Authors

  • Ismoilov Shohnur Ozod o’g’li

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jnci.93537

Keywords:

Kalit so‘zlar: ishsizlik bandlik mehnat bozori texnologik o‘zgarishlar iqtisodiy islohotlar O‘zbekiston.

Abstract

Annotatsiya: Mazkur maqolada O‘zbekistonda ishsizlik muammosi chuqur tahlil qilinib, uning sabablari va hal qilish yo‘llari yoritilgan. So‘nggi yillarda ishsizlik darajasi sezilarli pasaygan bo‘lsa-da, texnologik o‘zgarishlar, demografik o‘sish va mehnat migratsiyasi kabi omillar hali ham muhim rol o‘ynamoqda. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, 2021-yilda 9,6% bo‘lgan ishsizlik 2024-yilga kelib 5,8% gacha tushgan. Bu hukumatning bandlikni oshirishga qaratilgan islohotlari, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash va investitsiyalarni jalb qilish natijasida erishilgan yutuqdir. Biroq, hududiy tafovutlar va texnologik taraqqiyot tufayli ba’zi kasblar yo‘qolmoqda, bu esa yangi ish o‘rinlari yaratish zaruratini oshiradi. Maqolada ishsizlikni kamaytirish bo‘yicha samarali strategiyalar, jumladan, ta’lim tizimini isloh qilish va zamonaviy kasblarga moslashish kabi yo‘nalishlar taklif etiladi.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–75_Issue-1_April-2025

158

158

ISHSIZLIK SABABLARI VA UNI HAL QILISH YO‘LLARI

Ismoilov Shohnur Ozod o’g’li

Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya universiteti

1-kurs talabasi

ismoilovshohnur07@gmail.com

+998 95 136 14 10

Annotatsiya:

Mazkur maqolada O‘zbekistonda ishsizlik muammosi chuqur tahlil

qilinib, uning sabablari va hal qilish yo‘llari yoritilgan. So‘nggi yillarda ishsizlik
darajasi sezilarli pasaygan bo‘lsa-da, texnologik o‘zgarishlar, demografik o‘sish va
mehnat migratsiyasi kabi omillar hali ham muhim rol o‘ynamoqda. Tadqiqot natijalari
shuni ko‘rsatadiki, 2021-yilda 9,6% bo‘lgan ishsizlik 2024-yilga kelib 5,8% gacha
tushgan. Bu hukumatning bandlikni oshirishga qaratilgan islohotlari, kichik biznesni
qo‘llab-quvvatlash va investitsiyalarni jalb qilish natijasida erishilgan yutuqdir. Biroq,
hududiy tafovutlar va texnologik taraqqiyot tufayli ba’zi kasblar yo‘qolmoqda, bu esa
yangi ish o‘rinlari yaratish zaruratini oshiradi. Maqolada ishsizlikni kamaytirish
bo‘yicha samarali strategiyalar, jumladan, ta’lim tizimini isloh qilish va zamonaviy
kasblarga moslashish kabi yo‘nalishlar taklif etiladi.

Kalit so‘zlar:

ishsizlik, bandlik, mehnat bozori, texnologik o‘zgarishlar, iqtisodiy

islohotlar, O‘zbekiston.

1.Kirish:

Hozirgi kunda ishsizlik nafaqat alohida shaxslar, balki butun jamiyat uchun

dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Ishsizlik tushunchasi Xasanov N.N. va
boshqalarning tarifiga ko’ra, bu iqtisodiy faol aholining bir qismi munosib ish topa
olmaganda yuzaga keladigan jarayondir. Ishsizlik inson manfaatlariga bevosita ta’sir
qiluvchi asosiy ijtimoiy-iqtisodiy muammolardan biridir. Ko‘plab odamlar uchun
ishini yo‘qotish oilasining turmush darajasining pasayishiga, shaxsiy hayotdagi
tangliklarga va inson ruhiyatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.

