“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 07, 2025. JULY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
161
VIRUS VA BAKTERIYALAR O'RTASIDAGI FARQLAR: DIAGNOSTIKA
VA DAVOLASHDAGI AHAMIYATI
Alfraganust universiteti nodavlat oliy taʼlim tashkiloti
Tibbiyot fakulteti talabasi
Ziyodullayeva Iroda Baxriddinovna
irodaziyodullayeva67@gmail.com
Annotatsiya
Ushbu maqolada viruslar va bakteriyalar o‘rtasidagi asosiy biologik,
morfologik va funksional farqlar tahlil qilinadi. Ularning organizmga ta’sir qilish
mexanizmlari, ko‘payish usullari, patogenlik darajasi, tashxis qo‘yish usullari
hamda davolashga nisbatan yondashuvlar batafsil yoritilgan. Virusli va bakterial
infeksiyalarning farqlanishi tibbiy amaliyotda muhim diagnostik mezon bo‘lib,
noto‘g‘ri tashxis yoki yondashuv infeksiyaning og‘irlashishiga olib kelishi mumkin.
Maqola klinik amaliyotda virus va bakteriya sababli yuzaga keladigan
kasalliklarning farqini aniqlash, zamonaviy laboratoriya diagnostikasi va davolash
protokollarini tanlashda muhim ahamiyatga ega.
Kalit so‘zlar
Virus, bakteriya, infeksiya, tashxis, antibiotik, antiviral dorilar, immun javob,
patogenlik, differensial diagnostika, mikroskopiya.
Аннотация
В
данной
статье
анализируются
основные
биологические,
морфологические и функциональные различия между вирусами и бактериями.
Подробно рассмотрены механизмы их воздействия на организм, способы
размножения, патогенность, методы диагностики и подходы к лечению.
Разграничение вирусных и бактериальных инфекций играет ключевую роль в
клинической практике, так как неправильный диагноз может привести к
осложнениям. Статья имеет практическую значимость для врачей,
микробиологов и студентов медицинских вузов.
Ключевые сло
Вирус,
бактерия,
инфекция,
диагностика,
антибиотики,
противовирусные
препараты,
иммунный
ответ,
патогенность,
дифференциальная диагностика, микроскопия.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 07, 2025. JULY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
162
Abstract
This article analyzes the key biological, morphological, and functional differences
between viruses and bacteria. It examines in detail their mechanisms of action on
the human div, modes of reproduction, pathogenicity, diagnostic methods, and
treatment approaches. Differentiating viral from bacterial infections is critical in
clinical practice, as misdiagnosis can result in complications or ineffective therapy.
The article provides valuable insights for physicians, microbiologists, and medical
students, emphasizing the importance of accurate diagnostics and appropriate
treatment protocols.
Keywords
Virus, bacteria, infection, diagnosis, antibiotics, antiviral drugs, immune
response, pathogenicity, differential diagnosis, microscopy.
Kirish
Zamonaviy tibbiyot amaliyotida infeksion kasalliklar keng tarqalgan bo‘lib,
ularning asosiy etiologik agentlari sifatida viruslar va bakteriyalar ajralib turadi. Har
ikki guruhga kiruvchi mikroorganizmlar inson salomatligi uchun jiddiy xavf
tug‘dirishi mumkin. Biroq, ularning biologik tabiati, ko‘payish mexanizmlari, tana
tizimlariga ta’sir qilish usuli, immun javobni chaqirishi, shuningdek, tashxislash va
davolashga nisbatan yondashuvlari tubdan farq qiladi. Ushbu farqlarni to‘g‘ri
anglash, ayniqsa klinik tibbiyotda, davolash strategiyasini belgilashda hal qiluvchi
ahamiyatga ega. Viruslar – hujayradan tashqarida ko‘payishga qodir bo‘lmagan,
genetik material (DNK yoki RNK) va oqsildan iborat ultra-mikroskopik patogenlar
bo‘lib, ular faqat tirik hujayralar ichida ko‘payadi. Ular o‘z mezbon hujayrasining
genetik tizimidan foydalangan holda o‘z nusxalarini yaratadi. Boshqacha aytganda,
viruslar hujayrasiz, parazit turmush tarziga ega bo‘lgan genetik agentlardir. Ular
immunitet tizimidan yashirinish va hujayra tuzilmasini o‘zgartirish qobiliyatiga ega.
