Authors

  • Dilfuza Shodmonova
    TDSHU, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik tarjimashunoslik ixtisosligi 2-kurs tayanch doktaranti, Toshkent. O‘zbekiston.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.journal-science-innovative.127268

Keywords:

Yaşar Kemal folklor unsurlari ramzlar simvolizm adabiy tarjima madaniy kontekst turk adabiyoti o‘zbek tiliga tarjima milliy identitet

Abstract

Jahon adabiyotining tarkibiy qismi hisoblangan turk adabiyotida Yashar Kamol ijodi alohida o‘rin tutadi. Uning roman va qissalari, hikoya va she’rlarida milliy turmush manzaralari, turk qishloqlaridagi kishilar qiyofasi realistik aks ettirilgan. Adib asarlari dunyodagi juda ko‘p xalqlar tillariga tarjima qilingan va millionlab kitobxonlarning ma’naviy mulkiga aylangan.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

584




Yashar Kamol asarlaridagi folklor unsurlari, ramzlar va ularning

tarjimalarda berilishi

Shodmonova Dilfuza

TDSHU, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik

tarjimashunoslik ixtisosligi 2-kurs tayanch doktaranti, Toshkent. O‘zbekiston. Tel

+998998440094, E-mail:

d.shodmonova@icould.com

Annotatsiya

Jahon adabiyotining tarkibiy qismi hisoblangan turk adabiyotida Yashar Kamol

ijodi alohida o‘rin tutadi. Uning roman va qissalari, hikoya va she’rlarida milliy
turmush manzaralari, turk qishloqlaridagi kishilar qiyofasi realistik aks ettirilgan.
Adib asarlari dunyodagi juda ko‘p xalqlar tillariga tarjima qilingan va millionlab
kitobxonlarning ma’naviy mulkiga aylangan.

Kalit so‘zlar:

Yaşar Kemal, folklor unsurlari, ramzlar, simvolizm, adabiy

tarjima, madaniy kontekst, turk adabiyoti, o‘zbek tiliga tarjima, milliy identitet

Annotation

Yaşar Kemal's works hold a special place in Turkish literature, which is an

integral part of world literature. His novels, stories, and poems realistically depict
national lifestyle scenes and the characters of people in Turkish villages. The
author's works have been translated into many languages and have become the
spiritual heritage of millions of readers around the world.

Keywords:

Yaşar Kemal, folklore elements, symbols, symbolism, literary

translation, cultural context, Turkish literature, translation into Uzbek, national
identity

Аннотация

Творчество Яшара Кемаля занимает особое место в турецкой литературе,
которая является составной частью мировой литературы. В его романах,
повестях, рассказах и стихах реалистично изображены сцены национального
быта и образы людей в турецких деревнях. Произведения писателя переведены
на множество языков и стали духовным достоянием миллионов читателей по
всему миру.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

585




Ключевые слова:

Яшар Кемаль, фольклорные элементы, символы,

символизм, литературный перевод, культурный контекст, турецкая
литература, перевод на узбекский язык, национальная идентичность


Adib xalq, og‘zaki ijodi namunalarini ixlos va e’tibor bilan to‘plagan,

asarlarida folklor syujetidan samarali foydalangan. Uning ijodida qishloq hayotining
betakror ko‘rinishlari, turk tilining rang-barangligi, boyligi, turklarning milliy
xarakteri yorqin namoyon bo‘ladi. Yozuvchi gumanist ijodkor sifatida mavjud
voqelikni butun murakkabliklari bilan ko‘rsatish orqali umumbashariy qadriyatlarni,
ezgulik uchun kurash g‘oyalarini ulug‘laydi. Shu boisdan Yashar Kamol asarlari
jahon badiiy tafakkurini boyituvchi adabiy-estetik hodisa sifatida turli millat
ijodkorlari va kitobxonlari nazariga tushgan.