Hozirgi iqtisodiy hayotda ishchiga bo’lgan talab unga bo’lgan taklifdan kamligini

sababli ishsizlik yuzaga keladi. Iqtisodiyotda umumiy talab va taklif muvozanati
buziladi, bozor talabining pasayishi mehnatga bo‘lgan ehtiyojning ham kamayishiga
olib keladi. Natijada, ishchi kuchining bir qismi ortiqcha bo‘lib qoladi. Iqtisodiyot
rivojlanishi bilan malakali ishchi kuchiga bo‘lgan talab ortadi, malakasiz mehnatga
ehtiyoj kamayadi.

Iqtisodiyotda ishsizlik sabablarini o‘rganishning asosiy maqsadi – bandlikni

yaxshilash orqali mamlakatda mehnat kuchini kengaytirish va aholining turmush
darajasini yanada oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqishdir. Bu esa puxta tuzilgan


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–75_Issue-1_April-2025

159

159

strategik qadamlar va islohotlarni talab qiladi.

2.Adabiyotlar sharhi:

Ishsizlik va bandlik masalalari ko’pgina olimlar ilmiy izlanishlarida o’z aksini

topgan. Jumladan, Sh.M.Ortiqov(2024) xorijiy mamlakatlarda bandlikni ta’minlash
masalalarini statistik tahlilni amalga oshirgan bo’lsa, N.X.Turopova(2023)
O’zbekistonda ishsizlikning hududlar taqsimotida o’rganib, tahlil qilgan.

Hojiqulova F.D., Eshquvvatov O.(2023),Karimov J.(2022) lar izlanishlarida

mehnat bozoriga sun’iy intellektning tasirini tadqiq etganlar.

Ishsizlikka umumiy ta’sir etuvchiomillar va yechimlarni, shuningdek,

O‘zbekistonda o‘tgan yillarda sodir bo‘lgan ishsizlikka oid ayrim holatlar va ularga
qo‘llanilgan yechimlar, hozirgi paytda sodir bo‘layotgan ishsizlikning sabablari va
ularni bartaraf etishga yondashilgan yechimlarni ilmiy asoslab beradi.

(A.Shomurodov,2023, S.Muxamedov,2025)
Shu bilan birga, Karimova(2022), Hasanova M.(2024) tomonidan olib borilgan

tadqiqot O‘zbekiston yoshlarida ishsizlik sabablarini o‘rganib, malaka va ta’lim
tizimining mehnat bozoriga mos emasligi natijasida yoshlar orasida ishsizlik
kuchayishini ta’kidlagan. Doniyorova F.(2018), Turg‘unboyeva D.(2024),
Cyberleninka.ru. (2024) lar esa ishsizlikning oshishiga asosiy sababi tashqi migratsiya
bilan bog’liq deb hisoblaydi.

Arthur H.Goldsmith(1996) ishsizlikning ruhiy salomatlik va ijtimoiy

munosabatlarga ta’sirini o‘rganib, uzoq muddatli ishsizlikning insonlarning ruhiy va
ijtimoiy hayotiga salbiy ta’sir qilishini aniqlashgan. Shuningdek, Usmonova V.B.
fikricha, ishsizlik darajasi oshgani sari, jinoyatchilik va oilalarda notichlik ham oshib
boradi.

Musurmankulova G.(2024), Raxmatullayeva Sh. va Sadriddinova S.(2024)

fikrlariga ko’ra, yoshlarni texnologiyalar rivojlanishi bilan mos keladigan yangi
kasblarga o‘qitish, davlatda ishchilarning malakasi oshishiga sababchi bo’ladi.
Shuningdek, yoshlar va ishsizlar uchun bepul yoki subsidiyalangan kasb-hunar
kurslarini tashkil etish. (X.D.Aliyev, 2022)

Mazkur tadqiqotlarning natijalari, ulardagi ilmiy asoslangan takliflar, amaliy

tavsiyalar va xulosalarga qo’shilgan holda aytish joizki, aholini ish bilan bandligi
ta’minlash borasidagi mavjud muammolarni yechish va bu bo’yicha statistik tahlillarni
amalga oshirgan holda masalani hal etishning tashkiliy, iqtisodiy va institutsional
jihatlarini ilmiy jihatdan yanada tadqiq etish, shuningdek innovatsion yondashuvlarni
ishlab chiqish lozim.

