“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
452
RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI IQTISODIYOTGA JALB
QILISHNING MOLIYAVIY JIHATLARI
SHODIYEV ODILJON SALIM O’G’LI
QARSHI DAVLAT TEXNIKA UNVERSITETI
“MOLIYA VA BANK ISHI” KAFEDRASI O’QITUVCHISI
Annotatsiya:
Maqolada raqamli iqtisodiyotning mohiyati, unga xos bo‘lgan
xususiyatlar, uning yutuqlarini milliy iqtisodiyotga keng joriy qilishning ijtimoiy-
iqtisodiy ahamiyati, dunyoning ayrim davlatlari, jumladan O‘zbekiston oldida bu
borada turgan dolzarb masalalar bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar va ularning
yechimini ko‘rsatib berishga harakat qilingan.
Kalit so‘zlar:
Raqamli iqtisodiyot, milliy iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar,
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, elektron biznes, mobil tarmoq aloqalari,
internet, elektron savdo, elektron hukumat.
Fan, texnika va texnologiyalar yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan
yangiliklar, ayniqsa axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida erishilgan
yutuqlar jamiyatimiz taraqqiyotini va ijtimoiy-iqtisodiy hayotimizning barcha
jabhalarini misli ko‘rilmagan darajada miqdoriy va sifatiy jihatdan o‘zgartirib
yubormoqda.
Hozirgi zamon raqamli texnologiyalari insonlarning umumiy manfaatlari
uchun xizmat qilishi va barcha jabhalarni keng miqyosda qamrab olishi - hozirgi
dunyoning talabiga aylanib, ilmiy adabiyotlarda axborot texnologiyalari, hozirga
kelib esa raqamli texnologiyalar (raqamli iqtisodiyot) nomini oldi.
Bunday iqtisodiyot ko‘plab yangi bilim va ko‘nikmalarga, ijtimoiy himoya
qilishning tubdan yangi yo‘llariga, mehnat va dam olish o‘rtasidagi sifat jihatidan
yangi munosabatlarga o‘z ta’sirini o‘tkazib kelmoqda. Bu muammolar bilan
shug‘illanmagan birorta fan sohasi qolmadi.
Raqamli iqtisodiyot insonlarning umumiy manfaatlari uchun xizmat qiladigan
va uning barcha jabhalarini keng miqiyosda qamrab oladigan o‘zgarishlarni keltirib
chiqarmoqda. Bunday o‘zgarishlar butun insoniyat jamiyatining barqaror
rivojlanishi maqsadlariga erishishida muhim hissa bo‘lib qo‘shilishi va shu bilan
birga ulkan imkoniyatlarni yaratib berishi muqarrar, albatta.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
453
Dunyodagi barcha ilg‘or kuchlarning sa’y-harakatlari samarasi o‘laroq
aholining raqamli texnologiyalar olamiga kirib borishi hamda uning natijalaridan
o‘z mamlakatlari ravnaqi yo‘lida foydalanish imkoniyatlari kengaymoqda. Zero,
bugungi taraqqiyotimizni va albatta, insoniyat hayotining serqirra jihatlarini raqamli
texnologiyalarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Mazkur maqolada hozirgi zamon
raqamli texnologiyalarni mamlakatimiz milliy iqtisodiyoti tarmoqlariga keng joriy
qilish bilan bog’liq masalalar qarab chiqiladi va ularning yechimlari to‘g’risida fikr-
mulohazalar qilinadi.
Dunyo miqyosida raqamli texnologiyalarning yangi avlodi paydo bo‘lib,
uning rivojlanish ko‘lami tufayli fanda “simsiz texnologiyalar”, “mobil
texnologiyalar”, “internet”, “sun’iy intellekt”, “robototexnika” kabi turli terminlar
paydo bo‘ldi.
