JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–77_Issue-1_May-2025
116
116
LINGVOPRAGMATIK JIHATDAN MOLIYAVIY
TERMINLARNING TARJIMADAGI EKVIVALENTLIGI
Mamanazarova Diyora
1
Annotatsiya.
Ushbu maqola moliyaviy terminlarning tarjima jarayonida
ekvivalentlikni lingvopragmatik nuqtai nazardan o‘rganishga qaratilgan. Moliyaviy
matnlar o‘ziga xos terminologik va uslubiy xususiyatlarga ega bo‘lib, ularning
tarjimasi nafaqat lug‘aviy, balki kommunikativ va pragmatik jihatdan ham mos bo‘lishi
muhimdir. Tadqiqot davomida xalqaro moliyaviy hujjatlar, bank hisobotlari va
investitsion shartnomalar misolida lingvopragmatik ekvivalentlik darajasi tahlil
qilinadi. Moliyaviy terminlarning o‘zbek tiliga tarjima qilinishida uchraydigan
qiyinchiliklar, terminlarning mazmunini to‘liq yetkazish uchun qo‘llaniladigan
strategiyalar hamda pragmatik moslikni saqlash yo‘llari yoritiladi. Maqola natijalari
moliyaviy matnlarni tarjima qilishda lingvopragmatik yondashuvning muhimligini
ko‘rsatadi.
Kalit so‘zlar:
moliyaviy terminlar, lingvopragmatik yondashuv, ekvivalentlik,
tarjima strategiyalari, pragmatik moslik, kommunikativ funksiya.
Kirish.
Global iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi va transmilliy kompaniyalar
faoliyatining kengayishi bilan moliyaviy hujjatlar tarjimasi dolzarb ahamiyat kasb
etmoqda. Moliyaviy hisobotlar, bank bitimlari, investitsion shartnomalar singari
hujjatlarning mazmunini boshqa tillarga to‘g‘ri va aniq yetkazish katta mas’uliyat talab
qiladi. Moliyaviy terminologiya o‘ziga xos murakkablikka ega bo‘lib, ularning
tarjimasi lug‘aviy ekvivalentlik bilan cheklanib qolmasdan, pragmatik jihatdan ham
to‘liq mos bo‘lishi zarur.
Tarjima nazariyasida ekvivalentlik tushunchasi bir necha
olimlar tomonidan tadqiq qilingan bo‘lib, Nida tomonidan kiritilgan "formal" va
"dinamik" ekvivalentlik tushunchalari moliyaviy matnlar tarjimasida ham qo‘llaniladi.
Rasmiy ekvivalentlik terminologik aniq ma’noni saqlashga qaratilgan bo‘lsa, dinamik
ekvivalentlik matnning kommunikativ vazifasini saqlab qolishni ta’minlaydi.
Moliyaviy terminlarning tarjimasida bu ikki yondashuvdan samarali foydalanish
natijasida, matnning ma’nosi nafaqat lug‘aviy, balki pragmatik jihatdan ham to‘liq
uzatiladi.
Moliyaviy terminologiyada ekvivalentlikni ta’minlashda lingvopragmatik
yondashuv alohida ahamiyat kasb etadi. Xalqaro moliyaviy hujjatlar, yillik hisobotlar
va bank bitimlari tarjimasida faqat lug‘aviy ekvivalentni topish kifoya qilmaydi.
Tarjimon matnning iqtisodiy mazmunini, huquqiy o‘ziga xosliklarini va pragmatik
kontekstini ham hisobga olishi zarur. Shu sababli, maqolada moliyaviy terminlarning
o‘zbek tiliga tarjimasida lingvopragmatik yondashuvning samaradorligi, terminlarning
1
Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi o‘qituvchisi, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–77_Issue-1_May-2025
117
117
adekvatligi hamda kommunikativ funksiyasining saqlanish darajasi tahlil qilinadi.
Adabiyotlar sharhi.
Moliyaviy terminlarning tarjima jarayonida ekvivalentlik va
adekvatlikning lingvopragmatik jihatlari tarjima nazariyasi doirasida keng tadqiq
qilingan. Bu masala bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar moliyaviy matnlarning o‘ziga
xos xususiyatlari, ularning kommunikativ funksiyasi va tarjimada uchraydigan
lingvistik qiyinchiliklarni yoritadi.
