“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
560
AXBOROT QUROLIGA QARSHI KUCH QUDRAT MANBAI
BU - MA’NAVIYATDIR
A.S. OTOKULOV, S.R. ALAYEV, SH.T. MAXMUDOV
Axborot - kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti,Ofitserlar
malakasini oshirish, zaxira va rezervdagi ofitserlarni tayyorlash fakulteti
Annotatsiya:
Mazkur maqolada ma’naviyat haqida, uning ma’no-mazmuni,
hayotimizdagi o‘rni va ahamiyati, ilmiy, falsafiy, adabiy yoki oddiy tilda
ifodalanadigan ko‘plab ta’riflari, jamiyat hayotidagi g‘oyaviy, mafkuraviy, ma’rifiy,
madaniy, diniy va axloqiy qarashlar, bag‘rikenglik, halol-pok, mehr-oqibatli, el-
yurtning g‘amu tashvishi bilan yashashga undovchi, insonning vijdonini
uyg‘otadigan ma’lumotlar yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
axborot,
ma’naviyat, poklik, iroda, iymon, e’tiqod, vijdon,
dunyoqarash, mafkura, g‘oya, fikr, tasavvur, idrok, psixologiya.
Аннотация:
это статья посвящена духовности, ее значению, роли и
значению в нашей жизни, множеству определений, выраженных научным,
философским, литературным или простым языком, идеологическим,
идеологическим, просветительским, культурным, религиозным и моральным
взглядам на жизнь общества, толерантности, честности, чистоте, доброте,
заботе о родном крае. освещается информация, побуждающая жить,
пробуждающая совесть человека.
Ключевые слова:
информация, духовность, чистота, воля, вера,
совесть, мировоззрение, идеология, идея, мысль, воображение, восприятие,
психология.
Annotation:
this article covers spirituality, its meaning, place and importance
in our lives, many definitions expressed in scientific, philosophical, literary or
ordinary language, ideological, ideological, educational, cultural, religious and
moral views in the life of society, tolerance, honest-pure, affectionate, encouraging
to live with the anxiety of grief of el-yurt, evoking the conscience of a person.
Keywords:
information, spirituality, purity, will, faith, belief, conscience,
worldview, ideology, idea, thought, imagination, perception, psychology.
Bugungi shiddatli axborot davrda chinakam ma’naviyatli va ma’rifatli
odamgina inson qadrini bilishi, o‘z milliy qadriyatlarini, milliy o‘zligini anglashi,
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
561
erkin va ozod jamiyatda yashash, mustaqil davlatimizning jahon hamjamiyatida
o‘ziga munosib o‘rin egallashi uchun fidoiylik bilan kurasha olishi mumkin.
Tarbiya bilan bugun shug‘ullanmasak, ertaga kech bo‘ladi. Yoshlar
ma’naviyati bilan bog‘lik, ayrim muammolar jahonning ko‘plab mintaqalarida
hamon saqlanib qolmoqda [1].
Dunyo shiddat bilan o‘zgarib, barqarorlik va xalqlarning mustahkam
rivojlanishiga raxna soladigan turli yangi tahdid va xavflar paydo bo‘layotgan
bugungi kunda ma’naviyat va ma’rifatga, axloqiy tarbiya, yoshlarning bilim olish,
kamolga yetishga intilishiga e’tibor qaratish har qachongidan ham muhimdir [2].
Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi -
ma’naviyatdir. Biz yangi O‘zbekistonni barpo etishda ana shu ikkita mustahkam
ustunga, ya’ni, bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iktisodiyotga x,amda
ajdodlarimizning boy merosi, millim va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan
kuchli ma’naviyatga tayanamiz [3].
Insonni inson qiladigan, uning ongi va ruhiyati bilan chambarchas bog‘langan
ma’naviyat degan tushuncha har qaysi odam, jamiyat, millat va xalq hayotida hech
narsa bilan o‘lchab bo‘lmaydigan alohida o‘rin tutadi.
Shu fikrni manti
q
iy davom ettirib,
ma’naviyat – insonni ruhan poklanish,
qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat,
iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch, uning
barcha qarashlarining mezonidir,
desak, menimcha, tariximiz va bugungi
h
ayotimizda
h
ar tomonlama o‘z tasdi
g‘
ini topib borayotgan
h
a
q
i
q
atni ya
ol ifoda
etgan bo‘lamiz. Mening nazarimda, «Ma’naviyat» tushunchasi jamiyat
h
ayotidagi
g‘
oyaviy, mafkuraviy, ma’rifiy, madaniy, diniy va axlo
q
iy
q
arashlarni o‘zida to‘la
mujassam etadi.
