Mualliflar

  • M.R Rahimberganova
    Urganch davlat Pedagogika Instituti mustaqil izlanuvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.journal-science-innovative.110235

Kalit so‘zlar:

kognitiv qobilyat kreativlik polifunksionallik rivojlantiruvchi muhit yosh psixologiyasi akseleratsiya ijodiylik qobilyat bilim bilish.

Annotasiya

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda bilish jarayonini rivojlanishida tarbiyachining ko‘p tomonlama yondashuvlari tizimini shakllantirishda asos bo‘lib hizmat qiluvchi va pedagoglarning bu faoliyatda yangicha texnologiyalar asosida mukammal tarzda jarayonni tashkil qilishi, ta’lim-tarbiya jarayonlarida bolaning bilish ko‘nikmalarini shakllantirishga ta’sir qiluvchi turli omillarni ta’sirini o‘rganish va ularning oldini olish bo‘yicha tarbiyachida shu sifatni, ko‘nikmani yuzaga chiqarishda bir vosita sifatida hizmat qiladi. 


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

136




MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING KOGNITIV

RIVOJLANTIRUVCHI FAOLIYATIGA TARBIYACHINING

POLIFUNKSIONAL YONDASHUVI

M.R.Rahimberganova

-Urganch davlat Pedagogika Instituti mustaqil

izlanuvchisi

Annotatsiya.

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda bilish

jarayonini rivojlanishida tarbiyachining ko‘p tomonlama yondashuvlari tizimini
shakllantirishda asos bo‘lib hizmat qiluvchi va pedagoglarning bu faoliyatda
yangicha texnologiyalar asosida mukammal tarzda jarayonni tashkil qilishi, ta’lim-
tarbiya jarayonlarida bolaning bilish ko‘nikmalarini shakllantirishga ta’sir qiluvchi
turli omillarni ta’sirini o‘rganish va ularning oldini olish bo‘yicha tarbiyachida shu
sifatni, ko‘nikmani yuzaga chiqarishda bir vosita sifatida hizmat qiladi.

Kalit so‘zlar:

kognitiv qobilyat, kreativlik, polifunksionallik, rivojlantiruvchi

muhit, yosh psixologiyasi, akseleratsiya, ijodiylik, qobilyat, bilim, bilish.

Abstract.

This article discusses methods for improving the multifunctionality

and creativity of educators in organizing children's cognitive and intellectual
development activities in preschool educational organizations, as well as tasks that
serve as the basis for the formation of different approaches in future educators.

Key words:

cognitive ability, creativity, multifunctionality, developmental

environment, youth psychology, acceleration, creativity, ability, knowledge,
cognition.

Kirish:

Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ta’lim-tarbiya jarayonlarida

tarbiyachi-pedagoglarimizga qo‘yilayotganlar talablar, bolaning rivojlanishi,
tarbiyalanishi va davlat standarti talablariga, hamda tizimda amaliy jarayonga tadbiq
etilayotgan o‘quv dasturlariga muvofiq faoliyatni tashkil qilish, shuningdek, jarayon
bilan bog‘liq turli masala va muammolarning pedagoglar faoliyatiga salbiy ta’sirlari
albatta diqqatimizni tortadi. Negaki tarbiyachining kun davomida ertalabki qabul
jarayonlaridan tortib bolani kuzatishgacha bo‘lgan davrdagi barcha faoliyatlari kun
tartibi rejasiga muvofiq amalga oshirilib, bu vaqtda tarbiyachining guruhdagi barcha
bolalarda deyarli bir xilda bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish jarayoni
kutilgan natijani beravermaydi. Bunday vaziyatdan kelib chiqqan holda,
tarbiyachiga faoliyatga nisbatan ijodiy, polifunksional (rivojlantiruvchi muhitning


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

137




turli tarkibiy qismlaridan xilma- xil foydalanish)

1

yondashish talab qilinadi. Buning

uchun bola tarbiyalanayotgan, rivojlanayotgan ijtimoiy muhit, faoliyat bilan bog‘liq
barcha jarayonlar uchun sharoit yetarli darajada bo‘lishi muhim.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar bilish, aqliy rivojlantish faoliyatini

tashkil qilishda tarbiyachining ko’p funksiyalilik, kreativlik yondashuvini
takomillashtirish usullari hamda bo’lajak tarbiyachilarda turli yondashuvlarni
shakllantirish uchun asos bo’lib hizmat qiluvchi vazifalar yoritilgan.

