“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
215
Bolalarni zo’ravonlikdan himoya qilishning xalqaro-huquqiy va milliy
mexanizmlari
Qahramonova Aziza Ulug’bek qizi
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti magistranti
Annotatsiya
Yoshlar davlat kelajagi hisoblanganligi bois bolalarga bo’lgan e’tibor, ularning
huquq va erkinliklarini himoya qilish har bitta davlat siyosatida muhim o'rin
egallaydi va ushbu soha nafaqat milliy darajada, balki xalqaro miqyosda keng e'tibor
berilishni talab qiladi desak adashmagan bo'lamiz. Har yili dunyo bo’ylab millionlab
bolalar zo’ravonlikning turli ko’rinishlaridan aziyat chekayotganligi va bu son
yildan-yilga oshib borayotganligi mavzuning qay darajada dolzarb ekanligidan
dalolat beradi va bolalarni zo’ravonlikning har qanday shakllaridan himoya
qilishning xalqaro-huquqiy mexanizmlarini yanada mustahkamlash zaruriyati paydo
bo'lmoqda. Ushbu maqolada bolalarni zo’ravonlikdan himoya qilishning xalqaro-
huquqiy va milliy mexanizmlari yoritib beriladi.
Kalit so’zlar:
bola huquqlari,
jismoniy zo’ravonlik, ruhiy zo’ravonlik, “Bola
huquqlari to’g’risida”gi 1989-yildagi Konvensiya, BMTning bola huquqlari
bo’yicha qo’mitasi, himoya orderi.
International legal and national mechanisms to protect children from
violence
Annotation
Since the youth are considered to be the future of the state, attention to children,
protection of their rights and freedoms occupies an important place in the policy of
every state, and undoubtedly this area requires wide attention not only at the national
level, but also at the international level. The fact that every year millions of children
around the world suffer from various forms of violence and this number is increasing
year by year shows how relevant the topic is and the need to further strengthen the
international legal mechanisms to protect children from all forms of violence. This
article highlights the international legal and national mechanisms for protecting
children from violence.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
216
Key words:
child rights, physical abuse, mental abuse, 1989 Convention on
the Rights of the Child, UN Committee on the Rights of the Child, protection
warrant.
Bola huquqlari va ularni himoya qilish masalasi barcha davlatlarda, ularning
shaklidan qat’iy nazar, eng dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy muammolardan biri
bo’lib, uni hal qilishda butun dunyo hamjamiyati manfaatdor bo'lishi kerak. Afsuski,
zo’ravonlik butun dunyo bo’ylab millionlab bolalar uchun dahshatli haqiqat bo’lib
qolmoqda. Zo’ravonlik bolalarning rivojlanishiga to’sqinlik qiladi va ularning
rivojlanish qobiliyatiga va ilm olish faoliyatiga salbiy ta’sir qiladi. Bu oddiy
munosabatlarga xalaqit beradi, o'z qurbonlarida o'zini past baholaydi, hissiy stress
va depressiyani keltirib chiqaradi va ba'zi hollarda ularni xavfli xatti-harakatlarga,
o'ziga zarar etkazishga va tajovuzkor xatti-harakatlarga undaydi. Bundan tashqari,
zo'ravonlik jamiyat uchun jiddiy iqtisodiy yo'qotishlarga olib keladi, uning insoniy
salohiyatiga salbiy ta'sir qiladi va ijtimoiy taraqqiyotga to'sqinlik qiladi. Mavjud
ma'lumotlarga ko'ra, har yili dunyo bo'ylab 1,5 milliardgacha bola zo'ravonlikka
duchor bo'ladi
1
. Zo'ravonlik hamma joyda, jumladan, bolalar o'zlarini butunlay
xavfsiz his qilishlari kerak bo'lgan joylarda - bolalar bog'chalarida, maktablarda va
oilalarda sodir bo'layotgan holatlar aniqlangan. Ko'pincha yosh bolalar
zo'ravonlikdan aziyat chekishadi chunki ular doimo shikoyat qilish va yordam
so'rashga qodir emaslar. Bunday bolalarda, shuningdek, doimiy ruhiy yoki jismoniy
zarar ko'rish xavfi yuqori bo’ladi.
Bolalar huquqlarini xalqaro himoya qilish masalasi XX asr boshlarida,
Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashkil topishidan ancha oldin butun dunyoda jiddiy
masala sifatida ko’tarilgan. Bolalar huquqlarini himoya qilishning xalqaro
mexanizmlarini yaratish zarurati 1913-yil 23-26-iyulda Bryusselda bo'lib o'tgan
Bolalarni himoya qilish bo'yicha xalqaro kongressda muhokama qilindi va unda
bolalar alohida himoya va g'amxo'rlikka muhtoj aholi qatlami deb tan olindi.
