Authors

  • Farrux Sattarov
    “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti katta o‘qituvchisi, Samarqand

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.journal-science-innovative.110218

Keywords:

bolalik davri erk ozodlik va cheksiz o‘yin-kulgi o‘yin va sarguzashtlar yetim bolalar qahramonning xayoliy olami topib olingan xazina tartib-qoidalar erksevarlik orol daryo o‘rmon – butun tabiat.

Abstract

Ushbu maqolada jahon bolalar adabiyotining yirik vakili Mark Tvenning mashhur “Geklberri Finning boshidan kechirganlari” romani va undagi bola-qahramonlarning obrazlari, xarakterlari va ularning ko‘rsatgan jasoratliklari haqida so‘z yuritilgan. Shu bilan birgalikda asliyatdan qilingan tarjimalarning o‘zbek tilida qanday berilganligi, tarjimonning vositali til orqali bo‘lsada, amalga oshirgan tarjimalarining tahlili haqida to‘xtalib o‘tilgan.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

8




MARK TVENNING “GEKLBERRI FINNING BOSHIDAN

KECHIRGANLARI” ROMANIDA BOLALAR OBRAZI VA

XARAKTERINING IFODASI

Sattarov Farrux Nuridinovich

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti katta o‘qituvchisi,

Samarqand

E-mail :

Farrukh-uz@mail.ru

Annotatsiya.

Ushbu maqolada jahon bolalar adabiyotining yirik vakili Mark

Tvenning mashhur “Geklberri Finning boshidan kechirganlari” romani va undagi
bola-qahramonlarning obrazlari, xarakterlari va ularning ko‘rsatgan jasoratliklari
haqida so‘z yuritilgan. Shu bilan birgalikda asliyatdan qilingan tarjimalarning
o‘zbek tilida qanday berilganligi, tarjimonning vositali til orqali bo‘lsada, amalga
oshirgan tarjimalarining tahlili haqida to‘xtalib o‘tilgan.

Kalit so

zlar:

bolalik davri, erk, ozodlik va cheksiz o‘yin-kulgi, o‘yin va

sarguzashtlar, yetim bolalar, qahramonning xayoliy olami, topib olingan xazina,
tartib-qoidalar, erksevarlik, orol, daryo, o‘rmon – butun tabiat.

Аннотация.

В данной статье рассказывается о знаменитом романе

«Приключения Гекльберри Финна» Марка Твена, крупного представителя
мировой детской литературы, и характерах, характерах и храбрости детских
персонажей в нем. При этом обсуждалось, как были даны оригинальные
переводы на узбекский язык, и анализ переводов, выполненных переводчиком
через язык-носитель.

Ключевые слова:

детство, свобода, свобода и бесконечное веселье, игры

и приключения, сироты, фантастический мир героя, найденный клад, правила,
тирания, остров, река, лес – вся природа.

Abstract.

This article talks about the famous novel "Adventure of Huckleberry

Finn" by Mark Twain, a major representative of world children's literature, and the
characters, characters and bravery of the child characters in it. At the same time, it
was discussed how the original translations were given in the Uzbek language, and
the analysis of the translations made by the translator through the indirect language.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

9




Key words:

childhood, freedom, freedom and endless fun, games and

adventures, orphans, fantastic world of the hero, founded treasure, rules, tyranny,
island, river, forest – entire nature.


M.Tvenning “Tom Soyerning boshidan kechirganlari” va uning mantiqiy

davomi hisoblanmish “Geklberri Finning boshidan kechirganlari” romanlari
sayohatnoma janrida yozilgan sarguzasht bolalar adabiyoti namunalaridir.

Ushbu asar Amerika adabiyotidagi eng muhim asarlardan biri hisoblanadi. Bu

asarda yozuvchi yosh qahramon Geklberri Finnning sarguzashtlari orqali bolalik
davrini yoritib beradi. Gek o‘z do‘sti Tom Soyer bilan birgalikda sodda va samimiy
bolalik davrini boshdan kechiradi, ularning maqsadi – erk, ozodlik va cheksiz o‘yin-
kulgi. Romanda Gekning dunyoqarashi, mardligi, qiyinchiliklarga qarshi kurashish
mahorati va do‘stlikga sadoqat kabi qadriyatlar obrazi ta’sirli tasvirlangan.

Satira orqali Tven AQSH janubida (fuqarolar urushidan oldingi) jamiyatdagi

turli tushunchalarning biroz g‘ayrioddiy ta’riflarini buzadi va boshqa narsalar qatori,
qul qochib ketganida qilish kerak bo‘lgan “to‘g‘ri” ish uning qochishiga yordam
berish emas, balki uni qaytarish ekanligini ta’kidlaydi. Tven, shuningdek, Amerika
adabiyotida tengi yo‘q qahramon qul Jimning portretini ayyor, isyonkor, chinakam
xurofotchi, samimiy va bir vaqtning o‘zida aqlli personaj sifatida tasvirlaydi.

