“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 07, 2025. JULY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
62
Oson matn nima?
Arziyeva Nargiza DTYU kutubxonachisi
Annotatsiya
Ushbu maqolada O‘zbekistonda yaqindan joriy etilgan “oson matn”
tushunchasi, uning kelib chiqishi, maqsadi va amaliy ahamiyati yoritilgan. Oson
matn – bu aqliy rivojlanishda o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan insonlar uchun
mo‘ljallangan, tushunilishi oson, soddalashtirilgan matn shaklidir. Maqolada
Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan qabul qilingan Nogironlar huquqlari
to‘g‘risidagi konvensiyaning qabul qilinishi va O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya
qilinishi bu matn turining joriy etilishida asosiy omil bo‘lgani ta’kidlanadi.
Shuningdek, “Sharoitplus” nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan “Huquqplus”
loyihasi doirasida oson matn formatida qonuniy hujjatlar tayyorlanib, nogironligi
bor insonlarga huquqiy axborotga erkin kirish imkonini berayotgan tajriba ham
yoritilgan. Maqola oson matn formatining nafaqat huquqiy, balki ta’limiy va
ijtimoiy sohalarda keng qo‘llanilishi zarurligini asoslaydi va bu yo‘nalishda
nashriyotlar, kutubxonalar va ilmiy muassasalarning faol ishtirokini targ‘ib etadi.
Kalit so’zlar:
Oson matn, aqliy rivojlanishdagi o‘zgacha xususiyatga ega
bo‘lgan insonlar, nogironlar huquqlari, BMT konvensiyasi, huquqiy axborot,
Sharoitplus, Huquqplus loyihasi, inkluziv ta’lim, axborotga teng imkon,
soddalashtirilgan matn, O‘zbekiston qonunchiligi.
Oson matn tushunchasi bu O’zbekistonga yangi kirib kelgan matn turi
hisoblanadi. Ho ‘sh oson matn tushunchasi O‘zbekistonga qayerdan kirib keldi? Biz
bilamizki Yer yuzida turli insonlar mavjud. Ular orasida nogironligi bor insonlar
ham kam emas. Ana shunday insonlarning huquqlarini himoya qilish maqsadida
2006-yil 13-dekabrda Birlashgan Millatlar tashkiloti tomonidan Nogironlar
huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya ishlab chiqildi
va
2007-yilning 30-martida
imzolandi.Konvensiya rasman qabul qilinganidan keyin uni ilk bor 20ta davlat
radifikatsiya qildi.Shundan so‘ng 2008-yil 3-mayida Konvensiya rasman kuchga
kirdi.Keyinchalik esa Konvensiyani 184 ta davlat va 2010-yil 23-dekabirida
Yevropa Ittifoqi Konvensiyani radifikatsiya qildi.
O‘zbekiston Respublikasi ham o‘zining insonparvarlik, mehr-oqibat
g‘oyalaridan kelib chiqqan holda 2021
-yil 7-iyun kuni “Nogironlar huquqlari
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 07, 2025. JULY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
63
to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyani ratifikatsiya qilish haqida”gi qonunni tasdiqladi
va bu qonun shu yilning 28-iyulidan boshlab kuchga kirdi. Konvensiyaga ko‘ra endi
O‘zbekistonda yashovchi barcha turdagi nogironligi bor insonlarning huquqlarini
himoya qilish va ularga kerakli qulay sharoitlarni yaratishni davlat o‘z zimmasiga
oldi.
