Authors

  • Xudoyorov Azizbek Avaz o‘g’li

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jnci.103718

Keywords:

Kalit so‘zlar: Yashil iqtisodiyot barqaror rivojlanish atrof-muhit ekologik barqarorlik ekologik muammolar qayta tiklanadigan energiya chiqindilar tabiiy resurslar past uglerodli rivojlanish iqlim o‘zgarishi ekologiya xalqaro tajriba xalqaro hamkorlik.

Abstract

Annotatsiya:  Maqolada global ekologik muammolar kuchaygan davrda yashil iqtisodiyot asosida barqaror rivojlantirishga erishish bo‘yicha xorijiy mamlakatlar tajribalari  AQSH, Buyuk Britaniya, Xitoy, Janubiy Koreya,  Yaponiya kabi davlatlarning tajribalari tahlil qilingan va O‘zbekiston sharoitida foydalanishning ustuvor yo‘nalishlari tadqiq qilingan. O‘zbekiston iqtisodiyotini ekologiya talablari nuqtayi nazaridan qayta tashkillashtirish, shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar keltirilgan.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–78_Issue-2_June-2025

201

201

YASHIL IQTISODIYOT ASOSIDA RIVOJLANISHDA DUNYO

MAMLAKATLARI TAJRIBALARI VA ULARNI O‘ZBEKISTONDA

TADQIQ ETISH IMKONIYATLARI

Xudoyorov Azizbek Avaz o‘g’li

Qarshi davlat universiteti tayanch doktoranti

https://orcid.org/009-0001-7045-4062

Annotatsiya:

Maqolada global ekologik muammolar kuchaygan davrda yashil

iqtisodiyot asosida barqaror rivojlantirishga erishish bo‘yicha xorijiy mamlakatlar
tajribalari AQSH, Buyuk Britaniya, Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya kabi
davlatlarning tajribalari tahlil qilingan va O‘zbekiston sharoitida foydalanishning
ustuvor yo‘nalishlari tadqiq qilingan. O‘zbekiston iqtisodiyotini ekologiya talablari
nuqtayi nazaridan qayta tashkillashtirish, shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha ilmiy
asoslangan taklif va tavsiyalar keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

Yashil iqtisodiyot, barqaror rivojlanish, atrof-muhit, ekologik

barqarorlik, ekologik muammolar, qayta tiklanadigan energiya, chiqindilar, tabiiy
resurslar, past uglerodli rivojlanish, iqlim o‘zgarishi, ekologiya, xalqaro tajriba,
xalqaro hamkorlik.

ОПЫТ СТРАН МИРА ПО РАЗВИТИЮ НА ОСНОВЕ ЗЕЛЕНОЙ

ЭКОНОМИКИ И ВОЗМОЖНОСТИ ЕГО ИЗУЧЕНИЯ В УЗБЕКИСТАНЕ

Аннотaция

. В статье анализируется опыт зарубежных стран, таких как США, Китай,

Южная Корея, Франция, Япония, Великобритания, по достижению устойчивого
развития на основе зеленой экономики в период обострения глобальных
экологических проблем, а также изучаются приоритетные направления его
использования в условиях Узбекистана. Представлены научно обоснованные
предложения и рекомендации по реорганизации, формированию и развитию
экономики Узбекистана с точки зрения экологических требований.

Ключевые слова:

Зеленая экономика, устойчивое развитие, окружающая

среда, экологическая устойчивость, экологические проблемы, возобновляемые
источники энергии, отходы, природные ресурсы, низкоуглеродное развитие,
изменение климата, экология, международный опыт, международное
сотрудничество




background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–78_Issue-2_June-2025

202

202

EXPERIENCES OF COUNTRIES OF THE WORLD IN DEVELOPMENT

BASED ON GREEN ECONOMY AND OPPORTUNITIES

FOR THEIR STUDY IN UZBEKISTAN

KHUDAYAROV AZIZBEK AVAZ UGLI

Abstact

The article analyzes the experiences of foreign countries, such as the USA, China,

South Korea, France, Japan, and Great Britain, in achieving sustainable development
based on a green economy in a period of increasing global environmental problems,
and studies the priority areas of their use in the conditions of Uzbekistan. Scientifically
based proposals and recommendations are presented for the reorganization, formation,
and development of the Uzbek economy from the point of view of environmental
requirements.

Keywords

:

green

economy,

sustainable

development,

environment,

environmental sustainability, environmental problems, renewable energy, waste,
natural resources, low-carbon development, climate change, ecology, international
experience, international cooperation.

Kirish

Hozirgi zamon jahon iqtisodiyoti rivojlanishida ekologik muammolar hududlar va

mintqalarning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishida eng katta salbiy ta'sir qilib turgan
muammolardan

sanaladi.

