“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
631
UDK: 916; 796.5
SURXONDARYO VILOYATIDAGI SPORT VA EKOTURISTIK
MASKANLAR
Hamrayeva Dilbar Hamza qizi
Termiz davlat pedagogika instituti talabasi.
@hamrayevadilbar0707@gmail.com
Annostatsiya:
Ushbu maqolada Surxondaryo viloyatidagi sport turizmi va
ekoturistik maskanlar haqida maʼlumotlar berilgan. Viloyatda sport turizmi va
ekoturizmning rivojlanish yo‘nalishlari tahlil qilingan. Muallif tomonidan mazkur
maqolada viloyatdagi sport turizmi va ekoturizm maskanlarini rivojlantirish
boʼyicha bir qancha takliflar berilgan.
Kalit so’zlar:
turizm, sport turizmi, ekoturizm, Sangardak sharsharasi,
ekoturistik rayonlashtirish, Teshik-tosh gʻori‚ ekoturistik maskanlar.
Kirish:
Odamlar dunyoning boshqa mamlakatlarga aniq maqsadlar
bilan sayohat qilishi qadim zamonlardan ma‘lum boʻlib, bu orqali millatlar va
davlatlarni bir-biriga yaqinlashtiruvchi ko‘prik vazifasini bajaradi. Insoniyat tarixi
davomida sayohatlar, yangi hududlarni o‘rganish, kashfiyotlar, madaniy aloqalar,
xalqlarning rivojlanishiga katta hissa qoʻshgan. Turizm insonlarni o‘zaro
birlashtiribgina qolmay, turli millat vakillarining hayot tarzi, urf odatlari,
madaniyati, sanʼati bilan tanishtiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillikka erishgach turizm sohasida muhim
o‘zgarishlar ro‘y berdi. Mamlakatimizda turizmning bir qancha yo’nalishlarini
rivojlantirish salohiyati mavjud bo’lib, sohalarni modernizatsiyalash orqali turistlar
salmog’ini oshirish mumkin.
Bizga ma’lumki, sport turizmi turizm sohasining asosiy yo‘nalishlaridan biri.
Prezidentimizning 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6099-sonli “Sogʻlom turmush tarzini
keng tadbiq etish va ommaviy sportni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoni
1
e’lon qilingan bo‘lib, ushbu farmon ijrosi shuni koʻrsatdiki aholi
salomatligini mustahkamlash, yosh avlodning sogʻlom va barkamol boʻlib voyaga
yetishini taʼminlash davlat siyosati darajasiga koʻtarilganligidan dalolat beradi.
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6099-son Farmoni.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
632
Sport va turizmning birlashuvi yangi yo‘nalish tarzida sport turizmiga
birlashadi.
Sport turizmi
-sport o‘yinlariga va sport musobaqalari o‘tkaziladigan
mintaqaga yoki mamlakatlarga sportchilar bilan birgalikda tashrifi demakdir. Sport
turizmi tarixan Sobiq Ittifoq davlatlarida yaxshi rivojlangan bo‘lib, hozirgi paytda
turizmning bu tarmogʻi katta daromad manbai sifatida tez o‘sib bormoqda. Sport
turizmi-sport turlari bilan bogʻliq holda rivojlangan. Sport turizmining turlariga
quyidagilar kiradi:
-piyoda yurish;
-changʻi turizmi;
-togʻ turizmi;
-suv turizmi;
-transport vositalari turizmi;
-speloturizm;
-yelkanli turizm;
-mototsikl turizmi va boshqa turlarga boʼlinishi mumkin.
O‘zbekistonning qulay iqlim sharoitlari va oʼziga xos landshaftini
hisobga olsak sport va ekoturizmning rivojlanishi uchun barcha sharoitlar mavjud.
Surxondaryo viloyatining ko‘plab tog‘ tizmalari daraxtzorlar va togʻ daryolariga
boy. Tog‘larning toza havosi quyoshli kunlarning ko‘pligi turistlarning tashrif
buyuruvchi obyektlarga aylantirish imkoni mavjud. Tog‘ning baland qalin qorli
qismlarida alpinizm, daryo turizmi kabi turli sport turizmini amalga oshirish
imkonini beradi. Toshkent viloyatida joylashgan Chimyon sport dam olish
majmuasini Surxondaryo viloyatining tog‘li mintaqalarida ham tashkil etish
mumkin. Surxon daryosi va Oqtepa suv havzasida suv sport turlari uchun mos joy.