Folklor san’atining turk nasridagi ko‘rinishi Yashar Kamol ijodida barqaror

uslubiy tamoyil sifatida namoyon bo‘lgan. Yashar Kamol turk xalq og‘zaki ijodini,
xalqning milliy yashash tarzini mohir tasvirlab bergan ijodkordir. Xalq og‘zaki
ijodiga xos elementlarning muayyan adib yaratgan badiiy asar matndan o‘rin olishi
o‘sha asarning badiiy-estetik qiymatini oshiradi. Folklor unsurlarining Yashar
Kamol ijodida keng o‘rin egallaganligi adib dunyoqarashi, bilim darajasi, tafakkur
va tasavvur olamining kengligidan, ko‘lamdorligidan dalolat beradi.

“Sevgi afsonasi” romanida ko‘plab afsonalar bilan bog‘liq o‘rinlarga duch

kelamiz. Yozma badiiy adabiyot har doim xalq og‘zaki ijodidan bahramand bo‘lgan,
undan ta’sirlangan, o‘sha asos tufayli badiiy-estetik jihatdan boyigan. Dunyo
adabiyoti durdonalari ichida bunda istagancha misol topiladi. Ma’lum bir
yozuvchining alohida asarini shu ilmiy tamoyil negizida o‘rganish juda muhim
ahamiyatga ega, albatta. Yashar Kamolning xalq og‘zaki ijodi sarchashmalari bilan
sug‘orilgan “Sevgi afsonasi” romani ana shu jihatlari bilan e’tiborga loyiqdir. “Ot
– murod”, – deydi dono xalqimiz. “Sevgi afsonasi” romanining muqaddimasida
tog‘lik jasur yigit – Ahmadning eshigiga kelgan ot ham uning murodi, qismati
ekanligi asar davomida anglashiladi.

Qahramonlik tipidagi xalq dostonlarida jangovar ot obrazi bosh qahramon

darajasiga ko‘tarilgan asosiy obrazlardandir. Inchunun, Alpomish, Go‘ro‘g‘li,
Manas kabi qahramonlarni ularning doimiy hamrohi – otsiz tasavvur etish qiyin.
“Sevgi afsonasi” romanida ham voqealar rivoji bevosita ana shu obraz zamirida


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

586




yuzaga kelgan. Yashar Kamol bu obrazga xalq dostonlarida bo‘lganidek katta “yuk”
yuklaydi.

Avvalo, ot tasviriga e’tibor beraylik: “Otning ustida kumush bezakli,

naqshinkor, cherkes ustalar yasaganbir egari bo, uzangasi naqsh solingan
kumushdan yasalgan. Otning oltin suvi yurgizilgan jilovi egarning oltin, sadaf
qadalgan qoshiga ildirib qo‘yilgan” (SA.2021, 8). Ot anjomlarini tasvirlashda
qo‘llanilgan bunday sifatlashlar dostonlarimizdagi ot anjomlari tasviriga har
jihatdan yaqin. Bir misol:

Uzangisi o‘yma oltin,
Quyushqoni quyma oltin.
Egarining qoshi oltin,
Turmushining bari oltin

1

.

Ot anjomlarining oltin, kumush, sadaf bilan bezatilgani, bir jihatdan bu otning

oddiy emas balki og‘zaki ijodda bot-bot takrorlanuvchi “nazarkarda”, “yulduzni
ko‘zlovchi” zotdor ot ekanligiga ishora qilsa, boshqa jihatdan turkiy xalqlarning otga
bo‘lgan munosabati, hurmat – ehtiromi haqida ham tasavvur hosil qilishda
yordamchi komponent vazifasini o‘taydi.

Tarihiy manbalarning guvohlik berishicha, turkiylar otni shu qadar

e’zozlashganki, unga oilaning bir a’zosi sifatida munosabatda bo‘lishgan

2

. Gerodot,

Strabon kabi tarixchilarning asarlarida yuqoridagi fikrlarimizni tasdiqlovchi faktlar
mavjud. Jumladan, O‘rta Osiyo yerlari qimmatbaho ma’danlarga boy bo‘lgani va
O‘rta Osiyoliklar ot anjomlariga ana shular bilan bezak berganliklari qayd etiladi

3

.

