Authors

  • Ja’far Babaxonov
    Qarshi davlat texnika universiteti “Moliya va bank ishi” kafedrasi dotsenti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.journal-science-innovative.110424

Keywords:

foyda investitsiyalar xarajatlar imtiyozlar realizatsiya transformatsiya.

Abstract

Ushbu maqolada yuridik shaxslar foyda solig’ini undirishda soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish sohasidagi xorijiy mamlakatlar tajribasini o’rganildi va ushbu tajribani O’zbekistonda qo’llash imkoniyatlari tahlil qilingan.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

368






O’BEKISTONDA YURIDIK SHAXSLAR FOYDASINI SOLIQQA

TORTISHNING JAHON TAJRIBASI

Babaxonov Ja’far Muhiddinovich

Qarshi davlat texnika universiteti “Moliya va bank ishi” kafedrasi

dotsenti

Annotatsiya:

Ushbu maqolada yuridik shaxslar foyda solig’ini undirishda

soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish sohasidagi xorijiy mamlakatlar
tajribasini o’rganildi va ushbu tajribani O’zbekistonda qo’llash imkoniyatlari tahlil
qilingan.

Kalit so’zlar:

foyda, investitsiyalar, xarajatlar, imtiyozlar, realizatsiya,

transformatsiya.

Аннотация:

В данной статье изучен опыт зарубежных стран в области

совершенствования налогового администрирования при сборе налога на
прибыль организаций и проанализированы возможности применения этого
опыта в Узбекистане.

Ключевые слова:

прибыль, инвестиции, затраты, выгода, реализация,

преобразование.

Annotation

: In this thesis, the experience of foreign countries in the field of

improving the tax administration in the collection of profit tax of legal entities was
studied and the possibilities of applying this experience in Uzbekistan were
analyzed.

Key words:

profit, investment, cost, benefit, realization, transformation

.

Kirish.

Foydani soliqqa tortish bo’yicha xorijiy tajribani miqdoriy va sifat mezonlari

bo’yicha qiyosiy tahlil qilish O’zbekiston soliq siyosatida muhim hisoblanadi va
foydani soliqqa tortishni takomillashtirishning bir qator yo’nalishlarini aniqlashga
kerakki, O’zbekiston soliq tizimi ma’lum darajada boshqa mamlakatlarning soliqqa
tortish tizimlarining hosilasi bo’lib, bu quyidagi umumiy fikrlar mavjudligi bilan
tasdiqlanadi: - O’zbekistonda 15% foyda solig’i stavkasi o’rtacha Yevropa
darajasiga (27%) solishtirish mumkin – foyda solig’i bazasi barcha manbalardan


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

369






olinadigan yalpi daromad va belgilangan ishlab chiqarish xarajatlari o’rtasidagi farq
soliqqa tortiladigan daromadlarni hisoblashda har xil turdagi soliq imtiyozlarining
mavjudligi, shu jumladan, o’xshash turdagi imtiyozlar.

Hozirgi davrda O’zbekistonning dunyo hamjamiyatiga chiqishi tezlashganligi

jarayonida moliyaviy hisobotlarni tuzish va еtkazib berish jarayonini xalqaro
talablarga muvofiqlashtirish majburiyatini keltirib chiqarmoqda. Shuningdek, uning
nazariy- huquqiy asoslarini moslash, chet-ellik investorlar talabiga javob beradigan
hisobotlarni tuzish vazifasini qo’yadi.

Xorijiy mamlakatlarda va O’zbekistonda foyda solig’ini tartibga solish

vositalarini sifat va miqdoriy mezonlar bo’yicha qiyosiy tahlil qilish uchun har bir
mamlakatning soliq tizimi va ularning asosiy soliq vositalarini ko’rib chiqish zarur.
Soliq mezonlari bo’yicha soliq tizimining progressivligida soliqlarning
daromadlarga muvofiq soliq to’lovchilar o’rtasida qanday taqsimlanishini o’rganadi.
Xorijiy mamlakatlarda progressiv soliqqa tortish tizimi tez-tez qo’llaniladi, unda
daromad oshishi bilan soliq stavkasi oshadi. O’zbekistonda ham progressiv soliqqa
tortish bor.

