“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
21
UDK: 633.1.852.53
SOYA NAVLARINING ILDIZ MASSASIGA STIMULYATORLARNI
TURLI ME’YOR VA USULLARDA QO‘LLASHNING TA’SIRI
Usmonova Shohista Usmon qizi -
Sholichilik ilmiy tadqiqot instituti ilmiy
xodimi
Xayrullaev Sardor Shamsiddin o‘g‘li –
Toshkent davlat agrar universiteti
assistenti
Annotatsiya.
Ushbu maqolada soya navlariga stimulyatorning turli me’yorlar
va qo‘llash usullarini ildiz massasiga ta’siriga oid ma’lumotlar keltirilgan.
Stimulyatorlar ildiz faoliyatiga yaxshi ta’sir etganligi aniqlanib, har ikkala navda
ham stimulyatorlarni bargdan qo‘llanilgan variantlarda ildiz shakllanishiga ijobiy
ta’sir etganligi aniqlandi.
Tayanch so‘zlar:
soya, stimulyator turlari va qo‘llash usullari, ildiz massa,
Uzgumi, Fulvogummat, Rival, Nafis, Vilana.
Аннотация.
В данной статье дана информация о влиянии различных
норм и способов применения стимуляторов на корневую массу сортов сои.
Установлено, что стимуляторы оказали хорошее влияние на корневую
активность, а также установлено, что у обоих сортов стимуляторы оказали
положительное влияние на корнеобразование в вариантах с внесением
методом листовой подкормки.
Ключевые слова:
соя, виды и способы применения стимуляторов,
корневая масса, Узгуми, Фульвогуммат, Ривал, Нафис, Вилана.
Abstract.
In This article, information is given on the effect of different norms
and application methods of stimulators on root mass of soybean cultivars. It was
found that stimulators had a good effect on root activity, and it was found that in
both varieties, stimulators had a positive effect on root formation in variants applied
by foliar application.
Keywords:
soybean, types and application methods of stimulators, root mass,
Uzgumi, Fulvogummat, Rival, Nafis, Vilana.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
22
Kirish.
Bugungi kunga kelib soya o‘simligi dunyo bo‘yicha juda keng
ahamiyatli o‘simlik hisoblanadi. Dunyoning 60 dan ortiq maydonlarida
еtishtirilmoqda. Soya dukkakli ekinlar orasida etakchi ekin hisoblanadi. Butun
dunyoda oqsil taqchilligi hukm surayotgan bugungi kunda, soya donining oqsilga
boyligi, oqsili tarkibida inson uchun foydali aminokislotalarning barchasi
mavjudligi aloxida ahamiyatga ega bo‘lib, soya donining ovqatlilik ahamiyatini
yanada oshiradi. Soyaning afzalligi lizin, metionin, arginin, leysin va boshqa eng
zarur aminokislotalarga boyligi bo‘yicha qator oziq-ovqat mahsulotlari bilan
tenglasha olishini alohida ta’kidlash zarur. Soya ekiladigan ko‘p davlatlarda ushbu
ekin yagona oqsil manbai bo‘lib, chorvachilikni ham to‘yimli oziqa bilan
ta’minlaydi va uning mahsuldorligini oshiradi. Dunyoda yalpi ishlab chiqarilgan
o‘simlik moyining 40 % i soyaga to‘g‘ri keladi [2].
Ilmiy adabiyotlar tahlili.
Qabul qilingan еtishtirish texnologiyasidan
tashqari o‘simlikni yanada faol o‘sishi, rivojlanishi va hosil shakllanishini
faollashtiradigan stimulyatorlarni qo‘llash, o‘rganish bugungi kunda juda dolzarb
masala bo‘lib qoladi.
O‘simlikshunoslikda urug‘larning unuvchanligi katta ahamiyatga ega,
shuning chun har xil stimulyatorlar va o‘sishni sozlovchi moddalar, o‘g‘itlar, har xil
faol ta’sirga ega moddalar ta’sirida bu ko‘rsatkichni oshirish mumkin. (Agafonov
O.M. i dr) [1].
