Authors

  • Dilshoda Abduraxmonova
    Student of the Department of Philology and Language Teaching ( Korean language) of the Uzbekistan State World Language University

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jassh.69764

Keywords:

Agglyutinativ Hangul alifbosi turkiy tillar so’z tartibi aspiratsiyalangan undoshlar tensiv undoshlar xitoy iyerogliflari

Abstract

Ushbu maqola koreys va  o’zbek tillarining grammatik  o’xshashliklari va farqlari tahlil qilinadi. Shuningdek , maqolada fonetika , fe’l zamonlari   va yozuv tizimi kabi  farqli jihatlari  ham o’rganiladi 


background image

J

ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd

Scientific Horizon
Volume 1, Issue 1, Series A 2025

62

KOREYS VA O’ZBEK TILLARINING GRAMMATIK

O’XSHASHLIKLARI VA FARQLARI

Abduraxmonova Dilshoda Abdusalom qizi Student of the

Department of Philology and Language Teaching

( Korean language) of the Uzbekistan

State World Language University

Annotatsiya:

Ushbu maqola koreys va o’zbek tillarining grammatik

o’xshashliklari va farqlari tahlil qilinadi. Shuningdek , maqolada fonetika , fe’l
zamonlari va yozuv tizimi kabi farqli jihatlari ham o’rganiladi .

Аннотация:

В данной статье анализируются грамматические сходства и

различия корейского и узбекского языков. Также рассматриваются такие
отличительные аспекты, как фонетика, времена глаголов и система письма.

Annotation

:This article analyzes the grammatical similarities and differences

between the Korean and Uzbek languages. It also examines distinctive aspects such
as phonetics, verb tenses, and the writing system.

Kalit so’zlar

: Agglyutinativ, Hangul alifbosi ,turkiy tillar , so’z tartibi

,aspiratsiyalangan undoshlar , tensiv undoshlar, xitoy iyerogliflari.

Ключевые слова

: агглютинативный, алфавит Хангыль, тюркские языки,

порядок слов, аспирированные согласные, тензивные согласные, китайские
иероглифы.

Keywords

: Agglutinative, Hangul alphabet, Turkic languages, word order,

aspirated consonants, tensified consonants, Chinese characters.

Koreys tili –

Koreys tili Shimoliy Koreya va Janubiy Koreyaning rasmiy tili

bo’lib Xitoy, Yaponiya , AQSH va Kanadada ham koreys tilida so’zlashuvchi
jamoalar mavjud . Koreys tili ba’zan oltoy tillariga yoki tungus-manjur tillariga
kiritiladi, ammo uning genetik aloqasi hali aniq belgilanmagan. Bu tilda 60 mln.
kishi soʻzlashadi (1992). Uning genetik jihatdan boshqa tillar bilan bogʻliqligi
aniqlanmagan. Koreys tilida jami 40 ta fonema mavjud . Ulardan 19 undosh va 21
unli tovush.

• Morfologiya: Agglyutinativ til bo‘lib, so‘zlar qo‘shimchalar orqali

shakllanadi.


background image

J

ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd

Scientific Horizon
Volume 1, Issue 1, Series A 2025

63

Agglyutinativ tillar - soʻz oʻzagi yoki negiziga qo’shimchalar

qo’shilishi natijasida yangi soʻzlar hosil boʻluvchi tillar.
Agglyutinativ tillarda soʻzning oʻzak yoki asosini oʻzgartirmagan
holda qoʻshimchalar qoʻshish bilan maʼlum soʻz va shakl yasaladi,
har bir qoʻshimcha muayyan maʼno va vazifada xizmat qiladi.
Turkiy tillar: O’zbek tili , koreys tili, yapon tili, mo’g’ul tili ,gruzin

tili va shu kabilar agglyutinativ tillar hisoblanadi .

• Yozuv tizimi: Hangul alifbosi qo‘llaniladi, ba’zan xitoy ierogliflari (hanja)

ham ishlatiladi.

