Authors

  • Sarvar Abdurahimov Nasrilloyevich
    Termiz davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.journal-science-innovative.36213

Keywords:

xizmatlar servis asosiy va qushimcha xizmatlar is’temolchilarning hulq atvori.

Abstract

Turizm sohasida ekskursiyatlar muhim rol o‘ynaydi va ularning asosiy xizmatlaridan biri hisoblanadi. Ekskursiyalar orqali turistlar madaniyat, tarix va tabiat boyliklarini yaxshiroq anglaydilar. Ushbu maqolada ekskursiya xizmati turizm sohasidagi ahamiyati, tartibi va unga bog‘liq bo‘lgan turli jihatlari muhokama qilinadi. Maqoladan oliy ta’lim muassasalari talabalari, mustaqil tadqiqotchilar hamda keng auditoriya foydalanishlari mumkin.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 7, 2024. JULY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

312




EKSKURSIYA XIZMATI - TURIZM SOHASINI ASOSIY

XIZMATLARIDAN BIRI

Sarvar Abdurahimov Nasrilloyevich

Termiz davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti o‘qituvchisi

Annotatsiya:

Turizm sohasida ekskursiyatlar muhim rol o‘ynaydi va ularning asosiy

xizmatlaridan biri hisoblanadi. Ekskursiyalar orqali turistlar madaniyat, tarix va
tabiat boyliklarini yaxshiroq anglaydilar. Ushbu maqolada ekskursiya xizmati
turizm sohasidagi ahamiyati, tartibi va unga bog‘liq bo‘lgan turli jihatlari muhokama
qilinadi. Maqoladan oliy ta’lim muassasalari talabalari, mustaqil tadqiqotchilar
hamda keng auditoriya foydalanishlari mumkin.

Kalit so‘zlar

:

xizmatlar, servis, asosiy va qushimcha xizmatlar, is’temolchilarning

hulq atvori.

Kirish.

Turistik xizmatlar tarkibiga ekskursiyalar, poxodlar ham kiradi. O‘zbekiston

Respublikasining “Turizm to‘g‘risida”gi Qonunida: “ekskursiya faoliyati - turistik
faoliyatning tarixiy yodgorliklar, diqqatga sazovor joylar va boshqa ob’ektlar bilan
tanishtirish maqsadida oldindan tuzilgan yo‘nalishlar bo‘yicha ekskursiya yetakchisi
(gid) hamrohligidagi 24 soatdan oshmaydigan ekskursiyalarni tashkil etishga doir
qismi”,- deyilgan.

1

Gid haqida esa: “gid” (ekskursiya yetakchisi) - tur qatnashchilariga turistik xizmatlar
ko‘rsatish shartnomasi doirasida ekskursiya - axborot, tashkiliy yo‘sindagi xizmatlar
va malakali yordam ko‘rsatuvchi jismoniy shaxs”, -deyiladi.
Ekskursiya (excursion) - turistga va ekskursant (bir kunlik ziyoratchi)ga taklif
qilinishi mumkin. Ekskursiya turistik xizmat bo‘lib, turistning estetik, ruhiy,
boxabarlik va boshqa qiziquvchanlik ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi.
Ekskursiya mobaynida qatnashuvchilar olamni anglash, tabiat mo‘jizalarini, tarixiy
obidalarini ko‘rishi, shahar va bog‘larda bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

1

O`zbеkiston Rеspublikasining “Turizm to`g`risida”gi Qonuni. Xalq so‗zi / 1999-yil 20-avgust.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 7, 2024. JULY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

