JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–77_Issue-1_May-2025
34
34
IQTISODIYOT BOZORIDA QIMMATLI QOG‘OZLAR
BO‘YICHA INVESTITSION OPERATSIYALAR
Rahmonov Mirzo Bobir o‘g‘li
Aloqabank xodimi
Annotatsiya:
Ushbu tezisda iqtisodiyotda tijorat banklari faoliyati, qattiq qo‘l
raqobat sharoitida tijorat banklari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, qimmatli
qog‘ozlar, banklarning qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalari haqida fikr yuritilgan.
Kalit so‘zlar:
tijorat banklari,
bank mablag‘lari, qimmatli qog‘oz, investitsiya.
Аннотация:
В данной дипломной работе рассмотрена деятельность
коммерческих банков в экономике, основные направления деятельности
коммерческих банков в условиях жесткой конкуренции, ценные бумаги,
операции банков с ценными бумагами.
Ключевые слова:
коммерческие банки, банковские фонды, ценные бумаги,
инвестиции.
Annotation:
In this thesis, the activity of commercial banks in the economy, the
main directions of the activity of commercial banks in the conditions of fierce
competition, securities, transactions of banks with securities are discussed.
Key words:
commercial banks, bank funds, securities, investment.
Zamonaviy rivojlangan iqtisodiyotda tijorat banklari o‘z faoliyatini doimiy
ravishda o‘sib boruvchi raqobat sharoitida amalga oshiradilar. Ular o‘zaro va boshqa
kredit-moliya muassasalari bilan, shu jumladan, oxirgi vaqtda taklif etilayotgan har xil
xizmat turlarini amalga oshiruvchi xorijiy banklar bilan raqobatlashadilar. Qattiq qo‘l
raqobat sharoitida tijorat banklari faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri investitsion
faoliyat hisoblanadi. Investitsiya - bu xususiy, davlat korxonalari va tashkilotlari
qimmatli qog‘ozlariga uzoq muddatga qo‘yilgan mablag‘lardir. Tijorat banklari krediti
investitsiyasidan quyidagi xususiyatlari bilan farq qiladi: Birinchidan, bank kredit
berganda, bank mablag‘larini nisbatan qisqa vaqt ichida foydalanishga beradi va kredit
summasi hamda u bo‘yicha foiz stavkasini o‘z vaqtida qaytarishni talab qiladi.
Investitsiyada esa qo‘yilgan mablag‘lar (qo‘yilmalar) xali o‘z egasiga qaytib kelishidan
oldin uzoq davr mabaynida bankka mablag‘ (daromad) olib kelishini bildiradi.
Ikkinchidan, bank kreditida kredit munosabatlarini yuzaga keltirish bo‘yicha tashabbus
qarz oluvchi tomonidan o‘rtaga tashlanadigan bo‘lsa, investitsiyada esa qimmatbaho
qog‘ozlar bozorida aktivlarni sotib olishga intiluvchi tijorat banki tashabbus ko‘rsatadi.
Uchinchidan, bankning kredit shartnomasida bank kam miqdordagi kreditorlar orasida
asosiydir. Investitsion shartnomalarda esa tijorat banki ko‘plab kreditorlardan biridir.
To‘rtinchidan, bank kreditida bank va qarz oluvchi bevosita kredit shartnoma orqali
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–77_Issue-1_May-2025
35
35
bog‘langan bo‘lib, ularning faoliyatiga hech kim aralashmaydi. Investitsiyada esa turli
xil qimmatli qog‘ozlar orqali korxona, tashkilotlarning faoliyati bilan bankning
faoliyati bog‘lanib ketadi.
