“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 07, 2025. JULY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
28
UDK 621.315.66
Kuchlanishi 0,4…10 kV bo’lgan yuqori voltli elektr uzatish tarmoq
tayanchlari uchun stendli qolipsiz quyilgan temirbeton ustunlar
Shamansurova Zulayxo Pulatovna
, doktorant PhD,
E.mail: sh.zulayxo@mail.ru
Toshkent arxitektura qurilish universiteti,
O’zbekiston, Toshkent shaxri
Annotatsiya.
Temirbeton konstruksiyalarni ishlab chiqarish uchun stedli
qolipsiz quyish texnologiyasi qollanilayotganda sanoat qurilishi zamonaviy
me'yoriy hujjatlar talablariga muvofiq amalga oshirilishi mumkin, bu esa loyihalarni
individual ravishda ishlab chiqish va ishlab chiqarishda yuzaga keladigan
ehtiyojlarga muvofiq qisqa vaqt ichida qayta jihozlash imkonini beradi. Maqolada
stendli qolipsiz quyish texnologiyasida ishlab chiqarilgan yuqori voltli elektr uzatish
tarmoqlari uchun temirbeton ustunlarni qo’llash imkoniyati ko’rib chiqilayapti.
Maqsad – kuchlanishi 0,4 – 10 kV bo’lgan havo elektr uzatish tarmoq tayanchlari
uchun oldindan zo’riqtirilgan unifikatsiyalangan ustun konstruksiyalarini stendli
qolipsiz quyish texnologiyasida ularni ishlab chiqarish imkoniyati uchun
takomillashtirish. Standartlashtirilgan ekspluatatsiya talablari va texnologik ishlab
chiqarish sharoitlariga rioya qilgan holda, taklif etilayotgan ustunning geometrik
parametrlari va kesimining konfiguratsiyasini aniqlash masalasi hal qilindi. Taklif
qilinayotgan ustunlarning ko’ndalang kesim yuzasi trapetsiya shaklini ifodalaydi,
ya’ni yuqori asosining o'lchamlari pastidagidan kam – bu stendli qolipsiz quyish
texnologiyasida ishlab chiqarilgan, yangi quyilgan ustunning betonli tanasini
shaklini saqlash uchun qilingan. Stendli qolipsiz quyish texnologiyasi oldindan
zo’riqtirilgan konstruksiyalarni faqat yuqori mustahkam sim yoki arqon armatura
bilan armaturalashni nazarda tutadi. Taklif qilinayotgan ustunlar
∅
5Вр1400 sinfli
taranglangan sim armatura bilan armaturalanadi, shuning uchun ularni ekspluatasiya
davrida betonninng cho’zilgan qismida yoriqlar paydo bo’lishi nazarda tutilmaydi.
Yuqori voltli tarmoq tayanchlari uchun ustunlarni sifat belgilari: xom ashyo sarfi
pastligi, universialligi, texnologichniyligi, innovatsionniyligi, shundan iboratki,
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 07, 2025. JULY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
29
ularni amalga oshirish konstruirovaniya bilan bo’gliqligi, aniq iste'molchilar
tomonidan foydalanish uchun ishlab chiqarish va tajriba mahsulotlarini sinash, ya'ni
tijoratlashtirish.
Kalit so’zlar:
ko’ndalang kesim yuzasining geometriyasi; taranglangan sim
armatura; mustahkamlik; yoriqbardoshlik; armaturalash sxemalari; xom ashyo sarfi
pastligi; universialligi; texnologichniyligi.
Dunyodagi har qanday davlatning elektr energetikasi rivojlanishining
vektorlaridan biri energiya tejovchi va innovatsion texnologiyalarga o'tish bo'lib,
elektr tarmog'iga alohida o'rin beriladi. Elektr tarmoqlari majmuasining
ishonchliligi, iqtisodiy samaradorligi va samarali ishlashiga qo'yiladigan talablarni
amalga oshirish yuqori voltli elektr uzatish tarmoqlariga bog'liq. Biroq, yuqori voltli
tarmoqlarni loyihalashning an'anaviy usullaridan foydalangan holda amalga
oshirilgan ma'lum texnik yechimlar yuqorida qayd etilgan strategik vazifalarni hal
qilish uchun innovatsion texnologiyalarga o'tishga imkon bermaydi.
Unifikatsiyalangan tayanch ustunlar uchun ularning konstruktiv yechimini
optimallashtirishning asosiy mezoni – materiallarning minimal iste'molidir.
