“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
565
Iplarning tukdorlik ko‘rsatkichlarini yigirish tizimlari va usullariga
bog‘liqligi
Nishonov Islombek Abdumuxtor o‘g‘li
Farg‘ona davlat texnika universiteti,
“Yengil sanoat texnologiya va jixozlari” kafedra asistenti
nomer: +998 996060072
Annotatsiya
: Ushbu maqolada Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridagi
“Indorama Kokand Tekstil” qo‘shma korxonasida halqali va pnevmomexanik
usullarida, kompakt qayta tarash va oddiy karda kompakt tizimida yigirib olingan
iplardan foydalanildi va ipning tukdorligini yigirish usullari va tizimlariga
bog’liqligini o‘rganildi. Chiziqli zichligi 19,6 (
30
e
N
) kompakt halqali karda
tizimida va qayta tarash tizimida hamda 19,6 teks (
e
N
30 OE) pnevmomexanik
usulda yigirib olingan iplarni ishlab chiqarishda o‘rta tolali paxtaning 4-tip I nav
Qoraqalpoq va Xorazm seleksiya navining “oliy” sinfidan foydalanildi. Pilta, pilik
va ipni notekisligini hamda ipning tukdorligini USTER TESTER 6-S800, ipni
uzulish kuchi, uzulishdagi uzayishi va uzulish vaqti USTER TENSORAPID 4,
ipdagi buramlar soni USTER ZWEIGLE TWIST TESTER 5 asboblarida aniqlandi.
Olingan natijalar Uster Statistik-2018 5% li me’yoriy ko‘rsatkichlari bilan
solishtirilib, ipning tukdorligi yigirish usullari va tizimlariga bog’liqligini tadqiq
etildi. Unga ko’ra iplarning tukdorlik darajasini yigirish tizimi va yigirish usuliga
bog’liqligini ko’rganimizda eng past ko’rsatkich pnevmomexanik ipida bo’lsada,
Uster Statistik 2018 5 % li ko’rsatkichlariga karda kompakt ipi eng yaqin ya’ni 1,36
% ga farq qilishi aniqlandi. Demak, kompakt yigiruv mashinalarida faqat qayta
tarash tizimida emas, balki oddiy karda usulida ham ip yigirilsa olinadigan daromad
yuqoriroq bo’ladi.
Kalit so’zlar
: karda, qayta tarash, kompakt ip, xalqali yigirish,
pnevmomexanik yigirish, tukdorlik, sifat, nisbiy pishiqlik, uster statistik 2018,
notekislik, uzulish kuchi, cho’ziluvchanlik, ingichka joylar soni, qalin joylar soni,
nuqsonlar.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
566
I. Kirish
Bugungi kunda yurtimizda to‘qimachilik sanoati ravnaqi uchun barcha
sharoitlar – xom-ashyo zahiralari, mehnat resurslari mavjud bo‘lib, eng ilg‘or
texnologiyalar bo‘yicha ishlaydigan uskunalar bilan jihozlanmoqda. Respublikada
yetishtiriladigan paxta tolasidan tayyor mahsulotlar ishlab chiqaruvchi qator
qo‘shma va xususiy korxonalarning faoliyati boshlanishi bilan eksportbop
to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi ortdi. 2022-yilga qadar yurtimizda
yetishtiriladigan paxta tolasining 100%ini (1 mln. tonna tola) O‘zbekiston
korxonalarida qayta ishlanishi bilan birgalikda qo’shimcha 300 ming tonna
kimyoviy tola sotib olinishi ham rejalashtirilgan. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishda xom-
ashyoga bo‘lgan munosabat tubdan o‘zgardi. Mahalliy xom-ashyolar paxta, ipak,
kanop va boshqalarni qayta ishlab raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish,
mahsulotlarni import qilishni kamaytirib, eksport qilishni ko‘paytirish, jahon
bozoriga haridorgir mahsulotlarni taklif qilish kabi muhim vazifalar bajarilmoqda.
Bozor munosabatlarida ishlab chiqarish omborlari asosan xom-ashyoni mumkin
qadar ko‘proq turlarini qamrab olib xaridorlar ehtiyojlarini ularning talablari asosida
mahsulot ishlab chiqarishga xizmat qilishi lozim. Shunday qilib, bozor munosabatlari
talablari raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish uchun xom-ashyo zahiralariga
ega bo‘lishni taqazo etadi.
Bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-noyabrdagi
PQ-4408-sonli “Paxtachilik tarmog’ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish
chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori muhim omil bo’lib xizmat qilmoqda [1]. Ushbu
maqolada tadqiq qilinayotgan ishlar Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyevni
to’qimachilik tarmog’iga oid qarorini ta’minlash maqsadida hamda sifatli ip ishlab
chiqarishda ipning tukdorlik ko’rsatkichlarini ahamiyati ochib berish ko’zda tutilgan.
Bizga ma’lumki, ipning muhim xususiyatlaridan biri tuklilikdir. Quyidagi 1-rasmda
ipdagi tukdorlikni tasvirlangan.