Tven romanning birinchi yarmini yozib tugatganidan so‘ng, u kitobning

potensial muvaffaqiyatiga shubha bilan qaraydi. 1877-yilda do‘sti Uilyam Din
Xouellsga yozgan maktubida Tven shunday deydi: “Menga bu asar juda yoqadi,
qo‘limdan kelganicha qo‘lyozmani tezroq tugatganimdan so‘ng, hech kimning qo‘li
yetmaydigan joyga qo‘yaman yoki yoqib yuborishim ham mumkin” [9, 42].
Yaxshiyamki, Tven qo‘lyozmani yoqib yubormadi. Kitob 1884-yilda Angliyada
nashr etilganida (AQSHdagi nashri 1885-yil), u tezda Tven yozgan eng
muvaffaqiyatli kitoblardan biriga aylandi.

Muallif, ushbu asarda bolalar obrazini tasvirlar ekan, romandagi asosiy

mavzulardan biri – bolalik davrining o‘ziga xos rang-barangligi va erkinligidir.
Geklberri Finn o‘zi istaganicha dunyoni kashf etadi, kattalarning ta’limotlari va
ijtimoiy meyorlar unga to‘sqinlik qilmaydi. Yozuvchi bolalik davrining
beg‘uborligi, soddaligi va erkinligini Gekning o‘ziga xos fe’l-atvori orqali
ifodalaydi. U o‘ziga xos o‘yin va sarguzashtlar orqali hayotga va kelajakka ma’noli
qaraydi.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

10




Asarning bosh qahramlaridan yana biri Tom Soyerdir. Uning xarakteri bo‘lsa

ancha murakkab: unda biz qarama-qarshi xislatlarni kuzatishimiz mumkin.
Bolalarcha xudbinlik va oliyjanoblik, romantik xayolparastlik va ziyrak
amaliyotchilik, mardlik va do‘stlariga vafodorlik, maqtanchoqlik, u hech qachon
sardorlikni qo‘ldan berishni istamaydi. Shu bilan birga, Tom har doim samimiy.

M.Tven romanni qayta qurish davrida, 1865-yilda fuqarolar urushi tugashi va

AQSHda qullik bekor qilinganidan keyin yozishni boshladi. Ammo qullik bekor
qilingan bo‘lsa ham, oq tanlilar qora tanli ozchilikni 1876-yilgi Jim Krou
qonunlarida bo‘lgani kabi, irqiy kamsitishlar muntazam ravishda sodir bo‘lardi.
Qattiq abolitsionist va emansipatsiya tarafdori bo‘lgan Mark Tven “Geklberri
Finning boshidan kechirganlari” asarida qullik mavzusini ko‘tarib, o‘z davrining
irqiy bo‘linishi va zulmini keskin tanqid qiladi.

Ba’zi zamonaviy tanqidchilarning ta’kidlashicha, kitob Jimni tasvirlashda va

“nigr” atamasini tez-tez ishlatishda irqchilikka asoslangan. Boshqa tanqidchilar
kitobni qo‘llab-quvvatlab, kitobda qo‘llanilgan atamalar hikoyaning mazmuniga
to‘g‘ri kelishini ta’kidlaydilar, shuningdek, ular Jimning romandagi eng samimiy
qahramon ekanligini, hech ikkilanmasdan mehribonlik va fidoyilikni namoyish
etadigan yagona asosiy qahramonlardan biri ekanligini ta’kidlaydi.

Geklberri va uning do‘sti Jim bilan bo‘lgan safar – bolalik davrining

kashfiyotlarga to‘la dunyosini ochib beradi. Romanda Jim va Gekning o‘rmon,
daryo, qishloqlar bo‘ylab sayohatlari bolalarcha o‘yinqaroqlik va sarguzasht
izlashga ishtiyoqni aks ettiradi. Shu tariqa, asar orqali Tven bolalik davrini
hayotning eng o‘ziga xos, qiziqarli va unutilmas davri sifatida ko‘rsatadi.

Adib “Geklberri Finning boshidan kechirganlari”da voqealarni bosh qahramon

Geklberri (Gek) Finning nuqtai nazaridan birinchi shaxs sifatida hikoya qiladi. Gek
asar davomida o‘quvchiga bevosita murojaat qiladi va vaqti-vaqti bilan Tvenning
avvalgi asarlaridan biri “Tom Soyerning boshidan kechirganlari”da sodir bo‘lgan
voqealarga ham ishora qiladi.

