Authors

  • Laylo Baxromova
    Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.journal-science-innovative.35948

Keywords:

yoshlar siyosat taraqqiyot strategiyasi el-yurt umidi uchinchi renessans professional ta’lim inkyuziv dastur

Abstract

Ushbu tadqiqot ishida mamlakatimizda yoshlar siyosatiga oid qonun hujjatlari tahlil qilingan bo‘lib, bugungi kunda qonunchiligimizda yoshlarga yaratilgan ulkan imkoniyatlar yoritilgan. Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishning yoshlar tarbiyasi va yorqin istiqbolidagi ahamiyati ochib berilgan.
Shuningdek, ushbu maqolada yoshlarni Oʻzbekistonning zamonaviy yangi avlod kadrlari sifatida shakllantirish, har bir soha boʻyicha bilim, malaka va yuqori kasbiy koʻnikmaga ega boʻlgan raqobatbardosh kadr sifatida xalqaro maydonga chiqishi davlatimiz tomondan qo‘llab-quvvatlanayotgani o‘rin olgan.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 7, 2024. JULY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

7




UCHINCHI RENESSANS DAVRIDA YOSHLARGA OID DAVLAT

SIYOSATINING AHAMIYATI VA MOHIYATI

Baxromova Laylo Rayim qizi

Toshkent davlat yuridik

universiteti talabasi,

+998 941891807,

laylorayimovna@gmail.com


Annotatsiya:

Ushbu tadqiqot ishida mamlakatimizda yoshlar siyosatiga oid

qonun hujjatlari tahlil qilingan bo‘lib, bugungi kunda qonunchiligimizda yoshlarga
yaratilgan ulkan imkoniyatlar yoritilgan. Jamiyatda huquqiy madaniyatni
yuksaltirishning yoshlar tarbiyasi va yorqin istiqbolidagi ahamiyati ochib berilgan.
Shuningdek, ushbu maqolada yoshlarni Oʻzbekistonning zamonaviy yangi avlod
kadrlari sifatida shakllantirish, har bir soha boʻyicha bilim, malaka va yuqori kasbiy
koʻnikmaga ega boʻlgan raqobatbardosh kadr sifatida xalqaro maydonga chiqishi
davlatimiz tomondan qo‘llab-quvvatlanayotgani o‘rin olgan.

Kalit so‘zlar:

yoshlar, siyosat, taraqqiyot strategiyasi, el-yurt umidi, uchinchi

renessans, professional ta’lim, inkyuziv dastur.

Abstract:

In this research work, legislation on youth policy in our country has

been analyzed, and the great opportunities created for young people in our
legislation, today, have been highlighted. The importance of raising the legal culture
in the society in the education and bright prospects of the youth has been revealed.
This article also states that the formation of young people as modern new generation
personnel of Uzbekistan, competitive personnel with knowledge, skills and high
professional skills in every field is supported by our government.

Key words:

youth, politics, development strategy, country's hope, third

renaissance, professional education, inclusive program.

Аннотация:

В данной исследовательской работе проанализировано

законодательство о молодежной политике в нашей стране, а также отмечены
большие возможности, созданные для молодежи в нашем законодательстве
сегодня. Выявлена важность повышения правовой культуры в обществе в
образовании и перспективах молодежи. В данной статье также указано, что


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 7, 2024. JULY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

8




формирование молодежи как современных кадров нового поколения
Узбекистана, конкурентоспособных кадров, обладающих знаниями, умениями
и высокими профессиональными навыками во всех сферах, поддерживается
нашим государством.

Ключевые слова:

молодежь, политика, стратегия развития, надежда

страны, третий ренессанс, профессиональное образование, инклюзивная
программа.


Markaziy Osiyoning qoq markazida joylashgan O‘zbekiston nafaqat tarix va

madaniyatga boy o‘lka, balki ijobiy o‘zgarishlar bilan rivojlanayotgan davlat
hamdir. Mamlakatimiz dunyoga o‘z eshiklarini ochar ekan, bir ajoyib tendentsiya
namoyon bo‘lmoqda - siyosatda yoshlarning ta'siri kuchaymoqda. Bugun
O‘zbekiston yoshlari siyosiy maydonda o‘z g‘oyalari, g‘ayrati va ishtiyoqi bilan faol
hissa qo‘shmoqda. Yoshlar o‘rtasida mamlakat kelajagiga bo‘lgan bu ishtiyoq
nafaqat tahsinga sazovor, balki mamlakat va butun dunyoning porloq kelajagini
shakllantirish uchun ham muhim ahamiyatga ega. Dunyo aholisining 20 foizini
yoshlar tashkil etsa, O‘zbekistonda bu ko‘rsatgich 60 foizdan oshadi.

Hozirgi kunga qadar parlament tomonidan yoshlarga oid 40 dan ortiq qonun

hujjatlari qabul qilingan bo‘lib, 30 dan ortiq xalqaro huquqiy hujjatlar ratifikatsiya
qilingan. Milliy qonunchiligimizda, yoshlarning huquqlari va erkinliklari bilan bir
qatorda siyosiy huquqlari ham mustahkamlab qo‘yilgan, masalan, yoshlar 18
yoshdan boshlab saylash, 21 yoshda mahalliy kengashlarga, 25 yoshda esa Oliy
Majlis palatalariga saylanish huquqiga ega.

