Authors

  • Xusniya Otabayeva
    Urganch davlat pedagogika instituti Boshlang’ich ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.journal-science-innovative.110225

Keywords:

O‘quvchilar fikrlash badiiy asar tafakkur tasavvur qobiliyat rivojlantirish bilim.

Abstract

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun badiiy asarlar o‘qishning tasavvuri va tafakkuri rivojlanishidagi ahamiyati va o‘rni haqida so‘z yuritiladi. Badiiy asarlar o‘qishning o‘quvchilar fikrlash qobiliyatini o‘stirishdagi o‘rni ham beqiyosdir.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

75




BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING TASAVVURI VA

TAFAKKURINI KENGAYTIRISHDA BADIIY ASARLARNING O‘RNI

Otabayeva Xusniya Sharofiddin qizi

Urganch davlat pedagogika instituti

Boshlang’ich ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi

E-mail:

xusniyaotaboyeva7@gmail.com

Annotatsiya.

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun badiiy

asarlar o‘qishning tasavvuri va tafakkuri rivojlanishidagi ahamiyati va o‘rni haqida
so‘z yuritiladi. Badiiy asarlar o‘qishning o‘quvchilar fikrlash qobiliyatini
o‘stirishdagi o‘rni ham beqiyosdir.

Kalit so‘zlar.

O‘quvchilar, fikrlash, badiiy asar, tafakkur, tasavvur, qobiliyat,

rivojlantirish, bilim.

РОЛЬ ХУДОЖЕСТВЕННЫХ ПРОИЗВЕДЕНИЙ В РАЗВИТИИ

ВООБРАЖЕНИЯ И МЫШЛЕНИЯ УЧАЩИХСЯ НАЧАЛЬНЫХ

КЛАССОВ

Отабаева Хусния Шарафиддиновна

Студентка 3 курса направления

начального образования Ургенчского

государственного педагогического института

E-mail:

xusniyaotaboyeva7@gmail.com

Аннотация.

В данной статье рассматривается важность и роль чтения

художественных произведений для учащихся начальных классов в развитии
воображения и мышления. Роль чтения художественных произведений в
развитии мыслительных способностей учащихся также неоценима.

Ключевые

слова.

Учащиеся,

мышление,

художественное

произведение, мышление, воображение, способности, развитие, знания.

THE ROLE OF ARTISTIC WORKS IN EXPANDING THE

IMAGINATION AND THINKING OF PRIMARY SCHOOL STUDENTS

Otabayeva Khusniya Sharofiddin kizi

3rd year student of primary education

Urgench State Pedagogical Institute

E-mail:

xusniyaotaboyeva7@gmail.com


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

76




Abstract.

This article discusses the importance and role of reading literary

works for elementary school students in the development of imagination and
thinking. The role of reading literary works in developing students' thinking abilities
is also incomparable.

Keywords.

Students, thinking, work of art, thinking, imagination, ability,

development, knowledge.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mustaqil fikrlash malakalarini, mustaqil

ravishda muammolarni hal qila bilish ko‘nikmasini shakllantirish ta’lim
samaradorligini oshirishning muhim omilidir.

Boshlang‘ich sinflarning o‘qish darslarida garchi ilmiy jihatdan bo‘lmasa-da,

amaliy jihatdan turli janrga mansub asarlar o‘qib o‘rganiladi. O‘qish darsliklariga,
asosan, hikoya, she’r, ertak, masal, maqol, doston, rivoyat va topishmoq kabi
janrdagi asarlar kiritilgan. Bulardan tashqari, ilmiy-ommabop asarlar ham o‘qitiladi.
[1] Bu janrdagi asarlarni o‘rganish mobaynida o‘quvchilarning tasavvuri va
tafakkuri rivojlanishi bilan birga, o‘z fikrini erkin va ravon tarzda ham ifodalay
oladilar.

