Authors

  • Go‘zal Raximova
    Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi dotsenti ,Urganch davlat universiteti ,O‘zbekiston
  • Gulasal Bakhtiyarova
    Tarjima nazariyasi va amaliyoti bo‘’limi talabasi ,Urganch davlat universiteti ,O‘zbekiston

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.journal-science-innovative.35946

Abstract

Termin bilan odatdagi muomala chog‘ida qo‘llanadigan so‘zlarning farqlari aniqlanar ekan, bu bilan terminning o‘ziga xos xususiyatlari ham ochiladi. Shuning uchun quyida terminlarning o‘ziga xos xususiyatlariga to‘xtab o‘tishga to‘g‘ri keladi.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 7, 2024. JULY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

16




Terminlarning mantiqiy jihatdan ta’rifi to‘g‘risida fikrlar

Raximova Go‘zal Yuldashovna, Tarjima nazariyasi va amaliyoti

kafedrasi dotsenti ,Urganch davlat universiteti ,O‘zbekiston

Bakhtiyarova Gulasal, Tarjima nazariyasi va amaliyoti bo‘’limi

talabasi ,Urganch davlat universiteti ,O‘zbekiston

Kirish

Termin bilan odatdagi muomala chog‘ida qo‘llanadigan so‘zlarning farqlari

aniqlanar ekan, bu bilan terminning o‘ziga xos xususiyatlari ham ochiladi. Shuning
uchun quyida terminlarning o‘ziga xos xususiyatlariga to‘xtab o‘tishga to‘g‘ri keladi.

Ma’lumki, so‘zning ma’nosi ko‘p hollarda murakkab bo‘ladi, uning asosini

tushuncha tashkil qilib, tushuncha ustiga kishiga ta’sir qiladigan qo‘shimcha
emotsional-ta’sirchan ottenka «bo‘yoq» qo‘shiladi. Bundan tashqari, so‘z oddiy
muomalada, publitsistikada, she’riyatda, ilmiy asarlarda, jamoatchilik oldida
so‘zlanadigan nutqlarda, ish qog‘ozlarida qo‘llanishga xoslangan ham bo‘ladi. Mana
shu uch tarkibiy qism (komponentlar)ma’nosi bir-biriga yaqin yoki bir-biriga tengdek
ko‘ringan so‘zlar orasidagi tafovutga sabab bo‘ladi. Masalan,

farzand—

bola,children-child, xotin—rafiqa—yostiqdosh,woman-wife-spouse, er—o‘rtoq—
yostiqdosh—dadasi,man,husband,partner,father

(oddiy muomalada) va boshqalar.

Shu jihatdan qaraganda, termin emotsional-ta’sirchanlik xususiyatiga ega

bo‘lmay, tushuncha va stilistik belgi ifodalaydi. Uning stilistik belgisi ma’lum ishlab
chiqarish, fan sohasiga oid bo‘lgan ilmiy asarlar bilan bog‘langanligidan va bu belgi
shunday maxsus sharoitda sezilib turmaganidan, odatda, terminning aniq bir
tushuncha ifodalashiga e’tibor qilinadi.

Termindagi tushuncha bilan bog‘langanlikning bo‘rtib turishi uni mantiq

qoidasi asosida ta’riflash imkoniyatini beradi. Masalan:

kurtak—core

o‘simlikning

tana, barg, gul va boshqa qismlarini hosil qiluvchi organ,boshlang‘ich novda
(botanika),

diafragma—diafragram

qursoq bo‘shlig‘ini ko‘krak bo‘shlig‘idan ajratib

turadigan t o‘siq (anatomiya),

realizm — realism

adabiyot va san’atda voqelikni

badiiy obrazlarda butun to‘laligi bilan to‘g‘ri tasvirlab berishni talab etuvchi badiiy
metod va boshqalar.

Tadqiqotlar va natijalar

Terminlarni mantiqiy jihatdan ta’riflash mumkinligi esa ularni boshqa


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 7, 2024. JULY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

17




so‘zlardan ajratish imk oni yatini beradi. Mantiqiy ta’riflash termin sifatida olingan
so‘zdan anglashiladigan tushunchaning bir necha muhim belgisini ifodalash
demakdir. Bunda termin xususiy tushunchani ifodalasa, ta’riflash uchun
foydalanilgan so‘z umumiy tushunchani, keng tushunchani ifodalaydi. Masalan,
yuqorida

kurtak-core

terminidan anglashilgan tushuncha organ va novda singari

umumiy va keng tushunchalar yordamida ta’riflangan.