Muallif voqeylikni o‘yinqaroq bolalar vositasida tasvirlar ekan, xayoliy va real

voqelik o‘rtasidagi chegaralarni olib tashlaydi. Bolalarga xos bo‘lgan o‘yinqaroqlik
qahramonimizning xayoliy olamida to‘laqonli hayot kechiradi. Mark Tven
o‘yinqaroq bolalarni katta mahorat bilan o‘yindan real voqelikka, va aksincha, real
voqelikdan xayoliy olamga olib o‘tadi. “Xazina haqidagi fantaziya bolalarni hindu
Joning jamg‘armasiga olib keladi, sarguzasht haqidagi orzular Tom va Bekkining


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

11




g‘ordagi romantik va fojeaviy holati bilan tugaydi, “qaroqchilar” o‘yini natijasida
bolalar haqiqiy qotil va bosqinchilarga duch kelishadi, “bevaqt vafot etgan”
qarindoshlarining g‘am-tashvishlariga sherik bo‘lish uchun “vaqtinchalik u dunyoga
safar qilish” bolalarning uydan qochib ketishlari va o‘zlarining halok bo‘lganliklari
uchun o‘qilgan ibodatda ishtirok etishga majbur qiladi” [6, 20].

Muallif asarda, real voqelik bilan o‘yinni bunday mohirona uyg‘unlashturuvi

natijasida sarguzashtlar romantikasi qahramonlarning g‘ayrioddiy holatlarga
tushishi ularning istaklaridan tug‘ilgan degan taassurot uyg‘otadi. Bu esa asarga
ichki butunlik va yaxlitlik bag‘ishlaydi, realistik uslubga romantik bo‘yoq beradi,
romanning betakror original asarga aylanishiga xizmat qiladi.

Gek o‘z hikoyasini “Tom Soyerning sarguzashtlari”da tugagan joyidan davom

ettiradi: u Sankt-Petersburgning Missuri shahrida Missisipi daryosi bo‘yida
yashovchi Tom bilan g‘ordan qaroqchilar qoldirgan katta miqdordagi oltinni topib
olishadi. Har birlari olti ming dollardan iborat bo‘lgan pul miqdori sudya
Tetcherning qaramog‘ida bankka topshiriladi, ushbu mablag‘lar bolalarga har kuni
bir dollar miqdorida foizli daromad keltirib turadi.

Biroq munofiq, ikkiyuzlamachi, mug‘ombir kattalar yashaydigan dunyoda

bolalarning o‘yinlari yaxshilik bilan tugamaydi. Hatto ularning topib olgan xazinasi
ham ularga na quvonch, va na baxt keltiradi. “Buni romanning so‘nggi sahifalarida
Tom bilan Gek o‘rtasida bo‘lib o‘tgan suhbatdan ham bilish mumkin. Erkinlikka
o‘rgangan Gek bu boyliklar o‘ziga qanchalar tashvish keltirishini hatto tasavvur ham
qilmagan edi” [6, 21].

Tom missis Duglasning uyidan qochib ketgan do‘sti Gekni shahar chetidagi

tashlandiq bo‘lib ketgan qushxonadan topadi va uni uyga qaytib borishga undaydi.
“... yana ozgina chidasang, o‘rganib qolasan” [2, 269] – deydi u do‘stiga. Gek esa
do‘stining so‘zlarini rad etadi.

“– O‘rganib qolasan deysanmi? Qizib turgan cho‘yan pechkaning ustida

o‘tirishga o‘rganib bo‘ladimi? Yo‘q, Tom, men boy bo‘lishni xohlamayman. Men
o‘rmonlarni, suv bo‘ylarini, eski bochkalarning ichida yotib qolishni yaxshi
ko‘raman, mana bular mening ko‘nglimdagidek narsalar. Xuddi shunday paytda,
qo‘limizda miltiqlarimiz bor, g‘or ichida joylarimiz bor va boshqa hamma
narsalarimiz tayyor bo‘lib, endi qaroqchilik ishiga kirishamiz deb turganda, qurib
ketkur shu pulning chiqib qolgani juda yomon bo‘ldi-da, hamma ishimizni buzdi”
[2, 269].


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

12




Ikki do’stning topib olingan xazinasi Gekning beg‘ubor va osuda hayotini izdan

chiqardi, yuragiga tashvish soldi, ajoyib “o‘yin”ni yo‘qqa chiqaradi:

“Oh, Huck, you know I can’t do that. It isn’t fair, and besides, if you try it just

a while longer you’ll come to like it.

Like it! The way I’d like a hot stove if I was made to sit on it! No, Tom, I won’t

be rich, and I won’t live in stuffy houses. I like the woods and the river, and barrels;
and I’ll stick to them. Why, just as we’ve got guns and a cave, and all fixed up to
rob, this foolishness spoils it.

Being rich isn’t all it’s cracked up to be. It’s just worry, worry, and wishing you

were dead all the time” [6, 281].