Tarjima nazariyasida ekvivalentlik tushunchasi
keng o‘rganilgan masalalardan biri hisoblanadi. Nida o‘zining "Toward a Science of
Translating" asarida ekvivalentlikni "formal" va "dinamik" ekvivalentlikka ajratadi.
Formal ekvivalentlik asl matnning grammatik va semantik tarkibini maksimal darajada
saqlashga qaratilgan bo‘lsa, dinamik ekvivalentlik matnning kommunikativ ta’sirini
saqlashga qaratiladi. Moliyaviy terminlar tarjimasida rasmiy ekvivalentlik ko‘pincha
xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan atamalarni to‘g‘ri ifodalashda qo‘llaniladi.
Masalan, "Assets" – "Aktivlar", "Liabilities" – "Majburiyatlar", "Investment" –
"Investitsiya" kabi terminlar aniq va to‘g‘ri aks ettiriladi.
Newmark esa tarjima nazariyasiga "semantic translation" va "communicative
translation" tushunchalarini kiritadi. Semantic translation original matnning semantik
mazmunini maksimal darajada saqlashni maqsad qilsa, communicative translation
o‘quvchi uchun tushunarli va aniq bo‘lishni ta’minlaydi. Moliyaviy matnlar
tarjimasida, ayniqsa, xalqaro hujjatlar va bank hisobotlarida semantic translation usuli
keng qo‘llaniladi. Reiss va Vermeer tomonidan ishlab chiqilgan "Skopos nazariyasi"
tarjimada matnning kommunikativ maqsadini ustuvor qo‘yadi. Ularning fikriga ko‘ra,
tarjima qilingan matn asl matn bilan faqat lug‘aviy jihatdan emas, balki maqsad nuqtai
nazaridan ham mos bo‘lishi kerak. Moliyaviy hujjatlarda bu yondashuv juda muhim,
chunki ularning tarjimasida nafaqat terminologik to‘g‘ri ekvivalentlar, balki matnning
kommunikativ vazifasi ham saqlanishi lozim.
Nord esa tarjima jarayonida funktsional moslikni ta’minlash zarurligini
ta’kidlaydi. U o‘zining "Translating as a Purposeful Activity" asarida tarjimaning
asosiy maqsadi asl matnning kommunikativ vazifasini to‘liq aks ettirish ekanligini
ko‘rsatadi. Moliyaviy matnlarning lingvopragmatik jihatlari ham ushbu yondashuv
asosida tahlil qilinadi. Masalan, "Balance Sheet" – "Balans hisoboti", "Net Profit" –
"Sof foyda" kabi atamalar kommunikativ vazifasini yo‘qotmasdan, aniq va tushunarli
tarzda tarjima qilinadi. Crystal esa iqtisodiy va moliyaviy matnlar tarjimasida
ekvivalentlikni ta’minlash uchun nafaqat lingvistik moslik, balki pragmatik va
madaniy moslik ham zarur ekanligini ta’kidlaydi. Shu nuqtai nazardan, moliyaviy
matnlar tarjimasida lingvopragmatik yondashuv muhim rol o‘ynaydi, chunki u
terminlarning nafaqat lug‘aviy, balki kontekstual ma’nosini ham hisobga oladi. Hatim
va Mason tarjimada pragmatik yondashuvni qo‘llash orqali matnning asl
kommunikativ funksiyasini saqlash mumkinligini ta’kidlaydi. Moliyaviy matnlar esa,
o‘z navbatida, huquqiy va iqtisodiy tushunchalarni aniq va to‘g‘ri uzatishni talab qiladi,
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–77_Issue-1_May-2025
118
118
bu esa lingvopragmatik moslikni ta’minlashni zarur qiladi. Venuti o‘zining “The
Translation Studies Reader” asarida tarjimada madaniy kontekstning ahamiyatini
ta’kidlaydi. Moliyaviy matnlar tarjimasida ham madaniy tafovutlar katta ahamiyat
kasb etadi, chunki iqtisodiy tushunchalar ba’zan turli davlatlarda bir xil
terminologiyaga ega bo‘lsa ham, ularning talqini farq qilishi mumkin. Yuqoridagi
adabiyotlar sharhi shuni ko‘rsatadiki, moliyaviy matnlar tarjimasida ekvivalentlik va
adekvatlik tushunchalarini saqlash tarjimonlardan yuqori darajadagi lingvistik va
pragmatik bilimlarni talab qiladi. Lingvopragmatik yondashuv orqali matnlarning
funksional maqsadini saqlash, madaniy kontekstga moslashtirish hamda iqtisodiy
tushunchalarni to‘g‘ri ifodalash mumkin. Ushbu yondashuv moliyaviy hujjatlar
tarjimasida yuzaga keladigan noaniqliklarni bartaraf etishda samarali usul hisoblanadi.
