Authors

  • Umida Amirqulova
    Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Xorijiy tillar kafedrasi ingliz tili fani o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.journal-science-innovative.35945

Keywords:

mehnatsevarlik konsepti maqol lingvomadaniy obyekt lingvomadaniy xususiyat umumiy va xususiy jihatlar halollik rohat milliy hudud milliy taomlar.

Abstract

Ushbu maqolada “mehnatsevarlik” konseptini ifodalaydigan o‘zbek va ingliz xalq maqollari lingvomadaniy obyekt sifatida tanlab olinib, ularning lingvomadaniy xususiyatlaridagi farqli va o‘xshash jihatlari tahlil etilgan.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 7, 2024. JULY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

20




“MEHNATSEVARLIK” KONSEPTINI IFODALAYDIGAN O‘ZBEK VA

INGLIZ XALQ MAQOLLARINING LINGVOMADANIY

XUSUSIYATLARIDAGI FARQLI VA O‘XSHASH JIHATLARI

Amirqulova Umida Normo‘minovna

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti

Xorijiy tillar kafedrasi ingliz tili fani o‘qituvchisi

Annotatsiya

Ushbu maqolada “mehnatsevarlik” konseptini ifodalaydigan o‘zbek va ingliz

xalq maqollari lingvomadaniy obyekt sifatida tanlab olinib, ularning lingvomadaniy
xususiyatlaridagi farqli va o‘xshash jihatlari tahlil etilgan.

Kalit so‘zlar

: mehnatsevarlik konsepti, maqol, lingvomadaniy obyekt,

lingvomadaniy xususiyat, umumiy va xususiy jihatlar, halollik, rohat, milliy hudud,
milliy taomlar.

Annotation

In this article, Uzbek and English folk proverbs expressing the diligence

concept are selected as linguocultural objects, and their differences and similarities
in their linguocultural characteristics are analyzed.

Key words:

The diligence concept, proverb, linguocultural object,

linguocultural characteristic, general and specific aspects, honesty, pleasure,
national territory, national dishes.


Maqollarning ma’no doirasi juda keng bo‘lgani uchun jamiyatning har bir

sohasida qo‘llashimiz mumkin. Bu borada ingliz va o‘zbek xalq maqollari ma’no
jihatdan ham, qo‘llash jihatidan ham bir-biriga juda yaqin hisoblanadi. Ingliz va
o‘zbek tilidagi maqollarni hajm jihatdan o‘rganib borish natijasida aynan
mehnatsevarlik haqidagi maqollarning ko‘proq uchrashiga guvoh bo‘ldik. Buning
ko‘plab sabablari bor. Misol uchun, mehnat qilib obro‘ topish, o‘z ehtiyojlarini
qoplay bilish kabi masalalar nafaqat qadim zamonlarda, balki bugungi kunda ham
o‘z isbotini topmoqda. Har qanday yutuqning zaminida qattiq mehnat, tirishqoqlik
va kuchli istak yotadi. Mehnat qilish va mehnatsevar inson bo‘lish masalalariga
ingliz va o‘zbek xalqi tomonidan jiddiy qaralishi o‘zbek va ingliz xalq maqollarida
o‘z aksini topadi. “Mehnatsevarlik” konseptini ifodalagan o‘zbek va ingliz xalq


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 7, 2024. JULY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

21




maqollarining lingvomadaniy xususiyatlaridagi o‘xshash jihatlarini quyidagi
maqollar misolida ko‘rishimiz mumkin:

Ikkala xalq milliy mentalitetida ham halollik va halol mehnat qilish doimo

ulug‘lanadi, chunki halol mehnat bilan topilgan boylik, pul, osh-u non kishiga huzur-
halovat va yaxshilik keltiradi va buning isbotini 3.3.1- jadvalda keltirilgan maqollar
misolida ko‘rishimiz mumkin:

3.3.1-jadval.

“Halol mehnatni ifodalaydigan maqollar”.

Inglizcha maqollar:

O‘zbekcha tarjimasi:

O‘zbekcha maqollar:

1.

Honesty is the best
policy.

Halollik

eng

yaxshi

siyosat.

Halol mehnat – yaxshi
odat, berur senga saodat.

2.

It is no shame at all to
work for money.

Halol mehnatning aybi
yo‘q.