Bilish jarayonini rivojlantirishning maktabgacha yoshdagi bola uchun

ahamiyati quyidagilardan iborat:

Idrokning rivojlanishi bola psixikasining umumiy rivojlanishida muhim

ahamiyatga ega. Usiz bolaning xotirasini, tafakkurini, tasavvurini shakllantirishning
iloji yo‘q. Shu bilan birga, idrokning rivojlanishi maktabgacha yoshdagi bolalarni
maktabga borishga tayyorlashda ham katta ahamiyat kasb etadi.

Tasavvur va fantaziya – hayotimizning eng muhim jihatidir.

Bolalarning tasavvuri o‘qitish va tarbiyalashda kompleks yondashuvning
zaxiralarini amalga oshirish uchun katta imkoniyat taqdim qiladi.

Maktabgacha yosh davrining boshida bolada sezish, ixtiyorsiz diqqat,

predmetni idrok etish, faol nutq kabi bilish jarayonlari shakllangan bo‘ladi, u
so‘z boyligiga ega unga aytilgan gaplarni tushunadi. Ushbu yutuqlar tufayli
bola atrof olamni faol o‘zlashtira boshlaydi.

Maktab taʼlimi birdaniga o‘qituvchini diqqat bilan tinglay olish, u dars

paytida ko‘rsatadigan narsalarni ongli ravishda kuzatish qobiliyati, yangi
material haqidagi tushuntirishlarni eslab qolish kabi katta talablarni qo‘yadi.
Yuqorida sanab o‘tilgan ko‘nikmalarning yetarlicha shakllanmasligi
parishonxotirlik, xotira pastligi va sabrsizlikka sabab bo‘lishi mumkin. Bunday
sifatlarga ega bolalar maktab dasturini yaxshi o‘zlashtirmaydi, tartib-intizomni
buzadi, tez charchaydi, eʼtiborsiz bo‘ladi, oson chalg‘iydi, diqqatini yaxshi jamlay
olmaydi.

Kognitiv ko‘nikmalar rivojlanishi bilan bolalar o‘z harakatlarini

nazorat qilish qobiliyatini egallaydi.

1

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun “Ilk qadam” Davlat o‘quv dasturi.

Takomillashtirilgan ikkinchi nashr. Toshkent-2022.27-bet.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

138




Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisining asosiy vazifalaridan biri bu

faoliyatni qiziqarli tarzda, bolaga tushunarli tashkil qilish hisoblanadi, bola
faoliyatining asosiy qismini o‘yinlar tashkil qiladi. Shularga asoslangan holda
bolaning tashkilotdagi asosiy faoliyatini bola uchun o‘yin metodidan foydalanib
tashkil qilish maqsadga muvofiqdir.

Bolalarda hosil qilingan bilim darajasi uning keyinchalik bilishga bo‘lgan

xohishini, qiziqish va ishtiyoqini, intellektini belgilab beruvchi mezon hisoblanadi.
Tarbiyachiga qo‘yilayotgan bugungi kunning talabi shuki, zamonaviy texnologiya,
metodika, bola uchun qiziqarli o‘yinlardan foydalanish ta’lim- tarbiya
samaradorligini ta’minlash, individual ishlash mobaynida pedagogik, hamda oila
hamkorligini baravariga olib borish, jamoaviy ishlash texnikasini bolalar umumiy
guruhining xohish istaklaaridan kelib chiqqan holda tashkillash yo‘lga qo‘yilishi
lozim.