3.Tadqiqot metodologiyasi:

3.1. Tadqiqot ma’lumotlari

Ushbu maqola aniq va foydali xulosaga kelish maqsadida faqatgina ishonarli va

rasmiy manbalardan World Bank, Stat.uz saytlari ma’lumotlaridan foydalanadi.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–75_Issue-1_April-2025

160

160

Tadqiqot 2000-2024-yilgi ma’lumotlarni muxokama qiladi.

3.2. Tadqiqot usuli

Tadqiqot ishsizlik sabablari va unga yechimlarni chuqur o’rganish maqsadida

PEST tahlil usulidan foydalangan holda amalga oshirildi.

4.Tahlil va natijalar:

Tadqiqot davomida PEST tahlil usuli doirasida turli ma’lumotlar to‘plandi.

Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, ishsizlik sabablari va yechimlari o‘rtasidagi
bog‘liqlikka bir qator omillar ta’sir ko‘rsatmoqda.

Siyosiy omillarning ta’siri.(

1-rasm)

1-rasm. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

ma’lumotlariga muvofiq.

Manba: https://gov.uz/oz/bv

(1-rasm) da keltirilganidek, 2000-2006 yilda ishsizlik darajasi

1% dan past bo’lgan va bunga bir nechta sabablar mavjud.


1.

O‘sha yillarda O‘zbekistonda bandlikni aniqlash usullari hozirgi

zamonaviy xalqaro me’zonlardan farq qilgan. Rasmiy bandlik ko‘rsatkichi asosan
davlat sektorida ishlayotgan va qishloq xo‘jaligida shug‘ullanayotgan aholiga
asoslangan edi.

2.

Ishchi kuchining katta qismi norasmiy sektorda – dehqonchilik,

hunarmandchilik, chakana savdo va qurilish sohalarida faoliyat yuritgan. Ko‘pchilik
ro‘yxatdan o‘tmagan holda ishlaganligi sababli, rasmiy statistika ularni ishsiz deb
hisoblamagan.

3.

Iqtisodiy qiyinchiliklar tufayli ko‘plab o‘zbekistonliklar Rossiya va

boshqa mamlakatlarga ishlash uchun ketgan. Ularning aksariyati rasmiy statistikada


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–75_Issue-1_April-2025

161

161

hisobga olinmagan, natijada ichki mehnat bozorida ishsizlik darajasi sun’iy ravishda
past bo‘lib ko‘ringan.

2016-yil hokimyat almashgandan keyin, sohada raqamlashtirish islohoti amalga

oshirildi. Natijada, 2018-yilda mamlakat aholisining necha foizi ishsiz ekanligi
nisbatan aniq ma’lumotlar keltirildi.

Iqtisodiy omillarding ta’siri

Mehnat bozorining asosiy ko‘rsatkichlaridan yana bittasi ishsizlik darajasidir. U

doimiy ish joyiga ega bo‘lmagan va ishga kirishishga tayyor iqtisodiy faol aholi
ulushini aks ettiradi. O‘zbekistonda so‘nggi yillarda ishsizlik darajasining pasayish
kuzatilmoqda, bu esa mehnat bozoridagi ijobiy tendensiyalardan dalolat beradi.
Rasmiy statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2020-yilgacha bu ko’rsatkich tushib brogan.
Ammo, 2020-yilgi COVID-19 pandemiya davrida zavodlarni yopilishi, ko’plab
iqtisodiy subyektlarning ishlamasligi ishchi o’rnini yanada qisqartirgani sababli bu
sonlar 10,5% gacha oshgan. Shunday bo’lishiga qaramasdan, hukumat tomonidan
qabul qilingan qo‘llab-quvvatlov choralari sababli ishsizlik darajasi keskin
kamaymagan. 2022-yilga kelib esa, pandemiyadan oldingi ko‘rsatkichlar to‘liq
tiklanib, hatto oshgan. 2022-yilda ishsizlik darajasi 8,9% ni tashkil etgan. Va bu o’tgan
2021-yilga qaraganda 0,7% kamayganligini ko’rsatadi, ya’ni, 1,3 million

kishiga kamaygan. Keyingi 2023-yili esa ishsizlik darajasi sezilarli darajada

kamaydi. O’sha yili statistikaga ko’ra 6,8% foizga tushgan. Bu esa o’z o’rnida o’tgan
yilgiga nisbatan 2,1% tushganini bildiradi. Oxirgi yili, ya’ni, 2024-yili bu ko’rsatkich
5,8% ga yetdi. Bu esa ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha hukumat tomonidan amalga
oshirilayotgan islohotlar va qo‘llab-quvvatlov dasturlari
natijasida mehnat bozorida ijobiy o‘zgarishlar kuzatilayotganini bildiradi. (2-rasm)

2-rasm. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik

vazirligi ma’lumotlariga muvofiq.