Hangul alifbosi

– Janubiy Koreyada Hangul (

한글

) va Shimoliy Koreyada

Choson (

조선글

) nomi bilan tanilgan koreys alifbosi koreys tilining zamonaviy

rasmiy yozuv tizimidir . Hangul 1443 yilda Buyuk Qirol Sejong tomonidan
koreyslar tomonidan koreys tilini yozishda asosiy yozuv sifatida foydalanilgan.
Alifbo Xitoy-Koreya xanja logografikiga to‘ldiruvchi (yoki muqobil) sifatida xizmat
qilib, savodxonlikni oshirish maqsadida yaratilgan . Beshta asosiy undoshlarning
harflari ularni talaffuz qilish uchun ishlatiladigan nutq organlarining shaklini aks
ettiradi va ular fonetik xususiyatlarni ko'rsatish uchun tizimli ravishda o'zgartiriladi.
Shunga o’xshab unli harflar bir-biriga bog'liq tovushlar uchun muntazam ravishda
o'zgartirilib, hangul tilini o'ziga xos yozuv tizimiga aylantiradi. U boʻgʻinli alifbo
sifatida tavsiflangan, chunki u alifbo va boʻgʻin yozuvi tizimlarining xususiyatlarini
oʻzida mujassam etgan. Zamonaviy hangul orfografiyasida 24 ta asosiy harf
ishlatiladi: 14 ta undosh harf va 10 ta unli harf. Shuningdek, asosiy harflarning
birlashishi natijasida hosil boʻlgan 27 ta murakkab harf mavjud: 5 ta zamon undosh
harfi, 11 ta murakkab undosh harf, va 11 ta murakkab unli harflar. Asl alifbodagi
toʻrtta asosiy harf endi ishlatilmaydi: 1 ta unli harf va 3 ta undosh harf. Koreyscha
harflar alifbo harflari tartiblangan holda boʻgʻin bloklarida yoziladi.

O’zbek tili

– bu til O’zbekiston respublikasining rasmiy tili bo’lib , qo’shni

davlatlarda ham o’zbek tilida so’zlashuvchi jamoalar mavjud . Turkiy tillar oilasiga
mansub bo’lib , Qarluq guruhiga kiradi .

• Turkiy tillar – hozirgi va qadimgi turkiy ellar va elatlarning tillari . Asosan ,

O’zbekiston , Turkiya , Ozarbayjon , Qozog’iston ,Qirg’iziston, Turkmaniston va
boshqa bir qancha mamlakatlarda tarqalgan. O‘zbek tilining fonologik tizimi unli va
undosh tovushlar majmuasidan iborat bo‘lib, u o‘zining turkiy tillarga xos fonetik


background image

J

ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd

Scientific Horizon
Volume 1, Issue 1, Series A 2025

64

xususiyatlari bilan ajralib turadi. O‘zbek tilida jami 30 ta harf bo’lib
ulardan 6 ta unli va 24 ta undosh tovush hisoblanadi . O’zbek
tilining morfologiya: Agglyutinativ til bo‘lib, so‘zlar qo‘shimchalar
orqali shakllanadi.Yozuv tizimi: Hozirda lotin alifbosi qo‘llaniladi,
ilgari kirill va arab alifbolari ham ishlatilgan.Koreys va o‘zbek tillari
turli til oilalariga mansub bo‘lsa-da (o‘zbek tili — turkiy, koreys tili

— izolyat yoki ba’zan oltoy tillariga bog‘lanadi), ular orasida juda ko‘p grammatik
va leksik o‘xshashliklar mavjud.

Koreys tili va O’zbek tilining o’xshash

jihatlari grammatik tomondan

juda

ko’p uchraydi .

1. So‘z tartibi ( So‘z tarkibi tilshunoslikda morfemika sohasi tomonidan

o‘rganiladi. Morfemika so‘zlarning eng kichik ma’noli qismlarini tahlil qiladi )
SOV – ega+to‘ldiruvchi+kesim .

Har ikkala til ham ega + to‘ldiruvchi + kesim (SOV) so‘z tartibiga ega. Bu

ularni ko‘plab boshqa tillardan ajratib turadi.Misol uchun O’zbek tilida: Men kitob

o‘qiyapman. (Ega – to‘ldiruvchi – kesim) Koreys tilida esa :

나는

책을

읽어요

.

