Authors

  • Sattorova Gulrux

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jnci.114145

Abstract

Annotatsiya: Ushbu maqolada Abulfayzxon ijodi, uning oʻziga xos jihatlari va dramatik asarlari haqida soʻz boradi. Uning  qalamiga mansub ,, Abulfayzxon " , ,,Abo Muslim" singari dramalari haqida fikr-mulohazalar beriladi va atroflicha tahlil qilinadi.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–78_Issue-3_June-2025

112

112

ABULFAYZXON FITRAT IJODIDAGI DRAMATIK

ASARLARNING BADIIY TAHLILI

Sattorova Gulrux

Buxoro davlat universiteti filologiya fakulteti 3-bosqich talabasi

Annotatsiya

: Ushbu maqolada Abulfayzxon ijodi, uning oʻziga xos jihatlari va

dramatik asarlari haqida soʻz boradi. Uning qalamiga mansub ,, Abulfayzxon " , ,,Abo
Muslim" singari dramalari haqida fikr-mulohazalar beriladi va atroflicha tahlil qilinadi.

Аннотация:

В данной статье рассматривается творчество Абулфайз-хана,

его самобытные особенности и драматические произведения. Приводятся
мнения и анализируются такие его драмы, как «Абулфайз-хан» и «Абу Муслим».

Annotation:

This article explores the literary work of Abulfayz Khan, focusing

on his unique characteristics and dramatic pieces. It provides insights and a thorough
analysis of his plays such as "Abulfayz Khan" and "Abu Muslim".


Abulfayzxon Fitrat oʻzbek jadidchilik adabiyotida oʻz oʻrniga ega boʻlgan

ijodkorlardan biri ekanligi barchamizga maʼlum. Uning ijodi oʻsha davrning muhim
ijtimoiy, siyosiy , shuningdek umumbashariy masalalarini aks ettiradi va bu asarlar
bugungi kunda ham oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan. Uning ijodida dramaturgiya sohasi
alohida oʻrin egallaydi. Shuni aytish oʻrinliki , Fitratning adabiy asarlari, xususan,
uning dramaturgiya sohasidagi ijodiy faoliyati zamondoshlari tomonidan yuksak
e’tirof etilgan. . 1916-1930-yillar mobaynida u bir qancha dramalar yozdi. Ayniqsa,
1920-yillarda

yozgan “O‘g‘uzxon”, “Chin sevish”, “Hind ihtilolchilari”,

“Abulfayzxon” kabi dramalari katta shuhrat qozondi. “Chin sevish” dramasida biz
oldingi Fitrat, g‘arb ilm-fanini o‘rganishga bo‘lgan targ‘ibotning boshqa bir darajaga
yuksalganini, ya’ni siyosiy jihatdan yetuklikka erishgan Fitratni ko‘ramiz. U asar
qahramoni Karimbaxsh tilidan bu kabi g‘oyalarini quyidagicha bayon etadi: “Ovrupo
ishlarini o‘rganmak albatta kerakdir. Ovrupoda o‘qimoq ovrupolilarni insofli, adolatli
deb maqtamoq uchun emas, ulardan o‘zimizni saqlamoq, tishli-tirnoqli bo‘lish uchun
kerakdir.”

Fitrat tarixiy drama janriga asos soldi. U “Abulfayzxon”, “Abo Muslim” kabi

dramalarida o‘tmishga yuzlanar ekan, tarix hodisotlarining mazmun-mohiyatini tarixiy
shaxslar obrazi orqali ularning taqdirlari misolida qayta jonlantirishga hamda ulardan
zamon uchun kerakli xulosalar chiqarishga muvaffaq bo‘lgan ijodkordir.

Fitratning hayoti va adabiy faoliyati tarixning eng qaltis damlarida millat va

Vatanga xizmat qilishning yorqin namunasidir. Yirik jadidshunos olim Begali
Qosimovning so‘zlari bilan aytganda, har qanday holda ham xalq bilan birga bo‘lish,
uning manfaatini har narsadan ustun qo‘yish, har narsadan muqaddas bilish Fitrat


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–78_Issue-3_June-2025

113

113

shaxsiyatida namoyon bo‘ladigan eng ahamiyatga molik xususiyatlaridan edi.