Ekspluatasiya (iqlim, geografik) sharoitlarining xilma-xilligi tufayli mavjud
unifikatsiya innovatsiyalardan foydalanish va konstruksiyalarni takomillashtirishga
imkon bermaydi. Shuning uchun tadqiqotlar nafaqat yuqori voltli tarmoq tayanchlari
uchun ustunlarning yangi konstruksiyalarini ishlab chiqish, balki mavjud
unifikatsiyalangan konstruksiyalarni takomillashtirish yo'nalishida ham olib
borilishi kerak.
Temirbeton konstruksiyalarni stendli qolipsiz quyishdan foydalangan holda
ishlab
chiqarish
texnologiyasi
progressiv
bo'lib,
iqtisodiy
rivojlangan
mamlakatlarning qurilish sanoatida qo'llaniladi. Ushbu texnologiyadan foydalangan
holda sanoat qurilishini zamonaviy me'yoriy hujjatlar talablariga muvofiq amalga
oshirish mumkin, bu esa loyihalarni individual ishlab chiqish imkonini beradi va
konstruksiyalarni ishlab chiqarishda paydo bo'lgan ehtiyojlarga muvofiq juda qisqa
vaqt ichida qayta yo'naltirish mumkin. Bu shuni anglatadiki, huddi shunday
texnologik liniyalarda bino va inshootlarning turli konstruktiv elementlarini ishlab
chiqarish mumkin.
Qolipsiz quyilgan konstruksiyalarning o’ziga xos xususiyatlari quyidagilarning
unda yo’qligidir: ko’ndalang armaturani, setkalar, yon tomonidagi qo’shimcha
armaturalashning, chiqqan armaturaning, ilish sirtmog’ining, bu esa bunday
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 07, 2025. JULY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
30
konstruksiyalarning texnologik ishlab chiqarishi bilan bog’liq. Misol uchun, ko’p
kovakli orayopma plitalarni bir pogon metrini stendli qolipsiz quyish yo’li bilan
ishlab chiqarish uchun 2,5 baravar kam metal sarf bo’ladi, an’anaviy sxema agregat-
oqim texnologiyasida ishlab chiqarish bilan solishtirganda [1].
O’zbekistonda oldindan zo’riqtirilgan ko’pkovakli yopma plitalarni stendli
qolipsiz quyish liniyalarida (100 tadan ko’p liniyalar) ishlab chiqarish yo’lga
qo’yilgan. Shuning uchun, bunday liniyalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar
assortimentini kengaytirish imkoniyati paydo bo‘ldi.
Qolipsiz quyiladigan stendlarda quyidagi talablarga javob beradigan
temirbeton konstruksiyalarini ishlab chiqarish maqsadga muvofiqdir:
mahsulotlar uzun o’lchamli bo’lishi kerak, misol uchun, balkalar,
orayopma plitalar, qoziqlar va boshqalar;
mahsulotlarning ko’ndalang kesim yuzasining o’lchami, ishlab chiqarish
texnologiyasidan kelib chiqqan holda, butun uzunligi bo’ylab bir xil bo’lishi darkor,
chunki qoliplash mashinasi stend bo’ylab ilgarilab harakatlanadi.
Temirbeton konstruksiyalarni qoliplash texnologiyasining talablarini inobatga
olgan holda, yuqori voltli elektr uzatish tarmoq tayanchlari uchun ustunlarni qolipsiz
quyish stendlarida ishlab chiqarishga qiziqish uyg’otadi.
Yuqori voltli tarmoqlar uchun ma’lum standart vibratsiyalangan temirbeton
ustunlarning [2, 3] kamchiliklari ishlab chiqarishning murakkabligi bo’lib, har bir
ustun uchun qolipda joylashtiriladigan armatura buyumlari (spirallar, xomutlar,
payvandli setkalar) tayyorlanadi, keyin betonlash bosqichi keladi, har bir ustun
alohida qolipda qoliplanadi va uni ishlab chiqarishning texnologik jarayoni har bir
ustun uchun alohida amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, ishchi bo’ylama armaturaning oldindan zo’riqtirish jarayoni
bu yerda inobatga olinmaydi, chunki bunday jarayon stendli qolipsiz quyish
texnologiyasida ishlab chiqariladigan tayanchlarda ham bor.
