Authors

  • Umida Sadullayeva
    Xorazm viloyati yuridik texnikumi, "Sud-huquqiy faoliyat" yo‘nalishi 2-bosqich 2309-guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.journal-science-innovative.127922

Keywords:

aliment bola huquqlari ta’minot aliment miqdori alimentdan bo‘yin tovlash nazorat mexanizmi qonunchilik islohoti ota-onalik majburiyati eng kam iste’mol xarajatlari ijro.

Abstract

Har bir bola inson sifatida tug‘ilgan paytdan boshlab yashash, rivojlanish, ta’lim olish, tibbiy xizmatlardan foydalanish va ijtimoiy himoya olish huquqlariga ega. Bu huquqlar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Oila kodeksi hamda “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi qonun bilan himoyalangan.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 07, 2025. JULY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

95




BOLALARNING ALOHIDA MODDIY TA’MINOT HUQUQI:

ALIMENT MIQDORI VA NAZORAT TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH

ZARURATI

Sadullayeva Umida Yuldash qizi

,

Xorazm viloyati yuridik texnikumi,

"Sud-huquqiy faoliyat" yo‘nalishi 2-bosqich 2309-guruh talabasi

Kalit so‘zlar

: aliment, bola huquqlari, ta’minot, aliment miqdori, alimentdan

bo‘yin tovlash, nazorat mexanizmi, qonunchilik islohoti, ota-onalik majburiyati, eng
kam iste’mol xarajatlari, ijro.

Kirish
Har bir bola inson sifatida tug‘ilgan paytdan boshlab yashash, rivojlanish,

ta’lim olish, tibbiy xizmatlardan foydalanish va ijtimoiy himoya olish huquqlariga
ega. Bu huquqlar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Oila kodeksi
hamda “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi qonun bilan himoyalangan.

Biroq ota-onaning ajrashganligi yoki alohida yashash holatlarida bola

to‘g‘ridan-to‘g‘ri ota-onadan biri tomonidan moddiy ta’minlanmaydi. Bunday
holatda aliment – bolaning asosiy moddiy ta’minot manbasi bo‘lib qoladi. Afsuski,
amaliyotda aliment miqdori pastligi, alimentdan bo‘yin tovlash holatlari, ijro
mexanizmlarining sustligi va ikkinchi oiladagi farzandlar bahonasida birinchi
farzandlarning huquqlari buzilayotgan holatlar tez-tez uchrab turibdi.

Shuning uchun bu maqolada bolalarning alohida moddiy ta’minotga bo‘lgan

huquqi doirasida aliment masalasi chuqur tahlil qilinib, qonunchilikdagi muammolar
va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ilgari suriladi.

Aliment miqdori – bolaga emas, ish haqiga qarab belgilanmoqda
Oila kodeksining 99-moddasiga ko‘ra, sud aliment miqdorini ota yoki onaning

daromadining ma’lum bir foizi (1/4, 1/3 yoki 1/2 qism) sifatida belgilaydi. Biroq bu
yondashuv bola ehtiyojlarini inobatga olmaydi.

Masalan, agar ota rasmiy ravishda 2 million so‘m oylik olsa, bir bola uchun

500 000 so‘m aliment to‘lasa, bu miqdor bolaning asosiy ehtiyojlariga yetmaydi.
2025-yil uchun eng kam iste’mol xarajatlari miqdori 626 000 so‘mni tashkil qiladi.
Shunga ko‘ra, aliment miqdori kamida 2 baravar – 1 252 000 so‘mdan kam
bo‘lmasligi kerak.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 07, 2025. JULY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

96




Bu raqamlar bolaning ovqatlanish, kiyim-bosh, transport, o‘quv vositalari,

gigiyena, sog‘liqni saqlash kabi kundalik ehtiyojlarini hisobga olib belgilanishi
kerak.

Alimentdan bo‘yin tovlash – bolaning konstitutsiyaviy huquqlarining buzilishi
O‘zbekistonda alimentdan qochish holatlari keng tarqalgan. Ba’zi otalar:

- Ish haqi rasmiy ravishda past ko‘rsatilgan korxonalarda ishlaydi;
- Ishlamayapti deb ko‘rsatadi;
- Daromadini boshqa shaxs nomiga rasmiylashtiradi;
- Yangi oila tuzib, boshqa farzandlar borligini bahona qiladi.
Shu sababli aliment undirish ko‘plab onalar uchun murakkab, asabiy va moddiy
jihatdan og‘ir jarayonga aylanmoqda. Yana bir muhim holat shuki, ota bilan
yashayotgan farzandlar avtomatik tarzda ta’minlanayotgan hisoblanadi, ya’ni ular
uchun alohida aliment to‘lovi belgilanmaydi.

Ikkinchi oila – birinchi farzandning huquqini cheklash vositasi bo‘lishi

mumkin emas

Yangi oila qurgan otalar ko‘pincha sudga murojaat qilib, “ikkinchi xotinimdan

farzandim bor” deb, birinchi farzandlarga to‘layotgan alimentni kamaytirishni
so‘rashadi. Bu esa bolalarning teng huquqlilik prinsipiga ziddir.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 65-moddasida ota-onalar barcha

farzandlari oldida teng javobgar ekani qat’iy belgilangan. Hech bir farzand boshqa
bir farzand borligi uchun moddiy jihatdan qisqartirilmasligi kerak.

Qonunchilikni takomillashtirish zarurati
Aliment

masalasida

quyidagi

qonunchilik

islohotlari

dolzarb:

1. Alimentni foizda emas, qat’iy summada belgilash. Bu miqdor eng kam iste’mol
xarajatlarining kamida 2 baravari bo‘lishi kerak.

2. Ijro harakatlarini kuchaytirish. Alimentni to‘lamayotganlarga mol-mulk

xatlash, avtomatik blokirovka va chet elga chiqishni cheklash choralarini
kuchaytirish.

3. Aliment to‘lamaganlarga nisbatan jinoiy javobgarlikni keng qo‘llash.

Jinoyat kodeksining 122-moddasi bo‘yicha ko‘proq ish qo‘zg‘atish.

4. Raqamli nazorat tizimi yaratish. Aliment holatini onlayn kuzatish, har oyda

avtomatik eslatma va hisobot tizimi joriy etish.

5. Ikkinchi farzand bahonasida birinchi farzand huquqini cheklashga yo‘l

qo‘ymaslik. Bu tamoyil sudlarda qat’iy qo‘llanilsin.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 07, 2025. JULY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

97




Xulosa

Bolalar – jamiyat kelajagi. Ularning huquqlari so‘zda emas, amalda

ta’minlanishi zarur. Ayniqsa, ota yoki ona bilan yashamaydigan farzandlar uchun
aliment – hayot sifati, ta’limi va sog‘lig‘i uchun asosiy vositadir.

Bugungi kundagi eng muhim vazifa – aliment miqdorini bolaning ehtiyojlariga

moslashtirish, alimentdan bo‘yin tovlaganlarga qarshi qat’iy chora ko‘rish, nazorat
tizimini raqamlashtirish va sud ijro tizimini kuchaytirishdir.

Bola hech qanday holatda ham moddiy ta’minotsiz qolmasligi kerak.