Shuning uchun
h
am bu mavzuda fikr yuritganda, mazkur
q
arashlarning
barchasini umumlashtirib, keng ma’nodagi «Ma’naviyat» tushunchasi or
q
ali ifoda
etish mumkin. [4]
Ma’naviyatning negizi va ma’no-mazmunini belgilaydigan asosiy
xususiyatlar, birinchi galda insonning ru
h
iy poklanishi
turli ma’nolarda qo‘llaniladi.
Diniy ma’noda “Ruhan poklanish” - gunohdan tozalanish, Ollohga
yaqinlashish va ruhiy yangilanish jarayoni va ichki xotirjamlikka erishish uchun
bo‘lgan insonning ruhiy sayohati. Bu turli dinlarda turlicha talqin etiladi, ammo
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
562
umumiy ma’no shuki, inson o‘zining xatolarini tan olib, gunohlardan afv so‘raydi,
Ollohga bo‘lgan muhabbatini va ishonchini mustahkamlaydi.
Psixologik ma’noda
o‘zini kashf etish, o‘zining xatolarini qabul qilish,
o‘zgarishga ochiqlik, ruhiy hotirjamlik va baxtni topish jarayonini anglatishi
mumkin.
Badiiy ma’noda
turli ijodkorlik shakllarida - she’riyatda, musiqada, tasviriy
san’atda - ruhiy hayajonlarni ifodalashga, ichki dunyoni ochishga xizmat qilishi
mumkin.
Insonning
q
alban ul
g‘
ayishi
ruhiy va hissiy jihatdan rivojlanishi,
atrofidagilarga bo‘lgan munosabatni o‘zgarishi, hayotga bo‘lgan qarashlarini
chuqurlashtirish, shuningdek tajriba orttirish jarayonidir.
O‘zining kuchli va zaif tomonlarini halol tan olish, xatolarni qabul qilish,
o‘zini sevish va qadrlash, atrofdagi insonlarning his-tuyg‘ularini tushunishi,
ularning muammolariga hamdardlik bilan yondashishi, ularga yordam berishga
tayyorligini o‘zida mujassamlashadi, shuningdek, o‘z his - tuyg‘ularini boshqarish,
g‘azab, xavotir va boshqa salbiy hissiyotlarga berilmaslik, o‘z harakatlari va
so‘zlariga shaxsiy javobgarlikni o‘z zimmasiga olish bilan belgilanadi.
Qoyil qolish, hayotning go‘zalligini ko‘rish, har bir kunni qadrlash, yangi
narsalarni o‘rganish bilan
hayotdan zavqlanadi,
samimiy munosabatlarga intilish,
o‘ziga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, hayot tajribalari va bilimlaridan
foydalanib, to‘g‘ri qaror qabul qilish, yangi muhitga moslashish, hayotning
qiyinchiliklariga bardosh bera olish nazarda tutiladi.
Insonning ichki dunyosi
-
dunyoqarashi, mafkurasi, g‘oyasi, fikri,
tushunchasi, tasavvuri, xotirasi, xayoli, irodasi, idroki, iymoni, e’tiqodi, ahloq va
psixologiyasi kabilar
bu
uning
ma’naviyatidir.
Inson irodasining baquvvatliligi
– inson irodasiga xos ma’naviy
xususiyatlardan biri:
muayyan maqsadni yuzaga chiqarish uchun kishida bo‘lgan matonat
va qat’iyat;
insonning ma’lum maqsad yo‘lidagi o‘z xatti-harakatini, ixtiyor va xohishini
ongli ravishda yo‘naltirib turishi, shu yo‘ldagi qat’iyati, mavjud to‘siqlarni yenga
olishga qodir bo‘lgan ruhiy-ma’naviy salohiyatini ifoda etadigan tushunchadir.
Inson ichki dunyosi va
irodasining baquvvatliligi
uning ma’naviyatliligidan
darak beradi. Masalan, xalqimiz o‘z boshidan kechirgan mustamlaka davrini ko‘z
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
563
oldimizga keltiraylik. Qariyb 150 yil davom etgan, tariximizning tom ma’nodagi
qora kunlari bo‘lmish o‘sha zamonda bir paytlar o‘zining qudratli davlatchiligi,
buyuk farzandlari, yuksak ilmu madaniyati, obod shahar va qishloqlari bilan
dunyoni hayratda qoldirgan yurtimiz va xalqimiz qanday og‘ir qiyinchiliklarga
duchor bo‘lganini yaxshi bilamiz. Biroq ana shunday dahshatli davrlarda ham, zulm
va istibdodga qaramasdan, xalqimizdagi
irodasining baquvvatliligi
bois o‘zligini
yo‘qotmadi.
