“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 5, 2024. MAY
ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869
239
PPAGMATIK MODALLIK KATEGORIYA SIFATIDA
Xamidova Sayyora Nurmatovna
Farg‘ona politexnika instituti O‘zbek tili va tillarni o‘rgatish kafedrasi
katta o‘qituvchisi
PRAGMATIC MODALITY AS A CATEGORY
Sayyora Nurmatovna Khamidova
Fergana Polytechnic Institute, Department of Uzbek language and language
teaching senior teacher
ПРАГМАТИЧЕСКАЯ МОДАЛЬНОСТЬ КАК КАТЕГОРИЯ
амидова Сайёра Нурматовна
Ферганский политехнический институт, кафедра Узбекский язык и
обучение языков
старший преподаватель
Annotatsiya
Maqolada matnning kommunikativ vazifalari, nutqiy vaziyatlarda so‘zlovchi
va tinglovchiining shaxsi, dunyoqarashi, yoshi, jinsi, ijtimoiy kelib chiqishi hisobga
olinishi zarurligi, shu asnoda kommunikativ munosabatga kirishishda obyekt va
subyektiv omillar ta’minlanishida modallikni pragmatik kategoriya sifatida
shakllantirishda namoyon bo‘lishi yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
pragmatik kategoriya, generativ nazariya, obyekt va subyektiv
omillar subyektiv – reflektiv jarayon, lingvistikaning, sintaksis, kognitsiya.
Abstract
In the article, the communicative tasks of the text, the need to take into account
the personality, worldview, age, gender, and social background of the speaker and
the listener in speech situations, and in this way, in the formation of modality as a
pragmatic category, in the provision of object and subjective factors in the
communicative relationship were depicted.
Key words:
pragmatic category, generative, object and subjective theoretical
subjective - reflective process, linguistics, syntax, cognition.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 5, 2024. MAY
ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869
240
Аннотация.
В статье рассматриваются коммуникативные задачи текста,
необходимость учета личности, мировоззрения, возраста, пола и социального
происхождения говорящего и слушающего в речевых ситуациях и, таким
образом, при формировании модальности как прагматическая категория,
определяющая предметные и субъективные факторы в коммуникативных
отношениях.
Ключевые слова:
прагматическая категория, порождающая, предметная
и субъективная, теоретический, субъективно-рефлективный процесс,
лингвистика, синтаксис, познание.
Kirish
XXI asr tilshunosligining o‘ziga xosligi pragmatika bilan bog‘liq tadqiqotlar
sonining ortib borishi bilan belgilanadi. Tadqiqot obyekti sifatidagi barcha masalalar
pragmatik talqin qilinmoqda. Xususan, modallik hodisasi ham tilshunoslikda
pragmatik kategoriya sifatida maydonga chiqadi. Bu esa modallikning yana bir
jihatini aks ettiradi. Zamonaviy generativ nazariya asosida matn tarkibidagi jumlalar
uni tashkil qiluvchi munosabatlar kesimida tadqiq etiladi hamda matnning
kommunikativ vazifalari, nutqiy vaziyat kabilar uning pragmatikasini hosil qiladi.
Bu jarayonda so‘zlovchi va tinglovchi bir– birining shaxsi, dunyoqarashi, yoshi,
jinsi, ijtimoiy kelib chiqishi hisobga olinishi kerak. Shu asnoda kommunikativ
munosabatga kirishishda obyekt va subyektiv omillar ta’minlanadi, ko‘zlangan
maqsadga erishiladi. Modallikni xuddi shunga doir masalalar bilan bog‘liq ekanligi
pragmatik kategoriya sifatida shakllantiradi.
