Authors

  • Sardor Shavkatov
    O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti Professional ta’lim: Vokal san’ati (estrada xonandaligi) 2-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.journal-science-innovative.110289

Keywords:

Yorqinoy Halil Farang kompazitsiya tomosha an’ana mumtoz sahna sistema maktab aktyor rejissyor senariy dramaturg shart-sharoit butafor pedagog rassom teatr libos ijod tovush chiroq dekaratsiya san’at professional tasavvur spektakl timsol zamonaviy ashula musiqa raqs sinkret jest pantomime marionetka qo‘girchoq plastika neverbal maska delarte garmonik.

Abstract

Mazkur maqola buyuk jadid, tarjimon, dramaturg, yozuvchi, shoir, san’atshunos, Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho’lponning o’zbek teatr san’ati va dramaturgiyasiga qo’shgan ulkan hissasi haqida gap boradi


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

213




O‘zbek teatri san’ati va dramaturgiyasining shakllanishida Abdulhamid

Sulaymon o‘g‘li Cho‘lponning o‘rni.

O

zbekiston Davlat Konservatoriyasi huzuridagi

Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti

Professional ta’lim: Vokal san’ati (estrada xonandaligi)

2-bosqich talabasi

Shavkatov Sardor Xurshid o

g

li


Annotatsiya:

Mazkur maqola buyuk jadid, tarjimon, dramaturg, yozuvchi,

shoir, san’atshunos, Abdulhamid Sulaymon o

g

li Cho’lponning o’zbek teatr san’ati

va dramaturgiyasiga qo’shgan ulkan hissasi haqida gap boradi.

Аннотация:

В статье рассматривается большой вклад молодого поэта,

переводчика, драматурга, писателя, поэта, искусствоведа Абдулхамида
Сулаймона Огли Чолпона в узбекское театральное искусство и драматургию.

Abstract:

This article discusses the great contribution of the young poet,

translator, playwright, writer, poet, art critic, Abdulhamid Sulaymon Ugli Cholpon
to Uzbek theater art and dramaturgy.

Kalit so’zlar:

Yorqinoy, Halil Farang, kompazitsiya, tomosha, an’ana,

mumtoz, sahna, sistema, maktab, aktyor, rejissyor, senariy, dramaturg, shart-sharoit,
butafor, pedagog, rassom, teatr, libos, ijod, tovush, chiroq, dekaratsiya, san’at,
professional, tasavvur, spektakl, timsol, zamonaviy, ashula, musiqa, raqs, sinkret,
jest, pantomime, marionetka, qo‘girchoq, plastika, neverbal, maska, delarte,
garmonik.

Ключевые слова:

Ёркиной, Халиль Фаранг, композиция, зрелище,

традиция, классика, сцена, система, школа, актер, режиссер, сценарий,
драматург, условия, реквизит, учитель, художник, театр, костюм, творчество,
звук,

лампа,

декорация,

искусство,

профессионал,

воображение,

представление, символ, современный, песня, музыка, танец, синкрет, жест,
пантомима, марионетка, кукла, пластика, невербальный, маска, деларте,
гармонический.

Keywords:

Yorqinoy, Halil Farang, composition, spectacle, tradition, classic,

stage, system, school, actor, director, script, playwright, conditions, props, teacher,
artist, theater, costume, creativity, sound, lamp, decoration, art, professional,


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

214




imagination, performance, symbol, modern, song, music, dance, syncret, gesture,
pantomime, marionette, puppet, plastic, nonverbal, mask, delarte, harmonic.

Cho‘lpon (1898-1938) — o‘zbek dramaturgiyasininggina emas, umum

o‘zbek sahna san’ati madaniyatining rivojiga ham bebaho hissa qo‘shgan ijodkor,
o‘zbek teatrini jahon dramaturgiyasining mumtoz asarlariga oshno qilgan tengsiz
tarjimon. «Turon» davlat teatrida kechgan ijodiy jarayonning faol ishtirokchisi,
1921-yildan ma’lum muddat direktori, Mannon Uyg’ur qatorida Moskvadagi o‘zbek
drama studiyasi mashg‘ulotlarida murabbiy, repertuaridagi asarlarning
mualliflaridan. Truppaning adabiy emakdoshi, Mirmulla Shermuhamedov, G‘ozi
Yunus bilan barobar teatr tanqidchiligini professionalizm bosqichiga ko‘targan
siymo va ayni vaqtda o‘zbek sahnasi yutuqlarining targ‘ibotchisi.