313




1-rasm. Ekskursiya xizmatida axborotlar
Ekskursiyaning o‘ziga xos shartlari ham bor: tematika (mavzu), rejalashtirilgan
yo‘nalish (marshrut), ma’lum muddatga oldindan tayyorlangan matn va tabiiyki,
ishtirokchilarning, ya’ni ekskursantlarning bo‘lishi. Ekskursiyaning funksional
ahamiyati - dam olish va madaniy saviyaning oshishi, muloqot. Ko‘ngil ochishning
uslublari va xillari chegarasiz darajada ko‘p, negaki ular tashkilotchilarning
fantaziyalariga bog‘liq. Ko‘ngil ochish mashg‘ulotlarining 110 ga yaqin eng
mashhur va ko‘zga ko‘ringan turlari mavjud. Texnika rivojlanishi va
o‘yingohlarning tashkilotchilari fantaziyasi bilan yangidan - yangi dam olish
imkoniyatlari ko‘paymoqda.
Har kimning ta’bi xar hil, ba’zi bir turistlar Parijdagi tarixiy muzey eksponatlarini
ko‘rish uchun Luvrni ko‘rishni xoxlasa, ko‘pchiligi “Yevro Disney” - Uolt
Disneyning kashfiyotlarini tomosha qilishni yoqtiradi.
Juda ko‘p markazlar, hiyobonlar atraksionlar bilan to‘la. Bular, arg‘imchoqlar,
qiyshiq oynalarning kulgu xonalari, uchish joylari. Misol uchun, Disney bog‘ining


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 7, 2024. JULY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

314




tematik davomi bo‘lgan kosmik uchishlarni boshqarish pulti shaklida jihozlangan
bolalarning elektron o‘yinlari uchun butun bir zalni ajratilgan "Disney Magik"
Amerikada esa otlarda yurish, mexanik va elektron ko‘rinishdagi tomoshalardir.
Hozirgi kunda yuqori darajaga erishgan kruiz, “Disney Magik” kruiz laynerini
keltirish mumkin. Atraksionlar tizimida bolalarning avtomat o‘yinlari katta o‘rin
tutadi, kattalar uchun esa yanada jiddiyroq o‘yin sanoatining yangi kategoriyasiga
oid ko‘ngil ochish mashg‘ulotlari ma’quldir. Ular billiard, karta, ruletka va
boshqalardir.

2-rasm. Ekskursiya
O‘yin biznesi ko‘ngil ochish tizimida alohida o‘rin tutadi. LasVegas dunyoda
o‘yinlar biznesining poytaxti hisoblanadi. Cho‘l o‘rtasidagi kichkina shaharcha yer
yuzini o‘zining o‘yingohlari bilan lol qoldirgan. Aynan, Las-Vegasda dunyoning
eng katta 13 ta mehmonxonasi qurilgan. O‘yin zallari bir vaqtning o‘zida 1000 ta


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 7, 2024. JULY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

315




stolni o‘z bag‘riga oladi, minglab turistlar bu yerda o‘z omadlarini sinab ko‘rishga
kelishadi.
Turizm ekskursiya bilan chambarchas bog‘liqdir. Chunki ekskursiya har bir turistik
sayohatning fikriy ifodasidir. Odatda ekskursiya deganimizda diqqatga sazovor
joylarni ziyorat qilish, tarixiy muzeylarni ko‘rish, arxeologik qazilma boyliklarni
ko‘rish va boshqalar tushuniladi. Ekskursiya turli xil bo‘lib, quyidagilarga bo‘linadi:

1.

Ekskursiya sayohatlarini mazmunan quyidagi sinflarga ajratish mumkin,

ko‘zdan kechirish, umumiy-sharhli, ko‘p rejali, mavzuli tematik, tarixiy,
madaniyatshunoslik va boshqalar.

2.

Qatnashuvchilar tarkibiga ko‘ra.

4.

O‘tkazish joylari.

5.

Harakatlanish uslubi.

6.

O‘tkazish shakliga ko‘ra bo‘linadi.