Adabiyotlar sharhi

Tahlilchi J.Mintz “foyda solig’i bo’yicha bir qator fikrlar ega bo’lib, unda

foyda solig’i stavkasini pasaytirish bo’yicha J.Mintz iqtisodiy o’sishni
rag’batlantirish uchun korxonalarga soliq yukini kamaytirishni qo’llab-quvvatlaydi.
Uning fikricha, foyda solig’ining pastligi kompaniyalarni sarmoya kiritishga, yangi
ish o’rinlari yaratishga va samaradorlikni oshirishga undashi mumkin. Soliq tizimini
soddalashtirish bo’yicha J.Mintz soliq tizimini yanada shaffof va tushunarli qilish
uchun soddalashtirishni yoqlaydi.”[1]

Rus olimi Y.B.Shuvalovaning fikriga ko’ra, foyda solig’i ma’muriyatchiligi

bo’yicha “ soliq hisobining har qanday tartibi yuridik shaxslardan olinadigan foyda
solig’i bo’yicha soliq solinadigan bazani shakllantirish uchun ma’lumotlar
tizimlashtirilgan buxgalteriya registrlariga asoslanadi. Buxgalteriya hisobi va soliq
hisobi o’rtasidagi o’zaro munosabatlar birinchi navbatda buxgalteriya hisobining
ikki turi parallel ravishda tashkil etilganda paydo bo’ladi. Olimning fikricha, kichik
biznes sub’ektlari uchun, buxgalteriya hisobi tizimi va soliq hisobi tizimini imkon
qadar yaqinlashtirish kerakligi to’g’risidagi fikrlarni ilgari surgan.” [2]


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

370






Tahlil va natijalar.

Singapurda foyda solig‘i kompaniyaning moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi

hisobotining foyda solig‘i solingunga qadar foyda ko‘rsatkichiga tuzatishlar kiritish
orqali hisoblab chiqiladi. Foyda solig‘i stavkasi 2010 yildan boshlab 17%ni tashkil
qiladi. Ungacha 18% bo‘lgan. Singapur foyda solig‘i bir pog‘onali hisoblanadi, ya’ni
rezident kompaniyalar uchun foyda solig‘i to‘langandan so‘ng dividend uchun soliq
undirilmaydi. Singapur davlatida foyda solig‘i hisoblashning umumiy mexanizmini
ko‘rib chiqamiz. Foyda solig‘i hisoboti quyidagi ko‘rsatkichlardan iborat bo‘ladi:

Foyda solig’i solingunga qadar foyda.
Bu ko‘rsatkich kompaniyaning moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotiga

asoslanadi.

Soliq solinmaydigan daromadlar
Umumiy holda daromadlar ikkiga bo‘linadi. Kapital daromadlar va tushumga

oid daromadlar. Masalan, asosiy vositani sotilishidan daromad, valyuta pul
mablag‘ini kurs farqidan daromad, majburiyatni hisobdan chiqarishdan daromadlar
kapital daromad hisoblanadi va soliqqa tortilmaydi. Tushumga oid daromadlar
tovarlar va xizmatlarni realizatsiya qilishga oid daromadlarni o‘zi ichiga oladi va
soliqqa tortiladi. Bundan tashqari, rezident kompaniyaning chet elda olingan lekin
Singapurga olib kelinmagan daromadlariga ham soliq solinmaydi.

Faoliyatga oid bo’lmagan daromadlar.
Bunday daromadlarga asosan banklardan olinadigan foizlar ko‘rinishidagi

daromadlar, dividendlar, ijaradan daromadlar va royalti ko‘rinishida bo‘lishi
mumkin. Bu kabi daromadlar soliq solinadigan bazaga hisobot oxirida qayta
qo‘shiladi.


Xarajatlar chegirilishining asosiy shartlari bo‘lib xarajatning faqat daromad

olish maqsadida amalga oshirilgan bo‘lishi, xarajatlar shartli majburiyatlar natijasida
kelib chiqmagan bo‘lishi (ya’ni rezerv emas), xarajat kapital xarakterga emas,
tushum xarakteriga ega bo‘lishi va Soliq aktida chegirilishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri man
qilinmagan bo‘lishi lozim. Aks holda chegirilmaydi.

Kapital ajratmalar.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

371






Kapital ajratmaning ma’nosi soliq maqsadlarida hisoblangan amortizatsiyani

bildiradi. Buxgalteriya hisobidagi amortizatsiya yuqoridagi chegirilmaydigan
xarajat sifatida bazaga qo‘shilsa, bu еrda soliq maqsadlari uchun hisoblangan kapital
ajratmalar soliq bazadan chegiriladi.