Fitrat ijodiy merosining katta qismini dramaturgiya tashkil etishini yuqorida aytib

o‘tdik. Shu bois ham adabiyot ahli haqli ravishda Fitratni o‘zbek dramaturgiyasining
sardori deyishadi. Fitratning 13 ta drama yozgani bizga ma’lum. Shundan 7 tasi to‘la
holda saqlangan. Uning dramalari bu janrdagi ilk namunalar bo‘lishiga qaramasdan
adabiyotimizni umrboqiy asarlar va mavzular bilan boyitdi. Bizgacha to‘liq yetib
kelmagan “Temur sag‘anasi”da romantik uslub orqali jahongirning mardona
vatanparvarligini tasvirlagan bo‘lsa, 5 pardadan iborat “Chin sevish”da muallif sovet
voqeligiga bo‘lgan norozilik kayfiyatini, mustamlakachi Yevropadan yaxshilik kutish,
unga ishonish mumkin emasligini Hindiston hayoti misolida ko‘rsatishga muvaffaq
bo‘ldi.

1924-yilda yaratilgan “Abulfayzxon” tragediyasini Fitrat dramaturgiyasining

gultoji deyish mumkin, chunki unda shafqatsiz tarix sabog‘i yuksak badiiy haqiqat
darajasiga ko‘tarilgan va insoniyat cheksiz qon to‘kishlar dahshatli fojialarga olib
kelishidan ogoh etilgan edi. O‘zining yuksak fazilatlariga ko‘ra, bu drama Fitrat ijodiy
yo‘lining yetuklik bosqichi boshlanganligidan guvohlik beradi. Dramaturg asar
qahramonlarini jonli, hayotiy. tarixiy haqiqatga mos tarzda realistik aks ettiradi.
“Abulfayzxon” nainki, Fitrat ijodi, balki, umuman, o‘zbek dramaturgiyasidagi shoh
asarlardan biridir. Tragediya badiiy jihatdan g‘oyatda yuksak va teran. Asar
qurilishidagi tizimlilik, voqealarning o‘zaro uyg‘unligi, obrazlarning haqqoniyligi
kitobxonni beixtiyor o‘ziga asir aylaydi. Shuningdek, qahramon fikri va harakatidagi
emotsionallik, g‘oyaning asardagi obrazlilik zamiridan sizib chiqishi, shakl va
mazmundagi muxtasar tutum xarakterlar pafosi bilan to‘yingan holda ajib bir badiiy
yaxlitlik kasb etadi. Asarning yetakchi g‘oyaviy-badiiy maqsadi zo‘ravonlik,
o‘zgalarni qullarcha itoatda tutish, taxt va mansab dunyosi barcha razilliklar manbaidir
degan muammoni yoritishga qaratilgan. Dramada Buxorodagi Ashtarxoniylar
sulolasining oxirgi namoyandasi Abulfayzxon hokimiyatining tanazzuli va mang‘itlar
sulolasining hokimiyat tepasiga kelishi aks ettiriladi. Abulfayzxon taxtni egallagach,
eng yaqin kishilaridan ham shubhalana boshlaydi, ko‘p o‘ylab o‘tirmay ularni birma-
bir qatl etadi. Tarixdagi ushbu voqelikni ko‘rsatish orqali muallif zamonaviy dardlarni
ko‘tarib chiqdi. Uning asar asosiga joylagan asl niyati yashirin zulm va zo‘ravonlik
asosiga qurilgan, bu yo‘lda istibdodning hech qanday manfurligidan qaytmaydigan
tuzumni fosh etish edi. Bir jihatdan, tarixning qora va og‘ir bir davri yorqin ko‘rsatib
berildi.