Yuqorida aytib o'tilgan ustunlarni ishlab chiqishda me'yoriy hujjatlarda [2, 3]
keltirilgan unifikatsiyalangan mahsulotlarning nomenklatura asoslarini hisobga
olingan bo’lishi kerak. Bu hujjatlar uzunligi 8,5 dan 16,4 m bo’lgan yuqori voltli
tarmoq tayanchlari uchun standart ustunlarga taaluqli, taranglangan sim armatura
bilan armaturalangan, beton sinfi B25 va B30 bolgan, ko’ndalang kesimi (uzunligi
bo’ylab o’zgaruvchan) trapedsiya shakliga ega, yuqori asosi quyi asosiga qaraganda
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 07, 2025. JULY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
31
katta o’lchamga ega (tayyor mahsulotni qolipdan chiqarishdagi qulayligi uchun).
Standart ustunlarning kondalang kesim o’lchamlari, ekspluatatsion yuklarning
ta'sirida ustunlar duchor bo’ladigan hisobiy eguvchi momentlarning mos keladigan
qiymatlariga qarab yoriqlarning ochilish kengligi va bukilishlarning maksimal
qiymatlarini hisobga olgan holda qabul qilingan.
Standart vibratsiyalangan ustunlarning mahsulot nomenklaturasi 16 ta
markadan tashkil topgan, ularni ishlab chiqarish uchun 11 ta metall qolip
qo’llaniladi.
Temirbetonning qarshilik nazariyasini rivojlanishidagi muhim muammo – bu
konstruksiyaning ko’ndalang kesimining o’lchamlarini minimallshtirib turib uning
oralig’ini oshirishdir. [4] da ta’kidlanadiki, qurilishdagi mehnat sarfi kamaygan va
materiallaridan maksimal tejalgan bino va inshootlarning zamonaviy konstruktiv
yechimlarini ishlab chiqishning asosi temirbeton konstruksiyalarni hisoblashning
yangi usullarini yaratish va mavjud usullarni rivojlantirish hisoblanadi, zarur
ishonchli va uzoqqa chiqamlilikni ta’minlashi uchun.
Shunday qilib, loyihachilar, individual loyihalarni joriy qilishni xoxlovchilar,
temirbeton konstruksiyalarini hisoblashda mavjud yondashuvlar bilan qanoat
qilmaydilar, konstruktiv yechimlarning xilma xilligiga asoslangan, standartdan farq
qilgan, masalan, konstruksiyaning ko'ndalang kesimini konfiguratsiyasi bo’ylab.
Shu munosabat bilan, yuqori voltli tarmoq tayanchlari uchun ustunlar kesimlarining
parametrlari quyidagi asosiy talablar asosida tayinlangan:
ustunning zarur mustahkamligini, yoriqbardoshligini va bikrligini
ta’minlash;
mahsulotni (ustunni) ishlab chiqarish universal va texnologik bo’lishi
darkor.
Yuqori voltli tarmoq tayanchlari uchun ustunlarning qolipsiz quyishdagi
universallik omili shundaki, mahsulotlarni (ustunlarni) iste’molchi uchun zarur
uzunlikda va ekspluatatsion yuklar uchun ishlab chiqarish imkoniyatidir. Yuqori
voltli tarmoq tayanch ustunlarining innovatsion joriy qilish nuqtai nazaridan,
texnologikligi – bu zamonaviy uskunalar (stendli qolipsiz quyish liniyasida)
mahsulotlarni (ustunlarni) sanoat miqyosida o'zgartirilgan geometrik parametrlari
bilan standart ustunlarni mustahkamlik va bikrlik parametrlarini yomonlashtirmagan
holda ishlab chiqarish imkoniyati [5].
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 07, 2025. JULY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
32
Yuqori voltli tarmoq tayanchlari uchun ustunlarning kesimidagi ekspluatasion
yuklarda belgisi o’zgaruvchan kuchlar (eguvchi momentlar) paydo bo’ladi, shuning
uchun uni kesimining armaturalash sxemasi simmetrik qilib qabul qilinadi. Oldindan
zo’riqtirilgan sim armaturaning sterjenlari ustunning barcha burchak uchastkalarida
har bir guruhda bir xil miqdordagi sterjenlari bo'lgan guruhlar bilan (standart
vibratsiyalangan ustunlar kesimining burchaklarida oldindan zo’riqtirilgan sterjenli
armatura joylashgani anologiyasi bo’yicha) joylashgan.
