Authors

  • Shoirjon Quziboyev
    PhD., katta o‘qituvchi, Farg‘ona davlat texnika universiteti, Farg‘ona, O‘zbekiston
  • Islomjon Sharipov
    98-21 QMBKICH guruh talabasi, Farg‘ona davlat texnika universiteti, Farg‘ona, O‘zbekiston

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.journal-science-innovative.111511

Keywords:

gips ohak bo‘r perlit qo‘shimcha fosfogips borogips dolomit.

Abstract

Ushbu maqolada gips asosidagi quruq qurilish qorishmalarini ishlab chiqarishda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, mahsulot sifatini oshirish va iqtisodiy samaradorlikni ta'minlash masalalari ko‘rib chiqiladi. Mahalliy xomashyolar – xususan, tabiiy va chiqindi gips turlari (fosfogips, borogips), ohak, bo‘r, perlit va dolomit asosida optimal tarkib tanlash orqali mustahkamligi, yopishqoqligi, qurish vaqti kabi fizik-mexanik xossalari yaxshilangan qorishma kompozitsiyalari taklif etildi. Tadqiqotda eksperimental sinovlar, fazoviy modellashtirish va standartlarga muvofiqlik tahlili orqali yuqori texnik ko‘rsatkichlarga ega quruq aralashmalar ishlab chiqildi. Qorishma tarkibiga qo‘shimcha faol modda sifatida ultradispers silika va plastifikatorlar qo‘shilishi natijasida ishqoriy muhitdagi barqarorlik va ekologik xavfsizlik ham ta’minlandi. Olingan natijalar mahalliy sanoat korxonalarida arzon, ekologik toza va energiya samarador quruq qurilish materiallarini keng joriy etish imkonini beradi.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

554




GIPS ASOSIDAGI QURUQ QURILISH QORISHMASI ISHLAB

CHIQARISH TEXNOLOGIYASINI TAKOMILLASHTIRISH

Quziboyev Shoirjon Shavkat o‘g‘li

PhD., katta o‘qituvchi, Farg‘ona davlat texnika universiteti, Farg‘ona,

O‘zbekiston

Sharipov Islomjon Qaxramonjon o‘g‘li

98-21 QMBKICH guruh talabasi, Farg‘ona davlat texnika universiteti,

Farg‘ona, O‘zbekiston

Annotatsiya

Ushbu maqolada gips asosidagi quruq qurilish qorishmalarini ishlab

chiqarishda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, mahsulot sifatini oshirish va
iqtisodiy samaradorlikni ta'minlash masalalari ko‘rib chiqiladi. Mahalliy
xomashyolar – xususan, tabiiy va chiqindi gips turlari (fosfogips, borogips), ohak,
bo‘r, perlit va dolomit asosida optimal tarkib tanlash orqali mustahkamligi,
yopishqoqligi, qurish vaqti kabi fizik-mexanik xossalari yaxshilangan qorishma
kompozitsiyalari taklif etildi. Tadqiqotda eksperimental sinovlar, fazoviy
modellashtirish va standartlarga muvofiqlik tahlili orqali yuqori texnik
ko‘rsatkichlarga ega quruq aralashmalar ishlab chiqildi. Qorishma tarkibiga
qo‘shimcha faol modda sifatida ultradispers silika va plastifikatorlar qo‘shilishi
natijasida ishqoriy muhitdagi barqarorlik va ekologik xavfsizlik ham ta’minlandi.
Olingan natijalar mahalliy sanoat korxonalarida arzon, ekologik toza va energiya
samarador quruq qurilish materiallarini keng joriy etish imkonini beradi.

Kalit so‘zlar:

gips, ohak, bo‘r, perlit, qo‘shimcha, fosfogips, borogips,

dolomit.

Kirish

Yurtimizda xalq xo‘jaligining ustuvor tarmoqlaridan biri sifatida qurilish

sanoati jadal rivojlanmoqda. Bu jarayonda zamonaviy qurilish materiallariga,
xususan, quruq qorishma asosida ishlab chiqariladigan mahsulotlarga bo‘lgan talab
yildan-yilga ortib bormoqda. Buning sababi, birinchidan, mamlakatimizda boy
tabiiy xomashyo zaxiralari – gips, dolomit, ohaktosh, bor, perlit va boshqa


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

555




minerallarga ega konlarning mavjudligi bo‘lsa [1], ikkinchidan esa, iqtisodiy
jihatdan samarador, ekologik xavfsiz va energiyani tejovchi qurilish
texnologiyalarini rivojlantirish zarurati bilan izohlanadi [2].