Aqlli mexanizmlarni ishlab chiqarishga bo‘lgan shart - sharoitlar ham
o‘zgarmoqda. Aqlli mexanizmlar deganda odamlar va texnologik tizimlarga
ulangan va muvofiqlashtirilgan aqlli ekotizimlarda ochiq o‘zaro ta’sir qiladigan
raqamli muhit tushuniladi. Bunga “aqlli shaharlar”, “aqlli uylar”, “ aqlli gaz, svet,
suvni o‘lchagichlar”, “raqamlashgan aqlli ish o‘rinlari” kabilar misol
bo‘la oladi. Bularning barchasi raqamli iqtisodiyotning namoyon bo‘lish shaklidir.
Raqamli iqtisodiyot tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish sohalari,
elektron tijorat bilangina cheklanib qolmasdan, milliy iqtisodiyotning sog‘liqni
saqlash, fan va ta’lim, qurilish, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi, transport,
geologiya, kadastr, arxiv, internet-banking kabi tarmoqlariga, huquqni muhofaza
qilish sohalariga jadal kirib bormoqda va ularning har birida yuqori samara berishi
ta’minlanmoqda.
Raqamlashtirishning ta’rifi, holati va uni yanada rivojlantirish masalalari
xorijda va mamlakatimizda nashr qilingan bir qator yozma manbalarda va ilmiy
tadqiqotlarida o‘z aksini topgan. Ularda jumladan, raqamlashtirishga
raqamlashgan axborot texnologiyalari yoki iqtisodiy agentlar o‘rtasidagi o‘zaro
ta’sir usullaridagi o‘zgarishlar (1), boshqasida raqamli texnologiyalar va tegishli
mahsulotlar va xizmatlarni yaratish, tarqatish va ulardan foydalanish bo‘yicha
faoliyat (2) degan ta’riflar berilgan.
Ko‘pincha raqamlashtirishni uning mamlakat milliy iqtisodiyoti va ijtimoiy
faoliyatning tarmog‘i, ularga ta’siri nuqtai - nazaridan baho beruvchilar ham bor,
jumladan, jahon banki ma’lumotlarida, “raqamlashtirish - bu internet, shuningdek,
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
454
mobil va sensorli tarmoqlar kabi platformalar tomonidan qo‘llab - quvvatlanadigan
iqtisodiy va ijtimoiy faoliyatning global tarmog‘idir” (3) degan ta’rif berilgan.
Raqamlashtirishning “fan, texnologiya va innovatsiyalar bilan bog‘liq
rivojlanishini inobatga olgan holda, uni - raqamli texnologiyalar, tegishli
mahsulotlar va xizmatlarni yaratish, tarqatish va ulardan foydalanish bo‘yicha
faoliyat yoki ma’lumotlarni to‘plash, saqlash, qayta ishlash, qidirish, uzatish va
elektron shaklda taqdim etish texnologiyalaridir”, degan ta’rif ham bor (4).
O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyot masalalariga davlat siyosati darajasida
e’tibor berilayotganligi va uni taraqqiy toptirishning dolzarbligi muammolari
bo‘yicha Gulyamov S.S., Abdullayev O.M., Ayupov R.H., Baltabayeva G.R.,
Ergashev R.X., Hamroyeva S.N. kabi mahalliy olimlarimiz ham ilmiy izlanishlar
olib borganlar, jumladan, Gulyamov C.C. va boshqalar “Raqamli» iqtisodiyot bu -
gibrid dunyo sharoitlarida mavjud bo‘lgan iqtisodiyotdir” (5), R.X.Ergashev va
S.N.Hamroyevalar “Raqamli” iqtisodiyot bu - axborot, jumladan, personal
axborotdan foydalanish hisobiga barcha qatnashchilarning ehtiyojlarini maksimal
darajada qondirish, uning o‘ziga xos xususiyati bo‘lgan iqtisodiyotdir (6), degan
ta’riflar berishgan.