2017-yil 5-iyulda Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan «Yoshlarga oid

davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini
qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi farmoni bu boradagi ishlarni yangi bosqichga olib
chiqdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. 2019-yilda Qonunchilik palatasiga o‘tkazilgan
saylovlarda 7 million 162 ming 316 nafari ya’ni 34 foizini 30 yoshgacha bo‘lgan
yoshlar tashkil etgan. 2 millionga yaqin 18 yoshga to‘lgan fuqaro esa saylovlarda ilk
bor ishtirok etgan. 30 yoshgacha bo‘lgan 14 nafar yigit-qizlar esa siyosiy partiyalar
tomonidan Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod sifatida ko‘rsatildi. Ulardan
9 nafari esa deputat etib saylandi. Shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar hamda Toshkent shahar Kengashlariga


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 7, 2024. JULY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

9




26 nafar, xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlariga 291 nafar yigit-qiz deputat
etib saylandi.

Mamlakatimiz rahbari tomonidan yoshlarga bo‘lgan yuksak e’tiborni 2021-yil

“Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”, 2023-yil
“Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”, 2024-yil "Yoshlar va biznesni qo‘llab-
quvvatlash yili" kabi yillarning nomlanishida ham yaqqol ko‘rishimiz mumkin.

Qolaversa, mamlakatimiz rahbari tomonidan “Inson qadri uchun” tamoyili

asosida ishlab chiqilgan, 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekiston
Taraqqiyot strategiyasi”ning bir qancha maqsadlarida, jumladan, 2026-yilga qadar
oliy ta’limga qabul ko‘rsatkichini kamida 250 mingga yetkazish (46-maqsad), “El-
yurt umidi” jamg‘armasi orqali erkin va ijodiy fikrlaydigan yoshlarni nufuzli xorijiy
oliygohlarga o‘qishga yuborish ko‘lamini 2 baravarga oshirish (50-maqsad),
yoshlarning huquqlari va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish sohasida faoliyat olib
boruvchi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish(70-maqsad), “Yoshlar
— Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” shiori ostida “Yangi O‘zbekiston — Uchinchi
Renessans” g‘oyasining ro‘yobga chiqarilishini ta’minlash (71-maqsad) kabilarda
yoshlarni har tomonlama rivojlantirish ustuvor maqsadlar sifatida belgilangan
hamda shu kungacha amaliy ifodasini topib kelmoqda.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston o‘z ta’lim tizimida, xususan, yoshlar ta’lim-

tarbiyasiga e’tibor qaratilayotganda o‘zgarishlar sari qadam tashladi.
Mamlakatimizda ta’lim olish imkoniyatlari, ta’lim sifati va yoshlarning har
tomonlama kamol topishiga xizmat qiluvchi qator ijobiy o‘zgarishlar amalga
oshirildi. Xususan, 2017-yilda Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi hamda
oilaviy maktabgacha ta’lim muassasalarining soni ortishi chekka hududlarda ham
kam ta’minlangan oilalar farzandlarini ushbu bosqichga faol jalb qilishga erishildi.
O‘zbekistonda oxirgi yetti yilda maktabgacha ta’lim bo‘yicha qamrov darajasi 27
foizdan 72 foizga oshdi. Shuningdek, qisqa muddatli, yangi mobil “Aqlvoy”
maktabgacha ta’lim guruhlari 2021-yildan boshlab ishga tushurildi. Mobil
guruhlarning tarbiyachilari qo‘shimcha malaka oshirish kurslarida, jumladan,
birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha ham o‘qitiladi.

Maktab o‘quvchilari uchun 1−4-sinflarni “ilg‘or xorijiy tajriba” asosida ishlab

chiqilgan darsliklar va 5−11 sinflar uchun esa “STEAM fanlari darsliklarini
ixtisoslashgan ta’lim muassasalari darsliklari va o‘quv-metodik majmualari asosida,
shu jumladan xorijiy tajribani inobatga olgan holda joriy etish maqsadida maktab


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 7, 2024. JULY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

10




o‘qituvchilari, metodistlar, oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari bilan bir
qatorda BMT Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) va AQShning Xalqaro taraqqiyot
agentligi (USAID) ekspertlari jalb etilgan.

2019-yildan boshlab ta’lim jarayonida ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash orqali

iqtidorli bolalarni aniqlash va o‘qitish tizimini shakllantirish, shuningdek, iqtidorli
yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, ma’naviy boy va intellektual
rivojlangan avlodni tarbiyalash kafolatlarini ta’minlash maqsadida president
maktablari joriy etildi. Albatta, maktab bitiruvchilari erishgan yutuqlar hayratlanarli
darajada. Jumladan, so‘nggi yillardagi bitiruvchilarning barchasi xalqaro til bilish
sertifikatini qo‘lga kiritdi. Nafaqat o‘zbek yoshlari balki butun dunyo yoshlari
o‘qishni havas qiladigan jahon reytinglari 7-da o‘rinda turuvchi “Harward” hamda
“Princeton” universitetlariga 100 foizlik grantni qo‘lga kiritganligi tahsinga
sazovordir.