Mamlakatlar

hududiy

taraqiyotini

jadallashtirish,

barqarorlashtirish uchun ekologik muammolarni bartaraf qilmasa, ularning ta'sir
ko‘lamini pasaytirmasa, barqaror rivojlanishga erisha olmaydi.

Jahon mamlakatlari iqtisodiyoti integratsiyalashishi kuchayib borishi, ishlab

chiqarishning rivojlanishi, aholi sonining ortib borishi bilan birga atrof-muhitga
jamiyat va iqtisodiyot tarmoqlari tomonidan salbiy ta’sirlar ortib boraveradi. Hozirgi
kunda insoniyat atrof-muhit muhofazasi bilan bog‘liq muammolar, ekologiya bilan
bog‘liq muammolarning muhim, hal qiluvchi jarayonlarini boshdan kechirmoqda.
Agarda insoniyat atrof-muhit muhofazasi bilan bog‘liq muammolarni bartaraf qilish,
ularning salbiy ta’sirlarini kamaytirish uchun hozirda aniq va maqsadli harakatlarni
amalga oshirib, ularning ijobiy tomonga o‘zgarishiga sabab bo‘luvchi choralarni
ko‘rmasa, bundan keyin kechga qoldirilgan har bir jarayon qaytarib bo‘lmas
oqibatlarga olib keladi.

Mamlakatimizda barqaror rivojlanishni ta’minlash, cheklangan, takror ishlab

chiqarilmaydigan iqtisodiy resurslardan oqilona foydalanishda va energiya
samaradorligini oshirishda “yashil iqtisodiyot”ning rivojlanishi yetakchi o‘rin egallab
bormoqda. Milliy va mintaqaviy iqtisodiyotni innovatsion rivojlanish yo‘liga


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–78_Issue-2_June-2025

203

203

o‘tkazishda “yashil iqtisodiyot”ning shakllanishi, rivojlanish qonuniyatlari va uni amal
qilishining ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatlarini o‘rganish muhim ahamiyatga ega.

Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili

“Yevropa Ittifoqining Sharqiy hamkorlik mamlakatlarida iqtisodiyotni

ekologiyalashtirish EaP GREEN) das turi” axborotida Armaniston, Belorus, Gruziya,
Moldova, Ozarbayjon, Ukraina davlatlarida ishlab chiqarishning samaradorligini
yashil iqtisodiyot tamoyillari asosida oshirish, mamlakat tabiiy kapitalini
boshqarishda, ma’muriy boshqaruvda, atrof-muhit muhofazasi siyosatida yashil
iqtisodiyotni ustuvor yo‘nalish sifatida qo‘llashning nati jadorligi tadqiq etilgan.

1

V.A. Poxvoshev yashil iqtisodiyotning Rossiya ijtimoiy taraqqiyotidagi o‘rnini o

‘rganar ekan, yashil iqtisodiyot tamoyillarini mintaqaviy sharoitlarga moslashtirish
zarurligini qayd etadi. Bu yondashuvni O‘zbekistonda ham qo‘llash foydali bo‘lishi
mumkinligini, O‘zbekistondagi ekologik muhitni yaxshilashda Rossiya tajribasidan
foydalanish kerakligini ta‘kidlaydi

2

A.M. Rodriges yashil iqtisodiyotning barqaror o‘sishga ta‘siri va ekologik

muammolarni bartaraf etishdagi ahamiyatini tahlil qilgan holda, ushbu modelning
moliyaviy inqiroz sharoitlarida ahamiyatini alohida ta‘kidlaydi

3

N.N. Yashalova esa yashil iqtisodiyotning ekologik va iqtisodiy barqarorlikka

erishishda tutgan o‘rnini o‘rgangan. Uning tadqiqotida mintaqaviy sharoitda yashil
ishlab chiqarishni rag’batlantirishga alohida urg’u berilgan

4

Tadqiqot metodologiyasi

Tadqiqot davomida tizimli tahlil, statistik tahlil, qiyosiy taqqoslash, sinergetik

tahlil, fanlararo yondashuv metodlaridan foydalanildi. Ayniqsa, mavzuga oid
adabiyotlar va manbalarni tahlil qilishda tizimli tahlil uslubidan, xorijiy davlatlarning
tajribasi tahlilida qiyosiy tahlil uslubidan foydalanildi.

Tahlil va natijalar

Yashil iqtisodiyot bu atrof muhitni muhofaza qilish, iqlim oʻzgarishini

kamaytirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, hamda inson farovonligini
oshirishga qaratilgan iqtisodiy modeldir. Yashil iqtisodiyotning rivojlanishi uchun eng
muhim ishlardan biri bu 2015-yilda Fransiyaning Parij shahrida oʻtkazilgan BMT ning
iqlim isishiga bagʻishlangan konferensiyada 195 mamlakat tomonidan global isish
darajasini +2 C da ushlab turish siyosatini qabul qilinganligi hisoblanadi.

