JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–75_Issue-1_April-2025
277
277
ALISHER NAVOIY ADABIY ME’ROSI
Kattaqulova Durdona Oltiboy qizi
Termiz davlat pedagogika institute Tillar fakulteti
O’zbek tili va adabiyoti yo’nalishi 4-bsoqich
406-guruh talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Alisher Navoiy g’azallarining ma’no va
mazmunini teran anglab yetish, u bilan faxr-iftixor tuyg’usini his qilish haqidagi fikrlar
bayon etilgan.
Kalit so’zlar:
Adabiyot, san’at, she’riyat, g’azal mulkining sultoni, devon,
o’zbek adabiyoti, jonfidolik, hikmatlar, ulug’ shoir, mutafakkir, qit’a, xalq, ma’naviy
tanazzul, olam, muqaddima, adabiy ko’prik, syudjet, go’zallik, nafosat, faxr-iftixor,
mazmun, ma’no.
Alisher Navoiy bobomiz g’azallarining ma’no va mazmunini teran anglab yetish
uchun va u bilan faxrlanish tuyg’usi biz kelajak avlodda juda kuchli.
Boshimizni baland ko’taramiz, zero, biz shunday buyuk zotning avlodlarimiz.
Buyuk mutafakkirimizning tug’ilgan kunlari bizning tug’ilgan kunimizdir.
O’zbek adabiyotining, go’zallik va nafosatining tug’ilgan kunidir!
G’ayrat va himmat zarur
Tuxum yerga kirib, chechak bo’ldi,
Qurt jondin kechib ipak bo’ldi.
Lola tuxmicha g’ayrating yo’qmi?
Pilla qurticha himmating yo’qmi?
(,,Badoye ul-bidoya” devonidan)
Darhaqiqat, buyuk shoirimizning jonfidolik borasidagi atigi to’rt misradan
iborat ushbu nazmiy durdonasiga singdirilgan ma’noning benihoya teran va
hayotiyligidan hayratga tushamiz. Biroq, ba’zida trikchilik bahonasida atrofimizdagi
kishilarga, (ular xoh begona bo’lsin, xoh yaqinimiz) ularga ko’mak berishga
himmatimiz yoxud o’zimiz uchun oshib-toshib yotgan g’ayratimiz ham yetmay qoladi.
Qariyb bundan olti asr muqaddam, ulug’ shoirimiz bu hikmatni bitayotganda
kun kelib ana shu da’vati avlodlarga yetib borishiga, ular qalbida g’ayrat va himmat
tuyg’ularini uyg’otishiga katta umid bog’lagan bo’lsa ne ajab.
Albatta, ulug’ shoir ijodini har kim o’z bilimi, saviyasi darajasida idrok qiladi,
tushunadi va talqin etadi. Ma’lumki, inson ko’ksidagi qalbining tirikligi, uyg’oqligi
boshqa mavjudotlrdan ustundir. Qalbizni uyg’otadigan, bilim nuri bilan boyitib
turadigan eng yaxshi vositalardan biri bu badiiy adabiyotdir. Shuning uchun ham
qo’liga qalam olib adabiyotga kirayotgan har bir ijodkor buning qanchalik katta
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–75_Issue-1_April-2025
278
278
mas’uliyat ekanini his etib turadi. Shu mulohazalar asosida yana mumtoz
adabiyotimizning muazzam siymolaridan biri Alisher Navoiyga yuzlanamiz. Hazrat
Navoiydek zotlar, avvalo, adabiyotning asosiy quroli bo’lgan so’zga shunchaki yo’l-
yo’lakay yozib yoki aytilib ketaveradigan oddiy hodisa sifatida qaramaganlar. Har bir
nasraning isrofidan saqlangan donishmandimiz, mumtoz adabiyotimiz so’ziga
Allohning mo’jizakor ne’mati o’laroq munosabatda bo’lib, uning ham isrofidan
tiyilganlar. Navoiy so’z san’ati borasida tug’ma daho ekanini ham e’tirof etardi. Buni
u otaxoni Sayid Hasan Ardasherga yozgan she’riy maktubida shunday ifodalagan:
Falak ko’rmadi, men kabi nodire,
Nizomiy kibi nazm aro qodire.
Ne nazme der ersan meni dardnok,
Ki har harfi bo’lg’ay ani durri pok.
Etar Tengridin ancha quvvat manga,
Ki bo’lmas bitiriga fursat manga.
Ayni shu maktubida agar Firdavsiy o’z ,,Shohnoma”sini o’ttiz yilda yozgan
bo’lsa, men buni o’ttiz oyda yozishim mumkin. Xos ma’noda bo’lsin, iyhom san’atida
bo’lsin kunda yuz bayt bitish, men uchun holvadek gap emas deydi.
Ki har necha nutq o’lsa hohilsaroy,
Bitgaymen o’ttiz yilin o’ttiz oy.
Agar xossa ma’no iyhom gar erur
Aning bunda yuz bayti xalbom erur.
Darhaqiqat, shoirning hali yigitlik chog’larida aytgan ushbu so’zlarini
keyinchalik ortig’I bilan bajarganligin I aytib o’tirmasa ham bo’ladi.