“Tom boylik, aftidan, menga to‘g‘ri kelmas ekan. – deydi Gek do‘stiga. –

Undan xafachilikdan boshqa hech narsa chiqmas ekan, undan doim bu kunimdan
ko‘ra o‘lganim yaxshi deb yurar ekanman-da!” [4, 269].

Gekning ushbu so‘zlari tasodifiy yoki o‘ylamay aytilgan so‘zlar emas, balki

o‘sha davr AQSH aholisining (eng avvalo, kapitalizmning) xudosi hisoblanmish pul,
mol-davlatni ongli va tushungan holda rad etishdan iborat.

Gek uyga qaytganidan keyin Uotson xonim uni kiyimlarini iflos qilgani uchun

tanbeh beradi. Beva Duglas Gekni tergamaydi, balki kiyimlarini yuvadi, xuddi
shunday afsusda bo‘lib, Gek ham o‘zini to‘g‘ri tutishga qaror qildi. Uotson xonim
Gekni ibodat qilish uchun cherkovga olib boradi va u nima so‘rasa, o‘sha narsaga
erishishini aytadi, lekin Gek “qarmoq” uchun ibodat qilganida, u bunday fikr
noto‘g‘ri degan xulosaga keladi, shuning uchun bunday ibodatlarni foydasiz deb
bilar edi.

Garchi ular bir xil nasroniy qadriyatlariga ega bo‘lsalar-da, Uotson xonim

rahm-shafqatsiz va qattiqqo‘l, beva Duglas xonim esa aksincha, rahmdil va
mehribon edi. Xristianlik rahm-shafqatga asoslangan din bo‘lganligi sababli, miss
Uotson va beva ayol haqiqatan ham turli qadriyatlarga ega edi, deyish mumkin.
Darhaqiqat, Uotson xonim Gekga nima uchun ibodat qilsa, unga erishishini aytsada,
ammo bunday ibodat xristian dinining e’tiqot tushunchasiga mos emas edi.

Keyingi bir necha oy ichida Gek beva Duglas va Uotson xonim bilan hayotiga

o‘rganib qoladi. U, hatto, maktabni yaxshi ko‘ra boshlaydi. Ammo, Gek Finn
“madaniyatli” jamiyat hayotidagi tartib-qoidalarni yoqtirmaydi va ularga
bo‘ysunishni istamaydi. Uning erksevarligi nafaqat qiziqishlarida, xatti-harakatida,


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

13




balki e’tiqodida ham namoyon bo‘ladi. Adibning nazarida uning voqelikka bo‘lgan
munosabati “tabiiylik” mezoni hisoblanadi.

Gek bir yildan ko‘proq vaqt davomida ko‘rinmay ketgan otasi haqida o‘ylaydi.

Otasi aroqxo‘r bo‘lib, odamlar uni cho‘kib ketgan, deb o‘ylashadi, chunki daryodan
unga o‘xshash jasad topiladi, lekin Gek buni otasining jasadi deb o‘ylamaydi, chunki
jasad chalqancha suzib cho‘kkani aniqlangan va Gek uni ko‘rgach, bu tana ayolniki
bo‘lishi kerak deb o‘ylaydi.

Bu Papning keyinchalik romanda qayta paydo bo‘lishini, shuningdek, Gek

o‘zini qiz qiyofasida yashirgan epizodini, uning kimligini bilib olishini anglatadi.
Ayollar va erkaklarning qanday suzishini bilishi esa, Gek tabiatning halokatliligi va
o‘lim dahshatlari bilan tanishligidan dalolat beradi, bu esa uning yosh tengdoshlarini
hayratda qoldiradi.

“They said he was floating on his back in the water. They took him and buried

him on the bank. But I wasn’t comfortable long, because I happened to think of
something. I knowed mighty well that a drowned man don’t float on his back, but
on his face. So I knowed, then, that this warn’t pap, but a woman dressed up in man’s
clothes” [5, 12].

Odamlar:
– U daryoda chalqanchasiga oqib keldi, – deyishdi.
“Suvdan chiqarib, daryo bo‘yiga ko‘mishibdi. Ammo sevinchim ko‘pga

bormadi, chunki bir narsa esimga tushib ketdi. Suvga cho‘kib o‘lgan erkak kishining
daryodan chalqanchasiga emas, balki muk tushib oqishini men yaxshi bilar edim.
Shuning uchun suvdan tutib olingan odam mening otam bo‘lmay, balki erkakcha
kiyingan xotin kishi ekanligini payqadim” [3, 17].

“Tvenning hikoya uslubi turli badiiy misollarga boy, romandagi ko‘plab

dramatik – fojeaviy va kulgili sahnalarda adib dialog usulini tanlaydi, birinchi shaxs
tilidan keltirilgan hikoyalar emotsionallikni ko‘taradi va hikoyaga individual tus
beradi, didaktik mushohadalar, maishiy hayot tasvirlari, go‘zal tabiat manzaralari
bir-birlari bilan uyg‘unlashib ketadi” [7, 20].