Dramaturgiya janrida Cho‘lponning o‘nga yaqin pyesalar yozgani ma’lum

bo‘lsa-da, ulardan «Xalil Farang», «Yorqinoy» (1921), «Cho‘rining isyoni», «Yana
uylanaman» (Yusuf qiziq asari asosi-da, 1926), «Mushtumzo‘r», «O‘rtoq
Qarshiboyev», «Xujum» (V.Yan bilan hamkorlikda, 1928) pyesalari ma’lum va
ularning hammasi hozirgi O’zbek milliy akademik drama teatrda sahnalashtirilgan.

«Xalil Farang» pyesasining mazmuni matbuotda e’lon qilingan manbalar

asosida tiklangan bo‘lishiga qaramay, matni saqlanmagan.

«Yorqinoy» esa avvaliga ikki pardali bo‘lib, 1921-yili ilk bor sahna yuzini

ko‘rgan. 1921-1927-yillar orasidagi muddatda dramani qayta ishlab, hajmini
kengaytirib, janrini olti pardali «afsonaviy tomosha» deb belgilagan. Pyesaning
boshlanishiga yozib qo‘yilgan ikki bag‘ishlov (epigraf) drama mohiyatini to‘g‘ri
anglashga ishoradek tuyuladi:

“Yorqinoy” o‘zbek teatri sahnasida musiqali drama janrida sahnalashtirilgan

«Farhod va Shirin», «Layli va Majnun» bilan oldinma-keyin dostonchilik
an’anasining sahna san’atiga ham ko‘chishiga sababchi bo‘lgan asardir. Biroq
«Farxod va Shirin», «Layli va Majnun»dan farqli o‘laroq, bu asarda sodir bo‘ladigan
voqealarni

real

hayotga

yaqinlashtirish

mayllari

mutlaqo o‘zgachadir.

«Yorqinoy»da asar bosh qahramoni sohibjamol bo‘lishi bilan barobar, tengsiz
jasorat, mohir qilich sohibi ham. U avvalo ahdiga sodiq ma’shuqa. Uning Po‘latga
bo‘lgan ishqi «vodiyi vaxdat haqiqat»ini anglab yetish yo‘lida qiynoqli sinovni
boshidan kechiradi. Yorkinoy bu sinovga bardosh beribgina qolmay, ishqda
murodiga yetish barobarida mamlakatda adolatni ham qaror toptirib, jabrdiyda
sevgilisi, xalqparvar Po‘latning podsholik taxtini egallashiga yo‘l ochib beradi. Ana


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

215




chin muhabbatning imkoni! Pyesa ana shu muhabbat, ishqning sinovlari bilan
boshlanadi. Yorqinoy, Po‘latdan farqli o‘laroq, yalangoyoq xizmatkorni bor vujudi,
aql-idroki bilan sevadi. Uni bu yo‘ldan hech narsa na naslu nasabi, na rasmu odat,
qaytara oladi, u sevgisini «umidsiz sevgi» ekanini bilsa ham, Po‘latdan voz
kechmaydi, Po‘lat bo‘lsa, boshqacha. U ham Yorqinoyni sevadi. Biroq uning vasliga
yetish haqiqatdan yiroq ekanini his etgan Po‘lat, Yorqinoydan uzoqlashib ota-onasi,
qarindosh-urug’larining qotili bo‘lgan O‘lmas botir (Yorqinoyning otasi)ga va
xalqqa bitmas-tuganmas zulm o‘tkazayotgan xon saroyiga qarshi ko‘tarilajak
qo‘zg‘olonga rahnamolik qilishni afzal biladi.
Pyesaning boshida Po’lat o‘zining keyingi xatti-harakatlarini bunday belgilab oladi:
«Yorqinoy poshsha, Yorqin poshsha. Yorqin poshshadan shu kunlarda bir umr
ajralmoq kerak! Bu mening uchun ko‘p og’ir bo‘lsa-da, men ko‘nglimni boshqa
yoqlarga bura olaman. Mening boshimda yana boshqa dardlar ham bor; u dardlar
meni mana bu yaxshi ko‘rish dardlaridan qutqarib ketadi...»
Po‘latning boshidagi «boshqa dardlar» bu ota-ona, qarindosh urug’lar uchun
olinadigan qasos, qolaversa xalq qo’zg’oloniga bosh bo‘lish burchi. Ana shu ikki
qarama-qarshi istak Yorqinoyga bo‘lgan muhabbat va o‘zi anglab yetgan burch
orasidagi kurashda so‘nggisi g‘olib kelib, Po‘lat O‘lmas botir xonadonini va
Yorqinoyni tark etadi.

Otasining siru asroridan xabar topgan Yorqinoy uchun naslu nasab, rasmu

odat o‘z qadrini yo‘qotadi. Po‘latda muhabbat hissidan burch ustun kelayotganining
fahmiga yetgan Yorqinoy ishq tuyg‘usi bilan burch egizak ekanligini qalban sezib,
aqlan idrok etib, haqiqatni o‘z qismatida qaror toptirish yo‘lida oxirigacha kurash
olib boradi va murodiga yetadi.