Radifikatsiya qilingan ana shu Konvensiyada barcha nogironligi bor insonlar
singari aqliy rivojlanishda o‘zgacha hususiyatga ega bo ‘lgan insonlarning o‘qishi,
ishlashi va yashashi uchun ham kerakli sharoitlarni yaratish ko‘zda tutilgan edi.Oson
matn esa mana shunday aqliy rivojlanishda o‘zgacha hususiyatga ega bo‘lgan
insonlar uchun ishlab chiqilgan matn turi hisoblanadi. Oson matn orqali qonunlar,
xabarlar, ma’lumotlarni sodda tilda aqliy rivojlanishda o‘zgacha xususiyatga ega
bo‘lgan insonlarga tushintirish mumkin.Oson matnning shrifti odatiy shriftdan
kattaroq va burchaklarsiz matn turida yozilgan bo‘lishi kerak. Oson matn nafaqat
matndan balki tasavvur qilish oson bo‘lishi uchun rasmlardan ham iborat
bo‘ladi.Misol tariqasida hozir biz siz bilan kichik namuna ko‘rib chiqamiz.
1.Odatiy matn formati:
“
O‘zbekiston Respublikasida davlat hisobidan bepul yuridik xizmat
ko‘rsatish
bu
fuqarolarning
konsitutsiyaviy
huquqi
hisoblanib,
Konsitutsiyamizning 29-moddasida
har kimga malakali yuridik yordam olish
huquqi kafolatlanishi va qonunda nazarda tutilgan hollarda yuridik yordam davlat
hisobidan ko‘rsatilishi mustahkamlab qo‘yilgan”-
bu biz bilgan odatiy matn formati.
2.Oson matn formati:
Konstitutsiyaga ko‘ra sen barcha insonlar kabi sifatli huquqiy
yordam olishing mumkin.
Kanstitutsiyada ko‘rsatilgan vaziyatlarda sen bepul huquqiy
yordam olishing mumkin.
Ko‘rib turganingizdek oson matn formati qisqa va tushinish
uchun juda qulay.Bu qulaylik esa aqliy rivojlanishda o‘zgacha
hususiyatga ega bo‘lgan insonlarning bilim olishlariga yordam beradi.
Bu matn formatidan ilk bor O’zbekistonda Sharoitplus Nodavlat Notijorat
Tashkiloti o‘zining huquqplus loyihasida foydalandi. Bu loyiha doirasida chet el
oson matn qoidalaridan va O ‘zbekistondagi aqliy rivojlanishda o‘zgacha
hususiyatga ega bo‘lgan insonlar imkoniyatlari o‘rganilgan holda oson matnning
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 07, 2025. JULY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
64
yangi qoidalari ishlab chiqildi. Bu qoidalar asosida nogironligi bor insonlar uchun
qabul qilingan 80 ga yaqin qonunlar oson matn formatida tayyorlanib, huquqplus.uz
sayti orqali foydalanuvchilarga taqdim etildi.
Biz o‘ylaymizki,
aqliy rivojlanishda o‘zgacha hususiyatga ega bo‘lgan insonlar
uchun ishlab chiqilgan oson matnlar faqatgina shu huquqiy maqolalar bilan to‘xtab
qolmaydi.Kelgusida maktab yoshidagi va kattalar uchun qiziqarli bo‘lgan
ma’lumotlar, kitobchalar, qo‘llanmalar ham aqliy rivojlanishda o‘zgacha
hususiyatga ega bo‘lgan insonlar uchun oson matn formatida tayyorlanadi.Bunday
savobli ishga nashriyotlar, kutubxonalar, universitetlar ham jonbozlik ko‘rsatishlari
kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. BMTning 2006-yil 13-dekabrda qabul qilingan, 2008-yil 3-maydan kuchga
kirgan Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi:
Rasmiy manba havolasi:
https://www.un.org/development/desa/disabilities/convention-on-the-rights-
of-persons-with-disabilities.html
2. 2021-yil 7-iyun kuni tasdiqlangan, 28-iyuldan kuchga kirgan O‘zbekiston
Respublikasining Konvensiyani ratifikatsiya qilishi:
Manba uchun manzillar:
lex.uz, parlament.uz kabi rasmiy saytlar.
3. Web: https://huquqplus.uz (https://huquqplus.uz/) – bu yerda oson matnda
qonuniy hujjatlar taqdim etilgan.