Bir kuni ertalab Gek nonushta paytida tuz idishini yerga tushurib yuboradi. Bu

unga omadsizlik keltirmasligi uchun chap yelkasiga tuz sepish uchun to‘kilgan tuzga
qo‘l uzatadi, lekin Uotson xonim buning oldini olib, uning tartibsiz ekanligini aytadi.
Gek bundan jahli chiqib uydan chiqib ketar ekan, yo‘l-yo‘lakay baxtsiz narsalarni
sodir bo‘lishini kutadi. U yurib ketayotib, qorda kimningdir izlarini ko‘radi, uning


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

14




chap etik tovoniga mix qoqilganligi sababli, shaytondan qutulish uchun yerga tovoni
bilan “X” shaklini chizadi.

Uotson xonim har doim Gekga nasroniy xurofotlari haqida gapirib beradi, lekin

Gek uning xurofotlarini kulgili deb biladi. Ya’ni, Gek haqiqatdan ham ko‘ngilsiz
narsaga duch keladi: bu otasining qordagi izlarining aniq belgisi edi (garchi roman
hali nima ko‘ngilsizligini ochib bermagan bo‘lsa ham). Gekning mantiqiy xatosi,
tuzni to‘kish otasining yana paydo bo‘lishiga olib keldi, deb o‘ylashida edi.

Roman hikoyachisi Gek “Tom Soyerning boshidan kechirganlari”

voqealaridan so‘ng, beva Duglas tomonidan jamiyatga qabul qilingan, undan avval
esa u kichik bir shaharchaning piyanista fuqarosining oddiy bir o‘g‘li edi. Ozodlikka
bo‘lgan muhabbati bilan Gek otasi Papning buzuqligiga ham, unga qarama-qarshi
bo‘lib ko‘ringan, qattiqqo‘l, ammo ikkiyuzlamachi jamiyatga ham qarshi isyon
ko‘taradi. Yoshiga nisbatan juda dono, aqlli, ammo shunga qaramay, g‘oyat
insonparvar, Gek qora tanli qul Jim bilan do‘stlashib, uni o‘ziga teng deb qabul
qiladi. Gekning kamolotiga uning hurmatli va ko‘zga ko‘ringan, ammo o‘zini o‘zi
yoqtiradigan do‘sti Tom Soyer “to‘sqinlik” qiladi.

“But Tom Sawer he hunted me up and said he was going to start a band of

robbers, and I might join if I would go back to the widow and be respectable. So I
went back. The widow she cried over me, and called me a poor lost lamb, and she
called me a lot of other names, too, but she never meant no harm by it” [6, 2].

Ammo Tom Soyer meni qidirib topib:
– “Qaroqchilar to‘dasiga odam yig‘yapman dedi, – Bevanikiga qaytib borsang,

uning gapidan chiqmasang, seni ham shu to‘daga olaman.

Shundan keyin bevanikiga qaytib keldim.
Beva qilgan ishimdan biroz yig‘lab oldi, meni yo‘ldan adashgan qo‘zichoq dedi

va shunga o‘xshash gaplarni aytdi, ammo meni xafa qiladigan biron yomon gap
gapirmadi” [4, 4].

Beva Duglasning singlisi Uotson xonim Gekga qanday yozishni o‘rgatadi,

uning holatini tanqid qiladi, jannat va do‘zax haqida so‘zlab beradi. Vaziyatni
o‘zgartirishni xohlayotgan Gek, jannatdagidan ko‘ra do‘zaxda bo‘lishni afzal
ko‘rishini aytadi, bu Uotson xonimni hayratda qoldiradi. U jannatga borishi uchun
o‘z hayotini yashayotganini aytadi. Gek, Uotson xonim qayerga bormasin, u albatta
o‘sha joyga bormaslikni ma’qul ko‘radi, lekin uni xafa qilmaslik uchun bu haqda
unga hech narsa demaydi. U Uotson xonimdan Tom Soyer jannatga yoki do‘zaxga


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

15




boradimi, deb so‘raydi. Uotson xonim uni do‘zaxga borishini aytganida, Gek
xursand bo‘ladi, chunki u va do‘sti birga bo‘lishi mumkin edi.

Uotson xonimning saboqlaridan, Gek jamiyatdan – uning qat’iyligidan, inson

qanday bo‘lishi va ko‘rinishi kerakligi haqidagi foydasiz qoidalaridan hafsalasi pir
bo‘ladi. U jamiyat qandaydir tarzda o‘zgarishi kerakligini istaydi. U jahannamga
borishni xohlaydi, chunki bu uning hozirgi holatidan yaxshiroq, kamroq zerikarli va
qiziqroq deb o‘ylar edi. Bu tanlov Gekning Jimni qutqarish uchun murakkab bo‘lgan
keyingi tanlovini anglatadi.