Qimmatli qog‘oz – o‘zi bilan bog‘liq mulkiy huquqlarni aks ettiradigan hujjatdir,
u daromad manbai bo‘lib xizmat qiladi, bozorda muomalada yuritilishi va oldi-sotdi
vositasi bo‘lishi mumkin. Jahon amaliyotida qimmatli qog‘ozlarning har xil turlari
ishlatilmoqda. Qimmatli qog‘ozlar bozori kredit munosabatlari bilan birgalikda, o‘z
qiymatiga ega bo‘lgan, sotish, sotib olish va to‘lovini amalga oshirish mumkin bo‘lgan
maxsus hujjatlar (qimmatli qog‘ozlar)ga egalik qilish bilan ham bevosita bog‘liq.
qimmatli qog‘ozlar o‘zida mulkchilik huquqini mujassamlashtirgan bozorda erkin
aylanadigan, sotib olish-sotish va boshqa bitimlarning ob’ekti bo‘ladigan, doimiy va
bir martalik daromad olish manbai bo‘lib xizmat qiladigan, pul kapitalining bir
ko‘rinishidagi hujjatdir, qimmatli qog‘ozlar turli sub’ektlar tomonidan chiqarilishi
mumkin.
Banklarning qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalari ko‘p maqsadlarni ko‘zlagan
holda yuritiladi. Shu bois banklarning qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faoliyatdan
asosiy maqsadlari sifatida: 1)qimmatli qog‘ozlar chiqarish asosida kredit va hisob-
kitob faoliyati yuritish uchun qo‘shimcha pul resurslarini jalb qilish; 2)qimmatli
qog‘ozlarga sarflangan va o‘z investitsiyalaridan bankka to‘lanadigan foiz va
dividendlar evaziga va qimmatli qog‘ozlarning kurs qiymati oshishi tufayli foyda olish;
3)mijozlarga qimmatli qog‘ozlar operatsiyalariga doir xizmatlar ko‘rsatishdan foyda
olish; 4)erkin raqobat asosida bankning xizmat sohasini kengaytirig hamda korxona va
tashkilotlarning kapitallarida qatnashish evaziga yangi mijozlarni jalb qilish;
5)bankning qimmatli qog‘ozlari orqali resurslarni jalb qilish va ulardan foydalanish;
6)bankning likvidli mablag‘lariga quyilmalarning daromadliligini ta’minlagan holda
likvidlik zaruriy zahirasini saqlab borish; 7)mijozlarning qimmatli qog‘ozlarni
me’yorida olib-sotishdan hamda moliyaviy risklarni qimmatli qog‘ozlar hosilalari
bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar orqali sug‘urta qilish kabilarni keltirish
mumkin.
Fikrimizni xulosalaydigan bo‘lsak, tijorat banklari investitsiya kompaniyalari
sifatida faoliyat yuritganida emitent bilan kelishuv asosida qimmatli qog‘ozlar
chiqarishing tashkilotchisi sifatida harakat qilishi mumkin. Bank emitentning qimmatli
qog‘ozlarini chiqarishni tashkil etib, aslida qimmatli qog‘ozlar emissiyasini amalga
oshiradi, ya’ni vositachi sifatida harakat qiladi. Emitentlar va investorlar o‘rtasida
harakat qilganda bank imkon qadar foyda olishni ko‘zlab harakat qiladi. Emissiyani
tayyorlash jarayonida tijorat banklari emissiyasining turi, hajmi va shart-sharoitlari
to‘g‘risida emitent bilan muzoqaralar yuritib, bitim tuzadi.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–77_Issue-1_May-2025
36
36
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Sh.M.Mirziyoyev. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini mard va
olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent “O‘zbekiston” 2016
2.
I.A.Karimov O'zbekiston -iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida. -T.:
«O'zbekiston», 1995
3.
A.V.Vahobov, T. S.Malikov. “Moliya” Toshkent - «Noshir» - 2012
4.
Sh. Abdullayeva. Pul, kredit va banklar. Darslik. Toshkent-2003
5.
www. edu. uz
6.
www. pedagog. uz
7.
www. tdpu. uz
8.
www. ziyonet.uz