Manba: https://gov.uz/oz/bv



Yil

Ishsizlik darajasi(%)

Bandlik darajasi(%)

2019

9,0

91

2020

10,5

89,5

2021

9,6

90,4

2022

8,9

91,1

2023

6,8

93,2

2024

5,8

94,2


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–75_Issue-1_April-2025

162

162

Ijtimoiy omillarning ta’siri

Mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishida, shuningdek aholi bandligini

ta’minlash va ishsizlikni kamaytirish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirishda
demografik holat muhim o‘rin tutadi. 2023-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra
mamlakatimizda yashovchi doimiy aholi soni 36 mln. kishini tashkil etib, yil davomida
768,8 ming kishiga yoki 2,1 % ga ko‘paygan. Bundan ko‘rinib turibdiki har yili aholi
soni o‘rtacha 700 ming kishiga ortmoqda. Aholining asosiy qismini, ya’ni 56,7 % ini
mehnatga layoqatli yoshdagilar tashkil etgan bo‘lsa, o‘z o‘rnida 31,9 % i mehnatga
layoqatli yoshdan kichiklar va 11,4% i mehnatga layoqatli yoshdan kattalar hissasiga
to‘g‘ri kelmoqda. O‘tgan 2022-yilda respublikamizda mehnatga layoqatli yoshdagi
aholi soni 20 mln.505,3 ming kishini tashkil etgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkichni 2018-
yil ma’lumotlari bilan taqqoslanganda 713,6 ming kishiga yoki 3,6 foizga
ko‘payganligi kuzatildi. Bu esa o‘z o‘rnida yangi ish o‘rinlarini yaratish orqali aholi
bandligini ta’minlash va ishsizlikni kamaytirish choralarini ishlab chiqishni taqozo
etadi. Mehnat bozorining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri hisoblangan bandlik darajasi
ko‘rsatkichi ma’lum bir ish joyida band bo‘lgan iqtisodiy faol aholi ulushini aks
ettiradi. Respublikamizdagi iqtisodiy faol aholi soniga nisbatan bandlik darajasi 2019-
yilda 90,7 foizni tashkil etgan. 2022-yilga kelib ushbu ko‘rsatkich 91,1 foizga
yetganligini kuzatish mumkin (3-rasm).

3-rasm. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Manba: https://gov.uz/oz/bv

Texnologik omillarning ta’siri

Texnologik taraqqiyot, xususan avtomatlashtirish va sun'iy intellekt (SI)ning

rivojlanishi, mehnat bozoriga sezilarli ta'sir ko'rsatmoqda. Avtomatlashtirish natijasida
oddiy va takrorlanuvchi vazifalarni bajaruvchi ish o'rinlari qisqarishi kuzatilmoqda.
Masalan, OECD hisobotiga ko'ra, robotlarning joriy etilishi past malakali ish
o'rinlarining kamayishiga olib kelgan. Xitoy misolida, past malakali ishlab chiqarish
sektorida avtomatlashtirish va xalqaro raqobat tufayli ish o'rinlarining qisqarishi


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–75_Issue-1_April-2025

163

163

kuzatilmoqda. Bu esa millionlab past malakali ishchilarning ishdan bo'shashiga olib
kelmoqda.

Biroq, texnologik taraqqiyot natijasida ish o'rinlarining yo'qolishi bilan birga,

yangi ish o'rinlari ham yaratilmoqda. Masalan, sun'iy intellekt va avtomatlashtirish
texnologiyalari yangi kasblar va sohalarni shakllantirmoqda. Shuning uchun,
texnologik o'zgarishlarga moslashish uchun kasbiy tayyorgarlik va qayta o'qitish
dasturlariga e'tibor qaratish muhimdir.