O‘quvchilarni badiiy asar ustida ishlashga o‘rgatish ularda adabiy-estetik

tahlil malakasini shakllantirish va o‘stirish orqali ta’lim-tarbiya berishni nazarda
tutadi. Asar matnini tahlil qilish muallif fikrini, hissiyoti va xulosalarini tushunishga
yordam beradi, asarda ifoda etilgan voqealarga munosabat uyg‘otadi. Badiiy asarni
yaxshi idrok etish uchun uni tushunishning o‘zigina yetarli emas. Asarni idrok etish
murakkab jarayon bo‘lib, asarga unda tasvirlangan voqelikka qandaydir
munosabatning yuzaga kelishini o‘z ichiga oladi. Badiiy asar tilini tahlil qilish orqali
o‘quvchilarda o‘z ona tiliga muhabbat hissi, badiiy asarni ongli o‘qish ko‘nikmasi
o‘stiriladi, asar g‘oyasini chuqur idrok etishga zamin hozirlanadi, o‘quvchilar nutqi
rivojlantiriladi. [5] Ushbu ko‘nikmalarni o‘rganish mobaynida so‘z boyligi oshadi.
Tasavvur qila olish, ulardagi sifatlarni ajrata olish kabi zaruriy sifatlarga ega bo‘lib
boradilar.

Boshlang‘ich sinflarda adabiy tushunchalar va badiiy vositalar ustida ishlash

o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini o‘stirishga, ularda jonlantirish, o‘xshatish,
mubolag‘a kabi adabiy tushunchalar yuzasidan dastlabki tasavvur hosil qilishga
yordam beradi.

O‘qish metodikasi adabiyotshunoslik, psixologiya, pedagogika ishlab bergan

nazariy qoidalarga asoslanadi. Sinfda o‘qishni to‘g‘ri uyushtirish uchun o‘qituvchi


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

77




badiiy asarning o‘ziga xos xususiyatlarini, ta’limning turli bosqichlarida o‘qish
jarayonining psixologik asoslarini, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning matnni
idrok etish va o‘zlashtirish xususiyatlarini hisobga olishi zarur. Badiiy asarda
borliqni, voqelikni obrazlar vositasida tasvirlash va bu orqali turli timsol va
personajlar yaratish orqali o‘quvchilarga anglashi lozim bo‘lgan qahramonlar
ko‘rinishi gavdalantiriladi.

O‘quvchilarni badiiy asar ustida ishlashga o‘rgatish ularda adabiy-estetik

tahlil malakasini shakllantirish va o‘stirish orqali ta’lim-tarbiya berishni nazarda
tutadi. Asar matnini tahlil qilish muallif fikrini, hissiyoti va xulosalarini tushunishga
yordam beradi, asarda ifoda etilgan voqealarga munosabat uyg‘otadi. Asar tahlili
o‘qituvchidan o‘quvchilar faoliyatini ma’lum maqsadga yo‘naltirishni taqozo qiladi.
Kelajagimiz egalari bo‘lmish bugungi kun yoshlari qalbiga go‘zal fazilatlarni
singdirishda adabiyot darslarida o‘rganiladigan badiiy asarlar, jumladan, inson
tarbiyasi haqidagi axloqiy, ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyatga ega adabiy ertaklar
chinakam didaktika manbai hisoblanadi.

«Maktabda badiiy asarni tahlil qilishdan asosiy maqsad asarda ifodalangan

hayotiy voqeani yoritish orqali o‘quvchilarni badiiy adabiyot olamiga olib kirish,
tasvirlanayotgan voqealarga nisbatan muallifning munosabati va niyatlarini payqab
olishga imkoniyat yaratishdan iboratdir. O‘quvchilarning yozuvchi oldinga surgan
g‘oya, muammolarni to‘liq tushunishlariga erishmay turib, adabiyotning yoshlarni
tarbiyalashdagi vazifasini amalga oshirib bo‘lmaydi» [6] Shunday ekan, ushbu
vazifalar o‘quvchilarni yangi qahramonlarni, ularning xarakterlarini o‘rgatish,
hayotni tasavvur qilishida, qiyin vaziyatlarda to‘g‘ri yo‘lni tanlay olishlariga chin
ma’noda yordamchi bo‘la oladi. O‘quvchilarni kasbga, ijodga yo‘naltirish va ular
iqtidorlarini ochish,mustaqil fikrlash va tanqidiy fikrlash kabi murakkab vazifalarni
yechishda ham, ushbu darslarning ahamiyati juda katta. O‘quvchilarni badiiy
adabiyotlarni tanlash, o‘qish, ularni saqlash va asar ustida ishlash kabi malakalari
rivojlantiriladi.