Xozirgi vaqtda sanoat darajasida har xil majmualar yaratilmoqda, bunga
mineral, mikro o‘g‘itlar, o‘sishni sozlovchi moddalar, stimulyatorlar va urug‘da
yopishtiradigan moddalar qo‘shilmoqda. Bu murakkab moddalar majmuasi
urug‘larga ishlov berilganda qo‘llaniladi. Bunday ishlov berilganda urug‘lar tejaladi.
O‘sishni sozlovchi moddalar majmuasini qo‘llash nafaqat o‘simlikning hosildorligi,
uning havfsizligini ham ta’minlash lozim (Shapoval, 2015), [7].
Qishloq ho‘jaligida o‘simliklarning o‘sish regulyatorlaridan foydalanish
AQShda o‘tgan asrning 30 – yillarida foydalana boshlangan. Birinchi keng
qo‘llanilgan sintetik gormon etilen bo‘lgan. O‘shandan beri tabiiy o‘sish
gormonlarini taqlid qiluvchi sintetik moddalar zamonaviy qishloq ho‘jaligining
ajralmas qismiga aylangan (Lovsova), [4].
Dukkakli ekinlarga - o‘sishni sozlovchi va immunitetni oshiruvchi
biostimulyatorlarni foydalanish texnologiyasini ishlab chiqish eng dolzarb
ahamiyatga ega [6].
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
23
Rostov viloyati, Aksay tumani, “Aksayskaya Niva” MChJ tajribalarida
erishilgan yutuqlar Gumimaks preparati bilan soya urug‘lariga ishlov berish soyada
nobudgarchilik kam bo‘lishiga, o‘simlik donachalari va hosil donlariga ijobiy ta’sir
o‘tkazdi. Tajriba natijalari shuni ko‘rsatadiki, “Gumimaks” preparati o‘simlikdagi
mavjud noqulayliklarga chidamliligini oshiradi. Izoh: ekish oldidan urug‘ni bir
vaqtning o‘zida o‘simlikni rizotorfin bilan ishlov berib ekish soya donining
unumdorligini 0.3–0.4 t/ gacha oshirishga imkon beradi. (Balakay G.T. i dr., 2008),
[3].
O‘sishni sozlovchi moddalar soya urug‘larining hosildorligi va sifatiga ijobiy
ta’sir ko‘rsatish qobiliyati mavjud. Ular o‘simlikni suvga, haroratga va boshqa
noqulay sharoitlarga chidamliligini kuchaytiradi. Maksimal samaraga erishish uchun
urug‘larga bosqichma bosqich ishlov berish orqali erishiladi (Xoxoeva N.T), [8].
Ran O.P. Selixova O.A.,Tixonchuk P.V (2009) ta’kidlashicha lalmi mintaqada
soya еtishtirilganda yog‘ingarchilik mavsumida sug‘orilmaydi. Ayrim mintaqalarda
qurg‘oqchilik ta’sirida hosil kamayadi, ko‘p ziyon ko‘riladi. Qurg‘oqchilikdan
olinadigan ziyon qurg‘oqchilik davrini davomiyligi, o‘simlikning rivojlanish davri,
bug‘lanishi va tuproq xolatiga bog‘liqdir. Suv defitsiti (tuproqning qurishi) bargda
ustitsalarni yopilishi, transpiratsiyani va fotosintezning kamayishi bilan ifodalanadi
[5].
X.N.Atabaeva., F.B.Namozov., A.A. Qurbonov va S.Sh.Xayrullaevlar 2018-
2020 yillardagi olib borgan tajribalarida mikroelementlarni soya ekiniga ta’sir
ettirganda, mikroelementlar soyaning poya balandligi, barg, ildiz rivojlanishi,
tuganaklar hosil bo‘lishi, don sifati va hosildorliga ta’sir ko‘rsatib, yuqori hosil bilan
ta’minlagan [10].
