“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
493
QORAQALPOQ XALQ ZARGARLIGI
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti “Amaliy
san’at fakulteti”, “Amaliy san'at asarlarini ta'mirlash” ta'lim yo‘nalishi
4-bosqich talabasi
Alpisbaeva Juldiz Bayram qizi
Annotatsiya:
XIX-XX asr boshlarida zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish
barcha savdo va hunarmandchilik markazlarida keng tarqalgan. Har bir katta
ovullar o’zlarining zargari mavjud edi. Qoraqalpoq zargarlari o’z mahsulotlari
uchun kumush, oltin, bronza, serdolik va firuzaga oid toshlar, shuningdek,
marjon, yirtqich hayvon va qushlarning tirnoq va qoziqtishlardan
foydalanishgan.
Kalit so’zlar:
zargarlik, qoraqalpoq amaliy san’ati, izlanishlar, “shar tuyme” ,
“jez bilezik”, “ jalpaq sirga”, “baldaqli sirga “,”arebek”,”ongirmonshaq”,”saukele.
XIX-XX asr boshlarida zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish barcha savdo
va hunarmandchilik markazlarida keng tarqalgan. Har bir katta ovullar o’zlarining
zargari mavjud edi. Qoraqalpoq zargarlari o’z mahsulotlari uchun kumush, oltin,
bronza, serdolik va firuzaga oid toshlar, shuningdek, marjon, yirtqich hayvon
va qushlarning tirnoq va qoziqtishlardan foydalanishgan.Qoraqalpoq zargarlik
san’ati uslubi o’zining hashamati, simmetrik shakli va jonli aylana konturlari bilan
ajralib turadi. Zargarlar asosan ayollar zargarlik buyumlari va bolalar
tumorlarini ishlab chiqarishgan. Erkaklar uchun, uzuklar, kamarlar va kamar
to’qasi, qurol-yarog’ qismlari va ot anjomlari yasalgan. Barcha zargarlik buyumlari
yovuzlikdan asrovchi va baxtga eltuvchi tumorlar hisoblangan. Qoraqalpoq
zargarlik sanati haqida toxtalib otadigan bolsak, qoraqalpoqlar Orta Osiyo va
Qozogistonning boshqa xalqlari singari qadimdan zargarlik bilan
shugullanganlar. Zargarlik qoraqalpoq xalqi ananaviy kasbining eng kam
organilgan sohasi bolib, u etnografik adabiyotlarda juda kam yoritilgan.
Shuningdek,tarixiy va etnografik tadqiqotlarni organar ekanmiz, birinchi
navbatda uning nazariy —uslubiy jihatlariga tayangan holda ilmiy xulosa
chiqarishga etibor qaratiladi, hamda xalq ananaviy hunarmandchiligi turlarining
otmishda va bugun ham dehqonchilik, chorvachilik, sanoat ishlab chiqarishi,
zamonaviy sanoat bilan bir qatorda jamiyat madaniy va iqtisodiy hayotida
muhim ahamiyat kasb etishini unutmasligimiz kerak.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
494
Maqola etnologiya metodlari -etnografik dala tadqiqotlari asosida,xususan,
bugungi kunda Qoraqalpogiston Respublikasi, Beruniy tumanida istiqomat
qiluvchi aka-uka Said, Hamid Samatovlar oltindan buyurtmaga kora zargarlik
buyumlarini yasash bilan shugullanib kelayotganliklari, shuningdek, 1996-yil
Beruniy tumanida tugilgan axborotchi Alimov Shoxrux ham,asosan