Bakteriyalar esa bir hujayrali, mustaqil metabolizmga ega tirik organizmlar bo‘lib,
ko‘plab turlari inson organizmi bilan simbiozda yashaydi. Shu bilan birga, patogen
bakteriyalar turli tizimlarga hujum qilib, o‘tkir yoki surunkali kasalliklar chaqirishi
mumkin. Ular hujayra devori, sitoplazma, DNK va ribosomalar kabi murakkab
tuzilmalarga ega bo‘lib, odatda antibiotiklar ta’sirida nobud bo‘ladi. Kasalxonalar
va tibbiyot amaliyotida aynan virusli yoki bakterial infeksiyani to‘g‘ri ajrata bilish
hayotiy ahamiyat kasb etadi. Noto‘g‘ri tashxis, masalan, virusli infeksiyaga
antibiotiklar qo‘llash, nafaqat foydasiz, balki antibiotikga chidamli bakteriyalar
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 07, 2025. JULY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
163
paydo bo‘lishiga olib keladi. Aksincha, bakterial infeksiyani virus sifatida noto‘g‘ri
baholash esa vaqtida davolanmaslik va asoratlar xavfini oshiradi. Shu sababli,
viruslar va bakteriyalar o‘rtasidagi farqlarni chuqur tahlil qilish, ularning tashxis va
davolashdagi farqli jihatlarini aniqlash — epidemiologlar, infeksionistlar, klinik
shifokorlar, laborator mutaxassislar uchun dolzarb va zaruriy masala hisoblanadi.
Ushbu maqolada virus va bakteriyalarning umumiy va farqli biologik xususiyatlari,
ularning patogenligi, tashxislash texnologiyalari hamda davolash usullari haqida
chuqur ilmiy tahlil olib boriladi. Bu esa zamonaviy tibbiy amaliyotda infeksion
kasalliklarga nisbatan to‘g‘ri va asosli yondashuvni shakllantirishga xizmat qiladi.
Asosiy qism
Viruslar va bakteriyalar biologik jihatdan mutlaqo turli guruhga mansub
bo‘lib, ularning tuzilmasi, hayotiy faoliyati va organizm bilan o‘zaro ta’siri tubdan
farqlanadi.Viruslar tirik organizm sifatida emas, balki genetik material (DNK yoki
RNK) va oqsildan iborat oddiy tuzilma hisoblanadi. Ular sitoplazma, organellalar
yoki hujayra devoriga ega emas, metabolizmni mustaqil amalga oshirolmaydi.
Viruslar hujayradan tashqarida faol emas; ularning ko‘payishi faqat tirik hujayra
ichida amalga oshadi. Viruslar ko‘pincha mutatsiyaga juda moyil, bu ularning
davolashini murakkablashtiradi (masalan, gripp, COVID-19, OIV). Bakteriyalar bu
bir hujayrali, prokaryotik organizmlar bo‘lib, sitoplazma, ribosomalar, hujayra
devori va ko‘pincha genetik plazmidlarga ega. Mustaqil ko‘payish, nafas olish,
ozuqa almashinuvini amalga oshira oladi. Bakteriyalar ijobiy (faydalilar) va patogen
(kasallik qo‘zg‘atuvchi) turlarga ega. Odatda oddiy mikroskop ostida ko‘rinadi,
virus esa faqat elektron mikroskop bilan aniqlanadi. Viruslar mezbon hujayraga
yopishadi, uning DNK yoki RNK tizimini "gijgijlab", o‘z nusxasini yaratadi. Bunda
hujayra nobud bo‘lishi mumkin. Bakteriyalar esa ikkiga bo‘linish yo‘li bilan
ko‘payadi va yangi organizmlar hosil qiladi. Bakteriyalar tez va ko‘plab bo‘linadi,
masalan, Escherichia coli har 20 daqiqada bo‘linadi. Virusli infeksiyalar ko‘pincha
immunitetni bostiradi, xususan OIV (AIDS) hujayraviy immunitetni butunlay
ishdan chiqaradi. Ko‘pchilik viruslar immun tizimdan yashirinadi yoki "antigenik
variatsiya" orqali tanib bo‘lmas holga keladi. Bakteriyalar esa yallig‘lanish
reaksiyasini qo‘zg‘atadi, pirogen moddalari orqali isitma va intoksikatsiyani keltirib