Ekskursiyaning kelib chiqishining asosiy sabablaridan biri turizmning rivojlanishi
va jamiyat hayotida diniy ziyoratgohlar, haj marosimlari bilan bog‘liq tarixning
ommaviylashganligidir, keyinchalik murakkab va ko‘p xil xalqning ehtiyojlari (turli
xil madaniy manbalarga, tarixiy me’roslarga va hokazo) shakllarga o‘zgardi.
Shunday qilib, qiziqish ehtiyojning aniqlovchi omili bo‘lib xizmat qilgan.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 7, 2024. JULY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

316




3-rasm. Ekskursiya shartlari
Shu ma’noda sayohat, jamiyatning rekreatsion - tanishish ehtiyojlaridan kelib
chiqish formasi va qondirish usuli bo‘ladi. Sayohatlarni rivojlantirishning asosiy
sabablari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi. Jamiyat umumta’lim sa’viyasining
oshganligi, bo‘sh vaqtni ko‘paytirish, individual reja bo‘yicha dam olishni tashkil
qilishning yangi imkoniyatlarini paydo bo‘lishi ahamiyatga ega. Hozirgi paytda
turizm va ekskursiyani tadqiq qilishni quyidagi turlarga ajratishmoqda:

siyosiy (turizm va sayohatga qatnashmoqda):

iqtisodiy (turizm va sayohatlar iqtisodiyoti sifatida turizm industriyasi):

geografik (turizm va sayohatlar uchun territoriyalarni turga ajratish va

foydalanish);

tashkiliy (turizmni kim boshqaryapti):

xalqaro-siyosiy;

tibbiy;

gumanitar.

Agar turizm bo‘sh sharoitlardagi (faoliyat) harakat turi sifatida yuzaga chiqsa,
sayohat esa ana shu harakatni tashkil qilish formasida namoyon bo‘ladi. Shunday
qilib, ekskursiya-turizmning asosiy turi hisoblanadi. Ekskursiya har xil mavzular
bo‘yicha sinflantiriladi.
Ekskursiyalarning asosi bo‘lib axborot hisoblanadi.

Axborot manbaalarini bir

qancha guruhlarga ajratish mumkin:

tabiyat jismlari, landshaftlar, tabiyatning antiqa xususiyatlari;

ob’ektlar, diqqatga sazovor joylar va mintaqalar: - milliy-etnografik boyliklar:

tarixiy ahamiyatga ega joylar.

Ekskursiya tayyorgarlik sayohatning asosiy mazmunini ochib berish bilan bog‘liq
bo‘lgan ma’lumot. Bularga: bevosita (sayohat, ko‘rgazma ob’ektlari) va vositali
(ekskursovod matni) ma’lumotlar kiradi. Ekskursiya uchun ob’ektlar tanlash,
ularning tarixiy mohiyati va madaniy-tarixiy qiymatiga bog‘liq. Ob’ektlarni
o‘zlashtirishda turli xil tushunchalar paydo bo‘lishi mumkin. Ekskursovod nafaqat
ob’ektlarni ko‘rsatishi, balki ularning mazmunini o‘z so‘zlarida ochib berishi kerak.
Ob’ektni ko‘rsatish ekskursiyachilarni diqqatini jalb qilish sifatida namoyon bo‘lsa,
uning tahlilini so‘zlarda ochib berishi va yana ko‘p boshqa ahamiyatga jalb etadi.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 7, 2024. JULY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