(Naneun chaeg-eul ilgeoyo.) (Ega – to‘ldiruvchi – kesim)Bu jihat boshqa tillarga
nisbatan o‘zbek tilida so‘zlashuvchilarga koreys tilini o‘rganishni biroz
osonlashtiradi.

2. Agglyutinativ (qo‘shimchalar yordamida so‘z yasash) xususiyati .Bunda

ikkala til ham agglyutinativ hisoblanadi, ya’ni so‘z ma’nosi va grammatik
funksiyalar qo‘shimchalar orqali o‘zgaradi.Misol uchun o’zbek tilida : bor-di-m

(fe’lga qo‘shimchalar qo‘shish orqali zamon va shaxs belgilanadi) Koreys tilida:

-

(ka-ss-da) – bor-di (fe’lga qo‘shimchalar orqali zamon qo‘shiladi)Bunda

o‘xshashlik shundaki, har ikkala til ham so‘zlarning ma’nosini o‘zgartirish uchun
old va orqa qo‘shimchalar qo‘llaydi.

3. Hurmat shakllari va darajalari koreys va o‘zbek tillarida muhim ahamiyatga

ega. Masalan, suhbatdoshingizning yoshi, maqomi yoki ijtimoiy mavqeiga qarab
gapirish uslubi o‘zgaradi.Misollar bilan ko’rsatib bersam o’zbek tilida: Siz
keldingizmi? (Hurmat shakli) Sen keldingmi? (Norasmiy) Koreys tilida :

오셨습니까

? (Oshyeotsseumnikka?) – Hurmat shakli,

왔어

? (Wass-eo?) –


background image

J

ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd

Scientific Horizon
Volume 1, Issue 1, Series A 2025

65

Norasmiy shaklKoreys tilida formal, norasmiy va juda rasmiy
uslublar mavjud bo‘lsa, o‘zbek tilida bu jihat ko‘proq “sen” va “siz”
shakllari orqali ifodalanadi.

4. Ko‘plik, egalik va kelishik qo‘shimchalari tomonidan ham

bu tillar o’zaro o’xshash hisoblanib , ikkala til ham egalik, ko‘plik
va kelishik qo‘shimchalariga ega. O’zbek tilida bola-lar ko’plik

shakli hisoblansa, koreys tilida ko’plik shakli

아이

-

(ai-deul) ham shu singari

yasaladi .O’zbek tilida egalik shakli “ mening kitob-im “ shaklida bo’lsa koreys

tilida : egalik

나의

(nae chaek) shaklida yasaladi. O’zbek tilida : kelishik shakli

otga shu ko’rinishda qo’shilsa kitob-ni o’qidim, koreys tilida: kelishik otga o’zbek

tilidagi singari qo’shiladi :

-

읽었어요

5. Fe’l zamon tizimi ham juda bir biriga yaqin hisoblanadi .Har ikkala til ham

sodda va qo‘shma zamon tizimiga ega.O‘zbek tilida :Men maktabga bordim.
(O‘tgan zamon), Men maktabga boryapman.(Hozirgi zamon), Men maktabga

boraman. ( Kelasi zamon) Koreys tilida ham shu singari:

나는

학교에

갔어요

.

(Naneun hakgyoe gasseoyo.) (O‘tgan zamon) ,

나는

학교에

가고

있어요

. (Naneun

hakgyoe gago isseoyo.) (Hozirgi zamon),

나는

학교에

거예요

. (Naneun

hakgyoe gal geoyeyo.) (Kelasi zamon). Bu jihatdan har ikkala tilning fe’l zamon
tizimi tuzilishi jihatidan o‘xshashdir. Xulosa qilib aytganda koreys va o‘zbek tillari
turli til oilalariga mansub bo‘lsa-da, ularning grammatik tizimida ko‘plab
o‘xshashliklar mavjud. Xususan: SOV so‘z tartibi, agglyutinativ til xususiyati
,hurmat shakllari ,ko‘plik va egalik qo‘shimchalari, fe’l zamon tizimi, sifatlarning
ot oldidan kelishi va shu kabilar. Bu o‘xshashliklar o‘zbek tilida so‘zlashuvchilar
uchun koreys tilini o‘rganishni biroz osonlashtiradi. Biroq, ayni paytda, koreys tilida
fonetika, talaffuz va yozuv tizimi jihatidan o‘ziga xos qiyinchiliklari va farqlari
mavjud.