chiqaradi. Immun tizim ularni fagotsitlar va antitanalar orqali yo‘q qiladi. Virusli
infeksiyalar (masalan, gripp, gepatitlar, COVID-19, OIV). Odatda yengil
boshlanadi, umumiy holsizlik, mushak og‘rig‘i, burun bitishi, harorat bilan kechadi.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 07, 2025. JULY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
164
Ko‘p hollarda o‘z-o‘zidan tuzaladi (sog‘lom immunitet fonida). Antibiotiklar bilan
davolanmaydi, antiviral (virusga qarshi) davo talab etiladi. Bakterial infeksiyalar
(masalan, angina, pnevmoniya, sil, dizenteriya). Ko‘pincha o‘tkir boshlanadi,
balg‘am, yiringli ajralmalar, yuqori isitma, yiringli yallig‘lanish. Agar vaqtida
davolanmasa, asoratlar rivojlanadi (abstsess, sepsis). Antibiotiklar bilan samarali
davolanadi. Viruslarni aniqlash serologik testlar (ELISA, IFA) orqali antitanalar
aniqlanadi. PCR – virus DNK/RNK ni aniqlaydi (COVID-19, OIV). Viruslarni
oddiy mikroskop bilan ko‘rishning iloji yo‘q. Bakteriyalarni aniqlash mikroskopiya
(najas, siydik, balg‘am namunalari). Bakteriologik usullar – o‘simta (kultura)
o‘stirish va aniqlash. Antibiotik sezuvchanligi testlari (antibiotikogramma). Shuning
uchun laboratoriya yondashuvi kasallikni differensial aniqlashda muhim. Virusli
infeksiyalar antibiotiklar samarasiz, ular viruslarga ta’sir qilmaydi. Davolashda
antiviral dorilar qo‘llaniladi: oseltamivir (gripp), remdesivir (COVID-19), acyclovir
(gerpes), antiretroviruslar (OIV). Davolash ko‘pincha simptomatik (isitma
tushiruvchi, immunitetni mustahkamlovchi vositalar). Bakterial infeksiyalar
antibiotiklar
asosiy
vosita:
penitsillinlar,
tsefalosporinlar,
makrolidlar,
tetratsiklinlar. Ammo noto‘g‘ri yoki ortiqcha antibiotik qo‘llash natijasida
antibiotikga chidamli shtammlar (masalan, MRSA) paydo bo‘ladi. Antibiotikni
faqat aniqlangan bakterial infeksiyada, shifokor nazorati ostida ishlatish lozim.
Virusli kasalliklarning oldini olishda vaksinalash muhim ahamiyatga ega. Gripp,
qizamiq, gepatit A/B, COVID-19, OIV (profilaktik va terapevtik yondashuvlar).
Bakterial kasalliklarga qarshi ham samarali vaksinalar mavjud. Sil (BCG), difteriya,
tetanos, ko‘kyo‘tal, pnevmokokk, meningokokk va boshqalar. Shuningdek,
sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish, yuqumli bemorlarni erta aniqlash,
karantin tadbirlari har ikkala guruh infeksiyalari uchun muhim ahamiyatga ega.
Emperik tahlil
Dunyo sog‘liqni saqlash tashkilotlari tomonidan olib borilgan kuzatuvlar
virusli va bakterial infeksiyalarning sog‘liq uchun xavf darajasini yaqqol ko‘rsatib
bermoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) 2023-yilgi hisobotida qayd
etilishicha, har yili dunyo bo‘yicha 570 million kishi virusli infeksiyalarga (gripp,
gepatit, OIV, COVID-19 va boshqalar) chalinadi. Shu bilan birga, har yili bakterial
infeksiyalar sababli 7 millionga yaqin odam hayotdan ko‘z yumadi. Asosiy
sabablardan biri — antibiotikga chidamli shtammlarning (masalan, MRSA, XDR-
TB) keng tarqalganidir. O‘zbekistonda esa, Sog‘liqni saqlash vazirligi
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 07, 2025. JULY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
165
ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 5 yil ichida O‘RVI (o‘tkir respirator virusli
