“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
80
“O’ZBEKISTON – 2030” STRATEGIYASI, XOTIN-QIZLARNI QO‘LLAB-
QUVVATLASHGA QARATILGAN IMKONIYATLAR ESHIGI
Xusanova Shohida Alibek qizi
Yengil sanoat texnologiya va jihozlari kafedrasi dotsenti, Farg'ona davlat texnika
universiteti, Farg'ona, O‘zbekiston
Annotatsiya:
Ushbu maqolada “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida
xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan islohotlar va imkoniyatlar tahlil
qilingan. Xotin-qizlarning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hayotdagi faol ishtirokini
kengaytirish, gender tenglikni ta’minlash va ularning huquqlarini himoya qilishga
qaratilgan dasturlar mazmuni yoritilgan. Shuningdek, tadbirkorlikni rivojlantirish,
ta’lim olish imkoniyatlari va huquqiy kafolatlar kabi muhim yo‘nalishlarga alohida
e’tibor qaratilgan. Maqolada xotin-qizlarning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni va ularni
qo‘llab-quvvatlashning istiqbolli yo‘nalishlari ochib berilgan.
Tayanch so‘zlar:
Islohot, imkoniyat, tahlil, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy,
gender, huquq, dastur, ta’lim, jamiyat, taraqqiyot, istiqbolli yo‘nalish.
Kirish
Har qanday davlatning tarixiy taraqqiyot yo‘lidan ma’lumki, yurtning jadal
rivojlanishi, muayyan yutuqlarga erishishi, xalqning farovon bo‘lishi o‘sha davlatda
yoshlar hamda
xotin-qizlarning ma’naviy yetuk,
ta’lim-tarbiyasi va kelajagiga
beriladigan e’tibor darajasiga bog‘liq. Shu ma’noda, O‘zbekistonda
xotin-
qizlarning
masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri
hisoblanadi.
Jamiyatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha jabhalaridagi jarayonlarda
xotin-qizlarning ishtiroki va faolligi tobora ortib bormoqda. Buning zamirida xotin-
qizlarga yaratilayotgan va berilayotgan imkoniyatlarni ochib berayotgan eshiklardir
Tadqiqot uslubiyoti. Bu yo‘lda amalga oshirilayotgan samarali ishlar o‘z
salohiyatlarini to‘laqonli yuzaga chiqarishi uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlar,
imtiyozlar, umuman, ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar
natijasidir.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
81
Qolaversa, jamiyatni muhim tarkibi xisoblangan xotin-qizlarning ma’naviy
yetuk, tafakkuri keng, iqtisodiy, huquqiy jihatdan bilimdon va faol bo‘lishi kelajak
avlodni tarbiyalashda ham ijobiy natijalar beradi.
Oxirgi yillarda yurtimizda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, gender tengligini
ta’minlash, turli tazyiq va zo‘ravonliklardan himoya qilish, salomatligini
mustahkamlash, umuman, xotin-qizlar masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.
Prezidentimiz, hukumatimiz tomonidan ana shu yo‘nalishga oid 40 dan ortiq
me’yoriy-huquqiy hujjat qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi taraqqiyotining uzoq muddatli strategik rejalari
doirasida qabul qilingan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi mamlakat ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilmoqda. Ushbu
strategiyada aholining barcha qatlamlari, ayniqsa, xotin-qizlarning huquq va
imkoniyatlarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilgan. Xotin-qizlarning
jamiyatdagi rolini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash va gender tenglikni ta’minlash
– strategiyaning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Ayollar faoliyatining asosiy yoʻnalishlari
O‘zbekistonda ayollar ko‘proq barqaror ish o‘rinlari va qulay sharoitlarni
taklif qiladigan davlat sektorida ishlaydi.
Ayollar bandligining tarmoq tuzilmasi shu bilan xarakterlanadiki, ular asosan
ish haqi past va ish vaqti qisqaroq sohalarda ishlaydi.
Bular ta’lim, sog‘liqni saqlash kabi tarmoqlar va umuman, ijtimoiy soha.
Erkaklar va ayollarning ish haqi o‘rtasidagi tafovut sababi ham aynan mana shu bilan
bog‘liq. [1]
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
82
Tadqiqot natijalari.