Tili va iymon-e’tiqodini saqlab qoldi. Nohaqlik va zo‘ravonlik hukmron
bo‘lgan shunday zamonlarda ham yurtimizdan millat va xalq qayg‘usi bilan
yashagan vatanparvar insonlar yetishib chiqdi. Shu tariqa, el - yurtimizning asrlar
sinovida yanada kuchayib, toblanib borgan mustahkam irodasi nafaqat qadimiy
ma’naviyatimiz, balki milliy o‘zligimizni saqlab qolishga zamin bo‘ldi.
Yapon va koreys xalqi asrlar davomida shakllanib, katta bunyodkor kuchga
aylangan o‘ziga xos milliy ma’naviyati orqali rivojlangani bugungi kunda hech
kimga sir emas. Shu bois, “Yapon mo‘jizasi” yoki “Koreys mo‘jizasi” haqida gap
ketganda, mutaxassislar birinchi galda “Yapon xarakteri”, “Koreys tabiati» degan
iboralarni tilga oladi. Tabiiyki, ular bu o‘rinda, avvalo mazkur xalqlarga mansub
ma’naviy fazilatlarni nazarda tutadi. Ya’ni, bu xalqlarning ichki dunyosi, irodasi
ma’naviyat negizida yanada toblangan, kamolga yetgan. Globallashuv jarayonining
o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shundan iboratki, hozirgi axborot xurujlarida
u mafkuraviy ta’sir ko‘rsatishning o‘tkir quroliga aylanib, har xil siyosiy kuchlar
va markazlarning manfaatlariga xizmat qilayotganini sog‘lom fikrlaydigan har
qanday odam yaxshi anglaydi. Mana shunday vaziyatda inson o‘z mustaqil fikriga,
zamonlar sinovidan o‘tgan milliy qadriyatlarga, sog‘lom negizda shakllangan
dunyoqarash va mustahkam irodaga ega bo‘lmasa, turli axborot xurullariga, ularning
xilma-xil ko‘rinishdagi ta’siriga bardosh berishi amrimahol.
Inson o‘z hayoti davomida turli muammolarga, hatto keskin vaziyatlarga duch
keladi. Bunda, birinchi navbatda, o‘z kuchiga ishongan, ruhiy dunyosi, ma’naviy
olami baquvvat bo‘lgan insongina qiyin holatdan chiqib keta oladi. Ma’naviy boylik
ana shunday paytda kishiga kuch va madad beradi. Shu ma’noda, insonning
ma’naviyati yuksalishi bilan uning irodasi ham mustahkamlanib, toblanib boradi
deyish mumkin.
irodasining baquvvatliligi
bois inson o‘ziga ishonadi, har qanday
murakkab vazifani zimmasiga olishdan qo‘rqmaydi. Shuning uchun ham yuksak
irodali insonga suyanish mumkin. Bunday insonlar boshingizga biror-bir tashvish
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
564
yoki muammo tushsa, loqayd qarab turolmaydi. Lekin birovning hayotiga, yon-
atrofda sodir bo‘layotgan voqea - hodisalarga betaraf va beparvo qarab, shunchaki
kuzatuvchi bo‘lib yashaydigan kishilardan qo‘rqish kerak. Chunki ularda na imon,
na iroda bo‘ladi. Ular hatto o‘z xalqi va Vatani taqdiriga ham bamisoli begonadek
qaraydi.
Mashhur faylasuflardan biri bu haqda shunday deydi: “Dushmanlardan
qo‘rqma, nari borsa, seni o‘ldirishi mumkin. Do‘stlardan qo‘rqma, ular nari borsa,
xiyonat qilishi mumkin. Befarq odamlardan qo‘rq, ular seni o‘ldirmaydi, sotmaydi
ham. Lekin ularning loqaydligi tufayli yer yuzida xiyonat va qotilliklar sodir
bo‘laveradi” [5].
Vijdon
– insonga xos yuksak ma’naviy fazilat, kishining o‘z xatti-harakati,
qilmishi, yurish turishi uchun odamlar, jamoatchilik oldidagi mas’uliyat hissini
anglatuvchi tushuncha. Vijdonli inson har bir qilgan ishi, odamlar bilan bo‘lgan
muloqoti, faoliyati va fikrlarini sarhisob qiladi. Nohaqlikka, adolatsizlikka
murosasizlik bilan qarshilik ko‘rsatadi. Vijdonning shakllanishida ijtimoiy muhit,
oila va jamiyatdagi ta’lim-tarbiya, atrofdagi kishilarning madaniyati, axloqi-odobi,
dunyoqarashi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu yuksak ma’naviy-axloqiy fazilat
shaxsni ezgu maqsad va amallarga undab, o‘z faoliyatiga xolisona, to‘g‘ri baho
berishiga xizmat qiladi.