infeksiyalar) va bakterial yallig‘lanish kasalliklari bemorlar sonining 12–15% ga
ortgani qayd etilgan. Amaliy tajriba ko‘rsatadiki, kasalliklarni diagnostikasi
davolash yo‘nalishini aniqlashda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Andijon viloyati
yuqumli kasalliklar shifoxonasida o‘tkazilgan 2022–2023-yillardagi kuzatuvlarda, 3
500 nafar yuqumli kasallik bilan yotgan bemorlar orasida. 58% virusli infeksiyalar
(gripp, gepatit, COVID-19), 42% bakterial infeksiyalar (angina, dizenteriya, plevrit)
tashxis qilingan. PCR testlar yordamida virusli kasalliklar aniqlandi va faqat 6%
hollarda bakteriyalarga xos bo‘lgan antibiotiklar noto‘g‘ri qo‘llanilgan. Ushbu klinik
holatlar shuni ko‘rsatadiki, zamonaviy diagnostika usullarini qo‘llamasdan turib,
kasallik tabiatini aniqlash mushkul bo‘lib, bu davolash strategiyasiga bevosita ta’sir
ko‘rsatadi. Amaliy davolash holatlarida antibiotiklar va antiviral dorilar qo‘llanilishi
bilan bog‘liq kuzatuvlar quyidagilarni ko‘rsatmoqda. 2022-yilda Toshkent tibbiyot
akademiyasi klinikasida olib borilgan tadqiqotda 250 nafar bemorga turli
etiologiyadagi infektsiyalar tashxis qo‘yilgan. Virusli kasalliklarda (xususan,
COVID-19 va gepatitlarda) antiviral terapiya qo‘llanilgan 93% bemorda ijobiy
dinamika qayd etilgan. Bakterial kasalliklarda (angina, o‘pka yallig‘lanishi)
antibiotiklar qo‘llanilgan, shundan 85% holatda davolanish muvaffaqiyatli kechgan.
Ammo noto‘g‘ri antibiotik qo‘llangan holatlarda (virusli kasallikka qarshi antibiotik
ishlatilganda) jarayon og‘irlashgan, antibiotikga chidamli bakteriyalar paydo
bo‘lgan va bemorning holati yomonlashgan. So‘nggi yillarda antibiotikga chidamli
bakteriyalar (AMR – Antimicrobial Resistance) sog‘liqni saqlash tizimida jiddiy
xavf tug‘dirmoqda. JSST ma’lumotiga ko‘ra, 2050-yilga borib antibiotikga chidamli
infeksiyalar sababli 10 million odam vafot etishi mumkin. O‘zbekiston
Respublikasida 2024-yil boshida Antibiotikdan oqilona foydalanish bo‘yicha milliy
strategiya qabul qilindi. Mazkur strategiyada virusli kasalliklarga antibiotik yozish
holatlarini kamaytirish bo‘yicha qat’iy tavsiyalar mavjud. 2023-yilda Namangan
viloyatida olib borilgan monitoring natijasiga ko‘ra, 10 bemordan 3 nafari virusli
infeksiyalar uchun antibiotik qabul qilgan – bu holatlar farmakoterapiyada jiddiy
xatoliklar borligini ko‘rsatadi. Virusli va bakterial infeksiyalarni oldini olishda
vaksinalarning amaliy samarasini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki. COVID-19
vaksinasini olgan shaxslar orasida kasallik og‘ir shaklda kechish hollari 78% ga
kamaygan. BCG, DTP, Pneumococcal vaksinalari qo‘llanilgan bolalar guruhida
bakterial infektsiyalar ancha kam qayd etilgan. JSST va UNICEFning qo‘shma
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 07, 2025. JULY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
166
hisobotiga ko‘ra, har yili vaksinatsiya tufayli dunyo bo‘yicha 2-3 million hayot
saqlab qolinmoqda. Xulosa qilish mumkinki, emperik kuzatuvlar va statistik tahlillar
viruslar va bakteriyalarni to‘g‘ri farqlash, ularga nisbatan mos diagnostika va
davolash usullarini tanlash sog‘liqni saqlash tizimi samaradorligi uchun hal qiluvchi
ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatmoqda.