O’tgan yillar soliq zararlari.
O‘tgan davrlarda faoliyat natijasi bo‘yicha soliq zararlari yuzaga kelgan

taqdirda ushbu zararlar joriy davr soliq bazasini kamaytirish uchun foydalanilishi
mumkin.

Xayriya sarflari bo’yicha chegirma
Xayriya sarflari chegirilmaydigan xarajat sifatida soliq bazasiga qayta

qo‘shilishiga qaramay mazkur bandga kelib xayriya xarajatlari 2.5 ga ko‘paytirilgan
holda chegirma beriladi. Buning uchun xayriya ijtimoiy xarakterdagi tashkilotga
tegishli shaklda o‘tkazilgan bo‘lishi lozim.

Soliq imtiyozlari
Soliq bazasini kamaytirishi mumkin bo‘lgan ikki xil imtiyoz mavjud. Qisman

soliqdan ozod qilish va yangi startaplar uchun imtiyoz.

Soliq solish bazasi (Foyda solig’i solingunga qadar foyda - Soliq

solinmaydigan daromadlar - Faoliyatga oid bo’lmagan daromadlar +
Chegirilmaydigan xarajatlar - Kapital ajratmalar - O’tgan yillar soliq zararlari -
Xayriya sarflari bo’yicha chegirma - Soliq imtiyozlari) * Soliq stavkasi (17%) =
Soliq summasi.

Kapital daromad va tushumga oid daromadni farqlash uchun ularning predmeti

bo‘lgan mulk sotilishini savdo sifatida qarash yoki qaramaslik uchun 6 ta alomat
belgilangan.

Birinchi alomat. Realizatsiya predmeti. Ba’zi mulklardan asosan qayta sotish

uchun foydalaniladi va undan shaxsiy maqsadlar uchun kamdan kam hollarda
foydalaniladi. Masalan, pandemiya paytida bir savdo kompaniyasi 200 mingta niqob
sotib olgan. Mazkur niqoblarni o‘z ehtiyojiga olganligini ko‘rsatib berishi qiyin
bo‘lishi mumkin. Chunki, bu kompaniya xodimlari har kun bittadan yangi niqob
taqsa ham 10 yilga еtadigan niqob sotib olingan.

Ikkinchi alomat. Egaliq qilingan davr. Mulkka qanchalik uzoq egalik qilinsa,

uni sotish uchun olinganligi ehtimoli shuncha kam bo‘ladi. Masalan, aksiyalarni


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

372






uzoq muddat ushlab turgandan so‘ng sotilishi bu kompaniya uchun kapital
daromadni yuzaga keltiradi va soliqqa tortilmaydi.


Uchinchi alomat. Operatsiyalar soni. Bir xil mulkka oid sotish operatsiyasini

muntazam amalga oshirilishi uni tushumga oid operatsiya sifatida qaralishiga sabab
bo‘ladi. Masalan, kompaniya avtomobillarni import qilgan holda o‘z ehtiyojlari
uchun odatda 6-12 oy davomida foydalanadi va odatda hisobdan chiqaradi. Bunday
muntazamlik ushbu operatsiyalarni tushumga oid daromad sifatida qarashga sabab
bo‘ladi.

To‘rtinchi alomat. Sotish uchun tayyorlash. Odatda tovarlar sotish uchun

tayyorlanadi. Agar o‘z foydalanishi uchun olingan mulkni ham bozorda sotish uchun
alohida qo‘shimcha sarflar amalga oshirilsa, ushbu operatsiyadan ko‘zlangan asl
maqsad undan foydalanish emas, balki bozorda sotish bo‘lganini ko‘rsatadi.
Masalan, bino sotib olingan. Binoni biroz foydalangandan so‘ng qayta ta’mirlashga
kirishilgan. Mazkur holat kompaniyaning maqsadi aslida binoni qayta sotish
maqsadi bo‘lganini ko‘rsatishi mumkin.

Beshinchi alomat. Realizatsiya uchun sabab bo‘lgan holat. Ba’zan biror mulkni

sotish zarurati kompaniyaga еtishmayotgan pul mablag‘i yoki kreditorlarning talabi
natijasida bo‘lishi mumkin. Bunday holatda foydalanish uchun olingan mulkni tovar
realizatsiyasi sifatida qaralishi ehtimoli kam bo‘ladi.

Oltinchi alomat. Foyda ko‘rish istagi. Biror mulkni qayta sotish orqali foyda

ko‘rish istagi borligi ushbu operatsiyani tovar realizatsiyasi sifatida qaralishiga
sabab bo‘ladi.