Raqamli texnologiyalarga berilgan boshqa ta’riflarni ham keltirish mumkin.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, raqamli iqtisodiyotga - milliy iqtisodiyot
tarmoq va sohalariga raqamli texnologiyalar yutuqlarini keng joriy qilish va
ulardan faol foydalanish, deb ta’rif berilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi, deb
hisoblaymiz.
Nashr qilingan ayrim manbalarda iqtisodiy rivojlantirishda dunyoda
yetakchilik qilib kelayotgan davlatlardan biri hisoblanmish Buyuk Britaniyada
raqamli iqtisodiyotning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 12 foizni tashkil qilgani
holda, mamlakatimizda bu ko‘rsatkich 2019 yilda 2 foizni tashkil qilgan, xolos. 2024
yilga kelib, bu ko‘rsatkichni 3 martaga oshirish ko‘zda tutilgan (7).
Raqamli texnologiyalarni joriy qilish katta moliyaviy resurslarni talab qilishi
tabiiy hol, albatta. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2020-
yilning 24 - yanvari kuni Oliy Majlisga Murojaatida “Albatta, raqamli iqtisodiyotni
shakllantirish kerakli infratuzilma, ko‘p mablag‘ va mehnat resurslarini talab etishini
juda yaxshi bilamiz. Biroq qanchalik qiyin bo‘lmasin, bu ishga bugun kirishmasak,
qachon kirishamiz, ertaga juda kech bo‘ladi. Shu bois, raqamli iqtisodiyotga faol
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
455
o‘tish - kelgusi besh yildagi eng ustuvor vazifalarimizdan biri bo‘ladi” deb ta’kidlab
o‘tdi (8).
“ERGO Research and Advisory” konsalting xizmati tahlilchilarining fikriga
ko‘ra, mamlakatimizda raqamli texnologiyalarni keng qo‘llashdagi asosiy
muammolar telekommunikatsiya infratuzilmasi, aloqa sifatining talab darajasida
emasligi
va
davlat
byudjetidan
hozircha
yetarli
mablag‘larning
ajratilmayotganligidir.
Raqamli iqtisodiyotga jadal o‘tishga to‘sqinlik qilayotgan bir qator
muammolar hanuzgacha saqlanib qolinmoqda. Xususan, davlat axborot tizimlarini
rivojlantirishning yagona tamoyillari hali ishlab chiqilmagan, ushbu sohadagi
tadbirlar boshqa axborot tizimlari bilan uzviy bog‘lanmagan holda amalga oshirilib
kelinmoqda.
O‘zbekistonning iqtisodiy erkinlik indeksi bo‘yicha 140 - o‘rinni band etib
turganligi ham raqamli iqtisodiyotni joriy etishda qilinishi kerak bo‘lgan ishlarning
hali ko‘pligini anglatadi. Raqamli savodxonlikni ta’minlaydigan va global
tendensiyalarga javob beradigan o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda ham amalga
oshirilayotgan ishlarni talab darajasida, deb bo‘lmaydi.
Uzoq muddat davomida byudjet tashkilotlaridagi texnik xodimlarning
axborot texnologiyalari sohasidagi mutaxassislariga to‘langan maoshlarning kamligi
ham bu boradagi muammolardan biri bo‘lib qolgan edi. Natijada malakali
mutaxassislar bu lavozimga ko‘ra xalqaro tashkilotlar, qo‘shma korxonalar, chet
ellik buyurtmachilar uchun ishlashni ma’qul ko‘rishganlar.
Mamlakatimiz aholisi 2017 - yilda iste’mol tovarlari xaridining 34 foiz
hisobini raqamli to‘lov shaklida amalga oshirgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich
B.Britaniyada 96 foizni tashkil qiladi. Shuning uchun ham bu ko‘rsatkichni hozirgi
zamon nuqtai - nazaridan yetarli deb hisoblab bo‘lmaydi.