1-rasm. Ip tukdorligi
Tuklar odatda standart og‘ish bilan aniqlanadi, CV (%) ga o‘xshash
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
567
[2].
Umuman olganda, iplardagi uzun tuklar keyingi jarayonlarda sezilarli darajada
halaqit qiladi, qo'shimcha xarajatlar kelib chiqadi va to'qimachilik mahsuloti
ko'rinishini va amaliy xususiyatlarini pasaytiradi.
2-rasm. Ip o’zagi bo’ylab 2mm gacha yopishgan tola o'rtasidagi munosabat
(Ne=30).
2 mm dan kattaroq tuklar keyingi jarayonlarda halaqit qilishi mumkin. Demak,
kerakli va halaqit qiluvchi tukdorlik o'rtasida asosiy farqni talab qilsa, yetarli
darajada o'lchash usuli bu farqni aniqlik va ishonchlilik bilan ifodalashi kerak [3].
II. Sinov o’tkazish usuli va vositasi
Hozirgi kunda tukdorlikni aniqlashda ishlatiladigan uch xil o'lchov asboblari
mavjud:
1. Uster Tester 6 tukdorlik moduli.
2. G 566 m/s tukdorlikni tekshirgich.
3. Zweigle laserspot LST-III m/s. Keisokki [3].
Maqolaga tegishli bo’lgan tadqiqot ishini o’tkazishda “Indorama Kokand
Tekstil” korxonasi laboratoriyasida mavjud bo’lgan Uster firmasi jihozlaridan
foydalanib, tajriba uchun olingan iplarning nomeri, buramlar soni, notekisligi va
tukdorligi kabi xossalarini o’rganildi. Ipni massa va nomerini o‘zgarishi, ingichka
va qalin joylar, nepslar anchagina ipni sifati va sotish narxiga ta’sir etadi. Shu sababli
bu ko’rsatkichlarni o’rganish, tekshirish va oldini olish muhim hisoblanadi.
Quyida Uster firmasining ipning tukdorligini va nuqsonlarini aniqlash jihozi
tuzilishi hamda ishlash prinsipi keltirildi.
USTER TESTER 6 – S 800 yakka ipni sifatini nazorat qiluvchi zaruriy asbob
bo‘lib, bugungi kunda eng aniq standartlarni ma’nodosh so‘zi bo‘lib qolgan.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
568
Tekislik bo‘yicha hatto kichkina og‘ish ham yakka iplarda katta ahamiyatga egadir
va bunda daromadli va daromadsiz ishlab chiqarishlardagi farq namoyon bo‘ladi.
Hajmli o‘lchovlar spektogrammasi yigirish mashinasida va yigirish texnologik
jarayondagi davriy nosozliklarni bir onda ko‘rish imkonini beradi. Mexanik pishitish
qurilmasi tufayli 800 m/min tezlikdagi tekshirishni takroriyligi ta’minlanadi [4].
USTER TESTER 6 – S 800 jihozi ipning va yarim mahsulotni quyidagi sifat
ko‘rsatkichlarini aniqlaydi:
1. Notekislik (USTER,%)
2. Notekislik bo‘yicha o‘zgarish koeffitsiyentini (CV, %)
3. Ingichka joylar soni (Thin/1000 m)
4. Qalin joylar soni (Thick/1000 m)
5. Tugunchaklar soni (Neps/1000 m)
6. Tukdorlik (H, Hairiness)
3-rasm. USTER TESTER 6-S800
Mashinaning ta’minlash qismiga o’rnatilgan bobina yoki naychadagi
iplarni jihozning optik nazorat qismidan o’tkaziladi. Dastlab, HL (tuk uzunligi)
nazorat datchigidan o’tadi va ipning tukdorlik miqdori aniqlanadi. Undan keyin
qolgan 3 ta nazorat datchigidan (OH, OI, OM dan) o’tkazilib, ip, pilta va pilikning
notekisliklari aniqlanadi. Bu jihoz sensorli tizimda ishlaydi va yuqori aniqlik
darajasiga ega. Jihozda ip xossalarini aniqlash uchun 400 m namuna olinadi [5].
Natijalarni tahlil qilish uchun jihozning printeridan foydalanib, umumiy sinov
natijalarini yoki yakka sinov natijalarini chiqarib olib tahlil qilish mumkin.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
569
III. Natijalar
“Indorama Kokаnd Tekstil” korxonasidan tadqiqot uchun olingan iplarning
ko’rsatkichlari tukdorlik darajasi bo’yicha Uster Statistik 2018 5% li
ko’rsatkichlariga solishtirilganda (N
e
=30) qayta tarash kompakt ipi 21,3 % ga,
(N
e
=30) oddiy karda kompakt ipida 1,36 % ga karda pnevmomexanik ipida esa 23,3
% ga yuqoriligini ko’riladi. Shu o’rinda natijalarni tahlil qiladigan bo’lsak, tadqiqot
uchun olingan iplar orasida oddiy karda kompakt ipi tukdorlik ko’rsatkichi bo’yicha
eng past ekanligi va deyarli karda kompakt ipi uchun Uster statistik 2018 5 % li
ko’rsatkichlariga mos ekanligini ko’rishimiz mumkin bo’ladi.