Tafakkur jarayoni insonning ruhiyati bilan uzviy bog‘liqlikda kechadi.

Fikrlayotgan odamning ichki dunyosi qanchalik boy, dunyoqarashi nechog‘lik keng,
bilimi qay darajada chuqur bo‘lsa, fikrlari, xulosalarining saviyasi ham shuncha
baland bo‘ladi. Teranlik, tiniqlik, mantiq, erkinlik, mustaqillik, badiiylik, ijodiylik
inson tafakkuri darajasini ko‘rsatuvchi ijobiy xususiyatlardir. Odam dunyoni
tafakkur orqali anglaydi, fikr va ruhiyat yordamida undan o‘ziga xos tarzda


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

78




ta’sirlanadi, xulosalar chiqaradi [7]. Shuning uchun ham yosh o‘quvchilarda ushbu
ko‘nikmalarni ertadan singdirib borish muhimdir.

Bola yosh bosqichlariga ko‘ra turfa qiziqishga ega bo‘ladi, o‘ziga xos

fikrlaydi va his qiladi. Har yoshida turlicha faoliyat ko‘rsatadi, borliqqa munosabati
ham har xil bo‘ladi. Beshinchi, oltinchi sinf o‘quvchilari – kichik o‘smir yoshidagi
bolalarning o‘qituvchilar va bir-birlari bilan o‘zaro munosabatida ma’lum
o‘zgarishlar ro‘y bera boshlaydi. Bu davrda faollikning xususiy shakllari kuzatiladi,
ularning intellekti o‘zini namoyish eta boshlaydi. 11 – 13 yoshli bolalarning
ko‘pchiligi o‘qishga beparvolik bilan qaraydilar: o‘zlarini oshiqcha qiynamaydilar,
uy vazifasini berilgan topshiriq darajasidagina bajaradilar, ba’zan shuni ham qil-
maydilar. Ko‘pincha, o‘zlarini ovutadigan boshqa narsalarni o‘ylab topishga moyil
bo‘ladilar.

O‘smir yoshidagi o‘quvchida boshlang‘ich maktab bolasiga xos bo‘lgan

insonni baholashdagi biryoqlamalik kamayadi. 5 – 7-sinf o‘quvchisini shaxsning
axloqiy sifatlari, uning ichki dunyosi, xarakterining shakllanishi va bunga turtki
bo‘lgan omillar qiziqtiradi. Ammo o‘smir hali adabiy qahramonni uning shaxsiga
xos bo‘lgan barcha jihatlar bilan yaxlit qabul etish va baholashga qodir emas. U
ko‘pincha qahramonning biror fazilatiga tayanib shaxsini baholaydi. O‘rta
maktabning dastlabki bosqichidagi bolalar fikrlashida anchagina sabrsizlik seziladi.
Bu davrda ular darsda bajariladigan ishlarning tezligiga ehtiyoj sezadilar, oradagi
bo‘shliqlarni qiyinchilik bilan o‘tkazadilar. Qiyin va murakkab vaziyatlarning uzoq
saqlanishini yoqtirmaydilar. Shunisi xarakterliki, bu yoshdagi bolalarning
ko‘pchiligi berilgan topshiriqni yoki bir o‘tirishda qoyillatib hal qiladilar yoki
umuman bajarmaydilar [8]. Shunga ko‘ra, o‘quvchilar bilan ishlashda ushbu
jihatlarga ham e’tibor qaratish lozim.

Bu bosqichdagi o‘quvchilar bilimlarni o‘ta maydalangan, tayyor holda qabul

qilishni xushlamaydilar. Ayrimlar vazifani ko‘chirmasdan o‘zlari yechishga moyil
bo‘ladilar, agar topshiriqni o‘zlari hal qila olishlariga ko‘zlari yetsa, ustozining
qo‘shimcha tushuntirishlaridan qochadilar. Ba’zan ularning fikr ifodalashlarida
mustaqillikni ham ilg‘ash mumkin.