1

Яшалова Н. Н. Стимулирование устойчивого эколого-экономического развития региона. Автореферат на

соискание ученый степени доктора экономических наук. https://www.prlib.ru/item/684795. EaP GREEN dasturi”.
https://unece.org/eap-green.

2

Pokhvoschev, V.A. and Lukina, A.V. (n.d.) '―Zelenaya ekonomika‖ v sotsial'nom razvitii Rossii'. 2018. 12-14-c.

https://cyberleninka.ru/article/n/zelenaya-ekonomika-v-sotsialnom-razvitii-rossii.

3

Rodriguez, A.M. Zelenaya ekonomika v kontekste problem ustoychivogo razvitiya. 2022. 3-7-c.

https://www.dissercat.com/content/zelenaya-ekonomika-v-kontekste-problem-ustoichivogo-razvitiya.

4

Yashalova, N.N. Stimulirovanie ustoychivogo ekologo-ekonomicheskogo razvitiya regiona.2020. 8-c.

https://www.prlib.ru/item/684795


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–78_Issue-2_June-2025

204

204

Konferensiyada 147 ta mamlakat "yashil iqtisodiyot"rejalarini, 147 ta mamlakat
tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish dasturlarini va 167 ta mamlakat
energiya samaradorligini iqlim oʻzgarishlariga munosib ravishda oshirish tavsiyalarini
taqdim etishdi.

Xorijiy davlatlarda energiya samaradorligi ko‘rsatkichlari tahlili

(1-jadval)

Mamlakat

Qayta tiklanuvchi

energiya ulushi (%)

Asosiy hujjatlar

dasturlar

Maqsadi

Yaponiya

25.7% (2023)

Green Growth Strategy

(2050)

2050-yilgacha karbon

neytrallik

Germaniya

55% (2023)

Energiewende,

Klimaschutzgesetz

2045-yilgacha karbon

neytrallik

Janubiy koreya

8.3% (2023)

Green New Deal (2020),

2050 Net Zero Plan

2050-yilgacha karbon

neytrallik

Buyuk Britaniya

47.5% (2023)

Green Finance Strategy,

Net Zero by 2050

2050-yilgacha karbon

neytrallik

O‘zbekiston

25–30% (2024)

Yashil iqtisodiyot

strategiyasi – 2030

2030-yilgacha 40%

yashil energiya ulushi

Manba: BMT ning Atrof-muhit dasturi: Yashil iqtisodiyot va Barqaror

Rivojlanish va Jahon banki statistikalari asosida muallif tomonidan tuzildi.
Shvetsiyaning Lunda universiteti tadqiqotchi olimlari tomonidan sayyoramizdagi

asosiy resurslarining tugab borayotganligiga oid maxsus model ishlab chiqilgan. Unga
muvofiq narxlarning ko‘tarilib borishi, global inqirozlar ehtimolining oshib borishi
natijasida temir ishlab chiqarish hajmi 2030 yilga borib o‘zining eng yuqori
cho‘qqisiga ko‘tariladi. Xuddi shunday ikkinchi yuqori ko‘tarilish 2060 yilda yana bir
marotaba qayd etiladi va shundan so‘ng temir resurslari defitsiti boshlanishi prognoz
qilingan. Oltin qazib olishda tanqislik davri 2070-yillarda boshlanadi. Metallar
jumladan, platina guruhi uchun 2020 yillar eng yuqori cho'qqi sifatida qayd etilgan
bo’lsa, qo'rg‘oshin, kumush, rux uchun 2030-yil prognoz qilinmoqda. 2040–2050-
yillarda mis, xrom, nikel, molibden iste'moli eng yuqori cho'qqisiga chiqqanidan keyin
kamayish sodir bo'ladi. Fosfat ishlab chiqarishning eng yuqori darajasi 2010 yilda sodir
bo'lgan bo’lib, fosfor yetishmovchiligi 2040-yilda boshlanishi mumkin

5




5

И. М. Потравный, А. Л. Новоселов, И. Б. Генгут Экономика региона. — 2016. — Т.12, вып. 2. — С. 438-450 doi

10.17059/2016–2–10 УДК 304.2 : 338.622 JEL: Q56


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–78_Issue-2_June-2025

205

205

Dunyo amaliyotida yashil iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha xorijiy

tajribadan foydalanish usullari

6

(2-jadval)

t/r

Yashil iqtisodiyotni

rivojlantirish

usullari

Usullardan kutilayotgan natija

1

O‘quv safarlari va

almashinuvlar

Yashil iqtisodiyot tashabbuslarini muvaffaqiyatli amalga

oshirgan mamlakatlarga tashrif buyurish uchun siyosatchilar,
hukumat amaldorlari va sanoat vakillari uchun o‘quv safarlari,
seminarlar va almashinuv dasturlarini tashkil qilish muhimdir. Bu
ularga eng yaxshi amaliyotlar, siyosat va texnologiyalar haqida
bevosita o‘rganish imkonini beradi.