317




Ekskursiyada asosiy hikoya formalari bo‘lib tasvir, ketma-ketlik, sanash va ob’ektlar
to‘g‘risida ma’lumotlarni tushuntirish, o‘zaro ichki bog‘liqlik va bog‘lanishlar
mazmunini ochib berish,
izohlash, jarayon mobaynida diqqatni ob’ekt
xususiyatlariga qaratish, ko‘rsatma berish, ob’ekt kuzatuvining to‘g‘ri olib borilishi
bilan bog‘liq ekskursovod tavsiyalari kiradi. Ekskursiya shaharlararo sayohat
qilishning norasmiy formasi hisoblanadi. Munosabatlar sayohat jarayonida yuzaga
keladi va uning bosqichlari bilan birga rivojlanib boradi.
Shunday qilib, auditoriya doimiy ravishda ekskursovod va ob’ektlar bilan o‘zaro
munosabatda bo‘ladi. Sayohat esa o‘z o‘rnida ekskursovod, ob’ektlar va
ekskursiyachilar munosabatlarining natijasidir. Ekskursiya davomida auditoriyani
ajratuvchi va birlashtiruvchi belgilar paydo bo‘ladi.
Birlashuvchi belgilarga ekskursiyachi va ekskursovod orasidagi munosabatning
mavjudligini ko‘rish, eshitish, umumiylik hissi, bir-biriga ta’sir etish (emotsiya)
umumiy diqqatning jalb etilishi sayohatga qadar to‘plangan turistlar auditoriyani
tashkil qilmaydi. U faqat diqqatning bir joyga jalb qilinishidan keyingina
ekskursovod auditoriya hamohangligi, ularning psixofiziologik va ijtimoiy
hamohangligi sharoitida kayfiyatning yaxshi bo‘lishi, ularning barchasi
ekskursiyaning yaxshi kechishi uchun zamin yaratadi. Ma’lumki, ekskursiyachilar
tushunchasi turlichadir.
Tasniflashtirish har bir turdagi xizmatning o‘ziga xos qirralarini, ushbu industriyani
boshqarish xususiyatlarini tushinish imkoniyatlarini beradi. U xizmatlarni
segmentlashtirishga optimal yondoshishga yordam beradi. U xizmatlar sohasi
ishlovchilarini avvallari bozorda taqdim etilmagan xizmatlarning yangi turlarini
qidirishga undaydi va ularning sifatini oshirish indikatori hisoblanadi.
Mehnat taqsimoti tamoyillariga mos ravishda ehtiyojlarning va funkstiyalarning
diversifikastiyalanishi

xizmatlar

ko‘rsatish bo‘yicha faoliyat turlarining

ko‘payishiga olib keldi. Ularni aniqlash qiyin ish bo‘lib hisoblanadi. Xizmatlar juda
qiyin turli qatorli kategoriyadan iborat, unda barcha narsalar aralashdir va bu tovarni
ishlab chiqarishni ko‘zda tutmaydi, xizmatni ko‘rsatuvchi va xaridori o‘rtasidagi
aloqalarning iqtisodiy tavsifi hisoblanadi.
Xizmatlarni tasniflashtirish ularni ma’lum klasslar, guruhlar, kategoriyalarga
bo‘lishni anglatadi.
Servis faoliyati deganda yakka tartibdagi xizmatlarni ko‘rsatish orqali insonlar
talabini qondirishga yo‘naltirilgan faoliyat turini tushunish lozim. Ushbu turdagi


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 7, 2024. JULY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

318




faoliyat bilan turli xildagi tashkilotlar shug‘ullanadi. Ular jumlasiga yakka tartibdagi
tadbirkorlar va turli mulk shakliga ega bo‘lgan servis korxonalari kiradi. Ular
mehnatining natijasi bo‘lib xizmat hisoblanadi.
Xizmat deganda avvalo mehnat mahsulotini tushunish lozim. Ushbu mahsulotning
asosiy belgilanishi bo‘lib, insonlarning aniq talablarini qondirish hisoblanadi.
Boshqacha qilib aytganda xizmat-bu insonlarning ehtiyoj va talablarini qondirishga
qaratilgan faoliyatdir.
Servis faoliyatida idel va real xizmat tushunchalari mavjud.

Ideal xizmat

-bu servis faoliyatining u yoki bu turidagi abstrakt, nazariy modeldir.

U o‘z ichiga aholiga xizmat ko‘rsatish qoidalari, sifat standartlari va xizmat
ko‘rsatish texnologiyalarini oladi.