R.Jo‘raeva., J.Toshpo‘latov., A.Iminov., X.Bozorov va L.Zaynitdinova,
S.Xatamov va S.Sh.Xayrullaev ma’lumotlariga ko‘ra, 2015-2017 yillarda olib
borgan tajribalarida soya o‘simligiga mineral o‘g‘itlar va rizobium guruhiga mansub
azotabakteriyalar shtamlarini ta’sir ettirilganda nazorat variantga nisbatan
hosildorlik 12.6-12.8 s/ga ga oshganligi kuzatilgan [11, 12].
Tajriba o‘tkazish joyi, sharoiti va uslublari
Tajribalar Toshkent viloyatidagi Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy
tajriba dalalarida olib borildi.
Tuproq qatlamlari voha uchun harakterli bo‘lib botqoq tipidagi tuproqlardir. Har xil
chuqurlik qatlamlarida esa katta va kichik toshlar va qum aralashmalari ham mavjud.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
24
Ushbu tuproqlar daryoning chap qirg‘og‘idagi tipik ortiqcha namlik sharoitlaridan
kelib chiqqan holda bo‘lib, sholi ekish uchun juda mosdir. Tuprog‘i-o‘tloqi. Tajriba
dalasining tuprog‘i sho‘rlanmagan, xaydov qatlami 30-40 sm. Tuproqdagi
eritmalarning rN miqdori 6,8-7,3 birliklarida bo‘lib, mexanik tarkibi bo‘yicha og‘ir
loylidir. Tajribalar 12-kartaning 4 chekida o‘tkazilmoqda.
Tajribalar dala va laboratoriya sharoitida bajariladi. Tadqiqotlarda "Dala
tajribalarini o‘tkazish uslublari" (T.O‘zPITI 2007 y), "Методика полевого опыта
(Б.Доспехов, 1985 й), “Методика Государственного сортоиспитания
селскохозяйственных култур” (1985, 1989), “Методы агрохимических,
агрофизических исследований почвы Средный Азии” (1988) uslublaridan
foydalaniladi.
Nafis navi.
Nav O‘zbekiston sholichilik ilmiy tadqiqot institutida yakka
tanlov usuli bilan yaratilgan. Mualliflar: R.U.Saitkanova, N.I.Sodiqova,
F.Yu.Ibragimov, M.A.Sattarov, I.Mirzayeva.
O‘suv davri 115-125 kun. O‘simlik bo‘yi 145-150 sm. Pastki dukkak
joylanishi 14-16 sm, shoxlar soni 2-4 ta, bir o‘simlikdagi dukkak soni 120-130 ta,
bir dukkakdagi don soni 2-4 ta. Don sifati va texnologik ko‘rsatkichlari: 1000 dona
urug‘ og‘irligi 165- 175 g. Don tarkibida oqsil 40-41%, don tarkibida moy 25-27%.
Yotib qolishga, to‘kilishga, kasalliklarga chidamli va mexanizatsiya yordamida
yig‘ishtirib olishga mo‘ljallangan. Hosildorligi: Navdan qulay sharoitlarda 30-32
s/ga don hosili va ko‘k massa hosildorligi 250-300 s/ga olish mumkin.
Vilana navi:
Nav Butunrossiya Moyli ekinlar ITIda yaratilgan. Bu nav L-309
duragay avlodini 0240 kolleksion namunasi va F
2
va F
3
navlarida individual va
ommaviy seleksiyani chatishtirish orqali olingan. O‘simlik tuklari kul rangli. Gullari
binafsha rangda, dukkagi jigar rangli, urug‘i sariq rangli, xira, dog‘siz. Nav
o‘rtapishar, noqulay sharoitga chidamli, qurg‘oqchilikka chidamli, suv bilan
ta’minlanganda hosil oshadi. O‘sish davri 116-120 kun. Sug‘orishsiz urug‘lik
hosildorligi 32-34 s/ga, sug‘orishda esa 42 s/ga gacha. O‘simlik bo‘yi 111-115 sm,
pastki dukkak joylashishi 16-17 sm. Don tarkibidagi oqsil miqdori 40,1-40,3%, moy
miqdori 22,4-22,6%.