Pyesada Yorqinoy va Po‘latdan tashqari, O‘lmas botir, Kal, Nishabsoy begi,

Novcha polvon, Qumri, Momo xotin singari murakkab qahramonlar harakat qiladi.
Muallif ularning har birini bir olam, bir-biriga mutlaqo o‘xshamaydigan badiiy tiplar
darajasida chizib beradi. Masalan, saroyda xondan keyingi ikkinchi shaxs,
saltanatning tayanchi O‘lmas botir turadi. Undan keyin Nishabsoy begi. O‘lmas
botir murakkab shaxs: bir tomondan, jinoyatchi, jallod; ayni vaqtda ro‘y bergan
hodisaga ochiq ko‘z bilan qarab, haqiqatni tan ola biladigan mard ham. Xotiniga
sadoqatli, yolg‘iz farzandi Yorqinoyga esa mexribon ota. U o‘zi singari erkak
zotidan farqli o‘laroq yakka xotin bilan umr o‘tkazgan. Zavjasi yoshligidayoq vafot


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

216




etib, uning o‘limidan keyin qizim Yorqinoy o‘ksiklik bo‘lmasin, o‘gay o‘gayligini
qiladi degan xayol bilan uylanmagan.

Ko‘zining oq-qorasi farzandini ham qiz, ham o‘g‘il o‘rnini bosadigan jasur,

o‘zidan ham abjir qilichboz qilib o‘stirgan. Buning ustiga qizi orqali oilasining
xonlik taxtiga to‘gridan-to‘g‘ri vorisligini ta’minlash niyatida xonzodani kuyov
qilishni ham oldindan rejalashtirib qo‘ygan. Ammo bunga qizining na munosabati,
na ko‘nglidan kechayotgan mulohazayu istaklari bilan hisoblashishni xayoliga ham
keltirmaydi. O‘lmas botir fojialarining bosh sababi shunda. U asarning beshinchi
pardasidagi Yorqinoyning o‘g‘irlanishida Po‘latdan gumondor. Botir jang
maydonini tashlab, oq bayroq bilan uning huzuriga kelib qilgan suhbatida masala
oydinlashadi:
Po‘lat - Qizingizni Xonzoda o‘g‘irlatgan bo‘lsa nima deysiz?
Botir (xotirjam). Xonzoda o‘g‘irlatmaydir, Xonzodaga o‘g‘irlatish lozim emas,
o‘zim bermakchi bo‘lganman. (Noumid) Sening ishingni tugatib bo’lgandan keyin
to‘y bo‘lmoqchi edi.
Po‘lat - Qizingiz unarmidi?
Botir - Nega unamasin? Men uni senga o‘xshash yalangoyoqqa berib yotibmanmi?
Po‘lat – Bo‘lmasa... Bo‘lmasa qizingizni ko‘nglini bilmas ekansiz... Qizingizni
bilmasdan, tanimasdan sevar ekansiz. Bu sevgi emas!
Botir - Qizimni tanimasam tanimasman, uning ko‘nglini bilmasam bilmasman...
Lekin uni sevaman, u uchun har narsadan kechaman!

O‘lmas botir ana shu ko‘r-ko‘rona sevgisining achchiq sabog‘idan xulosa

chiqaribmi, yo boshqa sabablar tufaylimi saroy va xondan ko‘ngli qolib, o‘z
qilmishlariga pushaymon, Nishabsoy begidan o‘ch olish bahonasi bilan jang
maydonini tashlab, asar konfliktining yechimi toju-taxt taqdirining hal bo‘lishiyu,
qizi bilan Po‘lat munosabatlarini yakun topishida ham ishtirok etmaydi.

O’lmas botir mag‘lubiyat nimaligini bilmagan xonning orqa tog’i,

chinakamiga botir, saroy muhitiga xiyonat qilmagan kimsa bo‘lsa, Nishabsoy begi
o‘ta munofiq, shaxsiy manfaatini, hirsini qondirish uchun chegara bilmaydigan,
qotilliklarga qo‘l urishga tayyor iblis, tuban maxluq. U jinoyatlari izini yo‘qotish
uchun Yorqinoyga nikoh o‘qigan Imom domlani qo‘rg‘onidan chiqarmay, o‘ldiradi,
qizni aldov bilan o‘g‘irlab olib kelib bergan Kalni, hamma narsadan xabardor
xizmatkor Momo kampirni, ishongan yigitlaridan Novcha polvon, sirli kechada
darvozaga qorovullik qiladigan Bo‘ronboyni shu kechaning o‘zida tonggacha


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

217




o‘ldirish, nihoyat Yorqinoyga qo‘shilib olgach, O‘lmas botirning nafasini ichiga
tushirish rejalarini tuzadi.