Koreys tilining O’zbek tilidan farqlanuvchi jihatlari

bular koreys va o‘zbek

tillari turli til oilalariga mansub bo‘lib,

ularning fonologiya, morfologiya, sintaksis

va leksika kabi sohalarda sezilarli farqlari mavjud

.O’xshash tomonlari ko’p

bo’lgani bilan farqlanuvchi tomonlari ham bor . Bulardan biri fonologiya (Tovush
tizimi) hisoblanadi. O‘zbek tilida 6 ta unli tovush bor Bular : /a/, /e/, /i/, /o/, /u/, /ö/.
Koreys tili: 21 ta unli tovushga ega bo‘lib, ular orasida oddiy va diftonglar mavjud


background image

J

ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd

Scientific Horizon
Volume 1, Issue 1, Series A 2025

66

.O‘zbek tilida 24 ta undosh tovush bor ular ham o’z turlariga ega .
Koreys tilida 19 ta undosh tovush bo‘lib, ular orasida
aspiratsiyalangan va tensiv tovushlar mavjud. Tovushlar o’zaro har
xil talaffuz qilinishi orqali ham farqlanadi .Koreys tilida ba’zi
tovushlar o‘zbek tilida mavjud bo‘lmagan talaffuz xususiyatlariga
ega, masalan, aspiratsiyalangan va tensiv undoshlar.

Aspiratsiyalangan undoshlar — talaffuz qilinishida qo’shimcha havo oqimi

bilan hosil bo’ladigan undosh tovushlardir. Bunday tovushlarni aytganda,
undoshdan keyin qisqa “h” tovushiga o’xshash nafas chiqarish eshitiladi. Tensiv
undoshlar - kuchli yoki qattiq undoshlar deb ham ataladi, talaffuz paytida
artikulyatsiya a’zolarining kuchliroq tarangligi va siqilishi bilan hosil bo’ladigan
tovushlardir. Bu tovushlar ba’zi tillarda, masalan, koreys tilida, muhim fonematik
ahamiyatga ega bo’lib, ma’no farqlashda xizmat qiladi. Koreys tilining leksika ( so’z
boyligi ) ham o’zbek tilidan ancha farq qiladi . O‘zbek tili leksikasida arab, fors, rus
va ingliz tillaridan o‘zlashgan so‘zlar ko‘p. Koreys tili leksikasida esa xitoy tilidan
o‘zlashgan so‘zlar ko‘p. Sanoqda ishlatiladigan sonlar tizimi ham bur biridan farq
qiladi .

• O‘zbek tili: Yagona sanash tizimiga ega.

• Koreys tilida ikki xil sanash tizimi bor. Bular : koreyscha va xitoycha.

Koreys tilini o’zbek tilidan butunlay farq qiluvchi narsasi bu yozuv tizimi va

tarixi hisoblanadi.

O‘zbek tili yozuvi

tarix davomida bir necha marta o‘zgargan:

Birinchi bo’lib arab yozuvi: 11-asrdan 20-asr boshlariga qadar o‘zbeklar arab

alifbosidan foydalanganlar. Bu yozuv tizimi arab tilidagi 28 ta harfga qo‘shimcha
ravishda o‘zbek tiliga xos tovushlarni ifodalash uchun yana 4 ta harf qo‘shilishi bilan
shakllangan. Ikkinchi bo’lib lotin yozuvi: 1929-yilda o‘zbek tili uchun lotin alifbosi
joriy etildi.So’ng kiril yozuvi: 1940-yilda esa kiril alifbosiga o‘tildi.Hozirda esa
lotin yozuvi: 1993-yilda O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, yana lotin alifbosiga
qaytildi va hozirgi kunda ham ushbu alifbo rasmiy yozuv tizimi sifatida qo‘llaniladi.
Hozirgi o‘zbek lotin alifbosi 26 ta harfdan iborat bo‘lib, ba’zi harflar ikki harfli
birikmalar orqali ifodalanadi, masalan, “sh”, “ch”, “ng”. Yozuv yo‘nalishi esa

o‘zbek tilida yozuv chapdan o‘ngga qarab amalga oshiriladi.