Tajriba natijalari
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
25
O‘rtacha 3 yillik ma’lumotlarga ko‘ra soyaning Nafis navida shonalash
davrida o‘simlikning ildiz vazni variantlar orasida 0,91-1,60 g/tup bo‘ldi. Bu davrda
faqatgina urug‘ga ishlov berilgan variantlarda stimulyatorlar ta’sir ko‘rsatganligi
aniqlandi. Gullash davrida mineral o‘g‘itlar qo‘llangan fon variantida ildiz vazni
4,04 g/tup bo‘ldi. Fon+Uzgumi stimulyatori ta’sirida ildiz vazni fon variantiga
nisbatan tegishlicha 0,24; 1,16 va 0,62 g/tup.ga ko‘p bo‘ldi. Fon
+
Fulvogummat
stimulyatori ta’sirida ildiz vazni fon variantiga nisbatan tegishlicha 0,70; 1,37 va
1,06 g/tup.ga ko‘p bo‘ldi. Fon
+
Rival
stimulyatori ta’sirida ildiz vazni fon variantiga
nisbatan tegishlicha 0,43; 1,19 va 0,68 g/tup.ga ko‘p bo‘ldi.
1-jadval
Soya navlarining ildiz vazniga stimulyatorlarning ta’siri, (2021-2023 yy.)
Stimulyatorlar qo‘llash usullari
Rivojlanish davrlari, g/tup
s/ga
shonalash
gullash
dukkaklash
Nafis navi
Fon -N
50
P
100
K
70
kg/ga
0,91
4,04
6,29
21,1
Fon+Uzgumi (urug‘ga ishlov berish)
1,18
4,28
6,40
21,8
Fon+Uzgumi (bargdan oziqlantirish)
1,18
5,20
7,07
25,7
Fon+Uzgumi
(urug‘ga
ishlov
berish+bargdan oziqlantirish)
1,21
4,66
6,96
24,6
Fon
+
Fulvogummat (urug‘ga ishlov
berish)
1,26
4,74
8,51
30,4
Fon+Fulvogummat
(bargdan
oziqlantirish)
1,41
5,41
9,49
36,4
Fon+Fulvogummat (urug‘ga ishlov
berish+bargdan oziqlantirish)
1,60
5,10
9,11
33,6
Fon+Rival (urug‘ga ishlov berish)
1,22
4,47
7,31
25,7
Fon+Rival (bargdan oziqlantirish)
1,23
5,23
7,86
29,3
Fon+Rival
(urug‘ga
ishlov
berish+bargdan oziqlantirish)
1,26
4,72
7,43
26,8
Vilana navi
Fon -N
50
P
100
K
70
kg/ga
0,95
2,10
4,67
15,7
Fon+Uzgumi (urug‘ga ishlov berish)
1,04
2,32
5,31
18,2
Fon+Uzgumi (bargdan oziqlantirish)
1,12
3,72
6,63
23,6
Fon+Uzgumi
(urug‘ga
ishlov
berish+bargdan oziqlantirish)
1,25
2,56
5,86
20,4
Fon
+
Fulvogummat (urug‘ga ishlov
1,13
3,04
6,79
23,6
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
26
berish)
Fon+Fulvogummat
(bargdan
oziqlantirish)
1,19
3,74
8,66
31,8
Fon+Fulvogummat (urug‘ga ishlov
berish+bargdan oziqlantirish)
1,34
2,67
7,05
25,4
Fon+Rival (urug‘ga ishlov berish)
1,23
2,50
6,44
22,5
Fon+Rival (bargdan oziqlantirish)
1,22
3,31
7,60
27,5
Fon+Rival
(urug‘ga
ishlov
berish+bargdan oziqlantirish)
1,27
2,76
7,09
25,4
Dukkaklanish davrida mineral o‘g‘itlar qo‘llangan fon variantida ildiz vazni
6,29 g/tup bo‘ldi. Fon+Uzgumi stimulyatori ta’sirida ildiz vazni fon variantiga
nisbatan tegishlicha 0,11; 0,78 va 0,67 g/tup.ga ko‘p bo‘ldi. Fon
+
Fulvogummat
stimulyatori ta’sirida fon variantiga nisbatan tegishlicha 2,22; 3,20 va 2,82 g/tup ga
ko‘p bo‘ldi. Fon
+
Rival stimulyatori ta’sirida ildiz vazni fon variantiga nisbatan
tegishlicha 1,02; 1,57 va 1,14 g/tup.ga ko‘p bo‘ldi.