Halol mehnatning aybi
yo‘q.

3.

There is no disgrace
in honest labour.

Halol mehnatda ayb
yo‘q.

Halol ishla, halol tishla.

4.

Honesty

lasts

longest.

Halollik

mangu

yashaydi.

Og‘zingni ko‘kka ochma,
halol mehnatdan qochma.

5.

Honesty is the soul of
business.

Halollik biznesning ruhi. Halol mehnat –lazzatli

yemish.

6.

Honest labour dispels
melancholy.

Halol

mehnat

g‘amginlikni yo‘qotadi.

Halol

mehnat

harom

tomoqdan qutqazadi.

7.

The first step toward
greatness is to be
honest.

Buyuklikka

birinchi

qadam halol bo‘lishdan
boshlanadi.

Halol mehnat- huzur-
halovat.

8.

Honest work is better
than a mansion.

Halol

mehnat

dang‘illama uydan afzal.

Halol mehnat – mo‘l
daromad.

9.

Honesty makes you
rich but it works
slowly.

Halollik sizni boy qiladi
ammo bu sekin ishlaydi.

Mehnatingni

halol

qilsang,

huzurini

ko‘rasan.

10. Honest

hearts

produce

honest

actions.

Halol

yuraklar

halol

ishlarni bajaradi.

Halol

mehnat

yerda

qolmas.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 7, 2024. JULY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

22




11. A honest man is the

noblest work of God.

Halol inson Xudoning
eng ezgu asaridir.

Manglay

tering

bilan

topilgan mol – taningga
halol.


Ishni o‘z vaqtida bajarish, bugungi ishni ertaga qoldirmaslik va barvaqt

uyg‘onish kabi mehnatsevar insonga xos bo‘lgan fazilatlar ikkala xalq vakillariga
ham xos universal xususiyatlar ekanligi hech kimga sir emas va buning isbotini
3.3.2- jadvalda keltirilgan maqollar misolida ko‘rishimiz mumkin:

3.3.2- jadval.

“Mehnatsevar inson vaqtni qadrlashini ifodalovchi maqollar”.

Inglizcha maqollar.

O‘zbekcha tarjimasi.

O‘zbekcha maqollar.

“Ishning omadi-o‘z vaqti” ekanligini isbotlovchi maqollar:

1.

Make hay while the
sun shines.

Quyosh nur sochganda
pichan tayyorlang.

Ishning

omadi

–o‘z

vaqti.

2.

Strike while the iron
is hot.

Temirni qizig‘ida bos.

Ishni uyqusida bos.

3.

Time is the soul of
business.

Siz

doimo

biznes

uchrashuvlariga

o‘z

vaqtida kelishingiz kerak.


Ishning

omadi

–o‘z

vaqti.

4.

Punctuality is the soul
of business.

“Bugungi ishni ertaga qoldirmaslikni uqtiruvchi maqollar”

5.

Do not put off for
tomorrow what you
can do today.

Bugun

qila

oladigan

ishingizni

ertaga

qoldirmang.

Bugungi ishni ertaga
qoldirma.

6.

Do not delay today’s
work until tomorrow.

Bugungi

ishni

ertaga

qoldirib, kechiktirmang.

Qolgan ishga qor yog‘ar.

7. Do not leave to the

morning the business
of the evening.



Bugun

qila

oladigan

ishingizni

ertaga

qoldirmang.




Bugungi ishni ertaga
qoldirma.

8.

Never put off till
tomorrow what you
can do today.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 7, 2024. JULY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

23




9.

Hour today, one is
worth two tomorrow.

Bugungi bir soat ertangi
ikki soatga arziydi.

“Barvaqt uyg‘ongan kishining bir ishi ortiq ekanligini anglatuvchi maqollar”

10. Early bird catches the

worm.

Barvaqt uyg‘ongan qush
qurtni tutadi.

Erta turgan kishining bir
ishi ortiq.

11. Go to bed with the

lamb and rise with the
lark.

Qo‘zichoq bilan baravar
uxlab,

to‘rg‘ay

bilan

baravar uyg‘onmoq.

Erta turgan ish bitirar,
kech

turgan

ko‘p

turtinar.