Kal dramada o‘ta tagdor, murakkab obrazdir. Sahnada ijro uchun esa nihoyat

qiyin, u aktyordan alohida layoqat, mas’uliyat talab etadigan rol. Unda dostonchi
baxshilarga xos xalqqa dardmandlik ham, ertaklardagi ayyor kallarga xos quvlik,
topqirlik, suvdan quruq chiqib keta olish sifatlari ham mavjud. Ana shu alomatlarni
e’tiborga olgan Cho‘lpon Kal misolida butunlay yangi, hayratomuz badiiy obraz
kashf etdi.

Hamma narsadan xabardor, har yerda hoziru nozir, xolis niyatli Kal vaziyat

taqozosi bilan asarning boshidan oxirigacha yuz beradigan hayot-mamot kurashi,
ming xil sinoatli to‘qnashuv, kurashlardan Yorqinoyni eson-omon olib o‘tadi.

Yorqinoyni aldagani, o‘g‘irlagani, xiyonat qilgani, shu bilan Nishabsoy

begiga bergan va’dasining ustidan chiqib, bir o‘q bilan ikki nishonni mo‘ljalga
olganiga kelsak, bu asosan badiiy to‘qima bo‘lib, birinchidan, Yorqinoyning
kurashchanlik imkoni, irodasini sinovdan o‘tkazish, qolaversa asarning
tomoshaviyligini oshirish, shuningdek, dostonchilik janriga xos sifatlarini bo‘rttirish
uchun qo‘llanilgan tadbirdir.

«Mushtumzo‘r», «O‘rtoq Qarshiboyev», «Hujum» ijtimoiy buyurtma tarzida

yozilgan asarlar bo‘lib, ulardan faqat «Hujum»ninggina matni saqlanib qolgan.
«Eshonlar turmushidan olinib yozilg‘on besh pardali buf-drama» deb atalgan.
«Hujum» mavjud nusxasi sahnalashtirilib teatrning rejissura va ijrochiligida katta
ahamiyat kasb etgan, jamoatchilik va matbuotda shov-shuvlarga sabab bo‘lgan
spektakldan anchagina farq qiladi. Bu spektaklning matni saqlanmagan bo‘lsa-da,
uning pardama-parda mazmuni, janri, ishtirokchi va ijrochilarning ism-shariflari
1930-yili Butun ittifoq teatrlari Festivalida namoyish etish uchun tayyorlab chop
etilgan libretto va dasturlar to‘plamida to‘liq ko‘rsatilgan. Bundan tashqari, 1981-
yili spektaklda Tursun va Tabib rollarining ijrochilari S.Eshonto‘rayeva va
S.Tabibullayev bilan o‘tkazilgan suhbatlar ham.

Pyesaning qo‘lyozma matnida ishtirokchilar quyidagicha ko‘rsatilgan: Tursun

(Hujum), Eshon, Tabib, Oyjamol, Guljamol, Muallima, Ahmadjon, Tolibjon,
Ijroqo‘m-1, Ijroqo‘m-2, kotib, Dehqon, A’zam og‘a, Qadoqchi, Boy, Melisa,
Muridlar, Chapanlar, xotinlar, 6ta ko‘cha bolalari va qizlar.
Spektakl dasturida esa quyidagilarning guvohi bo‘lamiz.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

218




Agar asarning mavjud matni bilan Cho‘lpon qayta ishlagan matnining librettoda
pardama-parda ta’rifi berilgan bayonini solishtirsak, asarni «buf drama»dan kulgili
musiqali buffonada janriga ko‘chirilib, kompozitsion qurilmasi ravonlashtirilgani,
nihoyat, obrazlar toifalarga ajratilib, bir necha barobar oshirilganini ko‘ramiz.
Bulardan tashqari, S.Eshonto‘rayeva bilan S.Tabibullayevning shahodat
berishlaricha, spektakl tayyorlash jarayonining barcha mashqlarida Cho‘lpon
qo‘lida matn bilan o‘tirgan. M.Uyg’ur doim: «Pyesadagi so‘zlarni harakat va
holatlarni e’tiborda tutib qayta ko‘ring, kerak joyda o‘zgartiring, imoli, tagdor
bo‘lsin! Spektaklning jon tomirini belgilaydigan omil hayotni aynan ko‘rsatish
emas, uni mazax qilish belgilaydi. Mazax qilganda ham maroq bilan, ayniqsa, tesha
tegmagan, yengil ijro omillari bilan», deb uqdirar ekan.

