“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 07, 2025. JULY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
18
Otalar bizni hech qachon tashlab ketishmaydi...
TATU SF
TT-21-04 guruh talabasi
Nazarova Malohat Zayniddinovna
Anatotsiya
: Bugungi maqolamda shuni takidlab o`tmoqchimanki, bizning
birinchi ustozimiz, suyangan insonimiz otalarimizning cheksiz bizga bo`lgan mehr-
muhabbatlari haqida , bugungi maqolamda aytib o`tmoqchiman.
Kalit so`zi: Ota…
Mehr va fidoyilikning abadiy ramzi: Biz bu dunyoga kelganimizda hammadan
ham ko`p suyungan, jajji oyoqchalarimizni yuzlariga bosib , ko`zlariga surtgan
yagona inson otamiz bo`ladi.Hamma sizni tashlab ketganida ham yagona otamiz
bizni yolg`izlatmaydigan , har qanday xolatda ham yonimizda qoladigan inson.
Bizning ilk ustozimiz, nafaqat ta`lim sohasida balki, hayot darsliklarida ham bizga
tahsil beradigan inson bu ota. Biz mehrni, fidoyilikni va albatta muhabbatni ilk bor
otamizda ko`ramiz va ulardan o`rnak olamiz. Hayotimiz davomida otamizdek
insonlarni qidiramiz. Biz yiqilishimizga yo`l qo`ymaydigan doimo bizga tirgak
bo`ladigan. Bizga hech kim ishonmaganda ham, dunyo bir tomon siz bir tomon
bo`lganda ham. Butun dunyoga qarshi chiqib siz tomon bo`ladigan , hayotimizda
qayta takrorlanmaydigan yagona shaxs bu ota. Ha ha otamiz, xato qilsak uni
to`g`irlaydigan, qandaydir muommo bo`lganda yagona yechim topadigan inson ham
bu otamiz hisoblanadi… Har bir oilaning ustuni, yetakchisi, tayinchi bo`lgan
insonlar ham albatta hisoblanadi. Ataga bir kunimizni otamizsiz tasavvur
qilolmaymiz. Sababi shuki- qulayotgan yosh niholga tirgak qilsakkina u qaddini tik
tutadi va yillardan so`ng navqirov va serhosil daraxtga aylanadi, huddi shundek
otalarimiz ham biz uchun tirgakdek go`yo.
Otalarimiz haqida kunlab hatto asrlab adiblarimiz asarlar bitishgan,
Ota, sizni yaxshi ko‘raman
Ota, yuragimda joyingiz katta,
Suyanch bo‘lasiz har og‘ir paytda.
Ko‘zimda yoshsiz, ko‘nglimda mehr,
Sizsiz bu dunyo menga biroz bemehr.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 07, 2025. JULY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
19
Har bir so‘zingiz – saboq, ibrat
Qalbingiz pokiza, chehrangiz nur
Men sizni har dam, har on yod etaman,
Ota, rost aytam —
yaxshi ko‘raman
.
Ota
Ota — hayotimning beg‘ubor qo‘riqchisi,
Har bir qadamimda kuch, mehrning manbai.
So‘zsiz dardimni anglaydi har lahza,
U bor joyda tinchlik, osoyishtalik yashar.
Qo‘li qattiq, yuragi esa yumshoq,
Mehr-u himmati bilan yurtim boshbo‘yi.
Ota — qo‘rg‘onim, suyanchim, do‘stim,
U borida dunyo menga tushunarli.
Hatto otalarimiz haqida muqaddas kitobimiz qur`ondan ham hadislar keltirilgan:
1. Farzandning ota-onaga bo‘lgan hurmati haqida hadis:
"Ota-onangizga yaxshilik qilinglar. Chunki ular sizga mehribonlik
qilganlaridir."
(Surat al-Isrā, 23-oyat bilan birga ko‘pincha hadislar bilan tushuntiriladi.)
Bu oyat-hadis birgalikda ota-onani, xususan otani tark etmaslik, doimo ularning
mehriga mehr bilan javob berish lozimligini bildiradi.
2. Rasululloh ﷺ dedilar:
"Ota — jannat eshigidir. Agar xohlasang, bu eshikni yo‘qot, agar xohlasang,
saqla."