Quyidagi jadvalda “Indorama Kokand Tekstil” korxonasidan olingan iplarning
ko’rsatkichlarini Uster statistik 2018 5 % li ko’rsatkichlariga taqqoslanganini ko’rish
mumkin.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
570
“Indorama Kokand Tekstil” korxonasidan olingan iplarning
ko’rsatkichlari
№
Ko‘rsatkichlar nomi
Uster
statistik
2018
qayta
tarash
ipi
uchun
Kompakt
qayta
tarash
yigiruv
korxona
natijasi
Uster
statistik
2018
oddiy
karda ipi
uchun
Oddiy
karda
kompakt
yigiruv
korxona
natijasi
Uster
statistik
2018
Pnevmo
mexanik
yigiruv
Karda
pnevmo
mexanik
yigiruv
korxona
natijasi
N
e
=30
N
e
=30
N
e
=30
N
e
=30
N
e
=30
OE
N
e
=30O
E
1
Chiziqli zichligi, teks
19,6
19,6
19,6
19,6
19,6
19,6
2
Chiziqli zichligi
bo‘yicha notekisligi,
U%
8,53
9,1
10,52
12,06
11,0
12,48
3
Chiziqli zichligi
bo‘yicha variatsiya
koeffitsiyenti, CV%
11,01
11,45
13,12
15,45
13,77
15,71
4
Uzilish kuchi (Forse),
sN
431
420,9
375
342,8
250
249,4
5
Uzulish kuchi
bo‘yicha variatsiya
koeffitsiyenti, CV%
5,8
6,87
7,1
8,93
7,0
9,38
6
Nisbiy pishiqligi,
(Rkm) sN/teks
21,8
21,38
18,9
17,49
12,8
12,67
7
Nisbiy pishiqligi
bo‘yicha variatsiya
koeffitsiyenti, CV%
6,1
6,67
6,3
8,93
6,0
9,39
8
Uzulishdagi
cho‘zuluvchanlik
(Elongation) %
6,4
5,02
6,5
3,52
7,4
3,63
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
571
9
Ingichka joylar soni
(Thin -50% /km)
0
9
3
238
9
80,3
1
0
Qalin joylar soni
(Thick+50% /km)
6
16
50
161
43
106,5
1
1
Tugunchaklar soni
(Neps200 /km)
17
24
115
163
9
402,8
1
2
Tukdorlik
ko‘rsatkichi, H
3,8
4,61
4,4
4,46
3,6
4,44
5% li Uster Statistik 2018 ko’rsatkichlari
“Indorama
Kokаnd
Tekstil”
ko’rsatkichlari
Ряд1; 1; 3,8
Ряд1; 2; 4,4
Ряд1; 3; 3,6
Ряд2; 1; 4,61
Ряд2; 2; 4,46
Ряд2; 3; 4,44
Iplarning tukdorligi
(N
e
=30) qayta tarash kompakt ipi uchun Uster Statistik 2018
ko’rsatkichlari
(N
e
=30) qayta tarash kompakt ipi “Indorama Kokаnd Tekstil” ko’rsatkichlari
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
572
IV. Xulosalar
1. Ushbu maqolada sinov uchun turli yigirish usullari va tizimlarida bir xil
nomerdagi (N
e
=30) iplar korxona sharoitida yigirib olindi.
2. Yuqoridagi sinov ishlarida iplarning sifat ko’rsatkichlari tadqiq etilib,
iplarning tukdorlik ko’rsatkichlarini aniqlashda “Indorama Kokаnd Tekstil”
korxonasidagi Uster Tester 6 jihozidan foydalanildi. Natijalarni jadvallar va
diagrammalar ko’rinishida taqdim etildi.
(N
e
=30) karda kompakt ipi uchun 5 % li Uster Statistik 2018 ko’rsatkichlari
(N
e
=30) karda kompakt ipi “Indorama Kokаnd Tekstil” ko’rsatkichlari
(N
e
=30) karda pnevmomexanik ipi uchun 5 % li Uster Statistik 2018
ko’rsatkichlari
(N
e
=30) karda pnevmomexanik ipi “Indorama Kokаnd Tekstil”
ko’rsatkichlari
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
573
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4408-sonli “Paxtachilik
tarmog’ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari
to’g’risida”gi qarori// 2017-yil 28-noyabr.
2. Carvalho V., Cardoso P., Belsley M // University of Minho// Campus de
Azurem// Portugal, 2006.
3. www.suessen.com
4. G‘afurov Q.G’, Fayzullayev Sh.R., G‘afurov J.Q «Texnika va texnologiya
yangiliklari» leksiyalar kursi – 5320900 - Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini
ishlash va texnologiyasi yo‘nalishidagi talabalar uchun, 2016.
5. www.uster.com
6. Uster Statistics 2018 ma’lumotlari.