Shunday qilib, ustunlarni ko’ndalang kesimining shakli va o’lchamlari
quyidagilarga bog’liq:
kesim uchastkalarining burchak yuzasi “guruhdagi” eng ko’p sterjenlar
miqdori bilan shuni hisobga olgan holda betonning uzatma mustahkamligi
R
bp
(betonni qisilish momentidagi mustahkamligi) kamida 15 MPa deb tayinlanishi
kerak [6];
taranglangan sim armaturani korroziyadan himoya qiladigan, betonning
himoya qatlamining qalinligi;
ustun kesimining mustahkamligi va yoriqbardoshligi;
mahsulotning balandligi bo’ylab konstruksiyalarni stendli qolipsiz quyish
bilan ishlab chiqarish texnologiyasini cheklash.
Ekspluatasion yuklar ta’sirida ustunda eguvchi va kamroq darajada buralash
momentlari paydo bo’ladi (buralash momentining eguvchi momentga munosabati
qiymati 0,1…0,4 doirasida yotadi) [7]. Yuqori voltli tarmoq tayanchlar uchun
temirbeton ustunlarni ishining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, taklif
etilayotgan ustunlarni ko’ndalang kesimi trapedsiya (to’g’ri to’rtburchak) shaklida
qoldirildi. Vibratsiyalangan standart ustunning ko’ndalang kesimi shaklini
solishtirgandagi farqi quyidagicha: trapedsiya shaklining quyi asosining o’lchami
yuqori asosiga nisbatan kattaroq qilib qabul qilingan. Stendli qolipsiz quyish
texnologiyasida ishlab chiqariladigan ustunning yangi quyilgan beton tanasining
shakli o’zgarmasligi zarurati bilan kesimning bunday shakli qabul qilingan.
Ma’lumki, egilgan temirbeton elementlarining ko’ndalang kesimiga nisbatan
o’rta qismidagi beton yetarlicha foydalanilmaganligicha qolmoqda. Shuning uchun
turli kesim shakillari bilan orayopma plitalarni loyihalash prinsipi kesimning
cho’zilgan zo’nasidan betonni maksimal hajmini istisno qilishdan iborat, plitaning
qiyalik kesimi bo’yicha mustahkamligini ta’minlash uchun vertikal qirralari
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 07, 2025. JULY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
33
qoldiriladi [8]. Xuddi shu omil, ehtimol, yuqori voltli tarmoq tayanchlari uchun
temirbeton ustunlarida o‘zini namoyon qiladi, agar ustunning butun uzunligi
bo’yicha boshliqni uning ko’ndalang kesimiga nisbatan o’rta qismida joylashtirsak.
Bu bo’shliq (bo’shlik) ko'rib chiqilayotgan butun mahsulotlar nomenklaturasi uchun
taklif
etilayotgan
ustunning
mustahkamlik
va
bikrlik
xususiyatlarini
yomonlashtirmaydi. Shunday qilib, ustunning mustahkamligini kamaytirmasdan
material sarfini kamaytirish konstruksiyaning iqtisodiy samaradorligini ta’minlaydi.
Ko’p kovakli orayopma plitalarni loyihalash tajribasidan ma’lum, plitalarning
bo’shliqli darajasini “kriteriya qiymatidan” ko’proq ko’paytirishdan plitalarning
normal kesim bo’yicha yuk ko’tarish qobiliyati sezilarli darajada pasayadi, neytral
chiziqni plitaning bo'shliqlararo bo'linmalariga (qovurg'alariga) o'tishi tufayli, shu
bilan birga plitalarning tirgak uchastkalarida qiya kesim bo’yicha mustahkamligi
pasayadi, bundan tashqari plitalarning deformatsiyalanishi ortadi, ya’ni uning
bikirligi kamayadi. Xuddi shu hodisa bo’shliqli ustunda sodir bo'ladi. Ushbu
argumentga asoslanib, ko'rib chiqilayotgan muammoning yechimiga aniqlik
kiritiladi. Bunga qo'shimcha ravishda, ustunning balandliklarining optimal
kombinatsiyasini va ko’ndalang kesimining konfiguratsiya parametrlarini izlashning
hojati yo'q, chunki kesimning balandligi mezoni berilgan.
Stendli qolipsiz quyish texnologiyasida ishlab chiqarilgan va
∅5Вр1400
sinfli
sim armatura bilan armaturalangan, yuqori voltli tarmoq tayanchlari uchun
ustunlarni hisoblash, mumkin bo’lgan ekspluatatsion yuklar ta’siridan beton
tanasida yoriqlar paydo bolmasligigga [6, 9] talablariga muvofiq amalga oshirildi.