2. Termin hamma vaqt – gapda ham, gapdan tashqarida ham bir ma’noli

bo‘ladi. Uning bir ma’noli bo‘lishi ma’lum fan yoki ma’lum sohadagina qo‘llanish
hususiyati orqali yuzaga keladi. Masalan,

til-language

oddiy so‘z sifatida ko‘p

ma’nolidir: turli gapda turli ma’noda qo‘llanishi mumkin (kishi va hayvonlardagi
ma’lum organ nomi, aloqa quroli nomi, «so‘z» “word”degan ma’noda:

Quloq sol

tilima;Listen to me,

«sir», «usul» ma’nolarida:

Rizamat biladi nihol tilini

va

boshqalar). Ammo termin sifatida odam yoki hayvon anatomiyasi sohasidagi ma’lum bir
organnigina ifodalaydi, ijtimoiy fanlar sohasida esa faqat kishilarning jamiyatda
o‘zaro aloqa qilish qurolini anglatadi. Bunday maxsus sohalarda qo‘llangan termin turli
gapda kelganda ham faqat bir xil ma’noni anglataveradi.

3. Termin so‘zning ko‘pincha qo‘llaniladigan asosiy (bosh) ma’nosigagina

tayanmaydi, balki ko‘chma (yoki yasama)ma’nolariga ham asoslanadi.Masalan,

o‘zak-core

termini botanika fani sohasida o‘z ma’nosida – “o‘simlik tanasining o‘rta

qismi” ma’nosida qo‘llansa, zoologiyada “patning o‘rta qismi”, texnikada
«elektromagnitning o‘zagi» («rod, core »:

electromagnet core)

ma’nosi-da ko‘chma

holda qo‘llanadi. Grammatikada so‘zning o‘zagi so‘zning o‘rtasida kelishi shart
emas, aksincha, o‘zbek tilida ko‘proq so‘zning boshida (ya’ni «chetida») ke-ladi.

Termin murakkab tuzilgan bo‘lsa, uning bir yoki bir necha elementi ko‘chma

ma’noda bo‘lishi mumkin: masalan, anatomiya sohasidagi

miya po‘sti maydonlari

termini sostavidagi

po‘st

va

maydon

so‘zlari ko‘chma ma’noda kelgan.

Ma’lumki, so‘zlardagi ma’no metafora, metonimiya, funksiyadoshlik,

sinekdoxa usullari orqali ko‘chadi.

Ma’no ko‘chishi bilan hosil bo‘lgan terminlarda metafora ko‘proq uchraydi.

Masalan, geografiya sohasidagi

qo‘ltiq

bay

»),

burun

(«cape») terminlari

joylarning ko‘rinishini (shaklini) odamning qo‘ltig‘iga, burniga o‘xshatishga
asoslangan; botanika sohasidagi

chang-pollen

o‘simlik guli ichidagi mayda otalik

urug‘larini tuproqning changgiga o‘xshatishga asoslangan

.(

Pollen is the pollen

grains formed in the anthers of flowering plants)


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 7, 2024. JULY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

18




Ma’nosi metonimiya usulida ko‘chgan terminlar u qadar ko‘p bo‘lmasa ham,

har holda, uchrab turadi. Masa-lan,

qorako‘l

qo‘yning bir zotining nomi,

modera,

madeyra, tokay

(vino turlarining nomi) aslida joy nomlaridan olingan.

Elektrda qarshilik o‘lchovi birligi

om,

tok kuchi o‘lchovi birligi

amper,

tokning kuchlanish o‘lchovi birligi

volt

shu hodisalarni kashf qilgan olimlar nomi

(Om, Amper, Volt) ni metonimiya usulida ko‘chma ma’noda qo‘llashdan tug‘ilgan.

Sinekdoxa usulida, ya’ni butun bilan qism orasidagi munosabat asosida ma’no

ko‘chishi natijasida ma’lum hayvonning terisi ma’nosini anglatadigan

qorako‘l,

tulki, qunduz

kabi terminlar vujudga kelgan.

So‘zning asosiy ma’nosi bilan ko‘chma ma’nodagi terminologik ma’nosi

orasidagi aloqa uzoqlashadi. Natijada, odatdagi so‘zga omonim bo‘lgan termin hosil
bo‘ladi.

Terminning ma’nosi sun’iy ravishda semantik taraqqiyotdan,

o‘zgarishlardan to‘xtatilgan bo‘ladi. Termin ba’zan so‘zning ko‘chma ma’noda
qo‘llangandagi ma’nosini anglatsa ham, bu ko‘chma ma’no o‘sha terminning
birdan-bir ma’nosi bo‘lib qoladi. Vaholanki, odatda-gi so‘zlarda ko‘chma
ma’nolardan biri bilan bunday chegaralanib qolib bo‘lmaydi. Davr o‘tishi bilan
so‘zning bosh ma’nosi yoki ayrim ko‘chma ma’nolari unutilishi va boshqa ko‘chma
ma’no saqlanib qolib, asosiy ma’noga aylanishi mumkin bo‘lsa ham, bu so‘nggi
ma’no (yoki ma’nolar) asosida keyinchalik yangi ko‘chma ma’nolar hosil bo‘lish
protsessiga chek qo‘yilmaydi.