Xulosa
Viruslar va bakteriyalar inson organizmiga ta’sir qiluvchi eng keng tarqalgan
mikroorganizmlardir. Ular morfologiyasi, tuzilishi, ko‘payish usuli va patogenlik
darajasi jihatidan tubdan farqlanadi. Mazkur maqolada olib borilgan nazariy va
emperik tahlillar shuni ko‘rsatdiki, bu ikki turdagi mikroorganizmlarni to‘g‘ri ajrata
olish nafaqat ilmiy jihatdan, balki amaliy sog‘liqni saqlash tizimi uchun ham beqiyos
ahamiyat kasb etadi. Viruslar faqat tirik hujayra ichida ko‘payadigan va maxsus
antiviral vositalar bilan davolanishi mumkin bo‘lgan infeksiyalarni keltirib
chiqaradi. Bakteriyalar esa o‘zining hujayra tuzilishiga ega bo‘lgan, mustaqil
ravishda yashovchi mikroorganizmlar bo‘lib, antibiotiklar yordamida samarali
nazorat qilinadi. Aynan mana shu tub farqlar diagnostika, terapiya va profilaktika
usullarini tanlashda asosiy mezon sifatida xizmat qilishi lozim. Tibbiyot amaliyotida
virusli va bakterial infeksiyalarni farqlashdagi eng muhim omil — bu to‘g‘ri va
tezkor laborator tahlillar asosida tashxis qo‘yishdir. PCR, ELISA, ekspress-testlar
kabi zamonaviy usullar kasallik etiologiyasini aniq belgilash imkonini beradi. Bu
esa, o‘z navbatida, bemorga mos davolovchi dori vositalarini tanlashda va noto‘g‘ri
antibiotik terapiyasining oldini olishda hal qiluvchi omil hisoblanadi. Emperik
ma’lumotlarga ko‘ra, ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlarda, shu jumladan
O‘zbekistonda ham virusli infeksiyalarga nisbatan antibiotiklar noto‘g‘ri
tayinlanayotgani, bu esa antibiotikga chidamli mikroorganizmlarning shakllanishiga
olib kelayotganini ko‘rsatmoqda. Bu holat xalq salomatligiga jiddiy xavf tug‘diradi
va sog‘liqni saqlash tizimida oqilona dori-darmon siyosatini shakllantirish
zarurligini taqozo etadi. Vaksinalar yordamida ko‘plab virusli va bakterial
infeksiyalarning oldini olish mumkin. Xususan, gripp, COVID-19, gepatit, qizamiq,
BCG va pnevmokokk infeksiyalariga qarshi ommaviy vaksinalash sog‘lom avlodni
shakllantirishda strategik ahamiyatga ega. Shuningdek, kasalliklarni oldindan
aniqlash, gigiena va sanitariya talablariga qat’iy rioya qilish ham profilaktikaning
ajralmas qismi hisoblanadi. Shunday qilib, virus va bakteriyalar o‘rtasidagi ilmiy
asoslangan farqlarni chuqur tushunish, ularning diagnostika va davolashdagi
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 07, 2025. JULY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
167
ahamiyatini to‘g‘ri anglash, zamonaviy laboratoriya yondashuvlarini keng joriy
etish — nafaqat shifokorlar, balki butun tibbiyot tizimi uchun strategik yo‘nalishdir.
Ilm-fan, texnologiya va amaliyot uyg‘unligida bu sohadagi yutuqlar jamiyat
salomatligining barqaror kafolati bo‘lib xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati
1.Tortora, G. J., Funke, B. R., & Case, C. L. (2020). Microbiology: An Introduction.
13th ed. Pearson Education.
2.Madigan, M. T., Bender, K. S., Buckley, D. H., Sattley, W. M., & Stahl, D. A.
(2018). Brock Biology of Microorganisms. 15th ed. Pearson.
3.Ryan, K. J., & Ray, C. G. (2019). Sherris Medical Microbiology. 7th ed. McGraw-
Hill Education.
4.World Health Organization (WHO). (2021). Antimicrobial Resistance. Retrieved
from: https://www.who.int/news-room/fact-sheets/detail/antimicrobial-resistance
5.Centers for Disease Control and Prevention (CDC). (2022). Difference Between
Bacteria and Viruses. https://www.cdc.gov
6.Mahmudov, M., & Rasulov, R. (2020). Mikrobiologiya, virusologiya va
immunologiya asoslari. Toshkent: Tibbiyot nashriyoti.
7.Karimov, B. A. (2018). Infeksion kasalliklar va ularni davolash tamoyillari.
Toshkent: O‘zbekiston tibbiyot akademiyasi.
8.Fitzpatrick, M. (2021). “Understanding the Diagnostic Challenges in Viral vs.
Bacterial Infections.” The Lancet Infectious Diseases, 21(10), 1352–1360.
9.European Centre for Disease Prevention and Control (ECDC). (2020).
Surveillance of Antimicrobial Resistance in Europe 2020 Annual Report.
10.Egamberdiyev, S. (2017). “Bakteriyalar va viruslar: Biologik farqlar va klinik
ahamiyat.” O‘zbekiston Tibbiyot Jurnali, №4, 55–63.