Bu joylarda qayiqlarda suzish, baliq ovlash va dam olish zonalarini tashkil etsa
boʼladi. Viloyatning togʻli hududlari-Boysun va Hisor tizmalari sport turizmining
turlari yo‘nalishlarini tashkil etish, sayyohlar va sport ixlosmandlari uchun katta
qiziqish uygʻotadi.
Bulardan tashqari Surxondaryo viloyatida sportning milliy kurash,
piyoda yurish, veloturizm, ot sporti turizmlarini yanada rivojlantirish toʻgʻrisida
qonun va qarorlar ishlab chiqilmoqda. Surxondaryo viloyati tog‘ turizmi va
ekoturizmni rivojlantirish uchun yetarli salohiyat mavjud. Viloyatda tabiiy
landshaftining betakrorligini koʼrsatadigan g‘orlar, massivlar, sharsharalar va
daralarni ko‘rish mumkin. Bu joylar turistlar va sarguzasht izlovchilarning katta
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
633
eʼtiborini tortadi. Vohamizning noyob va shifobaxsh o‘simliklarning ko‘pligi
ularning inson salomatligiga taʼsiri ko‘plab sayyohlar va chet ellik turistlar orasida
qiziqish uygʻotadi.
O‘zbekiston hududini ekoturistik rayonlashtirilganda Surxondaryo viloyatining
Hisor rayonidagi “Hisor davlat qoʻriqxonasi” va Ko‘hitang tog‘li hududida “Surxon
davlat qo‘riqxonasi” kabi ekoturistik maskanlar mavjud. Surxon davlat qo‘riqxonasi
O‘zbekistonning eng qadimiy qo‘riqxonalaridan biri bo‘lib, bu yerda kamayib
borayotgan hayvonlar va o‘simlik turlari himoyalanadi [4; 181-bet].
Ekoturizm
-nafaqat maʼmuriy-manaviy maqsadlarni ko‘zlagan holda
betakror tabiiy hududlarga, ularning hayvonot va oʻsimlik dunyosiga sayohat, balki
ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni amalga oshirilishi yordamida ekologik muammolarni
hal qilish bilan bir-biriga bog‘liq majmualar yig‘indisini tushunamiz [3; 35-bet].
Surxondaryo viloyatida ekoturizmni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar,
imkoniyatlar katta. Ekoturni yilning barcha fasllarida o‘tkazish va uni tarixiy, diniy
turizm bilan qo‘shib olib borish mumkin. Ekoturistlar uchun qiziqarli boʻlgan
obyektlar, alohida muhofazaga olingan hududlar tabiat taʼsiri natijasida yuzaga
kelgan g‘aroyib landshaft zonalari ham uchraydigan va kamayib borayotgan
o‘simlik va hayvonot olami, tarixiy yodgorliklar ekoturizmni rivojlantirishning
muhim asosi hisoblanadi. Viloyatda ekoturizmni rivojlantirishda ko‘plab samarali
ishlar olib borilmoqda. Ekoturizm uchun asos bo‘ladigan noyob tabiiy resurslar
mavjud boʼlib, ularning ayrimlari haqida maʼlumot berib oʼtaman.
Boysun togʼlari.
Bu hudud tabiatining qizil kitobga kiritilgan ko‘plab
o‘simlik va hayvon turlari bilan mashhur. Boysunning marmar qoyalari bag‘rida
Teshik-tosh deb nomlangan katta teshigi bor ulkan tosh mavjud. Bu joyda 9 yoshli
Neandertal bola va qadimgi hayvonlarning qoldiqlari topilgani bilan ham mashhur.
Bugungi kunda Teshik-tosh Oʼzbekistonning noyob arxeologik qoʼriqxonalaridan
biridir. Anʼanaviy tarzda o‘tkaziladigan xalqaro ochiq folklor festivali ham aynan
shu hududda o‘tkaziladi. Bundan tashqari tog‘ yurishlari va chodir tikib dam olish
uchun ham ajoyib joydir.