Bola huquqlarini himoya qilish va bolalarga nisbatan zo’ravonlikka qarshi
kurashning xalqaro-huquqiy mexanizmlariga to’xtaladigan bo’lsak, 1945-yil 26-
iyunda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Ustavining imzolanishi inson huquqlarini
himoya qilish, shuningdek bolalarni zo’ravonlikdan himoya qilishni yangi darajaga
1
https://violenceagainstchildren.un.org/ru/news/protecting-children-violence-human-rights-imperative
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
217
ko’tardi
2
. Bolalar huquqlarini himoya qilish sohasidagi asosiy universal xalqaro
shartnoma BMTning 1989-yildagi Bola huquqlari to’g’risidagi Konvensiyasidir
3
.
Unda bolalarning quyidagi asosiy huquqlari belgilab qo’yilgan: yashash huquqi shu
jumladan omon qolish va sog’lom rivojlanish; tug’ilgandan keyin ro’yxatdan o’tish,
ism va fuqarolikka ega bo’lish, ota-onasini bilish va ularning g’amxo’rligida bo’lish
huquqi; individuallikni, shu jumladan oilaviy aloqalarni saqlash huquqi; oila birligi
huquqi va agar bu bolaning manfaatlariga zid bo’lmasa ota-onalar bilan aloqada
bo’lish huquqi; oilani birlashtirish va ular bilan o’z davlati hududidan chetga chiqish
huquqi; o’z fikrini erkin ifoda etish va har qanday sud yoki ma’muriy jarayonda o’z
fikrlarini bildirish huquqi; uyushmalarga kirish va tinch yig’inlar huquqi va
boshqalar.
Ushbu Konvensiyaning 19-moddasida bilan ishtirokchi-davlatlarga bolalarni
ota-onalar, qonuniy vakillar yoki boshqa shaxslar tomonidan jismoniy yoki ruhiy
zo’ravonlik, haqorat yoki suyiste’mollik, qarovsizlik yoki beparvolik, zo’ravonlik
yoki ekspluatatsiya, shu jumladan jinsiy zo’ravonlikdan himoya qilish uchun barcha
zarur qonuniy, ma’muriy, ijtimoiy choralarini ko’rish majburiyati yuklangan.
Demak, bola huquqlarini himoya qilishning xalqaro-huquqiy mexanizmi
deganda xalqaro hamjamiyat tomonidan maxsus organlar orqali davlatlarning bola
huquqlarini himoya qilish sohasidagi xalqaro majburiyatlarining bajarilishini
nazorat qilinishi tushuniladi. Inson huquqlari bo’yicha barcha xalqaro tashkilotlar,
shu jumladan bolalar huquqlarini himoya qilish bilish bilan shug’ullanuvchi
tashkilotlar 2 turga bo’linadi: universal darajadagi xalqaro tashkilotlar (BMT
doirasida) va mintaqaviy darajadagi tashkilotlar (ma’lum bir belgilangan huduq
doirasida). Bola huquqlarini himoya qilish bo’yicha universal xalqaro tashkilotlarga
misol qilib Xalqaro mehnat tashkiloti, Xalqaro sog’liqni saqlash tashkiloti,
BMTning ta’lim, fan va madaniyat bo’yicha tashkiloti (UNESCO), BMTning
xalqaro bolalar fondi (UNICEF), BMT taraqqiyot dasturi, BMTning bola huquqlari
bo’yicha qo’mitasi kabilarni misol qilib keltirsak bo’ladi. Mintaqaviy darajadagi
xalqaro tashkilotlarga esa Inson huquqlari bo’yicha Yevropa sudi, Yevropa Ittifoqi,
Afrika bolalar huquqlari va farovonligi bo’yicha ekspertlar qo’mitasi, Lotin
Amerikasi Inson huquqlari bo’yicha komissiyasi va boshqalar. Shunday qilib,
2
https://www.un.org/ru/about-us/un-charter/full-text
3
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
218
xalqaro miqyosda bolalar huquqlarini himoya qilish turli yo’llar bilan, turli
mexanizmlar, organlar va tashkilotlar orqali amalga oshirilishi mumkin va ushbu
sohadagi asosiy muammo qabul qilingan xalqaro normalarning aksariyati tavsiyaviy
xarakterga egaligidadir.