2

Xalqaro hamkorlik

Yashil iqtisodiyotni rivojlantirishga ixtisoslashgan xorijiy

hukumatlar, xalqaro tashkilotlar va nodavlat notijorat tashkilotlari
(NNT) bilan hamkorlik va hamkorlik shartnomalarini o‘rnatish.
Ushbu hamkorliklar bilim almashish, texnik yordam va
salohiyatni oshirishga yordam beradi.

3

Texnologiyalar

transferi

Texnologiyalarni transfer qilish bo'yicha shartnomalar, qo'shma

korxonalar

va

litsenziyalash

kelishuvlari

orqali

xorijiy

texnologiyalar, tajriba va nou-xaularga kirish. Mahalliy ilovalar
uchun yashil texnologiyalarni qabul qilish va moslashtirish uchun
xorijiy kompaniyalar va tadqiqot institutlari bilan hamkorlik qilish
muhim ahamiyat kasb etadi.


Germaniyada

2021-yilga kelib “yashil” energetikaning ulushi 41 % ga, 2022-

yilda esa 47 % ga yetgan. 2022-yilda umumiy elektr energiyasi iste’moli ulushida esa
bu ko’rsatkich 49 % ni tashkil etgan1. 2023-yilda Germaniya energetikasi tarixida ilk
marotaba “yashil” energetikaning ulushi 50 % dan oshib ketdi. 2023-yilning may
hamda iyul oylarida elektr energiyasidagi ulush hattoki 57 hamda 59 % gacha
ko’tarildi. Umumiy hisobda 2023-yilda Germaniyada 267 milliard kilovatt soat elektr
energiyasi ishlab chiqarilgan. Bu borada shamol generatorlarining ulushi 113,5
milliard kilovatt soat ko’rsatkichni qayd etgan

7

Amerika Qo'shma Shtatlarida

yashil iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy

yo'nalishlari sifatida muqobil energiyani rivojlantirishni tanladi. 2030 yilga kelib,
quyosh qurilmalari mamlakat energiya iste'molining 65 foizini va issiqlikning 35
foizini ishlab chiqaradi. AQSH davlat organlariga ushbu maqsadga erishish uchun
mustaqil ravishda aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish uchun ikki yil (2014 yildan
boshlab) berildi. Prezident Jou Bayden kelgusi 10 yil ichida nafaqat atrof-muhitni

6

https://7universum.com/ru/tech/archive/item/15805

7

https://www.dw.com/ru/v-2023-godu-vie-vpervye-obespecili-svyse-50-elektroenergii-v-frg/a-67758092


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–78_Issue-2_June-2025

206

206

yaxshilash, balki 5 milliongacha ish o'rni yaratish uchun toza texnologiyalarga sarmoya
kiritish rejasini e'lon qildi.

AQSHda yashil iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida qabul qilingan

me’yoriy hujjatlar

8

(3-jadval)

t/r

Meyoriy hujjat nomi

Maqsadi

Qabul qilingan

sana

1

Amerikaning toza

energiya va xavfsizlik

to'g'risidagi qonuni

Chegara va savdo tizimini joriy etish orqali

issiqxona gazlari chiqindilarini

kamaytirishga qaratilgan

2009-yil

2

Energiya mustaqilligi

va xavfsizligi

to'g'risidagi qonun

Turli xildagi yoritish, isitish va sovutish

uskunalari uchun energiya samaradorligi

standartlarini belgilaydi

2007-yil

3

Amerika tiklanish va

qayta investitsiya

qonuni

Shamol va quyosh, ilg'or akkumulyator

texnologiyalari va aqlli tarmoq tashabbuslari

kabi qayta tiklanadigan energiya

loyihalariga mablag' ajratadi.

2009-yil

4

Toza energiya rejasi:

Elektr stantsiyalaridan karbonat angidrid

chiqindilarini kamaytirishga qaratilgan.

2015-yil


Yaponiyada

asosan energiya manbalarini diversifikatsiya qilishga katta e’tibor

qaratiladi. Ayniqsa, quyosh, shamol va bioenergiya kabi qayta tiklanadigan energiya
manbalarini rivojlantirishga urg’u beriladi. Bu mamlakatda qayta ishlash va
chiqindilarni qayta ishlash bo’yicha tizimi juda samarali. Mamlakatda ,,Zero
Waste’’(nol chiqindi) konsepsiyasi keng yoyilgan bo’lib, sanoat va aholisining
chiqindilarni kamaytirishga va qayta ishlashga bo’lgan majburiyati katta. Yaponiyada
biologik xilma-xillikni saqlash, organik mahsulotlar yetishtirish va ekologik toza
qishloq xo’jaligi usullarini joriy etish orqali yashil iqtisodiyotga hissa qo’shilyapti.