Bugungi kunda quruq qurilish qorishmalari qurilish sanoatining ajralmas

tarkibiy qismiga aylangan. Ular zavod sharoitida maxsus texnologik uskunalarda,
qat’iy texnologik tartib asosida ishlab chiqariladi. Qurilish maydoniga tayyor
holatda yetkaziladigan bu qorishmalar yuqori darajada standartlashtirilgan bo‘lib,
ularning fizik-mexanik xossalari, ishlov berish qulayligi, tez qotishi va
mustahkamligi bilan ajralib turadi [3]. Ayniqsa, gips asosidagi quruq qorishmalar
pardevorlarni suvoq qilish, ichki pardozlash, dekorativ ishlovlar uchun eng maqbul
variantlardan biri hisoblanadi [4].

Jahon statistik ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda yiliga 35–40 million tonna

atrofida gips asosidagi bog‘lovchi materiallar ishlab chiqariladi va ularning 90 foizi
bevosita qurilishda ishlatiladi [5]. Gips sanoatida yetakchi davlatlar qatoriga AQSh,
Fransiya, Ispaniya, Buyuk Britaniya va Rossiya kiradi. O‘zbekiston sharoitida esa
ushbu yo‘nalish asosan Buxoro va Farg‘ona viloyatlarida faoliyat yurituvchi
korxonalar tomonidan amalga oshirilmoqda [6].

Gips asosidagi quruq qurilish qorishmalari tarkibiga asosiy mineral bog‘lovchi

sifatida tabiiy yoki texnogen gips (masalan, fosfogips, borogips), shuningdek,
plomba materiallari (kalsit, dolomit, perlit), va maxsus funktsional qo‘shimchalar
(plastifikator, retarder, stabilizator va boshqalar) kiritiladi. Ushbu komponentlarning
optimal nisbatda tanlanishi va texnologik jihatdan to‘g‘ri aralashtirilishi qorishma
sifatining asosiy kafolatidir [7]. Shuningdek, ularning qotish kinetikasi, gidratatsiya
jarayoni, yopishqoqligi va mikrostrukturasi ilmiy asosda tadqiq etilmoqda [8].

Shu boisdan, ushbu maqolada gips asosidagi quruq qurilish qorishmalarini

ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish, uning tarkibini modifikatsiya
qilish, mahalliy xomashyolar asosida optimal retseptura ishlab chiqish va ilg‘or
texnologik usullarni joriy etish imkoniyatlari yoritiladi.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

556




1 - rasm. Quruq qurilish qorishmalari.


Gips asosidagi quruq qurilish qorishmasi ya’ni shtukaturka ishlab chiqarish

uchun gips, ohak, bo‘r, perlit, qo‘shimcha kerak bo‘ladi. Ularning tarkibi quyidagi
jadvalda keltirilgan.


1 – jadval. Gips asosidagi quruq qurilish qorishmasi (shtukaturka) tarkibi

Shtukaturka tarkibi

Massa bo‘yicha (%) da

Gips

40

Bo‘r

57

Ohak

1,5

Perlit

1

Qo‘shimcha

0,5

Gips asosidagi bog‘lovchilar uchun xomashyo tahlili

Gipsli bog‘lovchi materiallar ishlab chiqarishda asosiy xomashyo sifatida

tabiiy kelib chiqishga ega gips toshi (CaSO₄·2H₂O) va angidrit (CaSO₄) ishlatiladi.
Ular O‘zbekistonda ko‘plab sanoat korxonalari tomonidan foydalanilmoqda,
ayniqsa qurilishda ishlatiladigan yarimgidrat gips ishlab chiqarishda muhim o‘rin
tutadi [9]. Gipsli materiallar o‘zining tez qotishi, hajm barqarorligi va ekologik
xavfsizligi bilan ajralib turadi [10].