Koreys tili yozuv

tizimi

Hangul deb ataladigan o‘ziga xos alifboga ega. Hangul fonetik asosda

yaratilgan bo‘lib, har bir harf ma’lum bir tovushni ifodalaydi. Bu alifbo o‘rganish
uchun juda qulay va tovushlarni aniq ifodalaydi . Koreys tili alifbosi xitoy


background image

J

ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd

Scientific Horizon
Volume 1, Issue 1, Series A 2025

67

iyerogliflari bilan bog‘liqdir .Hangul yaratilishidan avval, koreyslar
yozuvda Xitoy iyerogliflaridan foydalanganlar. Hangulning joriy
etilishi bilan koreys yozuvi soddalashdi va keng ommaga tushunarli
bo‘ldi.

Yozuv yo‘nalishi

esa an’anaviy ravishda, koreys matnlari

yuqoridan pastga va o‘ngdan chapga yozilgan. Hozirgi kunda esa
chapdan o‘ngga yozish usuli keng tarqalgan.

Shunday qilib ,ushbu farqlar koreys va o‘zbek tillarining o‘ziga xosligini

ko‘rsatadi va har bir tilni o‘rganishda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan
jihatlaridir.Koreys tili boshqa tillar singari grammatikasida va tovushlar talafuzida
o’zbek tilidan farq qiladi . Shunga qaramay koreys tili boshqa turkiy tillarga
qaraganda O’zbek tiliga eng yaqin til hisoblanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

1.

Miasto Przyszłości. Aspiratsiyalangan va tensiv undoshlar. Miasto Przyszłości,
https://miastoprzyszlosci.com.pl.

(https://miastoprzyszlosci.com.pl/)

Accessed

January 2025.

2.

Koreys tili alifbosi.” YouTube, uploaded by [Linguamadina Teacher]

3.

50languages.

Koreys

tili

haqida

faktlar.

50languages.com,

https://www.50languages.com. (https://www.50languages.com/) Accessed January
2025.

4.

Korean Linguistics (Korean Language Society Journal)

5.

“ Hangul.” Last modified January 2025. Accessed January 2025.
https://en.wikipedia.org/wiki/Hangul. (

https://en.wikipedia.org/wiki/Hangul

)

6.

“Korean: A Linguistic Introduction" by Mark Irwin, and Jongho Lee

7.

Aripova, A. X. (2023). “O’zbek va koreys tillarini o’rganishning o’ziga xos
lingvistik jihatlari.” Central Asian Journal of Education and Innovation, 2(11), 22-
27.

8.

Bayanxanova, I. F., & Soliyeva, A. (2022). “O’zbek va koreys tillarida kelishik
kategoriyasi haqida umumiy tushuncha.” Sharq tillarini o’qitishning dolzarb
masalalari ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari, 2(24), 114-121.

9.

Korean Studies:

http://www.koreanstudies.org/

References

Miasto Przyszłości. Aspiratsiyalangan va tensiv undoshlar. Miasto Przyszłości, https://miastoprzyszlosci.com.pl. (https://miastoprzyszlosci.com.pl/) Accessed January 2025.

Koreys tili alifbosi.” YouTube, uploaded by [Linguamadina Teacher]

50languages. Koreys tili haqida faktlar. 50languages.com, https://www.50languages.com. (https://www.50languages.com/) Accessed January 2025.

Korean Linguistics (Korean Language Society Journal)

“ Hangul.” Last modified January 2025. Accessed January 2025. https://en.wikipedia.org/wiki/Hangul. (https://en.wikipedia.org/wiki/Hangul)

“Korean: A Linguistic Introduction" by Mark Irwin, and Jongho Lee

Aripova, A. X. (2023). “O’zbek va koreys tillarini o’rganishning o’ziga xos lingvistik jihatlari.” Central Asian Journal of Education and Innovation, 2(11), 22-27.

Bayanxanova, I. F., & Soliyeva, A. (2022). “O’zbek va koreys tillarida kelishik kategoriyasi haqida umumiy tushuncha.” Sharq tillarini o’qitishning dolzarb masalalari ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari, 2(24), 114-121.