kumushdan buyurtmaga kora uzuk, zirak, boyinga taqadigan zanjir, bilaguzuk
kabi zargarlik buyumlarini yasashini va sulolaning 3-avlodi ekanligini
tasdiqlagan axborotchilar bergan malumotlar kiritilgan.[9,1] Zargarlar tomonidan
olingan anketa sorovlari natijalari va ilmiy adabiyotlar bilan umumlashtirilib
tarixiy izchillik va qiyoslash metodi orqali tahlil qilingan.Qoraqalpoqlar
etnografiyasini organish 1917 yilgi ozgarishlardan keyin tizimli va keng miqyosda
amalga oshirilgani bois, masala qoraqalpoq xalq amaliy sanatini organgan
A.S.Morozova, S.P.Tolstov, T.A.Jdankolarning dala tadqiqotlari va ilmiy
maqolalari orqali,shuningdek, sanatshunos kabi bir qancha etnografik manbalari
asosida toplangan.Xususan, T.A.Jdanko SSSR FA Etnografiya instituti va
Qozogiston ekspeditsiya jamiyatining Xorazm arxeologiya-etnografiya
ekspeditsiyasi materiallari asosida ”Qoraqalpoq xalq bezak sanatini organish”
nomli maqolasida qoraqalpoqlarning bezak sanatiga alohida etibor qaratilganligini
qayd etish lozim.Shuningdek, T.A.Jdanko 1958-yilda SSSR FA Xorazm
arxeologiya
va
etnografiya
ekspeditsiya
dala
tadqiqotlari
asosida
“Qoraqalpoqlarning xalq bezak sanati” nomli asarida hunarmandchilikning
quyidagi: yogoch oymakorligi, zargarlik, kashtachilik, kigiz bosish turlari haqida
malumot bergan. Qoraqalpoq ayollarining ulkan ko’krak zargarlik buyumlarida
(haykel) shoxi tepaga qayrilgan buqa va shoxi pastga qayrilgan qo’y tasvirlari
bilan bog’liq shoxsimon uchlari bo’lgan. “Xaykel” nomi ularning ajdodlarining
sig’inishlari va totemizmdan kelib chiqqan. Kuchli buqa vaserpusht qo’yning
shoxi yovuz kuchlardan asrovchi xususiyatga ega deb hisoblangan va “oy buqasi”
va “quyosh qo’yi” ramzlari sifatida ko’rilgan. Boshqa turdagi qoraqalpoq zargarlik
buyumlari, qal’a devori (boshpana ramzi) va gullagan uchbarg butasi (Umayramzi -
homilador ayol va bolalar himoyachisi) tasvirlarini o’zida aks ettirgan edi.
Zargarlik buyumining markazida tumor-kovak g’ilof bo’lib, uning ichida qadimdan
“yovuzlik kuchlaridan asrovchi” igna saqlangan. Hududga Islom dini kirib
kelganidan so’ng, ignaning o’rnini qog’ozda yozilgan duo egalladi. Xaykel kelin
sepining asosiy zargarlik buyumi hisoblangan. Uni kelin, farzand ko’rishgacha
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
495
bo’lgan butun davr davomida tumor qilib taqib yurgan. Qadimda turmushga chiqqan
qoraqalpoq ayollarni oltin yoki kumush arebek deb nomlangan burun uzugini
taqib yurishgan. Shunga o’xshash burun uzuklari turkmanlar, o’zbek-qipchoqlari,
arablar va boshqalarda uchragan.Qoraqalpoq ayollari qo’l bilaguzuklari qatorida:
relyef bezakli og’ir quyma bilaguzuk (kuyma-bilezik), hamda, “ilon izi” naqshli
va ikki-uch qator serdolikli katta bilaguzuk (xasil-tasli-bilegizik)lar alohida ajralib
turgan. Bilaguzukning uchi, yirtqich hayvonlarning tishlari va panjasini eslatadi.