Metodologiya.
Ushbu tadqiqot moliyaviy terminlarning lingvopragmatik
yondashuv asosida tarjima qilinishini o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, unda sifat va
miqdoriy tahlil usullari qo‘llanildi. Moliyaviy matnlar, jumladan, xalqaro moliyaviy
hisobotlar, bank bitimlari, investitsion shartnomalar va audit hujjatlari asosiy tadqiqot
materiali sifatida tanlandi. Ushbu matnlar orqali terminlarning tarjimada ekvivalentlik
darajasi, kommunikativ funksiyasi va pragmatik mosligi chuqur o‘rganildi.
Diskurs-
tahlil usuli yordamida moliyaviy terminlarning kontekstda qanday ma’noga ega ekani
va tarjima jarayonida qanday o‘zgarishlarga uchrashi tahlil qilindi. Moliyaviy
matnlarda terminlarning huquqiy va iqtisodiy mazmunini to‘g‘ri ifodalash uchun
ularning kontekstual talqinini tushunish zarur.
Lingvistik tahlil orqali moliyaviy
terminlarning lug‘aviy ma’nosi, ularning tarjimada saqlanish darajasi, shuningdek,
sinonim va variant shakllari o‘rganildi. Bu jarayon davomida moliyaviy hisobotlardagi
asosiy terminlar, masalan, "Assets" – "Aktivlar", "Liabilities" – "Majburiyatlar",
"Equity" – "Kapital" kabi atamalar qiyosiy tahlil qilindi.
Taqqoslash metodi orqali bir xil mazmundagi moliyaviy matnlarning ingliz,
o‘zbek va rus tillaridagi tarjimalari o‘zaro solishtirildi. Ushbu usul terminologik
o‘xshashlik va tafovutlarni aniqlashga, shuningdek, pragmatik moslik darajasini
baholashga imkon berdi. Pragmatik tahlil usuli esa terminlarning kommunikativ
funksiyasini saqlab qolish darajasini o‘rganishga qaratildi. Moliyaviy matnlar, asosan,
xalqaro muomalalarda katta ahamiyatga ega bo‘lib, ularning noto‘g‘ri tarjima qilinishi
iqtisodiy va huquqiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Shu sababli, pragmatik
yondashuv orqali terminlarning ma’no va vazifasini to‘g‘ri aks ettirish tahlil qilindi.
Tahlil jarayonida Jahon Banki (World Bank), Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi (IMF) va
Yevropa Markaziy Banki (ECB) tomonidan nashr etilgan yillik hisobotlar, investitsion
shartnomalar hamda xalqaro kredit bitimlari asosiy manba sifatida tanlandi. Ushbu
hujjatlar asosida lingvopragmatik yondashuvni amalda qo‘llash, ekvivalentlik
darajasini o‘lchash hamda adekvatlikka erishish yo‘llari o‘rganildi. Natijalar bo‘limida
ushbu tahlil natijalari keltirilib, moliyaviy terminlarning tarjimada qanday
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–77_Issue-1_May-2025
119
119
o‘zgarishlarga uchrashi, lingvopragmatik moslik darajasi va terminlarning
kommunikativ vazifasini saqlash strategiyalari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim
etiladi.
Natijalar.
Moliyaviy terminlarning lingvopragmatik yondashuv asosida tarjima
qilinishini tahlil qilish jarayonida, ularning ekvivalentligi va pragmatik mosligi chuqur
o‘rganildi. Moliyaviy matnlar o‘ziga xos murakkablikka ega bo‘lib, ularda keltirilgan
terminlar xalqaro iqtisodiy atamalar hisoblanadi. Shu boisdan, ularning tarjimasida
ekvivalentlikni saqlash muhim ahamiyatga ega. Tadqiqot davomida Jahon Banki,
Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi (IMF) va Yevropa Markaziy Banki (ECB) hisobotlari
asosida o‘rganilgan moliyaviy terminlar tarjimasi keltiriladi.
