Authors

  • M.B Sabirova
    Urganch davlat universiteti magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.journal-science-innovative.111509

Keywords:

Qovoq urug‘i to‘yintirlmagan yog‘ kislotalar vitaminlar minerallar fitosterollar omega-3 antioksidant.

Abstract

Qovoq urug‘i va yog‘i bioaktiv moddalarga boyligi sababli ularning sog‘liq uchun foydali xususiyatlari katta. Shu tufayli qovoq urug‘lari tibbiyotda va oziq-ovqatda alohida o‘rinni egallaydi. Ushbu maqolada qovoq urug‘ining kimyoviy tarkibi, dorivor xususiyatlari, oziq-ovqat sanoatida qoʻllanilishi va anʼanaviy tibbiyotdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Qovoq urug‘i asosan, oqsil, tolalar, ko‘p miqdorda to‘yintirilmagan yog‘ kislotalari, rux, fitosterollar, vitaminlar, karotenoid, tokoferollar, kabi foydali moddalar bilan boydir.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

640




UO‘K: 635.62

QOVOQ URUG‘INING FOYDALI XUSUSIYATLARI

M.B.Sabirova Urganch davlat universiteti magistranti

Annotatsiya.

Qovoq urug‘i va yog‘i bioaktiv moddalarga boyligi sababli

ularning sog‘liq uchun foydali xususiyatlari katta. Shu tufayli qovoq urug‘lari
tibbiyotda va oziq-ovqatda alohida o‘rinni egallaydi. Ushbu maqolada qovoq
urug‘ining kimyoviy tarkibi, dorivor xususiyatlari, oziq-ovqat sanoatida
qoʻllanilishi va anʼanaviy tibbiyotdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Qovoq urug‘i
asosan, oqsil, tolalar, ko‘p miqdorda to‘yintirilmagan yog‘ kislotalari, rux,
fitosterollar, vitaminlar, karotenoid, tokoferollar, kabi foydali moddalar bilan
boydir.

Kalit so‘zlar:

Qovoq urug‘i, to‘yintirlmagan yog‘ kislotalar, vitaminlar,

minerallar, fitosterollar, omega-3, antioksidant.

Аннотация.

Семена тыквы и их масло богаты биоактивными

веществами, которые приносят большую пользу для здоровья. Поэтому семена
тыквы занимают особое место в медицине и питании. В данной статье
анализируется химический состав семян тыквы, их лечебные свойства,
применение в пищевой промышленности и их значение в народной медицине.
Семена тыквы в основном богаты полезными веществами, такими как белок,
клетчатка, большое количество ненасыщенных жирных кислот, цинк,
фитостерины, витамины, каротиноиды, токоферолы.

Ключевые слова:

Семена тыквы, ненасыщенные жирные кислоты,

витамины, минералы, фитостерины, омега-3, антиоксидант.

Abstract.

Pumpkin seeds and their oil are rich in bioactive substances, which

have great health benefits. Therefore, pumpkin seeds occupy a special place in
medicine and food. This article analyzes the chemical composition of pumpkin
seeds, their medicinal properties, use in the food industry and their importance in
traditional medicine. Pumpkin seeds are mainly rich in beneficial substances such as
protein, fiber, high amounts of unsaturated fatty acids, zinc, phytosterols, vitamins,
carotenoids, tocopherols.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

641




Keywords:

Pumpkin seeds, unsaturated fatty acids, vitamins, minerals,

phytosterols, omega-3, antioxidant.

Kirish.

Qovoq o‘simligining urug‘lari foydali xususiyatlari bilan boshqa poliz

urug‘laridan ajralib turadi. Qovoq o‘simligining urug‘i ham sog‘liq uchun foydali
bo‘lgan moddalar bilan boy bo‘lib, xalq tabobatida turli maqsadlarda ishlatiladi.
Xususan urug‘ining tarkibida yog‘lar, oqsillar,vitaminlar, minerallar, fitosterollar
karatinoidlar ayniqsa, β-karatin va lutein, azot saqlovchi birikmalar, gyukozidlar,
saponinlar, fitosterollar mavjuddir. Urug‘i tarkibida 40-50% gacha yog‘ bo‘lib,
shundan 73,1 dan 80,5 % gacha asosan to‘yintirilmagan olein, linolein, omega-3 va
omega-6 yog‘ kislotalari hisoblanadi. Urug‘ tarkibida 30% gacha oqsil bo‘lib, ularni
arginin va glyutamin aminokislotalari tashkil etadi. Urug‘larda klechatka 6,6 gramm
bo‘lganligi sababli, is’temol qilingandan keyin uzoq vaqt davomida to‘qlik hisini
paydo qilib, istemol qilinadigan kaloriyalar sonini kamaytiradi va vazn tashlashga
yordam beradi. Vitaminlardan C, E, B guruhga mansub barcha vitaminlar va kam
miqdorda A hamda K vitamini uchraydi. Bulardan tashqari urug‘ tarkibida
minerallardan Zn, Mg, Ca, Mn, Fe, P, Na, K va Cu bo‘ladi. Urug‘lardagi rux
elementi organizmning yallig‘lanish, allergiya va potogenlarning organizmga
kirishidan himoya qiladi hamda umumiy immunitetni oshiradi. 100 gramm qovoq
urug‘ida 262 milligrammgacha magniy bo‘lib, suyaklarning o‘sishi va
mustahkamligini ta’minlashda alohida o‘rin tutadi.