Buyuk Britaniya

yashil iqtisodiyoti 2023-yilda 9 % ga o‘sib, qayta tiklanuvchi

energiya manbalari, elektromobillar ishlab chiqarish hamda yangi texnologiyalarni
ishlab chiqish kabi yo‘nalishlarni o’zida birlashtirgan tarmoq sifatida mamlakat
byudjetiga 74 milliard funt sterling olib kelgan. Yana bir e’tiborli jihat, sohada 765
ming kishi ish o‘rni bilan ta’minlangan va ularning o‘rtacha oylik ish haqqi 10 ming
funt sterlingni tashkil etgan, qo’shimchasiga faoliyat samaradorligi boshqa sohalarda
band insonlarga nisbatan 50 % samaraliroq ekanligi aniqlangan. Britaniya hukumati
2035-yilga kelib quyosh panellaridan 75 gigavatt energiya olishni hamda issiqlik

8

Environmental Assessment Methods// https://www.willmottdixon.co.uk/asset/10424/download


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–78_Issue-2_June-2025

207

207

nasoslari sonini 60 mingtaga yetkazishni, 2050 yilga borib uglerod neytralligiga
erishishni maqsad qilgan

9

Buyuk Britaniyada yashil iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida qabul

qilingan me’yoriy hujjatlar

10

(4-jadval)

t/r

Meyoriy hujjat

nomi

Maqsadi

Qabul

qilingan sana

1

Iqlim o'zgarishi

to'g'risidagi qonun

2050-yilga kelib 1990-yil darajasiga nisbatan

issiqxona gazlari chiqindilarini kamida 80
foizga qisqarishga erishishni maqsad qilib

qo'ygan

2008-yil

2

Qayta tiklanadigan

energiya bo'yicha

direktiva

Energiyaning umumiy tarkibidagi qayta

tiklanadigan energiya ulushi bo'yicha

maqsadlarni belgilaydi.

2009-yil

3

Energiya

to'g'risidagi qonun

Yashil infratuzilma loyihalarini

moliyalashtirishni ta'minlaydigan Yashil

investitsiya bankini (hozirda Yashil investitsiya

guruhi deb ataladi) tashkil etishni joriy qildi.

2011-yil

4

Energiya

samaradorligi

(Angliya va Uels)

qoidalari

Ushbu qoida xususiy ijaraga olingan ob'ektlar

uchun energiya samaradorligining minimal

standartlarini belgilaydi

2015-yil


Xitoyda

2022-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushi 50 % ga yetdi va

2023-yilda bu ko’rsatkich 53 % dan oshdi. 2023-yilda umumiy quvvati 210 gigavattli
quyosh elektrostansiyalari ishga tushirildi. Xitoyning yangi ishga tushirilishi
rejalashtirilayotgan quyosh, shamol, gidro hamda atom quvatlari har yili o’rtacha 423
teravatt soatlik energiya ishlab chiqarishi prognoz qilinmoqda. Misol uchun mamlakat
shimoli g‘arbidagi Gansu provinsiyasining o‘zida 20 gigavattlik Syusyuan shamol
elektrostansiyasini qurish rejalashtirilmoqda. Umumiy olgan Xitoyning cho‘l
mintaqalarida jami 450 gigavatt quvvatga ega qayta tiklanuvchi energiya manbalari
bunyod etilmoqda. 2023 yilda toza energetika mamlakat iqtisodiyotiga 1,6 trillion
dollar olib keldi. Bu ko’rsatkich 2022-yil bilan solishtirganda 30 % ga ko’p demakdir

11

Koreya Respublikasining

“yashil iqtisodiyot”ga o‘tish tashabbusi 2008-2013

yillarda mamlakat Prezidenti Li men Bak tomonidan ilgari surilgan. 2009 yilda
issiqxona gazlari emissiyasini 2030 yilga qadar 30%ga qisqartirish rejasi qabul qilindi
va 2009-2012 yillarda “yashil” tashabbus maqsadlari uchun mamlakat yalpi ichki
mahsulotining 3%i miqdorida mablag‘ ajratildi. “Raqamli transformatsiyaning bosh

9

https://afisha.london/2023/08/18/bum-zelyonoj-energii-pochemu-britantsy-perehodyat-na-solnechnye-paneli-i-

teplovye-nasosy/

10

Environmental Assessment Methods// https://www.willmottdixon.co.uk/asset/10424/download

11

https://www.ridus.ru/zelenaya-energetika-vytyanula-ekonomiku-kitaya-v-2023-godu-426869.html


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–78_Issue-2_June-2025

208

208

rejasi” (Digital New Deal) ning muhim tarkibiy qismi “Yashil o'zgartirishga qaratilgan
yangi yo’nalish" (Green New Deal) hisoblanib, atmosferaga zararli moddalar
chiqarilishi nol miqdorga tushirishni maqsad qilgan. Barcha moliyaviy ajratmalarning
deyarli yarmi 73,4 trln von, shu jumladan, davlat byudjetidan 42,2 trln von ushbu
sohaga yo‘naltirilgan. Xususan, uning doirasida 8 ta yirik milliy loyihalarni realizatsiya
qilish hisobiga 659 mingta yangi ish o‘rni yaratish ko’zda tutilgan. 2023-yilga borib
elektromobillar ishlab chiqarish quvvatini 1,13 million donaga yetkazish
rejalashtirilmoqda