“Daryo, o‘rmon – butun tabiat Gekning ko‘zini quvontiradi, u ilgari

“sezmagan” go‘zalliklarni ochadi. Mark Tvenda “ozodlik” tushunchasi aniq
emotsional ma’no kasb etadi va haqiqiy real obrazga aylanadi. Ranglar tiniqligi va
jilosi bilan go‘zal tabiat tasvirisiz, daryoga tutashgan keng ufqlar tasvirisiz “ozodlik”
tushunchasi Gek uchun hech qanday ma’noga ega bo‘lmas edi” [2, 17].

Beva Duglas va Uotson xonim vakili bo‘lgan jamiyat yolg‘onning barcha

ko‘rinishlarini qoralasa ham, Gek axloqiy hukmlarni shakllantirishda jamiyatning
qat’iy qoidalaridan tashqariga qarashga qodir bo‘lgan realistdir. U odamlarning
yolg‘on gapirishini va ba’zi hollarda o‘zi ham yolg‘on gapirishni yaxshi tushunadi.
Gek ushbu jamiyatdagi qattiqqo‘llikdan zerikadi va qochib ketadi. Faqat Tom
Soyerning o‘ziga xos sarguzasht (agar “haqiqiy” sarguzasht bo‘lmasa) va’da qilgan
xayoliy o‘yinlari orqali qaytishga ishonch hosil qiladi.

Gek intuitiv ravishda jamiyatdagi xolatlarni o‘zboshimchalik chegaralari bilan

ajratilishiga qarshi, masalan, u sinfiy va irqiy tafovutlarni ko‘rsatib berishga harakat
qiladi. Gek o‘z ovqatini aralashganini yaxshi ko‘rgani kabi, yuragi to‘g‘ri deb bilgan
narsaga xizmat qilish uchun jamiyat chegaralarini kesib o‘tishga ham moyil obraz.
Bunday chegaralar, din kabi, o‘lganlarga xizmat qiladi. Gek tiriklar haqida, hayot
haqida qayg‘uradi.

Beva Duglas yaxshi va mehribon, ammo jamiyatning ko‘plab a’zolari kabi u

ham ikkiyuzlamachi bo‘lishi mumkin. Uning ikkiyuzlamachiligiga shaxsiy manfaat
sabab bo‘ladi: u Gekni tamaki chekkani uchun qoralasa-da, beva nopoklikni
qoralamaydi, chunki uning o‘zi ham tamaki chekar edi.

Gekning asosiy maqsadi – qora tanli qul Jimni ozod shahar, Kair (Qohira)

shahriga yuborish. Bu yo‘lda u har qanday mashaqqatlarga ham tayyor, har qanday
sinovlarga dosh beradi va nihoyat asar so‘nggida maqsadiga ham erishadi.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

16




Garchi kitob Gekning “sarguzashtlari” haqida bolsa-da, hikoya Jimning o‘zi,

oxir-oqibat xotini va bolalari uchun erkinlik va xavfsizlikka erishishlari bilan yakun
topadi. Gek qaysidir ma’noda asarda faqat “sayohat” qilish uchun yurgandek
ko‘rinishi mumkin, ammo muallif uchun qullik mavzusini o‘ziga xos va qiziqarli
tarzda hal qilish imkonini beruvchi Jimning kurashida Gek muhim obrazdir.

Kitobdagi eng muhim voqealarda qullik masalasi muhim o‘rin tutadi. Jim o‘z

erkinligiga erishishga yaqin ekanligiga ishonar ekan, uning fikrlari oilasini qullikdan
qutqarishga qaratilgan edi. Gek Jimning rejalaridan hayratga tushib, o‘quvchiga,
shuningdek, jamiyatga xitob qiladi:

“We had Jim out of the chains in no time, and when Aunt Polly and uncle Silas

and aunt Sally found out how good he helped the doctor nurse Tom, they made a
heap of fuss over him, and fixed him up prime, and give him all he wanted to eat,
and a good time, and nothing to do. And we had him up to the sick-room, and had a
high talk; and Tom give Jim forty dollars for being prisoner for us so patient, and
doing it up so good, and Jim was pleased most to death, and busted out” [5, 294].

“Bir zumda Jimni kishandan bo‘shatdik, Tomni boqqan doktorga u juda yaxshi

qarashganini Salli xolaga, Saylas pochchaga va Polli xolaga aytganimizdan keyin
ular Jimni o‘tqizgani joy topolmay qolishdi; Jim mahbus bo‘lgani, bunga chidab,
hamma narsani ado etgani uchun Tom unga qirq dollar pul hadya qildi. Jim juda
sevinib ketib, endi sira ham jim o‘tirolmay qoldi” [4, 334].