Bundan tashqari, sanoat chiqindilari — fosfogips, borogips, flüorgips kabi

ikkilamchi mahsulotlar ham gips o‘rnini bosuvchi samarali bog‘lovchilar
hisoblanadi. Ular tarkibida asosiy faol komponent — kaltsiy sulfat mavjud bo‘lib,
chiqindini qayta ishlash orqali arzon va ekologik toza bog‘lovchi olish mumkin.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

557




Ushbu yondashuv chiqindilarni qayta ishlash orqali qurilish sanoatining barqaror
rivojlanishiga xizmat qiladi.

Qorishma tarkibida ishlatiladigan havoyi ohak — ya’ni CaO, tog‘ jinslarini

(ohaktosh, bo‘r, dolomit) 1000–1200°C da kuydirish orqali olinadi. Havoyi
ohakning minerallashgan holatiga, gil aralashmalari va karbonatlarning tarkibiga
qarab uning reaktivligi va ishlovchanlik darajasi aniqlanadi. Ayniqsa, dolomitli
ohaktoshdan olinadigan ohak qotgandan keyingi mustahkamlikka ijobiy ta’sir
ko‘rsatadi.

Quruq qurilish qorishmalarida ko‘pchitilgan perlit asosiy to‘ldiruvchi

komponent sifatida qo‘llanadi. Bu material tabiiy perlitni 900–1200°C da issiqlik
bilan ishlov berish orqali olinadi. Jarayon davomida perlit strukturasidagi
bog‘langan suv bug‘lanadi va hajmi 5–12 barobar ortadi, natijada yengil, g‘ovak va
issiqlikni yaxshi ushlab turuvchi material hosil bo‘ladi. Ayniqsa, perlit qumi issiqlik
izolyatsiyasi, suvoq aralashmalari va yengil beton ishlab chiqarishda yuqori
samaradorlik ko‘rsatadi.

2 - rasm. Gips asosidagi quruq qurilish qorishmasi ya’ni shtukaturka ishlab

chiqarish uchun uskuna.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

558




Yuqori sifatli quruq qurilish qorishmasi ishlab chiqarishda turli kimyoviy

qo‘shimchalar muhim ahamiyatga ega. Bular orasida plastifikatorlar (ishlov berish
qulayligini oshiradi), retarderlar (qotish vaqtini boshqaradi), stabilizatorlar
(struktura va ishlovchanlikni yaxshilaydi) mavjud. Qo‘shimchalar aralashmaning
reologik xususiyatlari, suvda eruvchanligi, yopishqoqligi va mikrostrukturasini
ijobiy tomonga o‘zgartiradi. Shu bilan birga, zamonaviy qorishmalarga ultradispers
kremniy dioksidi (SiO₂), gidrofoblashtiruvchi vositalar va ekologik stabilizatorlar
kabi komponentlar ham qo‘shilmoqda.

Bunday tarkibli va zamonaviy texnologiyali shtukaturka quyidagilarni

imkonini beradi:

- ish unumdorligini oshiradi: ya’ni barcha materiallarni olib kelib

aralashtirgandan ko‘ra tayyor mahsulotni suv bilan aralashtirib qorishma
tayyorlagan oson bo‘ladi;

- mahsulotni isrof bo‘lishini oldini oladi: ya’ni kerakli miqdorda qorishma

tayyorlab olinadi;

- aniq tarkib bilan tayyorlanadi: korxona sharoitida yuqori sifatli laboratoriyalar

va zamonaviy texnologiyalar yordamida ishlab chiqariladi;

- transport xarajatlarini kamaytiradi: hamma materiallarni qurilish maydoniga

olib kelgandan ko‘ra, tayyor mahsulotni olib kelgan maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Xulosa qilib aytganda, gips asosidagi quruq qurilish qorishmalari ishlab

chiqarish texnologiyasini rivojlantirish maqsadida yuqori sifatli va zamonaviy
texnologiyalardan foydalanish kerak. Mamalakatimizda hozirgi kunda qurilish
sohasi yuqori darajada o‘sib bormoqda. Shuning uchun yangi tarkibli va zamonaviy
qurilish materiallarini ishlab chiqarish, va qurilish soxasini yanada takomillashtirish
kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1.