Tajribada aslida vijdonsiz kimsaning voyaga yetib, o‘qimishli, katta odam
bo‘lib yetishganidan keyin vijdonli bo‘lib qolganini uchratish qiyin. Vijdon
insonning bilim darajasi, moddiy ahvoli, ijtimoiy mavqei bilan belgilanmaydi, u
yuksak ma’naviylik, komillik va tarbiya mahsulidir. Vijdon ma’naviyatdagi ta’sir
doirasi g‘oyat keng tushunchalardan biri. Agar uyat hissi insonning tashqi muhit,
jamiyatga bog‘liqligini ifodalasa, vijdon uning botiniy olamini, qalb tug‘yoni, ichki
ruhiy iztirobini namoyon etadi. Ba’zan jamiyat talablari bilan vijdon o‘rtasida
ixtiloflar paydo bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda jamiyat talablarining o‘tkinchilik
xususiyati, ma’lum ma’noda eskirgani yaqqol namoyon bo‘ladi. Zero, vijdon ko‘zga
ko‘rinmas, lekin ta’siri va ahamiyati jihatidan ulkan ma’naviy-axloqiy hodisadir.
Ba’zi hollarda, vijdon tushunchasi o‘rnida iymon iborasi qo‘llanadi. Iymon aslida
diniy tushuncha bo‘lsada, hayotda vijdon tushunchasining sinonimi tarzida
qo‘llanadi. Masalan, «Iymonli odam» deganda, uning nafaqat diniy e’tiqodi, balki,
avvalo, vijdonli, halol, rostgo‘y inson ekani nazarda tutiladi. Shu ma’noda, vijdon
va iymonni bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan egizak tushunchalar deyish mumkin.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
565
Diniy e’tiqodga munosabat “Vijdon erkinligi” deb yuritilishi ham bu ikki
tushunchaning o‘zaro mushtarakligidan dalolat beradi. Ba’zi adabiyotlarda vijdon
tushunchasining “Sub’ektiv” hodisa sifatida talqin etilishi hamda adolat, burch,
nomus singari tushunchalarning unga nisbatan ustunligini asoslashga urinishlarni
uchratish mumkin. Vaholanki, vijdonsiz odamning adolatparvar, sadoqatli, or-
nomusli inson bo‘lishi amrimahol. Vijdon eng avvalo, o‘zgalarga nisbatan burch va
mas’uliyatni teran his etishni taqozo etadi [6].
Xulosa qilib aytganda,
bugungi globallashgan axborot davrda ma’naviyat
muntazam harakatdagi uzluksiz jarayon hisoblanadi, rivojlanish davom etar ekan,
uning shiddatli kechishi tufayli ma’naviy hayot oldiga qo‘yiladigan talablar ham
muttasil yangi-yangi paydo bo‘laveradi.
Davlatimiz rivojlanishda yangi-yangi cho‘qqilar sari ildam borar ekan, biz
yashayotgan globallashuv davr tezlashib, oldimizda yana qancha muammo va
mashaqqatlar paydo bo‘laveradi, tabiiyki, ma’naviy hayotimiz ham ana shu
sinovlarda toblanib, millatimizning sog‘lom kelajagini har qanday axborot
xurujlaridan himoyalanishni, davr o‘zgarishi bilan ularning ko‘rinishi va shakli
o‘zgarishiga qaramasdan ma’naviyatimizni saqlash va asrab avaylashga qodir
bo‘lishi kerakligini nazarda tutadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
[1] Sh. Mirziyoev., “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik”
(O‘zbekiston
Respublikasi
prezidenti
Sh. Mirziyoevning
Oliy
majlisga
murojaatnomasi hamda O‘zbekiston yoshlari forumida so‘zlagan nutqidan
iqtiboslar). “Tasvir” nashriyot uyi Toshkent – 2023. 46-b.
[2] Sh. Mirziyoev., Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib,
yangi bosqichga ko‘taramiz. “O‘zbekiton” nashriyot uyi Toshkent – 2017. 27-b.
[3] Sh. Mirziyoev., Insonparvarlik, ezgulik va bunyodkorlik – milliy
g‘oyamizning poydevoridir.
“Tasvir” nashriyot uyi Toshkent – 2021. 4- b.
[4] I. Karimov “Yuksak ma’nviyat-yengilmas kuch” Toshkent 2008. 15 b.
[5] O.Salimov, X.Sultonov, A.Abduvaxitov, D.Kenjaev, A.A’zamov,
M.Hojimatov, M.Quronov, Q.Nazarov (tuzuvchi va mas’ul muharrir) Ma’naviyat
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
566
asosiy tushunchalar lug‘ati “O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati” nashriyoti,
Toshkent 2021. 235-b.
[6] O.Salimov, X.Sultonov, A.Abduvaxitov, D.Kenjaev, A.A’zamov,
M.Hojimatov, M.Quronov, Q.Nazarov (tuzuvchi va mas’ul muharrir) Ma’naviyat
asosiy tushunchalar lug‘ati “O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati” nashriyoti,
Toshkent 2021. 111-b.