Mehnat insonlarni birlashtirishini ifodalovchi maqollar ikkala xalq

maqollarida ham uchraydi. Chunki ikkala xalq milliy mentalitetida ham ahil bo‘lib
ishlash mehnat jarayonini yengillashtirishi haqidagi qarashlar mavjud. va buning
isbotini quyidagi maqollar misolida ham ko‘rishimiz mumkin: “It is easy to swim if
another holds your head “

[1]

maqolining tarjimasi “Agar boshingizni birov ushlab

tursa, suzish oson”. Bu maqol ma’joziy ma’noda qo‘llangan bo‘lib, agar sizga
kimdir ishingizda yordam va ko‘mak bersa, mehnatingiz osonlashadi deyilmoqda.
Ingliz tilida maqolning quyidagi sinonimlari mavjud: “Many hands make light
work” yoki “Many hands make work easy”, ya’ni “Qo‘llashib ko‘targan yuk
yengillashar”. Bu maqoldagi “many hands – ko‘p qo‘l” so‘z birikmasi “ko‘pchilik”,
“ko‘p odamlar” ma’nosini anglatib kelmoqda. O‘zbek tilida “It is easy to swim if
another holds your head “ maqolning muqobili “Ahil ishlasang, ish bitar, har
mushkul oson bo‘lar” maqolidir va maqol mohiyati juda chuqur bo‘lib, ahillikda har
qanday qiyin mehnat ham osongina bajarilishi uqtirilgan.

Mehnatsevar inson doimo o‘z mehnati bilan yurtda obro‘ topib, el orasida o‘z

hurmat-izzatiga ega ekanligini ifodalovchi maqollarning ikki tilda ham mavudligi
bu tushunchalarning ikkala xalq madaniyatiga ham tegishli universal xususiyat
ekanligidan darak beradi. “The workman is known by his work”

[2]

maqolining

o‘zbekcha tarjimasi inson o‘z mehnati bilan taniqli va qadrlidir. Bu maqoldan
anglashimiz mumkinki, inglizlar ham o‘zlarining mehnatsevar, tirishqoq,
ishbilarmon va g‘ayratli kishilarini ulug‘laydilar va doimo e’tirof etadilar. Mazkur
maqolning inglizcha sinonimlari ham mavjud: “A bird is known by its song”, “A
tree is known by its fruit” va “A man is valued by his work, not his words”. Bu


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 7, 2024. JULY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

24




maqollarning o‘zbekcha ekvivalentlari “Odamni ish tanitadi”, “Mehnatda sinalgan
elda aziz”, “Er yigit nomi bilan, mehnatda shoni bilan” maqollaridir.

“Work sweetens the sleep” maqolini mehnat uyquni shirin qiladi deb tarjima

qilishimiz mumkin va bu maqolni o‘z manosida qo‘llaganimizda, haqiqatdan ham
kun bo‘yi mehnat qilgan kishi kechga borib horib, charchab rohatli uyquga ketishini
va ko‘chma ma’noda esa har qanday zahmatli mehnatdan so‘ng dam olish yoqimli
ekanligini anglashimiz mumkin. Bu maqolning inglizcha sinonimlari quyidagilar:
“Business first, pleasure after”, “Business before pleasure”, “Rest is good after work
is done”, “After the work is done, repose is sweet”. Bu maqolning o‘zbekcha
ekvivalenti “Mehnat rohatga eltar” bo‘ladi va o‘zbek xalq maqollarida “rohat”
leksemasi “yaxshi dam olish, yaxshi hordiq va mehnatdan zavqlanish” ma’nolarida
keladi. Har ikkala tilda ham mehnat insonga yoqimli rohat hissini berishi
ifodalangan va mehnatga nisbatan ijobiy qarash mavjud.

“Who works in sweat will eat with appetite” maqolida terlab qattiq ishlagan

ishtaha bilan ovqatlanishi maqolning o‘z ma’nosini anglatsa, qattiq mehnat qilib
topilgan narsa rohat bilan iste’mol qilinishi yoki foydalanilishi maqolning ko‘chma
ma’nosini anglatadi. Bu maqolning o‘zbekcha muqobili “Ish ishtaha ochar, ishdan
dangasa qochar”

[3].