Surxondaryo mo‘jizasi bo‘lmish Sangardak sharsharasi qadimdan odamlarni
o‘ziga rom qilib kelayotgan so‘lim maskanlardan biri hisoblanadi. Sangardak
sharsharasi O‘zbekistonning Tojikiston bilan chegaradosh Sariosiyo tumanida
joylashgan. Bu tabiatning bebaho inʼomidir. Uning tiniq suvlari togʻlardagi daralar
orasidan jaranglab tushadi. Yozning issiq kunlarida bu yerda salqinlik hukm suradi.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
634
Bu yerda nafaqat mahalliy aholi balki turli viloyatlardan kelgan sayyohlar uchun
ham chinakam dam olish maskaniga aylangan. Bugun bu yerda yo‘lakchalar, dam
olish joylari, sayyohlar uchun qulay sharoitlar yaratilmoqda. Atrofdagi qoyalarga
urilib 60-70 metr, bahor oylarida 100 metrgacha boʻlgan balandlikdan oqadigan
tabiatning fusunkor mo‘jizasi ko‘zni quvontiradi.
Surxondaryo viloyati tabiiy va madaniy boyliklari bilan sport turizmi
uchun katta imkoniyatlarni taqdim etadi. Tog‘lar, g‘orlar va daryolar bu hududni
nafaqat jismoniy faollik uchun, balki sarguzasht izlovchilar uchun ham jozibador
qiladi. Agar to‘g‘ri boshqaruv va infratuzilma yaratilsa, Surxondaryo viloyati
nafaqat O‘zbekiston, balki Markaziy Osiyo sport turizmi markazlaridan biriga
aylanishi mumkin. Ekoturistlar bu joyda tabiatni tomosha qilish va ekologik taʼlim
olish imkoniga ega.
Surxondaryo viloyatida ekoturizmni rivojlantirish orqali quyidagilar o‘zgarishi
kuzatiladi:
1. Tabiatni muhofaza qilish. Noyob tabiiy boyliklar himoya qilinadi va kelajak
avlodga yetkaziladi;
2. Mahalliy iqtisodiy rivoji. Mahalliy aholining daromadi oshadi va ularning
turmush darajasini yaxshilashga xizmat qiladi;
3. Xalqaro eʼtiborni jalb qilish. Ekoturizm Surxondaryoni xalqaro xaritasida
taniqli joyga aylantiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6099-
son Farmoni.
2.Usmonov M.R. “Turizm geografiyasi”. Samarqand, “SamDU” nashriyoti
– 2020. 281 bet.
3.Tuxliyev I.S., Hayitboyev R., Safarov B.SH., Tursunova G.R. “Turizm
asoslari”. Toshkent, “Fan va texnologiya” -2014. 332 bet.
4.Mirzayev M. A., Aliyev M.T. “Turizm asoslari”. Toshkent, “O‘zbekiston
faylasuflari milliy jamiyati” nashriyoti -2011. 288 bet.
5.Hamrayev H.R. “Turizmologiya”. Buxoro, “Kamolot” nashriyoti-2023. 236
bet.
6. Abdimo‘minov T.A., & Xoliyorov H.O. (2024). Vaxshivor hududida
turizmni rivojlantirish masalalari. Экономика и социум, (5-2 (120)), 12-14.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
635
7. Abdimo‘minov T.A., Toshpo‘latov Sh.M., & Cho‘liboyev I.I. (2022).
Tarixiy va madaniy obyektlarning turistik imkoniyatlari (jarqo‘rgʻon minorasi
misolida). Экономика и социум, (12-1 (103)), 14-18.
8. Abdimo‘minov T.A., & Xoliqov X.I. (2024). O‘zbekistonda ziyorat
turizimini rivojlantirishning iqtisodiy geografik xususiyatlari. Экономика и
социум, (5-2 (120)), 6-11.
9.
Hamrayeva D.X. Turizmni o‘rganishning ilmiy va nazariy jihatlari.
Экономика и социум,
№3(106)-1 2023