Bu ko‘rsatmaga, ayniqsa, artistlar kim oshdiga musobaqa bilan ish

ko‘rishibdi. Masalan, Tabib rolining ijrochisi S. Tabibullayev avvaliga ko‘ylagining
har yer, har yeriga dorilarning nomini yozib qo‘ygan bo‘lsa, keyin sanoqsiz
cho‘ntaklar tikib yopishtirib, dorilarning nomi yozilgan qog‘ozlarni cho‘ntaklarga
solib qo‘yib, kerak bo‘lganda ularni topolmay shu bahona g‘aroyib mizansahnalar
o‘ylab topgan ekan.

Qishloq soveti raisi rolini o‘ynagan M.Miroqilovning pakana qorinboy

qahramonining egnida ochiq jigarrang kitel, galife shim va etik, boshida katta
soyabonli shlyapa, ko‘kragida katta budilnik soat osig‘liq bo‘lib, dam o‘tmay
jiringlar, unga egilib qarolmagan rais, ergashtirib yurgan sekretari (Sh.Qayumov)ga
«qarachi, necha bo‘ldi ekan» degani degan. Yoki ikkinchi militsioner rolining
ijrochisi O.Jalilov M.Miroqilovga zid o‘laroq novcha, egnida boshqacha kitel va
qizil hoshiyali galife shim, boshida chaqaloqnikiga qiyos qalpoqcha, og‘zida
militsiya hushtagi o‘rnida bolalar surnayini chalib, bir to‘da bolalarni quvlab
sahnaga chiqadida rais atrofida girdikapalak bo‘lib, valine’matini qo‘riqlab yuradi.

Spektaklda boshqa rollarning ijrosi va Cho‘lponning «Xujum»da mualliflik

darajasini aniqlashda Cho‘lponning o‘zidan odilroq hakamni topish qiyin. Mazkur
satrlarning muallifi topib saqlab yurgan, vaqti-zamoni yetgach matbuotda e’lon
qilgan Cho‘lponning «Men sevgan azamatlar» (1934-yil, dekabr) maqolasining
dastxatida quyidagi iqrorni o‘qiymiz: «Hujum»ni Yan va men bilan birga Lutfilla
(Nazrullayev) yaratgan, desam xato bo‘lmaydi.

Lutfullaning Eshoni turmushdagi eshonlardan emas. «Xujum»ning o‘z

qo‘yilmasi ham turmushdan nusxa olmaydi. U turmushdan kuladi, turmushning


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

219




yomon taraflarini masxara qiladi. Shu qarashdan qaraganda Lutfullaning Eshoni
tengsiz asarlardan. Boshqa bir fursatda Lutfullaga bir ikki bet bag‘ishlaydurg‘on
joyim bor. Shu uchun uni faqat zikr qilibgina o‘taman.

Sa’dixonning jiddiy roli «Tergovchi»da Bobchinskiy edi. Keyin «Portfelli

kishi»da katta bir rol oldi. Ikkala rolni ham Sa’dixon berilib, astoydil o‘ynadi. Faqat
uning yulduziga to‘g‘ri kelgan asar yana «Hujum» bo‘ldi. Sa’dixonning tabibi
(ayniqsa mastlik sahnasi) butun va mukammal asardir. Uning boshqa birov tarafidan
takror qilinishi mumkin emas. Bu obraz yaxshi iqlim singari Sa’dixonga yaqin va
uning mahoratlarini ochib beradi. Tabib obrazi bilan sahnamiz, Sa’dixon ham o‘z
shuhratini o‘sha obraz bilan topgan. («Guliston» jurnali 2001-yil 2-son).
Keltirilgan dalillardan tashqari, asar kompozitsion tuzilishining qayta ko‘rib
chiqilganligini librettoda bayon etilgan beshinchi pardaning mazmuni ham
tasdiqlaydi. Unga ko‘ra Eshon bilan Tabib qamoqqa olinsa, qishloq sovetining
muttaham raisini poraxo‘r sekretari va militsioneriga qo‘shib shu final sahnada
rayon vakili vazifalaridan chetlashtiradi. Fosiq Eshonning mol-mulki musodara
qilinib, kambag‘allarga, shu jumladan, Guljamolning otasi Ahmadjonga ham bo‘lib
beriladi. Jadid adabiyoti va sahnasida o‘z aksini topgan eskicha yashash tarziga
qarshi, xotin-qizlar ozodligi uchun kurash g‘oyasi «Hujum» kompaniyasi, tufayli
katta qurbonlar evaziga bo‘lsa ham, hayotda g‘alaba qiladi. Bu g‘alaba yangi
ma’rifatparvarlar, shu jumladan, Cho‘lpon qarashlariga ham hamohang edi.