Ildiz vazni mineral o‘g‘itlar qo‘llangan fon variantida 21,1 s/ga bo‘ldi.
Fon+Uzgumi stimulyatori ta’sirida ildiz vazni fon variantiga nisbatan tegishlicha
0,7; 4,6 va 3,5 s/ga.ga yoki 3,3; 21,8 va 16,6 % ga ko‘p bo‘ldi. Fon
+
Fulvogummat
stimulyatori ta’sirida ildiz vazni fon variantiga nisbatan tegishlicha 9,3; 15,3 va 12,5
s/ga.ga ko‘p bo‘ldi. Fon
+
Rival
stimulyatori ta’sirida ta’sirida ildiz vazni fon
variantiga nisbatan tegishlicha 4,6; 8,2 va 5,7 s/ga.ga ko‘p bo‘ldi (1-jadvalga
qarang).
O‘rtacha 3 yillik tadqiqotlar natijalariga ko‘ra soyaning Vilana navida
shonalash davrida o‘simlikning ildiz vazni tajribadagi variantlar orasida 0,95-1,34
g/tup bo‘ldi. Bu davrda urug‘ga ishlov berilgan variantlarda ko‘proq ildiz hosil
bo‘lganligi aniqlandi. Gullash davrida mineral o‘g‘itlar qo‘llangan fon variantida
ildiz vazni 2,10 g/tup bo‘ldi. Fon+Uzgumi stimulyatori ta’sirida ildiz vazni fon
variantiga nisbatan tegishlicha 0,22; 1,62 va 0,46 g/tup.ga ko‘p bo‘ldi.
Fon
+
Fulvogummat
stimulyatori ta’sirida ildiz vazni fon variantiga nisbatan
tegishlicha 0,94; 1,64 va 0,57 g/tup.ga ko‘p bo‘ldi. Fon
+
Rival
stimulyatori ta’sirida
ta’sirida ildiz vazni fon variantiga nisbatan tegishlicha 0,40; 1,21 va 0,66 g/tup.ga
ko‘p bo‘ldi.
Dukkaklanish davrida mineral o‘g‘itlar qo‘llangan Fon variantida ildiz vazni
4,67 g/tup bo‘ldi. Fon+Uzgumi stimulyatori ta’sirida ildiz vazni fon variantiga
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
27
nisbatan tegishlicha 0,64; 1,96 va 1,19 g/tup.ga ko‘p bo‘ldi. Fon
+
Fulvogummat
stimulyatori ta’sirida ildiz vazni fon variantiga nisbatan mos ravishda 2,12; 3,99 va
2,38 g/tup.ga ko‘p bo‘ldi. Fon
+
Rival
stimulyatori ta’sirida ildiz vazni fon variantiga
nisbatan tegishlicha 1,77; 2,93 va 2,42 g/tup.ga ko‘p bo‘ldi. Ildiz vazni mineral
o‘g‘itlar qo‘llangan fon variantida 15,7 s/ga bo‘ldi. Fon+Uzgumi stimulyatori
ta’sirida ildiz vazni fon variantiga nisbatan tegishlicha 2,5; 7,9 va 4,7 s/ga.ga ko‘p
bo‘ldi. Fon
+
Fulvogummat
stimulyatori ta’sirida ildiz vazni fon variantiga nisbatan
tegishlicha 7,9; 16,1 va 9,7 s/ga.ga ko‘p bo‘ldi. Fon
+
Rival
stimulyatori ta’sirida ildiz
vazni fon variantiga nisbatan tegishlicha 6,8; 11,8 va 9,7 s/ga.ga ko‘p bo‘ldi (1-
jadvalga qarang).