Umuman olganda, texnologik omillar mehnat bozorida muayyan kasblar va

malaka darajalariga turlicha ta'sir ko'rsatadi. Shuning uchun, bu o'zgarishlarga
moslashish uchun ta'lim va malaka oshirish dasturlarini rivojlantirish zarur.

5.Xulosa va kelgusi tadqiqotlarga tavsiyalar

O‘zbekiston mehnat bozorida so‘nggi yillarda ishsizlik darajasining sezilarli

pasayishi kuzatildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, 2021-yilda 9,6% ni tashkil
etgan ishsizlik darajasi 2024-yilga kelib 5,8% gacha pasaydi. Bu hukumat tomonidan
amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar, bandlikni oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar
va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash dasturlari natijasi hisoblanadi. Biroq, ishsizlik
muammosi hali ham dolzarb bo‘lib, texnologik o’zgarishlar, demografik o’sish,
hududiy tafovutlar, mehnat migratsiyasi kabi omillarni hisobga olgan holda, ishsizlik
muammosini yanada samarali hal qilish uchun kompleks yondashuv talab etiladi.
Bunda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish, zamonaviy kasb-hunar o‘qitish tizimini
kuchaytirish, investitsiya muhitini yaxshilash va hududiy bandlik dasturlarini
kengaytirish kabi chora-tadbirlar muhim ahamiyat kasb etadi. Kelajakda olib
boriladigan tadqiqotlar ishsizlik muammosining chuqur ildizlarini aniqlash va samarali
yechimlar ishlab chiqish uchun muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Bu esa, o‘z
navbatida, O‘zbekiston iqtisodiyotining barqaror rivojlanishiga hamda aholining
farovonligini oshirishga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI Qo’lyozma huquqida
ISHSIZLIKNING

IJTIMOIY-IQTISODIY

OQIBATLARI

VA

UNI

BARTARAF

ETISH

YO’LLARI.

(n.d.).

Available

at:

https://api.ziyonet.uz/uploads/books/835095/5afd62ecf0066.pdf [Accessed 27
Mar. 2025].

2.

O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi.
(2025).

O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik

vazirligi

. [online] Available at: https://gov.uz/oz/bv [Accessed 27 Mar. 2025].

3.

Stat.uz. (2024).

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika

agentligi

. [online] Available at: https://www.stat.uz/uz/.

4.

World Bank (2025).

World Bank Open Data

. [online] World Bank. Available at:

https://data.worldbank.org/.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–75_Issue-1_April-2025

164

164

5.

Farspublishers.org. (2025).

View of O‘ZBEKISTONDA ISHSIZLIKNING

SABABLARI

VA

YECHIMLARI.

[online]

Available

at:

https://farspublishers.org/index.php/ijessh/article/view/1779/2773 [Accessed 27
Mar. 2025].

6.

Оrtiqov

Shavkat

Muxammadi

o`g`li

(2024).

O’ZBEKISTON

RESPUBLIKASIDA

AHOLI

BANDLIGINI

OSHIRISH

MASALALARI.

Zenodo

. [online] doi:https://doi.org/10.5281/zenodo.10686159.

7.

Goldsmith, A.H., Veum, J.R. and Darity, W. (1996). The psychological impact of
unemployment and joblessness.

The Journal of Socio-Economics

, 25(3), pp.333–

358. doi:https://doi.org/10.1016/s1053-5357(96)90009-8.

8.

‘Yangi O’zbekistonda statistika nazariyasi va amaliyotidagi islohotlar:
muammolar va yechimlar’ mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman. (n.d.).
doi:https://doi.org/10.5281/zenodo.10532889.

9.

Interoncof.com. (2025).

View of ISHSIZLIK, UNING OQIBATLARI VA OLDINI

OLISH

YO’LLARI

.

[online]

Available

at:

https://interoncof.com/index.php/USA/article/view/272/270 [Accessed 27 Mar.
2025].

10.

Vasila Botirovna, U. (n.d.).

INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION

SYSTEM 332 O’ZBEKISTONDA ISHSIZLIK MUAMMOSI VA UNI HAL QILISH
CHORA

TADBIRLARI

.

[online]

Available

at:

https://api.scienceweb.uz/storage/publication_files/4708/20706/65c5b4f5663ac_
__Usmonova%2BVasila%2BBotirovna%2B.pdf [Accessed 27 Mar. 2025].

11.

F.A.Doniyorova (2018).

Aholi bandligini ta’minlashning yo’nalishlari

(O’zbekiston Respublikasi misolida)

. [online] Labor economics and human

capital

scientific

electronic

journal.

Available

at:

https://laboreconomics.uz/article/132 [Accessed 27 Mar. 2025].

12.

Aliyev Diyorjon Xasanjon o'g'li (2022). O’ZBEKISTONDA ISHSIZLIK
SABABLARI.

Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)

.

[online] doi:https://doi.org/10.5281/zenodo.6348974.

13.

Mirislom Mirshokir O'g'li, M. (n.d.). ‘Yangi O’zbekistonda statistika nazariyasi
va amaliyotidagi islohotlar: muammolar va yechimlar’ mavzusidagi xalqaro
ilmiy-amaliy anjuman. [online] doi:https://doi.org/10.5281/zenodo.10530098.

14.

Musurmankulova

Gulchexra Isabekovna (2024). O‘ZBEKISTONDA

ISHSIZLIKNI KAMAYTIRISH YO’LLARI.

Eurasian Journal of Academic

Research

, [online] 4(7S). Available at: https://cyberleninka.ru/article/n/o-

zbekistonda-ishsizlikni-kamaytirish-yo-llari [Accessed 27 Mar. 2025].

15.

Shahnoza Raxmatullayeva and Sevinchxon Sadriddinova (2024). O‘zbekiston
respublikasida aholini samarali ish bilan taʻminlash istiqbollari.

YASHIL

IQTISODIYOT

VA

TARAQQIYOT

,

[online]

2(11).

doi:https://doi.org/10.5281/zenodo.14225113.

16.

Karimov Jaloliddin (2022). AXBOROT TEXNOLOGIYANING INSON
HAYOTIGA TA’SIRI.

Zenodo (CERN European Organization for Nuclear

Research)

. [online] doi:https://doi.org/10.5281/zenodo.6386822.

17.

Cyberleninka.ru.

(2024).

AN‟ANALARNING

YOSHLAR

MEHNAT

MIGRATSIYASIGA

TA‟SIRI

.

[online]

Available

at:


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–75_Issue-1_April-2025

165

165

https://cyberleninka.ru/article/n/an-analarning-yoshlar-mehnat-migratsiyasiga-
ta-siri/viewer [Accessed 27 Mar. 2025].

18.

OECD (2024).

OECD.org - OECD

. [online] Oecd.org. Available at:

https://www.oecd.org/

.

19.

Spot – biznes va IT yangiliklari. (2024).

O‘zbekistonda ishsizlik darajasi

kamaydi

Bandlik

vazirligi

.

[online]

Available

at:

https://www.spot.uz/oz/2024/03/04/unemployment-rate/ [Accessed 15 Apr.
2025].

20.

Advice.uz. (2019).

Ishsizlarga ijtimoiy to‘lovlar

. [online] Available at:

https://advice.uz/oz/document/2202?keyword=Mehnat%20ta%CA%BCtili
[Accessed 15 Apr. 2025].















References

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI Qo’lyozma huquqida ISHSIZLIKNING IJTIMOIY-IQTISODIY OQIBATLARI VA UNI BARTARAF ETISH YO’LLARI. (n.d.). Available at: https://api.ziyonet.uz/uploads/books/835095/5afd62ecf0066.pdf [Accessed 27 Mar. 2025].

O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi. (2025). O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi. [online] Available at: https://gov.uz/oz/bv [Accessed 27 Mar. 2025].

Stat.uz. (2024). O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi. [online] Available at: https://www.stat.uz/uz/.

World Bank (2025). World Bank Open Data. [online] World Bank. Available at: https://data.worldbank.org/.