Jadval: Moliyaviy Terminlarning Lingvopragmatik Tarjimasi
O‘rtacha
O‘rtacha
O‘rtacha
Moliyaviy terminlar, asosan, xalqaro iqtisodiy hujjatlarda keng qo‘llaniladi va
ularning to‘g‘ri tarjima qilinishi muhim iqtisodiy mazmunni saqlab qoladi. "Assets"
atamasi "Aktivlar" deb tarjima qilingan bo‘lib, bu rasmiy ekvivalentlikning aniq
ifodasi hisoblanadi. Moliyaviy hisobotlarda ushbu termin kompaniya aktivlarini
ko‘rsatadi va xalqaro iqtisodiy atamalar orasida keng tarqalgan. "Liabilities" atamasi
esa "Majburiyatlar" deb tarjima qilinadi. Rasmiy ekvivalentlik saqlangan bo‘lib,
kompaniya qarzlari va majburiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aniq aks ettiradi.
Ushbu termin xalqaro standartlarda o‘zgarmas talqinga ega. "Net Profit" atamasi "Sof
foyda" deb tarjima qilinadi va bu funksional ekvivalentlikka misol bo‘ladi. O‘zbek
moliyaviy diskursida "sof foyda" tushunchasi keng qo‘llaniladi, natijada matnning
iqtisodiy ma’nosi to‘liq yetkaziladi. "Balance Sheet" atamasi "Balans hisoboti" deb
tarjima qilinadi. Bu yerda funksional ekvivalentlik saqlangan, chunki o‘zbek tilida ham
ushbu atama kompaniyaning moliyaviy holatini ifodalash uchun qo‘llaniladi.
"Investment" – "Investitsiya" tarzida tarjima qilinadi va bu funksional ekvivalentlikni
ta’minlaydi. Investitsiya tushunchasi xalqaro iqtisodiy munosabatlarda keng
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–77_Issue-1_May-2025
120
120
qo‘llanilib, o‘zbek tilida ham mazmunan aniq ifodalanadi. "Depreciation" –
"Amortizatsiya" shaklida o‘zbek tiliga o‘giriladi. Bu termin iqtisodiy tushuncha
sifatida aktivlarning qadrsizlanishini ifodalaydi. Tarjimada funksional ekvivalentlik
qo‘llanilib, mazmunan aniq va to‘g‘ri aks ettiriladi. "Capital Expenditure" – "Kapital
xarajatlar" deb tarjima qilinadi. Ushbu termin moliyaviy hujjatlarda uzoq muddatli
aktivlarga sarflanadigan mablag‘larni ifodalaydi. Funksional ekvivalentlik orqali
iqtisodiy tushuncha to‘g‘ri ifodalangan.
"Interest Rate" atamasi "Foiz stavkasi" deb tarjima qilinadi. Bu funksional
ekvivalentlikning yorqin misoli bo‘lib, bank va moliyaviy bitimlarda keng qo‘llaniladi.
Tarjimada pragmatik moslik to‘liq ta’minlangan.
Muhokama.
Moliyaviy terminlarning tarjimasida ekvivalentlik va adekvatlikni
ta’minlash iqtisodiy tushunchalarning to‘g‘ri va aniq ifodalanishi uchun muhim
hisoblanadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, moliyaviy matnlar tarjimasida ikki
asosiy yondashuv – rasmiy ekvivalentlik va funksional ekvivalentlik samarali
qo‘llaniladi. Rasmiy ekvivalentlik, asosan, xalqaro standartlarga mos keladigan
iqtisodiy atamalar tarjimasida qo‘llaniladi. Masalan, "Assets" – "Aktivlar",
"Liabilities" – "Majburiyatlar", "Revenue" – "Daromad" kabi terminlar bevosita
tarjima qilinib, terminologik aniq talqin saqlanadi. Ushbu yondashuv xalqaro
moliyaviy hisobotlar va bank bitimlarida o‘zining yuqori samaradorligini ko‘rsatadi.
Biroq, ba’zi moliyaviy terminlar tarjimasida funksional ekvivalentlik qo‘llash zarurati
tug‘iladi. Bu yondashuv, ayniqsa, o‘zbek tilida bevosita ekvivalentga ega bo‘lmagan
terminlarni ifodalashda qo‘l keladi. Masalan, "Net Profit" – "Sof foyda", "Balance
Sheet" – "Balans hisoboti", "Depreciation" – "Amortizatsiya" kabi atamalar funksional
ekvivalentlik orqali yanada tushunarli va maqsadga muvofiq tarjima qilinadi.