Bundan o‘n yil oldin O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha MDH
mamlakatlaridagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan ikki barobar past bo‘lib, bu ko‘rsatkich
bo‘yicha mamlakatimiz dunyo reytingida 129 - o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, 2023
yilga kelib mobil internet tezligi bo‘yicha dunyoda 91 - o‘ringa ko‘tarildi. Bu
O‘zbekiston 2023 yilga kelib 38 pog‘onaga yuqoriladi deganidir (9).
Shu bilan birga, O‘zbekistonni IT-xabga aylantirish uchun internet tezligini
oshirish bo‘yicha hali juda ko‘p ish qilishishi kerakligini ta’kidlashni joiz, deb
hisoblaymiz
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
456
Mamlakatimizda terminal orqali to‘lovlar miqdorini oshirib borishga keng
imkoniyatlar yaratilmoqda, undan faqat oqilona foydalanish kerak bo‘ladi. Shu
boisdan ham mamlakatimiz raqamli texnologiyalar natijalaridan tobora unumli
foydalanish yo‘lini tanladi. Bu tanlangan yo‘l milliy iqtisodiyotimiz taraqqiyoti
uchun yangidan-yangi imkoniyatlar va yo‘nalishlar eshigini ochib berishi, tabiiy.
Hozirga kelib, raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha tarmoqlar va
sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sanoat, qishloq
xo‘jaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish
bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli iqtisodiyot va elektron
hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020 yil 28 apreldagi PQ-
4699-sonli qarori talablaridan kelib chiqqan holda 2025 yilga kelib, raqamli
iqtisodiyotning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushini 2 barobarga
ko‘paytirish nazarda tutilgan (10), chunki raqamli texnologiyalarni iqtisodiyot va
ijtimoiy sohaga jadal joriy etishni ta’minlash milliy rivojlanishning maqsadlaridan
biridir.
2020 yilning 5 oktyabrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli
O‘zbekiston-2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora -
tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6079 - sonli Farmonida elektron hukumat tizimini
takomillashtirish, dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalarining mahalliy
bozorini yanada rivojlantirish, respublikaning barcha hududlarida IT-parklarni
tashkil etish, shuningdek, sohani malakali kadrlar bilan ta’minlashni o‘z ichiga olgan
220 dan ortiq ustuvor loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan bo‘lib, Toshkent,
Nukus, Buxoro, Namangan, Samarqand, Guliston, Urganch va kabi shaharlarda
zamonaviy infratuzilmaga ega bo‘lgan IT parklarining barpo etilishi (11) bu borada
bajarilishi yuzasidan qo‘yilgan qadamlarning debochasidir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yilning 28 aprelida “Raqamli
iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora - tadbirlari to‘g‘risida”gi
Qaroriga ham milliy iqtisodiyot tarmoqlarini raqamlashtirish, IT parklarni tashkil
etish, yangi loyihalarning moliyaviy manbalarini ta’minlash uchun 1,3 trillion
so‘mlik 104 ta, iqtisodiyotning real sektorida 5,3 trillion so‘mlik 87 ta,
telekommunikatsiyalar sohasida 15,1 trillion so‘mlik 35 ta, agrar sohada 24 ta,
alohida IT parklar bo‘yicha 18 ta loyihalarni amalga oshirish belgilab qo‘yilgan (12).
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
457
Raqamli texnologiyalar sohasiga investitsiyalarni kiritish natijasida tayanch
aloqa stansiyalarning zichligini oshirish, internet, mobil xizmatlarining yaxshi
ishlashini ta’minlash natijasida iqtisodiy o‘sishni ta’minlashdan iborat vazifalar
kelib chiqadi.