Cho‘lpon ijodida uning teatr tanqidchisi va targ‘ibotchisi sifatidagi faoliyati

alohida o‘rin tutadi. U drama, rejissura va sahna talqin sirlarini ichidan biladigan,
qalbi bilan his eta oladigan mutaxassisligi bilan ajralib turgan. Buning sababi
shundaki, u Davlat truppasining 1920-1937-yillar orasidagi ish jarayonining guvohi
bo‘lgan ko‘pgina spektakllarini tayyorlanishida Uyg’ur qatorida shaxsan ishtirok
etgan, ularni matbuot orqali targ‘ib qilish jonbozlik ko‘rsatgan. Shuning oqibati
o‘laroq Cho‘lponning teatr tanqidchisi sifatidagi qalami charxlanib, kamol topgan.

Tanqidchilik faoliyatini boshlanish davridanoq Cho‘lpon teatrning, xususan

spektaklning «jon tomiri» aktyor ekanini ta’ kidlaydi.

«Nima desa desinlar, deb yozadi u, parda ochilgach, sahnada aktyordan

boshqa hech kim qolmaydi. Muharrirlar (mualliflar demoqchi) birinchi qatorda,
quyuvchi (rejissyor) direksiya lojasida, rassom kulis ketida qoladi. Sahnaga aktyor
chiqib, tomoshachiga aktyor ko‘rinadi. Tomoshachi asarni aktyordan oladi».


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

220




Shuning uchun ham Cho‘lpon aktyor ijro etgan rolning mahorat darajasiga qarab uni
hatto tugal asar qatoriga qo‘yadi, pyesa muallifi bilan tenglashtiradi. Biz yuqorida
guvohi bo‘lganimizdek L.Nazrullayevning Eshon, S.Tabibullayevning Tabib rollari
talqinlarini baholagani kabi.

Cho‘lpon tanqidchilik faoliyatining yana bir qirrasi teatr san’atida dramaturg,

rejissyor, aktyorlarning izlanishlariga hakam emas, ularga hamdard, yutuqlaridan
boshi osmonga yetgan, kamchiliklaridan hijolat chekadigan shaxs. Shularning
hammasini jamoatchilikka savodli tushuntirishni tanqidchining burchi, deb biladi, u,
Cho‘lpon nazarida, tanqidchilik ur-kaltakdan mutlaqo yiroq, M.Behbudiyning
«tanqid saralamoq» aqidasiga yaqin savodli, jonkuyar hamkasb-murabbiyning sa’i-
harakati darajasida bo‘lmog‘i kerak. Ana shu savodlilikni Cho‘lpon teatr jamoasidan
tortib sahna asarlari haqida fikr bayon etuvchi muhbiru, tanqidchi, jamoatchilik bilan
tomoshabinlardan ham talab qiladi. Uning «Teatru tanqidlariga ahamiyat» sarlavhali
maqolasida quyidagi muhim fikrning guvohi bo‘lamiz:.. Biz sahnada ancha o‘sdik
(qaytarib aytaman: sahnada!) Faqat tanqid jihatimiz, teatrimiz bilan birga bora
olmay yotibdir. Tanqidchilarimiz nima uchundir, teatru san’atini yaqindan
anglamayotgan holda maydonga chiqadirlar. Buning sababini nimadan axtaramiz?
Menimcha, sahnamiz, uning o‘z ichiga kirganlar tomonidan zo‘r g‘ayrat bilan ilgari
olib borilmoqda, o‘sha sahna xizmatchilarining faoliyati bilan yuksaltirilmakdadir.
Ammo sahna ahli, sahnani sevganlar va sevdim deganlar (demak, hatto ayrim sahna
ahliyu, san’atni sevganlar) o‘yin o‘ynolg’on kuni bir tomoshachi qatorida zalga kirib
o‘ltirib, o‘yin bitgach o‘sha kunlik taassurotni ko‘tarib, mubohosa yo‘li bilan uyga
qaytadirlar. Erta bilan uxlab turg‘onlarida kechagi taassurotlaridan hech narsa
qolmaydir.

Men, demak, istaymankim, teatr tanqidchilari ham haligi «muxbirlar» va

ahllar orasidan chiqadir, shu uchun tanqidimiz o‘yinimiz (spektakllarimiz)dan
keyinga qolib boradir. Tanqidni, boshqa bir ta’bir bilan aytsak, yalang «rubaru
kelgan» («sluchayniy») kishilar yozarlar. Tabiiy, bundan sahnaning yuksalish va
tuzilishiga foyda emas, zarargina keladir».