Adabiyotlar tahlili
Pragmatika va matn tilshunosligiga oid adabiyotlarda, jumladan Y.D.Apresya
hamda Y.D.Apresyanning fikricha, modallik pragmatik kategoriya sifatida tan
olinishida uni nutqqa xos kategoriya va shu sababli u kommunikativ jarayonning
asosidir; matn mazmuniy tuzilishida propozitsiya, referensiya hodisalari informativ
qismni, presuppozitsiya, tagmaʼno, allyuziya, modallik kabilar pragmatik qismni
tashkil etishi ko‘rsatib o‘tiladi.
Tadqiqot metodologiyasi:
Tadqiqot jarayonida umumilmiy tavsifiy metod
elementlaridan (tanlash, tasnif, leksik materiallarni izohlash); qiyosiy-tarixiy metod
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 5, 2024. MAY
ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869
241
(etimologik tahlil o‘tkazish va tilning diaxron holatiga ko‘ra qiyoslab o‘rganish);
leksikografik tahlil; konseptual tahlil metodi; leksik-semantik maydonni aniqlash
metodidan foydalanildi.
Tahlillar va natijalar:
Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati o‘zbek tilida
modal tuzilish uzvlarini lisoniy-kognitiv yo‘nalishda tadqiq etish tildagi mavjud
modal birliklarni tarixiy-etimologik, semantik-stilistik va lingvopragmatik,
lingvomadaniy xususiyatlarni aniqlashda foydalanish mumkinligi bilan izohlanadi.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati to‘plangan materiallardan kelgusida
tilimizdagi modal birliklarni lingvomadaniy, lisoniy-kognitiv jihatdan o‘rganishning
tadqiq
usullarini
belgilashda,
kognitiv
tilshunoslik,
lingvopragmatika,
lingvomadaniyat bo‘yicha darslik va o‘quv qo‘llanmalari yaratishda ko‘rinadi,
to‘plangan materiallar va tadqiqot natijalari mazkur fanlarni o‘qitish va bu sohalarga
oid nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni o‘tishda manba sifatida xizmat qiladi.
Keying yillarda “pragmatika” va “modallik” tushunchalari ko‘plab
tadqiqotlarda bir nuqtada kesishmoqda. Ikkala tushuncha ham o‘z doirasida keng
miqyosga ega, biroq pragmatika modallikka qaraganda kengroq soha hisoblanadi.
Pragmatikani lingvistikaning har bir bo‘limida uchratish mumkin bo‘ladi. Modallik
esa barcha bo‘limlarda namoyon bo‘la olmaydi. Ayrim olimlar modallikni faqat
sintaktik hodisa deb hisoblaydilar. Xuddi shu fikrni ilgari surgan Van Deyk tilning
har jabhasida pragtmatika mavjud ekanligi, modallik bo‘lsa, sintaktik kategoriya
ekanligini alohida ta’kidlaydi. O‘zbek tilshunosligi materiallarida ham modallik
sintaktik hodisa sifatida baholanadi. Lekin so‘nggi yillarda olib borilayotgan
tadqiqotlarda bu qarash yoqlanmaydi, ya’ni modallik ko‘p sathli hodisa bo‘lib, uni
faqat sintaktik doiraga xos deyish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Bugungi kunda modallik
tilshunoslikning ko‘plab sohalariga doir kategoriya sifatida talqin qilinmoqda.
Shunday bo‘lsa– da, uning asosi sintaksis bilan bevosita bog‘lanadi.