Mamlakatimiz milliy iqtisodiyotiga raqamli texnologiyalarni joriy qilishdagi
holat va uni yanada jadallashtirish yuzasidan quyidagi xulosalarni qilish mumkin:
-bugun jadallik bilan kechayotgan raqamlashtirish jarayonlari tubdan yangi
iqtisodiyotni vujudga keltirmoqda. Joriy qilinishi kun tartibiga kiritilgan bu
iqtisodiyot tadbirkorlik va ijtimoiy sohalarda xarajatlarni minimal miqdorda
kamaytirib, maksimal foyda olishda katta imkoniyatlar yaratib berishi isbot talab
qilmaydigan tabiiy holatga aylandi;
-raqamli texnologiyalar - iqtisodiy taraqqiyotning asosiy manbai hisoblanib,
raqobat, sarmoya va innovatsiyalarni rag‘batlantiradi, bu esa iste’molchilar tanlovini
kengaytirishga, yangi ish o‘rinlarini yaratishga, pirovard natijada davlat taraqqiyoti
va xalq farovonligini tubdan ijobiy tomonlarga o‘zgartirishga olib keladi;
-O‘zbekiston Prezidenti va hukumatining raqamli texnologiyalarni milliy
iqtisodiyot tarmoqlariga keng joriy qilish yuzasidan olib borayotgan sa’y-harakatlari
bir qator yangi samarali yo‘nalishlarning yaratilishiga zamin tayyorlamoqda;
-raqamli iqtisodiyotga o‘tish dunyoning barcha mamlakatlari uchun birinchi
darajali vazifa bo‘lib turgan bir paytda O‘zbekiston milliy iqtisodiyotining barcha
sohalarini raqamlashtirish jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuv, dunyo bozorida
o‘z o‘rniga ega bo‘lish, iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, samaradorlikka erishish
va fuqarolarimizga yetarli qulayliklar tug’diradi;
-raqamlashtirish natijasida to‘plangan axborotlar asosida ijtimoiy - iqtisodiy
rivojlantirish parametrlarini bashoratlashga va tegishli qarorlar qabul qilishga katta
imkoniyatlar yaratilmoqda;
-raqamli texnologiyalar asta - sekinlik bilan inson mehnatining o‘rnini egallab
borishi bilan bir qatorda pirovard natijalarning ijobiy tomonlarga siljib borishini
ta’minlaydi, bu esa raqamli texnologiyalarning namoyon bo‘layotganligini
anglatadi;
-milliy iqtisodiyot tarmoqlarida va sohalarida tubdan yangi o‘zgarishlarning
ro‘y berishi, insonlar mehnatining yengillashtirilishi, ishlab chiqarish
samaradorligining keskin oshib borishi zamonaviy raqamli texnologiyalarning
pirovard natijasini anglatadi;
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
458
-mamlakatimizda raqamlashtirish sohasida xorij tajribasini o‘rganish asosida
istiqbolda ularni yanada rivoj toptirishning asosiy parametrlarini ishlab chiqish
uchun keng imkoniyatlar paydo bo‘lmoqda
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1.Evropean Commision, 2014. B.4.
2.The Economist, 2014. B.17.
3.Jahon banki ma’lumotlari, 2016. B.5.
4.G.I.Abdraxmonova, K.O. Vishnevskiy va boshqalar. Rossiya Milliy
tadqiqot universiteti oliy iqtisod maktabi, 2020. B.6.
5.Gulyamov
S.S.
va
boshqalar.Raqamli
iqtisodiyotda
blokcheyn
texnologiyalari.-Toshkent, 2019, - B.22.
6.Ergashev R.X., Hamroyeva S.N.Raqamli iqtisodiyot.- Qarshi, 2021, -B.11.
7.“Yangi O‘zbekiston” gazetasi, 2020 yil 28 yanvar, 2-soni.
8.// htth: //o‘z/ politics/o‘zbekiston-respublikasi - president - shovkat -
mirziyoev -oliy-25-01-2020].
9.Dunyo Uz [https://t.me/daryouz_dunyo_yangilillar_uzbek].
10.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020 yil 28
apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4699-sonli Qarori.
11.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020 yilning 5
oktyabrdagi “Raqamli O‘zbekiston - 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali
amalga oshirish chora - tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6079 - sonli Farmoni.
12.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020 yilning
28 aprelidagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora -
tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori.