Asarda Jim yaxshi obraz sifatida tasvirlanadi u o‘zining qulligidan nafratlansa

ham, Uotson xonim yoki uning manfaatlariga tahdid soladigan hech qanday ishga
qo‘l urmaydi.

Shu o‘rinda asarning tarjimasiga e’tibor qaratar ekanmiz, asarning bilvosita

(rus tili orqali) tarjima qilinganligini ushbu matndan ham sezish mumkin.

“But by and by pap got too handy with his hick’ry, and I couldn’t stand it. I

was all over welts” [5, 26].

Yuqorida keltirilgan gapni tarjimon quyidagicha tarjima qiladi:
Ammo cholim tez-tez tayoq bilan uradigan bo‘lib qoldi, mana bunisiga chiday

olmadim, uning kaltaklay berishidan hamma yog‘im ko‘karib ketgan edi [3, 30].

Asar matni bilan tanish bo‘lmagan o‘quvchi ushbu parcha o‘rta yoshdan oshgan

ayol kishiga tegishli deb o‘ylashi mumkin. Chunki ingliz tilidagi “Pap” (“Ota”)
so‘zini

(PAP'A,

noun

[Latin

papa

] Father; an informal term for a father; probably

derived from baby talk. synonyms: dad, dada, daddy, pa, pappa, father. a male


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

17




parent (also used as a term of address to your father)

“cholim”

tarzida berilishi

albatta o‘quvchida tushunmovchilik keltirib chiqaradi. “Papa” so‘zini savodi ham
havas qilarli darajada bo‘lmagan qahramonimiz tilidan muallif “pap” deya keltirib
o‘tgan.

Tarjimon ushbu so‘zni “otam” deb tarjima qilganida yuqoridagi g‘alizlik

bartaraf qilinib, matn mazmuni ham o‘quvchiga tushunarli bo‘lar edi deb o‘ylaymiz.

Shu o‘rinda asarning rus tiliga Nina Daruzes tomonidan qilingan tarjimasiga

murojaat qilib ko‘rsak unda:

“Но мало-помалy cтаpик pаcпycтилcя, повадилcя дpатьcя палкой, и этого

я нe cтepпeл. Я был вecь в pyбцаx” [8, 25].

Romandagi ko‘plab qahramonlar uchun qora tanlilarning ham odamlar ekanligi

haqidagi tushuncha hech qanday e’tiborga olinmaydi. Ko‘pgina sahnalarda Tven
o‘sha paytdagi odamlar qora tanlilarning shaxsiyatini muntazam ravishda inkor
etgan shafqatsizlikni kinoya qilganga o‘xshaydi. Befarqlik shunchalik keng
tarqalganki, hatto Jim o‘zini “mulk” deb qabul qiladi va o‘zining qanchalik qadrli
ekanligi bilan faxrlanadi; sakkizinchi bobda Jim o‘z ozodligi haqida o‘ylar ekan,
Gekga shunday deydi: – “To‘g‘ri, agar tagini surishtirib qaraganda, hozir ham
boyman. Izmim o‘zimda, menning bahom sakkiz yuz dollar! Shu pul menda
bo‘lganida, ortiq sira ham so‘ramas edim” [3, 55].

“Yes; en I’s rich now, come to look at it. I owns mysef, en I’s wuth eight hund’d

dollars. I wisht I had de money, I wouldn’ want no mo” [5, 43].

Kitobning so‘nggi boblarida Tom Soyer Jimni o‘zi tutqunlikda ushlab turilgan

kulbadan ozod qilish uchun puxta reja tuzadi. Tom Jimga o‘zining qochish uchun
ishlab chiqqan rejasini tushuntiradi; Tom Jimdan bema’ni va ba’zi hollarda imkonsiz
harakatlar qilishni so‘raydi va hatto Jimning to‘shagini o‘rgimchak va ilonlar bilan
to‘ldiradi. Oxir oqibat, Gek Jimga teng hurmat bilan munosabatda bo‘lgan yagona
asosiy qahramon bo‘lib qoladi.

Muallifning bolalikni tasvirlashdagi mahorati shundaki, romanda bolaning

qalbini va uning hayotga bo‘lgan o‘ziga xos qarashlarini juda tabiiy va chuqur ifoda
etadi. Adib bolalikka xos beg‘uborlik, mustaqil fikrlash, tabiat va hayotning
go‘zalligini kashf qilish jarayonini jonli tasvirlaydi. Shu bilan birga, Tvenning
asarda ijtimoiy mavzularni, ayniqsa qullik va adolatsizlik masalalarini bolalarning
beg‘ubor dunyosi orqali ochib berishi uning yozuvchilik mahoratining eng kuchli
jihatidir.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

18




Mark Tvenning “Geklberri Finning boshidan kechirganlari” asari, bolalarning

o‘z dunyosini yaratish va unda o‘zicha yashash istagini, hayotning katta
muammolariga bolaning samimiy munosabatini ajoyib tarzda ifoda etadi.