So‘zlovchi hamda tinglovchi orasidagi munosabat doimiy tarzda
ko‘ngildagidek kecahvermaydi, sababi ular yoki kommunikativ maqsadni to‘gri
belgilay olishmaydi, yoki nutqiy vaziyatni to‘g‘ri baholay olishmaydi. Bularning
barchasidanda
muhimroq
jihat
borki,
bu
kommunikativ
munosabat
ishtirokchilarining bir– birini his etishi. Ushbu holatda ma’ruzachidan ko‘proq talab
qilinadigan narsa so‘zlovchining pragmatik holatini o‘rganish hamda shunga mos
bo‘lgan nutqni ta’minlashdir. Y.D.Apresyanning fikricha, so‘zlovchi nutq
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 5, 2024. MAY
ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869
242
jarayonida uch holatni to‘gri baholay olishi lozim, bular: aytilayotgan xabarning
nutq predmeti bilan bog‘liqligi, realligi, xabar mazmuni hamda xabar qabul
qiluvchisi. Demak, so‘zlovchi faqatgina bu uchchala narsani nafaqat his qilishi, balki
unga baho bera olishi ham kerak bo‘ladi. Inson miyasi shu qadar cheksiz
imkoniyatlarga egaki, biror axborotni boshqa obyektga uzatishda xushyorlikni
oshirish xech qanday natija bermaydigan nutqdan saqlaydi. Voqelikka mos
kelmaydigan xabar ifodalanishi so‘zlovchiga nisbatan boshqalarning ishonchini
susaytiradi, tinglovchilarining kamayishiga olib keladi. Agar so‘zlovchi real
voqelikka tezkor baho bera olmasa, o‘z nutqidan ko‘zlangan maqsadga erisha
olmaydi. Xabar mazmunining qay darajada nutqiy vaziyatga mos kelishi ham juda
muhim holatdir. Xabarni yetkazishning o‘ziga xos usullari borki, ularni
qo‘llamaslik, yoki notog‘ri qo‘llash oqibatida ham natijasiz muloqot hosil bo‘ladi.
So‘zlovchi qarshisida turgan, nimadandir hafsalasi pir bo‘lgan kishiga taskin berish,
hol–ahvol so‘rash maqsadida unga murojaat qiladi. Shu vaziyatda tinglovchiga
nisbatan “Nozik dilingizni nima xufton qildi?” deb savol bersa, bu murojaat
tinglovchiga aks ta’sir ko‘rsatishi ham mumkin bo‘ladi. Sababi nozik ko‘ngillilik,
odatda, erkatoy, tantiq, hech narsadan ko‘ngli to‘lmaydigan kishilarga nisbatan
aytiladi. Tinglovchining ongida mana shu jihatlar birdan gavdalanishi,
so‘zlovchining maqsadi tamoman teskari qabul qilinishi, uning bu murojatidan
tinglovchining jahli chiqishi holatlari kuzatilishi mumkin. Sababi xabarni
ifodalashda, nutq egasi leksik birliklardan to‘g‘ri va o‘rinli foydalana olishi zarur.
Chunki, bir leksemaning noto‘g‘ri qo‘llanilishi xabar mazmunining o‘zgarib
ketishiga yoki tinglovchining noo‘rin qabul qilishiga olib kelishi mumkin. Xabar
qabul qiluvchisining yoshi, ijtimoiy kelib chiqishi, xarakter– xususiyati, mansabi,
dunyoqarashiga qarab nutq so‘zlash so‘zlovchining mahoratli notiq ekanligidan
dalolat beradi.
Matn borki, unda, albatta, so‘zlovchining shaxsiy munosabati mavjud bo‘ladi.
Ifoda etilayotgan modallikni ifodalovchi birliklar matn tarkibida ko‘zga tashlansa,
modallikning pragmatik kategoriya sifatidagi mohiyati matndan tashqari holatda
seziladi. U istalgancha kengayishi, talqin qilinishi mumkin, pragmatik modallikda
aniq chegara bo‘lmaydi, uni istagancha kengaytirish, davom ettirish mumkin, bu
adresat va adresantning kognitsiyasiga bog‘liq bo‘lgan va faqat ularning orasidagi
jarayon.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 5, 2024. MAY
ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869
243
I.Gorinaning ta’kidlashicha, har qanday matn pragmatikasida yashirin adresat
va haqiqiy adresat mavjud bo‘ladi. Ular orasidagi farq bir qarashda sezilmasada,
ammo u mavjud. Ushbu farqni anglash muhim. Adresat hamisha ifodalayotgan
fikrining to‘liqligiga e’tiborli bo‘lishi kerak.