Xulosa.
Demak, tajriba natijalaridan shu narsa ma’lumki, stimulyatorlar ildiz
faoliyatiga yaxshi ta’sir etganligi aniqlanib, har ikkala navda ham stimulyatorlarni
bargdan qo‘llanilgan variantlarda ildiz shakllanishiga ijobiy ta’sir etganligi
aniqlandi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. Agafonov O.M. i dr. Nauchnыe osnovы primeneniya udobreniy. Kolos. 2015. s
11,187.
2. B.Dospexov "Metodika polevogo opыta, 1985 y
3. Balakay G.T., Ivebor Lourens Uche i dr. Maslichnыe kulturы, 2008
4. Larina R.E., Lisova R.V., Loginov O.N., Lovsova. Osobennosti formirovaniya
urojaya soi v usloviyax sentralnoy zonы Nechernozemnoy zonы // Problemы
agroximii i ekologiii. 2018,№ 4,S.27-33
5. Ran.O.P.,Selixova.O.A.,Tixonchuk.P.V. Primenenie biologicheskix preparpatov
v posevax soi // Dostijeniya nauki i texniki APK. 2009, №18.S.26-27
6. Sonin K.E. Vliyanie preparata furolan na formirovanie kachestva semyan tryox
sortov podsolnechnika // Piщevaya texnologiya. – 2010. – №1. – S. 13–15.
7. Shapoval, Noviskaya.N.V., Щuchka R.V, Djelisyuk.A.V. Urojaynost soi v
zavisimosti ot elementov texnologii na chernozemax tipichnыx lesostepi Ukrainы //
Vestnik. Altayskiy GAU, №5. seriya 11. 2015
8.Xoxoeva N.T., Ran.O.P. Primenenie biologicheskix preparpatov v posevax soi //
Dostijeniya nauki i texniki APK. 2009, №18.S.26-27.
9. Yakubjonov.O, S.Tursunov, Muqimov.Z Donchilik T. Yangi asr avlodi 2009 234-
bet
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
28
10. Nazarovna, AK, Bakhromovich, NF, Alavkhonovich KA, Ugli KSS. Effects of
Sulfur
and
Manganese
Micronutrients
on
the
Yield
of
Soybean
Varieties.
Agricultural
Sciences
,
2020;11:
1048-1059.
https://doi.org/10.4236/as.2020.1111068
11. JURAEVA R., TASHPULATOV J., IMINOV A., BOZOROV X.,
ZAYNITDINOVA L., & KUKANOVA S. (2020). EFFICIENCY OF SYMBIOTIC
NITROGEN
FIXATION
OF
SOY
NODULE
BACTERIA
AFTER
PRESERVATION. PLANT CELL BIOTECHNOLOGY AND MOLECULAR
BIOLOGY,
21(61-62),
7279.
Retrieved
from
https://www.ikprress.org/index.php/PCBMB/article/view/5644
12. Iminov, A. A., Hatamov, S. R. O., & Khayrullaev, S. S. O. (2020). Effect Of
Nitragine And Mineral Fertilizers On Soil Microbiological Properties In Planted As
Secondary Legume Crops.
The American Journal of Agriculture and Biomedical
Engineering
,
2
(08), 169-172.
https://doi.org/10.37547/tajabe/Volume02Issue08-22