Bola erkin faoliyatda giperaktiv, to‘xtovsiz harakat qilsada charchamaydi,

ammo uning faoliyatini ma’lum maqsadga muvofiq o‘zgartirish, erkin muhitdan
tizimli muhitga o‘tkazish bolani xoldan toydiradi. Shuning uchun bola faoliyatini
tashkilllashtirishda bolalarni qiziqishidan kelib chiqqan holda tashkillashtirish
texnologiyasini amalda ko‘proq qo‘llash lozim.

Bilish jarayoni rivojlanish sohasi indikatorlarini rivojlantirishda boshqa

rivojlanish sohasining ham ahamiyati katta ekanligini inobatga olib bola
faoliyatidagi ko‘zga tashlanuvchi belgilarnni aniqlab, rivojlantirish usullarini
rejalashtirib borish kerak. Qachonki tarbiyachida iqtidor, qiziqish, harakat, bilim,
ijodkorlik, diqqat, nutq, ijtimoiy jarayonga xos sifatlar, tafakkur, fikrlash yuqori
bo‘lsa, u tarbiyalayotgan bolalarda ham ushbu sifatlar shakllanib boradi.


Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun “Ilk

qadam” Davlat o‘quv dasturi. Takomillashtirilgan ikkinchi nashr. Toshkent-
2022.27-bet.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 22.12.2020

yildagi 802-son.

3.

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun “Ilk

qadam” o‘quv dasturi. Takomillashtirilgan ikkinchi nashr. 2022-yil 4-fevral. 19-bet.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

139




4.

G.Abdullayeva “Maktabgacha yoshdagi bolalarning bilish jarayonlarini

shakllantirishning ijtimoiy psixologik xususiyatlari”.BMI.Samarqand-2014.35-bet.

5.

Г.А.Камилова

“Мактабгача

таълимда

компетенсиявий

ёндашувлар: истикболлар муаммолар ечимлар". БУХОРО, 2020 йил, 3-ноябр.
ttps://uniwork.buxdu.uz/resurs/12943

6.

Jalilova S.X, Aripova S.M; Maktabgacha yoshdagi bolalar

psixologiyasi.- Toshkent: “Faylasuflar”nashriyoti, 2017.-74-bet.

7.

Jon Keho, Nensi Fisher “Ong qudrati-bolalar hizmatida”. “DAVR

PRESS” HMY. 2017

8.

Kayumova N.M. “Maktabgacha pedagogika”.TDPU nashriyoti T:. 2013

y.245b.

Elektron ta’lim resurslari:

9.

1.https://lex.uz

10.

2.www.ziyonet.uz

11.

3.www.kutubxona.

12.

4.https://fayllar.org

13.

5.

“Bolalik akademiyasi” platformasi. https://bolakadem.uz

14.

6.https://www.pedagoglar.uz

Bibliografik manbalar

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun “Ilk qadam” Davlat o‘quv dasturi. Takomillashtirilgan ikkinchi nashr. Toshkent-2022.27-bet.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 22.12.2020 yildagi 802-son.

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun “Ilk qadam” o‘quv dasturi. Takomillashtirilgan ikkinchi nashr. 2022-yil 4-fevral. 19-bet.

G.Abdullayeva “Maktabgacha yoshdagi bolalarning bilish jarayonlarini shakllantirishning ijtimoiy psixologik xususiyatlari”.BMI.Samarqand-2014.35-bet.

Г.А.Камилова “Мактабгача таълимда компетенсиявий ёндашувлар: истикболлар муаммолар ечимлар". БУХОРО, 2020 йил, 3-ноябр. ttps://uniwork.buxdu.uz/resurs/12943

Jalilova S.X, Aripova S.M; Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi.- Toshkent: “Faylasuflar”nashriyoti, 2017.-74-bet.

Jon Keho, Nensi Fisher “Ong qudrati-bolalar hizmatida”. “DAVR PRESS” HMY. 2017

Kayumova N.M. “Maktabgacha pedagogika”.TDPU nashriyoti T:. 2013 y.245b.

Elektron ta’lim resurslari:

2.www.ziyonet.uz

3.www.kutubxona.

5. “Bolalik akademiyasi” platformasi. https://bolakadem.uz