Real xizmat

-bu iste’molchining talablarini qondirishga yo‘naltirilgan aniq moddiy

harakatlardir. Ushbu xizmatlar bajaruvchilar, iste’molchilar, ularni ko‘rsatishning
aniq sharoitlariga qarab yakka holatda tartiblashtiriladi.
Hozirgi kunda servis tashkilotlari moddiy va ijtimoiy-madaniy xizmatlarni amalga
oshiradilar.
Moddiy xizmatlar deganda, insonlarning moddiy talablarini qondiruvchi xizmatlar
tushiniladi. Ushbu xizmatlar mahsulotlarning iste’mol qiymatini qayta tiklaydi
(o‘zgartiradi, saqlaydi) yoki iste’molchilar buyurtmalariga binoan yangi mahsulotlar
ishlab chiqaradi, iste’mol uchun shart - sharoitlarni yaratib beradi. Jumladan moddiy
xizmatlarga maishiy xizmatlar (mahsulotlar, bino va qurilmalarni ta’mirlash va
texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xizmatlar, sartaroshxona xizmatlari, foto
xizmatlar), turar joy-kommunal xizmatlar, ommaviy ovqatlanish xizmatlari,
transport xizmatlari, qishloq xo‘jalik xizmatlari va boshqalar kiradi.
Ijtimoiy-madaniy xizmat deganda insonlarning ma’naviy, intellektual talablarini
qondiruvchi va ularning normal hayot faoliyatini qo‘llab quvvatlashga
mo‘ljallangan xizmatlar majmuasi tushuniladi.
Ushbu turdagi xizmatlar sog‘liqni saqlash va uni tiklash, shaxsning ma’naviy va
jismoniy rivojlanishini va uning professional tajribasini oshirishga qaratilgan.
Ijtimoiy-madaniy xizmatlar tarkibiga, tibbiy xizmatlar, turizm, madaniy va ta’lim
xizmatlari kiradi.
Yuqorida qayt qilinganidek moddiy xizmatlarning natijasi bo‘lib, bajarilgan ish
yoki mahsulot hisoblanadi. Ijtimoiy-madaniy xizmatlar natijasi moddiy shaklga ega


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 7, 2024. JULY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

319




bo‘lmaydi. Masalan turistik va ekskursiya xizmatlari natijalari mahsulot yaratish
jarayonidan farq qiladi.
Moddiy va ijtimoiy-madaniy xizmatlar bir birini doimiy ravishda to‘ldiruvchi
hisoblanadi. Ko‘pchilik holatlarda tovarlarni xarid qilishga xizmatlarni iste’mol
qilish hamroh bo‘ladi. Masalan ommaviy ovqatlanish xizmatlarini iste’mol qilishda,
iste’molchi tovar oladi. Ushbu tovarga oziq-ovqat mahsulotlari, oziq-ovqat
mahsulotlarini iste’mol qiladigan joy, taomlar va ichimliklarni berish bo‘yicha
xizmatlar, psixologik dam olish va hokozolar kiradi.
Xizmatning xayot davri bir necha bosqichlarga bo‘linadi:

iste’molchilarga taklif etilayotgan xizmatlar bo‘yicha ma’lumot berish;

xizmatga buyurtmani qabul qilish;

xizmatni bajarish;

xizmatni bajarish sifatini nazorat qilish;

iste’molchi buyurtmasini berish (xizmat maxsulotini iste’molchiga sotish).

Iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish servis korxonasining ixtisoslashtirilgan
xonalarida yoki xizmat turi va buyurtmachi talabiga taalluqli ravishda xizmatni
bajarish uchun zarur bo‘lgan har qanday boshqa joyda amalga oshiriladi. Xizmat
ko‘rsatish sifatiga xizmat ko‘rsatish sharoitlari bevosita bog‘liq bo‘ladi. Bu o‘z
navbatida xizmat ko‘rsatish jarayonida iste’molchiga ta’sir ko‘rsatadi.
Servis korxonasi ishining samaradorligi rahbarlarning to‘g‘ri tashkiliy-boshqaruv
faoliyatiga bog‘liq bo‘ladi. Ushbu tashkiliyboshqaruv ish o‘z ichiga quyidagilarni
oladi:

korxonaning servis faoliyatini rejalashtirish, bozorning yoki xizmatlar

assortimentining o‘zgarishi natijasida korxona rivojlanishining istiqbolini belgilash;

ishlab chiqarish va noishlab chiqarish harajatlarini baholash;

xizmatlar assortimenti va sifat darajasini inobatga olgan holda texnologik

asbob-uskunalar va texnik vositalar tarkibini optimallashtirish;

iste’molchilar bilan ishlash uchun psixologik qobiliyatga ega bo‘lgan

xodimlarni tanlash.
Shunday qilib servis faoliyati murakkab va ko‘p qirrali jarayon hisoblanadi. Ushbu
jarayon korxona xodimlari va resurslarini yaxshi boshqarish, xizmat ko‘rsatish
standartlariga rioya qilish, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning iste’molchilar talablariga
mos kelishi orqali ta’minlanadi.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 7, 2024. JULY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

320




Xulosa.