Ushbu maqollarning lingvomadaniyahamiyati shundaki,

mehnatning inson sog‘lig‘iga foydasi, avvalo, mehnat qilish uning ishtahasiga yoki
boringki, barcha narsalarni zavq bilan qabul qilishi va hayotdan lazzatlanishga
sababchi bo‘lishi ikkala xalq milliy madaniyatiga ham xos hayotiy real holat
hisoblanishidadir.

Mehnatsevar va tirishqoq inson albatta baxt-omadga va ulkan yutuqlarga

erishishi mumkinligi ta’kidlovchi maqollar: Misol uchun, “Diligence is the mother
of good luck”, “ Diligence is the mother of fortune” , “ Diligence is the mother of
success”, “Diligence is the beginning of brilliance”, ” Diligence is mistress of
success”, “Care and diligence bring luck”. Bu maqollar o‘zbek tiliga “Tirishqoqlik
– omad onasi” deb tarjima qilinadi va ularga o‘zbek tilida ekvivalent maqollar
mavjud: “Tirishqoq toshga mix qoqar ” va “Tirishganning teshasi toshga chega
qoqar” maqollarida qattiq mehnat qilgan va tinim bilmasdan ishlagan odam har
qanday mushkul vazifaning uddasidan chiqa olishi mumkinligi uqtirilgan. Ingliz
xalqi ham o‘zbeklar singari barcha omadning boshlanishi mehnat tufayli ekanligi
yaxshi anglaydilar va bu ijobiy dunyoqarash ikkala xalq madaniyatidagi
o‘xshashliklardan biri desak adashmagan bo‘lamiz.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 7, 2024. JULY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

25




Bundan tashqari mehnatsevarlik mavzusi borasida ikkala xalq milliy

madaniyatida farqli jihatlar ham ko‘zga tashlanadi va ularni quyidagi maqollar
misolida ko‘rishimiz mumkin:

Hayvonlar obrazlari orqali ifodalangan mehnatsevarlik haqidagi ingliz xalq

maqollarida asosan, obrazlari orqali insonlarning mehnatga bo‘lgan munosabatlari
yorqin

bo‘ri, ayiq, baliq, chumoli, mushuk, qushlar, asalari, qo‘zichoq

namoyon

bo‘ladi, chunki Buyuk Britaniya hududi orol davlat hisoblanadi va mamlakatning
katta qismida o‘rmonlar mavjud, shu sabab bo‘lsa kerak mehnatga doir ingliz xalq
maqollarida o‘rmon va suv hayvonlari obrazlari ko‘proq uchraydi va ularni quyidagi
maqollar misolida ko‘rishimiz mumkin: “All

cats

love

fish

but fear to wet their

paws”, “ Early

bird

catches the worm”, “Work like

an ant

and you’ll eat sugar”, “

Who eat like

a wolf

and will work

a bear

”, “

A cat

in gloves catches no mice” , “

A

bird

is known by its song”, “Go to bed with

the lamb

and rise with the lark”.” No

bees

, no honey; no work, no money”.

Mehnatsevarlikka doir o‘zbek xalq maqollarida esa asosan,

ot, it, taka, uloq,

qoramol yoki mol, eshak

kabi hayvonlar obrazi uchraydi, chunki O‘zbekiston

hududida yashovchi odamlar hayotida mazkur hayvonlar transport vositasi, oziq-
ovqat, uy qorovuli va doimiy daromad manbayi sifatida alohida e’tibor beriladigan
muhim hayvonlardir, shu sabab ham mehnatga doir o‘zbek xalq maqollarida ushbu
hayvon obrazlari faol uchraydi va buning isbotini quyidagi maqollar misolida
ko‘rishimiz mumkin: “Aravani

ot

tortar, ko‘lankasin –

it

”, “

Ot

oyog‘idan topar,

odam – qo‘lidan”, “

Ot

surinmay yo‘l topmas, yigit urinmay mol topmast”, “Uxlagan

uyqu olar, uxlamagan –

yilqi

”, “

Ot

topadi,

eshak

yeydi. “

Yo‘rg‘a otning

yo‘li

bo‘lar, jo‘rtoqining sho‘ri bo‘lar”, “Sansolar-u mansolar,

otga

yemni kim solar”, “

It

yursa, so‘ngak topar”, “

Mol

boqqanning barmog‘idan moy tomar”, “

Mol

boqqanning moliga boq, boqmaganning — holiga”, “

Mol

semirsa, yog‘ bo‘lar, yer

semirsa, bog‘ bo‘lar”, “Tog‘

takasi

tek tursa, och qolar”, “

Uloqqa

bostirib

bormasang, bosilib ketasan”

[4].