12

Qozog‘iston

mamlakatida “yashil” iqtisodiyotga o‘tishning 3 bosqichli tizimi

ishlab chiqilgan: Birinchi bosqichda 2013-yildan 2020-yilgacha hukumat resurslardan
foydalanishni optimallashtirishga asosiy urg‘uni qaratib, tabiatni muhofaza qilish va
“yashil” infratuzilmani yaratishga e’tibor beradi.

Ikkinchi bosqichda – 2020-yildan 2030-yilgacha – shakllantirilgan “yashil”

infratuzilma asosida suvdan oqilona foydalanish, qayta tiklanuvchi energiya
texnologiyalarini rivojlantirish hamda keng joriy etishni rag‘batlantirishga qaratilgan
milliy iqtisodiyotga o’tish, shuningdek, yuqori energiya samaradorligi standartlariga
asoslangan obyektlarni bunyod etish ko‘zda tutilgan.

Uchinchi bosqichda – 2030-yildan 2050-yilgacha milliy iqtisodiyot "uchinchi

sanoat inqilobi" deb ataladigan tamoyillarga o'tadi. Bunda tabiiy resurslardan ularning
yangilanishi va barqarorligini hisobga olgan holda foydalanishni nazarda tutadi.

Xalqaro energetika agentligining ma’lumotlariga ko‘ra 2050-yilga kelib ishlab

chiqilayotgan past uglerodli energetika texnologiyalarining deyarli yarmi prototiplar
holiga kelib ulguradi va dastlabki amaliy sinov jarayonlarini boshlaydi. 2070-yilga
borib 30 foiz texnologiyalar ustida ekspulatatsiyaga berilishi uchun davomiy ish olib
borish hamda yangidan yangi investitsiya resurslarini yo’naltirishga tog‘ri keladi

13

Ma’lumotlarga ko’ra, O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalarining

umumiy potensiali 51 milliard tonna neft ekvivalentiga teng bo‘lib, texnik
imkoniyatlari esa 179 million tonna neft ekvivalentini tashkil etadi. Ushbu ko‘rsatkich
mamlakat bo‘yicha yiliga iste’mol qilinadigan energiya hajmidan qariyb 2,5 barobarga
ko‘p. Shuningdek, qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanish 447 million tonna
uglerod oksidi, oltingugurt birikmalari, azot oksidlari va boshqa ifloslantiruvchi
moddalarning hamda parnik gazlarning atmosfera havosiga tashlanishining oldini
oladi. Qayta tiklanuvchi energiya manbalarining elektr energiyasini ishlab chiqarish
umumiy hajmidagi ulushi qariyb 10 foizdan ziyodni tashkil etmoqda. Bu borada

12

В.Д. Андрианов. Республика Корея на пути построения зеленой экономики. Вестн. Моск. ун-та. Сер. 13.

Востоковедение. 2023. Т. 67, № 3. C. 161–179 Lomonosov Oriental Studies Journal, 2023, Vol. 67, No. 3, pp. 161–
179 (In Russ.)

13

О международном опыте разработки и внедрения принципов, мер и механизмов «зелёной»

экономики.Аналитический доклад «О международном опыте разработки и внедрения принципов, мер и
механизмов «зелёной» экономики подготовлен в рамках реализации в 2021 г. пунктов 8.3.4., 8.3.5., 8.3.6., 8.3.7.
Плана мероприятий по реализации Стратегических направлений развития евразийской интеграции до 2025 г.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–78_Issue-2_June-2025

209

209

O‘zbekiston 2030 yilga qadar qayta tiklanuvchi energiya manbalari quvvatini 27
gigavattga yetkazib, elektr energiyasi ishlab chiqarish umumiy hajmining kamida 40
foiziga olib chiqishni maqsad qilib oldi. Bu har yili 25 milliard kub metr tabiiy gazni
iqtisod qilish, atmosferaga zararli tashlanmalarni 34 million tonnaga qisqartirishga
xizmat qiladi

14

Xorijiy tajribaga tayangan holda O‘zbekistonda yashil iqtisodiyotini

shakllantirish yo‘nalishlari

(5-jadval)

t/r

Mamlakat

Xalqaro tajriba

Erishilgan natija

1

Germaniya

tajribasi

Energiyaga o'tish

Qayta tiklanadigan energiya manbalariga

o'tish va atom energetikasini bosqichma-
bosqich to'xtatish tajribasidan o'rganishi
mumkin.

