“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
636
Charm poyabzal chiqindilaridan samarali foydalanish usullari.
Методы эффективного использования отходов кожаной обуви.
Methods for effective use of leather shoe waste.
Namangan davlat texnika universiteti
PhD. dot A.O.Xomidjonov
Namangan davlat texnika universiteti
tayanch doktorant M.A.Jumayeva
Annotatsiya:
Charm-poyabzal sanoati mahalliy xomashyo - hayvonlar
terisidan yumshoq va qattiq charm, tabiiy va sun’iy charmdan poyabzal, shuningdek,
telpak, ot-ulov asboblari, attorlik buyumlari, to‘qimachilik va boshqa mashina uchun
detallar ishlab chiqaradi. Charm sanoati O‘zbekistonda hunarmandchilikning
qadimiy turi sifatida mavjud. Toshkent, Samarqand, Buxoro, Qo‘qon shaharlarida,
Xorazmda yuzlarcha ko‘nchilik do‘konlari bo‘lib, ularda teridan turli nav charmlar
tayyorlangan.
Kalit so‘zlar:
charm, teri, charm chiqindilar, to‘qimachilik - tolalar, poyabzal,
pardozlash, xayvon terilari, galanteriya buyumlari.
Ko‘nchilik korxonalari ustki kiyim, poyabzal, galanteriya buyumlari (sumka,
belbog') tikish uchun material sifatida, mebel, avtomobil o‘rindiqlarini qoplash,
jabduqlar va jihozlar uchun, shuningdek, mashina qismlari va texnik maqsadlarda
ishlatiladigan charm ishlab chiqarish bilan shug'ullanadi. Teri xomashyosi asosan
sigir, buzoq va choʻchqa terilari, shuningdek, echki, qoʻy va ot terilari hisoblanadi.
Ishlab chiqarish ustaxonalarida terini ko‘p bosqichli ketma-ket qayta ishlash amalga
oshiriladi, bu sochlarni olish, strukturani ajratish, to‘gridan-to‘g'ri ko‘nchilik,
barabanni bo‘yash va keyingi bir qator pardozlash jarayonlari va operatsiyalaridan
iborat.
Eng yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan haqiqiy charm assortimenti,
shuningdek uni ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan xom ashyoning qisqacha
tavsifi, 1-jadvalda keltirilgan.
Poyabzal korxonalardan chiqayotgan charm chiqndilarini o‘rganish.
Ushbu maqolada Farg‘ona shahridagi “Uzsalaman” QK hamda “Kamron
shoes”poyabzal ishlab chiqaruvchi korxonalari misolida ulardan chiqadigan
chiqindilari va ulardan foydalanishning yo‘nalishlari muhokama qilinadi. Teri
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
637
ishlab chiqarish chiqindilaridan foydalanish muammosi tahlil qilinib, chiqindilar
turlari ko‘rib chiqildi. Ishda dunyoda qo‘llanilayotgan charm buyum
ishlabvchiqaruchi korxonalari chiqindilarini qayta ishlashning mashhur usullari va
texnologiyalari tizimlashtirilgan. Chiqindilarni ishlatishning asosiy yo‘nalishlari
aniqlandi: tolali tuzilmani saqlash, kollagen molekulalarini saqlash va kollagenni
turli usullar bilan to‘liq yoki qisman parchalash. Bu sanab o‘tilgan usullarni
tanlanmagan teri chiqindilariga ham qo‘llash mumkinligi ko‘rsatilgan. Yuqoridagi
korxonalarda o‘rganishlar natijasida yiliga 30-35 ming to‘nna charm qoldiq
chiqindilarini chiqishini aniqladik.
1-rasm. Texnologik jarayonlardagi chiqayotgan charm chiqindilari
namunalari.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
638
2-rasm. Texnologik jarayonlardagi chiqayotgan charm namunalari.
Poyabzal chiqindilariga yelim, kauchuk, plastiklarga ajratiladi. Bunda Granulatsiya
va qayta plastifikatsiya texnologiyasini qo‘llash orqali foydali holatga o‘tkazishimiz
mumkin. Bunda quyidagi jarayonlar olib boriladi, chiqindilarni ajratish va
tasniflash, yuvish va quritish, maydalash (shrederlar yordamida), ekstruziya yo‘li
bilan granula olish. Ushbu texnologiyani mohiyati shundaki 400–800°C da
chiqindilar kislorodsiz muhitda parchalanadi. Bunda piroliz moyi va gaz va uglerod
qoldiqlari hosil bo‘ladi. Ushbu texnalogiyadan foydalanishning afzalligi shundaki,
atmosferaga zararli chiqindilarning kamayishi va plastmassalardan energiya olish
imkoniyatini beradi. Materialning tuzilishiga chuqur integratsiyalashgan yuqori
texnologiyali jarayonlardan foydalanish katta energiya xarajatlarini talab qilishi
ko‘rsatilgan, ammo bu jarayonlar charm sanoati korxonalarida amalga oshirilishi
mumkin. Kamroq energiya sarflaydigan jarayonlar, jumladan, mahsulotni
maydalash va uni turli mahsulotlarda, masalan, qurilish materiallari, teriga o‘xshash
materiallarda bezak dettalar sifatida ishlatish va tikuvchilik korxonalriga ilmiy
loyiha sifatida sotish uchun eng maqbul variantlardir.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
639
Qayta ishlash usullari bilan bir qatorda texnologik jarayonlar natijasida olingan
mahsulotlardan foydalanish sohalari aniqlanadi. Ushu qoldiq chiqindilarni ustki
kiyim uchun bezak va erkaklar va ayollar bosh kiyimlarida bezak detallar va yeng
detallari vazifasini bajarish qo‘llanilishini va resurs tejamkor texnologiyasini ishlab
chiqishni taklif etamiz.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.
Данзангийн Эрдэнэбат. Вооружение, одежда, кожаные шлемы и доспехи
монголов периода империи чингисидов. Диссертация. Улан-Удэ, 2015. 206
стр.
2.
Abdullajonova N.G., Mavlyanov S.M., Abdullayev Sh.V., Dalimov D.N.
Kolorimetricheskiy metod opredeleniya gidrolizuyemыx dubilnыx veщyestv //
Dokl. AN RUz. Tashkent, 2000, № 10.
3.
Дильдабеков Д.С. Применение маскирующих веществ при выработке кож
для низа обуви с использованием комплексных минеральных дубителей.
Автореферат дис. канд. техн. наук, Тараз. 1997.- 50с.
4.
I.A.Eromina, R.A.Ivanova “Texnicheskiy analiz i kontrol kojevennogo
proizvodstva” M,Legprombыtizdat, 1989
5.
Mirboboeva, G., Isroilova, N., & Rakhmonova, M. (2024). A COMPARATIVE
ANALYSIS OF FLAX FIBRE FOR INDUSTRIAL APPLICATIONS. Western
European Journal of Modern Experiments and Scientific Methods, 2(10), 11-16.
6.
Tursumatova, S., Tursunov, D., & Isroilova, N. (2023). Research on the
Production of Special Clothing for Car Repair Workers, Taking into Account
Human Ergonomic Characteristics. Eurasian Research Bulletin, 17, 204-209.