Geografik joylashuv o‘rniga ko‘ra, mehnatsevarlikka oid ingliz xalq

maqollarida, asosan,

o‘rmon va suvliklarni

ifodalovchi so‘zlarning ishtiroki yaqqol

ko‘zga tashlanadi va yuqorida aytganimizdek Angliya hududi o‘rmonlar, dengiz va
daryolardan iboratdir va buning isbotini quyidagi maqollar misolida ko‘rishimiz
mumkin: “All cats love

fish

but fear

to wet

their paws”, “ He who would search for

pearls

must

dive

below”, “It is easy

to swim

if another holds your head”


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 7, 2024. JULY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

26




maqollaridagi “fish-baliq, to wet- ho‘llamoq, dive- sho‘ng‘imoq, swim-suzmoq,
pearl-marvarid,dur” so‘zlari orqali daryo va dengiz kabi suvliklarni, “Who eat like

a wolf

and will work

a bear

” maqolidagi “a wolf-bo‘ri, bear-ayiq” so‘zlari orqali

o‘rmon nazarda tutilganligini anglab olishimiz mumkin.

O‘zbekiston hududida esa suvliklar kam, ammo

tog‘lar, dalalar va cho‘llar,

qolaversa,

mevazor bog‘lar

ko‘proq bo‘lganligi uchun

tog‘, qir, cho‘l va qo‘riq

yer, bog‘

so‘zlari qatnashgan mehnatsevarlikka doir o‘zbek xalq maqollari

anchagina serobdir va buning isboti sifatida quyidagi maqollarni misol qilishimiz
mumkin: “Do‘lanani ko‘rganda

tog‘

esingdan chiqmasin”, “Jon kuydirmasang,

jonona qayda,

toqqa

chiqmasang, do‘lona qayda”, “Mehnat qilsang, ko‘ksing

tog‘

,

hurmat qilsang, diling

bog‘

, “Qaziybersang,

tog‘

ham qular”, “Qimirlagan qir oshar,

tig‘izlagan

tog‘

oshar”, “

Tog‘

takasi tek tursa, och qolar”, “

Bog‘

jamoli —

bog‘bondan”, “Bo‘lsa hamki

qo‘riq yer

, hosil berar, to‘ksang ter”, “Boqimsiz

bog‘

tog‘

bo‘lur, yurak-bag‘ring dog‘ bo‘lur”, “Qarasang —

bog‘man

, qaramasang —

dog‘man”, “Boqsang —

bog‘,

boqmasang —

tog‘”,

“Odam qo‘li

cho‘lni

bo‘ston

qilar”,“Yalqov bo‘lsa o‘g‘loning, yerdan non termas, abjir bo‘lsa o‘g‘loning,

cho‘ldan

don terar”.

Ikkala xalq madaniyatida ham o‘z hududida is’temol qiladigan go‘sht

mahsulotlari nomlarida katta farq borligini mehnatsevarlikka doir maqollar misolida
ko‘rishimiz mumkin. Ingliz xalqining asosiy go‘shtli taomlari baliq mahsuloti bilan
tayyorlansa: “All cats love

fish

but fear to wet their paws”, o‘zbek xalqi esa

o‘zlarining milliy taomlarini so‘qim, ya’ni semirtirilgan mol go‘shtisiz tasavvur
qilolmaydilar: “Ishlagan –

so‘qim

yer, ishlamagan – to‘qim yer”.