Shu o‘rinda O‘zbekiston tarixida qabul qilingan eng muhim “Pedagogning

maqomi to‘g‘risida”gi qonun ham avvalo yoshlarga bo‘lgan e’tiborning mahsulidir,
Negaki, pedagog xodimni lavozim majburiyati va kasbiy faoliyati bilan bog‘liq
bo‘lmagan ishlarga, yig‘ilishlar va boshqa tadbirlarga jalb qilish taqiqlanadi endi
o‘qituvchilar o‘z vazifasini samarali amalga oshiradi.

Ta’lim tizimidagi yoshlar uchun yana bir muhim islohot professional ta’lim turi

va bitiruvchilarga oliy ta’limga kirishdagi katta imtiyozlarni alohida ta’kidlash lozim
hisoblanadi. Qolaversa, so‘nggi yeti yilda oliy ta’lim qamrovi 9 foizdan 42 foizga
yetdi. OTMlarda o‘qitishning xorijiy mamlakatlarda bir muncha rivojlangan kredit
modul tizimi, innovatsion texnologiyalari joriy etilishi ham ta’lim sifatini yaxshiladi.
Shuningdek, xalqaro akademik-talabalar almashinuv dasturi asosida ko‘plab
yoshlarimiz davlatimiz qo‘llab-quvvatlashi bilan chel-elda tahsil olmoqda.

Yana bir ahamiyatli jihati shundaki, xorijda ilmiy salohiyatga ega olimlar,

mutaxassislar va isteʼdodli yoshlar bilan yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyish
maqsadida yetakchi xorijiy taʼlim muassasalarida o‘qitishni maqsad qilgan “El-yurt
umidi” jamg‘armasi har yili yoshlarni dunyoning Top 100 reytingidan o‘rin olgan
universitetlarida ta’limning bakalvriat va magistratura yo‘nalishlarida o‘qib
kelishlari uchun moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Bunya yorqin
misol sifatida maktab bitiruvchisi Gulbahor Nortojiyeva Amerikaning George
Meyson universitetida o‘qish uchun ''El-yurt umidi'' jamg‘armasi tomonidan yiliga
37 000 dollar, Erkinjon Umarov esa Amerikaning University of Arizona


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 7, 2024. JULY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

11




universitetida tahsil olish uchun 22 000 dollar grant yutib olganlarini keltirish
mumkin.

Strategik tashabbuslar, inklyuziv dasturlar va maqsadli investitsiyalar orqali

O‘zbekiston o‘z yosh avlodini gullab-yashnashi, innovatsiyalar yaratish va xalqni
porloq kelajak sari yetaklash imkonini yaratmoqda. O‘zbekiston o‘zining islohotlar
yo‘lida davom etar ekan, yoshlarga oid siyosat tashabbuslari natijasida yuzaga
kelgan jadallikni davom ettirish va mustahkamlash zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. 2016 yil 14 sentyabrdagi «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi Qonun

/

https://lex.uz/docs/3026246

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev BMTning 72-sessiyasida

so‘zlagan nutqi //

https://uza.uz/uz/posts/zbekiston-prezidenti-shavkat-mirziyeev-

bmt-bosh-assambleyasi-20-09-2017

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning O‘zbekiston

yoshlari forumidagi ma'ruzasi //

https://uza.uz/uz/posts/ozbekiston-respublikasi-

prezidenti-

shavkat-mirziyoevning-ozbekiston-yoshlari-forumida-sozlagan-

nutqi_197662

4. Juraev S.A. Osobennosti formirovaniya gosudarstvennoy molodejnoy

politiki Respubliki Uzbekistan V perexodniy period: teoriya i praktika. A-

r.diss...dok.politol.n..-T., 1994. -S.17.
5. Yusupova N.J. Islomda ayol huquqlari. Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi

Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, 2006

6. “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot

strategiyasi to‘g‘risida”gi 28.01.2022 yildagi PF-60-son //

https://lex.uz/uz/docs/-

5841063


References

yil 14 sentyabrdagi «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi Qonun

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev BMTning 72-sessiyasida

so‘zlagan nutqi // https://uza.uz/uz/posts/zbekiston-prezidenti-shavkat-mirziyeev- bmt-bosh-assambleyasi-20-09-2017

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning O‘zbekiston

yoshlari forumidagi ma'ruzasi // https://uza.uz/uz/posts/ozbekiston-respublikasi- prezidenti- shavkat-mirziyoevning-ozbekiston-yoshlari-forumida-sozlagan- nutqi_197662

Juraev S.A. Osobennosti formirovaniya gosudarstvennoy molodejnoy politiki Respubliki Uzbekistan V perexodniy period: teoriya i praktika. A- r.diss...dok.politol.n..-T., 1994. -S.17. 5. Yusupova N.J. Islomda ayol huquqlari. Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, 2006 6. “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi 28.01.2022 yildagi PF-60-son // https://lex.uz/uz/docs/-