(Ibn Moja rivoyati)
Bu hadis otaning oiladagi va farzand hayotidagi beqiyos o‘rnini ko‘rsatadi. U yo‘q
bo‘lsa, jannatga eltuvchi eshik yopilishi mumkin. Demak, otani qadrlash – abadiy
najot manbai.
3. Payg‘ambarimiz ﷺ aytdilar:
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 07, 2025. JULY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
20
"Inson vafot etgach, amal daftarining yozilishi uch narsadan boshqa holatda
to‘xtaydi: sadoqayi jariya, foydasi tegadigan ilm, va duogo‘y farzand."
(Muslim rivoyati)
Bu hadis otalar bizni ruhiy va ma’naviy jihatdan hech qachon tashlab ketmasliklarini
ko‘rsatadi — biz ularni duo bilan yod olsak, ular uchun ajr yozilishi davom etadi.
Demak, ular bizdan doimiy bog‘langan holda yashaydilar.
4.
Payg‘ambarimiz ﷺ huzuriga bir kishi kelib dedi:
"Ey Rasululloh, men otam bilan bor mol-dunyomni baham ko‘raman."
Shunda Rasululloh ﷺ dedilar:
"Sen va moling — otanggadir."
— Abu Dovud, Ibn Moja rivoyatlari
5. "Eng afzal amal nima?"
Rasululloh ﷺ dedilar:
"O‘z vaqtida o‘qilgan namoz, ota-onaga yaxshilik qilish, va Alloh yo‘lida
jihod."
— Imom Buxoriy va Muslim rivoyati.
Yuqoridagi hadis va she`rlar haqida juda ham ko`p namunalar mavjud. Ular
haqida yozsangiz go`yoki vaqt ham siz bilan janjal qilgandek vaqt qanday tezda o`tib
ketganini sezmay qoladi kishi…
Dadajon sizni yaxshi ko`raman: Dadajon sizni yaxshi ko`raman, bizni shu
yoshgacha ulg`aytirib, hech kimdan kam qilmay voyaga yetkazganingiz uchun
raxmat! Shu yoshimgacha “ Shu inson mening dadam bo`lsa edi “ demadim. Siz
hamma narsani maromiga yetkazib dadalik qildingiz , ajoyib dada bo`ldingiz! Shu
kungacha faqat siz va onam ( ayam) bizga eng yaxshisini ilindingiz. Siz hayotimda
bor ekansiz, hatto qish ham menga bahor bo`ladi. Har bir farzandning yelkasida
otasining qo`li tursa shu farzand hayotda eng kuchli va zo`ri bo`ladi, hayotda
boshqaning emas aynan mening mehribon, samimiy va mening eng sodiq do`stim
bo`lganingiz uchun raxmat!
Ota hayotda farzandga intizomli bo`lishni va hamma narsaga sabr bilan
erishishni o`rgatadi. Orzular tomon eltuvchi qanot , orzulariga erishishi uchun hatto
o`zidan kechib seni orzularingni birinchi o`ringa qo`yadigan yagona shaxs. Ota
nafaqat qalban yordam beradigan inson,balki seni moddiy tomondan ham
qo`llaydigan inson. Otalar vafot etishgandan keyin hech kim, hech kim ularning
o`rinlarini bosisholmaydi. Ular bergan o`gitlarni hech kim Berisha olishmaydi.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 07, 2025. JULY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
21
Ulardek mehrni, ulardek sadoqatni, ulardek muhabbatni hech kim berisha
olishmaydi. Shuning uchun ular yonimizda bo`lganda ularning duolarini olib ,
yonlaridan ketmay ulardan tinimsiz saboq olishimiz kerak, chunki ular doimo
hayotiy iqtiboslar bilan saboq berishadi. Ular borki biz doimo tongi shabnamdek
bo`lib yuramiz.
Xulosa:
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, hamma bizdan kechganda ham ota-
onamiz doimo biz bilan qolishadi. Birgina xatoni deya hamma sendan kechganda
ham ota-ona xatolaringni tuzatib senga to`g`ri yo`lni ko`rsatadi.
Siz doimo mening birinchi muhabbatim va yo`l yorutguvchi chirog`im bo`lib
qolasiz !!!
Foydalanilgan adabiyotlar
:
https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/ota-oila-ustuni
https://oyina.uz/uz/article/2369
https://www.samdu.uz/uz/news/31550