N.A.Samig‘ov, “Qurilish materiallari va buyumlari”. Darslik.

Toshkent: Cho‘lpon nomidagi NMIU 2013.

2.

M.A.Mirzajonov, “Istiqbolli energiya tejamkor qurilish ashyolari va

tizimlari”. Darslik. Farg‘ona. 2021.

3.

A.Y.Shodmanov, M.A.Tillayev, “Zamonaviy qurilish materiallari va

texnologiyalari”. O‘quv qo‘llanma. Jizzax, JizPI, 2022.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

559




4.

N.A.Samig‘ov, “Energiya va resurs tejamkor qurilish materiallari va

texnalogiyalar”.O‘quv qo‘llanma. Toshkent: “Fan va texnologiyalar Markazining
bosmaxonasi” 2016.

5.

A.E. Odilxo‘jayev, “Qurilish materiallari”. O‘quv qo‘llanma. Toshkent.

2020.

6.

A.A To‘laganov, X.X. Komilov, A.A. Sultonov, “Zamonaviy qurilish

materiallari, buyumlari va texnologiyalari”. O‘quv qo‘llanma. Toshkent. 2014.

7.

T.A. Otaqo‘ziyev, E.T Otaqo‘ziyev, “Bog‘lovchi moddalarning

kimyoviy texnologiyasi”. Darslik. Cho‘lpon nomidagi nashriyot - matbaa ijodiy uyi.
Toshkent. 2005.

8.

I.M. Qosimov, “Zamonaviy qurilish materiallari va konstruksiyalari”.

Darslik. “Lesson press” nashriyoti. Toshkent. 2020.

9.

A.A. To‘laganov, X.X. Kamilov, M.M. Vohidov, A.A. Sultonov,

“Zamonaviy qurilish materiallari, buyumlari va texnologiyalari”. O‘quv qo‘llanma,
Toshkent, TAQI, 2014.

10.

N.A. Mahmudova, M. Rashidova, “Pardozlash va issiqlik izolyatsiya

materiallarining texnologik asoslari” Darslik. O‘zbekiston faylasuflari milliy
jamiyati nashriyoti. Toshkent. 2012.

References

N.A.Samig‘ov, “Qurilish materiallari va buyumlari”. Darslik. Toshkent: Cho‘lpon nomidagi NMIU 2013.

M.A.Mirzajonov, “Istiqbolli energiya tejamkor qurilish ashyolari va tizimlari”. Darslik. Farg‘ona. 2021.

A.Y.Shodmanov, M.A.Tillayev, “Zamonaviy qurilish materiallari va texnologiyalari”. O‘quv qo‘llanma. Jizzax, JizPI, 2022.

N.A.Samig‘ov, “Energiya va resurs tejamkor qurilish materiallari va texnalogiyalar”.O‘quv qo‘llanma. Toshkent: “Fan va texnologiyalar Markazining bosmaxonasi” 2016.

A.E. Odilxo‘jayev, “Qurilish materiallari”. O‘quv qo‘llanma. Toshkent. 2020.

A.A To‘laganov, X.X. Komilov, A.A. Sultonov, “Zamonaviy qurilish materiallari, buyumlari va texnologiyalari”. O‘quv qo‘llanma. Toshkent. 2014.

T.A. Otaqo‘ziyev, E.T Otaqo‘ziyev, “Bog‘lovchi moddalarning kimyoviy texnologiyasi”. Darslik. Cho‘lpon nomidagi nashriyot - matbaa ijodiy uyi. Toshkent. 2005.

I.M. Qosimov, “Zamonaviy qurilish materiallari va konstruksiyalari”. Darslik. “Lesson press” nashriyoti. Toshkent. 2020.

A.A. To‘laganov, X.X. Kamilov, M.M. Vohidov, A.A. Sultonov, “Zamonaviy qurilish materiallari, buyumlari va texnologiyalari”. O‘quv qo‘llanma, Toshkent, TAQI, 2014.

N.A. Mahmudova, M. Rashidova, “Pardozlash va issiqlik izolyatsiya materiallarining texnologik asoslari” Darslik. O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti. Toshkent. 2012.