Siyosatni

rag'batlantirish,

qo'shimcha

tariflar

va

tadqiqot

va

ishlanmalarga

sarmoya

kiritish

orqali

Germaniya qayta tiklanadigan energiya
manbalarini, xususan, quyosh va shamol
energiyasini qabul qilish bo'yicha jahon
yetakchisiga aylandi.

2

Kosta-Rika

tajribasi

Qayta tiklanadigan

energiyaga bo'lgan

majburiyati

Elektr energiyasining deyarli 100% qismi

qayta tiklanadigan manbalardan ishlab
chiqariladi. Kosta-Rika

gidroenergetika,

geotermal, quyosh va shamol energiyasiga
sarmoya kiritib, mamlakatlar barqarorlikka
qanday ustuvor ahamiyat berishlari va
energiya mustaqilligiga erishishlari uchun
namuna bo'lib xizmat qiladi.

3

Singapur

tajribasi

Yashil qurilish

tashabbuslari

Singapur qat'iy qurilish me'yorlarini, yashil

sertifikatlash dasturlarini va yashil binolarni
loyihalash uchun rag'batlantirishni amalga
oshirib, resurslarni tejash va ekologik
barqarorlikka hissa qo'shdi.

4

Niderlandiya

tajribasi

Aylana iqtisodiyot

strategiyasi

Niderlandiya

chiqindilarni

ishlab

chiqarishni minimallashtirish va resurslar
samaradorligini

maksimal

darajada

oshirishga qaratilgan aylanma iqtisodiyot
tamoyillarini qabul qildi.

Xulosa

Jahon tajribasi ko‘rsatmoqdaki, yashil iqtisodiyot hududiy va makroiqtisodiy

rivojlanishni ta’minlash bilan birga aholi farovonligini oshishiga, tabiiy muhit va aholi

14

https://uza.uz/oz/posts/boriy-alixonov-iqtisodiyotning-eski-modelini-yengib-yashil-taraqqiyotga-otish-vaqti

keldi_570311


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–78_Issue-2_June-2025

210

210

salomatligining yaxshilanishiga olib keladi. Rivojlangan mamlakatlar tajribasidan
ma’lum bo‘ladiki, yashil iqtisodiyotni dastlabki rivojlantirish jarayonida ustuvor
tarmoqlarga e’tibor qaratish va ularning imkoniyatlarini kengaytirgan holda,
iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarini ham yashillashtirib borish samarali sanaladi.

Bugungi kundagi dolzarb ekologik xavflarni inobatga olib, resurslarni boshqarish

tizimini qayta ko’rib chiqish, energiya manbalaridan oqilona foydalanish, texnologik
modernizatsiyani jadallashtirish rivojlanishning o’rta va uzoq istiqboldagi tempini
belgilab beradi. Xorij mamlakatlarining yashil energetika tizimini rivojlantirib
borayotganligi, energiya ishlab chiqarish hajmlarining misli ko’rilmagan darajada
ulkan ekanligi hamda erishilayotgan yutuqlar Yevropa mamlakatlari modeli hamda
janubiy-sharqiy Osiyo mamlakatlari modellarining milliy “yashil” iqtisodiyot
modeliga mavjud imkoniyatlar ko’lamidan kelib chiqib joriy etilishi maqsadga
muvofiq. Fikrimizcha, “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirishda quyidagi takliflar o‘rinli
bo‘ladi:

1. Iqlim o‘zgarishlarining qayta tiklanuvchi energiya manbalariga ta’sirini

o‘rganish hamda yaqin va uzoq istiqboldagi natijalarni prognozlash.

2. Atrof-muhit muhofazasiga oid chora tadbirlarning zamonaviy mexanizmlarini

ishlab chiqish va joriy etish. 1 Adabiyotlarni o‘rganish natijasida muallif tomonidan
tuzilgan

3. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari hisobidan olingan energiyani saqlash

texnologiyalarini rivojlantirish.

4. Elektromobillar ishlab chiqarishni joriy etish, texnologiya va ehtiyot qismlarni

mahalliylashtirish.

5. Sug‘orish texnologiyalarini zamonaviylashtirishni jadallashtirish.
6. “yashil” iqtisodiy hududlar reytingini joriy etish va yuqori ko‘rsatkichli

hududlarni rag‘batlantirish chora-tadbirlari rejasini ishlab chiqish.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvar kunidagi

PF-16-son “O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Atrof muhitni asrash va “yashil
iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g’risida”gi farmoni.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi “2030-

yilgacha O‘zbekiston Respublikasining Yashil iqtisodiyotga o‘tishga qaratilgan
islohotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ 436-son
qarori https://lex.uz/ru/docs/-6303230

3. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2019-2030-yillar davrida

O’zbekiston Respublikasining “Yashil” iqtisodiyotga o’tish strategiyasini tasdiqlash
to’g’risida”gi 04.10.2019- yildagi PQ-4477- sonli qarori. https://lex.uz/docs/-4539502

4. Вахобов А. В., Хажибакиев Ш. Х. : “Яшил иқтисодиёт” дарслик 196-бет.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–78_Issue-2_June-2025

211

211

5. A. V. Vahobov Sh. X. Hojiboqiyev. Qayta tiklanadigan energiya iste’molining

tarkibi va rivojlanish istiqbollari. Aca demic Journal of Digital Economics and Stability
(ISSN

2697-2212)

https://economics.academicjournal.io/index.php/

economics/article/view/135.