Qovoq urug‘lari bir necha xil ta’sirlarga ega bo‘lib, antidiabetik ya’ni qondagi

glyukoza miqdorini kamaytiradi va qandli diabet kasalligini oldini oladi.
Triterpenlar o‘simta hujayralariga qarshi sitotostik xususiyatga ega bo‘lib, saraton
va boshqa xavfli kasalliklarni oldini olishda va davolashda ishlatiladi Saratonga
qarshi kurashish xususiyatiga ega bo‘lib, o‘sma hujayralarini o‘sishini
sekinlashtiradi. Fitosterollar esa qonda xolesterin miqdorini kamaytiradi.
Tarkibidagi triptofan va 5-gidroksi L-trintofan miyada serotonin va dofamin
gormonlariga aylanadigan aminokislota triptofanning tabiiy metaboliti bo‘lib,
moddalari orqali serotonin sintezini rag‘batlantiradi. Foydali xususiyatlariga ko‘ra
qovoq urug‘lari tarkibidagi E vitamini va Zn minerali orqali immunitetni
mustahkamlaydi. Tarkibidagi omega-3 va magniy tufayli yurak-qon tomir
faoliyatini qo‘llab-quvvatlab, qon bosimini pasaytiradi. Tolali moddalar esa ovqat
hazm qilishni yaxshilaydi. Bundan tashqari, qovoq urug‘ining antigelmetik
xususiyati tufayli, tibbiyotda ichki parazitlarga qarshi tabiiy vosita hisoblanadi.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

642




Buyraklarni himoya qilish xususiyatga ega bo‘lib, siydik yo‘llari va siydik
pufakidagi toshlarga qarshi kurashish xususiyatiga ega. Bu xususiyatlardan tashqari,
qovoq urug‘i reproduktiv salomatlikni qo‘llab-quvvatlaydi va prostata bezini
normallashtiradi.

Xulosa.

Qovoq urug‘i va yog‘i kundalik ratsionda ishlatiladigan organizmning

umumiy sog‘lig‘ini yaxshilaydi va bir qator kasalliklarning oldini olishga yordam
beradi. Qovoq urugʻi kimyoviy tarkibi jihatidan noyob tabiiy manba boʻlib, uning
yogʻli kislotalari, yuqori sifatli oqsillari, vitamin-mineral komplekslari va bioaktiv
birikmalari inson sog‘lig‘ini yaxshilaydi. Urugʻ yogʻi va oqsil kukuni kabi
mahsulotlar tibbiyot, oziq-ovqat sanoati va kosmetologiyada keng qoʻllaniladi.
Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, muntazam isteʼmol qilish yurak-qon tomir,
reproduktiv va immun tizimlarining samarali faoliyatiga hissa qoʻshadi, shu bilan
birga organizmni oksidativ stressdan himoya qiladi. Shu sababli, qovoq urugʻi
ratsionda muhim oʻrin egallashi tavsiya etiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Devi, M., Prasad, R. V, & Sagarika, N. (2018). A review on health benefits

and nutritional composition of pumpkin seeds. International Journal of Chemical
Studies, 6(3), 1154–1157.

2. Karuna, A., & Lata, S. (2021). Pumpkin seeds and oil as sources of bioactive

compounds and their therapeutic uses: A review. Bulletin of Environment,
Pharmacology

and

Life

Sciences,

10(8),

01–08.

https://www.researchgate.net/publication/365185786.

3. G.M.Satipov, N.B.Jumaniyazova. Qovoqning inson salomatligi uchun

foydasi. “Biologiya va qishloq xo‘jaligining yutuqlari muammolari va istiqbollari”
respublika ilmiy-amaliy seminari to‘plami. 2018/11/26.1-Tom.b. 5-7.

References

Devi, M., Prasad, R. V, & Sagarika, N. (2018). A review on health benefits and nutritional composition of pumpkin seeds. International Journal of Chemical Studies, 6(3), 1154–1157.

Karuna, A., & Lata, S. (2021). Pumpkin seeds and oil as sources of bioactive compounds and their therapeutic uses: A review. Bulletin of Environment, Pharmacology and Life Sciences, 10(8), 01–08. https://www.researchgate.net/publication/365185786.

G.M.Satipov, N.B.Jumaniyazova. Qovoqning inson salomatligi uchun foydasi. “Biologiya va qishloq xo‘jaligining yutuqlari muammolari va istiqbollari” respublika ilmiy-amaliy seminari to‘plami. 2018/11/26.1-Tom.b. 5-7.