Binobarin, “Sevgi afsonasi”dagi ot anjomlari tasviri bilan bog‘liq, yuqoridagi lavha
yozuvchi tomonidan shunchaki o‘ylab topilgan epitet, sifatlash emas, balki tarixiy
haqiqatning asardagi badiiy ifodasi, deyishga asos bor. Ot anjomlaridagi quyosh,
hayot daraxti tasvirlari ham turkiy ajdodlarning dunyoqarashidan darak beradi.

Ma’lumki, turkiylarda quyosh daraxti tiriklik, oydinlik ramzi tarzida talqin

etilgan. Shuning uchun ular qoyatoshlarga, terilarga, buyumlarga qabilalar o‘z
tug‘lariga bularning rasmini solishgan. “Kigiz yoping‘ich ustidagi olovrang quyosh
rasmining yonida baland, yam-yashil hayot daraxtining rasmi ham ko‘zga

1

Ravshan: xalq og‘zaki iiodi. – Toshkent : YangiyurPoligraph Service, 2019, – B.28.

2

Kafesoğlu İbrahim. Turk Milli Külturü. – İstanbul: Boğaziçi Yayınları, 1988. – S.207.

3

Древные авторы о Средней Азии. – Ташкент: Гостехиздат, 1984. – С.110; Тилавов А. Ўзбек халқ

достонларидаги от образининг тарихий асослари ва бадиий талқини. Филол. ф. номзод. дисс. … автореф.
– Тошкент: 2002. – Б. 10.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

587




tashlanadi” (SA. 2021,9) deyiladi asarda. Asarda onomastika izlarini sezish qiyin
emas. Ko‘pni ko‘rgan, tajribali So‘fiy otning bo‘yniga osilgan tamg‘adagi tasvirlarni
ko‘rib qo‘rqadi. O‘tmishda ajdodlarimizda ba’zi narsalarni xosiyatsizlik, baxtsizlik
alomati tarzida irim qilish ishonchi bo‘lgan.

Ana shu jihatlari bilan Yashar Kamol talqinidagi ot obrazi turkiy xalqlar

dostonlaridagi mifologik ot obraziga yaqin turadi.

Xalq orasida o‘ta ustamon, ishiga pishiq, insonlarga nisbatan “shayton”,

“shaytonga dars beradi” kabi sifatlar ishlatiladi. “Yer yorilib kirib ketishgan bo‘lsa-
da, topaman” deb oyoq, tirab turgan Poshshoga Kurt beklaridan biri Mulla Karim
shunday deydi: “Poshshom, bu Girit tog‘ida biz bu odamlarni yana ming yil
qidirsak-da, topolmaymiz. Bu tog‘liklar shunday yashirinadilarki, ularni shayton
ham topolmaydi” (SA. 2021,58). Xalq, og‘zaki ijodi namunalarida ilm, hunar
olishga targ‘ib qilinadi. Qahramonning komillik sifati tarzida uning ilmli, tajribali
ekani alohida ta’kidlanadi.

Xalq, og‘zaki ijodidan yaxshi xabardor bo‘lgan Yashar Kamol “Ogiritog‘i

nolasi”da ana shu an’anani davom ettirgan. Asarda zolim, qahri qattiq ota sifatida
gavdalangan hukmdor – Mahmud poshshoning aslida ilmli kishi ekanligi, hatto
otasining Arzurum madrasasida tahsil olgani ilm ahliga xayrihoh, bo‘lgani, saroyga
tez-tez olimlar, baxshilarni to‘plagani eslatib o‘tiladi (SA. 2021,24).

