“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
195
ANDOZALARNI TEXNIK KO‘PAYTIRISHNING ASOSIY PRINSIPLARI
VA USULLARI
Xalilova Dildora Jaxongirovna
Farg`ona politexnika instituti, O‘zbekiston
E-mail:
Berdiyeva Ra‘no Abduqodirovna
Farg‘ona politexnika institute, O‘zbekiston
Raxmonova Marjona jaxongir qizi
84-21 guruh talabasi, Farg‘ona politexnika instituti, O‘zbekiston
E-mail:
raxmonovamarjona825@gmail.com
Annotatsiya:
Ushbu maqolada yengil sanoat sohasida ishlab chiqarishni
rivojlantirish, loyihalash jarayonini takomillashtirish va unda mukammal
zamonaviy tizimlarni joriy etishni talab etadi. Bunday tizimlardan biri
andozalarni
texnik ko‘paytirish.
Texnik ko‘paytirish odam gavdasi razmer o‘lchamlarining
o‘zgartiruvchanligini hisobga oluvchi razmerlararo va bo‘ylararo o‘sish qiymatlari
yordamida amalga oshiriladi. Andozalar texnik ko‘paytirish dastlabki andazalar
komplektidan tashqari andozalar nomerlarini olish jarayonini osonlashtiradi va
tezlatadi.
Tayanch iboralar:
Andazalarni ко paytirish, dradasiya, dradasiyalash prinsiplari,
guruhlash usuli, nurlar usuli, proporsional — hisoblash usuli,
gradatsiyasining
tipaviy sxemalari, noto‘qima materiallar, adaptiv konstruktsiyalash, tropizatsiya,
lobilizatsiya, dekompozitsiya.
Ishlab chiqarish sharoitida model detallarining dastlabki, ya'ni original andazalari
model tavsiya qilingan razmerlar va to‘lalik guruhining faqat bitta o‘rta bo‘y va
razmeriga tayyorlanadi. Andazalarning qolgan razmer hamda bo‘ylari esa dastlabki
bo‘y hamda razmerdagi andazalarni proporsional ravishda rasmiy qoidalarga ko‘ra
kattalashtirish yoki kichraytirish orqali olinadi. O‘rta razmer va bo‘ydagi tikuv
buyumining andazalari asosida modelda tavsiya qilingan qator razmer hamda
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
196
bo‘ydagi andazalar komplektlarini loyihalash jarayoni andazalar gradatsiyasi
deyiladi. Bir xil razmer va bo‘ydagi tipaviy qomatlar tanasining tuzilishi har xil
to‘lalik guruhida farqlanadi, shu bois gradatsiya bir to‘lalik guruhi ichida razmer va
bo‘ylar bo‘yicha alohida-alohida ishlanadi, lekin to‘lalik guruhlari bo‘yicha
andazalar
ko‘paytirilmaydi.
Andazalar
gradatsiyasi
tipaviy
qomatlar
o‘lchamlarining o‘zgaruvchanligi bilan bog'langan bo‘ylararo hamda razmerlararo
orttirmalar yordamida amalga oshiriladi. Andazalar gradatsiyasi dastlabki andazalar
komplektidan tashqari andazalar nomerlarini olish jarayonini osonlashtiradi va
tezlatadi. Lekin, ayni holda, noto‘g'riliklar yuz berishi tufayli chetdagi razmerlar
konst- ruksiyasida qomatda kiyim o‘mashuviningsifati pasayishi mumkin. Shu bois
gradatsiya paytida konturi o‘zgartirilgan barcha bo‘y va razmerdagi andazalar silueti
va proporsiyasining bazaviy razmer va bo‘y bo‘yicha etalonga mosligi asosiy
talablardan biri hisoblanadi. Andazalar konturi o‘zgartirilganda asosiy konstruktiv
nuqtalar razmerlararo yoki bo‘ylararo orttirmalar qiymatiga suriladi. Ushbu
nuqtalarni birlashtiradigan chiziqlar ham ularga mos ko‘chiriladi. Gradatsiya
jarayoni qator omillar ta'siri ostida o‘tadi. Gradatsiya nazariyasi ta'sir etuvchi
omillarni va ularning o‘zgaruvchanlik qonuniyatlarini o‘rganishga asoslangan.
Andazalar gradatsiyasining jarayoniga ta'sir etuvchi e'tiborli omillar qatoriga
o‘lchamlar o‘zgaruvchanligi, konstruksiyani hisoblash formulalarining tuzilishi,
andazalar gradatsiyasida dastlabki o‘qlarga nisbatan konstruktiv nuqtalarning
surilish qiymatini hisoblash usuli, buyumning bichimi va materialining
xususiyatlari kiradi.
Andazalar
o‘lchamlarining farqlanishi tipaviy qomatlar o‘lchamlarining
o‘zgaruvchanligi bilan aloqador. Shu bois gradatsiyada detallar o‘lchamlari yetakchi
o‘lchamlar o‘zgaruvchanligiga bog'liq holda bo‘ysungan o‘lchamlar o‘zgarishida
asoslangan. Teng bo‘yliklarda nafaqat ko‘ndalang, balki bo‘ylama o‘lchamlar ham
o‘zgaradi.