Demak, teatr tanqidchiligi har kimning sahna san’atiga shaydo muhiblar u

yoqda tursin, hatto ko‘pchilik muxbirlarning ham vazifasi emas. Teatr tanqidchiligi
maxsus maktab ko‘rib ko‘zi pishgan mutaxassislarning ishi bo‘lishi kerak demoqchi
Cho‘lpon.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

221




Cho‘lpon sahna san’ati, uning jonkuyar va murabbiylaridan bo‘lishi lozim

teatr tanqidchiligini bundan keyingi rivoji, kamol topishiga jahon teatri tarixiga
yaxshi oshnolik, unda o‘tmishda va hozir sodir bo‘lgan va bo‘layotgan jarayon,
mavjud oqim, ijod maktablari, o‘sha maktablarning buyuk siymolari faoliyatini
yaqindan o‘rganmay, bu sohada savodli bo‘lmay turib erishib bo‘lmasligini yaxshi
tushingan. Shuning uchun ham teatr tanqidchiligiga aloqador qirqqa yaqin maqola,
taqriz, ijodiy portret va esselar singari bitiklarida bu masalaga katta ahamiyat beradi.
Agar Cho‘lponning birgina «So‘z, so‘z, so‘z!» sarlavhali uncha katta bo‘lmagan
maqolasidan misol tariqasida quyidagi jumlalarni keltirsak hech bir ta’rifga o‘rin
qolmaydi: «Klassik fojianavislikning eng ulug‘ kishisi, olamshumul teatr muharriri
Shekspir eng yuksak asari bo‘lg‘on «Hamlet»da bosh qahramonning tili bilan
yuqoridagi jumlani aytdiradi. Chinakam, u dohining hamma asarlari gaplashish
(dialog)ning, umuman, so‘z san’atining klassik eng mukammal nusxasidir.
O’rtog‘imiz bo‘lg‘on rus sahnasi ham bir zamonlar so‘z bobida eng ulug‘ kuchlarni
yetishtirdi. Shchepkin, Mochalov, Sadovskiylar («Maliy teatr»ning ustunlari) o‘z
vaqtida tomoshachini so‘z bilan o‘zlariga band etkan kishilar edi. Shekspirning so‘z
nusxasi asarlari o‘shalarning tillarida jonlanlanib, zalni seskantirdi. Hozir ham
«Birinchi badiiy teatr»ning Kachalov, Moskvinlari, «Korsh» teatrning Blyumental-
Tamarinasi badiiy so‘zning katta eran (siymo)laridandurlar».

Qayd etilgan fikr-mulohazalar bilan Cho‘lpon jahon, Moskva teatrlarida, va

yuqorida tilga olingan jamoalarda ham keyingi yillarda yaxshi an’analarga
«eksperimental teatr», «rejissyor tajribalari» yo‘li bilan rahna solinayotganidan
jamoatchilikni xabardor qiladi: «So‘nggi yillarda teatrchilik san’ati tajriba
(eksperiment) ko‘chalari ko‘prak urib (kirib) ketib, so‘zni (va shu sababli aktyorni
ham) orqadaroq qoldirib keldi. Bu narsa («rejissyor tajribachiligi») (ya’ni
rejissyorning tajribalari uchun kengroq maydon qo‘yish) yo‘lini tutqon yangi
teatrlarda emas, so‘zni o‘zlarining «ko‘z qoralari» qilib olg’on eski teatrlarda
(«maliy teatr») ham ko‘rildi».

Bu singari keng qamrovli fikr va mulohaza, aniq xulosalar Cho‘lpon

maqolalarida istagancha topiladi. U o‘zbek teatr tanqidchiligini professional
bosqichga ko‘targan benazir alloma yangi teatr tanqidchilar avlodiga yo‘lchi yulduz
bo‘lib qoldi.



background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

222




Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati.