Farspublishers.org. (2025). View of O‘ZBEKISTONDA ISHSIZLIKNING SABABLARI VA YECHIMLARI. [online] Available at: https://farspublishers.org/index.php/ijessh/article/view/1779/2773 [Accessed 27 Mar. 2025].

Оrtiqov Shavkat Muxammadi o`g`li (2024). O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA AHOLI BANDLIGINI OSHIRISH MASALALARI. Zenodo. [online] doi:https://doi.org/10.5281/zenodo.10686159.

Goldsmith, A.H., Veum, J.R. and Darity, W. (1996). The psychological impact of unemployment and joblessness. The Journal of Socio-Economics, 25(3), pp.333–358. doi:https://doi.org/10.1016/s1053-5357(96)90009-8.

‘Yangi O’zbekistonda statistika nazariyasi va amaliyotidagi islohotlar: muammolar va yechimlar’ mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman. (n.d.). doi:https://doi.org/10.5281/zenodo.10532889.

Interoncof.com. (2025). View of ISHSIZLIK, UNING OQIBATLARI VA OLDINI OLISH YO’LLARI. [online] Available at: https://interoncof.com/index.php/USA/article/view/272/270 [Accessed 27 Mar. 2025].

Vasila Botirovna, U. (n.d.). INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM 332 O’ZBEKISTONDA ISHSIZLIK MUAMMOSI VA UNI HAL QILISH CHORA TADBIRLARI. [online] Available at: https://api.scienceweb.uz/storage/publication_files/4708/20706/65c5b4f5663ac___Usmonova%2BVasila%2BBotirovna%2B.pdf [Accessed 27 Mar. 2025].

F.A.Doniyorova (2018). Aholi bandligini ta’minlashning yo’nalishlari (O’zbekiston Respublikasi misolida). [online] Labor economics and human capital scientific electronic journal. Available at: https://laboreconomics.uz/article/132 [Accessed 27 Mar. 2025].

Aliyev Diyorjon Xasanjon o'g'li (2022). O’ZBEKISTONDA ISHSIZLIK SABABLARI. Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research). [online] doi:https://doi.org/10.5281/zenodo.6348974.

Mirislom Mirshokir O'g'li, M. (n.d.). ‘Yangi O’zbekistonda statistika nazariyasi va amaliyotidagi islohotlar: muammolar va yechimlar’ mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman. [online] doi:https://doi.org/10.5281/zenodo.10530098.

Musurmankulova Gulchexra Isabekovna (2024). O‘ZBEKISTONDA ISHSIZLIKNI KAMAYTIRISH YO’LLARI. Eurasian Journal of Academic Research, [online] 4(7S). Available at: https://cyberleninka.ru/article/n/o-zbekistonda-ishsizlikni-kamaytirish-yo-llari [Accessed 27 Mar. 2025].

Shahnoza Raxmatullayeva and Sevinchxon Sadriddinova (2024). O‘zbekiston respublikasida aholini samarali ish bilan taʻminlash istiqbollari. YASHIL IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT, [online] 2(11). doi:https://doi.org/10.5281/zenodo.14225113.

Karimov Jaloliddin (2022). AXBOROT TEXNOLOGIYANING INSON HAYOTIGA TA’SIRI. Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research). [online] doi:https://doi.org/10.5281/zenodo.6386822.

Cyberleninka.ru. (2024). AN‟ANALARNING YOSHLAR MEHNAT MIGRATSIYASIGA TA‟SIRI. [online] Available at: https://cyberleninka.ru/article/n/an-analarning-yoshlar-mehnat-migratsiyasiga-ta-siri/viewer [Accessed 27 Mar. 2025].

OECD (2024). OECD.org - OECD. [online] Oecd.org. Available at: https://www.oecd.org/.

Spot – biznes va IT yangiliklari. (2024). O‘zbekistonda ishsizlik darajasi kamaydi — Bandlik vazirligi. [online] Available at: https://www.spot.uz/oz/2024/03/04/unemployment-rate/ [Accessed 15 Apr. 2025].

Advice.uz. (2019). Ishsizlarga ijtimoiy to‘lovlar. [online] Available at: https://advice.uz/oz/document/2202?keyword=Mehnat%20ta%CA%BCtili [Accessed 15 Apr. 2025].