Termin ham odatdagi so‘zlar kabi turli ma’nolarga ega bo‘lib qolsa (semantik

jihatdan taraqqiy qilsa), o‘sha fan yoki fanning bo‘limi sohasida fikrlarning har xil
ekanligi anglashiladi. Masalan,

grammatik kategoriya

termini ba’zan bir necha

grammatik ma’no yig‘indisi deb tushuntirilsa, ba’zan grammatik ma’nosi bir-biri bilan
bog‘langan grammatik formalarning jami deb tushuntiriladi. SHuningdek,

gram-

matik forma

termini ba’zan so‘zdagi affiks ma’nosida tushunilsa, ba’zan so‘zning

gapda qo‘llanish chog‘idagi qiyofasi deb tushuniladi. Bu hol uzoq vaqtlar davom
qilishi mumkin. Masalan,

grammatik forma

terminining ikki xil ma’noda qo‘llanishi

XIX asrdayoq mavjud edi.

Xulosa

So‘z terminga aylanganidan so‘ng mavjud sino-nimiya va antonimiya

qatoridan chiqib ketadi. Shuningdek,

so‘z

va

gap, ildiz

va

tomir

so‘zlari, odatda, bir-

birlariga sinonimdir. Ammo termin sifatida ular bir-birlariga sinonim bo‘lmaydi:

so‘z

tilshunoslikda leksikologiya va morfologiyaning ob’ekti bo‘lgan birlikni


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 7, 2024. JULY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

19




ifodalasa,

gap

termini sintaktik birlikni ifodalaydi. Ularni farqlamaslik juda katta

anglashilmovchilikka sabab bo‘lishi mumkin edi. Botani-ka fani sohasidagi

ildiz

bilan

tomir

terminlari mana shunday boshqa-boshqa tushunchalarni anglatadi:

ildiz-

root

o‘simlik tanasining pastki qismi bo‘lsa, to

mir-vein o‘

simlik bargidagi taram-

taram «ip»lar.

Fizika fani sohasidagi

issiqlik sig‘imi

termini sostavidagi

issiqlik-heat

so‘zi,

odatda, oddiy muomalada

iliqlik-warm

so‘ziga sinonim,

sovuqlik-cold

so‘ziga esa

antonimdir. Ammo termin sostavida uni bu so‘zlarga ma’nodosh deb ham, qarama-
qarshi deb ham bo‘lmaydi. Ularni, hatto, nisbatlash ham mumkinmas. Xuddi shu
kabi,

chang-pollen

terminini

to‘zon-pollen

so‘ziga nisbatlash va ularni sinonim deb

tushunish botaniklarning xayoliga ham kelmaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.Виноградов В. А., Васильева Н. В., Шахназарович А. М. Краткий словарь
лингвистических терминов. М.: Русский язык, 1995. — 175 с.

2 .Кубрякова Л.С. “Краткий словарь когнитивных терминов”. – М.:1997.
3.Маматов А.Э., Худайберганова Н.Р. Лингвистик терминлар ўқув луғати. Т.:
Замон. 2022
4.Маҳкамов Н., Эрматов И., Тилшунослик терминларининг изоҳли луғати. Т.:
Фан. 2013.
5.Марузо Ж. Словарь лингвистических терминов. – М.: 1960.
6.Розенталь Д.Э., Теленкова М. А. Словарь- справочник лингвистических
терминов. – М.: 1985.
7.Ҳожиев А. Лингвистик терминларнинг изоҳли луғати. Т.: 1985
8.Хемпа Э. Словарь американской лингвистической терминологи– М.: 1964.
9. Шаталова Т.И. “Англо-русский идеографический словарь”. – М.: 1994
10.Лингвистический энциклопедический словарь изд-е 2-ое / ред Ярцева
В.Н. – Большая Роcсийская энциклопедия: 2002.

References

Виноградов В. А., Васильева Н. В., Шахназарович А. М. Краткий словарь лингвистических терминов. М.: Русский язык, 1995. — 175 с.

.Кубрякова Л.С. “Краткий словарь когнитивных терминов”. – М.:1997. 3.Маматов А.Э., Худайберганова Н.Р. Лингвистик терминлар ўқув луғати. Т.: Замон. 2022 4.Маҳкамов Н., Эрматов И., Тилшунослик терминларининг изоҳли луғати. Т.: Фан. 2013. 5.Марузо Ж. Словарь лингвистических терминов. – М.: 1960. 6.Розенталь Д.Э., Теленкова М. А. Словарь- справочник лингвистических терминов. – М.: 1985. 7.Ҳожиев А. Лингвистик терминларнинг изоҳли луғати. Т.: 1985 8.Хемпа Э. Словарь американской лингвистической терминологи– М.: 1964. 9. Шаталова Т.И. “Англо-русский идеографический словарь”. – М.: 1994 10.Лингвистический энциклопедический словарь изд-е 2-ое / ред Ярцева В.Н. – Большая Роcсийская энциклопедия: 2002