Mahmud poshshoning qizlari ta’riflanayotganda: “Gulruh opalari orasida

o‘qishga rosa qiziqar edi. Ahmadiy Xoniyning she’rlarini yoddan bilar, otasining
devonida bolaligidanoq, she’r o‘qirdi. Otasi farzandlari ichida Gulruhni ko‘proq,
yoqtirar edi” (SA. 2021,19), deyiladiki, bu ham poshshoning ilmga rag‘bati,
munosabatini bildiruvchi lavhadir. Darvoqe, asar qahramonlari portreti tasvirida
ham biz turk xalqining o‘sha davrlarga xos kiyinish madaniyati, milliy o‘ziga
xosligi, axloq-odob mezonlari haqida qimmatli ma’lumotlar olamiz.

Yashar Kamol Gulbahorning portretini shunday chizadi: “Gardanligi oltindan

edi. Oyoq, bilaklariga Ogiritog‘ilik ayollar kabi oltin marvarid, zumrad halqalar
taqardi” (SA. 2021,14). Bu o‘rindagi tasvirlar ham shunchaki badiiy tasvir vositalari
emas, mavjud tarixiy haqiqatning asardagi badiiy ifodasidir. Chunonchi, tarixiy
manbalarning guvohlik berishicha, qadimda turkiy xalqlar yashagan hududlarda
oltin, marvarid kabi qimmatbaho toshlar mo‘l bo‘lgan va bu ayollarning kiyinishida
o‘z aksini topgan. O‘rta Osiyoda arxeologlar olib borgan qazilma ishlari natijasida
topilgan ko‘plab qimmatbaho taqinchoqlar fikrimizning dalilidir.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

588




Gulbahorning yana bir fazilati – uning usta chavandozligidir. Bizga ma’lumki,

ajdodlarimizda nafaqat erkaklar, balki ayollar ham otga minish, uni tarbiyalash
san’atini bilishgan. Gulbahorning otga mehri ham bo‘lakcha edi. Binobarin,
otasining oti haqidagi mojaro uni befarq qoldirmaydi. Bu voqeaning tafsilotlarini
bilishga harakat qiladi, zindonga tushgan So‘fiydan bu haqida tinmay savollar
so‘raydi. So‘fiy: “Bu ot Ahmadga yodgordir. Haq uni Ahmadga yubordi. Ahmad
otni hech kimga bermaydi. Bersa bo‘lmaydi. Butun Og‘ritog‘i o‘lsa o‘ladiki, biroq
ot berilmaydi” (SA. 2021,45) deydi.

Xalq ogzaki ijodi namunalarida, xususan, dostonlarda qahramonning o‘z dardi,

iztiroblari, niyatlarini soz chalib yoxud qiyofani o‘zgartirib “aytish” detallari
mavjud. “Sevgi afsonasi”da ham zindonband qilingan So‘fiy Gulbahorga Og‘ritog‘i
xalqining dardini sibizg‘ada chalib aytadi

Turkiy xalqlar dostonlarida tez-tez uchrab turadigan mushtarak motivlardan

biri – tutqunlik, zindon motividir. Zindonda qahramonning xarakteri, ruhiyati,
fazilatlari yanada yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Zindonband So‘fiyni huzuriga
chaqirgan xon: “Ot kelmay, Ahmad kelmay, seni zindondan chiqarmayman”, –
deydi. Shunda So‘fiy: “Ot ham, Ahmad ham kelmaydi. Ot Ahmadga Haqdan
yodgordir. Ahmad kelsa ham ot kelmaydi. Men ham Ahmadni senga keltirmayman”
(SA. 2021,51), deya dadil so‘zlaydi. Bu so‘zlardan uning qat’iyatliligi, irodasi
mustahkamligi va do‘stga sadoqati namoyon bo‘ladi. Xalq, dostonlarida zindon
motivi bilan bog‘liq xarakterli bir jihat bor. Zindonga tashlangan mahbuslarga
hukmdorning qizlari yordam berishadi. Masalan, “Alpomish”da Alpomishga
Qalmoq shohning qizi Tovkasoy bevosita yordam bersa