1
U so‘zlaganida o‘z nutqiga munosabat,
berayotgan savoliga javob sezilishi kerak, ana shunda tinglovchidan tushunishni
kutish o‘rinli bo‘ladi. Bayon qilingan axborotning pragmatik mohiyati
tinglovchining ushbu xabarni qabul qilishi va bildirgan munosabati orqali
aniqlashadi. Chunki muallif bildirmoqchi bo‘lgan fikrni idrok etish, undan xulosa
chiqarish uning shaxsiy munosabati, bildirgan emotsiyasi orqali amalga oshadi.
Ma’lum bo‘ladiki pragmatik modallik ikki tomonlama jarayon. Uning mohiyatida
muallif hamda o‘quvchining munosabatlari yotadi.
Modallikning har qanday ko‘rinishi matn tarkibida aks etadi. Matn esa maxsus
ketma– ketlikda, uzviylikda, grammatik va leksik birliklar yordamida shakllanadi.
Lekin matnni anglash, u orqali ta’sir etishda bu xususiyatlar yetarli bo‘lmaydi.
Matndan ko‘zlanadigan bundanda muhimroq maqsad mavjud, bu maqsadli
munosabat bo‘lib, muallif har bir matnni tuzishdan, uni yetkazishdan ko‘zlangan
niyati asosida yuzaga chiqadi. Shuningdek, har bir matnda alohida aloqa shartlari
bo‘ladi va muallifning shaxsiy yo‘nalishi sezilib turadi. shu sabadan ham matnni
“Mazmuniy elementlar birligi” deyish ham mumkin bo‘ladi.
Matn tarkibidagi modal element nafaqat tasvirlanayotgan voqelik, predmetga
nisbatan munosabatni ifodalaydi, balki u bir gapni undan oldingi qismga ham
bog‘lashga xizmat qiladi. Bu xususiyati ko‘zga ko‘rinmasa– da, muhimdir. Chunki
matnda ifodalangan modallikning pragmatikasini anglashda kontekst butunligicha
anglab olingani ma’qul. Matndagi jumlalarning sodda bog‘lanishining ham mantiqiy
– pragmatik tomoni mavjud. Bu so‘zlovchi va tinglovchi bir – biriga ishonch,
ishonchsizlik, shubha, haqiqat mazmunida ta’sir ko‘rsatishi bilan bog‘liq. Ushbu
munosabat ma’nolari diskursiv vazifa bajaruvchi so‘zlar sanaladi. Ularni
birlashtirib, modal so‘z va birliklar deb atash mumkin. [2; 3-b]. Ushbu so‘zlar
boshqa so‘zlar bilan ittifoqlashib yoki to‘g‘ridan – to‘g‘ri bog‘lana olmaydi, ular
bunday ko‘rsatgichga ega emas, sababi ular gap tarkibida avtonom xarakterda
bo‘lib, ko‘chuvchanlik xususiyatiga ega, ya’ni ular gapning turli o‘rinlarida kelishi
mumkin. Modal so‘zlar gapning grammatik tuzilishiga begona, ular tilning
1
Валгина Н. С. Теория текста: Учеб. пособ. – М.: Логос, 2003. – C. 97.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 5, 2024. MAY
ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869
244
metatekst elementlari sirasiga kiradi. Ular gapdagi so‘zlar bilan grammatik
bog‘lanmasa ham semantik– pragmatik jihatdan chambarchas bog‘liq, ya’ni
so‘zlovchi hamda tinglovchi ushbu jumlaga doir munosabatlarining jamlanmasi
modallikning pragmatik tabiatiga xos bo‘ladi.
So‘zlovchi ifodalagan munosabat modallik bo‘lar ekan, u bevosita berilayotgan
axborotning tarkibiga kirib boruvchi subyektiv–reflektiv jarayon sifatida namoyon
bo‘ladi.