Singapur davlatida foyda solig‘i bo‘yicha soliq imtiyozlarini ko‘rib chiqamiz.

Ushbu imtiyozlar faqat ikkita bo‘lib, birinchisi yangi kompaniyalar uchun
belgilangan miqdorgacha to‘liq soliqdan ozod qilish, ikkinchisi belgilangan
miqdorgacha qisman soliqdan ozod qilish hisoblanadi.

To‘liq soliqdan ozod qilish imtiyozi
Tadbirkorlikni rivojlantirish va mahalliy kompaniyalarni qo‘llab-quvvatlash

maqsadida yangi tashkil etilgan kompaniyalar uchun ketma-ket 3 yil davomida
imtiyoz beriladi. Bunda yangi tashkil etilgan kompaniya deganda Singapurda tashkil
etilgan, Singapur rezidenti bo‘lgan va aksiyadorlari 20 kishidan oshmaydigan


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

373






jismoniy shaxslardan iborat bo‘lgan kompaniyalar tushuniladi. Bunday
kompaniyalar uchun soliq solinadigan daromad summasi quyidagi summaga
kamaytiriladi:

Dastlabki 100 000 dollarga teng soliq solinadigan daromadning 75%i soliq

solishdan ozod qilinadi;

Keyingi 100 000 dollarga teng soliq solinadigan daromadning 50%i soliq

solishdan ozod qilinadi;

Qisman soliqdan ozod qilish imtiyozi
Barcha kompaniyalar qisman soliqdan ozod qilish imtiyozidan foydalanishi

mumkin. Ushbu imtiyoz yuqoridagi imtiyoz bilan bir vaqtda qo‘llanmaydi. Ushbu
imtiyoz summasi soliq solinadigan daromad summasini quyidagilar summasiga
kamaytiriladi:

Dastlabki 10 000 dollarga teng soliq solinadigan daromadning 75%i soliq

solishdan ozod qilinadi;

Keyingi 190 000 dollarga teng soliq solinadigan daromadning 50%i soliq

solishdan ozod qilinadi;

Xulosa.

Singapurning foyda solig‘i tizimi qulayroq va raqobatbardosh bo‘lib, past soliq

stavkalari, soliq еngilliklari va xalqaro soliq siyosatining kuchliligi bilan ajralib
turadi. Yangi kompaniyalar va global biznes uchun Singapurda soliqqa tortish
nisbatan еngilroq. O‘zbekiston esa foyda soliq stavkasini pasaytirib, ayrim tarmoqlar
uchun rag‘batlar yaratmoqda. Singapur va Oʻzbekistonning foyda soligʻi tizimlari
orasida ayrim o'xshashliklar mavjud, lekin ular turli soliq siyosatlari va iqtisodiy
sharoitlar asosida tashkil etilgan. Singapurda dividendlarga ikki martalik soliq
solishdan qochish maqsadida, korporatsiyalar tomonidan berilgan dividendlar
daromad solig'iga tortilmaydi. Oʻzbekistonda ham oxirgi yillarda bu borada o'xshash
siyosat mavjud, ya'ni ayrim holatlarda dividendlar soliqdan ozod qilingan.
Singapurda soliq qonunchiligi juda soddalashtirilgan va shaffof bo‘lib, tadbirkorlar
va investorlar uchun tushunarli. Oʻzbekiston ham soliq tizimini soddalashtirish
orqali korxonalar uchun ortiqcha byurokratik toʻsiqlarni kamaytirib kelmoqda.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

374






Adabiyotlar.


1.

“The Ideal Tax System”, Social Research.

2.

Nicodeme, Gaetan, Corporate Income tax and Economic Distortion.

2008

3.

J. Mintz, H. Tulkens Commodity tax competition between member

states of a federation. Journal of public economics.

4.

Налоговый учет и

отчетность коммерческих

предприятий:

учеб. Пособие/ Е.Б.Шувалова, С.В.Басов, Л.А.Бутенко

– М, 2014

References

“The Ideal Tax System”, Social Research.

Nicodeme, Gaetan, Corporate Income tax and Economic Distortion. 2008

J. Mintz, H. Tulkens Commodity tax competition between member states of a federation. Journal of public economics.

Налоговый учет и отчетность коммерческих предприятий: учеб. Пособие/ Е.Б.Шувалова, С.В.Басов, Л.А.Бутенко – М, 2014