Yekskursiya xizmati turizm sohasidagi asosiy xizmatlardan biri sifatida

juda muhim rol o‘ynaydi. Turistlar uchun qiziqarli va ma’lumotga boy tajribalar
yaratish, mahalliy iqtisodiyotni rivojlantirish va tabiatni muhofaza qilishda muhim
ahamiyat kasb yetadi. Shu sababli, yekskursiyatlarni tashkil yetish va ularni
rivojlantirishga ko‘proq ye’tibor qaratish lozim.

ADABIYOTLAR:

1.

World Tourism Organization (2005), UNWTO Tourism Highlights, 2005

Yedition, UNWTO, Madrid, DOI:

https://doi.org/10.18111/9789284411900

2.

Apar Singh. (2020). The Diffusion of Ye-marketing in Tourism Businesses

of Yethiopia: An Yempirical Investigation of Organisational Ye-readiness
Perspectives. Yeuropean Journal of Tourism Hospitality and Recreation. Volume
10(1):1-13
3.

Hall, C. M. & Lew, A. A. (2009). Understanding and managing tourism

impacts: An integrated approach. London. Routledge.

4.

lbrecht, M. M. (2011). ‘When you’re here, you’re family’: culinary tourism

and the olive garden restaurant. Tourist Studies, 11 (2), 99-113. Urry, J. & Larsen,
J. (2011). The tourist gaze 3.0. Sage. Urry, J. (2002). The tourist gaze, Sage.
5.

Kabote, F., Mamimine, P. W. & Muranda, Z. (2017). Domestic tourism for

sustainable development in developing countries. African Journal of Hospitality,
Tourism and Leisure. Volume 6 (2).
6.

Yap, G. C. & Allen, D. (2018). Investigating other leading indicators

influencing Australian domestic tourism demand. Mathematics and Computers in
Simulation, 81 (7), 1365–1374.
7.

Isadjanov Abduvali and Gulmuratov Ilyos, (2020) "Tourism Development In

Uzbekistan: Current Trends And National Priorities," The Light of Islam: Vol.
2020: Iss. 1, Article 27.
8.

World Travel and Tourism Council (WTTC). (2018). Domestic Tourism:

Importance and Yeconomic Impact. London. WTTC.

References

World Tourism Organization (2005), UNWTO Tourism Highlights, 2005 Yedition, UNWTO, Madrid, DOI: https://doi.org/10.18111/9789284411900

Apar Singh. (2020). The Diffusion of Ye-marketing in Tourism Businesses of Yethiopia: An Yempirical Investigation of Organisational Ye-readiness Perspectives. Yeuropean Journal of Tourism Hospitality and Recreation. Volume 10(1):1-13

Hall, C. M. & Lew, A. A. (2009). Understanding and managing tourism impacts: An integrated approach. London. Routledge.

lbrecht, M. M. (2011). ‘When you’re here, you’re family’: culinary tourism and the olive garden restaurant. Tourist Studies, 11 (2), 99-113. Urry, J. & Larsen, J. (2011). The tourist gaze 3.0. Sage. Urry, J. (2002). The tourist gaze, Sage.

Kabote, F., Mamimine, P. W. & Muranda, Z. (2017). Domestic tourism for sustainable development in developing countries. African Journal of Hospitality, Tourism and Leisure. Volume 6 (2).

Yap, G. C. & Allen, D. (2018). Investigating other leading indicators influencing Australian domestic tourism demand. Mathematics and Computers in Simulation, 81 (7), 1365–1374.

Isadjanov Abduvali and Gulmuratov Ilyos, (2020) "Tourism Development In Uzbekistan: Current Trends And National Priorities," The Light of Islam: Vol. 2020: Iss. 1, Article 27.

World Travel and Tourism Council (WTTC). (2018). Domestic Tourism: Importance and Yeconomic Impact. London. WTTC.