Ikkinchi bir jihatdan, taxtning yangi egalari bilan birga, o‘z yurtiga sotqinlik

qilgan, yangi a’yonlar bilan og‘iz-burun o‘pishgan yerli amaldorlar ko‘magida
boshqarilayotgan yangi tuzum va yangi jamiyatning kirdikorlari ham ochib tashlandi.
Xayol tilidan asar nihoyasida taxtga nisbatan aytilgan: “Eng qop-qora saodat-sensan”
(Fitrat. Tanlangan asarlar. “Abulfayzxon’’ dramasi, 218-bet)deyilgan fikr Rahimbiy


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–78_Issue-3_June-2025

114

114

timsolidagi xonga nisbatangina emas, ayni vaqtda, asar yozilgan davr jamiyatining
arkoni davlatiga ham ishoradir. Xususan, Xayol tilidagi: “Tinchlik saqlamoq bahonasi
bilan millionlarcha inson ko‘masini chuqurdan-chuqurga yumalatmog‘ingning zamoni
hanuzg‘acha bitmadimi?” deyilgan flkrda Fitrat o‘z zamonasiga nisbatan o‘zining
qarashlarini ochiq-oydin aytib o‘tadi.

Tragediyaning obrazlar tizimidagi badiiy mantiq va o‘zaro bog‘lanish kuchli.

Abulfayzxon – asarning bosh qahramoni. Uning kuchi aqlida emas, faqatgina
podsholigida, xolos. U hatto o‘ziga ham ishonmaydi. Abulfayzxon, aslida, nomard,
qo‘rqoq, vahimachi odam, o‘ziga ishonmaganligi sababli ham hammadan
hayiqaveradi. Uning uchun toj-u taxtni asrab qolishning yagona yo‘li – o‘lim. U har
qanday kelishmovchilikni, “butun janjallarni o‘lim bitiradi’’ degan qat’iy fikrda.
Xonning atrofidagilar ham o‘ziga yarasha. Yanada to‘g‘rirog‘i, ishni va gapni unga
yoqadigan yo‘sinda tutadiganlar. Katta amaldor Ulfatning “podshohlik qon bilan
sug‘oriladigan og‘ochdir” deyishi, o‘zininggina gapi emas. Bu xonga juda ma’qul
gapdir. Qozikalon Nizom, to‘qsabo Davlat, xonning otalig‘i Hakimbiylar ham shu
yo‘nalishdagi kishilardir. Dramadagi Farhod otaliq esa bulardan farqli o‘laroq iymonli,
vijdonli hamda yurtini o‘ylaydigan insondir.

Xulosa. Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, Abdurauf Fitratning ushbu dramasi

ilgari surilgan g‘oyasi dolzarb, badiiy maqsadi buyuk bo‘lgan asarlardan biri bo‘lib,
undagi fikr-u g‘oyalar bugungi davr uchun ham birday qimmatlidir. Zero, ushbu
dramani o‘qigan kitobxon tarix bilan tanishish barobarida undan xulosalar ham
chiqaradi, xatolarni takrorlamaslikka harakat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Sadriddin Ayniy. -1987. 533-bet.
2. Abdurauf Fitrat. Tanlangan asarlar. – Toshkent: Ma’naviyat, 2000.
3. Abdurauf Fitrat. Tanlangan asarlar. Chin sevish. – Toshkent: Ma’naviyat, 2005.
4. G’aniyev I. Fitrat va fitratshunoslik. – Toshkent: Fan, 2005.
5. Hamroyeva O. Fitratning adabiyotshunoslikka oid qarashlari. – Toshkent:
Bookmany Print, 2023.



References

Sadriddin Ayniy. -1987. 533-bet.

Abdurauf Fitrat. Tanlangan asarlar. – Toshkent: Ma’naviyat, 2000.

Abdurauf Fitrat. Tanlangan asarlar. Chin sevish. – Toshkent: Ma’naviyat, 2005.

G’aniyev I. Fitrat va fitratshunoslik. – Toshkent: Fan, 2005.

Hamroyeva O. Fitratning adabiyotshunoslikka oid qarashlari. – Toshkent: Bookmany Print, 2023.