6. В. А. Похвощев, А. В. Лукина. “Зеленая экономика” в социальном

развитии

России.

https://cyberleninka.ru/arti

cle/n/zelenaya-ekonomika-v-

sotsialnom-razvitii-rossii.

7. М. М. Давлетова. Формирование и развитие “зеленой” экономики в

условиях

стран

Центрально-Азиатского

региона.

https://tnu.tj/avtorefi/avtorefDavlyatovaMM. pdf.

8. Яшалова Н. Н. Стимулирование устойчивого эколого-экономического

развития региона. Автореферат на соискание ученый степени доктора
экономических наук. https://www.prlib.ru/item/684795.

9. EaP GREEN dasturi”. https://unece.org/eap-green.
10. Подгорный В., Шуленбаева Ф. А. Использование “зеленой экономики”

для

устойчивого

развития

сельского

хозяйства

Казахстана

https://ecogosfond.kz/wp-content/uploads/2022/08 /ispolzovanie-zelenoj-jekonomiki-
dlja-us tojchivogo.pdf).

11. D. Sh. Yavmutov, K. S. Karimova. O‘zbekiston iqtisodiyotida “yashil

iqtisodiyot” tamoyillarini joriy qilish masalalari. Международный научно-
образовательный электронный журнал “Образование и наука в XXI веке”.
Выпуск

№26

(том

7)

(май,

2022).

С.

495-502.

https://www.mpcareer.ru/oinv21veke3.

12. D. Sh. Yavmutov, S. Burxonov. O‘zbekistonda “yashil” iqtisodiyotga o‘tish:

istiqbol

yo‘nalishlar

va

ustuvor

vazifalar.

Международный

научно-

образовательный электронный журнал “Образование науки и инновационные
идеи в мире”. №10, Часть-2, декабрь, 2022. –Б. 159-168.

References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvar kunidagi PF-16-son “O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Atrof muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g’risida”gi farmoni.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi “2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasining Yashil iqtisodiyotga o‘tishga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ 436-son qarori https://lex.uz/ru/docs/-6303230

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2019-2030-yillar davrida O’zbekiston Respublikasining “Yashil” iqtisodiyotga o’tish strategiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi 04.10.2019- yildagi PQ-4477- sonli qarori. https://lex.uz/docs/-4539502

Вахобов А. В., Хажибакиев Ш. Х. : “Яшил иқтисодиёт” дарслик 196-бет.

A. V. Vahobov Sh. X. Hojiboqiyev. Qayta tiklanadigan energiya iste’molining tarkibi va rivojlanish istiqbollari. Aca demic Journal of Digital Economics and Stability (ISSN 2697-2212) https://economics.academicjournal.io/index.php/ economics/article/view/135.

В. А. Похвощев, А. В. Лукина. “Зеленая экономика” в социальном развитии России. https://cyberleninka.ru/arti cle/n/zelenaya-ekonomika-v-sotsialnom-razvitii-rossii.

М. М. Давлетова. Формирование и развитие “зеленой” экономики в условиях стран Центрально-Азиатского региона. https://tnu.tj/avtorefi/avtorefDavlyatovaMM. pdf.

Яшалова Н. Н. Стимулирование устойчивого эколого-экономического развития региона. Автореферат на соискание ученый степени доктора экономических наук. https://www.prlib.ru/item/684795.

EaP GREEN dasturi”. https://unece.org/eap-green.

Подгорный В., Шуленбаева Ф. А. Использование “зеленой экономики” для устойчивого развития сельского хозяйства Казахстана https://ecogosfond.kz/wp-content/uploads/2022/08 /ispolzovanie-zelenoj-jekonomiki-dlja-us tojchivogo.pdf).

D. Sh. Yavmutov, K. S. Karimova. O‘zbekiston iqtisodiyotida “yashil iqtisodiyot” tamoyillarini joriy qilish masalalari. Международный научно-образовательный электронный журнал “Образование и наука в XXI веке”. Выпуск №26 (том 7) (май, 2022). – С. 495-502. https://www.mpcareer.ru/oinv21veke3.

D. Sh. Yavmutov, S. Burxonov. O‘zbekistonda “yashil” iqtisodiyotga o‘tish: istiqbol yo‘nalishlar va ustuvor vazifalar. Международный научно-образовательный электронный журнал “Образование науки и инновационные идеи в мире”. №10, Часть-2, декабрь, 2022. –Б. 159-168.