Yoki teng razmerlilarda nafaqat bo‘ylama, balki ko‘ndalang o‘lchamlar ham
o‘zgaradi. Ushbu qonuniyatlarga binoan razmerlar bo‘yicha gradatsiyada chiziqli
o‘lchamlar ham bo‘ylama, ham ko‘ndalang o‘zgarishi sababli konstruktiv nuqtalar
to‘g'ri burchakli to‘rtburchakning diagonali bo‘yicha suriladi. Muayyan razmerdagi
kiyim detallari bo‘ylar bo‘yicha ko‘paytirilganda ba'zi o‘lchamlarning ko‘ndalang
orttirmasi kichik bo‘lganligi sababli hisobga olinmaydi, konstruktiv nuqtalari faqat
vertikal yo‘nalishda siljitiladi. Andazalarni texnik ko‘paytirish nazariyasi haligacha
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
197
yetarli darajada takomillashtirilmagani sababli, konstruktorlik amaliyotida uning har
xil usullaridan foydalanishga to‘g'ri keladi. Andazalar gradatsiyasining mavjud
usullarida qator prinsiplarga amal qilinadi:
— katta yoshli aholi va bolalar kiyimining detallarida bir xil gradatsiyasiya
qoidalariga amal qilish;
— andazalar ko‘paytirishda dastlabki o‘qlarning bir xil joylanishi;
— konstruktiv nuqtalaming siljish qiymati bir xil usulda hisoblanishi;
— har bir ajratilgan razmerlarning kichik guruhida dastlabki bazaviy razmerga
nisbatan konstruktiv nuqtaning siljish qiymatining o‘zgarmasligi.
1-rasm. Andazalarni turli usulda gradatsiyalashda konstruktiv nuqtalari
surilishi: a — guruhlash; b — nurlar; с — proporsional hisoblash usullari
Texnik ko‘paytirish usullaridan guruhlash, nurlar va proporsional — hisobli
usullar kengroq tarqalgan (1-rasm).
Guruhlash usuli. Andazalarning har xil razmerlari oldindan tayyorlangan o‘rta, eng
katta yoki eng kichik razmerli ikki komplckt andazalardan olinadi. Shu bois bir xil
nomli detallarning bir xil tomoni birlashtirilgan holda bir-birining ustiga yotqiziladi
va bir xil nomli konstruktiv nuqtalar birlashtiriladi. Hosil bo‘lgan chiziqlarni ikki
detal orasidagi razmerlar nomerining bo‘ksaiga bo‘lib, razmerlararo orttirma
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
198
qiymati aniqlanadi. Belgilangan nuqtalarni birlashtirish orqali dastlabki detallar
orasidagi andazalar konturi chiziladi (1-a rasm). Ushbu usul konstruktiv tuzilishi
murakkab bo‘lgan modellar detallarini ko‘paytirishda hamda andazalar
ko‘pavtirishning boshqa usullarida qo‘llanadigan notipaviy sxemalarga oid asosiy
konstruktiv nuqtalaming orttirmalarini hisoblash uchun dastlabki bosqich sifatida
tatbiq etiladi. Usulning kamchiligi kiyim detallarining ikki komplektini
tayyorlashdadir.
Nurlar usuli. Detaining fokus sifatida olingan muayyan bir nuqtasi barcha
konstruktiv nuqtalari bilan to‘g'ri chiziqlar-nurlar orqali birlashtiriladi. Detal
konturidan boshlab nurlar bo‘yicha orttirmalar qiymati qo‘yiladi (1-b rasm).
Belgilangan yangi nuqtalami birlashtirib kattaroq yoki kichikroq razmerlar konturi
chiziladi. Bu usulning aniqligiga dastlabki fokus nuqtasining joylanishi ta'sir etadi.
Fokusning har xil holatida nurlar yo‘nalishi ham o‘zgaradi. Yangi konstruktiv
nuqtalar siljib, andazaning konturini o‘zgartiradi. Mazkur usul oson bo‘lsa ham
ko‘paytirilgan andazalarning konturlari noaniq chiqadi. Nurlar usulidan bosh
kiyimlar va korset buyumlarining andazalarini ko‘paytirishda samaraliroq
foydalanish mumkin.
Proporsional — hisoblash usuli aniqroqligi tufayli kengroq tarqalgan. O‘lchamlar
o‘zgaruvchanligiga va bo‘linish chiziqlarining holatiga bog'liq holda konstruktiv
nuqtalar gorizontal hamda vertikal o‘qlar yo‘nalishi bo‘yicha ontirmalar
qiymatiga suriladi. Har bir konstruktiv nuqtaning gorizontal va vertikal orttirmalari
shartli ravishda qabul qilingan dastlabki o‘qlarga nisbatan hamda dastlabki
razmerlararo orttirmalarga tayanib hisoblanadi (1-c rasm). Proporsional — hisoblash
usuli barcha konstruktiv nuqtalar orttirmalarining o‘zaro proporsional bog'lanishiga
asoslangan. Mazkur usulning afzailigi murakkab konstruksiyali detallar
nuqtalarining orttirmalarini hisoblashda namoyon bo‘ladi.