Oradan yillar o’tib Sulton Husayn Boyqaroning qistovi bilan ,,Xazoyin ul-
ma’oniy” kulliyotini tuzar ekan debochasida hammani hayron qoldirib shunday
fikrlarni aytib o’tadi:
Shoirligi ila shuhra qilib otimni,
Zoi qildim she’r ila avqotimni.
Emdi tuzayin Tengriga toatimni,
Ko’p elga mushavvash etmay abotimni.
Qarang bobomiz nima demoqda shoirlik bilan vaqtimizni o’tkazib yuborib, ko’p
xalqqa ziyon qilib yuboribman, endi umrimni toat-ibodatda o’tkazaman deb aytadi.
Navoiy umri davomida qanchalik ko’p ilmiy-adabiy me’ros qoldirilganligiga
qaramasdan kamtarlik qilmoqda. Bunday o’ziga xos kamtarlikNavoiydek zotlarga xos
va mos fazilat hisoblanadi.
Shoirning so’z haqidagi falsafiy-estetik qarashlari uning ,,Hayrat ul-abror”
dostonida ham o’z aksini topgan desak mubolag’a bo’lmaydi.
Alisher Navoiyning o’zi so’z aytishdan maqsad ma’no bo’lishi kerak ekanligini
talab qilar ekan, yozganlarida biron ma’no mazmun bo’lmasa-da o’zlarini ahli ma’ni
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–75_Issue-1_April-2025
279
279
deb da’vo qiluvchi kimsalarni qattiq tanqid qiladi.
Lavzlari bemaza tarkibi sust,
Nosara ma’ni-yu ado nodurust.
Barchasig’a daviyu ma’niyi xos,
Xoslarim topmay alardin xolos.
Navoiy she’rni Chin go’zaliga o’xshatadi. Mutafakkir ,,Saddi Iskandariy”
dostonining muqaddimasida ,, butun olamdan, hatto olamdan tashqaridagi
mavjudotlardan ham murod-maqsad odamdir” degan fikrni ilgari suradi. Qizig’i
shundaki, Navoiydan bir asr keyin ijod qilgan Uilyam Shekspir drama va sonetlarida
aynan Navoiy ilgari surgan komil inson g’oyasini targ’ib etadi.
Alisher Navoiyning asarlari nafaqat o’zimizda, balki, chet el mamlakatlarida,
sharq va g’arb mamlakatlarining o’quvchilari orasida ham ma’lum va mashhurdir.
Mutafakkirimiz asarlariga Shekspir, Barni, Xebermen, Choser, Dante, Xottenberg kabi
yozuvchilar qiziqish bildirgan.
Navoiy asrlarining ingliz tiliga tarjimasi va ularning chet ellarga targ’iboti ham
dolzarb vazifalarda biri hisoblanadi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsam, Navoiy me’rosini asrab-avaylab, ularni kelajak
avlodga bus-butunligicha yetkazib berish bizning oliy maqsadlarimizdan biridir. Men
o’zbek adabiyoti tarixini mutafakkirimiz asarlarisiz tasavvur eta olmayman. Naavoiy
bobomiz adabiyot tarixiga tamal troshini qo’yib ketgan buyuk inson hisoblanadi. U
nafaqat shoir, balki, davlat ishlarida ham o’z o’rniga ega bo’lgan buyuk davlat arbobi
hisoblanadi. Navoiy Sulton Husayn Boyqaroning bosh vaziri bo’lib ishlagan hamda
uning eng yaqin do’sti bo’lgan.
Navoiyning buyuk shoir bo’lishida Husayn Boyqaroning o’rni, Boyqaroning
ma’rifatli podsho bo’lishida do’stining ko’rsatgan xizmatlari beqiyosdir.
Bu haqida dalilar keltirsak, ul muhtaram zotning Sulton Husayn Boyqaro bilan
munosabati borasida tarixchi Xondamir ,,Makorim ul-axloq” tarixiy asrida ,,oliy
martabali, sof niyatli, saltanat suyanchig’I, mamlakat ustuni, xoqoniya davlatining
yordamchsi, Sulton hazratlarining yaqini” deb ma’lumot bersa, Bobur o’z
,,Boburnoma”sida ,,Alisherbek begi emas, muzahibbi edi” deya ta’kidlaydi. Navoiy
bobomizning oqilona maslahatlari tufayli malakatdagi juda ko’p chigalliklar, mojarolar
hal qilinadi. Ota- bola, qirol va shahzodalar o’rtasidagi nizolar ham bartaraf etiladi.
Bularni misol tariqasida keltirishimdan maqsad, Navoiyning nafaqat shoir, balki
buyuk davlat arbobi ekanligini ham anglatmoqchiman. Bu ikkala mas’uliyatli va
sharafli vazifalarni mutafakkirimiz teng olib borganlar. Bu juda katta kuch va
mas’uliyat talab qiladi.
Navoiy qo’liga qalam olgan har bir shaxsning, bunga mas’uliyat bilan yondashish
kerakligi, mas’uliyatli bo’lishi haqida uqtirgan. O’z ustida tinimsiz ishlash kerakligini
ta’kidlashdan charchamagan.
Bugungi kunda bizning vazifamiz bobomizning asarlarini, ilmiy me’rosini o’qib-
o’rganib, tahlil qilib, ma’no-mazmunini chuqur anglashimizoldimizdagi eng katta
vazifalarimizdan biridir. Shunday buyuk insonlar avlodi ekanligimdan faxrlanaman.