd

Scientific Horizon
Volume 1, Issue 1, Series A 2025

57

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

RO’YXATI:

1.

The Korean Language. I. S. Yang. 1990. C-45-46

2.

The History of the Korean Language. Ho-Min Sohn.1999. C-30-33

3.

Korean: A Linguistic Introduction. William O'Grady, John Archibald, Mark

Irwin, and Jongho Lee. 2005.

4.

The Korean Sijo: Its Form and Meaning. Peter H. Lee.1986. C-10

5.

Sijo and Korean Poetry. Jeyseon K. Lee. C-27 //

144958215.pdf

6.

Korean Linguistics (Korean Language Society Journal)

7.

Language and Linguistics (Language and Linguistics Journal)

8.

Naver Dictionary

: https://dict.naver.com/

9.

К. Б. Куротченко, М.В. Леонов, Ю.И.Швецов. КОРЕЙСКИЙ ЯЗЫК.

Москва- 2005

10.

Korean Studies

:

http://www.koreanstudies.org/

References

The Korean Language. I. S. Yang. 1990. C-45-46

The History of the Korean Language. Ho-Min Sohn.1999. C-30-33

Korean: A Linguistic Introduction. William O'Grady, John Archibald, Mark Irwin, and Jongho Lee. 2005.

The Korean Sijo: Its Form and Meaning. Peter H. Lee.1986. C-10

Sijo and Korean Poetry. Jeyseon K. Lee. C-27 // 144958215.pdf

Korean Linguistics (Korean Language Society Journal)

Language and Linguistics (Language and Linguistics Journal)

Naver Dictionary: https://dict.naver.com/

К. Б. Куротченко, М.В. Леонов, Ю.И.Швецов. КОРЕЙСКИЙ ЯЗЫК. Москва- 2005