Bunday holda, unifikatsiyalangan ustunlarning bikrligi bo’yicha yoriqlarni ochilish
kengligining ruxsat etilgan [2] qiymatlarini hisobga olgan holda nazorat qilish
yuklari mezon sifatida xizmat qilgan.
Kuchlanishi 0,4…10 kV yuqoti voltli tarmoq tayanchlari uchun, stendli
qolipsiz quyish yo’li bilan ishlab chiqarilgan bo’shliq ustunlarning, taklif etilayotgan
kondalang kesimi uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligida
foydali modelga patent [10] olingan.
Xulosalar
1. Taklif etilayotgan ustunlarni stendli qolipsiz quyilgan butun mahsulotlar
nomenklaturasi bo’yicha armaturalash uchun, [2, 3] da keltirilgan, standart
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 07, 2025. JULY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
34
vibratsiyalangan ustunlarning butun mahsulotlar nomenklaturasiga qaraganda,
o'rtacha 2,3 barobar kam armaturali po'lat sarflanadi.
2. Stendli qolipsiz quyish texnologiyasida ishlab chiqarilgan yuqori voltli
tarmoq tayachlari uchun ustunlar mahsulotlar nomenklaturasining standart bazasi
bo’yicha ishlab chiqarilgan vibratsiyalangan ustunlar bilan solishtirganda quyidagi
afzalliklari bilan tavsiflanadi:
mahsulotning tannarxini pasaytirish;
universialligi va texnologichniyligi;
mahsulotlarning kafolatlangan sifati.
3. Shu munosabat bilan, stendli qolipsiz quyilgan ustunlar ekspluatasion yuklar
ta’sirida yoriq paydo bo’lmasligiga loyihalanadi, bu esa oldindan zo’riqtirilgan
yuqori mustahkam armaturani uzoq muddatga yemirilishdan (korroziyadan)
saqlaydi, ya’ni bunday ustunlarning xavfsiz resursi ortadi.
Adabiyotlar ro’yxati:
1. Блажко В. П. О применении многопустотных плит безопалубочного
формования в панельных и каркасных зданиях Жилищное строительство.
2013. № 2 – 3. – С. 7 – 10.
2. Стойки железобетонные вибрированные для опор ВЛ 0,4…10 кВ.
Технические условия ТУ 5863-007-00113557-94. РАО «EЭС России.» Москва.
3. Стойки железобетонные предварительно напряженные вибрированные
для опор воздушных линий электропередач напряжением 0,4…10 кВ.
Государственный стандарт O’zDSt 3062:2016. Ташкент.
4. Кодыш Э. Н. Трекин Н. Н. Совершенствование нормативной базы
проектирования железобетонных конструкций. Промышленное и гражданское
строительство. 2016. №6. – С. 25-28.
5. Mirzaev Pulat, Mirzaev Shavkat. Optimization of Geometrical Parameters of
Hollow-core Slabs by Formwork-free Shaping for Construction in Seismic Areas.
International Journal of Recent Technology and Engineering (IJRTE). ISSN: 2277-
3878. Volume-8. Issue-6. March. (2020). P. 4973-4977.
6. Методическое пособие по расчету предварительно напряженных
железобетонных
конструкций.
Пособие
к
СП
63.13330.
АО
«ЦНИИпромзданий». Москва. 2015». – 293 с.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 07, 2025. JULY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
35
7. Короткевич М. А. Проектирование линий электропередачи.
Механическая часть/ М. А. Короткевич. – Минск. Вышэйш. шк., 2010. – 574 с.
8. Кодыш Э. М., Никитин Н. К., Трекин Н. Н. Расчет железобетонных
конструкций из тяжелого бетона по прочности, трещиностойкости и
деформациям. Москва: АСВ. 2010. – 352 с.
9. Щуцкий В. Л., Шилов А. В., Талипова Т. Д. Прочность конических опор
линий электропередач с учетом ограничений по второй группе предельных
состояний. Интернет-журнал «Науковедение». http//naukovedenie. Том 8, №2
(март-апрель 2016). 29 TVN 2016. С. 1 – 10.
10. Бетонная стойка для линии электропередачи. Патент на полезную
модель. №FAP 01737 Мирзаев П. Т., Умаров К. С., Шамансурова З. П.,
Узбекистан. Гос. регистрация 29.11.2021.