Xulosa sifatida ta’kidlashimiz joizki, mazkur asarlarida tilga olingan va

tasvirlangan personajlarning hayotdagi real prototiplari mavjud. Bu personajlar
adibning yaqin qarindoshlari, qo‘shnilari, do‘st-birodarlari hisoblanadi. Asar
qahramonlarning portretlarini adibning real hayotdagi insonlar boshidan
kechirganlariga asoslanib yaratganlar. Ushbu romanlarda bolalar obrazi va ularning
xarakteri o‘zining yorqin ifodasini topgan. Ammo “Geklberri Finning boshidan
kechirganlari” butkul avtobiografik asarlar kiritib bo‘lmaydi. Biroq, bu asarda
hikoya qilish va yorqin joziba beruvchi badiiy tasvir vositalariga boy to‘qima va
avtobiografik elementlar mavjud. Asar muallifi ulardan boshqa maqsadda – oddiy
hayotiy voqealar orqali umuminsoniy mazmunni ochib berishda foydalanishgan.
Ushbu sarguzasht romanida bolalar portreti nihoyatda mohirlik bilan, badiiy tasvir
vositalaridan samarali foydalanilgan holda yaratilgan. Ayniqsa, unda bolalar nutqiga
alohida e’tibor qaratilgan, natijada asarda bolalar nutqi yorqin ifodasini topgan.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

F.Sattarov. Ways of development of community, identity, literary

relationships in US and Uzbekistan children's literature.

International Journal of

Literature and Languages (ISSN – 2771-2834)

Volume 03 Issue 09 Pages: 14-21.

2.

Kахаrovа M.Y. Ingliz vа o‘zbеk bolаlаr nаsridа o‘smirlаr ruhiуаti

tаsviri: Filol.fаn.b.fаls.dok. ... diss. аvtorеf. – Buхoro, 2023. – 52 b.

3.

Tvеn M. “Gеklbеrri Finning boshidаn kесhirgаnlаri”, (Odil Rаhimiу

tаrjimаsi). – Toshkеnt: “Qobus mеdiа” nаshriуoti, 2020. – 336 b.

4.

Tvеn M. “Tom Soуеrning boshidаn kесhirgаnlаri”, (I.Muslim tаrj) –

Toshkеnt: “SHАRQ” nаshriуot-mаtbаа аksiуаdorlik komраniуаsi bosh tаhririуаti,
2019. – 272 b.

5.

Twаin M. “Thе Аdvеnturе of Huсklеbеrrу Finn”. – Nеw York: “А

Glаssbook сlаssiс” рrеsm., 2019. – 295 р.

6.

Twаin M. “Thе Аdvеnturеs of Tom Sаwуеr”. – Nеw York: “Рlаnеt е

Book.сom” рrеss, 2019. – 285 р.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

19




7.

Бабаева С. Ўзбек ва АҚШ адабиётида балаликнинг бадиий

талқини (Ғ.Ғулoм ва М.Твен ижoди мисoлида): Филoл. фан. нoмз. ... дисс.
автореф. – Toшкент, 2012. – 54 б.

8.

Твен М. Приключения Геклберри Финна. – Ташкент: Узбекистан,

2017. – 288 c.

9.

Уэллек Р., Уoррен O. Теoрия литературы. – Мoсква: Прoгресс,

1978. – 249 c.

References

F.Sattarov. Ways of development of community, identity, literary relationships in US and Uzbekistan children's literature. International Journal of Literature and Languages (ISSN – 2771-2834) Volume 03 Issue 09 Pages: 14-21.

Kахаrovа M.Y. Ingliz vа o‘zbеk bolаlаr nаsridа o‘smirlаr ruhiуаti tаsviri: Filol.fаn.b.fаls.dok. ... diss. аvtorеf. – Buхoro, 2023. – 52 b.

Tvеn M. “Gеklbеrri Finning boshidаn kесhirgаnlаri”, (Odil Rаhimiу tаrjimаsi). – Toshkеnt: “Qobus mеdiа” nаshriуoti, 2020. – 336 b.

Tvеn M. “Tom Soуеrning boshidаn kесhirgаnlаri”, (I.Muslim tаrj) – Toshkеnt: “SHАRQ” nаshriуot-mаtbаа аksiуаdorlik komраniуаsi bosh tаhririуаti, 2019. – 272 b.

Twаin M. “Thе Аdvеnturе of Huсklеbеrrу Finn”. – Nеw York: “А Glаssbook сlаssiс” рrеsm., 2019. – 295 р.

Twаin M. “Thе Аdvеnturеs of Tom Sаwуеr”. – Nеw York: “Рlаnеt е Book.сom” рrеss, 2019. – 285 р.