4

, “Dada Qo‘rqut”da

Tamanin qal’asidagi bir quduqqa tashlangan Salor Qozonga hukmdor Takurning
xotini yordam beradi

5

. Folklorshunos Jabbor Eshonqulov qahramonlarning tutqunlik

holati tasodifiy bo‘lmay, bu ularning tug‘ilishidanoq taqdiriga bitilgan alplik
maqomiga erishuvidagi navbatdagi sinov ekanini ta’kidlaydi

6

. Ushbu fikrni ma’lum

ma’noda “Sevgi afsonasi”dagi tutqunlik epizodiga ham tadbiq etish mumkin.
Chunki So‘fiy ham Ahmad ham zindonga tushib nochor qolishganda ham
tushkunlikka tushmaydilar, qarorlarini o‘zgartirmaydilar, o‘zlarini haqiqiy alplardek
tutadilar.

4

Алпомиш. Айтувчи Фозил Йўлдош ўғли. – Тошкент: Шарқ, 1998. – Б. 274.

5

Metin Ergün. Dede Korkut Kitabi. – İstanbul: Ebru Yayınları, 1980. – S.214.

6

Эшонқулов Ж. Фольклор: Образ ва талқин. – Қарши: Насаф нашриёти, 1999. – Б. 123.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

589




J.Eshonqulovning fikricha, qahramonning tutqunligi, uning narigi dunyoga

safari bo‘lib, qayta tug‘ilishi, bir maqomdan ikkinchi maqomga ko‘tarilishi kabi bir
necha ramziy, mifologik ma’no ifodalaydi. Biroq, “Sevgi afsonasi”dagi tutqunlik
bilan bog‘liq, lavha ramziylikdan, mifologik talqindan ko‘ra ko‘proq, hayotiylik
kasb etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati:

1.

Аlimov X. Tarjimon ruhiyati // Tarjima sanʼati (Maqolalar toʼplami). 6-

kitob. – Toshkent: Gʼafur Gʼulom nomidagi Аdabiyot va sanʼat nashriyoti, 1985. –
258 b.

2.

Ҳамидов Х.Х. Ўзбекчадан туркчага насрий таржима муаммолари. –

Тошкент: ТДШИ, 2014. – 148 б.

3.

Аминова Л. Турк ёзувчиси Я.Камол асарларида бадиий маҳорат

масалалари. – Тошкент, 2003. – 110 б.

4.

Алпомиш. Айтувчи Фозил Йўлдош ўғли. – Тошкент: Шарқ, 1998.

– Б. 274.

5.

Metin Ergün. Dede Korkut Kitabi. – İstanbul: Ebru Yayınları, 1980. –

S.214.

6.

Эшонқулов Ж. Фольклор: Образ ва талқин. – Қарши: Насаф

нашриёти, 1999. – Б. 123.

References

Аlimov X. Tarjimon ruhiyati // Tarjima sanʼati (Maqolalar toʼplami). 6-kitob. – Toshkent: Gʼafur Gʼulom nomidagi Аdabiyot va sanʼat nashriyoti, 1985. – 258 b.

Ҳамидов Х.Х. Ўзбекчадан туркчага насрий таржима муаммо¬ла¬ри. ¬–Тошкент: ТДШИ, 2014. – 148 б.

Аминова Л. Турк ёзувчиси Я.Камол асарларида бадиий маҳорат масалалари. – Тошкент, 2003. – 110 б.

Алпомиш. Айтувчи Фозил Йўлдош ўғли. – Тошкент: Шарқ, 1998. – Б. 274.

Metin Ergün. Dede Korkut Kitabi. – İstanbul: Ebru Yayınları, 1980. – S.214.

Эшонқулов Ж. Фольклор: Образ ва талқин. – Қарши: Насаф нашриёти, 1999. – Б. 123.