«Fikrlash jarayoni, – deb yozadi L. Vigotskiy, – bolaning ota-onasi bilan

muloqotidan boshlanadi. Mustaqil fikrlash esa bu suhbatlarni bola «yutib», o‘zicha
«hazm qila» boshlaganidan so‘ng shakllanadi». Bu qarashga tayanib, shunday
xulosa chiqarish mumkinki, fikrlash bevosita o‘z yo‘naltiruvchi kuchi, maqsadi,


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

79




usullariga ega bo‘lgandagina mustaqil faoliyatga aylanadi. Fikrlashning mustaqilligi
uning yuqorida sanalgan shakllaridan biri sifatida kishi shaxsiyati va siyrati, ichki
«men»i bilan bog‘liq [9]. Ya’ni, har bir o‘quvchining ichki dunyosi va fikrlashi ham
turlichadir.

Xulosa qilib aytganda, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tasavvurini

kengaytirishda, yangi voqea va hodisalarni o‘rganishda, shu bilan birga og‘zaki
nutqining rivojlanishida ham badiiy asarlarning o‘rni nihoyatda kattadir. Badiiy
asarlarning tarbiyaviy ahamiyati ham o‘ziga xos bo‘lib, o‘quvchilarda ijobiy va
ijodiy fikrlash, yaxshilik qilish, yomonliklardan qochish kabi sifatlarga ham ega
bo‘la boradilar. Kelgusida ham o‘quvchilarning murg‘ak qalbida insoniy fazilatlar
shakllanib, ezgu ishlarni amalga oshirishida turtki bo‘la oladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Karimova Sh. “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga badiiy asarlarni o‘qitish

orqali nutqlarini o‘stirish texnologiyalari” 389 b, 2022-y
2.

Zunnunov A. va boshq. Adabiyot o‘qitish metodikasi. T.: O‘qituvchi, 1992

3.

Qosimova K., Matchonov S. va b. Ona tili o`qitish metodikasi. Boshlang‘ich

ta`lim fakulteti talabalari uchun darslik. –T.: Noshir, 2009. –352 b.
4.

Mahmudov N., Ziyadova T.U., Ahmedova N., Ramazanova G. Boshlang‘ich

sinf o‘quvchilarida matn yaratish ko‘nikmalarini shakllantirish. –T.: 2014.–86 b.
5.

Matchonov Safo, Bakiyeva Hilola, Gulyamova Xolida, Yo`ldosheva Sharofat,

Xolboyeva Gulnora Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi Сhirchiq –
2020. 669 bet
6.

Зуннунов А. ва бошқ. Адабиёт ўқитиш методикаси. - Т.: Ўқитувчи, 1992.

160 - бет.

7.

Q. Husanboyeva, R. Niyozmetova

Adabiyot o‘qitish metodikasi 2018-yil. –

352 bеt.Toshkent

8.

G‘oziyev E. Tafakkur psixologiyasi. – T.: «O‘qituvchi», 1990. 60-bet. 72

9.

Выготский Л.С. Воображение и творчество в детском возрасте. –

Москва: «Просвещение»,1991; 90-bet.



References

Karimova Sh. “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga badiiy asarlarni o‘qitish orqali nutqlarini o‘stirish texnologiyalari” 389 b, 2022-y

Zunnunov A. va boshq. Adabiyot o‘qitish metodikasi. T.: O‘qituvchi, 1992

Qosimova K., Matchonov S. va b. Ona tili o`qitish metodikasi. Boshlang‘ich ta`lim fakulteti talabalari uchun darslik. –T.: Noshir, 2009. –352 b.

Mahmudov N., Ziyadova T.U., Ahmedova N., Ramazanova G. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida matn yaratish ko‘nikmalarini shakllantirish. –T.: 2014.–86 b.

Matchonov Safo, Bakiyeva Hilola, Gulyamova Xolida, Yo`ldosheva Sharofat, Xolboyeva Gulnora Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi Сhirchiq – 2020. 669 bet

Зуннунов А. ва бошқ. Адабиёт ўқитиш методикаси. - Т.: Ўқитувчи, 1992. 160 - бет.

Q. Husanboyeva, R. Niyozmetova Adabiyot o‘qitish metodikasi 2018-yil. – 352 bеt.Toshkent

G‘oziyev E. Tafakkur psixologiyasi. – T.: «O‘qituvchi», 1990. 60-bet. 72

Выготский Л.С. Воображение и творчество в детском возрасте. – Москва: «Просвещение»,1991; 90-bet.