Ikkala xalq milliy oshxonasida ham bu xalqlarning milliy taomlarini

anglatgan so‘zlarning mehnatsevarlikni ulug‘lovchi maqollar tarkibida kelishida
sezilarli farqlar bor va buni quyidagi maqollar misolida ko‘rishimiz mumkin. Ingliz
xalq maqollarida

“cake-tort, biskvit”, “sugar-shakar”, “dinner-tushlik”, “food–

oziq-ovqat”

so‘zlari uchrasa: “There is no

cake

without work”, “There is no

dinner

without work”, “The best words give no

food

”, “Work like an ant and you’ll eat

sugar

”, o‘zbek xalq maqollarida esa non, osh, qand, asal, moy, yog‘ so‘zlari keng

uchraydi va bunday maqollar inglizlarnikiga qaraganda son jihatidan ko‘proq:
“Yalqov bo‘lsa o‘g‘loning, yerdan

non

termas, abjir bo‘lsa o‘g‘loning, cho‘ldan don

terar”, “Qarasang,

qand

yersan, qaramasang, pand yersan”, “Oq qo‘l —

osh

egasi,

kuch qo‘l — ish egasi”, “Kishining qo‘lidan ishini olsang, og‘zidan

oshini

olasan”,


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 7, 2024. JULY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

27




“Ishlaganning og‘zi

oshga

tegar, ishlamaganning og‘zi toshga tegar”, “Ishdan

qochding —

oshdan

qochding”, “Ishchan

oshini

yer, dangasa – boshini”, “

Non

yemoqchi bo‘lsang, o‘tin tashishdan erinma”, “Ish bor yerda

osh

bor”, “Mehnatning

noni

– shirin, yalqovning – joni”, “Mehnat qilib topganing,

qand-u asal

totganing”,

“Mol boqqanning barmog‘idan

moy

tomar”, “Yurti boyning o‘zi boy, mehnat

qilganning qo‘li

moy

”, “Mehnat qilgan

moy

oshar”.

Xulosa qilib aytganda, mehnatsevarlikni ulug‘lovchi ingliz va o‘zbek xalq

maqollarining lingvomadaniy xususiyatlaridagi o‘zaro o‘xshash jihatlarini ikkala
xalq milliy madaniyatida ham uchraydigan mehnat bilan bog‘liq bo‘lgan quyidagi
tushunchalar bilan izohlash mumkin:

1.Barvaqt uyg‘onish va ishni o‘z vaqtida bajarish;
2.Halol mehnat qilish va haloldan rizqlanish;
3.Mehnatsevarlik omad, baxt, moddiy va ma’naviy farovonlik manbayi;
4.Mehnatsevarlik go‘zalliklar bunyodkori.
5.Mehnatsevarlik sog‘liq garovi.
Ammo mehnatsevarlikni ifodalaydigan ingliz va o‘zbek xalq maqollarining

lingvomadaniy xususiyatlaridagi o‘zaro farqli jihatlarini har ikkala xalqqa tegishli
bo‘lgan maqollardagi milliy taomlar, milliy hudud va milliy hayvonlar, shuningdek
shu xalq vakillari eng ko‘p shug‘ullanadigan kasb-korlar misolida ko‘rishimiz
mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.Karamatova K.M., Karamatov H.S. Proverbs–Maqollar– Пословицы. – T.:
Mehnat, 2000. – 165 b.
2. Mohammed Attia. 2004. “Common English Proverbs”.

E-Books

.

3. Mirzayev T., Musoqulov A., Sarimsoqov B. O‘zbek xalq maqollari. –
T.:Sharq, 2005,–508 b.
4. Шомақсудов Ш., Шорахмедов Ш. Хикматнома. Ўзбек мақолларининг
изохли луғати. T., 1990. – 45 б.
5. Mamatov A.E. Zamonaviy lingvistika.Toshkent: “ Tavakkur avlodi”, –2020,–
76-bet.
6.Samadov Q. Maqollarimiz mohiyatiga doir. T.: O‘zbekiston Madaniyati. – 1965.

References

Karamatova K.M., Karamatov H.S. Proverbs–Maqollar– Пословицы. – T.: Mehnat, 2000. – 165 b. 2. Mohammed Attia. 2004. “Common English Proverbs”. E-Books. 3. Mirzayev T., Musoqulov A., Sarimsoqov B. O‘zbek xalq maqollari. – T.:Sharq, 2005,–508 b. 4. Шомақсудов Ш., Шорахмедов Ш. Хикматнома. Ўзбек мақолларининг изохли луғати. T., 1990. – 45 б. 5. Mamatov A.E. Zamonaviy lingvistika.Toshkent: “ Tavakkur avlodi”, –2020,– 76-bet. 6.Samadov Q. Maqollarimiz mohiyatiga doir. T.: O‘zbekiston Madaniyati. – 1965.