Aholining zargarlik buyumlariga talabi katta bolgani bois, mijoz
oz buyurtmasini bir necha oy kutishga majbur bolgan. Zargarlar
mahsulotlarida deyarli farq bolmagan, ular bir turdagi zargarlik buyumlarini
yasaganlar. Zargarlik buyumlarini yashash uchun on yilgacha vaqt kerak
bolgan, shuning uchun qoraqalpoq zargar ustalari imkon qadar oz ogli, yaqin
qarindoshining ogli, oila azolariga yoshligidan zargarlik sirlarini orgatishga
harakat qilgan. Xususan, axborotchilar bergan malumotlarga kora, bugungi
kunda Qoraqalpogiston Respublikasi, Beruniy tumanida istiqomat qiluvchi aka-
uka Said, Hamid Samatovlar oltindan buyurtmaga kora zargarlik buyumlarini
yasash bilan shugullanib kelayotganliklarini aytib otdi. Shuningdek, 1996-
yil Beruniy tumanida tugilgan axborotchi Alimov Shoxrux ham,asosan
kumushdan buyurtmaga kora uzuk, zirak, boyinga taqadigan zanjir,bilaguzuk
kabi zargarlik buyumlarini yasashini va sulolaning 3-avlodi ekanligini
takidlab otdi. [9, 1]Qoraqalpoq zargarlari ayollar bezaklarining barcha
turlarini: sirga (sirga), bilaguzuk (bilezik), uzuk (juzik), qisqich ( qarsyilgek),
kokrak bezaklari ( xaykel), ongirmonshaq, turli xil tugma va broshlar(tuime),
tumor ( tumarsha) yasaganlar. Aynan bu davrda milliy libos kiygan qoraqalpoq
ayol va qizlarini bayramlarda, oilaviy tantanalarda rang —barang kumush
taqinchoqlarsiz tasavvur qilib bolmagan.Keng tarqalgan ayollar
taqinchoqlaridan biri bu —bilaguzuk ( bilezik) maxsus qoliplar yordamida
yasalgan va zargar bir vaqtning ozida ikkitadan beshtagacha bilaguzuk ustida
ishlay olgan. Bilaguzuklar koproq kumushdan tayyorlangan va qimmatbaho
toshlarbilan bezatilgan. Odatda bunday bilaguzuklar turmushga chiqayotgan
qizning qoliga taqilgan.Zargarlar har xil turdagi sirgalar ham yasagan bolib,
ular “ jalpaq sirga”, “baldaqli sirga “ deb atalgan, uni 12 yoshdan to turmushga
chiqquniga qadar taqib yurishgan.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
496
Zargarlik sanati -qoraqalpoq amaliy sanatining yorqin va oziga xos
korinishlaridan biridir. Qoraqalpoq xalq amaliy sanatining boshqa turlari
qatorida zargarlik buyumlarining xom-ashyosi va ishlab chiqarish texnikasi
M.Osiyoning boshqa xalqlarinikidan tuzilishi jihatidan ajralib turgan. Shuningdek,
zargarlik sanati xalqning etnik tarixi,madaniyati va iqtisodiy munosabatlarini
organishda qimmatli manbadir. Xulosa ornida yana shuni aytish mumkinki,
Markaziy Osiyoda ozining qadimdan shakllanib kelgan boy etnografik
ananalarini hozirda ham saqlab qolgan qoraqalpoq xalq hunarmandchiligi XX
asrda ham turli transfarmatsion jarayonlarga qaramay azaliy ananalarini malum
bir manoda saqlab qola olgan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
https://karakalpakstan.travel/jewellery/?lang=uz
2.
Usanov, Q., & Xudayarova, M. (2023). O ‘ZBEK, RUS VA
QORAQALPOQ
TILLARIDA
OTLARNING
KELISHIK
KATEGORIYALARINING QIYOSIY TADQIQI.
3.
Евразийский журнал математической теории и компьютерных
наук, 3(6), 54-56.
4.
Жданко Т.А. Очерки исторической этнографии
каракалпаков.племенная структура и расселение в XIX-начале. М.Л.,Изд-
во Акад.наук СССР, 1950
5.
Отемисов А. Каракалпаклардың енер-кэсиплери. Нокис, 1991.
6.
Алиева З.Ж. К вопросу классификации женских ювелирных
украшений каракалпаков //Сб. НИИ искусствознания «Саньатшунос».
Ташкент, 1998, с. 44-50; ее же: Ритуальные ювелирные украшения
каракалпаков XIX -начала XX в. (в комплексе народного женского костюма) //
8АЫАТ, Ташкент, 2003, No 2,
7.
Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси.T.2005 3-ж.
8.
Ўзбекистон ҳунармандчилиги ва амалий санъати Энциклопедия.
II-ж.
9.
Ўзбекистон ҳунармандчилиги ва амалий санъати Энциклопедия.
II-ж.
10.
Жданко Т. А., Камалов С. К. Этнография Каракалпаков. XIX-
начало XX века (Материалы и Исследования) Ташкент издательство „Фан"
Узбекской ССР. 1980.