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash siyosati
O‘zbekiston hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarning
muhim yo‘nalishlaridan biri – xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya
qilish, ularni tadbirkorlikka jalb etish va ijtimoiy faolligini oshirishdir. “O‘zbekiston
– 2030” strategiyasi doirasida quyidagi asosiy yo‘nalishlar belgilangan:
Xotin-qizlarning ijtimoiy himoyasini ta’minlash;
Tadbirkor ayollar uchun imtiyozli kreditlar va moliyaviy yordam
dasturlarini kengaytirish;
Ta’lim va kasb-hunar o‘rganishga keng imkoniyatlar yaratish;
Ayollar bandligini ta’minlash va mehnat huquqlarini himoya qilish;
Ayollarning siyosiy va ijtimoiy hayotdagi ishtirokini oshirish.
Ta’lim va malaka oshirish imkoniyatlari
Strategiya doirasida xotin-qizlarning ta’lim olishi va kasb-hunar o‘rganishi
uchun alohida dasturlar ishlab chiqilgan. Xususan, qishloq hududlarida yashovchi
ayollarning axborot texnologiyalari va tadbirkorlik sohasida malakasini oshirishga
alohida e’tibor qaratilmoqda.
Tadbirkorlikni rivojlantirish
Xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida davlat
tomonidan subsidiyalar, imtiyozli kreditlar va grantlar ajratilmoqda. Bu esa ayollar
orasida o‘z biznesini boshlashga qiziqishni kuchaytirmoqda.
Gender tenglik va huquqiy kafolatlar
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
83
“2030” strategiyasi asosida gender tenglikni ta’minlashga qaratilgan
qonunchilik bazasi mustahkamlanmoqda. Xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi faol
ishtirokini ta’minlash va zo‘ravonlikka qarshi himoyasini kuchaytirish bo‘yicha
maxsus dasturlar amalga oshirilmoqda.
2022-2024-yillar uchun “Biznes ayollar” dasturi qabul qilinishi belgilandi.
Uning ijrosiga jami 8 trillion soʻm yoʻnaltiriladi. Ayollar uchun tadbirkorlik kurslari
tashkil etiladi, imtiyozli kreditlar beriladi.
Prezidentimiz bu borada obroʻ-eʼtiborli, bilimli xotin-qizlardan iborat “Oqila
ayollar” harakatini tashkil qilish taklifini bildirdi.
– Bu harakat “mahallaning vijdoni”ga aylanishi kerak. Chunki maʼrifatli jamiyatni
maʼrifatli onalarsiz qurib boʻlmaydi, – deya taʼkidladi Shavkat Mirziyoyev.
Ko‘pchilik, ayol kishi nima sababdan ishlashi kerak, nimaga ayollar raxbar
bo‘ladi buning nimasi yaxshi, uning vazifasi uy ro‘zg‘or bola tarbiyasi bilan
shug‘ullanishi kerak degan fikrlarni bildiradi.
Bunday savolga javob, xotin-
qizlarimiz ijtimoiy masalalarga ko‘proq yurakdan his qilib yondashadi, dilidan
o‘tkazib qarorlar qabul qiladilar. Ijtimoiy masalalar esa, bu — xalqning dardi,
xalqning muammosi, shu kecha-kunduzda uning boshidan o‘tayotgan muammolar
bilan uzviy bog‘liqdir. Ayol u oila bekasi, bolalar tarbiyachisi, ularning sog‘lig‘i
uchun qayg‘uradigan shifokordir. Siyosiy hayotda faol bo‘lgan xotin-qizlarimiz
aynan mana shunday xislatlari tufayli qonunlarning yana-da hayotiy bo‘lishi uchun
kurashadilar, ularda aniq masalalar, muammolarning yechimlarini anglab tushinib,
xis qilib jon kuydiradilar.
O‘zbekistonda xotin-qizlar masalasiga juda katta eʼtibor qaratilyapti.
Ularning
huquqlari,
erkinliklari,
qonuniy
manfaatlari
Konstitutsiyamiz,
qonunlarimizda mustahkamlab qo‘yilgan.
Quvonarlisi, bugungi kunda yaratilayotgan va berilayotgan imkoniyatlar
negizida zamonaviy fikrlaydigan ayollarimizdan ota-onalar, ko‘payib boryapti. O‘z
navbatida, xotin-qizlarning taʼlim olishi, kasbli bo‘lishi uchun qog‘ozda emas, real
hayotda katta qulayliklar, yengilliklar yaratilmoqda. Bugungi kunda ayrim sohalarda
uchratishimiz mumkin gender tengligini, buning samarasi olib borilayotgan erkin
demokratik tamoyillarni tizimli ishlayotganligi fikrimizga misol bo‘la oladi.