Bola huquqlarini himoya qilish va bolalarga nisbatan zo’ravonlikka qarshi
kurashish bo’yicha milliy qonunchiligimizni olib borilayotgan islohotlarni ko’rib
chiqadigan bo’lsak, mustaqillikka erishganimizdan keyin inson huquqlari shu
jumladan bola huquqlarini himoya qilish bo’yicha mexanizmlarni yaratilishi yo’lida
1992-yil 9-dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 757-XII-sonli
“Bola huquqlari to’g’risidagi konvensiyaga qo’shilish to’g’risida”gi qarori qabul
qilindi
4
. Bundan tashqari Prezidentimizning 2019-yil 22-apreldagi “Bola huquqlari
kafolatlarini yanada kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari
bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari — Bola huquqlari bo‘yicha vakil lavozimi
joriy etildi. 2020-yil 29-maydagi “Bola huquqlarini himoya qilish tizimini
takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident
qarorida Bola huquqlari bo‘yicha vakilning asosiy vazifalari va faoliyati
yo‘nalishlari belgilab berildi. Shuningdek, 2023-yil 1-maydan kuchga kirgan yangi
tahrirdagi Konstitutsiyamizda “Oila, bolalar va yoshlar” degan bob kiritilgan va bola
huquqlarining kafolatlari bosh qomusimizda ham aks ettirildi. Xususan
Konstitutsiyamizning 78-moddasida - Farzandlar ota-onasining nasl-nasabi va
fuqarolik holatidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar.
Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda
himoya qilish, uning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan to‘laqonli rivojlanishi
uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratish davlatning majburiyatidir. Onalik,
otalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi.
Davlat va jamiyat bolalarda hamda yoshlarda milliy va umuminsoniy
qadriyatlarga sodiqlikni, mamlakatidan hamda xalqning boy madaniy merosidan
faxrlanishni, vatanparvarlik va Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbat tuyg‘ularini
shakllantirish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi deb belgilab qo’yilgan.
2023-yil 1-iyundagi “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish
hamda uning samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-
4
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 1-con, 41-modda
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
219
tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonga asosan tashkil qilingan O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi ham aholining himoyaga
muhtoj qatlamlaridan biri bo’lmish bolalar huquqlarini himoya qilish, ularga
nisbatan zo’ravonlik holatlarini oldini olishda muhim ahamiyatga ega tashkilot
sifatida faoliyatini olib bormoqda. Voyaga yetmagan bolalarnining huquqlarini
himoya qilish sohasida agentlikning ustuvor yo’nalishlari quyidagilardan iborat
5
:
-
bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish dasturlarini ishlab chiqish va
amalga oshirish;
-vasiylik va homiylik tizimini takomillashtirish, shu jumladan oilaga
asoslangan bolalarni parvarish qilishning muqobil shakllarini rivojlantirish;
-farzand asrab olish tizimini takomillashtirish;
-ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini
himoya qilishni tashkil etish;
-himoyaga muhtoj bolalarni davolashni tashkil qilish tizimini takomillashtirish.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-
sentyabrdagi Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida bola
huquq va manfaatlarini yanada takomillashtirishga oid o‘ndan ortiq chora-tadbirni
amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Xulosa qilib aytganda, bolalar huquqlarini kafolatlash, bolalarga nisbatan
zo’ravonlikka qarshi kurashish har bir bolaning adolatli va manfaatli rivojlanishini
ta’minlashning ajralmas qismi hisoblanadi. Shuning uchun bola huquqlari tom
ma’noda himoya etiladigan va hurmat qilinadigan maqbul muhitni yaratish uchun
faqat davlat tashkilotlarining bu boradagi faoliyati bilan cheklanib qolmasdan,
jamiyatimizning ham barcha qatlamlarida doimiy sa’y-harakatlarni birlashtirish va
o‘zaro hamkorlikni amalga oshirish taqozo etiladi.
5
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
220
Foydalanilgan adabiyotlar ro’txati:
1.
O’zbekiston Respublikasi Konstututsiyasi, 01.05.2023
2.
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, 12.10.1948
3.
Bola huquqlari to’g’risidagi Konvensiya, 1989
4.
A.Egamberdiyev. Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar.
O’quv qo’llanma. Toshkent – 2020.
5.
G.Yuldasheva, N. Gafurova. Inson huquqlari. Toshkent – 2023
6.
Inson huquqi. Darslik. Toshkent – 2021. “Yuridik adabiyotlar publish”.
7.
Права человека: Сборник международно-правовых документов.
М.,1999. С.45.