Funksional ekvivalentlik tarjimonlarga pragmatik jihatdan to‘g‘ri mos keluvchi,
madaniy va iqtisodiy kontekstda aniq ifodalangan tarjima variantini yaratish imkonini
beradi.
Lingvopragmatik yondashuv, ayniqsa, xalqaro moliyaviy bitimlar va hisobotlarda
katta ahamiyat kasb etadi. Ushbu yondashuv orqali terminlarning nafaqat lug‘aviy
ma’nosi, balki iqtisodiy vazifasi ham hisobga olinadi. Tarjimada pragmatik moslikka
erishish orqali xalqaro moliyaviy hujjatlarning to‘g‘ri talqin qilinishi ta’minlanadi, bu
esa iqtisodiy va huquqiy jihatdan kelishmovchiliklarning oldini oladi. Moliyaviy
terminologiyaning
tarjimasi
faqatgina lug‘aviy ekvivalentni topish bilan
cheklanmaydi, balki pragmatik kontekst, madaniy tafovutlar va kommunikativ vazifani
ham hisobga olish zarur. Shu sababli, lingvopragmatik yondashuv orqali tarjima
jarayoni chuqur tahlil qilinadi, matnning iqtisodiy mazmuni to‘liq saqlanadi va
iqtisodiy hujjatlarning xalqaro darajada o‘zaro tushunilishi ta’minlanadi.
Xulosa
Moliyaviy matnlarning tarjimasida ekvivalentlik va adekvatlikni ta’minlash
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–77_Issue-1_May-2025
121
121
nafaqat lingvistik, balki iqtisodiy va huquqiy jihatdan ham katta ahamiyatga ega.
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, rasmiy ekvivalentlik xalqaro moliyaviy
standartlar va hisobotlarda terminologik aniq talqin uchun samarali bo‘lsa, funksional
ekvivalentlik iqtisodiy tushunchalarni pragmatik jihatdan moslashtirishda muhim rol
o‘ynaydi. Lingvopragmatik yondashuv moliyaviy matnlarning tarjimasida nafaqat
lug‘aviy ma’noni, balki kommunikativ vazifani ham saqlash imkonini beradi.
Moliyaviy hisobotlar, bank bitimlari va investitsion hujjatlarda pragmatik moslikning
ta’minlanishi xalqaro iqtisodiy munosabatlarning aniq va tushunarli bo‘lishiga xizmat
qiladi. Kelgusida ushbu yondashuv asosida moliyaviy terminologiyaning boshqa
tillarga tarjimasida yuzaga keladigan lingvistik va pragmatik muammolarni yanada
chuqurroq o‘rganish zarur. Shu orqali, xalqaro iqtisodiy hamkorlik doirasida til
to‘siqlari minimal darajaga tushirilishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Baker, M. (2018).
In Other Words: A Coursebook on Translation
(3rd ed.).
Routledge.
2.
Crystal, D. (2003).
The Cambridge Encyclopedia of the English Language
(2nd
ed.). Cambridge University Press.
3.
Giles, H. (2010).
The Dynamics of Intergroup Communication
. Peter Lang
Publishing.
4.
Hatim, B., & Mason, I. (1997).
The Translator as Communicator
. Routledge.
5.
Katan, D. (2004).
Translating Cultures: An Introduction for Translators,
Interpreters and Mediators
. St. Jerome Publishing.
6.
Newmark, P. (1988).
A Textbook of Translation
. Prentice Hall.
7.
Nida, E. A. (1964).
Toward a Science of Translating: With Special Reference to
Principles and Procedures Involved in Bible Translating
. Brill Archive.
8.
Nord, C. (1997).
Translating as a Purposeful Activity: Functionalist Approaches
Explained
. St. Jerome Publishing.
9.
Reiss, K., & Vermeer, H. J. (1984).
Groundwork for a General Theory of
Translation
. Routledge.
10.
Shuttleworth, M., & Cowie, M. (2014).
Dictionary of Translation Studies
.
Routledge.
11.
Venuti, L. (2013).
The Translation Studies Reader
(3rd ed.). Routledge.
12.
Zhang, W. (2015).
Pragmatic Translation: Theory and Practice
. Shanghai Foreign
Language Education Press.
13.
Jahon Banki (World Bank). (2022).
Annual Financial Report
. Retrieved from
14.
Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi (IMF). (2023).
Global Financial Stability Report
.
Retrieved from
15.
Yevropa Markaziy Banki (ECB). (2022).
Financial Stability Review
. Retrieved