Xulosa.
Tikuvchilik sanoatida foydalanilayotgan gradatsiya sxemasiga muvofiq
bitta o‘lchamdagi kiyim model konstruksiyasi asosida mavjud gradatsiya
sxemasiga asosan turli o‘lchamlar uchun ishlab chiqilgan andozalarda balans
buzilishi, bunda yelka qiyaligi va parametrlarning, shuningdek konstruksiya egri
chiziqlarining shakli o‘zgarishi kabi kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish
yuzasidan andozalar bir xilligi tamoyilini ta’minlash maqsadida yaratilgan
tizimda ishlab chiqilgan turli o‘lchamdagi bazaviy asoslar konstruksiyalarini
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
199
guruhlash usuli orqali konstruktiv nuqtalarning X va Y o‘qlari bo‘yicha siljish
qiymatlari ishlab chiqildi.
Taklif qilingan ayollar yelkali kiyimi detallari gradatsiya sxemasi asosida
olingan andozalarda tana tayanch yuzasiga mos yelka qiyaligining saqlanishi,
kirishtirish me’yorlari va qo‘shimcha qiymatlarning doimiyligi hamda bazaviy
asos egri chiziqlari shakllari tajribali konstruktor malakasiga muvofiqligi
ta’minlandi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
1.
M.A.Abdukarimova, Sh.A.Mahsudov, R.P.Nuriddinova, N.Asadullayeva,
Automated technique for designing the basic fondations of a clothing drawings
// Web of conferences 401, 03057 (2023).
2.
M.А. Abdukarimova, Sh.А.Mahsudov, R.Р Nuriddinova, N.A.Usmanova
Automatic Design of Clothing Details//AIP Conf. Proc. March 11 2024 (030008-
1-030008-7).
3.
Ш.А. Махсудов. Аёллар елкали кийимларини автоматлаштирилган
лойиҳалаш усулларини такомиллаштириш: т.ф.ф.д. дис. 05.06.04
/
Наманган, 2022. - 117 б.
4.
M.A.Abdukarimova, R.P.Nuriddinova, Sh.A.Mahsudov Method of designing
special clothing based on approval of contamination assessment methodology //
Scientific and Technical Journal of NanIET, 2023 №2. 58 – 66 p.
5.
Пособие по градации. Кафедра ТШП МГУДТ. М.:2006 г.
6.
Zamonaviy kiyim tikishda transformatsiya uslublarining o ‘rni. X.d.
jaxongirovna. Uzbek scholar journal 7, 112-117.
7. Sodiqovna, A. M., & Abduqodirovna, B. R. N. (2022). Notipaviy qomatli
ayyollarning o'lchamlari va tana turlarining farqlanishi. Fan va innovatsiyalar , 1
(A3), 284-288.
8. Har xil tikuvchilik mahsulotlarini ishlab chiqarishda kiyim uchun materiallarni
tadqiq qilish . Saida Mamatqulova , Shaxlo Tursumatova , Maxmudjon Turdiyev ,
Manzura Abdurahimova , Maxmudjon Abdullayev va Ra'no Berdiyeva
E3S Web Conf., 538 (2024) 04003
DOI:
https://doi.org/10.1051/e3sconf/202453804003
9. Tikuvchilik-trikotaj sohasida badiiy bezak texnikasidan kashta naqshlarini
yaratishning ahamiyati.Saida Mamatqulova , Ra'no Berdiyeva , Irodaxon Obidova ,
Maftuna Hoshimova , Malohat Rahmonova va Bekzod Mo'minov
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
200
E3S Web Conf., 538 (2024) 04002
DOI:
https://doi.org/10.1051/e3sconf/202453804002
10.
Liboslarda transformatsiya qo‘llash va uning ahamiyati. (2023). Journal of
Science-Innovative Research in Uzbekistan, 1(9), 1113-1117.
11. Berdiyeva Ra'no Abduqodirovna. (2023). Qizlar ko'ylagida transformatsiya
qo'llash
va
uning
ahamiyati.
Ilmiy
impuls
,
2
(15),
666-672.
https://nauchniyimpuls.ru/index.php/ni/article/view/1299
12. Berdiyeva Ra'no Abduqodirovna. Ommaviy va yakka tartibda buyurtma
bo‘yicha tikiladigan kiyimlarni yoqalarini loyhalash xususiyatlari. (2024). Journal
of
Science-Innovative
ResearchinUzbekistan,2(3)283-288.
https://universalpublishings.com/index.php/jsiru/article/view/4881
13. Berdiyeva Ra'no Abduqodirovna. Vol. 17 No. 1 (2024): "USA" international
scientific and practical conference topical issues of science.