1. «M.S.» Ikki dunyo («Ikkinchi xotin» filmiga) // Yer yuzi. 1926. №16.6.15-16.
2. «S». O‘zbek teatri // Turkiston. 1922 yil 22 sentyabr.
3. «Chachvon» (kino haqida o‘ylar) // Yer yuzi. 1927. №28-29.-B.12-13.
4. Abduvaliyev A. Qo‘shiq umri mangudir // Sovet O‘zbekistoni san’ ati. 1981.
№5. - B.11.
5. Abdullayev R. Katta ashula // Sovet O‘zbekistoni san’ati. 1980. №6.-B.24-25.
6. Abdullayev R. O‘lmas navo mushoirasi // Sovet O‘zbekistoni san’a ti. 1983.
№12.-B.2-3.
7. Akbarov I. Tahsil va an’ana // Sovet O‘zbekistoni san’ati. 1986. №5.-6.8-9.
8. Akbarov M. «Ushshoq»dek umr mazmuni // Sovet O‘zbekistoni san’ ati. 1983.
№4. - B.21.
9. Anqoboy. Kino // Yer yuzi. 1927. №24. - B.10-11.
10. An’ana va novatorlik // Sovet O‘zbekistoni san’ati. 1987. №12. - B.19-21.
11. Ahmad M. Madaniyat koshonasi // Nafosat. 1992. №1. – B.11.
12. Ahmedov M. Bobomni bilgan bormi? // San’at: 1990. №9, -6.26-27
13. Ahmedova N. Kuyla, do‘mbiram // O‘zbekiston adabiyoti va san’ati. 2012 yil
30 mart
14. Badalov M. Umrboqiylik // Nafosat. 1993. №9-10. B.18-19.
15. Baxshilar mushoirasi // Sovet O‘zbekistoni san’ati. 1985. №7.-B.8-9.
16. Botirova H. «Yalla»ning yangi parvozi // Sovet O‘zbekistoni san’ ati. 1988.
№10. B.22-23.
17. Bo‘ronov M. Buxoro maqomining taqdiri // Sovet O‘zbekistoni san’ati. 1987.
№3.- B.14.
18. Buxoro maqom maktabi // Nafosat. 1992. №7-8.-B.15.
19. Viktor Aleksandrovich Uspenskiy. Toshkent, 1959. – S.230.
20. G‘ulom Zafariy. O‘zbek musiqasi to‘g‘risida // Alanga. 1930 yil yanvar. №1.
21. Vokal san’ati qay ahvolda? // Sovet O‘zbekistoni san’ati. 1983. №7.-B.6-9.
22. Jabborov A. Muzika sehri // Sovet O‘zbekistoni san’ati. 1982. №5.-B.18-19.
23. Jumayev T. Abduqodir Naychi // Sovet O‘zbekistoni san’ati. 1982. №7.-B.21-
23

References

«M.S.» Ikki dunyo («Ikkinchi xotin» filmiga) // Yer yuzi. 1926. №16.6.15-16.

«S». O‘zbek teatri // Turkiston. 1922 yil 22 sentyabr.

«Chachvon» (kino haqida o‘ylar) // Yer yuzi. 1927. №28-29.-B.12-13.

Abduvaliyev A. Qo‘shiq umri mangudir // Sovet O‘zbekistoni san’ ati. 1981. №5. - B.11.

Abdullayev R. Katta ashula // Sovet O‘zbekistoni san’ati. 1980. №6.-B.24-25.

Abdullayev R. O‘lmas navo mushoirasi // Sovet O‘zbekistoni san’a ti. 1983. №12.-B.2-3.

Akbarov I. Tahsil va an’ana // Sovet O‘zbekistoni san’ati. 1986. №5.-6.8-9.

Akbarov M. «Ushshoq»dek umr mazmuni // Sovet O‘zbekistoni san’ ati. 1983. №4. - B.21.

Anqoboy. Kino // Yer yuzi. 1927. №24. - B.10-11.

An’ana va novatorlik // Sovet O‘zbekistoni san’ati. 1987. №12. - B.19-21.

Ahmad M. Madaniyat koshonasi // Nafosat. 1992. №1. – B.11.

Ahmedov M. Bobomni bilgan bormi? // San’at: 1990. №9, -6.26-27

Ahmedova N. Kuyla, do‘mbiram // O‘zbekiston adabiyoti va san’ati. 2012 yil 30 mart

Badalov M. Umrboqiylik // Nafosat. 1993. №9-10. B.18-19.

Baxshilar mushoirasi // Sovet O‘zbekistoni san’ati. 1985. №7.-B.8-9.

Botirova H. «Yalla»ning yangi parvozi // Sovet O‘zbekistoni san’ ati. 1988. №10. B.22-23.

Bo‘ronov M. Buxoro maqomining taqdiri // Sovet O‘zbekistoni san’ati. 1987. №3.- B.14.

Buxoro maqom maktabi // Nafosat. 1992. №7-8.-B.15.

Viktor Aleksandrovich Uspenskiy. Toshkent, 1959. – S.230.

G‘ulom Zafariy. O‘zbek musiqasi to‘g‘risida // Alanga. 1930 yil yanvar. №1.

Vokal san’ati qay ahvolda? // Sovet O‘zbekistoni san’ati. 1983. №7.-B.6-9.

Jabborov A. Muzika sehri // Sovet O‘zbekistoni san’ati. 1982. №5.-B.18-19.

Jumayev T. Abduqodir Naychi // Sovet O‘zbekistoni san’ati. 1982. №7.-B.21-23