Keyingi yillarda yurtimizda ayollarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan
ishlarning ijobiy natijalarini jamiyat boshqaruvida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan ko‘p
sonlar misolida ko‘rishimiz mumkin.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
84
Davlat boshqaruvining turli sohalarida faoliyat olib borayotgan rahbarlik
salohiyati va qobiliyatiga ega hamda korxona, tashkilot, jamoani boshqarayotgan,
ortidan ko‘plab opa-singillarimizni ergashtira oladigan, lider ayollarimizdan juda
ko‘pini tashkil etmoqda.
Jamiyatimizning eng og‘riqli muammolaridan biri bo‘lgan ishsizlik
masalasini ijobiy hal etish, ayol va qizlarning bandligi ta’minlashda,
tadbirkorlik
yo‘lida ularga berilayotgan imkoniyatlar, imtiyozli kredit olib yoki taqdim etilgan
subsidiyalardan foydalanish borasida xar bir viloyatlarda sezilarli darajada
sezilmoqda.
Bu borada Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashining 2021-yil 27-
apreldagi 2-sonli bayonnomasida “Yil ayoli” milliy tanlovi, O’zbekiston
Respublikasi Oliy majlisi senati kengashining qarori bilan, “Yil ayoli” va “Gender
tenglik faoli” milliy tanlovi, “Hududning 100 nafar ixtirochi ayoli”, Zulfiya
nomidagi Davlat mukofoti tanlovlari shular jumlasidandir.
Bundan tashqari,
O‘zbekistonda oliy o‘quv yurtlarining talabalari uchun 6 xil
nomdagi davlat stipendiyalari joriy etilgan. Jumladan:
1. Beruniy nomidagi;
2. Ibn Sino nomidagi;
3. Navoiy nomidagi;
4. Ulug‘bek nomidagi;
5. Imom al-Buxoriy nomidagi;
6. Islom Karimov nomidagi.
Shuncha imkoniyat va e’tibor ayolning qalbiga yorug‘lik kirita oldi. Farzand,
millat tarbiyachisi bo‘lgan shuncha ayol qalbida minnatdorchilik, davlatga ishonch,
ertangi kunga umid tuyg‘ulari yanada mustahkamlandi.
Jamiyatimiz ayollari tabiatan kurashuvchandir, oilasi, yaqinlari uchun har
qanday mashaqqatu sinovlardan o‘tishga qodir zotdir. Shunday ekan ayolning ushbu
fazilatini suiiste’mol qilmaslik lozim. Aslida hamisha himoyaga, asrab-avaylashga
muhtoj ayolni kamsitish, zo‘ravonliklardan asrash ham muhim masalalaridan biri
hisoblanadi. Shu bois xotin-qizlarimizni turli tazyiq va zo‘ravonliklardan asrash, ana
shunday ko‘ngilsiz holatlarga tushib qolishining oldini olish maqsadida himoya
orderlarining joriy etilgani ham ijobiy natijalar bermoqda.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
85
Xulosa
Mamlakatimizda
xotin-qizlarni
qo‘llab-quvvatlash borasida amalga
oshirilayotgan islohotlar, qonunlar, shuningdek, qator farmon va qarorlar ijrosi
doirasida olib borilayotgan ishlar jamiyatda xotin-qizlarining nufuzini oshirish,
ularning muammolarini bartaraf etish, o‘z hayotlaridan rozi bo‘lib yashashini
ta’minlashga xizmat qilmoqda.
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi mamlakatda xotin-qizlarning ijtimoiy,
iqtisodiy va siyosiy hayotdagi ishtirokini kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar
eshigini ochmoqda. Ushbu islohotlar xotin-qizlarning huquqlarini ta’minlash,
jamiyatda ularning mavqeini mustahkamlash va mamlakat taraqqiyotiga munosib
hissa qo‘shishlariga xizmat qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni.
2. O‘zbekiston Respublikasi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va gender tenglikni
ta’minlash to‘g‘risida”gi qonuni.
3. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari.
4. O‘zbekiston xotin-qizlarining iqtisodiy faolligi pastligi, avvalo ularning uy-
ro‘zg‘or ishlari va bola parvarishi bilan to‘liq band ekanligi bilan bog‘liq, deyiladi
PMTI xabarida.
5. "O‘zbekiston – 2030" strategiyasi: xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan
ishlar izchil davom ettiriladi": Mazkur maqolada strategiya doirasida xotin-qizlarni
qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma'lumot
berilgan.
6. "O‘zbekiston – 2030" strategiyasi xotin-qizlarning hayotdan rozi bo‘lib
yashashini ta'minlaydi" Ushbu maqolada strategiyaning xotin-qizlar hayotiga ijobiy
ta'siri haqida so‘z yuritiladi.