Ma’ruza qilayotgan subyekt tinglovchi e’tiborini o‘z nutqining eng kerakli
nuqtasiga qaratadi. Har qanday matnda mantiqiy va semantik munosabatlar mavjud
bo‘ladi. Ulardan tashqari mohiyat, ikkilamchi mazmun esa pragmatik ma’noni
tashkil etadi.
Gapda modal birliklarning joylashishi haqida so‘z borganda, ularni tilning
bog‘lovchi vositasi sifatidagi xususiyatini ham aytish joiz[3;318-b]. Uning
bog‘lovchilik vazifasi shundan iboratki, ushbu pozitsiya ixtiyoriy bo‘lsa – da, barcha
diskursiv so‘zlar uchun mos kelib, qo‘shma gapning ikkinchi qismi bilan birinchi
qismining o‘rtasida qo‘llanishi mumkin.
Muallif
tasvirlanayotgan
voqelikka
munosabat
bildirishda
ifoda
elementlaridan, usullaridan foydalanadi. Bu usullar matnning nima uchun
tanlanganligi, motivatsion xarakter kasb etishi hamda maqsadga muvofiq kelishidir.
Shunday qilib, modal so‘zlarning metatext xususiyatlari ularning qabul qiluvchisi
tomonidan matn to‘g‘risida xabardorlikni to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirish, uning
qismlarining nisbiy axborot ahamiyatini (qiymatini) aniqlash qobiliyatida namoyon
bo‘ladi. va shu bilan birga, ushbu elementlar bayonotni tashkil qilish vositalarining
ajralmas funksiyalarini bajaradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Апресян Ю.Д. Коннотации как часть прагматики слова
(лексикографический аспект) // Русский язык: Проблемы грамматической
семантики и оценочные факторы в языке: Виногр. чтения XIX– XX. – М.:
Наука, 1992. – 45-b.
2. Валгина Н. С. Теория текста: Учеб. пособ. – М.: Логос, 2003. – 3-b.
3. Safarov Sh. Pragmalingvistika. Monografiya.– Toshkent, 2008. – 318-b.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 5, 2024. MAY
ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869
245
4. Nurmatovna, K. S. (2019). Formation of communicative competence of
technical higher educational institutions students.
Проблемы современной науки и
образования
, (11-2 (144)), 82-84.
5. Nurmatovna, X. S., & Umidjon o‘g‘li, A. Z. (2023). MODALLIK VA
UNING GAP MAZMUNIDAGI O’RNI.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И
ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
,
18
(8), 160-163.
6. Sayyora, X. (2023). THE IMPACT OF LANGUAGE GAMES ON
CLASSROOM.
Involta Scientific Journal
,
2
(4), 149-153.
7. Хамидова, С. Н. (2018). Интерактивные методы и их применение на
занятиях английского языка.
Достижения науки и образования
, (18 (40)), 50-
51.
8. Khamidova, S. N. (2021). MODALITY AND ITS ELEMENTS IN
SENTENCE.
Theoretical & Applied Science
, (1), 88-91.
9. Abdukadirov U. N. BEST PRACTICE OF MOTIVATING SPEAKING
ACTIVITIES FOR LOWER LEVELS //Экономика и социум. – 2022. – №. 12-1
(103). – С. 24-27.
10.
Nazirovich A. U. et al. MODERN METHODS OF TEACHING ENGLISH
IN HIGHER EDUCATION //ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ
ИДЕИ В МИРЕ. – 2023. – Т. 20. – №. 2. – С. 45-47.
11. Nazirovich A. U. FEATURES OF THE TRANSLATION OF
TECHNICAL TEXTS //Academia Science Repository. – 2023. – Т. 4. – №. 05. –
С. 58-63.
12.
Nazirovich
A.
U.
TURIZMGA
OID
ATAMALARNING
LINGVOKULTUROLOGIK XUSUSIYATLARI //Conferencea. – 2022. – С. 256-
258.
